Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining oila a'zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda Guliston shahridagi 10 ta korxona, tashkilot va muassasa 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shuningkek, "Ishga marhamat" monomarkazi bakillari ishtirokchilarga monomarkaz imkoniyatlari, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit va o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha ma'lumot berishdi.
Tadbir yakunida xohlovchilar uchun monomarkazga ekskursiya uyushtirishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i;
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Sanoatni rivojlantirish yig'ma bo'limi yetakchi mutaxassisi;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Markazlashgan buxgalteriya hisobi va hisoboti sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Guliston shahar soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Guliston shahar soliq inspeksiyasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho'basi dаvlаt bosh soliq inspektori;
▪️Guliston shahar statistika bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Yangiyer shahar soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari;
▪️Boyovut tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Boshliq o'rinbosari-shо'ba boshlig'i;
▪️Mirzaobod tumani soliq inspeksiyasi: Umumiy ishlar sho'basi bosh hisobchisi;
▪️Guliston tumani soliq inspeksiyasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho'basi dаvlаt soliq bosh inspektori;
▪️Sardoba tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari;
▪️Sayxunobod tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish, tomorqa yerlarini rivojlantirish va iste'mol bozorini monitoring qilish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Xovos tumani soliq inspeksiyasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho'basi dаvlаt soliq bosh inspektori.
❗️Arizalar 28.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha tartib tasdiqlandi
Hukumat qaroriga ko‘ra:
➖ yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada (17,5 foiz) 120 mln so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratiladi;
➖ ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining ma’lum bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab beriladi;
➖ mazkur ipoteka kreditlari qoida tariqasida Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan ajratiladi;
➖ mazkur ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiyalar subsidyplatform.mf.uz platformasi orqali ajratiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
#Mehnat_migratsiyasi
🔸Xorijga ketish istagidagi yurtdoshlarimiz oila aʼzolari yashash va ish sharoitlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-avgustdagi “Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning oldini olish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborishni tizimli yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 145-son majlis bayoni ijrosi amalga oshirilmoqda.
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1361 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 202 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 136 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 88 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 73 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 377 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
✅O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 2 kun qoldi
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Yangiyerda sutni qayta ishlash syexi ochildi, 6 kishi ish bilan ta’minlandi
Shaharda “New - Zomin - Sardor” oilaviy korxonasi tomonidan sutni qayta ishlash syexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda “Sabo” yorlig‘i ostida smetana, qaymoq, sut, qatiq, yogurt, brinza, saryog‘, tvorog kabi 15 xil mahsulot tayyorlanadi.
– Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirildi, - deydi korxona rahbari Baxriddin Danishev. – Buning uchun 47 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflandi. Ahamiyatlisi, mahallamizdagi 6 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minladik.
Is gazi - hayot uchun xavfli!
Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
— isitish pechlari va ularning dudbo‘ronlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
— gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
— maxsus tashkilotlar tomonidan dudbo‘ronlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.
Ogoh bo‘ling!
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 3 kun qoldi
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Soliq boshqarmasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish sho'basi davlat soliq katta inspektori;
▪️Soliq boshqarmasi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho'basi davlat soliq katta inspektori;
▪️Statistika boshqarmasi (ichki tanlov): Narx statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho'basi boshlig'i;
▪️Guliston tumani soliq inspeksiyasi: Inspeksiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari;
▪️Guliston tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 6-hudud 1-uchastka (Oqoltin MFY, Tajribakor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Oqoltin tumani hokimligi: Bosh hisobchi;
▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari;
▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'i o'rinbosari - shо'ba boshlig'i;
▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho'basi dаvlаt bosh soliq inspektori;
▪️Oqoltin tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: Oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Sayxunobod tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari;
▪️Sayxunobod tumani soliq inspeksiyasi (ichki tanlov): Inspeksiya boshlig'i o'rinbosari - shо'ba boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani soliq inspeksiyasi: Umumiy ishlar sho'basi bosh hisobchisi;
▪️Sayxunobod tumani soliq inspeksiyasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish sho'basi dаvlаt soliq bosh inspektori.
❗️Arizalar 26.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
HURMATLI FUQAROLAR !!!
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens nazorat” (ichki nazorat) xizmati Sizlarni bandlik sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.
Agarda Siz bandlik tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.
Bizning aloqa kanallarimiz:
http://svbandlik.uz/?page_id=556
/channel/SVBandlik_anticor
https://www.instagram.com/SVBandlik_anticor
https://www.facebook.com/svbandlik.anticor
Ишонч телефони (77) 337-10-51
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi?
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 262 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang
➤ Oqoltin tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 13 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 14 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 21 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 23 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 23 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 72 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 25 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha yetakchi mutaxassis.
❗️Arizalar 23.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 25.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
OLAMDA YAGONA, O‘Z TILIM!
Sen borsan, tik qaddim, savlatim,
Shonimsan, sharafim - shavkatim,
O‘zimga bekligim - davlatim,
Jarangi mardona, o‘z tilim.
Azaldan tayanchu qalqonim,
Enasoy bitigim, Urxonim,
Tosh mulkim - qadimiy qo‘rg‘onim,
Moziyi har yona, o‘z tilim.
"Alla"lab olamni anglatgan,
Dovrug‘in dunyoga taratgan,
" Alpomish", "Xamsa"lar yaratgan,
Yozmishi durdona, o‘z tilim.
Volidam - qanotim, sen - otam,
Sen borsan o‘zligim mustahkam,
Orimsan, nomusim, sevgim ham,
Qadamim alpona, o‘z tilim.
Mavjudsan to mavjud bu bashar,
Shuhrating asrlardan oshar,
Sen borki, bu zamin bu yurtda,
Hur avlod, O‘Ziga BEK yashar,
Toabad xalqona, o‘z tilim.
Dunyoda bir dona, o‘z tilim!
Ahmadali SHYERNAZAROV.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇺🇿🤝🇰🇼 Xalqaro hamkorlik
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Quvayt tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Axmad Alalaj boshchiligidagi yetakchi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Jumladan, viloyatga quvaytlik investorlarni jalb qilish, eksport, import masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Quvaytda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni daromadi yuqori ishlarga yuborish va ularga munosib mehnat sharoitini yaratishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан Аутстафинг хизматларини кўрсатиш тартиби тасдиқланди.
Аутстафинг иш берувчи томонидан ўз ходимларини уларнинг розилиги билан бошқа юридик шахсларга ушбу ходимлар томонидан иш берувчи ва унинг ходими ўртасида тузилган меҳнат шартномаларида, шунингдек, жамоа келишувларида белгиланган меҳнат вазифаларини бажариш учун вақтинчалик юбориш йўли билан кўрсатиладиган хизматлар туридир.
Ушбу янги жорий этилган хизмат тури норасмий бандликни камайтиришга ҳамда аҳолини иш билан таъминлашнинг прогрессив шаклларини ривожлантириш орқали бандликни янада кенгайтиришга ва тадбиркорлик субъектлари учун қўшимча имкониятлар яратишга хизмат қилади.
@mehnatvazirligi
Oqoltin tumanida 25 ta ish o‘rni yaratgan korxona dukkakli ekinlarni qayta ishlab, eksport qilmoqda
Bu borada "Oqoltin Eksport Invest" MCHJ hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari o‘rtasida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida mosh eksporti bo‘yicha qiymati 5 mln AQSH dollarlik kelishuvga erishilgan bo‘lib, ayni kunga qadar qariyb 1 mln AQSH dollarga teng mahsulot eksportga jo‘natildi.
Korxonamizda 25 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kuniga 80-100 tonna dukkakli mahsulotlar qayta ishlanmoqda – deydi MCHJ rahbari Inoyatullo Xolboyev. – Xitoy davlatidan keltirib o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyalar moshning rangi, tozaligi va katta-kichikligiga qarab qadoqlaydi.
Maʼlumot o‘rnida joriy yil g‘alladan bo‘shagan 7 ming gektardan ziyod maydonlarda takroriy ekin sifatida mosh yetishtirilishi eksport orqali valyuta tushumlarini ko‘paytirish imkonini bermoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Bayramingiz muborak bo‘lsin, fidoiy, mard va jasur Vatan posbonlari!
Yurt tinchligi, vatan osoyishtaligi yo‘lida mardonavor xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etib, sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
"Халқаро меҳнат ташкилотининг ҳақ тўланадиган таътиллар тўғрисидаги 132-сонли Конвенциясини ратификация қилиш ҳақида”ги Қонун сенаторлар томонидан маъқулланди.
"Мазкур Конвенцияни ратификация қилиш миллий қонунчиликни янада такомиллаштиришга, ходимларнинг дам олиш ва ҳақ тўланадиган таътиллардан фойдаланиш ҳуқуқларини таъминлаш бўйича халқаро стандартларни самарали жорий этишга хизмат қилади" - деди Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири ўринбосари Раъно Турдибоева.
"Бугунги кунга қадар вазирликнинг ишонч телефони ҳамда ижтимоий тармоқлар орқали мажбурий меҳнат ва меҳнат ҳуқуқлари бузилишига оид жами 283 та мурожаатлар келиб тушди.
Шундан, 26 таси мажбурий меҳнатга жалб қилинганлик, 27 таси муносиб меҳнат шароитлари яратилмаганлиги, 219 таси терим пуллари ўз вақтида берилмаётганлиги ва 1 кг қўлда териладиган пахтанинг нархи тўғрисидаги мурожаатлардир", Давлат меҳнат инспекцияси бошлиғи Абдусамад Абдукаримов
Бугун АОКАда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси бошлиғи Абдусамад Абдукаримов иштирокида брифинг ўтказилади.
▪️Вақти: 12:00
▪️Мавзу: Пахта йиғим-терими даврида меҳнат шароитлари яратилиши ва мажбурий меҳнатнинг олдини олиш
@mehnatvazirligi
Bunday shirin va bejirim pishiriqlar qayerda tayyorlanadi, deysizmi?
Albatta monomarkazda. Siz ham Guliston "Ishga marhamat" monomarkaziga keling va o‘rganing!
"Qandolatchilik" yo‘nalishida o‘qish 2 oy. Bitiruvchilar o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘ladi.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʼchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 99-477-19-92
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Hamkorlikda ish boshlagan asfalt zavodida 115 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇹🇷 Turkiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Turkiyada g‘isht teruvchi (каменщик), temirchi (арматурщик) va qolipchi (опалубщик) yo‘nalishlarida ishlash istagidagi fuqarolar 23-24-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan qo‘shimcha tanlovlarga taklif etiladi.
📍41.3722389,69.3028668,189m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x38aef3158276c3cb:0x5043755a668dd18d!8m2!3d41.3719264!4d69.3024427!16s%2Fg%2F11thpb8jq0!5m1!1e1?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAxNi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Tanlov manzili lokatsiyasi
☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
"Договор эмас, шартнома бўлади!"
Ўзбек тилини бир кун эмас, ҳар куни қадрлашимиз керак!
Гаплашаётганимизда, ишлаётганимизда, борингки, ҳар бир мулоқотимизда ўзбек тилининг бор жозибаси, жилоси ва бойлиги акс этиб турсин!
@mehnatvazirligi
#saylov_2024
⚡️Xorijdagi vatandoshlarimiz yangicha saylov tizimi orqali ovoz berishadi
Xorijdagi saylov uchastkalari O'zbekiston Respublikasining chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuziladi.
▫️Batafsil videorolikda.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
🇯🇵Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etamiz!
Texnik stajyorlik dasturi asosida nomzodlar Yaponiyaga qurilish ishlariga ishga taklif etiladi.
🔹Nomzodlar uchun talablar:
− yapon tilini N5-N4 darajada bilish;
− 18 yoshdan 30 yoshgacha;
− maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
− 3 yildan 8 yilgacha ishlashga tayyor.
💵 Oylik maosh: 180600 yena - 1200 AQSH dollari (brutto).
🗓 Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qoʼshimcha ish soati uchun alohida toʼlanadi).
Ish beruvchi hisobidan:
− hujjatlarni rasmiylashtirish;
− Toshkentdan Tokyogacha aviachipta;
− aeroportdan kutib olish va ish joyigacha transfer.
Nomzodlar og’zaki suhbat asosida tanlab olinadi.
👉Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar: Guliston shahrining «Yangi hayot» mahallasi misolida.
Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik
“Ўзбекистонда Халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги” доирасида:
«Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл» мавзусида халқаро давра суҳбати бўлиб ўтди.
Тадбирда хорижий ҳамкорлар, жумладан, экспертлар, халқаро ва минтақавий ташкилотлар, шунингдек, фуқаролик жамияти институтлари иштирок этди. Унда камбағалликни қисқартириш бўйича амалга оширилаётган ишлар ва истиқболдаги янги ёндашувлар муҳокама қилинди.
👉Батафсил
@mehnatvazirligi
Михаил Акшин - Жаҳон банкининг етакчи иқтисодчиси
Жаҳон банки камбағалликни қисқартириш бўйича Ўзбекистон билан ҳамкорлик қилишга тайёр. Ушбу соҳада қолган давлатларга қараганда Ўзбекистоннинг ютуқлари анчагина салмоқли эканлигини кузатмоқдамиз. Бунга сабаб Мамлакатингизда камбағалликни қисқартириш бўйича тизимли ёндашув мавжуд.