Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
📖2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi
🫥Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
✅1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
✅2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
👀1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
🫥Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.
📖Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari 2024-2025-o‘quv yilida 192 ta sertifikatga ega bo‘lishdi
🫥Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ayni vaqtda jami 460 nafar 5-11-sinf o‘g‘il-qizlar tahsil oladi. Maktabning 8-9-10-11-sinf oʻquvchilari 2024-2025-oʻquv yilida :
— 2 ta Topic,
— 14 ta SAT,
— 87 ta CEFR,
— 28 ta IELTS,
— 61 ta MILLIY,
⏳Jami hisobda 192 ta milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.
✅Qolaversa, mazkur maktabning 12 nafar bitiruvchilari muddatidan oldin AQSH, Turkiya, Koreya va O'zbekiston oliygohlari talabasi bo‘lishdi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖Termiz tumanidagi 23-maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tadbir tashkil etildi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida, yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida umumta’lim maktablarida "Kasb markazlari" faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun mazkur markazlar o‘z faoliyatini boshladi.
Xususan, Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Kasb markazi"da o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar, kurs va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi yana 15 ta markaz faoliyatiga rasman start berildi.
"Kasb markazlari"da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan:
➖hunarmandchilik, kulolchilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi;
➖sartaroshlik, robototexnika, oshpazlik va qandolatchilik;
➖karving san’ati, tikuvchilik va kiyim dizayni;
➖fotografiya, videotasvirga olish, grafik dizayn va gulchilik;
➖duradgorlik, avtotrinajyor, kibersport va ot sporti;
➖SMM (Social Media Marketing) — Instagram, TikTok, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, reklama va targ‘ibot strategiyalari.
Viloyat hokimi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi hamda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garaklar sonini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖Ta’lim fidoyisiga munosib hurmat ko‘rsatildi
📝Zaynab Mengliyeva umrini ta’lim-tarbiya rivoji uchun bag‘ishlagan insonlardan biri. U 1999-yildan bugungi kunga qadar Qumqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimida faoliyat yuritdi.
🫥Bugun Zaynab Mengliyeva viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda sevimli jamoasi ardog‘ida nafaqaga kuzatildi.
🫥33 yillik mehnat stajining 26 yilini shu bog‘cha rivoji uchun sarflagan Zaynab Mengliyevaga tadbir davomida boshqarma boshlig’i sohadagi xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖Sho‘rchida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi tahlil qilindi
🫥Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🫥Xususan, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida, shuningdek, kambag‘al oila farzandlari uchun yo’lga qo’yilgan to’garaklar faoliyati, sport mashg‘ulotlari, kasb-hunarga o’rgatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
🔹Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va galdagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖“Men giyohvandlikka qarshiman” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
📝Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini turli yot g‘oyalardan asrash maqsadida “Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
🫥Bellashuvning viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlari g‘oliblari ishtirok etib, insholar va rasmlar tanlovida mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🫥Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
#Hududlarga_tashrif
📝Boshqarma boshlig’i o’rinbosari Jasur Mirzaqulov boshchiligidagi bir guruh mas’ullar hududlarda bo’lib, qator maktab va bog’chalarda o’rganish ishlarini olib borishdi.
🫥Xususan, Muzrabot tumanidagi 1-, 2-, 3-, 5-, 9-, 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda 28-, 55-, 29-sonli umumiy o'rta ta'lim muassasalari, shuningdek, Termiz tumanidagi 7-, 8-, 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonlari, sog'lom ovqatlantirish, to'garaklar va rivojlantiruvchi markazlarning tashkil etilishi ko’zdan kechirildi.
📖Boysunda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi tahlil qilindi
🫥Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Boysun tumaniga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🫥Xususan, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida, shuningdek, kambag‘al oila farzandlari uchun yo’lga qo’yilgan to’garaklar faoliyati, sport mashg‘ulotlari, kasb-hunarga o’rgatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
🔹Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va galdagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
#Yashil_makon
#Eco_school
🔔Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida hudud iqlimiga hamda kuz mavsumiga mos bo'lgan gul ko'chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.
🚪Maktabning Eko-qo'mita a'zolari tadbirda faol ishtirok etishdi hamda maktab hududiga 100 tup mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.
➖➖➖➖➖➖➖
🔔В специализированной школе-интернате № 2 Деновского района было организовано мероприятие по посадке саженцев цветов, соответствующих климату местности и осеннему сезону.
🚪Члены школьного Эко-комитета приняли активное участие в мероприятии, и на территории школы было посажено
100 кустов сезонных цветов.
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
📖"Jadidlar izidan" respublika tanlovining Denov tuman bosqichidan tayyorlangan lavha "Surxondaryo" telekanali orqali efirga uzatildi.
➖➖➖➖➖➖➖
📖Лента, подготовленная с Деновского районного этапа республиканского конкурса «Следы Джадидлара Изидана», транслировалась по телеканалу «Сурхандарья».
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
📖Mental arifmetika musobaqasi tashkil etildi
📰Bugun Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularning fikrlash qobiliyatlarini va hisoblash malakasini oshirish maqsadida mental arifmetika to'garagi azolari o'rtasida musobaqa tashkil etildi.
✏️Bunda viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining ma'muriyat xodimlari, mental arifmetika to'garagi rahbarlari, ota-onalar va to'garak a'zolari ishtirok etishdi.
✅Musobaqa yakunida viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan g'olib bo'lgan to'garak a'zolariga diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
➖➖➖➖➖➖➖
📰Сегодня по инициативе детской школы «Баркамол авлод» Сурхандарьинской области был организован конкурс среди членов клуба ментальная арифметика с целью содержательного проведения свободного времени учащихся и молодежи, совершенствования их навыков мышления и счета.
✏️В нем приняли участие администрация областной детской школы «Баркамол авлод», руководители клуба ментальной арифметики, родители и члены клуба.
✅По итогам конкурса областная детская школа «Баркамол авлод» вручила членам кружка-победителя дипломы и ценные сувениры.
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
📖Qiziriqlik yosh gimnastikachilar festival g‘olibi bo‘ldi
📰Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in tarzda o‘tgan "Gimnastikaga ilk qadam" festivalining taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari Bekzod Tashpulatov, Muhriddin Normurodov hamda Jasur Mirzaqulovlar ishtirok etishdi.
🔔Yakuniy natijalarga ko'ra, Qiziriq tumani 22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi va jamoaga festival kubogi topshirildi.
⚡️Festivalda faol ishtirok etgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalariga “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi dinamika”, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi xoreografiya”, “Eng yaxshi gimnastika elementlaridan foydalangan jamoa”, “Takrorlanmas kompozitsiya”, “Eng uygʻun jamoa”, “Eng hissiyotli jamoa”, “Eng yaxshi texnik harakatlar”, “Eng jozibador libos”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari berildi.
📎G‘olib va sovrindorlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda viloyat boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📰На церемонии награждения фестиваля «Первый шаг в гимнастике», который прошел среди детей дошкольных образовательных организаций, заведующий областным отделом дошкольного и школьного образования Хусниддин Мамадиев, а также заместители руководителя кафедры Бекзод Ташпулатов, Мухриддин Нормуродов и Жасур Мирзакулов.
🔔По окончательным результатам команда Государственной организации дошкольного образования №22 Кизирикского района была признана абсолютным победителем и награждена кубком фестиваля.
📸Команды дошкольных образовательных организаций, активно участвующие в фестивале, были отмечены наградами «Лучшая композиция», «Лучшая динамика», «Лучший образ», «Лучшая хореография», «Команда, использующая лучшие гимнастические элементы», «Уникальная композиция», Были награждены номинации «Самая слаженная команда», «Самая эмоциональная команда», «Лучшие технические действия», «Самое красивое платье», «Самая сплоченная команда».
📎Победители и призеры были награждены ценными сувенирами от Министерства дошкольного и школьного образования и администрации области.
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.
⠀
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.
⠀
Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
_
Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.
Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.
С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
📖“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktablarda ta’lim sifati yaxshilanmoqda
🚪Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📅Bugun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida viloyatdagi ta’lim darajasi nisbatan past bo‘lgan 11 ta tumandagi 74 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
👨🏫Ushbu mashg‘ulotlarda:
• Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari
• Fan metodistlari
• Mentor-o‘qituvchilar
• Tajribali amaliyotchi ustozlar ishtirok etdi.
📈Qisqa muddatli kasbiy rivojlantirish kurslari orqali 1 ming 718 nafar o‘qituvchi qamrab olinib, ularga zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida saboqlar o‘tkazildi.
🎯Loyihaning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamon talablari darajasidagi metodik yondashuvlarga yo‘naltirish va shu orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
📖“Tog‘ turizmi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
🫥O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Oltinsoy tumanidagi “Vaxshivor” bolalar oromgohida ‘“Tog‘ turizmi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
📖Jarqo‘rg‘on tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖Siz nechta kitob o‘qidingiz?
🫥“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Bandixon tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi hovlisida mo‘jazgina kutubxona tashkil etildi.
✅“Siz nechta kitob o‘qidingiz” degan savolni o‘ziga shior qilgan ushbu loyiha doirasida bolalar ochiq osmon ostida o‘zlari sevgan turli badiiy asarlarni mutolaa qilishmoqda.
⏳Maqsad - ta’tilni maroqli o‘tkazish va albatta o‘g‘il-qizlarni kitobga oshno etish.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
📖"Inklyuziv ta'lim" guruhlari faoliyati o'rganildi
📝Muzrabot tumanidagi "Inklyuziv ta'lim" guruhlari mavjud 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishib, mazkur bolajonlarimizdagi ijobiy o'zgarishlarni kuzatish maqsadida suhbat tashkil etildi.
#Hududlarga_tashrif
🫥Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Bekzod Tashpulatov hududlarga tashrifi davomida bugun Sherobod tumanidagi 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 28-, 38-, 41-, 43-, 46-, 68-umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
🫥Xususan, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, moddiy-texnik baza, qurilish-obodonlashtirish jarayonlari, kambag‘al oila farzandlari uchun yo‘lga qo‘yilgan to’garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💠Mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, galdagi istiqbolli vazifalar belgilandi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
#Malaka_toifasi
📣 Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi
✅ Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:
➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
➖ Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
➖ Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
➖Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
➖ Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Hududlarga_tashrif
#PISA
📝Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov bugun Uzun va Sariosiyo tumanida bo‘lib, PISA xalqaro tadqiqotida ishtirok etadigan maktablardagi jarayonlar bilan tanishdi.
🫥Xususan, tayyorgarlik ishlari, mavjud sharoitlar o‘rganildi. Test sinovlarida yuqori natijalarga erishayotgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
🫥Ma’lumot uchun, PISA - 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur bo’lib, joriy yilda mazkur xalqaro tadqiqotda viloyatimizdan jami 15 ta maktab ishtirok etadi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
#Hududlarga_tashrif
🫥Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Bekzod Tashpulatov hududlarga tashrifi davomida bugun Uzun tumanidagi 6-, 20-, 42-umumta’lim maktablari hamda Sariosiyo tumanidagi 1-, 20-, 30-, 32-, 93-maktablarga tashrif buyurdi.
🫥Xususan, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, moddiy-texnik baza, qurilish-obodonlashtirish jarayonlari, kambag‘al oila farzandlari uchun yo‘lga qo‘yilgan to’garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💠Mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, galdagi istiqbolli vazifalar belgilandi.
👍Telegram 👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter 👍Veb-sayt
#Attestatsiya
#Natija
✅Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Murodova Sokina Alisher qizi pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etib, 92 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo'ldi.
🔔Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!
➖➖➖➖➖➖➖
✅Учитель начальных классов общеобразовательной школы № 23 Музрабатского района Сурхандарьинской области Муродова Сокина Алишеровна участвовала в аттестации педагогов и получила первую квалификационную категорию с 92 баллами.
🔔Поздравляем мастера с этим успехом!
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
https://uza.uz/uz/posts/oquvchilar-zhadid-mutafakkirlarni-yod-etmoqda_652946
Читать полностью…📷“Jadidlar izidan” respublika tanlovining Denov tuman bosqichi "Sevimli" telekanali nigohida.
➖➖➖➖➖
📷Телеканал "Севимли", Деновский район. Этап республиканского конкурса "Следы Джадидлара Изидана".
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
📖Surxondaryoda “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi boʻlib oʻtdi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📖В Сурхандарьинской области прошел заключительный этап фестиваля «Первый шаг к гимнастике»
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Дмитрий Чернишенко бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства этой страны Дмитрием Чернышенко.
#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📖Surxondaryoda “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi boʻlib oʻtdi
✏️Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi oʻtkazildi.
✅Festivalda tuman, shahar bosqichlarida gʻolib boʻlgan jamoalarning tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashishdi.
🔔Jajji bolajonlar maktabgacha ta'lim tashkilotidagi gimnastika to‘garagida olgan bilimlarini ushbu festivalda yaqqol namoyon etishdi.
📸Festivalni tashkil etishdan maqsad o‘g‘il-qizlarni bolalikdan sportga oshno etish va gimnastika sport turini keng ommalashtirishdan iborat.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✏️Заключительный этап фестиваля «Первый шаг к гимнастике» прошел среди воспитанников дошкольных образовательных организаций Сурхандарьинской области.
✅На фестивале соревновались между собой ученики команд-победителей районного и городского этапов.
🔔На этом фестивале маленькие дети наглядно продемонстрировали знания, полученные в кружке гимнастики ДОО.
📸Цель организации фестиваля – приобщение мальчиков и девочек к спорту с детства и популяризация гимнастики.
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt