svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

”20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida imtiyozlar qanday va qay tartibda beriladi?


BATAFSIL VIDEODA ▶️

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Uy ishchilari

📊Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar (bog‘bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) uy ishchilaridir.

📊Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular o‘n olti yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi.

📊O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zida fuqarolik muomala layoqati to‘liq hajmda mavjud bo‘lgan taqdirda, uy ishchilarini ishga yollash huquqiga ega.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

➡️Xorijiy tillarni o'rganish istagida boʼlgan barcha fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

🈯️ (🇬🇧Ingliz tili,🇯🇵Yapon tili, 🇩🇪Nems tili,🇰🇷Koreys tili,🇷🇺Rus tili)

DIQQAT! P.S. Aholining xorijiy tillarni o'rganish imkoniyatini oshirish maqsadida kurslar arzon narxlarda joriy qilingan.

BUNDAN TASHQARI

✅ Siz xorijiy tillarni o'rganib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Xorijda qonuniy ishga borish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 +998 99 721-50-24

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O'zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega. Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ular mehnat vazifalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajarish uchun yuborish bilan bog‘liq autstaffing xizmatlari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


➡️BATAFSIL https://lex.uz/docs/5055690#5057137

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar. Yangiyer shahri mosolida.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Nazorat ostida turgan shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Oqoltin tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman IIB probatsiya guruhi hamkorligida nazorat ostida turgan shaxslarning bandligini taʼminlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 12 nafar fuqaroning 3 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi.

Shuningdek, 5 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1055 qisqa raqami — 24/7 navbatchilik shtabi

Viloyatda qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida uzluksiz (24/7) navbatchilik shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

Shtab bilan 1055 qisqa raqami orqali bog‘lanish mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇱🇹 Litvada bo‘sh ish o‘rinlari uchun ro‘yxatga olish hali ham ochiq!

👉🏻 Ish turi:
tikuvchi, yuk avtomobili haydovchisi

Nomzodlar uchun talablar:

💢21-45 yosh;
💢rus tilida erkin muloqot qilish;
💢"CE" haydovchilik guvohnomasi, Chip karta, kod 95;
💢ayollar kiyimini tikish;
💢tikuvchilik va yuk avtomobili haydovchiligi sohasida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢jismonan va ruhan sog'lom;
💢zararli odatlardan holi.

💶 Ish haqi: 700 € dan 1600 € gacha.

Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport

Fuqaro hisobidan
: Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari, viza to'lovi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (tikuvchilik, nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (yuk avtomobili haydovchisi, nomzodlar 5000 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirish

📊Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi deganda xodimning buzilgan huquqini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni va tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga yoxud yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarga murojaat etmasdan yoki murojaat qilgan holda tiklashga va (yoki) ushbu huquqni amalga oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil ravishdagi qonuniy harakatlari tushuniladi.

📊Xodim o‘z huquqi buzilganligi haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan paytdan e’tiboran mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishni (bundan buyon matnda o‘zini o‘zi himoya qilish deb yuritiladi) amalga oshirishga haqli.

📊Xodim o‘zini o‘zi himoya qilishni to‘xtatish to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra istalgan paytda qaror qabul qilishga haqli.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

XUSUSIY BANDLIK AGENTLIKLARI QANDAY FAOLIYAT YURITMOQDA?


📺 Batafsil “Zamon”
lavhalarida


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇩🇪Germaniyaning bir qator tashkilotlari bilan hamkorlikda fuqarolar xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish sohalarida Germaniyaga Ausbildung – dual tizimga taklif etiladi!

➡️ Ausbildung nima?

Quyidagi havolalar orqali batafsil ma'lumot olib, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:

"Simson Private Akademie" – mexatronika sohalari, oylik stipendiya 950-1200 yevrogacha. Farg'ona, Namangan, Toshkent, Buxoro va Qarshi shahаrlarida nemis tilini o'qitish bo'yicha dastur yo'lga qo'yilgan;
➡️Batafsil
➡️Ro'yxatdan o'tish

"Kanne ECH Heede GmbH" – mehmonxona, restoran ishi, oylik stipendiya 800 yevrodan boshlab;
➡️ Batafsil
➡️ Ro'yxatdan o'tish

"Duvenbeck" – mexatronika, omborchi va slesar, oylik stipendiya 850 yevrodan boshlanadi;
➡️Batafsil
➡️Ro'yxatdan o'tish

"ConsultingUz" – yuk avtomobillariga texnik xizmat ko'rsatish va ularni boshqarish, oylik stipendiya 930 yevrodan boshlanadi. Farg'ona, Andijon, Toshkent, Samarqand va Navoiy shahаrlarida nemis tilini o'qitish bo'yicha dastur yo'lga qo'yilgan. Xorazm shahrida nemis tilini o'qitish dasturi rejalashtirilmoqda;
➡️Batafsil
➡️Ro'yxatdan o'tish

📊 mehmonxona, restoran ishi, oylik stipendiya 850 yevrodan boshlanadi;
➡️Batafsil
➡️Ro'yxatdan o'tish

"The International Placement People" – mehmonxona, restoran ishi, oylik stipendiya 850 yevrodan boshlanadi;
➡️Batafsil
➡️Ro'yxatdan o'tish

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Davr talabiga mos zamonaviy Tikuvchi dizayner-model'er bo'lishni istasangiz, endi siz uchun barcha qulayliklar mavjud.

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi sizni 3 oylik yo'llanma asosida bepul o'qishga taklif etadi. "Tikuvchilik" yo'nalishida mahoratli ustozdan o'rganib qoling.

Ushbu kasblarda oʼqib, mutaxassis boʼlish niyatida boʼlgan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

✔️ Sertifikat - o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 +99893 320-90-80

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

JAHON BANKI BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Vazirlik mutasaddilari Jahon bankining Inson taraqqiyoti yoʻnalishida Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski bilan uchrashishdi.

Unda vazirlikning Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bandlik, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va migratsiya sohalaridagi loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida sohaga oid yangi rejalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi


📊Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

📊Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.
📊Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
📊Ushbu moddada nazarda tutilgan intizomiy jazo tugallanishi va olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingan holda qo‘llanilmaydi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Aholi turmush darajasini va demografik jarayonlarini tahlil qilish, inson kapitalini rivojlantirish sho'basi boshlig'i;

▪️Guliston tumani hokimligi: "Baxmal" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Mirzaobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Oqoltin tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Hayvonlar sog'ligini himoya qilish, tashхis ishlari va oziq-ovqat хavfsizligi bo'yicha bosh mutaхassis.

❗️Arizalar 17.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#OAV_biz_haqimizda

Hokim yordamchilari faoliyati uchun yaratilgan "Onlayn mahalla" platformasi 1-martdan rasman ishga tushadi.


Hozirda test rejimida ishlab kelayotgan mazkur elektron tizimning afzalliklari nimada?

Batafsil: "O‘zbekiston-24" da.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ish faoliyatini to‘xtatgan fuqarolar mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarni qanday raqamlashtirishlari mumkin?

Mehnat faoliyatini raqamlashtirish nima uchun kerak? Bu kelajakda pensiyaga chiqishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratadi?


Ushbu savollarga havola orqali javob olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📣📣📣📣📣

🇬🇧Buyuk Britaniyada ishlash istagidagi hamshiralar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi ko‘plab yurtdoshlarimiz murojaatlaridan kelib chiqib, Buyuk Britaniyaga tibbiyot sohasiga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishdi.


🤝 Ushbu kelishuvga muvofiq, yaqin kunlarda ingliz tilini biladigan hamshiralar uchun Buyuk Britaniyada ishlash bo‘yicha eʼlon berilishi rejalashtirilmoqda.

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 (qisqa raqami)

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Madaniyat boshqarmasi: Boshqarma boshlig'i o'rinbosari;

▪️Oqoltin tumani madaniyat bo'limi: Bo'lim mudiri;

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi (ichki tanlov): Moliya bo'limi boshlig'i;

▪️Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (ichki tanlov): Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis.

▪️Mirzaobod tumani g'aznachilik хizmati bo'limi: Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 20.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

#Yoshlar_bandligi

2024-yil uchun ishlab chiqilgan “Yoshlar bandligi dasturi” doirasida 759 734 nafar yoshlarni bandligiga ko'maklashish ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan:
99.9 ming nafar bitiruvchilarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
80,3 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
25,5 ming nafarini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
18,8 ming nafarini “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor”
tadbirlari asosida tadbirkorlarga biriktirish;
14 ming nafarini “Usta-shogird” asosida hunarmandlarga biriktirish;
16,2 ming nafar yoshlarga YATT tashkil etishida ko‘maklashish;
26 ming nafarini qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali bandligini ta’minlash;
150,4 ming nafarini o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
40,6 ming nafariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish orqali bandligini ta’minlash;
32 ming nafariga subsidiya ajratish orqali bandligini ta’minlash;
220,3 ming nafari boshqa yo‘nalishlarda (OTMga o‘qishga kiradiganlar) bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan;
35,6 ming nafari turmushga chiqadiganlar, ko‘chib ketadiganlar, chet elga ketadiganlar va h.k.


➡️Batafsil havolada

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚡️ Tavallud kun: Hurmatli Usmonov Inomjon Saidmuradovich!

Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Sizni 16-fevral – bugungi shukrona kuningiz bilan samimiy muborakbod etadi. Siz hozirgi kunda Sayxunobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlim boshligʻi lavozimida o‘zingizni samimiy, bilimli, intizomli, o‘z kasbiga fidoyi va rahbarlik salohiyatiga ega kadr sifatida namoyon qilmoqdasiz.

Sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, ishlaringizga rivoj, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik hamda fayz-baraka tilaymiz, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿 Bugun, 16-fevral Sirdaryo viloyati tashkil topganiga 61 yil to‘ldi!

Sirdaryo viloyati bugundan 61 yil oldin, 1963-yil 16-fevral kuni tashkil topgan, umumiy yer maydoni 4276,2 km² bo‘lgan.

Viloyat tarkibiga 3 ta (Guliston, Yangiyer, Shirin) shaharlar va 8 ta (Boyovut, Guliston, Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) tumanlar kiradi.

2024 yil 1 yanvar holatiga aholi soni – 914 ming kishini tashkil qilgan.


Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning soni ma'lum qilindi.

🔹2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 204 tani tashkil etib, ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

• Sirdaryo tumani – 60 ta
• Guliston shahri – 39 ta
• Mirzaobod tumani – 27 ta
• Yangiyer shahri – 20 ta
• Guliston tumani – 12 ta
• Sayxunobod tumani – 12 ta
• Boyovut tumani – 9 ta
• Xovos tumani – 7 ta
• Oqoltin tumani – 7 ta
• Shirin shahri – 6 ta
• Sardoba tumani – 5 ta


Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Boshqarma boshlig'i o'rinbosari;

▪️Yangiyer shahar hokimligi: Investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;

▪️Yangiyer shahar hokimligi: "Davlatobod" mahallasidagi hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 19.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tomorqa — daromad manbai

Oqoltin tumani aholisi yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, tomorqalarini daromad manbaigaaylantirishmoqda.

Darhaqiqat, tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali yo‘lidir.

Hududda el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan omilkorlar kun sayin ko‘paymoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirish

📊Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi deganda xodimning buzilgan huquqini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni va tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga yoxud yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarga murojaat etmasdan yoki murojaat qilgan holda tiklashga va (yoki) ushbu huquqni amalga oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil ravishdagi qonuniy harakatlari tushuniladi.

📊Xodim o‘z huquqi buzilganligi haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan paytdan e’tiboran mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishni (bundan buyon matnda o‘zini o‘zi himoya qilish deb yuritiladi) amalga oshirishga haqli.
Xodim o‘zini o‘zi himoya qilishni to‘xtatish to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra istalgan paytda qaror qabul qilishga haqli.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar hokimligi: "Yangi hayot" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Laylakko'l" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Xovos tumani hokimligi: "Yettiguzar" mahallasidagi hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 18.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar hokimligi: Moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;

▪️Guliston shahar hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis;

▪️Sayxunobod tumani hokimligi: Tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi;

▪️Sayxunobod tumani hokimligi: Investitsiya va tashqi savdo bo'limi yetakchi mutaxassisi;

▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo'limi: Bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 18.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosiga ehtirom

Soha vakillari Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlab, allomaning ijodidan namunalar o‘qishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1425 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 209 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 76 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 79 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 135 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 71 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 109 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 89 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 383 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…
Подписаться на канал