surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

☄️ Ayni vaqtda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi "Shaxmat festivali" musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

▪️Unda surxondaryolik bolajonlar ham faol qatnashishmoqda. Ishtirokchilarga omad tilaymiz!

❗️Jonli efirda tomosha qiling — B1.uz

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryoda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning
4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#imtihon_2024
#Surxondaryo_viloyati

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga
kirish imtihonlari 4-iyul sanasidan boshlanadi.

⚡️Surxondaryo viloyatida ushbu imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in kechmoqda.

📌Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining hududlarga biriktirilgan mas’ullar uchun ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan tarzda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash bo‘yicha hudud rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatma, talabgorlar imtihon hududiga tug‘ilganlik haqida guvohnomasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

💻 Firibgarlar tomonidan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “AT Xalq banki” nomidan foydalanib xato so‘zlar bilan tarqatilayotgan "Tezkor mikroqarz 3 daqiqada hujjatlarsiz" mazmunidagi yolg‘on xabarlar kelsa, ASLO ularga IShONMANG.

✅ Kredit bo‘yicha ma’lumot olish uchun bankning rasmiy manbasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar

☝️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 📞 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
〰️〰️〰️〰️〰️

Surxondaryo viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, navbatdagi shunday tadbirlar bugun Termiz tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Hurmatli o‘qituvchilar!

Barchangizni Microsoft Educator Talk Vebinariga taklif etamiz!

O‘qituvchilik salohiyatingizni oshirishga tayyormisiz?

Microsoft Educator Talk eksklyuziv Vebinariga qo‘shiling va ta’lim texnologiyalarida yetakchi bo‘lish sari yo‘l oling!

Foydalar:

🏆O’zbekistondagi Top Microsoft Certified Educator trenerlardan o‘rganing.
📚Interaktiv sessiyalar.
🧑🏼‍💻 Microsoft Educator Ustozlar hamjamiyati.


Vebinarning eng asosiy spikeri : Certiport Uzbekistan Direktori Mr Ghazanfer Muhammad Ali

⏳Vaqt: 20:30

🔔Bugunoq joyingizni band qiling va o‘qituvchilik karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing.

[Ro‘yxatdan O‘tish Havolasi]

Sizni vebinarda ko‘rishdan mamnunmiz!😇

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sho‘rchida 15-iyunda ta'tilga chiqqan o‘qituvchilarga hali ham ta'til puli to‘lab berilmadi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Bugungi kunda Sho‘rchi tumanidagi 72 ta umumta'lim maktabida
4 ming 492 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Tumanda joriy yilning 1-iyunidan, ya'ni 1-bosqichda ta'tilga chiqqan 3 ming 203 nafar pedagoglarning jami 16 mlrd 411 mln so‘m miqdordagi ta'til pullari to‘liq to‘lab berildi.

19-iyundan, ya'ni 2-bosqichda 748 nafar o‘qituvchilar ta'tilga chiqqan. Ularning 648 nafari uchun 3 mlrd 507 mln so‘m mablag‘ to'lab berildi. 2-bosqichda ta'tilga chiqqan 100 nafar pedagoglarning ta'til pullari to‘lab berilishida biroz kechikishlar kuzatildi.

Ushbu o‘qituvchilar uchun, shuningdek, 1-iyuldan, ya'ni 3-bosqichda ta'tilga chiqqan 641 nafar o‘qituvchilar uchun ham ta'til pullari 3-4-iyul kunlari to‘liq to‘lab berilishini ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun o‘qituvchilardan uzr so‘raymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Javohir Anvarov - xalqaro fan olimpiadasi sovrindori

▪️Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi

🥈Ushbu olimpiadada Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi

3-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o'quvchisi Javohir Anvarov ham munosib qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Infografika

☑️Asosiy va xalqaro fan olimpiadalarida surxondaryolik o‘quvchilarning erishgan natijalari raqamlarda

▪️2021-2022-o‘quv yilida
➖Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 48 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 1 nafar o‘quvchi respublika olimpiadasida g‘olib bo‘lgan.


▪️2022-2023-o‘quv yilida
➖Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 2 nafar o‘quvchi ushbu olimpiadada g‘olib bo‘lgan.


▪️2023-2024-o‘quv yilida
➖Xalqaro fan olimpiadasida - 3 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 2 nafari g‘olib bo‘ldi.
➖Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 7 nafari faxrli o‘rinlarni egalladi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🏅In'omjon Islomov - davlat mukofoti sovrindori

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng tegishli qaroriga muvofiq, Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi In'omjon Islomov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

☑️O‘quvchimizning bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari bilan videolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Бугун Ўзбекистон Республикаси Давлат герби қабул қилинганига 32 йил бўлди

📌 1992 йил 2 июль куни қабул қилинган “Ўзбекистон Республикси Давлат герби тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир.

☑️ Ўзбекистонда истиқомат қиладиган барча шахс давлатимиз гербини ҳурмат қилишлари шарт.

❗️Жиноят кодексига асосан, Ўзбекистон Республикаси ёки Қорақалпоғистон Республикасининг Давлат байроғи, Давлат герби ёхуд Давлат мадҳиясига ҳурматсизлик қилиш базавий ҳисоблаш миқдорининг 25 бараваригача миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Видеоинструкция электронного табеля для директоров школ

✅ Начиная с 2024-2025 учебного года, оценки успеваемости учащихся будут переведены в электронную форму.

В данной видеоинструкции представлен процесс формирования и загрузки электронного оценочного табеля ответственными лицами школы через систему электронного дневника (emaktab.uz).

Для получения дополнительной информации:

📞+998 (78) 888-82-82
📤 @ eMaktabuz_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Qadrli yoshlar!

Siz, azizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman!

Siz - Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi egalarisiz. Tomiringizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda.

Zimmangizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek sharafli vazifa yuklanar ekan, bu yo‘lda sizlarga omad, ulkan zafarlar, g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishini tilayman.

Vatanimizning gul-u lolalari bo‘lgan aziz yigit-qizlar! Iqbolingiz hamisha porloq bo‘lsin!


Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

28.06.2024 20:40

"Xayr, bog‘cha - salom, maktab"

#Termiz_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.

Unda Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni oʻzida bilimlarni oʻzlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshganligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod oʻquvchi oltin va kumush medallar bilan bitirganligi, “katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar oxirgi toʻrt yilda 2 karra koʻpayganligi qayd etildi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, oʻqitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi boʻlgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

💻 Firibgarlar tomonidan o‘zgalarning mablag‘lariga egalik qilish maqsadida go‘yoki tadbirkor Alisher Usmonovning "USM Invest" platformasi orqali sarmoya kiritib, tez fursat ichida mo‘may daromad olish mumkinligi mazmunida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz.

⚠️ Unutmang! Firibgarlarning maqsadi sizning mablag‘laringizni o‘zlashtirish va shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishdir.

#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari bugun Angor tumani hokimligida o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryoda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi

▪️Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyat yuritmoqda. 2024-2025-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga jami 17 ming 442 ta ariza kelib tushgan.

Bugun Termiz shahrida mazkur maktablarga kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi boshlandi.

☑️Bugungi imtihon jarayonlarida 5 ming 761 nafar 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

🔹Quyidagi havola orqali jarayonlarni jonli efirda tomosha qiling: http://test2024.uz

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Infografika

☑️Asosiy va xalqaro fan olimpiadalarida surxondaryolik o‘quvchilarning erishgan natijalari raqamlarda

▪️2021-2022-o‘quv yilida:
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 48 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 1 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2022-2023-o‘quv yilida:
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etgan va 2 nafari g‘olib bo‘lgan.

▪️2023-2024-o‘quv yilida:
➖ Xalqaro fan olimpiadasida - 3 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 2 nafari g‘olib bo‘ldi.
➖ Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida - 51 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va ularning 7 nafari faxrli o‘rinlarni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Huquqiy_savodxonlik

☑️Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda:

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;

➖ o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazishi;

➖ o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi;

➖ axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi
...


📖Batafsil👉O‘zbekiston Respublikasining "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonuni, 7-modda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Тунги шовқин учун жавобгарлик кучайтирилмоқда

Тунги вақтда — сутканинг соат 23:00 дан 06:00 гача бўлган вақт оралиғида, шунингдек дам олиш кунлари ва қонунчилик билан белгиланган ишланмайдиган байрам кунлари соат 22:00 дан 09:00 гача вақт оралиғида — фуқароларнинг осойишталиги ва нормал дам олишини бузганлик учун маъмурий жавобгарликни кучайтириш таклиф этилмоқда.

Бунга кўра, фуқароларга БҲМнинг 3 бараваридан 5 бараваригача (1,7 млн сўмгача), мансабдор шахсларга эса — 10 бараваридан 15 бараваригача (5,1 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлиши белгилаб қўйилмоқда.

Амалда мазкур ҳуқуқбузарликлар учун жарималар миқдори фуқароларга – 113 минг сўм, мансабдор шахсларга эса 113 минг сўмдан 226 минг сўмгача бўлган миқдорни ташкил этади.

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling!

Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🏕Yoz - oromgohlarda o‘tmoqda soz!

🏖Sherobod tumanidagi “BESHBULOQ” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohi goʼzal togʼli hududda joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sogʼlomlashtirish imkoniyatini beradi.

🏊‍♀️Ayni kunlarda ushbu maskanda o‘quvchilar ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#islohotlar_raqamlarda

✅ 2024-yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etildi.

Jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 44 ta (Nukus shahar - 6 ta, Nukus tumani - 1 ta, Amudaryo - 6 ta, Beruniy - 5 ta, Kegayli - 2 ta, Qonlikoʻl - 2 ta, Qoraoʻzak - 1 ta, Qoʻngʻirot - 5 ta, Taxtakoʻpir - 3 ta, Toʻrtkul - 2 ta, Xoʻjayli - 3 ta, Chimboy - 1 ta, Shumanay - 2 ta, Ellikqalʼa - 5 ta);

Andijon viloyatida — 78 ta (Andijon shahar – 4 ta, Andijon tumani – 6 ta, Asaka – 5 ta, Baliqchi – 3 ta, Buloqboshi – 4 ta, Boʻston – 1 ta, Jalaquduq – 2 ta, Izboskan – 12 ta, Marhamat – 9 ta, Oltinkoʻl – 11 ta, Paxtaobod - 5 ta, Xoʻjaobod – 3 ta, Shahrixon – 6 ta, Qoʻrgʻontepa – 7 ta);

➖ Buxoro viloyatida — 31 ta (Buxoro tumani - 4 ta, Olot - 2 ta, Vobkent - 4 ta, Gʻijduvon - 8 ta, Jondor - 3 ta, Qorakoʻl - 4 ta, Peshku - 2 ta, Romitan - 4 ta);

Jizzax viloyatida — 76 ta (Jizzax shahar - 1 ta, Arnasoy - 1 ta, Baxmal - 14 ta, Gʻallaorol - 14 ta, Sharof Rashidov - 12 ta, Zomin - 9 ta, Zarbdor - 9 ta, Zafarobod - 6 ta, Mirzachoʻl - 2 ta, Paxtakor - 2 ta, Yangiobod - 2 ta, Forish - 4 ta);

Qashqadaryo viloyatida — 21 ta (Qarshi shahar - 3 ta, Shahrisabz shahar - 1 ta, Dehqonobod - 1 ta, Yakkabogʻ - 2 ta, Nishon - 1 ta, Koson - 3 ta, Muborak - 1 ta, Koʻkdala - 3 ta, Mirishkor - 1 ta, Gʻuzor - 2 ta, Kitob - 3 ta);

Navoiy viloyatida — 37 ta (Navoiy shahar - 10 ta, Zarafshon shahar - 1 ta, Karmana - 3 ta, Konimex - 2 ta, Qiziltepa - 9 ta, Navbahor - 2 ta, Nurota - 4 ta, Xatirchi - 6 ta);

Namangan viloyatida — 206 ta (Namangan shahar – 2 ta, Namangan tumani – 12 ta, Davlatobod – 2 ta, Yangi Namangan – 7 ta, Mingbuloq – 4, Kosonsoy – 13 ta, Norin – 13 ta, Pop – 11 ta, Toʻraqoʻrgʻon – 36 ta, Uychi – 35 ta, Uchqoʻrgʻon – 11 ta, Chortoq – 11 ta, Chust – 23 ta, Yangiqoʻrgʻon – 26 ta);

Samarqand viloyatida — 141 ta (Samarqand shahar - 31 ta, Samarqand tumani – 8 ta, Kattaqoʻrgʻon tumani – 2 ta, Oqdaryo – 6 ta, Bulungʻur – 5 ta, Jomboy - 12 ta, Ishtixon - 19 ta, Qoʻshrаbot – 5 ta, Narpay - 1ta, Nurobod - 2 ta, Payariq - 14 ta, Pastdargʻom - 13 ta, Paxtachi – 8 ta, Toyloq – 6 ta, Urgut – 9 ta);

Sirdaryo viloyatida — 63 ta (Guliston shahar - 6 ta, Guliston tumani - 10 ta, Yangiyer shahar - 2 ta, Boyovut - 9 ta, Mirzaobod - 11 ta, Oqoltin - 4 ta, Sardoba - 6 ta, Sayxunobod - 6 ta, Sirdaryo - 3 ta, Xovos - 6 ta);

Surxondaryo viloyatida — 115 ta (Termiz shahar – 10 ta, Termiz tumani - 3 ta, Angor - 5 ta, Bandixon - 2 ta, Boysun - 6 ta, Denov - 21 ta, Jarqoʻrgʻon - 7 ta, Muzrabot - 3 ta, Oltinsoy - 2 ta, Sariosiyo - 11 ta, Uzun - 6 ta, Sherobod - 11 ta, Shoʻrchi - 8 ta, Qiziriq - 5 ta, Qumqoʻrgʻon - 15 ta);

Toshkent viloyatida — 132 ta (Angren shahar – 13 ta, Bekobod shahar – 2 ta, Olmaliq shahar – 2 ta, Nurafshon shahar – 3 ta, Chirchiq shahar – 1 ta, Yangiyoʻl shahar – 2 ta, Bekobod tumani – 18 ta, Ohangaron tumani – 4 ta, Toshkent tumani – 13 ta, Yangiyoʻl tumani – 6 ta, Boʻka – 4 ta, Boʻstonliq – 4 ta, Zangiota – 4 ta, Oqqoʻrgʻon – 7 ta, Qibray – 4 ta, Quyi Chirchiq – 5 ta, Parkent – 18 ta, Piskent – 3 ta, Oʻrta Chirchiq – 10 ta, Chinoz – 8 ta, Yuqori Chirchiq – 1 ta);

Fargʻona viloyatida — 189 ta (Fargʻona shahar - 4 ta, Qoʻqon shahar – 21 ta, Margʻilon shahar - 14 ta, Fargʻona tumani - 9 ta, Oʻzbekiston tumani - 11 ta, Bоgʻdod - 4 ta, Beshariq - 24 ta, Buvayda - 1 ta, Dangʻara – 11 ta, Yozyovon - 4 ta, Oltiariq - 10 ta, Qoʻshtepa - 10 ta, Rishton - 14 ta, Soʻx - 2 ta, Toshloq - 26 ta, Uchkoʻprik - 7 ta, Furqat - 7 ta, Quva - 10 ta);

Xorazm viloyatida — 22 ta (Urganch shahar - 1 ta, Xiva shahar - 1 ta, Urganch tumani - 2 ta, Bogʻot - 4 ta, Qoʻshkoʻpir - 2 ta, Hazorasp - 9 ta, Xonqa - 2 ta, Shovot - 1 ta).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 Elektron tabel yo‘riqnomasi

⚡️ MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN


✅ 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholar tabeli elektron shaklga o‘tkaziladi.

📹 Mazkur videoyo‘riqnomada elektron kundalik (emaktab.uz) tizimi orqali maktab mas’ullari tomonidan elektron baholar tabelini shakllantirish va yuklab olish jarayoni ko‘rsatilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

📞+998 (78) 888-82-82
📤@eMaktabuz_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Yoshlar_kuni

⚡️30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan viloyatimiz markazida tashkil etilgan marafonda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi faol ishtirok etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi

28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈3ta kumush, 🥉3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - 🥉 Bronza medal

⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -🥉 Bronza medal

⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - 🥉 Bronza medal

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Ёшлар куни арафасида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармон ва қарорига мувофиқ, мамлакатимиз ривожига муносиб ҳисса қўшаётган бир гуруҳ фаол ёшлар «Келажак бунёдкори» медали ҳамда «Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирланган эди.

Бугун Кўксаройда ана шу мукофотларни топшириш маросими бўлди.

В преддверии Дня молодежи согласно указу и постановлению Президента Республики Узбекистан группа активной молодежи, вносящая достойный вклад в развитие нашей страны, была награждена медалями «Келажак бунёдкори» и государственной премией «Мард ўғлон».

Сегодня в резиденции “Куксарой” состоялась церемония вручения этих наград.

#Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Fotoreportaj

⚡️Surxondaryolik o‘quvchilar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал