🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Toshkent shahridagi “Qirol Sejong” o‘quv markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
📊Unda Janubiy Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolarning koreys tili va madaniyati, mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimini oshirish masalasi ko'rib chiqildi.
📊Bu borada respublikamiz bo‘ylab faoliyatini boshlagan o‘quv kurslari bilan hamkorlikning samarali natijalari hamda ikkinchi bosqichni amalga oshirish rejasi muhokama qilindi.
📊Shuningdek, joriy yilda o‘tkaziladigan EPS-Topik test imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun onlayn darslarni fevral oyidaToshkent shahridagi “Qirol Sejong” o‘quv markazida boshlashga kelishib olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
#Bilasizmi
🔰 Ish beruvchi tashkilotda 5 kundan ko'p ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.
✅ Xodimning yozma arizasiga ko'ra asosiy ish joyidagi ish beruvchi mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan davrlar haqidagi yozuvlarni kiritadi.
❌ Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
❕Xodimga mehnat faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar xodim ishlayotgan vaqtda ariza berilgan kundan 3 ish kunida, ishdan bo'shaganda esa mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda berilishi kerak.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🗞 «Yangi Sirdaryo» gazetasining 22-yanvar kungi 3-soni
👉 Batafsil o'qing
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga safari mahalliy OAVlari nigohida
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Yerdan samarali foydalanish va qishloq хo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va monitoring bo'limi boshlig'i o'rinbosari;
▪️Mirzaobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari.
❗️Arizalar 25.01.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Navoiy mahallasida 30 ta yangi uylar quriladi
Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov boshchiligida sektor rahbarlari Navoiy mahallasida bo‘lib, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini asosida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ko‘zdan kechirdi.
Ayni paytda mahallaning asosiy maktabga olib boruvchi Mustaqillik ko‘chasida piyodalar yo‘lagi qurilmoqda.
Shu bilan birga sektor rahbarlari mahalla hududidagi bo‘sh yer maydonlarida 30 ta yangi uy, amfiteatr hamda sport kompleksi qurilish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdilar.
Ishlarni jadallashtirish, ko‘chalarni ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Transport boshqarmasi: Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i;
▪️Guliston shahar hokimligi: "Navbahor" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Shirin shahar hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo'yicha loyihalar menejeri;
▪️Yangiyer shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Guliston tumani irrigatsiya bo'limi: Bosh gidrometr.
❗️Arizalar 24.01.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
O‘zbekiston – Xitoy: kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlikning yangi qadamlari
BATAFSIL ➡️ https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-xitoy-kambagallikni-qisqartirish-sohasida-hamkorlikning-yangi-qadamlari_559225
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
Сирдарё — Хитой: кўп қиррали ҳамкорлик муносабатларининг янги босқичи
Вилоят ҳокими бошчилигидаги Сирдарё вилояти делегацияси айни кунларда Хитой халқ Республикасида бўлиб турибди.
Вилоятимиз вакиллари ташриф дастурига мувофиқ 20-26 январь кунлари қатор саноатлашган ҳудудларда бўлиб, расмийлар ва йирик компаниялар раҳбарлари билан музокаралар олиб бориши режалаштирилган.
Шунингдек, Гуандун провинцияси Шэнжэн шаҳрида бўлиб ўтадиган "Ўзбекистон-Хитой инвестиция форуми"да иштирок этилади.
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Xavfsiz_tartibli_va_qonuniy_ mehnat_migratsiyasi
🇬🇧 🛫Buyuk Britaniya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yurtdoshimiz qassobchilik sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo'nab ketmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
🇭🇷 Xorvatiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
👉🏻 Ish turi: qoliplash (опалубщик),
metall konstruksiyalarni mahkamlash (монтажник металлоконструкций).
Nomzodlar uchun talablar:
💢 18-50 yosh;
💢 rus yoki ingliz tillarini bilish;
💢 so'ralayotgan bo'sh ish o'rinlari bo'yicha kamida 5 yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);
💢 sudlanmagan;
💢 Xorijga chiqish ta'qiqlanmagan;
💢 jismonan va ruhan sog'lom;
💢 zararli odatlardan holi;
💷 Ish haqi: oyiga 900 yevrodan boshlanadi.
Yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan.
Quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:
📍viza to'lovi;
📍aviachipta;
📍agentlik to'lovi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
ESLATMA: 200 nafar nomzod ro‘yxatdan o'tgandan keyin to‘xtatiladi.
❗️DIQQAT: Hozirda labormigration saytidan MOBIUZ mijozlari tomonidan foydalanishda uzilishlar vujudga kelayotganligi sababli boshqa provayderlar orqali ro'yxatdan o'tishgiz so'raladi. Ayni paytda ushbu kamchilik bartaraf etilmoqda.
"Diyor Yangiliklari"|"Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Vatanparvarlik o‘n kunligi" tadbirlari o'tkazilmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi: Yer va kadastri nazorati sho'basi bosh mutaхassisi;
▪️Guliston shahar hokimligi: Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Guliston shahar hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis;
▪️Xovos tumani hokimligi: "Yettiguzar" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 23.01.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ishdan qonunga xilof ravishda chetlashtirishning huquqiy oqibatlari
✅O‘zini qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan deb hisoblovchi xodim o‘zining ishdan chetlashtirilishi ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan xodimning unga avvalgi ishini taqdim etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni (agar qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirish sababli xodimga ma’naviy yoki jismoniy azoblar yetkazilgan bo‘lsa) kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.
✅Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish chog‘ida xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga, xodim vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra ishdan chetlashtirilgan hollarda esa xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organining zimmasiga yuklatiladi.
✅Agar xodim ish beruvchi tomonidan qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, bunday xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar xodim vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanadi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinadi, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
Korrupsiya nima va uni qanday yengish mumkin?
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi ish boshladi
Xitoy xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Urumchi shahrida ayni paytda O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi ish boshladi.
Akmaljon Maxmudaliyev boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi ham mazkur forumda qatnashmoqda.
Viloyat hokimi forum doirasida tashkil etilgan “Ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirish va umumiy farovonlikni amalga oshirish” konferensiyasida nutq so‘zladi.
Unda shu kungacha erishilgan kelishuvlar xususida to‘xtalib, xitoylik investorlarni Sirdaryo viloyatida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇬🇧 Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 16-yanvar kuni ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun 26 yanvar kuni ish beruvchi vakillari ishtirokida tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar
Sirdaryo viloyatridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun tanlov 26-yanvar kuni soat 14:00 da Toshkent shahrida (Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy) o‘tkaziladi.
📍 41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">lokatsiyasi
❗️Eslatma!
Nomzod xorijga chiqish pasporti bilan kelishi shart va ro‘yxatdan o‘tmagan fuqaro suhbatga kiritilmaydi.
☎️ Murojaat uchun
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
ГЕРМАНИЯДА ЎЗБЕКИСТОНЛИК ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИГА ТАЛАБ ОШМОҚДА
✅Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Беҳзод Мусаев Фрайбург университети клиникаси бош директори, профессор Фредерик Венц билан учрашди.
✅Учрашувда Ўзбекистон ва Германия ўртасида ташкилий, қонуний меҳнат миграцияси соҳасида ҳамкорликни мустаҳкамлаш, шунингдек, Германияда вақтинчалик ишлаш истагидаги Ўзбекистон фуқароларини немис тилига ўқитиш ва уларни Германия ўқув стандартлари бўйича тайёрлаш борасида кенг кўламли ишларни жадаллаштириш ҳамда уларни Германияда ишлаш учун жалб қилиш бўйича ягона концепция ишлаб чиқиш масалалари муҳокама қилинди.
✅Профессор Ф.Венц Германиядаги 11 мингта тиббиёт муассасаларида 10 мингдан ортиқ тиббиёт ходимлари етишмаслиги, кўп миқдорда ўзбекистонлик тиббиёт ходимларига эҳтиёж борлигини таъкидлади.
✅Шунингдек, тиббиёт муасасаларида ишлаш учун ошпаз, ҳайдовчи ва техник ходимларга ҳам талаб юқорилигини маълум қилди.
✅Учрашув сўнггида Фрайбург университети клиникаси билан ҳамкорликда Ўзбекистондаги тиббиёт ходимларини немис тилига ўқитиш ва Германия тиббий таълим стандартлари ва методологияси асосида уларни тайёрлаш ҳамда кадрларнинг малакасини оширишга ўзаро келишиб олинди.
Вазирликнинг расмий саҳифалари⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxatini belgilash
✅Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati:
📊ichki mehnat tartibi qoidalari;
📊ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi;
📊o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom to‘g‘risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.
✅Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxatini belgilashda nojo‘ya xatti-harakatning og‘ir-yengilligidan hamda bunday nojo‘ya xatti-harakat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan kelib chiqish lozim.
➡️ BATAFSIL
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❕Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi kerak
✅ Qonunga ko'ra, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
🔸ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
🔸shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;
🔸yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;
🔸o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;
🔸yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;
🔸mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;
🔸ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Mirzaobod tumani Mirzacho‘l mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlariga muvofiq hashar o‘tkazilmoqda.
Sektor rahbarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla faollari tomonidan aholi orasida targʻibot ishlari olib borilib, amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (ichki tanlov): Ijtimoiy soha iqtisodiyoti va muassasalarini moliyaviy ta'minlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari;
▪️Boyovut tumani hokimligi: "Muqumiy" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sardoba tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorat bo'limi bosh mutaхassisi;
▪️Sirdaryo tumani hokimligi: "Dehqonobod" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 23.01.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#ISHGA_TAKLIF_QILAMIZ
⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyat bo'limi tomonidan viloyat bo'limi haydovchisi hamda Xovos tumani bo'linmasiga bosh mutaxassis lavozimlariga bo‘sh ish o‘rinlarini E'LON QILADI.
✔️ Bosh mutaxassis lavozimi uchun talablar:
➖Oliy ma’lumotli(Tarix, milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi, o'zbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya, sotsiologiya)
➖Ma'naviy-ma'rifiy yoki mahalliy boshqaruv sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
Haydovchi lavozimi uchun talablar:
➖B,C,D toifali haydovchilik guvohnomasi bo'lishi shart;
➖Ma'lumot talab etilmaydi.
✔️ Imkoniyatlar:
➖ Ahil va professional jamoa;
➖Doimiy malakaviy o‘sish;
➖Kasbiy va shaxsiy o'sish uchun seminar-treninglar.
📞Qo‘shimcha ma‘lumot uchun:
+998994026765
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Munosabat
“Mahallalar uchun huquqiy asos yaratildi”,
Jumaboy Rahmonqulov, “Navbahor” mahallasi raisi
–Tarixiy voqeaga nafaqat guvoh, balki uning amalga oshishida ishtirok etdim. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etildi. Yangi tuzilma oldiga qo‘yilgan vazifalar, bildirilgan ishonch bizga yanada mas’uliyat yukladi. Chindan ham, bugun mahallalar xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaryapti. Barcha darajadagi masalalar mahallaning o‘zida hal etilishi uchun huquqiy asos yaratildi.
O‘zim raislik qilayotgan Boyovut tumanidagi “Navbahor” mahallasi misolida ham davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosatning ijrosini ko‘rish mumkin. Masalan, yaqin o‘tmishda sho‘r bosgan, markazdan chetdagi, tuproq-iqlim sharoiti og‘ir hudud qisqa vaqtda tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Infratuzilma yaxshilandi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
❗️Ayolning bola parvarishi ta'tilida bo'lgan davri mehnat stajiga qo'shiladi
Manba: Mehnat kodeksi, 405-modda
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Mahallalarda “Sen aziz va muqaddasan ayol”, deb nomlangan ko‘rik-tanlovning targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Tez kunda tuman, shahar hamda mahallalarda“Sen aziz va muqaddasan ayol” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shu bois "Sen aziz va muqaddassan ayol" nomli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Satdoba tumani mahallalarida yig‘ilishlat o‘tkazilib, unda mahalla oqila ayollar harakati a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar, tadbirkor ayollar ishtirok etishmoqda.
Unda bo‘lajak tadbirni yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘zaro kelishib olinmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bitiruvchilarga sertifikat topshirildi
Guliston shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "ERKAKLAR SARTAROSHI" yo‘nalishining yakuniy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yana bir guruh tinglovchilarga o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatlar topshirildi.
Bitiruvchilar kasbiy ko‘nikma, yuqori saviyada bilim bergan ustoz va murabbiylariga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, monomarkaz jamoasi tinglovchilarning kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.
Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇺🇿🤝🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik yanada yaxshilanadi
Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Xususan, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim, shuningdek, yuqori texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
Ayni paytda Guliston tumanining bir guruh tadbirkorlari Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lib turibdi. Ular joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lib o‘tadigan “Made in Uzbekistan” Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida xitoylik investorlar bilan muzokaralarda ishtirok etadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Shtat qisqarganda, malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lgan taqdirda, ayrim xodimlarga afzallik beriladi.
Manba: Mehnat kodeksi, 167-modda
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv