Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Ichki nazorat va pensiya, nafaqa hamda boshqa to'lovlarni tayinlash monitoringi sho'basi bosh mutaхassisi;
▪️Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi: Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Infratuzilmani rivojlantirish va ekaspulatatsiya sho'basi bosh mutaхassisi;
▪️Transport boshqarmasi: Transportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaхassisi.
❗️Arizalar 11.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Tayinlov
Kukanbayev Aʼzamjon Axmadaliyevich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Oqoltin tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Kukanbayev mazkur tayinlovga qadar Oqoltin tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
📣📣📣📣📣
Xususiy o‘quv markazlari diqqatiga!
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy hamkorlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan barcha o‘quv markazlarni hamkorlikka chaqiradi!
#tayinlov
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirzaobod tumani bo‘limi boshlig‘i tayinlandi
Mavlonov Muhiddin Ergashovich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirzaobod tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar M.Mavlonov Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xodim mast holatda ishga kelsa ishdan chetlashtiriladi
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida navbatdagi huquqiy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarmaning yuristkonsulti S.Sharipov Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni hamda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma'lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi
Xovos tumani hokimligining kichik majlislar zalida tumandagi 28 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda kichik biznes subyektlarini rivojlantirish, aholi o'rtasida tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit mablag'larini ajratish va ularga berilayotgan imkoniyatlar xususida so'z yuritildi.
Viloyat hokimligi va viloyat markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan seminarda hokim yordamchilarining faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ko'plab ma'lumotlar berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
📣📣📣📣📣
Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xotin-qizlarni Belarusning "Kamvol" korxonasiga tekstil ishlariga taklif etadi!
📸 Infografika: Sanatoriylarga yo’llanma kimlarga beriladi ?
Ma’lumot uchun, Respublika bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarni qabul qilishning bir vaqtdagi qabul quvvati 1722 nafar, yillik quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi.
Shu o'rinda, bugungi kunda sanatoriyga yo'llanma uchun navbatda turgan shaxslar umumiy soni 352 000 dan ziyod.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#no_comment
Sirdaryo tumanidagi Navoiy mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezoni asosida ishlar davom etmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Mahalla tizimi xodimlari o‘qitilmoqda
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda mahalla institutining o‘rni beqiyosdir.
Prezidentimizning 2023-yil dekabr oyida qabul qilgan qaror va farmonlariga asosan “Mahalla yettiligi” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur farmon va qaror mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv- seminarlar boshlandi.
O‘quv - seminar dasturidan “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil qilish, mahallalar raislari faoliyati, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ishlari, oila va xotin-qizlar, ichki ishlar, ijtimoiy himoya, soliq, ma’naviyat va ma’rifat, adliya yo‘nalishlaridagi mavzular o‘rin olgan. O‘quvlar yakunida tinglovchilar olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida test sinovlarini topshiradi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sayxunobod tumani bo‘limi boshlig‘i tayinlandi
Sayxunobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi vakillari, tuman hokimi hamda tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Djavlonov Toxir Botirovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sayxunobod tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sayxunobod tumani Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritga.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sho‘basining 2024 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasida Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.
Unga muvofiq, tuman, shahar bo‘limlarining “Bek ofis” va “Front ofis” xodimlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sho‘basining sho‘ba mudiri A.Ernazarov hamda bosh mutaxassisi Sh.Solijonov qatnashchilarga tizimda aholi bandligini ta’minlash borasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, onlayn murojaatlar bilan ishlash va ularni o‘z muddatida ijobiy hal etish bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Ishtirokchilar tizimga kiritilayotgan yangiliklar, jumladan, kasanachilik yo‘nalishini kengaytirish yuzasidan batafsil ma’lumot olishdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Boyovut tumani bo‘limi boshlig‘i tayinlandi
Bugun Boyovut tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi vakillari, tuman hokimi hamda tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Kamalov Zafarjon Kaimovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Boyovut tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
📣Sirdaryo viloyati hokimi O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati a'zosi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich tashabbusi bilan, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining toʻrtinchi ustuvor yo'nalishi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida "Sen aziz va muqaddassan ayol" shiori ostida mahalladagi ijtimoiy faol ayollar o'rtasida 10 ta yo'nalish boʻyicha tanlov e'lon qilinadi:
🔸eng yaxshi tashabbuskor sportchi ayol
🔸eng saranjon-sarishtali xonadon bekasi
🔸ayollar daftarida turgan va ish faoliyatini yo'lga qo'yib oʻzini-o'zi band qilgan ayol
🔸qaynona kelin munosabatlarini yaxshilash bo'yicha eng yaxshi qaynona, eng yaxshi kelin, eng yaxshi qaynona-kelin
🔸ma'rifatli ayol
🔸bu mening onam
🔸eng tarbiyali farzand tarbiyalagan boquvchisini yo'qotgan yolgʻiz ayol
🔸eng yaxshi hunarmand ayol
🔸hamshiralar o'rtasida "Xotin-qizlar sog'ligi yurt boyligi" ko'rik talovi
🔸shuningdek, eng zahmatkash fidoyi ayol deb e'tirof etilgan matonatli onaga maxsus mukofot ham taqdim etiladi.
🏛 Tanlov 1-fevraldan 15-fevralgacha davom etadi. G'oliblarni taqdirlash marosimi 2024-yil 1- mart O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida bo'lib o'tadi.
🏆Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovg'alar hamda 3-4-5 mart kunlari Toshkent shahridagi Xalqlar do'stligi saroyida boʻlib oʻtadigan "Sen aziz va muqaddassan ayol" gala konsertiga taklifnoma bilan mukofotlanadi va konsert dasturida ishtirok etish uchun xarajatlari to'liq qoplab beriladi.
☎️ Murojaat uchun telefonlar +998 94 580 78 00, +998 99 460 84 84
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar
✅Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.
✅Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
#Tayinlov
Baratov Xasan Abdufataxovich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
X.Baratov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Ijtimoiy soha iqtisodiyoti va muassasalarini moliyaviy ta'minlash bosh mutaхassisi;
▪️Sardoba tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Mahalliy budjetni shakllantirish, budjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash sho'basi yetakchi mutaхassisi;
▪️Sayxunobod tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Obodonlashtirish, kommunal va yo'l xo'jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 10.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇯🇵 Fuqarolar Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etiladi!
📍Qurilish sohasida (kafel terish, opalubka, qurilish havozalarini o'rnatish) oylik maosh 1500 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to'lanadi).
Batafsil
Ro'yxatdan o'tish
📍Ishlab chiqarish sohasida (mebelsozlik) oylik maosh 1100 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to'lanadi).
Batafsil
Ro'yxatdan o'tish
Fuqarolar ish beruvchi bilan suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov kuni va vaqti haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
❗️Ro'yxatdan o'tish har bir soha bo'yicha 500 nafar nomzodga yetganda to'xtatiladi.
☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 41, 42).
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
⚡️O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Guliston tumani bo‘limi boshlig‘i tayinlandi
Xushmuradov Shuhrat Sherqulovich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Guliston tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Xushmuradov bunga qadar tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ish beruvchilarning birlashish huquqi
Ish beruvchilar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish maqsadida oldindan ruxsat olmasdan ixtiyoriy ravishda o‘z birlashmalarini tuzish, shuningdek ish beruvchilar birlashmalariga ularning ustavlarida belgilangan tartibda a’zo bo‘lish huquqiga ega. Ish beruvchilar birlashmasi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilarning va (yoki) ish beruvchilar birlashmalarining ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan nodavlat notijorat tashkilotdir. Ish beruvchilarning birlashish huquqini amalga oshirishga monelik qilishga, shuningdek ularni ish beruvchilarning u yoki bu birlashmalariga a’zo bo‘lishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
#Bilasizmi
KORRUPSIYA HAQIDA OGOHLANTIRGAN SHAXSLARGA PUL MUKOFOTI BERILADI
📃 Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan:
➖Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rahbatlantiriladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Boqiyev Farhod Esanovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Farhod Boqiyev tayinlovga qadar Senatning axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
KANADADA ISHLASH IMKONI YARATILADI
🇺🇿🇨🇦Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
📊Unda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
✅ Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
#jarayon
Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida yangi guruh tinglovchilariga "Oshpazlik" va "Qandolatchi" yoʻnalishlari boʻyicha darslar qizgʻin davom etmoqda.
Tinglovchilar mohir ustozlaridan puxta bilim olib, mazkur yoʻnalishning eng nozik jihatlarini ham sinchkovlik bilan oʻrganishmoqda.
Bitiruvchilar oʻquv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagach, oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishadi.
Eslatib oʻtamiz, monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va pdastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassisi kasblarni hamda ingliz, yapon, turk, rus, koreys tillarini oʻrganish boʻyicha kurslar mavjud.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 97-909-71-17
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
❗️ So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining Kanada ishchi vizasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarga duch kelish holatlari ko‘paymoqda.
✅ Xususan, fuqarolar vositachi shaxslar bilan Telegram va WhatsApp orqali bog‘lanib, ularga dastlab shaxsiy hujjatlarini, viza rasmiylashtirish uchun bank hisobiga katta miqdorda pulni jo‘natadi. Shundan so‘ng vositachi shaxslar jo‘natgan soxta hujjatlar bilan Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasida mavjud bo‘lmagan viza suhbatlari tayinlanadi.
📌 Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasi faqat konsullik masalalari bilan shug‘ullanadi va viza olish jarayonida ishtirok etmaydi.
✅ Kanada vizasini olish jarayoni haqidagi barcha maʼlumotlar Kanada hukumatining www.canada.ca saytida mavjud.
Sardoba tumanidagi 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Unda trener sifatida jalb etilgan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi komplaens nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi U.Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, tizim faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushuntirish berdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun joriy yil 8-14-fevral kunlari ro'yxatdan o'tish rejalashtirilgan:
🔹 Ishlab chiqarish sohasida 22248 ta
🔹 Qishloq xo'jaligi sohasida 6858 ta
🔹 Xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5403 ta (asosan ayollar uchun)
🔹 Qurilish sohasida 2898 ta
👉 Eslatma!
📍Ro'yxatdan o'tish jarayoni nomzodlar soni yuqorida ko'rsatilgan kvotalarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi.
📍 Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak.
📍(2023-yilda kemasozlik sohasi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar 2024-yil hisobidan yana boshqa bir sohaga onlayn ro’yxatdan o’tish imkoniyati mavjud).
2024-yil 8-14-fevral kunlari Agentlik taqdim etadigan havola orqali anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28 $ miqdoridagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.
🔹Eps-topik test imtihonida qatnashish uchun:
1️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
2️⃣ 18 yoshga toʻlgan (2006-yil 1-fevral sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1984-yil 2-fevral sanasidan keyin tug‘ilgan);
3️⃣ Koreys tilini biladigan;
4️⃣ Xorijga chiqish uchun taqiqi boʻlmagan;
5️⃣ Sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan;
6️⃣ Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq;
7️⃣ Koreya Respublikasida E-9 yoki E-10 vizasi asosida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan;
8️⃣ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.
Roʻyxatdan oʻtish va yuklash uchun zarur maʼlumotlar:
1. Telefon raqami;
2. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
3. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).
👉 Pasport va rasmni yuklash tartibi
4. Yashash manzili (viloyat, tuman, MFY, koʻcha va xonadon).
❗️Maʼlumotlar faqat lotin alifbosida va to’g’ri kiritilishi zarur.
Nomzodlardan maʼlumotlarni xorijga chiqish pasporti asosida toʻliq va aniq kiritilishi soʻraladi. Maʼlumotlari xato yuklangan yoki kirtilgan nomzod testda qatnasha olmasligi yoki testdan muvafaqqiyatli oʻtgan taqdirda ham unga viza rad etilishi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun
(O‘RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
✒️ Qonunga ko‘ra, pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
❗️Qonun bilan, quyidagilar taqiqlanadi:
📊pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
📊 pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
📊 pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.
Egamberdiyev Alisher Atabekovich — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati Sardoba tumani bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
A.Egamberdiyev - mazkur tayinlovga qadar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sardoba tuman Kengashi raisi, "Islohotlar yo‘lida" MCHJ rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv