surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📖Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari maslahatchilari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

✏️Termiz shahridagi Prezident maktabida bo‘lgan seminarda viloyatdagi jami 17 ta: ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat olib borayotgan maktab maslahatchilari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, Prezident maktabining xalqaro toifadagi ingliz tili fani o‘qituvchisi Nyabere Samuel Choi hamda matematika fani o‘qituvchisi Soliman Mohamed Amrlar o‘quvchilarni xorijiy oliy ta'lim muassasalariga jalb qilish borasida kerakli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.



✏️В семинаре, который проходил в президентской школе в Термезе, приняли участие школьные консультанты, работающие в 17 специализированных школах и школах-интернатах региона.

➡️ ️В ходе семинара были проведены теоретические и практические занятия, направленные на повышение профессиональной квалификации школьных консультантов. Также ньябере Самуэль Чой, учитель английского языка международного класса президентской школы, и Солиман Мохамед Амр, учитель математики, дать необходимые рекомендации и советы по привлечению студентов в иностранные высшие учебные заведения.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📖"Jadidlar izidan" respublika tanlovining Uzun tuman bosqichi o‘tkazildi

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

“𝐓𝐇𝐄 𝐁𝐄𝐒𝐓 𝐒𝐏𝐄𝐀𝐊𝐄𝐑“

TANLOV G'OLIBI "XORIJGA SAYOHAT" YO'LLANMASINI QO'LGA KIRITDI

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈

📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.


📱 Telegram | 📱 Instagramr

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Barcha oʻquvchilarni, talabalarni va ularning ota-onalarini, shuningdek, muhtaram ustozlarimizni yangi oʻquv yili bilan tabriklayman!📚

——

Поздравляю с новым учебным годом школьников, студентов и их родителей, а также наших уважаемых педагогов!📚

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida yangi o‘quv yili boshlandi

🎤Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar tafsiloti "O‘zbekiston 24" telekanali efirlarida.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

✅Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

✅Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanilish mumkin.

✅Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

✅Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

✅Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

✅Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/uz/posts/surxondaryoda-58-ming-700-nafarga-yaqin-bolazhonga-prezident-sovgasi-topshirildi_631944

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.

🔔Yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tantanaga o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari va boshqa mehmonlar tashrif buyurdilar.

➡️Tadbir avvalida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov so‘zga chiqib, 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar zukko, bilimdon o‘quvchilarni qutladi va yangi ta’lim maskanidagi o‘qishlariga omad tiladi.

📈Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirdan so‘ng barcha sinflarda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab, “Mustaqillik dars”lari o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi

📈Bugun o‘zgacha quvonch, o‘zgacha kayfiyatda viloyatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

🖥Xususan, Termiz shahridagi 3-sonli umumta'lim maktabida ham erta tongdan yangi o‘quv yiliga shod-u xurramlik bilan peshvoz chiqildi.

#bilimlarkuni #birinchiqongiroq

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Aziz o‘quvchilar, kelajagimiz egalari!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, ta'lim jonkuyarlari!

Boshlanajak yangi o‘quv yili bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman. Ushbu o‘quv yili hammamiz uchun yangidan-yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

Yangi o‘quv yilida Sizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlash va munosib sharoit yaratish maqsadida viloyatdagi 862 ta maktablar to‘liq joriy ta'mirdan chiqarildi, 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi va 3 ta yangi maktab qurildi. 

Qolaversa, ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limni
ta'minlaydi.


1-sinfga qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlar!

Siz uchun bugun eng hayajonli va quvonchli kun.

Surxondaryodagi maktablarga joriy o‘quv yilida Sizdek 7 yoshni qarshilagan 63 ming 945 nafar jajji 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinmoqda.


Qadrli o‘quvchilar!

Sizni bugungi quvonchli kuningiz bilan tabriklayman. Ta'lim dargohiga qo‘ygan ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin. Kelgusida yurtimizning barkamol avlodlari bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook     

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📌Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🖥Tumandagi qator umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

➡️Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko’rish maqsadida hududlardagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

#Sherobod #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📈Yoshlarning muammolari tizimli ravishda hal etilmoqda

🖥Prezidentimizning joriy yil 11-apreldagi yoshlar masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan, viloyatdagi yoshlar turli toifalarga ajratilgan hamda indivudial ishlash maqsadida viloyat va tuman darajasidagi rahbarlarga biriktirilgan.

✔️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevga ham bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi og‘ir va muammoli yoshlar biriktirilgan bo‘lib, boshqarma boshlig‘i yigit-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan.


➡️Xususan, bugun Sariosiyoga tashrif davomida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Qolaversa, boshqarma boshlig‘i "xonadonbay" tizimda o'ziga biriktirilgan 24 nafar sariosiyolik muammoli yoshlar va ularning oila a'zolari bilan ham uchrashdi.

ℹ️Uchrashuvda yigit-qizlarni qiynayotgan muammolar yaqindan o‘rganildi. Xususan, 1 nafar yoshga tikuv mashinasi ajratildi, 1 nafar yoshga ajratilgan kredit evaziga olib borilayotgan tabirkorlik faoliyati,
1 nafar yoshga olib berilgan motorli kultivator
dan foydalanish holati o'rganildi. 1 nafar yoshga tegishli tartibda kredit ajratish belgilandi va
1 nafar o'quvchining maktabga chiqishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oila farzandlariga maktab formalari olib berildi, bir guruh yoshlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan turli sovg‘alar topshirildi. Muammoli yigit-qizlarga ijtimoiy-ma'naviy ko'mak berish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

#Sariosiyo #muammoliyoshlar #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/uz/posts/yosh-pedagoglar-kasbiy-sinovdan-otmoqda-video_628235

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

☄️O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi, ochiqlikni ta’minlash yuzasidan natijalarni tahlil qilib, ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha metodik va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan majlisi bo‘lib o‘tdi

📈Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining  birinchi o‘rinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi o'rinbosari, Agentlik mas’ul xodimlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

🔔Surxondaryo viloyatida mahalliy hokimliklar va davlat boshqaruv organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holatining tahlili hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan choralar muhokamasi to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining  birinchi o‘rinbosari ma’ruzasi tinglandi.

➡️Bundan tashqari yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshliqlarining hisobotlari eshitildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

☄️III "Ustozlar milliy forumi"ning shahar va tuman bosqichlari boshlandi

➡️Bugun viloyatimizning barcha hududlarida an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi"ga start berildi.

✔️Forum doirasida 15 ta sho‘bada pedagoglar uchun seminar-trening va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bunda ustozlar bilim va mahoratlarini oshirish barobarida o‘zaro tajriba ham almashishmoqda.

🔔Shuningdek, forum doirasida hududlardagi ta'lim tizimida alohida o'rnak ko'rsatib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar munosib taqdirlanmoqda.

#ustozlarforumi #seminar #taqdirlash #hududlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Soʻrovnoma

👤Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni bildiring. Onlayn so‘rovnomada ishtirok eting.

✏️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!



👤Оставьте свой отзыв о проводимой работе в сфере борьбы с коррупцией в системе дошкольного и школьного образования. Пройдите онлайн-опрос.

✏️Будьте активны! Нам важен ваш ответ!

➡️https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeeVYXITaJo-n19jbl75d6OwLFLKjrQo9ag2Nd00AjVavqcOA/viewform?usp=sf_link

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📍 “KITOBXONLIK FESTIVALI” - SURXONDARYODA!

⚪️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar va aholi  o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, faol kitobxonlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida  Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” tashkil etilmoqda.

📖 Festival doirasida quyidagi tanlovlarning g‘oliblari taqdirlanadi:

“Eng yaxshi kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon o‘quvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng yaxshi kitobxon oila”
“Eng yaxshi maktab kutubxonachisi”

🌟 Festivalda kitobsevar o‘quvchilar, tanlov g‘oliblari, kutubxonachilar, o‘qituvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etishadi!

📣 2024-yil 18-sentabr kuni soat 10:00 da Termiz shahridagi “San'at saroyi”da bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik festivali”ga barchangizni taklif etamiz!

🌎#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🌐Telegram
▶️You tube
🌐Facebook   Bizni ijtimoiy
🌐Instagram   tarmoqlardan
🌐Web site      kuzating!

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Salom, bog‘cha" tadbirlari o‘tkazildi

📈Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Salom, bog‘cha" tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

➡️Jajji o‘g‘il-qizlar sevimli bog‘chalarida munosib qarshi olindi. Olib borilgan "Mustaqillik darslari"da bolajonlarga yurtimizning tarixi, bugungi kundagi keng islohotlar borasida ma'lumot berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatda mavjud 463 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 97 ming 307 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

#maktabgachatalim #salombogcha

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Ijtimoiy_rolik

❗️Farzandingiz yo‘llarda siz yonida bo‘lsangiz, o‘zini xavfsiz sezadi!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Surxondaryoda "Bilimlar kuni" keng nishonlandi

🎤Jarayonlar "Mening yurtim" telekanali nigohida.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Surxondaryodagi barcha maktablarda birinchi qo'ng'iroqlar jarangladi

📊Bugun viloyatimizda mavjud 966 ta maktabda "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida yangi o'quv yili munosib qarshi olindi.

📍Ma'lumot uchun joriy o'quv yilida viloyatdagi maktablarga
58 ming 666 nafar, xususan:


Termiz shahridagi 26 ta maktabga 3 ming 826 nafar,
Angor tumanidagi 47 ta maktabga 2 ming 895 nafar,
Bandixon tumanidagi 43 ta maktabga 1 ming 792 nafar,
Boysun tumanidagi 59 ta maktabga 2 ming 512 nafar,
Denov tumanidagi 111 ta maktabga 8 ming 555 nafar,
Jarqo'rg'on tumanidagi 68 ta maktabga 4 ming 788 nafar,
Muzrabot tumanidagi 58 ta maktabga 3 ming 268 nafar,
Oltinsoy tumanidagi 70 ta maktabga 3 ming 952 nafar,
Qiziriq tumanidagi 50 ta maktabga 2 ming 649 nafar,
Qumqo'rg'on tumanidagi 87 ta maktabga 4 ming 990 nafar,
Sariosiyo tumanidagi 93 ta maktabga 4 ming 635 nafar,
Sherobod tumanidagi 77 ta maktabga 4 ming 98 nafar,
Sho'rchi tumanidagi 73 ta maktabga 4 ming 702 nafar,
Termiz tumanidagi 33 ta maktabga 2 ming 104 nafar,
Uzun tumanidagi 71 ta maktabga 3 ming 900 nafar 1-sinf o'quvchilari qabul qilindi.


➡️Hududlarda o'tkazilgan "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlarida tuman, shahar hokimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar belgilandi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚡️Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i dastlab barcha xodimlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutladi. Mazkur o‘quv yilida tizimdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, kreativ g‘oyalar asosida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

ℹ️Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishlicha muhokama etilib, mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi

📈Bugun o‘zgacha quvonch, o‘zgacha kayfiyatda viloyatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

🖥Xususan, Termiz shahridagi 3-sonli hamda 26-sonli umumta'lim maktablarida ham erta tongdan yangi o‘quv yiliga shod-u xurramlik bilan peshvoz chiqildi.

⚡️Maktab hovlisida tashkil etilgan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, viloyat, shahar hokimligi mas'ullari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar jam bo‘lishdi.

➡️O‘quvchilar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz berdi. Badiiy qism yakunida barcha sog‘inib kutgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. Shundan so‘ng 1-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat "Prezident sovg‘alari" topshirildi.

✔️Ma'lumot uchun, joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 966 ta umumta'lim maktabining 1-sinfiga 58 ming 700 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bugungi kunda viloyatda jami o‘quvchilar soni 548 ming 88 nafarni tashkil etmoqda.

#bilimlarkuni #birinchiqongiroq

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Surxondaryolik 63 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari" yetkazildi

🎤Jarayonlar "Renessans" telekanali nigohida.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Sariosiyo tumanidagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tumaniga tashrifi davomida manzildagi 47-94-umumta'lim maktablarining faoliyatini o‘rgandi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari, maktab darsliklari va 1-sinflar uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishildi.

➡️Shuningdek, boshqarma boshlig'i tumandagi 66-maktab o'rnida yangidan tashkil etilgan 94-maktab jamoasi bilan uchrashib, pedagoglarning fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Jamoaga ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈Ma'lumot uchun, bugungi kunda Sariosiyo tumanida jami 34 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 94 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan tumandagi maktablar
360 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Sariosiyotumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📈Maktab taʼlimiga xalqaro tajriba va metodik usullar tatbiq etilmoqda

🔔Singapur tajribasi asosida hududlarda olib borilayotgan seminar-treninglarda maktab rahbarlari va pedagoglarining bilim-malakalari oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Oltinsoyda ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda

➡️Oltinsoy tumanida bugungi kunda 70 ta umumta'lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 29 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

📉2024-yil investitsiya dasturi asosida tumandagi 12-, 22-, 24-, 27-, 28-, 39-, 41-, 44-maktablarda yangi oʼquv binolari qurilmoqda, 48-maktabning 510 o'rinli binosi homiylik asosida qayta qurilmoqda.

🔼Bundan tashqari, “Chinor” mahallasi hududida 120 o'rinli 22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilyapdi.

ℹ️2024-yilda 1-mavsum "Tashabbusli budjet" dasturi asosida jami 2 mlrd 560 mln so‘m mablag‘ ajratilib, 2 ta (21-, 64-) maktablarda qurilish-ta’mirlash va jihozlah ishlari olib borilmoqda.

✔️Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida jami 647 million so'm mablag' evaziga 6 turdagi mahsulotlar umumta’lim maktablariga tarqatildi va ta'lim muassasalari joriy ta'mirdan chiqarildi.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/uz/posts/faol-va-tashabbuskor-ustozlar-taqdirlandi-video_628228

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️“The best speaker” - Mirabror Rajabboyev

📈O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.

🖥Yakuniy natijalarga ko‘ra, 70 nafar tanlov ishtirokchilari orasida “The best speaker” — Surxondaryo viloyati, Denov tumani, 74-maktab o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev deb topildi va tanlov tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

ℹ️Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan Denov tumanining 74-umumta'lim maktabi jamoasiga "Xorijga sayohat" sovg‘asi taqdim qilindi.

🔔Mazkur muvaffaqiyat bilan Mirabror Rajabboyev hamda jamoaning barcha a'zolarini qutlab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал