Guliston shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "Qandolatchi" yoʼnalishi bo‘yicha 2 oylik o‘quv kursidan xabaringiz bormi?
Hududiy Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi yo‘llanmasi bilan o‘zingiz yoqtirgan kasb-hunarni bepul o‘rganishingiz mumkin.
Bozori chaqqon – turli shirinliklar tayyorlashni o‘rganib, oilaviy daromadingizga hissangizni qo‘shing!
Bitiruvchilar o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan diplomga ega bo‘lishadi.
Mehnat huquqi - mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquq sohasi.
Mehnat huquqining asosiy maqsadlari:
▪️xodimning ish haqi, dam olish, mehnat sharoiti va boshqa huquqlarini himoya qiladi;
▪️ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib, barqarorlashtirishga xizmat qiladi;
▪️xodimning ish samaradorligini oshirish va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishga yordam beradi.
Mehnat huquqining asosiy manbalari:
▪️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mehnatchilarning huquqlarini kafolatlaydi;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat;
▪️Mehnat huquqini tartibga soluvchi boshqa qonunlar ham mavjud, masalan, "Kasb kasalliklari to‘g‘risida"gi qonun, "Ish haqi to‘g‘risida"gi qonun va hokazo.
▪️O‘zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar ham mehnat huquqini tartibga soladi.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Saylov kampaniyasi nima va u qanday bosqichlardan iborat?
Tafsilotlar videoda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi: Bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari;
▪️Davlat mulki obyektlardan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmasi (ichki tanlov): Davlat mulki obyektlarini хatlovdan o'tkazish va samarali foydalanishni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Aхborot-komunikatsiya teхnologiyalarni joriy etish bo'limi bosh mutaxassisi;
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: Ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish bo'limi yetakchi mutaxassisi;
▪️Guliston tumani hokimligi: "Yulduz" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sardoba tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Sardoba tumani soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i.
❗️Arizalar 06.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Germaniya: ham ta'lim, ham daromad
13 nafar o‘g‘il-qiz ta'lim olish va vaqtincha ishlash maqsadida ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
Hamyurtlarimiz "Ausbildung" tizimi asosida mehmonxona xodimi yo‘nalishida tahsil olish bilan bir qatorda ayni sohada mehnat faoliyatlarini olib boradi.
Ko‘ring, nimalarga e’tibor berish kerakligini bilib olasiz.
🌐/channel/mehnatvazirligi
O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.
O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.
O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Sirdaryo tumanida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda muassasa o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kelishuvga muvofiq, hozirda Sayxunobod kasb-hunarga o‘qitish markazining mohir ta’lim ustalari payvandlash, mebelsozlik yo‘nalishlarida bilim berishmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Boyovut tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Abdumalikov Bobur Botirjon o'g'li Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari - tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov tuman hokimi va sektor rahbarlari, tashkilot hamda muassasa vakillari ishtirokida o‘tgan suhbat davomida e’lon qilindi.
B.Abdumalikov 1991-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hY
Ishsiz yoshlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda
#matbuot_anjumani
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik rahbariyati, markaziy apparat tuzilma boshliqlari, vazirlik tarkibidagi tashkilotlar mas'ullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
👉batafsil
🌐/channel/mehnatvazirligi
#matbuot_anjumani
Joriy yilning II-yarim yilligida 90 ming nafar shaxsni Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, kabi rivojlangan davlatlarda ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Bularning barchasi "Xorijga ish – mahalladan" tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yil oxirigacha 115 ming ishsiz aholi kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitiladi.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#matbuot_anjumani
2024-yilning o‘tgan 6 oyida mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan Davlat mehnat inspektorlari tomonidan 7 720 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, unda 21 436 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 3 442 ta yozma ko‘rsatma, 90 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 4 335 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu yilning o‘tgan davrida 254 nafar noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi hamda 7 349 nafar fuqaroning 31 mlrd so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
Hurmatli fuqarolar, agar sizning mehnat huquqlaringiz buzilsa bizning 71 203-01-30, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#matbuot_anjumani
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2020 yildagi 10,5%dan 2024 yil boshiga kelib 6,8%ga tushdi.
Kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17%dan, 2023-yilda 14% va 2024-yil boshiga kelib 11%ga tushdi.
O‘tgan 6 oyda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 113 ming nafar ishsiz aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar oshdi.
Qo‘shimcha tarzda, 12 ta yangi kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, bugungi kunda 30 dan ortiq kasb turlariga o‘qitilmoqda. Xorijiy tillarga o‘qitish 10 ming nafarga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 5 baravarga oshirildi.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#Infografika
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 5 850 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs rasman ishlamoqda.
Jumladan:
▪️Davlat tashkilotlarida – 2 256 nafar (38,6%);
▪️Xususiy subyektlarda – 3 494 nafar (59,7%);
▪️Ikkala sektorda – 100 nafar (1,7%).
📍Hududlar kesimida TOP-5:👆
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Oqoltin tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Huquqiy masalalarda ekspert maslaxatchisi bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 03.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Sirdaryo viloyati hokimligi (ichki tanlov): Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati yetakchi mutaxassisi;
▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi: Ijro nazorati, axborot tahliliy ishlar va statistika bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sardoba tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi mudiri;
▪️Xovos tumani hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo'yicha loyihalar menejeri;
▪️Xovos tumani hokimligi: Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis.
❗️Arizalar 04.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugun mehnat daftarchasidan ko'chirma olish juda qulay!
Qanday qilib deysizmi?
MyGov mobil ilovasi orqali. Bu tez va oson.
Batafsil videoqo‘llanmada.
iOS
Android
🌐/channel/mehnatvazirligi
Ishsiz yoshlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda
🇯🇵 Navbatdagi manzil kunchiqar yurt - Yaponiya
Jamshid Ne’matov: yapon tilini 10 oy davomida o‘rganib, qurilish sohasida ishlash va tajriba orttirish maqsadida ushbu davlatga jo‘nab ketyapman.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Sardoba tumani “Fayzliobod” mahallasida istiqomad qiluvchi H.Xamidov mahallasi hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida 96,0 mln so‘m imtiyozli kredit oldi. Beton blok (shlakablok) va beton quduqlar (kolodes) ishlab chiqarayotgan tadbirkor faoliyatini kengaytirib, ishchilar sonini ko‘paytirish niyatida.
Tadbirkorlar faoliyati va muommolarini o‘rganayotgan respublika ishchi guruhi a'zolari tomonidan H.Xamidovga rejalarini amalga oshirishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Radio_muloqot_Sirdaryo
🟣 Yangi O'zbekiston MFYda yangi mikro loyiha tashkil etilib, 30 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi.
🟣 Xatlov jarayonida 120 nafar ishsiz fuqaro aniqlangan bo'lib, bugun ularning deyarli hammasi ishli bo'ldi.
🎙Batafsil: “Mahalla” radiokanalining “Mahalla miqyosida” eshittirishida.
💬 Dastur mehmoni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Yangi O'zbekiston MFY hokim yordamchisi Zulfiya Hikmatova.
Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️
Telegram| Veb sayt| Facebook| tadbirkorliknirivojlantiri6598">YouTube| Instagram|
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Elektroteхnika va farmatsevtika sho'basi bosh mutaxassisi;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Bunyodkor" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Gulbog'" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Ziyokor'" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 05.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Sahil Babayev bilan videomuloqot qildi.
Unda "Ikki davlat hududlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitim loyihasi muhokama qilindi.
O‘z navbatida Ozarbayjonlik hamkasblar bilan amaliy hamkorlik va tajriba almashishni tashkil etish borasida asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi. Xususan, Mehnat inspeksiyasi, mehnat shartnomalarining elektron platformasi, elektron audit sohalari shular jumlasidan.
Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi monomarkazlar va Ozarbayjon Mehnat vazirligi huzuridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xavflarni tahlil qilish tizimidan foydalangan holda mehnat qonunchiligining buzilishini aniqlash bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ozarbayjonning DOST va AMAS “Mehnat va bandlik” elektron tizimi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari, mehnat arbitraji amaliyotini qo‘llash borasida ham fikrlar almashildi.
Konstruktiv suhbatda oldinda turgan masalalar va ularni hal etish yuzasidan qator takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
🌐/channel/mehnatvazirligi
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Mashinasozlik va ehtiyot qismlari sho'basi boshlig'i;
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Qishloq хo'jaligi va oziq-ovqat sho'basi boshlig'i;
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Ommaviy aхborot vositalari bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Shirin shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i o'rinbosari;
▪️Xovos tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bosh buхgalter.
❗️Arizalar 05.08.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Diyor Yangiliklari|"Sayxunobod tajribasi": hududda "Asalarichilik markazi" hamda "Agromarkaz" faoliyati yo‘lga qo‘yilib, aholi bandligi ta’minlanmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#matbuot_anjumani
Raqamlashtirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi 3 yilda bandlik tizimida mavjud 50 ta davlat xizmatidan 24 tasi yoki 48 foizi raqamli platformaga o‘tkazilgan.
Bu xizmatlardan 2023-yilda 1 mln 600 ming aholi foydalangan (2022-yilda 1,1 mln).
Raqamlashtirish natijasida 10 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilingan.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#matbuot_anjumani
Joriy yilning o‘tgan davrida xorijga vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha ham salmoqli ishlar qilingan, mamlakatlar geografiyasi rivojlangan davlatlar hisobiga kengaygan.
O‘tgan 6 oyda xorijda ishlash istagida bo‘lgan 64 ming nafar shaxs chet davlatlarga qonuniy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga ko‘p.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#matbuot_anjumani
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.
💬Anjumanni "O‘zbekiston" va "Uzreport" telekanali hamda quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
👉jonli efir
🌐/channel/mehnatvazirligi
#Bu_qiziq
SPAS bazada ikki oydan buyon tasdiqlanmayapman. Tasdiqlanish jarayoni kimga bog'liq va qanday muammolar bo'lishi mumkin?
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Boyovut tumanida xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda.
Jumladan, xorijdan qaytgan Dilorom Usmonqulova ham mas’ullar ko‘magi bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv