Usmonova Nargizaxon Ergashevna — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Shirin shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
N.Usmonova tayinlovga qadar Boyovut tumani Shirin mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Nazirqulov Rahmonqul Nazirqul o‘g‘li — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
R.Nazirqulov tayinlovga qadar Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi lavozimida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Respublika ishchi guruhi tomonidan Mirzaobod tumanidagi mahallalarida o‘rganishlar davom etmoqda
Batafsil
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo tumani Navoiy mahallasi obod va fayzli go‘shaga aylanadi
Bugun viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ushbu mahallada bo‘lib, faollar bilan uchrashdi.
Mahallada joriy yil "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Muloqot davomida aholi murojaatlari va takliflari tingladi va shu asosda mas’ullar oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
O‘ZBEKISTONDA KAMBAGʻALLIK DARAJASI
11 FOIZGA QISQARDI
📃Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Statistika agentligi tomonidan 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tahlil qilindi.
📊 Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan 16 mingta uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga ko‘ra, mamlakatimizda kambag‘allik darajasi 2023-yil yakunida 11,0 foizgacha pasaydi.
✅ Mamlakatimizda o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambag‘allik qisqargan. 2022-yil natijalarida kambag‘allik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirildi.
📍Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etildi:
Sirdaryo (19,5% dan 13,8% gacha), Andijon (17,4% dan 11,9% gacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (19,9% dan 13,7% gacha) sezilarli darajada qisqargan.
Minimal o‘zgarishlar Toshkent shahri (8,5% dan 7,9% gacha) va Buxoro (11.9% dan 11,8% gacha), Qashqadaryo (12,7% dan 11,5% gacha) viloyatlarida aniqlangan.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Muddatli mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish
✅Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Mehnat shartnomasini uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilish to‘g‘risida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni ushbu asos bo‘yicha tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak, bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan xodim yo‘q bo‘lgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
✅Agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan birortasi ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
✅Ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan xodimning yo‘q bo‘lgan vaqtiga tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
🇬🇧Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston tumani hokimligi: "Terakzor" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "A.Temur" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Xovos tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Yettiguzar" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 04.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitib, ularga daromad topish yo‘llarini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda “Bir nuroniy–oʻn nafar yoshga murabbiy” tamoyili o‘z samarasini berayapti.
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tkazilgan tadbirda shahardagi bir guruh nuroniy va munis onaxonlarga bu yerdagi o‘qish jarayoni, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar tanishtirildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad ishsiz yoshlarni monomarkazga jalb qilib, hunarga yo’naltirishda qamrovni yanada kengaytirishdir.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Guliston “Ishga marhamat" monomarkazida 20 dan ortiq yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatilmoqda hamda 5 ta xorijiy tillar bo‘yicha bilim berilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#ozini_ozi_band_qilish
Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin
1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.
2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism
3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).
4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil
5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇯🇵Yaponiyada ishlashni xohlaysizmi?
30-31-yanvar va 1-2-3 fevral kunlari soat 10:00-11:30 va 14:00-15:30da "AOIKAI UZBEKISTAN" markazida yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida quyidagi sohalar bo’yicha taqdimotlar bo’lib o’tadi.
-mehmonxona xizmati;
-qishloq xo’jaligi;
-parvarishlash sohasi;
-oziq-ovqat ishlab chiqarish;
-restoran xizmati.
Hududlarda yapon tilini o’rganishni boshlagan, maxsus malaka testlariga tayyorlanib, imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan yurtdoshlarimiz mutaxassislar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish orqali Yaponiya kompaniyalarida ishlash uchun muhim ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Toshkent shahar Olmazor tumani Umid ko’chasi, 16-uy. Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi.
Murojaat uchun: (93) 831-02-22; (90) 633-02-22.
@aoitashkent (savol-javob uchun)
@aoikai_fergana_bot (Farg'ona)
@aoikai_gulistan (Guliston)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Mahalla yettiligi" xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari davom etmoqda
Oqoltin tumanidagi Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari Davlat boshqaruvi akademiyasida bilim va malakasini oshirib kelgan trenerlar tomonidan aniq tushuntirib berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishning huquqiy oqibatlari
✅Mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligini qonunga xilof deb hisoblovchi xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zgartirilganligi ustidan shikoyat qilishga haqli.
✅Mehnat sharoitlari qonunga xilof ravishda o‘zgartirilgan taqdirda, xodimning avvalgi mehnat sharoitlarini tiklash to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
✅Agar mehnat sharoitlarining qonunga xilof deb e’tirof etilgan o‘zgarishlari xodimning mehnatga haq to‘lash miqdori kamayishiga olib kelgan bo‘lsa, xodimning o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
✅Xodim boshqa ishga qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan taqdirda, xodimning o‘zini avvalgi ishiga tiklash, boshqa ishga qonunga xilof ravishda o‘tkazilganligi sababli kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lanishi to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
✅ Agar xodim o‘zi qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan ishni bajarsa, lekin bu ishdagi mehnatiga haq to‘lash miqdori ushbu xodim bu ishga o‘tkazilishidan ilgari bajargan ishidagi mehnatiga haq to‘lash miqdoridan past bo‘lsa, majburiy progul uchun haq to‘lash xodimga avvalgi ishidagi va xodim qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan ishdagi mehnatga haq to‘lash o‘rtasidagi farqning o‘rnini qoplashdan iborat bo‘ladi.
✅Agar xodimning mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyi ish beruvchi tomonidan xodimning roziligisiz avvalgi mehnat vazifasiga doir va avvalgi mehnat sharoitlaridagi ishini, shu jumladan mehnat haqini saqlab qolgan taqdirda o‘zgartirilgan bo‘lsa, xodimning unga avvalgi ish joyini taqdim etish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
🇧🇬Bolgariyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Ish turi: Hamshiralik
Nomzodlar uchun talablar:
-22-55 yosh;
-rus tilini erkin muloqot darajasida bilish;
-hamshiralik bo'yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasqdiqlovchi hujjat bilan);
-sudlanmagan;
-xorijga chiqish taqiqlanmagan;
-jismonan va ruhan sog'lom;
-zararli odatlardan holi.
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
✅ Ishsizlik nafaqasi kimlarga beriladi?
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Xodimning xohishiga ko‘ra amalga oshiriladigan ish haqini tasarruf etish
✅Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi yoki uning muayyan qismi xodimning yozma arizasida ko‘rsatilgan miqdorlarda va muddatlarda kreditorlarga bank muassasalaridan olingan ssudalar, kreditlar, kommunal to‘lovlar va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun yuborilishi mumkin.
✅Ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan cheklovlar mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
Yaqinda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli qiziqarli va foydali tadbirlar o‘tkazilishini bildirib, yoshlarni yetuk kadr, o‘z sohasining haqiqiy egasi bo‘lishida barcha mutasaddilar mas’ul ekanligini ta’kidlagan edi.
Vazir maslahatchisi Qudratilla Odinaev tizimda ishlayotgan sirdaryolik yoshlar bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbatlashdi.
Ishtirokchilar monomarkaz o‘qituvchilarini jalb qilgan holda til o‘rganish bo‘yicha onlayn o‘quv kursini tashkil etish, “Zakovat” intelektual o‘yinining hududiy bosqichini o‘tkazish, hokim yordamchilari o‘rtasida "Eng namunali, eng intiluvchan hokim yordamchisi" ko‘rik tanlovini joriy etish kabi ko‘plab takliflarini bildirishdi.
Batafsil
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Bugungi kunda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan quyidagi Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berilgan:
✅"Reiwa xususiy bandlik agentligi" MCHJ Andijon viloyati
✅“Mirai recruitment agency Xususiy bandlik agentligi” MCHJ Farg‘ona viloyati
✅“Migo overseas consulting xususiy bandlik agentligi" MCHJ Namangan villoyati
✅"Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ Toshkent shahri
✅“Specialist Group Xususiy Bandlik Agentligi” MCHJ Toshkent shahri
✅"Naimix Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ Toshkent shahri
✅"Etos Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ Toshkent shahri
✅"Common Sense Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ XK Toshkent shahri
✅"Dhaef Global Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ XK Toshkent shahri
✅"Nur Migration Services Xususiy Bandik Agentligi" MCHJ Toshkent shahri
✅"THE BEST-STAFF XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" MCHJ Samarqand viloyati
✅"LANGS PLACEMENT XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" MCHJ XK Toshkent shahri
✅"NPS Personal xususiy bandlik agentligi" Toshkent shahri
✅“Workmall xususiy bandlik agentligi" MCHJ Toshkent shahri
Respublika ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi
Ishchi guruh a’zolari Mirzaobod tumanining "Bahoriston" va "Yo‘ldoshobod" mahallalarida kompleks o‘rganish olib borishdi. Ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuzasidan mahalla yettiligiga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shunindek, aholi bilan suhbatlashish asnosida ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
💥"Mahalla yettiligi" uchun seminar tashkil etildi
Aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish yuzasidan Respublika ishchi guruh tomonidan Sardoba tumani hokimligida hududdagi “Mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari aniq tushuntirib berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
⚡️2024 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz saytiga joylashtirildi.
Loyiha joriy yilning 9-fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Loyiha bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring va jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting, Sizning fikringiz muhim!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
2024-yilning Davlat budjeti tasdiqlandi
“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 2024-yil uchun O‘zbekistonning konsolidasiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solindi.👆
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
ЎЗБЕКИСТОН – РОССИЯ:
ҲУКУМАТЛАРАРО КОМИССИЯ ДОИРАСИДА КИЧИК ҚЎМИТАНИНГ 13-ЙИҒИЛИШИДА ҚАНДАЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ?
✅Аввал хабар берганимиздек, Тошкент шаҳридаги "Ишга марҳамат" мономарказида Ўзбекистон ва Россия Ҳукуматлараро комиссия доирасида кичик қўмитанинг 13-йиғилиши бўлиб ўтди.
✅Унда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Беҳзод Мусаев раҳбарлигида вазирлик ва идоралар вакиллари ҳамда Россиянинг Меҳнат ва бандлик федерал хизмати раҳбари Михаил Иванков бошчилигидаги делегация аъзолари иштирок этди.
✅Йиғилишда меҳнат инспекцияси фаолиятини такомиллаштириш ва тажриба алмашиш юзасидан келишувга эришилди.
✅Шунингдек, Россияда вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бораётган Ўзбекистон фуқароларини муносиб ва хавфсиз меҳнат шароитлари билан таъминлаш, уларни ижтимоий ҳимоя қилиш, ҳаёти ва соғлиғини асраш, ҳуқуқларини муҳофаза қилиш ҳамда бу борада ишончли механизмларни йўлга қўйишга оид қатор масалалар муҳокама қилинди.
✅Куннинг иккинчи яримида делегация аъзолари Тошкент шаҳридаги ишсиз аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш маркази "KOICA" фаолияти билан яқиндан танишди.
Вазирликнинг расмий саҳифалари⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Ichki nazorat va pensiya, nafaqa hamda boshqa to'lovlarni tayinlash monitoringi sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi: Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Yangiyer shahar hokimligi: Yuristkonsult;
▪️Guliston tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Oqoltin" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 03.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Tadbirkor — elga madadkor
Yurtboshimiz rahbarligida yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning o‘z biznes loyihalarini hayotga tatbiq etishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Boyovutlik Umidjon Sangilov "Jo'langar" mahallasida mebelchilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yib, bugungi kunda bir qancha yutuqlarga erishib kelayotgan yosh tadbirkorlardan biri.
— Biznes loyihamni amalga oshirish uchun mahalla yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ko'magida bankdan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatimni boshlaganman, — deydi yosh tadbirkor. — Hozirda mahalladagi 5 nafar yoshlarning bandligini ta'minlab, "Ustoz-shogird" an'analarini davom ettirib va shu bilan birgalikda ularga oylik maosh to'lagan holda sifatli mebel mahsulotlari ishlab chiqarmoqdamiz.
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Yangiyer shahar hokimligi: "Davlatobod" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "M.Ulug'bek" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "Nurafshon" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Mirzaobod tumani hokimligi: "Yo'ldoshobod" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Oqoltin tumani qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i.
❗️Arizalar 03.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1439 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 95 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 207 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 85 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 82 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 138 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 70 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 108 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 89 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 386 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Yangi loyihalar: ishlab chiqarish ko‘lami kengayishi natijasida ish o‘rinlari ortmoqdamoqda
Oqoltin tumani markazidagi kichik sanoat zonasi hududida tashkil etilgan yog‘-moy ishlab chiqarish korxonasi yiliga 20 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, korxonaga Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.
Ayni damda 70 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, kelgusida bu ko‘rsatkichni 100 tadan oshirish rejalashtirilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Guliston shahrida «Mahalla yettiligi» ishtirokida o’quv amaliy seminari tashkil etildi
Joriy yilning 29-yanvar kuni Guliston shahrida «Mahalla yetilligi» (Mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori) ishtirokida o’quv amaliy seminari tashkil etildi.
O’quv seminari davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-209-son Farmoni hamda 2023-yil 21-dekabrdagi «O’zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo’lga qo’yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati, ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (09.01.2024-yil, PQ-7-son)
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter