Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida seminar o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida “Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, foydalanish, yo‘q qilish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadigan ob’yektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish hamda mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlari talablariga muvofiqligini ta’minlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Tog‘-qon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bojxona va o‘z omborlari mudirlari ishtirok etdilar.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi sessiyasida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i U.Janzakov axborot berdi.
Deputatlar va OAV vakillari ishtirok etgan sessiyada ta'kidlanganidek, tumandagi 38 ta mahallalarda jami 3944 nafar ishsiz fuqaro hamda mehnatga layoqatli 843 nafar nogiron mavjud.
Shuningdek, joriy yilda 43 ta umumta’lim maktabini 1309 nafar o‘quvchi bitirishi va mehnat bozoriga kirib kelishi kutilmoqda, harbiy xizmatdan qaytadiganlar esa 143 nafarni, migratsiyadan kaytib kelishi kutilayotganlar 2293 nafarni tashkil etmoqda.
Tuman sektor rahbarlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda jami 2967 nafar ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha sektorlar kesimida alohida dasturlar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, mahalla raislari nuroniylar bilan birgalikda o‘z mahallasini ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirishda jamoatchilikning rolini yanada oshirish zarur.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Mirzaobod tumanida turli sabablarga koʻra migratsiyada yurgan xotin-qizlar bilan vedeo muloqot tashkil etildi.
Muloqotda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan jonajon Vatanimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yangi Farmon va Qarorlarning mazmun mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi va ijrosi yuzasidan mutasaddilarga biriktirildi.
Onlayn uchrashuvda ishtirok etgan xotin-qizlarning 2 nafari Vatanaga qaytishini bildirdi.
2 ta murojaat muloqot jarayonining oʻzida ijobiy hal etildi
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming so‘m)da ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.
✅ Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Shirin shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Yangiyer shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Guliston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Mirzaobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Oqoltin tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi:
— Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
— 1-hudud 2-uchastka (Mustaqillik MFY, Toshkent MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sardoba tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sayxunobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis.
❗️Arizalar 03.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ IHMA Sirdaryo viloyati boshqarmasi — 67-225-44-12
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
💥Ipakchilik sohasini rivojlantirishning yangi bosqichlari va yo‘nalishlari yuazsidan ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi
Bugun Sardoba tumanidagi “Agromarkaz”da mahallalardagi ilg‘or pillakorlar uchun ushbu sohani yanada rivojlantirish yuzasidan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ul xodimi hamda tuman Agropilla xodimlari tomonidan dastur asosida tushunchalar berilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad ipakchilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishdan iboratdir.
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️G'aznachilik xizmati boshqarmasi: Davlat хaridlarini rivojlantrish va monitoringi sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Mirzaobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Sayхunobod tumani g'aznachilik хizmati bo'limi: Moliyaviy majburiyatlar va to'lovlar ijrosi bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sardoba tumani hokimligi: "Yangiqishloq" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sardoba tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 03.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Malayziyaning eng ilg‘or IT kompaniyasi Sirdaryoda o‘z filialini ochadi
Ayni vaqtda xizmat safari bilan Malayziyada bo‘lib turgan viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi — IT Park Sirdaryo filiali rahbari Oybek Anvarov «Upstream» BPO kompaniyasi direktori Ahmed Qayyum bilan uchrashdi.
Unda kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalari amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizdagi IT Park'larni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va soliq imtiyozlari haqida xorij kompaniyasi vakillariga batafsil ma’lumot berildi.
«Upstream» dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqaruvchi autsors kompaniya bo‘lib, 2 mingdan ziyod xodimlari va dunyo bo‘ylab bir nechta filiallari mavjud. Kompaniyaning yillik daromadi 20 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Yakunda viloyatda kompaniyaning filialini ochish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Zero Risk" dasturi doirasida aholi yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblarga o'qitiladi
✒️ “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Xovos tumanida nogironligi bo'lgan ayollarni kasbga o'qitish va band qilish markazi rasman ish boshladi
Avval xabar berganimizdek, tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi negizida "Nogironligi bo'lgan ayollarni kasbga o'qitish va band qilish markazi"ni tashkil etish rejalashtirilgan edi.
Oradan 4 kun o'tib, bugun 27-fevral sanasida ushbu markaz rasman ish boshladi. Hozirda markazda o'qish uchun 25 nafar nogironligi bo'lgan ayollar saralab olingan va ularga tikuvchilik kasbini o'rgatish uchun 2 nafar yuqori malakali ustozlar biriktirildi.
Tuman hokimi Ulug'bek Yo'ldoshev hamda Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov markazning ochilish marosimida ishtirok etib, markazning tashkil etishilidan ko'zlangan asosiy maqsadni yig'ilganlarga batafsil tushuntirdi.
Shuningdek, shu joyning o'zida tibbiyot birlashmasi hamda MMTB bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ish yili
✅Ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.
✅Agar ushbu Kodeksning 226-moddasiga muvofiq ish yiliga kiritiladigan davrlarning summasi to‘liq o‘n ikki kalendar oydan kam bo‘lsa, xodimning ish yili yetishmayotgan vaqtga suriladi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
#Mehnat_yarmarkasi
Sirdaryo tumanida ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha izchil tadbirlar olib borilmoqda.
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da 100 ga yaqin ish qidiruvchilar ishtirok etdi. Unda tumandagi davlat tashkilotlari va 7 ta ishlab chiqarish korxonalari 145 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etishdi.
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Shirin shahar tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi: Tibbiyot birlashmasi boshlig'i;
▪️Sirdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: "Oqibat" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.
❗️Arizalar 01.03.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida o‘tkazilgan yig'ilishda tizimga oid barcha sohalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bosh boshqarma boshlig‘i Sherzod Yakubov har bir yo‘nalish mas'ullariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Jumladan, murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomida sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik alohida ta'kidlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
📢📢📢📢📢
🇩🇪Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlar taklif etiladi:
1️⃣ payvandchi;
2️⃣ elektrik.
Nomzodlar uchun imkoniyatlar:
💳 oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangan keyin);
🛫 O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan.
Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:
📊18-40 yosh;
📊nemis tilidan Gyote, ECL, ÖsD yoki Telc dan olingan B1 sertifikat;
📊elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi;
📊sohada kamida bir yillik tajriba.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot olish
📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).
➡️➡️➡️➡️➡️
🇩🇪Гражданам, желающим работать в Германии, предлагается работа по следующим направлениям:
1️⃣сварщик;
2️⃣электрик.
Возможности для кандидатов:
💳месячная зарплата от 1800 евро (после вычета налогов);
🛫Расходы на авиабилет из Узбекистана в Германию и трансфер оплачивает работодатель.
Квалификационные и языковые требования к кандидатам:
📊18-40 лет;
📊сертификат по немецкому языку B1 от Гёте, ECL, ÖsD или Telc;
📊диплом колледжа, техникума или бакалавра в области электротехники или сварки;
📊опыт работы в сфере не менее года.
➡️ Регистрация
➡️ Получить инструкцию по прохождению регистрации
📞 Для справок: 71 202-33-55, 71 200-00-61 или короткий номер 1282.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
📊Xodimning malakasi uning muayyan kasbiy faoliyat turini bajarishga tayyorligini tavsiflaydigan kasbiy bilimlari, malakalari, ko‘nikmalari, layoqati va ish tajribasining darajasidir.
📊Kasb standarti asosiy mehnat vazifalari va ularni bajarish shartlari tavsifini o‘z ichiga olgan, mehnat bo‘yicha malaka darajasiga, layoqatga, mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan standartdir. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
📊Agar qonunchilikda xodimga muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malakaga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, kasbiy standartlarning mazkur talablarga doir qismi ish beruvchilar tomonidan qo‘llanilishi shart.
📊Kasb standartlarida ko‘rsatilgan va qo‘llanilishi majburiyligi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanmagan malakalarning tavsiflari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning malakasiga doir talablarni aniqlash uchun asos sifatida qo‘llaniladi, bunda xodimlarning qo‘llanilayotgan texnologiyalarga hamda qabul qilingan ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishga bog‘liq holda bajarayotgan mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
Xitoylik ishbilarmonlar Sirdaryo tumanida bo'ldi
O'zbekiston va Xitoy: ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo'lida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi konferensiya oldidan Sirdaryo tumanidagi "Pengsheng" qo'shma ko'rxonasi faoliyati bilan tanishlidi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga yordam beruvchi mutaxassislar qayerda o‘qitiladi?
O‘qitiladigan joy bor. Hozircha Olmazor Kasb-hunarga o‘qitish markazi, Gulistondagi Monamarkaz hamda Fargʻonada mavjud. Bu yerda keksalar yoki yordamga ehtiyoji bor insonlarga qaraydigan mutaxassislar Yaponiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy va qulay uskunalar yordamida uch oydan olti oygacha davr mobaynida o‘qitiladi. Bitta xorijiy tilni ham o‘rganadi.
Oʻqitish va xorijga ishga yuborish “AOIKAI Uzbekistan” qoʻshma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
MEHNAT SHARTNOMASINI RASMIYLASHTIRISH MUNOSIB MEHNAT SHAROITLARINI KAFOLATLAYDI
‼️RASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — HA!
❌NORASMIY MEHNAT MUNOSABATLARIGA — YO‘Q!
✔️HURMATLI XODIM! KELAJAGINGIZ HAQIDA O‘YLANG — MEHNAT SHARTNOMASI TUZILISHINI TALAB QILING!
Norasmiy bandlikning inson hayoti, sog‘lig‘i, ijtimoiy xavfsizligi, ish qobiliyatiga salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettirgan ijtimoiy-videorolikni e‘tiboringizga havola etamiz.
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1413 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling
➤ Oqoltin tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 208 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 76 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 139 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 71 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 113 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 82 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 374 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Murabbiylik
✅Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni tajribasi kamroq bo‘lgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni ta’minlaydi.
✅Murabbiylik tashkilot xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
✅Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar kiritilgan bo‘lsa, murabbiylikni amalga oshirish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos bo‘ladi. Murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimni o‘qitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga shartlar tushuniladi.
✅Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli.
Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qo‘yiladi.
✅Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
Oqoltin tumanida yoshlarga unumdor yerlardan 400 gektar ajratiladi
Ushbu yerlar aholiga yaqin, suvi va unumdorligi yaxshi konturlardan belgilanib, mahalla yettiligi tavsiyasi bilan har bir yoshga dehqonchilik uchun 50 sotixdan ajratiladi.
Buning natijasida 800 nafar yoshlarning bandligini ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
2024 yilda Oqoltin tumanidagi 13 686 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 101-sessiyasida 2024 yilga mo‘ljallangan yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi bo‘yicha axborot berildi.
Unga ko‘ra 2024 yilda mavsumiy hamda vaktinchalik yangi ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga 13 686 kishini ish bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida 10 622 ta, xizmatlar sohasida 2 440 ta, investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 477 ta, qurilishda 177 ta ish joyi yaratilishi maʼlum qilindi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🔹Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 174 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 110 tani tashkil etgan.
🔸Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Guliston shahrida – 2 683 ta
• Sirdaryo tumani – 1 394 ta
• Mirzaobod tumani – 984 ta
• Boyovut tumani – 963ta
• Guliston tumani – 891 ta
• Sayxunobod tumani – 877 ta
• savdo sohasida – 4 255 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 075 ta
• sanoat sohasida – 1 494 ta
• qurilish sohasida – 1 032 ta
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
⚡️ 2023-yilda mehnat qonunchiligini eng ko'p buzilishi qaysi sohalarga to'g'ri keldi?
⚖️Fuqarolarning mehnat muhofazasi va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan murojaatlari hal bo'lyaptimi?
Batafsil videoda
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
📢📢📢📢📢
Tadbirkorlar diqqatiga!
🤝 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrining Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi Kunlik mehnat markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
📃Vaqtincha ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash va muammosini hal etishga qaratilgan loyihada ishtirok etmoqchi bo’lganlar uchun talablar:
– nomzodlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, sudlanmagan;
– qisqa raqamli tezkor aloqa xizmati (call markaz)ni tashkil etish imkoniga ega;
– tezkor aloqa xizmati orqali jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash bo‘yicha buyurtmalar olish;
– har kuni kamida 200 nafar ishsiz fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish;
– ishchilarni ish joyiga olib borish va olib kelishga mo'ljallangan kamida 2 dona transport vositasiga ega bo‘lishi;
– vaqtinchalik ishlovchi fuqarolar uchun kamida 100 kishilik arzonlashtirilgan narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi oshxona tashkil etish;
– fuqarolarga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish;
– onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun Markaz o’z veb-saytiga ega bo’lishi;
– keng qamrovli axborot-targ‘ibot va reklama xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Instagram va h.k.) o‘z sahifalari ega bo‘lishi lozim.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Xodimning o‘zini o‘zi himoya qilishiga ish beruvchi monelik qila olmaydi.
✒️Ish beruvchi, ish beruvchining vakillari xodimlarning o‘zini o‘zi himoya qilishiga monelik qilish huquqiga ega emas.
Xodimlarni qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zini o‘zi himoya qilish usullaridan foydalanganlik uchun ta’qib etish taqiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 532-modda.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili
📊Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.
📊Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda o‘ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
📊Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.
📊Agar xodim ish beruvchining taklifiga ko‘ra ishga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi.
📊Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube
🇬🇧 Buyuk Britaniyaga ingliz tilini biladigan hamshiralar ishga taklif etiladi!
❗️Nomzodlar uchun talablar:
🔹 Tibbiyot texnikumi (yoki Oliy hamshiralik ishi) talabasi yoki bitiruvchisi;
🔹 IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikat;
🔹 sudlanmagan.
Loyiha afzalliklari:
📍 ish haqi 3000 $ dan boshlanadi;
📍 oilani olib ketish imkoniyati;
📍 loyiha Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan;
📍 mehnat sharoitlari (nafaqa, sug‘urta, taʼtil, bepul tibbiy xizmat) Buyuk britaniyalik hamshiralar bilan bir xil.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
💢 Samarqand shahrida joylashgan MEDECON universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgan;
💢 OET imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon, viza, sug‘urta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joy (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
❓ Ingliz tili kursi va OET haqida
☎️ Murojaat uchun:
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: 71 202-33-55, 71, 200-00-61
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv