#Tayinlov
Abdunazarov Bahodir Abdurazzaqovich — Guliston tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
B.Abdunazarov 1988-yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (Magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi menejment, tarmoqlar bo'yicha.
Tayinlovga qadar Guliston tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇩🇪 Saksoniya Anhalt Federal o‘lkasining Bosh vaziri Rayner Xazeloff bilan muzokara olib borildi.
Mazkur hududning iqtisodiyot, bandlik va ta’lim vazirliklari vakillari ishtirokidagi uchrashuvda shu yilning o‘zida mamlakatimizdan dastlabki 28 nafar nemis tili o‘qituvchisini Germaniyaga yuborib 2 oy davomida malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassisalar tajriba to‘plab qaytganidan so‘ng ularni vazirlik huzuridagi "Ishga marhamat" monomarkazlariga jalb etish orqali nemis tili kurslari sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu uzluksiz davom etadi.
Yurtimizdagi nemis tili mutaxassislarining Germaniyada ta'lim olishi hamda hamyurtlarimizning ushbu davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borishida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan yordam berayotganligi alohida qayd etildi.
Muzokaralar davomida fuqarolarimizni korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilish va yoshlarni dual ta’lim tizimi asosida o‘qitish masalalari o‘rtaga tashlandi va mazkur loyihalarni tez fursatlarda hayotga tatbiq etishga kelishib olindi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
Davlat va xususiy sektorda ishlayotgan jami pensionerlar soni qancha?
Bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 579 305 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan:
▪️Erkaklar – 234 044 nafar (40,4%);
▪️Ayollar – 345 261 nafar (59,6%).
Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 250 247 nafar (43,2%);
▪️Xususiy sektorda – 329 058 nafar (56,8%).
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1364 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 202 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 127 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 89 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 94 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 77 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 381 tа (ko'rish)
Kanalga ulanish: 👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Tomorqasidan daromad topayotgan Xudoyberdiyevlar oilasi
Kanalga ulanish: 👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
“Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkazildi
Sirdaryo tumanida ishsiz, migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida tumanda faoliyat yuritayotgan 29 ta korxona va tashkilotlar 700 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada tuman hokimi Musurmonqul Xatamov hamda sektor rahbari ishtirok etib, mehnat yarmarkasining ahamiyati, xususan, migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda ishsiz aholini doimiy ish bilan ta'minlash borasida so‘z yuritdilar.
Tadbir doirasida 27 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 14 nafar fuqarolar kasbga qayta o‘qitiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 58 nafar ishsiz fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilib, ishga joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kanalga ulanish: 👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Xorijiy tillar va kasblarni oʻrganishni istaysizmi?
Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida chet tillari va kasblarga oʻqitish kurslari tashkil etilgan.
Monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda.
Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.
➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 2811 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!
➤ Oqoltin tumanidan 390 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 348 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 321 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 102 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 339 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 494 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 97 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 429 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 2 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 289 ta (ko'rish)
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi: Qishloq хo'jaligi va oziq-ovqat sho'basi boshlig'i;
▪️Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi (ichki tanlov): Bosh mutaxassis (Sirdaryo tumani vakili);
▪️Guliston shahar hokimligi: Devonxona bosh mutaxassisi;
▪️Boyovut tumani statistika bo'limi: Yetakchi mutaxassis;
▪️Mirzaobod tumani statistika bo'limi: Yetakchi mutaxassis;
▪️Sardoba tumani hokimligi: "Qo'rg'ontepa" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Sirdaryo tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi: Qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish, tomorqa yerlarini rivojlantirish va iste'mol bozorini monitoring qilish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Xovos tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi.
❗️Arizalar 19.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquqi inspektori;
▪️Shirin shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquqi inspektori;
▪️Boyovut tumani yoshlar ishlari bo'limi (ichki tanlov): Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va хotin-qizlar faolligini oshirish bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Guliston tumani oila va xotin-qizlar bo'limi: "Zarbdor" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;
▪️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo tumani bo'linmasi: Bo'linma rahbari;
▪️Xovos tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Davlat mehnat huquqi inspektori.
❗️Arizalar 17.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Guliston shahar hokimligi: "Yuksalish" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Yangiyer shahar hokimligi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha bosh mutaхassis;
▪️Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'limi: Bosh inspektor;
▪️Kadastr agentligining Oqoltin tumani bo'limi: Bosh inspektor;
▪️Xovos tumani madaniyat bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim mudiri.
❗️Arizalar 18.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Boyovut tumanida yoshlarga ekin maydonlari ajratilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugun barcha vazifalarni kuchli jamoa hal qiladi, kuchli jamoa esa bilimli, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, tillarni biladigan mutaxassislardan shakllanadi.
Kelajagini oʻylaydigan har bir tashkilot ishga kiruvchi nomzodlarni elakdan oʻtkazadi, saralaydi, bilimlilar ichidan bilimlisini qidiradi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham ayni jihat ustuvor sanaladi.
Joriy yilning shu davriga qadar vazirlikdagi 36 ta boʻsh ish oʻrniga 1538 nafar nomzod Argos orqali roʻyxatdan oʻtgan. Bir oʻrin uchun 42 nafar nomzod “kurashgan”.
Xoʻsh, ishga kirmoqchi boʻlganlar qanday bosqichlardan oʻtmoqda?
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Prezident qarori bilan endi "Ishga marhamat" monomarkazlarida quyidagi o‘quv-darslari ham yo‘lga qo‘yiladi:
▪️huquqiy savodxonlikni oshirish;
▪️ariza, shikoyat, va takliflarni yozish va blankalarni to‘ldirish ko‘nikmalari;
▪️vakolatli organlarga murojaat qilish tartibi;
▪️elektron platformalardan, shu jumladan "Madad" NNTning advice.uz portalidan foydalanish ko‘nikmalari;
▪️"Yuridik yordam" axborot tizimi orqali murojaat yo‘llash tartiblari va boshqalar.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10-may kuni "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, 2024-yil avgust oyiga qadar qonun loyihasi ishlab chiqilib, Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi:
▪️boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan taxdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga o‘tkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;
▪️mehnat jarayonidagi tazyiq va zo‘ravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama qilish;
▪️kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga o‘zining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat ta’tili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda 10 kundan iborat qo‘shimcha mehnat ta’tili berish.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borishini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, biznes muhitini yanada yaxshilash orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish bugungi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇩🇪Shuningdek, delegatsiya a’zolari Halle shahrida bo‘lib, “Günter Papenburg AG” kompaniyasi rahbariyati va u yerda ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
Bugungi kunda ushbu kompaniyada Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi koʻmagi bilan 100 nafar hamyurtimiz metallga ishlov berish, haydovchilik, qurilish materiallarini tayyorlash kabi qator yo‘nalishlarda ishga joylashtirilgan.
Yurtdoshlarimiz bir vaqtning o‘zida bu yerda yuqori daromadli maosh olayapti, eng asosiysi bilim va ko‘nikmalarini oshirayapti. O‘zbekistonga qaytganlarida esa o‘zlarining tajribalarini amalda qo‘llash imkoni paydo bo‘ladi.
Vazir yurtdoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari hamda ish jarayonlari bilan qiziqdi, ularning fikrlarini tingladi. Hamyurtlarimizning oʻziga boʻlgan ishonchi juda yuqori. Qishlogʻi, mahallasi, mamlakat taqdiriga befarq emas. Ularning har biri Germaniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganib, O‘zbekistonga yuqori malakali mutaxassis sifatida qaytish va yangi loyihalar ustida ishlash istagini bildirmoqda.
“Günter Papenburg AG” kompaniyasi 1963-yildan beri ekspeditorlik, qurilish, beton mahsulotlarini ishlab chiqarish, metallga ishlov berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi sohalarda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
Oramizdagi odamlar
Tohira Jumaboyeva 11 yildan buyon
"Sardoba tekstil" tikuv korxonasida halol mehnat qilib kelmoqda.
"Shu vaqt oralig‘ida jamoada hurmat, e'tibor qozondim. Qiz chiqardim, o‘g‘il uylantirdim, oz bo‘lsada ro‘zg‘orga yordam berib kelmoqdaman. Oilada urush-janjal nimadan kelib chiqadi, albatta yo‘qchilikdan, bekorchilikdan kelib chiqadi. Uyda bekor o‘tirgan ayollarimiz ishlasin, dunyoqarashi o‘zgaradi, ham turmushida baraka bo‘ladi" - deydi qahramonimiz.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar hokimligi: "Istiqlol" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi: Yetakchi inspektor;
▪️Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Boyovut tumani bo'limi: Bosh mutaхassis;
▪️Guliston tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Bosh buxgalter;
▪️Kadastr agentligining Sayxunobod tumani bo'limi: Yetakchi inspektor;
▪️Sayxunobod tumani yoshlar ishlari bo'limi: "Guliston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi.
❗️Arizalar 21.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish: 👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Sirdaryo viloyati hokimligi (ichki tanlov): Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Guliston shahar hokimligi: "Ibratli" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sayxunobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 1-hudud 1-uchastka (Paymard MFY, Farovon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim.
❗️Arizalar 20.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish: 👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇺🇿🇸🇰 Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.
Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.
Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Rus tilini yaxshi biladigan 1200 nafar yurtdoshimizni Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda
▪️Oylik maosh qo‘lga tegadigani 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftasiga 5 kun ish;
▪️xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.
❗️E'tibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.
Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.
Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.
👉 Roʻyxatdan oʻtish
OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.
O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.
O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
“Biznesda gender muvozanatning roli”.
Poytaxtimizda ayollarni kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashishida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar mavzusida xalqaro anjunam tashkil etildi.
Sirdaryoda mahalla hokim yordamchilari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#Bilasizmi
Bola 3 yoshga to'lguncha bolani parvarishlash ta'tillarida bo'lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
2024-yilning 4 oyida 50 mingga yaqin fuqaro bepul kasb-hunarga tayyorlash va malaka oshirish uchun jalb qilindi
Shundan:
▪️yoshlar - 20 322 nafar;
▪️ayollar - 38 045 nafar ;
▪️nogironlar - 2051 nafar;
▪️o‘qishni davom ettirayotganlar- 35 878 nafar;
▪️o‘qishni tugatganlar- 11 470 nafar;
▪️o‘qishdan chetlashtirilganlar- 2578 nafar;
▪️bandligi ta’minlanganlar - 5852 nafar;
▪️ishga joylashganlar (YAMMT) - 1730 nafar;
▪️o‘zini o‘zi band qilganlar - 3981nafar;
▪️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar - 141 nafar;
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
Bolani 2 va 3 yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tillari
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayol xodimning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolning xohishiga ko‘ra, bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
⚡️Guliston tumanida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi
Guliston tumanida ishsizlik borasidagi muammolarini hal etilishini ta’minlash maqsadida bugun tuman markazida joylashgan "Yoshlar bog'i"da 4-sektor hududidagi mahallalardagi ombor daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolar uchun tuman mahalla uyushmasi tashabbusi bilan bandlikka ko'maklashish va kambag'allikni qisqartirish bo'limi hamkorligida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 44 ta tashkilotlar 200 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. Ushbu mehnat yarmarkasida 195 nafardan ziyod fuqarolar qatnashishib, ularning orasida tuman kasb-hunar maktabining bitiruvchi yoshlari ham ishtirok etishdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tashkil etilgan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 20 nafar fuqarolar bo'sh ish o'rinlariga joylashtirilib, 11 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunar o'quviga yo'llanmalar berildi va qolgan 85 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Albatta bunday bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalaridan o‘tkazilishidan maqsad ishsiz fuqarolarni ishga jalb qilish va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram
Sirdaryo viloyati "Sirdaryo suv ta'minoti" AJ Sirdaryo tumani filialiga "Nazoratchi" lavozimiga shartnoma asosida yosh yigit va qizlarni ishga taklif etadi.
📍Nazoratchining oylik maoshi
1 2000 00 so’mdan 8 mln so’mgacha.
💧Belgilangan rejani bajargan xodimga rag’banlantirish beriladi.
💧Shoshiling vakant joylarimiz chegaralangan.
☎️ Murojaat uchun telefon raqamlari: +998994722731
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
O‘zbekistonda qaysi sohalarda bo‘sh ish o‘rni ko‘p?
2024 yilda bo‘sh ish o‘rinlari soni qariyb 36,8 mingtaga yetgan. O‘zbekistonda chakana savdo, qurilish, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari ko‘paymoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv