svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#OAV_biz_haqimizda

Aholi bandligini ta’minlashda ularni kasb-hunarga o‘qitish o‘z samarasini bermoqda.

Sirdaryo viloyatida bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Yangi Sirdaryo” gazetasining 26 fevral kungi 8-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

Ushbu sonda:

➖Avtomobil yo‘llari: muammolar, takliflar, yechimlar; 
➖Viloyat  kengashining sessiyasi;
➖Sirdaryo viloyati hokimining qarori;
➖Kiberjinoyatdan ogoh bo‘laylik;
➖Yuridik  xizmat ko‘rsatish natijalari;
➖San’atimiz azamati;
➖Qulaylik yaratilgan korxonada;
➖Igna qayoqqa yursa, ip ham shu yoqqa yurar;
➖Kitob — ko‘ngil oftobi;
➖Ustoz  shunday inson  edi...;
➖Noto‘g‘rini "to‘g‘ri"  deb...;
kabi mulohazali, tahliliy, tanqidiy maqolalar va boshqa qiziqarli xabar va lavhalar o‘rin olgan.


Gazetaning to‘liq elektron versiyasini shu yerda o‘qish mumkin.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiev boshchiligida viloyat hokimligining majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilarga viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ini tanishtirdi.
Mazkur lavozimga vazir buyrug‘i bilan Yakubov Sherzod Ne’matovich tayinlandi.
Tadbirda o‘tgan davr mobaynida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Istiqboldagi rejalarni yuqori saviyada bajarish yuzasidan mahalla raislari, sektor rahbarlari va har bir korxona, tashkilotlarning vazifa va mas’uliyatlari batafsil tushuntirildi, zarur ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yakubov Sherzod Ne’matovich — Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Sh.Yakubov Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Nayman qishlog‘idagi “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili ommalashtiriladi

Tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari mahallalardagi o‘rganishlari davomida "Yangi Toshkent" mahallasida aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

"Yangi Toshkent" mahallasining Nayman qishlog‘i aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ochiq va yopiq maydonlarda mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, issiqxonachilik xo‘jaligi hudud drayveri hisoblanadi.

Bor yo‘g‘i 2 yil oldin bu yerdagi jami 91 ta xonadon tomorqasida atiga 3 ta issiqxona mavjud edi deydi - mahalladagi hokim yordamchisi Alisher Minavarov. - “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallani issiqxonachilik yo‘nalishga ixtisoslashtirib, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ajratish hisobiga, hozirda 42 ta oila tomorqasiga 2 gektardan ziyod maydonda issiqxona qurildi. Aholining qiziqishi ortib issiqxona qurish istagidagi talabgorlar ko‘paygan, yil yakuniga qadar 70-80% aholi xonadonlarida issiqxonalar barpo etishni reja qilganmiz.

Hududdagi ilg‘or tomorqachilar bo‘lgan Muzzaffar Yaxshilikov xonadonida 30 sotixli issiqxona tashkil qilingan. Termos usulida qurilgan issiqxona tabiiy sharoitda isitiladi. Tomorqachi yiliga ikki marta hosil olib, 200-300 mln. so‘m daromad olmoqda.

Tuman hokimi Komiljon Ernazarov bu kabi namunali tomorqachilar tajribasini ommalashtirish zarurligini taʼkidlab, boshqa mahallalardagi issiqxonachilikni tashkil etish istagida bo‘lgan aholini jalb etib seminar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Telegram | Web-site | Facebook |

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️ Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining hududiy boshqarmasi: Raqobatni rivojlantirish bo'limi yetakchi mutaxassisi;

▪️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining viloyat boshqarmasi: Kadrlar bo'limi boshlig'i;

▪️Yangiyer shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Guliston tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Mirzaobod tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Oqoltin tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi: Bo'lim boshlig'i.

❗️Arizalar 27.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik

📊Davlat mehnat inspeksiyasining ko‘rsatmalari, taqdimnomalarini va boshqa hujjatlarini ijro etmaslik, shuningdek Davlat mehnat inspeksiyasining faoliyatiga aralashish hamda uning xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi hamda qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar yoshlar ishlari bo'limi: "Bo'ston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Yangiyer shahar hokimligi: "Z.Bobur" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Sirdaryo tumani yoshlar ishlari bo'limi: Mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha bosh mutaхassis.

❗️Arizalar 25.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Nurobodda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

Shirin shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda shahar IIB hamkorligida Nurobod mahallasida “Mehnat yarmarkasi” tashkillashtirildi.

Unda 6 ta korxona va tashkilot 300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shahar IIB probatsiya guruhi nazoratida turuvchi 35 nafardan ortiq shaxs ishtirok etgan tadbirda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.

Mehnat yarmarkasi davomida 4 nafar fuqaro “ENERSOK” MChJning qurilish ishlarida ishlash istagini bildirdi va shu yerning o‘zida ishga joylashtirish chorasi ko‘rilib, hujjatlari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi hamda 6 nafar fuqaro mart oyidan boshlanadigan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga hujjatlari qabul qilindi.

Bundan tashqari, 21 nafar ishtirokchiga huquqiy maslahat berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇱🇹 Litvada bo‘sh ish o‘rinlari uchun ro‘yxatga olish hali ham ochiq!

👉🏻 Ish turi:
tikuvchi, yuk avtomobili haydovchisi

Nomzodlar uchun talablar:

💢21-45 yosh;
💢rus tilida erkin muloqot qilish;
💢"CE" haydovchilik guvohnomasi, Chip karta, kod 95;
💢ayollar kiyimini tikish;
💢tikuvchilik va yuk avtomobili haydovchiligi sohasida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢jismonan va ruhan sog'lom;
💢zararli odatlardan holi.

💶 Ish haqi: 700 € dan 1600 € gacha.

Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport

Fuqaro hisobidan
: Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari, viza to'lovi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (tikuvchilik, nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (yuk avtomobili haydovchisi, nomzodlar 5000 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).

☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlari

📊Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.

📊O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlaridir.

📊Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq jamoatchilik kengashlari, komissiyalari hamda boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

📊Kasaba uyushmalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining maxsus subyektlaridir.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Byudjetdan ajratilgan mablagʻ maqsadli ishlatilishi kerak!


📄 Kengaytirilgan yig‘ilishda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura bilan birgalikda 2024-yilda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga ajratilgan budjet mablag‘larini nazorat qilish va samarali ishlatish masalasiga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, tizim tashkilotlari tomonidan budjet mablag‘larini samarasiz ishlatish bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari aniqlangan. Yig‘ilishda bu borada aniq misollar keltirilib, Maqsadli jamg‘armalar rahbarlari qattiq ogohlantirildi. Masalan, jamg‘armalardan xorijga ishlashga ketuvchilar uchun ajratiladigan subsidiyalar sohta hujjatlar bilan boshqa shaxslarga yo‘naltirilgan holatlar aniqlangan. Tizimda shu va shunga o‘xshash bir qator qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan.


Ayni omillardan kelib chiqib, barcha tizim tashkilotlari joriy yilda halol va vijdonan ishlashi, asosiy maqsadi xalqimiz uchun munosib xizmat qilish ekanligi eslatib o‘tildi.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 12-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
vazirligi tomonidan imzolangan Qo‘shma qaror ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yigʻilish davomida Kasbga o‘qitish markazlari faoliyatini jonlantirish, ish beruvchilar va kasbga o‘rgatuvchilar o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yaxshilash hamda "Ishga marhamat" monomarkazlari bitiruvchilarining hisobini yuritib borish, ularning ishga joylashishi bilan bogʻliq holatlarni ham nazardan qochirmaslik, har tomonlama koʻmaklashish kerakligi ta’kidlandi.

👨‍🏫Qolaversa, yig‘ilishda ish qidirib yurgan aholi vakillarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, yaxshi maoshli, zamonaviy va istiqbolli kasblarga interfaol uslubda o‘qitish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Vazir Behzod Musaev rahbarligida videokonferensaloqa orqali kengaytirilgan yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Kun tartibiga qo'yilgan masalalar yig'ilish ishtirokchilari tomonidan tanqidiy va tahliliy o'rganilyapti.

✒️ Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi tashkilotlardan vakillar ishtirok etmoqda. Asosiy e’tibor 2024-yil 12-fevraldagi Qo‘shma qarori ijrosi hamda Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilga belgilangan ustuvor vazifalarga qaratilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Xususiy tibbiyot va tibbiy turizmni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi.

❗️Arizalar 24.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Вояга етмаган қизларни унаштириш ва яқин қариндошлар ўртасидаги никоҳ билан боғлиқ келажак авлод саломатлигига салбий таъсир қилаётган ҳолатларнинг олдини олиш, бунинг оқибатларини тушунтириш борасида ишлар лозим даражада олиб борилмаётгани қайд этилди.

Кейинги йилларда мамлакатимизда оила ва хотин-қизлар ҳуқуқларининг кафолатлари, аёлларни зўравонлик ва тазйиқдан ҳимоя қилиш тизими анча кучайтирилди. Лекин бундай ҳолатлар ҳали ҳам учраб турибди.

Зўравонликка учраган хотин-қизлар реабилитация билан етарлича қамраб олинмагани қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Boyovut tumani “Ijodkor” mahallasida yashovchi Sirojiddin Abdusalomov tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yib, chilangarlik faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Oqoltin tumani hokimligi: "Yangi hayot" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Oqoltin tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Agrotexnologiya bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 28.02.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️ Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚙️Mehnat muhofazasi va mehnat huquqini ta’minlash masalasi har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Xo‘sh, ayni yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirildi? Qancha ishchi-xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi?


Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Bahodir Qahhorovga ko’ra, Inspeksiya tomonidan joriy yilning yanvar oyida 1 159 ta o‘rganish va tekshiruvlar o‘tkazgan. Natijada 3 407 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. 701 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1,8 mlrd. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 80 ta ish yuborilgan.


Asosan qaysi yo‘nalishlarda mehnat qonunchiligi buzilgan?

Mehnat shartnomalarini noto‘g‘ri tuzishga oid – 240ta;
mehnatga haq to‘lashga doir – 333ta;
ta’tillar berilishi bo‘yicha – 372ta;
bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etmaslik yoki yashirish – 268ta;
ishdan noqonuniy bo‘shatish – 90ta;
xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish bilan bog‘liq – 192ta;
maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlanmaganlik bo‘yicha – 52ta.
Aniqlangan shu kabi holatlari yuzasidan ish beruvchilarga – 379ta yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p qonunbuzilishlar:

xalq ta’limi muassasalarida – 1451ta;
maktabgacha ta’lim muassasalarida – 679ta;
sog‘liqni saqlash tizimida – 325ta;
qurilish tashkilotlarida – 65 ta;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida –121ta qayd etilgan.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida:

- 6 544 ta norasmiy ish o‘rinlar rasmiylashtirilgan;
- 212 nafar fuqaroga 969 mln. so‘m ish haqi undirib berilgan;
- 3 303 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan 66 ta korxona va tashkilotdagi mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xovos tumani IIB tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Xovos tumani IIB JHX probatsiya hisobida jazo o'tayotgan nazoratdagi shaxslar va 3-sektor hududidagi alohida e'tiborga olingan ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Xovos tumani IIB hamda Kambag'allikni qisqartirish va Aholi bandligiga ko'maklashish tuman bo'limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarkaga taklif etilganlar munosib ish o'rinlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, yarmarkada bo'sh ish o'rinlari bo'yicha jalb qilingan fuqarolarning 4 nafarini ishga joylashtirish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi, yana 6 nafariga yo'llanmalar berildi hamda 3 nafari qayta kasbga o'qitishga yo'naltirildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇹🇷 Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari boshchiligidagi delegatsiya Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari bilan birgalikda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida bunyod etilayotgan monomarkaz qurilishi bilan tanishdi.

Umumiy maydoni 15 903 kvadrat metr bo‘lgan, to‘rt qavatdan iborat binoning har qarichidan unumli foydalanish maqsad qilingan. Xususan, binoning yer to‘lasida 18 ta o‘quv amaliyot xonasi barpo etilib, texnik va umumqurilish sohalari bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi.

📊Birinchi qavatda ayollar, yoshlar, IT markaz, “Nuroniylar maskani” va kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Binoning ikkinchi qavatida 12 ta o‘quv amaliyot xonasi joylashgan bo‘lib, u yerda xizmat ko‘rsatish, raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar
joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Yana bir qulay tomoni, binoning yuqori qavatida 184 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.

📊 Shuningdek, markazga ajratilgan yer maydonida muqobil energiya manbalari va elektromobillarga texnik servis xizmat ko‘rsatuvchi 5 ta xizmat xonalari barpo etilib, qo‘shimchasiga issiqxona xo‘jaligi ham tashkil qilinadi.

Qayd etilishicha, ushbu monomarkazda 25 turdagi qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, kasbiy ta’lim ikki smenada olib boriladi. Natijada, ta’lim berish quvvati 1000 nafarga yetkaziladi.

👨‍🏫 Shu yerning o‘zida o‘tkazilgan taqdimotda, delegatsiya a’zolari yangi monomarkaz qurilishi va umumiy strukturasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Markazda TIKA ko‘magi bilan Turkiyaning ilg‘or kasbiy-ta’lim standartlarini joriy qilish, jihozlash va kasbiy sertifikatlar berish bo‘yicha kelajakdagi hamkorlik rejalari ishlab chiqildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Telegram

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇹🇷Shu kunlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining taklifiga binoan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi rahbari Serkan Kayalar boshchiligidagi delegatsiya mehmonda boʻlib turibdi.

Vazirlikda tashkil qilingan uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Avvalgi uchrashuv 2023-yilning 25-26-dekabr kunlari Anqarada o‘tkazilgandi. Unda O‘zbekiston - Turkiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi boʻlib oʻtgandi. Bu gal mavjud kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmlari koʻrib chiqildi.

Turkiyaning qo`lga kiritgan tajribalardan foydalanish tomonlarga manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi. Xususan, kasbga o‘rgatish, malakani baholash tizimlarida qolaversa, Mehnat nazoratiga oid hamkorlik ham katta natija berishi aytib o‘tildi.

TIKAning O‘zbekistondagi faoliyatiga 30 yil to‘ldi va bu davr ichida hamkorlikda ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirdik. Kelgusi 30 yillikda ham ulkan rejalarimiz bor, dedi Serkan Kayalar.


Endilikda, Turkiyada kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari xodimlari va hokim yordamchilarining tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshiruvchilar soni yanada ko‘payadi. TIKA tomoni bu borada tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston–Turkiya tadbirkorlikka o‘qitish markazi” hamda “O‘zbek-Turk” qo‘shma kasbga o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha ham yangi loyihalar o‘rtaga tashladi. Mazkur takliflar puxta ishlab chiqilib, hamkorlik istiqbollari belgilanadigan bo‘ldi.

Qolaversa, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida barpo etilayotgan, bino maydoni 15 000 kvadrat metrdan ortiq, umumiy o‘qitish quvvati sig‘imi 1000 nafargacha, 25 turdagi qisqa muddatli kasblar, xususan, elektromobillar va muqobil energiya manbalariga texnik xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan monomarkazni metodik va moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham so‘z bordi. Tomonlar, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, zamonaviy kasblarga o‘qitish va hunar o‘rgatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston tumanida xitoylik investorlar loyihasi ish boshlaydi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yanada mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Guliston tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov xitoylik investor Liu Zemin bilan tuman hududida ko‘p tarmoqli loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki muzokara o‘tkazdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, guruchni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan loyihaning umumiy qiymati 20 million AQSh dollari bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 4 ming tonnaga mo‘ljallangan. Loyiha ishga tushishi bilan 115 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qurilish ishlariga mahalliy aholi jalb etilishi hisobiga ular daromadga ega bo‘lishadi.

Muzokara davomida xitoylik tadbirkor Liu Zemin joriy yil mart oyida batafsil kelishuv o‘tkazilishini ta’kidladi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Mixail Pushkin bilan uchrashdi.

🤝 Unda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qator masalalar va takliflar ko‘rib chiqildi.

Dastavval, vazir Behzod Musayev “Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiya” tashabbusida mamlakatning ishtiroki har taraflama manfaatli ekanligini qayd etib, ushbu noyob platforma mehnat huquqlari ta’sirchanligini oshirish, erkin tanlangan bandlikni rag‘batlantirish, mehnat sohasidagi halol raqobatni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.

📊 Uchrashuvda mehnat bozoridagi muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, shu jumladan ishsizlikni qayd etish usullarini yaxshilash va band bo'lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, rivojlangan davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mintaqaviy "yashil ish oʻrinlari" dasturi loyihasini amalga oshirish, Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishining bandlikka taʼsirini modellashtirish boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish takliflari o‘rganildi.

XMT bilan hamkorlikda Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda va buning natijasida milliy standartlar xalqaro mehnat standartlariga moslashtiriladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan loyihalar yuzasidan jadal muzokaralar olib borilib, amaliy ishlarni boshlashga kelishildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Xorijiy tillar va kasblarni oʻrganishni istaysizmi?

Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida chet tillari va kasblarga oʻqitish kurslari tashkil etilgan.

Monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va pdastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda.

Mazkur yo'nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy
📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

E-auksion.uz elektron savdo maydonchasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 240 ta Davlat mulkini ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 35 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 14 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 31 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 18 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 25 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 21 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 19 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 24 tа (ko'rish)

*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda aholi muammolarini hal qilish, “mahalla yettiligi”ning faoliyati hamda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Jumladan, ishchi guruh Sardoba va Sayxunobod tumani mahallalarida “Mahalla yettiligi”ning faoliyatini toʻgʻri tashkil etish mexanizmlari, aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida bilim va koʻnikmalar berish hamda har bir masʼulning mahalladagi oʻrni, asosiy vazifa va majburiyatlari, Andijon namunasida yo'l xaritasi, mahalla balansi va mahallada ombor daftarini to'g'ri yuritilishi bo'yicha amaliy yordam va kerakli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“OQOLTIN MEGA TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga taklif etadi

“OQOLTIN MEGA TEKSTIL”
MCHJ tumandagi ayollar va bolalar kiyimlarining yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, bu yerda sizning qulay mehnat sharoitlarida ishlashingiz taʼminlanadi.

Oylik maoshi
: ishchi malakasiga qarab 1300000 so‘mdan boshlanib 2500000 gacha;

Transport qatnovi va tushlik korxona hisobidan qoplanadi.

Ish vaqti: 8:00 dan 17:00 gacha

Dam olish kuni: Yakshanba

Manzil: Oqoltin tumani Yangi davr mahallasi, mo‘ljal 1-maktab ro‘parasi.

Batafsil maʼlumot olish uchun
+998972485656
+998976989092 raqamlariga murojaat qiling.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O'zganing shaxsiy ma'lumotlarini tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik bor


Manba: Jinoyat kodeksi.

Kanalga ulanish:👇👇
/channel/+SdKlf7vpbdHA4hYv

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Аёллар ва болаларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоялаш бўйича маҳалла даражасида алоҳида тизим яратилиши белгиланди.

Тазйиққа учраган аёллар реестри тузилиб, уларга маҳаллада тезкор комплекс хизмат кўрсатиш тизими жорий қилинади.

Ҳар бир туман шифохонасида зўравонликка учраганларга тиббий ва руҳий ёрдам кўрсатиш учун туну кун ишлайдиган хоналар ташкил этилади.

Қийин вазиятдаги ёш оналарни қўллаб-қувватлаш учун “Оналар маскани” хизматини йўлга қўйиш топширилди.

Йиғилишда соҳа учун масъуллар ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Етим ва ота-она қарамоғисиз бўлган ёшларнинг салоҳиятини рўёбга чиқаришига кўмаклашиш учун уларни тадбиркорлик ва касб-ҳунарга ўқитиш, деҳқончилик учун ер бериш муҳимлиги таъкидланди.

Вазирлар Маҳкамасига олийгоҳни тамомлаган, ота-она меҳридан маҳрум бўлган ёшларни давлат ташкилотларига ишга жойлаштириш бўйича тизим яратиш топширилди.

Бундай ёшларга уй-жой бериш тизими ҳам тубдан қайта кўриб чиқилади.

Бунда “Инсон” марказлари томонидан ҳақиқатда уй-жойга муҳтож ёшлар рўйхати шакллантирилади, уларга бериладиган уй-жойнинг нархи бозор баҳосидан келиб чиқиб, ҳудудлар кесимида белгиланади. Шундан келиб чиқиб, жорий йилда бу мақсадлар учун ажратиладиган маблағлар 140 миллиард сўмга етказилади.

Мутасаддиларга 1 июнга қадар навбатда турган 500 нафар етим болаларни уй-жой билан таъминлаш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…
Подписаться на канал