Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
#Termiz
Vazir surxondaryolik faxriy ustozlar bilan uchrashdi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Tadbir doirasida yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar belgilab olindi, ustozlarning fikr va mulohazalari tinglandi.
Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
❕Shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda viloyatda 978 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi yosh avlodga ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.
Davlatimizning menga koʻrsatgan eng katta gʻamxoʻrligi - uyda taʼlim olishim uchun sharoitlarni yaratib berilganligidir!
https://uza.uz/uz/posts/uch-avlod-vakillari-uchrashdi_614486
Читать полностью…🔓 Telegram profillaringizni himoyalang
Hozirgi kunda telegram profillarini xar hil usullar orqali buzib kirish holatlari uchramoqda. Telegram profillaringizga kirib, sizda mavjud barcha kontaktlar va guruhlaringizga turli hildagi yolg‘on firibgarlik xabarlari ommaviy yuborilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga amal qiling, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang.
❗️Mutaxassis tavsiyasi
〰️〰️〰️
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida Muzrabot va Boysun tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibotlar davomida onlayn firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarga turli ma’lumotnomali yo‘riqnomalar tarqatildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️Surxondaryoda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
▪️Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichiga start berildi.
➖Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 83 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishmoqda.
☑️12-iyul kuniga qadar davom etadigan tanlov jarayonida ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashadilar. Bugun ishtirokchilar dastlabki shart – test sinovlarini topshiryapdilar. Natijalarga ko‘ra, 26 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Jarqo‘rg‘ondagi maktabga qo‘shimcha o'quv binosi qurib berilmoqda
▪️Bir muddat ilgari Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev Jarqo'rg'on tumanidagi 45-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi.
➖Tashrif davomida boshqarma boshlig'i tomonidan maktabda qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bo'yicha berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan ayni kunlarda tegishli dastur asosida mazkur maktabga 457 million 900 ming so'm mablag' evaziga 144 o'rinli yangi o'quv binosi qurib berilmoqda.
☑️Bugun boshqarma boshlig'i 45-umumta'lim maktabida bo'lib, qurilish jarayonlarining borishi bilan tanishdi va sifatga alohida e'tibor qaratish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🎁Bugun tug‘ilgan kun - Zokir Jo‘rayev
🔹Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Zokir Jo‘rayevich 1991-yil 7-iyulda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan.
☑️2013-yilda Termiz davlat universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – tarix.
🔸Z.Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Zokir Jo‘rayevich!
🎂Bugungi quvonchli kuningiz bilan Sizni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hamda boshqarma jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ishingizga hamisha muvaffaqiyat, omad yor bo'lsin!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🏆Surxondaryo viloyati jamoasi - gandbol sport turi bo‘yicha respublika musobaqasi g‘olibi
▪️Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yoshlik" sport jamoalari musobaqasining gandbol turi bo‘yicha respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Unda Termiz shahridagi 20-umumta'lim maktabining o‘g‘il bolalar jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
☑️Ushbu g‘alaba bilan o‘quvchilar va maktab jamoasini qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Sherobodda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sherobod tumaniga tashrif buyurib, maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
➖Xususan, tumandagi 21-46-umumta'lim maktablarida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida sinfxonalarning holati, joriy ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
☑️Bugungi kunda Sherobod tumanida 76 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, shundan 60 tasi joriy ta'mirga muhtoj edi. Ayni kunga qadar 54 ta maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi, 6 ta maktabda esa jarayonlar davom etmoqda. Maktablarni ta'mirlash uchun 352 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#cybermonth
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
〰️〰️〰️
"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
❗️Уйқудан уйғонгач, телефонга ёпишманг!
📱 Тонгда телефонда гаплашиш ёки янгиликларни ўқиш диққатни жамлаш ва муаммоларни ҳал қилиш вақти фаоллашадиган бета-фаолиятга жуда тез ўтишга олиб келади.
🧠 Натижада мия таранглашиб, киши асабий бўлиб қолади. Бундан ташқари, эрталабдан интернет оламига шўнғиш сизни кун давомида ижтимоий тармоқлардаги янгиликларни текширишга ундайверади.
💡 Мутахассислар эрталабки вақтни ижобий фикрларга бағишлашни маслаҳат беради. Уларнинг сўзларига кўра, смартфонни уйғонгандан 30-60 дақиқа кейин қўлга олган маъқул.
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
#Tabriklaymiz
🥇 Joriy yilning 25-iyun - 7-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida sportning kurash turi bo‘yicha "Osiyo bolalari" o'yinlarida 42 kg vaznda Angor tumanidagi
1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ibrohim Jovliyev munosib ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
🏕Surxondaryo viloyatida yozgi ta'tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda
🏖Iyun oyida viloyatdagi 130 ta maktabda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga 12 mingdan ortiq bolalar qamrab olindi.
🏊♀️Ayni kunlarda esa turli ko‘ngilochar tadbirlar, musobaqalar va to‘garaklar orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#imkoniyatlar_maskani
▪️Farzandlaringizga hozirdanoq til o‘rganish sirlarini mukammal egallab, bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil etishni o‘rgating!
➖Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi 12-16 yoshdagi o‘quvchi-yoshlarni koreys tili va madaniyati to‘garagiga taklif etadi!
☑️Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan. To‘garakka hujjatlar qabuli joriy yilning 1-avgust kuniga qadar davom etadi.
⚡️ORZULARINGIZ TOMON ILK QADAM!
📍Joylashuv
📞Batafsil ma'lumot uchun tel: 91-902-65-32, 99-351-56-42
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Tashrif
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
▪️Tashrif davomida qator ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishildi.
➖Viloyatdagi 138 ta umumta'lim maktablariga 2 ming 346 dona zamonaviy texnikalar va 184 dona interaktiv doskalar topshirildi.
☑️Surxondaryolik faol pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning bir guruhi taqdirlandi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
https://uza.uz/uz/posts/maktabgacha-va-maktab-talimini-isloh-qilish-yolida_614592
Читать полностью…#Termiz
🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi.
Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.
Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi.
Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
▪️Termiz shahridagi o‘rganish ishlari 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi. Mazkur bog‘cha 210 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 1961-yilda tashkil etilgan.
➖Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev manzilda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, qolaversa, gimnastika to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini ko‘zdan kechirdi.
☑️Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Termiz shahridagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi qator ta'lim muassasalarida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➖Xususan, shahardagi 9-umumta'lim maktabida olib borilgan o‘rganish davomida ta'lim muassasasida amalga oshirilgan obodonlashtirish, maktab zali, sinfxonalarning holati ko‘zdan kechirildi.
☑️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Termiz shahrida 26 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, shundan 25 tasi joriy ta'mirga muhtoj edi. Ayni kunga qadar 21 ta maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi, 4 ta maktabda esa jarayonlar davom etmoqda. Maktablarni ta'mirlash uchun 145 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri
⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichiga start berildi.
Surxondaryo viloyatida saralash imtihonlari quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍37.2411445,67.3031596,17z/data=!3m1!4b1!4m6!3m5!1s0x3f35320a210fd7a9:0x383ff0932e1bbaa!8m2!3d37.2411445!4d67.3031596!16s%2Fg%2F11fx_63g8v?entry=ttu">“Surxon” sport majumasi — 1-32-guruhlar
📍Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash 37.2430945,67.3029564,17z/data=!4m6!3m5!1s0x3f353368e7a79cfb:0x7d9ac8aff777ab01!8m2!3d37.2430943!4d67.3054579!16s%2Fg%2F11r_wk079_?entry=ttu">markazi — 33-58-guruhlar
📍Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar 37.2174263,67.268633,17z/data=!3m1!4b1!4m6!3m5!1s0x3f352fed9d17f3cb:0xdaaeb5d8a03edd3d!8m2!3d37.2174221!4d67.2712079!16s%2Fg%2F11t46jf4b2?entry=ttu">sport maktabi sport zali — 59-66-guruhlar
📍Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 37.2211656,67.2687743,15z/data=!4m6!3m5!1s0x3f352d4b95dd8c4f:0x3b03c0969c3acc06!8m2!3d37.2198543!4d67.2852592!16s%2Fg%2F11pq35th_m?entry=ttu">sport zali — 67-75-guruhlar
Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) beriladi.
⚡️Maxsus reportaj | Surxondaryoda maktablar yangi o'quv yiliga tayyorlanmoqda
▪️Viloyatda mavjud 961 ta umumta'lim maktablarining 850 tasi joriy ta'mirga muhtoj deb topilgan bo‘lib, ayni kunga qadar ushbu maktablarning 650 tasi to‘liq yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi. Qolgan 200 ta maktabda ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
❗️MUHIM ESLATMA
📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!
🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.
📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:
📍MANZILLAR ROʻYXATI
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari davom etmoqda
▪️Viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun jami 17 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
➖Imtihon jarayonlari ochiq va shaffof tarzda olib borilmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#3_kun
⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari davom etmoda.
📸3-kun imtihon jarayonlaridan lavhalar
Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️"Mental kids" ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi
▪️Bugun viloyatimizning Denov tumanidagi 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-10 yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida “MENTAL KIDS” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
🔹Ushbu ko‘rik tanlovni o‘tkazishdan maqsad mental arifmetika yordamida o‘quvchilarning diqqatini jamlash, ijodiy, mantiqiy fikrlash va ularning iqtidorini aniqlash hamda kelajakdagi kasblarini to‘g‘ri tanlashga ko‘maklashishdan iborat.
➖Natijalarga ko‘ra:
🥇1-o‘rin - Denov tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Bilol Abdumo‘minov
🥈2-o‘rin - viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Javohir Zokirov
🥉3-o‘rin - Jarqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Bunyod Gulboyevlarga nasib etdi.
⚡️No comment: Surxondaryoda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi
▪️Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda respublika "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev, viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Orziqul Soatov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, ta'lim-tarbiya tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, bugungi kunda minglab shogirdlarga tahsil berib kelayotgan faol o‘qituvchilar hamda barcha sohada katta yutuqlarga erishib kelayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
⚡️Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
▪️Viloyatda mavjud 961 ta umumta'lim maktablarining 850 tasi joriy ta'mirga muhtoj deb topilgan bo‘lib, ayni kunga qadar ushbu maktablarning 650 tasi to‘liq yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi. Qolgan 200 ta maktabda ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
❗️Ogoh bo‘ling feyk: "Prezident tavsiya qilgan KAFOLAT"
——
Firibgarlar tomonidan takroran instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
Hurmatli fuqarolar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Bandixon tumanida aholi, nuroniylar hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari uchun o‘tkazildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Siyosiy-ma'rifat soati
🔘Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.
☑️Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://www.youtube.com/watch?v=sPojz16K-_o sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.