Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Oqoltin tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot rahbarlari, taʼlim muassasalari jamoalari, jumladan, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdi. Rejissyor Mansur Holiqov tomonidan Nurillo Abbosxon asari asosida sahnalashtirilgan “Inson o‘zing” deb nomlangan tragikomediya namoyishi teatrga har doim ham vaqt topib kelolmaydigan xodimlar uchun yangilik bo'ldi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇺🇿🇩🇪#Hamkorlik
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Saksoniya federal yerining qator tashkilotlari vakillari o‘rtasida uchrashuv o'tkazilmoqda.
Tadbirda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Germaniya delegatsiyasi tashrifi 17-mayga qadar davom etadi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Yangiyer shahar hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo'yicha loyihalar menejeri;
▪️Yangiyer shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi (nogironligi bo'lgan shaxslar uchun): Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis.
❗️Arizalar 15.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#mehnat_inspeksiyasi
Respublikamiz bo‘yicha joriy yil yanvar - aprel oyi davomida mehnat qonunchiligini eng ko‘p buzilishi quyidagi sohalarda:
◾️Xalq ta’lim muassasalari –5 612 ta;
◾️ Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 173 ta;
◾️ Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 215 ta;
◾️ Qurilish tashkilotlari – 266 ta;
◾️ Qishloq xo‘jaligida – 452 ta qayd etilgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
⏩ Korrupsiya haqidagi siz bilmagan faktlar!
➖Korrupsiya so'zi birinchi marotaba Aristotel tomonidan ishlatilgan.
➖Korrupsiyaning bugungi tushunchasiga berilgan ta'rif - Stiven D. Morrisga tegishli.
➖Korrupsiya ko'lami: Katta va kichik.
Katta - hukumatga ta'sir qilganda, kichigi esa, odatda kam sonli insonlarga ta'sir qilganda vujudga keladi.
➖Elitar korrupsiyani oldini olishning eng yaxshi usuli - bu hokimiyatlarning bo'linish prinsipiga to'la amal qilish.
➖Tizimli korrupsiya sabab bo'ladigan asosiy omillar - jazosizlik, ma'naviyatsizlik, past maosh, shaffoflikning yo'qligi, monopoliya, diskretsion vakolatlarning ko'pligi va qarama-qarshi rag'batlantirish.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#elon
Xorijda ishlayotgan vatandoshlarimizni O‘zbekistonga ishga taklif etamiz
Agar siz chet elda payvandchilik, qurilish, IT, elektrik, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi hamda quyosh panellarini ta'mirlash yo‘nalishida ishlayotgan bo‘lsangiz yurtimizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlariga maslahatchi- murabbiylikka ishga taklif etamiz.
▪️Oylik ish haqi – 7-8 mln.
▪️Yosh chegarasi – 25-45 yosh.
Talab etiladi:
▪️Sohada 5-yil ish staji;
▪️Oliy yoki o‘rta ma'lumot.
Ma'lumotlaringizni oquvmaslahatofisi83@gmail.com elektron manziliga yuboring.
Murojaat uchun: +998 90 069 10 22
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Har bir murojaat ortida inson taqdiri...
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev fuqarolarni qabul qildi.
Onlayn va oflayn formatda tashkil qilingan uchrashuvda ishga joylashish, buzilgan mehnat huquqlarini tiklash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kasb-hunarga o'qitish yo‘nalishlari bo‘yicha 15 nafar hamyurtimizning murojaаtlari tinglandi.
Muammoli masalalarning bir qismi shu joyning o‘zida hal qilindi, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga topshiriq berilib, qatʼiy nazoratga olinishi aytib o‘tildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida vazirlikka 3978 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib (o'tgan 2023-yilning shu davrida 5370 ta), ulardan 1718 tasi o‘z yechimini topgan, 1691 ta murojaatchiga huquqiy maslahatlar berilgan, 87 tasi rad etilgan, 482 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
Hamma uchun muhim bo‘lgan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun nega o‘zgartirilyapti?
Hujjatda ish beruvchining bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuborish shartlari belgilanmoqda.
Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash shartlariga aniqlik kiritilib, ishsizlik nafaqasini to‘lashni tugatish va to‘xtatib turish uchun asoslar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
Qizg‘in muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar:
(29.04.2024-yil holatiga)
1. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – 48 308 nafar;
2. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ – 36 629 nafar;
3. "Temiryo‘linfratuzilma" AJ – 34 816 nafar;
4. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ – 20 873 nafar;
5. "Romstar" MChJ qo‘shma korxonasi – 18 800 nafar;
6. "O‘zbektelekom" AJ – 17 641 nafar;
7. "UzAuto Motors" AJ – 16 628 nafar;
8. "Hududgazta'minot" AJ – 16 309 nafar;
9. "O‘zbekneftgaz" AJ – 13 926 nafar;
10. "Anglesey food" MChJ – 12 726 nafar.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
33 million so‘mdan 100 million so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
Oilaviy tadbirkorlik va aholining biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi.
☝️Unga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprelidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) kreditlar quyidagicha ajratiladi:
☑️33 million so‘mgacha — tomorqani rivojlantirishning bir necha yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanish uchun.
☑️50 million so‘mgacha (garovsiz) — yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga.
☑️100 million so‘mgacha (garovsiz) — 10 sotixli issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#kelajak_kasblari
Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?
MADANIYAT VA SANʼAT
Yildan yilga ko‘pgina kasblarlar insonlar ko‘lidan robotlarga o‘tib ketmoqda va bu jarayon jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Shu tufayli odamlar kelajakda sanʼat asarlarini yaratishga kirishadilar. Inson asosiy ehtiyojlarni qondirishdan ko‘ra ijod, izlanish va tabiat bilan muloqotga ko‘proq eʼtibor beradi. Butun kasbiy sohalar o‘zgaradi, ammo madaniyat va sanʼat sohasida yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Sanʼatda taʼlim, turizm, ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy rassom - zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar asosida sanʼat asarlarini yarati.
Jamoaviy ijod rahbari - Biror bir loyihani amalga oshirish uchun mutaxassislarni bir badiiy guruhga birlashtiradi.
Badiiy baholovchi – zamonaviy sanʼat asarlarining badiiy qiymatini belgilovchi mutaxassis. U raqamli texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar yordamida yaratilgan sanʼat obyektlarini baholaydi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube
#Yoshlar_kelajagimiz
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yil 26-aprel kuni yoshlarda korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilish, illatga qarshi kurashish bo‘yicha seminar hamda sportning turli yo‘nalishlarida musobaqalar tashkillashtirildi.
Shuningdek, IV-Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida bir guruh yoshlar Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markaziga o‘zlari o‘qigan va yoqtirgan kitoblarini sovg‘a qilishdi.
Bu kabi foydali va qiziqarli tadbirlar boshqarma yoshlarlar yetakchisi tomonidan muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Sayxunobod tajribasi" aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
#live
Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.
Bu gal 104 nafar hamyurtimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda. Ularning 19 nafari sirdaryolik fuqarolarga to‘g‘ri keladi.
Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🇰🇷🇺🇿Xorijiy til va kasb-hunar egallagan yoshlar yuqori daromadli ish va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
Hozirgi reportajimizda Koreyaga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan hamda ushbu davlatda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xususida so‘z yuritiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
#bilasizmi
16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda.
Videorolik “Yuksalish” Harakati tomonidan tayorlangan.
——————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Eng ko‘p talab qilinadigan va dolzarbligi yo‘qolmaydigan kasblar
Jurnalistika
Bu kasb dunyodagi eng qadimgilardan biri hisoblanadi. Barcha davrlarda ma’lumot to‘plashni va uni odamlarga mazmunli yetkazishni bilgan mutaxassislar bo‘lgan. Jurnalistika sohasi juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bugungi kunda bu nafaqat axborotni tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassislik, balki jamoatchilik fikrini shakllantirish bilan bog‘liq sohadir. Ayrim nufuzli ommaviy axborot vositalari xodimlarining bayonotlari tinglovchilar uchun katta ahamiyatga ega.
Shifokor
Shifokorlik kasbi insoniyat tarixi davomida mavjud bo‘lgan va hech qachon yo‘qolmaydi. Sog‘lig‘i bilan muammosi bor inson albatta shifokor yordamiga muhtoj bo‘ladi. Tibbiyot inson faoliyatining eng qadimiy sohalaridan biri bo‘lishiga qaramay, unda doimiy ravishda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ladi.
Oshpaz
Oddiy masalliqlardan mazali asl taomlarni yaratishga qodir iste’dodli oshpazlar har doim va hamma joyda qadrlangan. Qadimda ular yuqori martabali odamlarga xizmat qilishgan. Bugungi kunda kafe va restoranlarda professional oshpazlarga talab yuqori.
Muhandis
Muhandis - bu mexanizmlar, tuzilmalar va qurilmalarni loyihalash, yaratish, sinovdan o‘tkazish hamda o‘zgartirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis. O‘tgan asrlar davomida texnologiyaning rivojlanishi bilan muhandislik faol rivojlandi va bugungi kunda mutaxassislar hisob-kitoblarni osonlashtirish uchun yuqori aniqlikdagi uskunalar hamda kompyuterlardan foydalanadilar.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Soliq boshqarmasi: Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish sho'basi davlat soliq bosh inspektori;
▪️Guliston tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Mirzaobod tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;
▪️Oqoltin tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi: Boshliq o'rinbosari-sho'ba boshlig'i;
▪️Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i.
❗️Arizalar 15.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi — 67-225-36-23
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
🔮 Bo'sh ish o'rni izlayapsizmi?
🖋 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab Davlat muassasalari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va hokimliklarda 20 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha doimiy ravishda ochiq tanlov e’lon qilib boradi. Bu borada Sirdaryo viloyatida ham ochiq tanlovlar e’lon qilinib borilmoqda.
✅ Arizalar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali topshiriladi.
🇺🇿 Sirdaryo viloyati bo‘yicha
🇺🇿 Guliston shahrida
🇺🇿 Yangiyer shahrida
🇺🇿 Shirin shahrida
🇺🇿 Boyovut tumanida
🇺🇿 Guliston tumanida
🇺🇿 Oqoltin tumanida
🇺🇿 Mirzaobod tumanida
🇺🇿 Sardoba tumanida
🇺🇿 Sayxunobod tumanida
🇺🇿 Sirdaryo tumanida
🇺🇿 Xovos tumanida
✅ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlarda test sinovi o‘tkazilmaydi.
🎬 Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.
📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Sirdaryo davlat o'rmon xo'jaligi (ichki tanlov): Boshliq o'rinbosari;
▪️Shirin shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis;
▪️Boyovut tumani hokimligi: "Navbahor" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Boyovut tumani bo'limi: Bosh mutaхassis;
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining Oqoltin tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 1-hudud 1-uchastka (Saxovat MFY, A.Navoiy MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;
▪️Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sayxunobod tumani bo'limi: Bosh mutaхassis.
❗️Arizalar 07.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
"Ko‘zgudagi biz" ko‘rsatuvida Sirdaryoda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 275 ta Davlat mulkini ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 38 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 27 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 21 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 23 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 26 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 27 tа (ko'rish)
*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
E ’ L O N ! ! !
Hurmatli kanalimiz a’zolari, bugun - 1 may chorshanba kuni soat 17-00 da Sirdaryo viloyati Guliston shahar MONOMARKAZ binosida “Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi yangliklar” mavzusida Sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabulda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bo‘lim boshliqlari savollarga javob berishadi.
Ushbu sayyor qabulda ishtirok eting va o‘zlaringizni qiziqtirgan savollarga javob oling.
📍 Guliston "Ishga marhamat" monomarkazi binosida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Guliston shahar, Xondamir ko‘chasi 49 uy.
☎️ Tel: 67-225-55-59
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Guliston shahar hokimligi: "Ibratli" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo'linmasi: Bosh mutaxassis;
▪️Sirdaryo tumani hokimligi: "Navoiy" mahallasidagi hokim yordamchisi.
❗️Arizalar 04.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:
▪️Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'limi: Bosh inspektor;
▪️Oqoltin tumani hokimligi: "Andijon" mahallasidagi hokim yordamchisi;
▪️Xovos tumani hokimligi: Bosh yuriskonsult.
❗️Arizalar 04.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Guliston shahrida joylashgan "MASHXURA-SHERZOD" UKda 12 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning 7 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar. Korxona maxsus kiyimlar, ko‘rpa-to‘shak va matraslar ishlab chiqaradi.
Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudiya Arabistonining “K-DOT” kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, 2023-yilning 14-dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi. Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamyurtlarimiz ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi.
Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi.
Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida"gi bitim imzolangan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube