svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Qaror_loyihasi

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori (yangi tahrir)

TAKLIF BERISH ⬅️

🗓 Yakunlanish sanasi: 21/03/2024

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Jarayon

Yurt kelajagining farovonligini taʼminlashda bola tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish kerakligini inobatga olib, bu sohada yetuk mutaxassislarni tayyorlash muhim hisoblanadi.

Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida “Yosh bolalar uchun enaga tarbiyachi yordamchisi” yoʻnalishi tinglovchilari mazkur masʼuliyatli va mashaqqatli kasbni puxta oʻrganishmoqda.

Tinglovchilar oʻquv kursi yakuni bilan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lishadi.

Shu o‘rinda ushbu kasbda o‘qib, mutaxassis bo‘lish niyatida bo‘lgan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko’chasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 94-160-22-88

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.

Ishni bir vaqtning o‘zida ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko‘ra) olayotgan ta’limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.

Ushbu Kodeks 383-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘quv ta’tili ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🗞 «Yangi Sirdaryo» gazetasining 2024-yil 11-mart kungi 10-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

👉 Batafsil o'qing

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Diyor Yangiliklari|Mahalla "ettiligi" faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida amaliy-seminar

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Hunari ortidan yuqori daromad topayotgan qashqadaryolik Zulxumor Choriyeva haqida

Qamashi tumani "Qorasuv" MFYda yashovchi "Ayollar daftari"da ro'yxatda turgan Zulxumor opa hokim yordamchisi tavsiyasiga binoan subsidiya asosida tikuv mashinasi olib, o’z tadbirkorligini yo'lga qo'ygan.

Choponchilik hunarini puxta o'rgangan tadbirkor bir kunda 500 ming so'mdan ortiq daromad qilmoqda.
Hozirda kasanachilik asosida 20 nafardan ziyod xotin-qizlarning bandligini ta'minlagan. "Bu yurtda ishlagan, harakat qilgan odam xor bo'lmaydi"-deydi tadbirkor Zulxumor Choriyeva.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 6-hudud 2-uchastka (Baxmal MFY, X.Olimjon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi:

— 1-hudud 2-uchastka (Hikmatli MFY, Taraqqiyot MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

— 8-hudud 1-uchastka (Xazina MFY, Tadbirkor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

— 9-hudud 1-uchastka (Kamolot MFY, Bunyodkor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 13.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ IHMA Sirdaryo viloyati boshqarmasi — 67-225-44-12

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2023-yida:
➡️ Vazirlik tasarrufidagi “Ishga marhamat” monomarkazi, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida ishsiz va band bo‘lmagan 112 ming 681 nafar xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 75 turdagi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishga jalb etildi;
➡️ 197 ming 464 nafar xotin-qizlarning ishga joylashishiga ko‘maklashildi;
➡️ 70 ming 922 nafar qizlar va ayollar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi;
➡️ 56 ming 865 nafar o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya ajratildi;
➡️ 17 ming 591 nafar mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan, vaqtincha ishsiz, ish qidirayotgan qizlar va ayollarga ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi;
➡️ 108 ming 974 nafar poliz ekinlari yetishtirish, dehqonchilik qilish istagidagi ayollarga dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratib berildi;
➡️ 262 ming 201 nafar xotin-qizlarga talab va ehtiyojdan kelib chiqib kredit mablag‘lari ajratildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ассалому алайкум!

Мўътабар онахонлар, мунис опа-сингиллар! Барчангизни 8 март байрами билан самимий табриклайман.

Сизларга оилавий бахт-саодат, мустаҳкам соғлик, кўнгилларингиздаги энг яхши ниятлар ижобатини тилайман. Доимо баҳорий кайфият ва гўзаллик ҳамроҳингиз бўлсин.

Айём муборак, азиз аёллар!

Акмалжон Махмудалиев,
Сирдарё вилояти ҳокими.


Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев маҳаллаларда аҳоли даромадини ошириш ва камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное обсуждению мер по увеличению доходов населения и уменьшению уровня бедности в махаллях.

#Mirziyoyev #yigilish #mahalla #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O‘ZBEKİSTONDA KAMBAG'ALLIK DARAJASİ 20 YİL İCHİDA 12,5 FOİZGA KAMAYDİ — BMT HİSOBOTİ

➡️ BATAFSIL https://www.undp.org/uzbekistan/publications/uzbekistan-pilot-multidimensional-poverty-index-report-2023

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#OAV_biz_harimizda

Obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik yo‘nalishida ham bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Obodlik yo‘lida birgina haq to‘lanadigan jamoat ishchilari ko‘magida munosib hissa qo‘shilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Sana munosabati bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari jamoadagi xotin-qizlarni tabriklashdi.

Bosh boshqarma boshlig‘i Sh.Yakubov samimiy tilaklarini bildirib, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib shart-sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar va samarasiga alohida to‘xtaldi.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi O‘.Abdiev ishtirok etib, xotin-qizlarni e’zozlashdek qadriyatlarimiz ulug‘lanaverar ekan, turmushimiz go‘zal, risqimiz barakali bo‘lishini ta’kidlab, ezgu niyatlar bildirdi.

Davomiy qutlovlar, e’tibor, ehtirom bayram sababchilariga yanada ko‘tarinki xushkayfiyat ulashdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Bilasizmi

🔰 Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o'rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta'tillar beriladi:

🔹falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertasiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar qo'lyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;

🔹fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertasiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.

❕Ushbu ta'tillarning berilishi xodimlarning yillik ta'tilidan foydalanishiga to'sqinlik qilmaydi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xovosda teatr kunlari

Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Bugun, Xovos tumanidagi 14-Musiqa va san'at maktabida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan "Xotinlar gapidan chiqqan hangoma" sahnalashtirilgan teatr tomoshasi namoyish etildi.

Unda, tuman sektor rahbarlari, tuman tashkotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar, jumladan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

O'ndan ortiq aktyorlar tomonidan sahnada jonlantirilgan ushbu asar xovosliklar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

Imkoniyatlar:
📍ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan;
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Talablar:
🔹18 yoshdan 50 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini suhbat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatidan 700 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 7 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 41 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 53 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 45 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 61 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 209 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 35 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 249 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar hokimligi: Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis;

▪️Oqoltin tumani hokimligi: Ijro intizomi bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Sardoba tumani hokimligi: "Otayurt" mahallasidagi hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 15.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📈Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va qonun” yillik hisobotini e’lon qildi. Unda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yoʻlidagi jahon taraqqiyoti baholanadi. Hujjat 190 ta davlatda, jumladan, Oʻzbekistonda ayollarning ahvolini 10 ta koʻrsatkich: “xavfsizlik”, “harakatlanish erkinligi”, “bandlik”, “mehnatga haq toʻlash”, “nikoh”, “ota-onalik”, “bolalarni parvarishlash”, “tadbirkorlik”, “mulkni boshqarish” va “pensiya taʻminoti” boʻyicha baholovchi indeksni oʻz ichiga oladi.

“Ayollar, biznes va qonun” hisobotining oxirgi nashri 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davrda mamlakatlar qonunchiligidagi tegishli oʻzgarishlarni baholaydi. Bu davrda dunyodagi atigi 18 ta davlat yoki indeksda baholangan davlatlarning 10 foizidan kamrogʻi yuqoridagi koʻrsatkichlar doirasida ayollarning mavqeini yaxshilagan huquqiy islohotlarni amalga oshirdi.

Ushbu 18 ta mamlakat gender tengligiga erishishga qaratilgan 47 ta islohotni amalga oshirdi. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta mamlakat, jumladan Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Kipr va Moldovada toʻqqizta shunday islohot amalga oshirildi.

Mamlakatimiz Iordaniya, Malayziya, Syerra-Leone va Togo bilan birgalikda eng katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlat qatoridan joy oldi. 2022-yil oktabr oyidan buyon mamlakatda xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan toʻrtta muhim huquqiy islohotlar amalga oshirildi.
Mazkur 4 ta huquqiy islohotlarning 3 tasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul bo‘lgan “mehnatga haq to‘lash” indikatori bo‘yicha amalga oshirildi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi ayollarga mehnat uchun erkaklar bilan teng haq to‘lanishi, xavfli hisoblangan va sanoat sohalarida mehnat qilishi bilan bog‘liq cheklovlarning olib tashlanganligi xalqaro darajada gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohot sifatida qabul qilindi va mazkur indikator ko‘rsatkichi 25 balldan 100 ballga ko‘tarildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

➡️oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;
➡️oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko‘proq bo‘lgan o‘quv ta’tillari nazarda tutilishi mumkin.
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan erga borishi va u erdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Boyovutlik Said Xamroqulov tomorqasida mehnat qilib, qariyb 100 million so‘m daromad topmoqda.

Qahramonimiz sa’y-harakati, mehnati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

O'zbekiston mehnat bozorida bugungi kunda eng ko'p talab etilayotgan kasblarni bilasizmi?


Batafsil ro'yxat bilan quyidagi havola orqali tanishing ⬇️

https://mehnat.uz/oz/pages/ozbekiston-respublikasida-eng-kop-talab-etiladigan-orta-bogin-kadrlari-ishlashi-mumkin-bolgan-kasblar-va-lavozimlar-royxati

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yakubovning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz va muhtarama ayollar, onaxonlar va opa-singillar, Sizlarni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Tilagim, doimo dunyoga fayz, hayotimizga baraka ulashib, biz erkaklarning orimiz, g‘ururimiz bo‘lib yuringizlar. Axir, ayol, avvalo ona sifatida yuksak qadrga, hurmat va e’zozga loyiq.

Muhtarama onaxonlar, opa-singillar va dilbar qizlar, barchangizni bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, Sizlarga dunyodagi eng ezgu niyatlar hamroh bo‘lishini va oilaviy baxt, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-baraka, o‘zingizga esa oddiy ayollik baxtini tilayman!

Hurmat bilan,
Sherzod Yakubov
.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев: Инсон қадрини улуғлаш аввало азизу мукаррама аёлларимизни улуғлашдан бошланади

Президент Шавкат Мирзиёев: Уважение чести и достоинства человека начинается прежде всего с уважения к нашим дорогим женщинам

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ногиронлиги бўлган фуқаролар учун меҳнат ярмаркасини ташкил этиш: Янгиерда инклюзив меҳнат бозорига йўл

Инклюзив ва тенг ҳуқуқли жамият яратиш йўлида бугун шаҳримизда ногиронлиги бўлган фуқаролар учун меҳнат ярмаркаси ташкил этилди. Ушбу ташаббус иш берувчилар ва турли қобилиятларга эга иқтидорли номзодлар ўртасида кўприк қуришга қаратилган.

Бўш иш ўринлари ярмаркасида қатнашганлар мутахассисликларга мослаштирилган турли хил иш таклифларини топишди. Бундан ярмаркалар иш берувчиларга ўз навбатида, бизнеси ривожига қимматли ҳисса қўша оладиган ноёб истеъдодларни кашф этиш имкониятига эга бўлади.

Биз барча манфаатдор томонларни ушбу муҳим тадбирда бизга қўшилиб, ҳар бир киши ўз салоҳиятини рўёбга чиқариш учун тенг имкониятга эга бўлган адолатли ва инклюзив жамиятни яратиш учун биргаликда ишлашга таклиф қиламиз.

Обуна бўлиш👉🏻@yan_pressa

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Shirin shahar madaniyat bo'limi: Bosh buхgalter;

▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "T.Axmedov" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Sardoba tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi (nogironligi bo'lgan shaxslar uchun): Mahalliy budjetni shakllantirish, budjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash sho'basi yetakchi mutaxassisi;

▪️Sayxunobod tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Obodonlashtirish, kommunal va yo'l xo'jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 11.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📊O‘zini o‘zi band qilish: afzalliklar, imkoniyatlar va muhim savollarga javoblar

▶️ Batafsil ➡️ https://www.youtube.com/watch?v=QmkBNXKlHTY

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

❗️Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin!

✒️ Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:
🗓 1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;.
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
✒️ Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga, 8-mart (juma) Xotin-qizlar kuni, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

❗️ Demak, bugun — barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook bandlikvazirligi">You tube Instagram Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston shahrining Ulugʻobod mahallasida viloyat hokimining farmoyishiga asosan joriy yilning mart oyi davomida “Mahalla yettiligi oyligi” deb eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, «Obod koʻcha” mezonlari asosida ishlarni tashkil qilish, tomorqadan samarali foydalanish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikdan chiqarish, aholi daromadini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇩🇪 Germaniyada yuk mashinalariga texnik xizmat ko'rsatish sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Nomzodlar uchun talablar:

− avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajriba;
− Gyote, ECL, ÖsD yoki TELCdan olingan nemis tili bo'yicha kamida A2 sertifikat;
− 20 yoshdan 40 yoshgacha;
− sog'lom, xushmuomala, mas'uliyatli bo'lishi;
− Ausbildung tizimi uchun maktab shaxodatnomasi va Nemis tilidan kamida B1 sertifikat.

Afzalliklari:
💶 oylik 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
💶 Ausbildung tizimi uchun 3 yil davomida stipendiya 900 yevrodan boshladi;
✅ Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
✅ sinov muddatidan so'ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
✅ 1 yilda 30 kun ta'til;
✅ arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

☎️ 71 202-33-55, 202-33-66, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…
Подписаться на канал