Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
#Malaka_sinovlari
🔰 Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
❇️ Shunga muvofiq, uzrli sabablarga koʻra, malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan viloyatimizdagi jami 1044 nafar pedagoglar 30-31-may kunlari Termiz shahridagi 26-maktabda bo‘lib o‘tadigan attestatsiya sinovlarida qatnashishmoqda. Jarayonlar amaldagi talablar va belgilangan tartib asosida bo‘lib o‘tmoqda. Sinovlarning ilk kunida 550 nafar pedagog ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#turon_maktab_teatri
#biz_tayyormiz
⚡️Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-umumta'lim maktabining "Jadidlar" jamoasi "Turon" maktab teatri tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishga tayyor!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#yozgi_ta'til
#kitob_bilan
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida Termiz shahridagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari ishtirokida davra suhbat tashkil etildi. Davra suhbatda O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” asari haqida atroflicha fikr yuritildi.
#Eco_school
⚡️Termiz shahridagi 11-umumta'lim maktabida o‘quvchilarning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshirish hamda ularda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida issiqxona barpo etilgan.
🌱Issiqxonaga ekiladigan pomidor, bodring va boshqa turli poliz ekinlaridan yiliga 3 martagacha hosil olinadi va o‘rtacha daromad
3-4 millionni tashkil etadi. Ayni kunlarda issiqxonada ekilgan bodringlarning hosili yig‘ib olinmoqda.
☑️Maktab direktorining aytishiga qaraganda, issiqxonadan olingan daromad ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun sarflanadi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
#infografika
❗️ PREZIDENT MAKTABLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA
➖➖➖
Eslatma, Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
⚡️Nemis tili fani o‘qituvchilari uchun ajoyib yangilik!
🔘Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nemis tili fani oʻqituvchilariga xalqaro sertifikat olishda koʻmaklashish maqsadida Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihonini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
☑️Shu munosabat bilan nemis tili fani o‘qituvchilaridan mazkur havola https://docs.google.com/forms/d/1CpmPiEC1SGU_uhGN1WrlO2xOJxnC8YQ-sABaH6xlBKM/edit orqali so‘rovnomada ishtirok etib, quyidagi +998936393535 telegram raqamiga o‘z ma'lumotlarini yuborishlarini so‘raymiz.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
RADDIYA
Ijtimoiy tarmoqlarda "Termizda maktab direktori 9 yashar bolani piva ichish va sigaret chekishga majburladimi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Termiz shahridagi 4-umumta'lim maktabi ma'muriyatining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur xabar mutlaqo asossiz bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Videotasvirdagi bola maktabning 3-sinf o‘quvchisi H.R. bo‘lib, ilgari ham bolaning yuqoridagi mazmunda bir qancha videomurojaatlari tarqalgan edi.
Maktab ma'muriyati hamda maktab direktorini obro‘sizlantirish va asossiz ma'lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq ushbu holat yuzasidan maktab ma'muriyati joriy yilning 23-may kuni Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan bo‘lib, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryoda eksternat tartibidagi imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
➖“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.
21.05.2024 20:40
ʼʼYashil chiroq 2024ʼʼ tanlovi tashkil etildi
#Termiz_shahri
Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube
⚡️Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
🔘Tugallanayotgan 2023-2024-o‘quv yilida Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablarining 9-sinfini 29 739 nafar,
11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchilar tamomlaydi.
⚡️Eslatma: 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili fani (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.
⚡️Surxondaryoda “BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi
🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi Termiz shahridagi 26-maktabda o‘tkazildi.
☑️Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a'zolari tomonidan:
➖etnografik folklor yo‘nalishidagi ashula va raqslar,
➖maqom va baxshichilik,
➖xalq laparlari ijro etildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету родной язык и литература.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/arXUylr_MeM?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.
➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❕❕❕
JURNALIST BO’LMOQCHIMISIZ❓❓❓
Bu orzuyungiz amalga oshishi uchun ajoyib imkoniyat❗️❗️❗️
1️⃣6️⃣yoshdan 2️⃣8️⃣yoshgacha bo’lgan yigit-qizlarni shu yilning 8️⃣➖iyun kuni 🕐soat 9️⃣🔤0️⃣0️⃣da Termiz shahrida joylashgan 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 binosida kutib qolamiz😊
3️⃣🔤🔤oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlarni olasiz. Agar iqtidoringiz bilan o'zingizni ko'rsata olsangiz 2️⃣➖🔤🔤🔤🔤🔤 📝🥰🥰😇🥰🥰😇😇📝 🥰🥰😇 da turli loyihalarni olib borish imkoniyatiga ega bo'lasiz🔥🔥
Murojaat uchun telefonlar:
☎️ +998997177198
☎️ +998762237018
Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube
#Live
✅ Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi
✅ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan:
— umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati;
— umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati alohida roʻyxat shaklida tasdiqlandi.
Shuningdek:
— taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtmagan test markazlarida, masofadan (uyda) nazoratsiz olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllamaslik;
— amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qoʻllash tartibi belgilandi.
🔹 Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan:
— italyan tili boʻyicha — Accademia Italiana di Lingua (AIL);
— arab tili boʻyicha — The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL);
— yapon tili boʻyicha — Japanese Language Proficiency Test (JLPT);
— koreys tili boʻyicha — Test of Proficiency in Korean (TOPIK I);
— turk tili boʻyicha — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydın TÖMER) sertifikatlari chiqarib tashlandi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1611
⚡️Bitiruvchilar uchun davlat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
🔹Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 11-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
✅11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
O‘zbek tili fanidan (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun, ta’lim muassasasi tanlovi asosida) — yozma va og‘zaki;
Chet tili fanidan — yozma/og‘zaki;
O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
(O‘quvchining tanlovi bo‘yicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda o‘tkaziladi.
#OAVda_biz_haqimizda
⚡️Termiz shahridagi “Аmudaryo” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohida 2024-yil yoz mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, bolalarni sogʼlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida hududiy seminar oʼtkazildi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚡️Viloyatimiz markazi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba oʼtkazilgan “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichiga mezbonlik qildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Jarqo‘rg‘ondagi maktabning 7 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
🔘Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilari Otabek Abdumo‘minov, Abduazim Nurqobilovlar Kanadaning Vest universitetiga 80 foiz grant asosida, shuningdek, Elbek Hasanov, Xudoyberdi Turdimurodovlar Italiyaning Siena Universitetiga 100 foiz grant asosida, Azizbek Xo‘jaqulov AQSHning “Kent State University” oliygohiga to‘liq grant asosida, Diyorbek Orifjonov Kanadaning "International Business University" oliygohiga hamda Boburbek Jumayev Xalqaro Vestministr universitetining Toshkent filialiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi.
☑️O‘quvchilarimiz, ularning o‘qituvchilari va ota-onalarini mazkur yutuq bilan qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda matematika fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 9 классов по предмету математика.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/qJzwmb6fUgY?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablarning o‘qituvchilari diagnostika testlaridan o‘tkazilmoqda
🔹Respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich joriy etilganidan xabardorsiz.
Оилангиз сиздан эътибор кутмоқда!
Оила аъзоларингиз билан овқатланиб ўтираркансиз, ёнингизда бўлмаган ким биландир тинимсиз SMS лашиб ўтирадиган бўлсангиз — бу муаммо...
Меҳмон келганида ёки бир жойга борганда телефонни столга (кўз тушиб турадиган бир жойга) қўйиб қўядиган бўлсангиз, ўзингиз англамаган ҳолда атрофингиздагиларга “Сиз мен учун аҳамиятли инсон эмассиз“ деган тушунча берасиз — бу ҳам муаммо...
Эрталаб кўзингизни очар-очмай аёлингиз (эрингиз), болаларингизга бир оғиз ширин сўз қотмай ёки бошқа бир иш қилмай туриб, телефонни қўлдан қўймасангиз...
Демак сиз қарамсиз!..
Ва бу бошқа қарамликлар сингари, сизни оилангиз ва яқинларингиз билан муносабатингизни бузулишига олиб келади, баҳоси йўқ вақтингизни, умрингизни ҳавога совуришга хизмат қилади.
Телефономания - асримиз касаллиги - ҳаётингиз устидан ҳукмронлик қилишига изн берманг.
Атрофга қаранг. Оилангиз сиздан эътибор кутмоқда!
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
⚡️Surxondaryodagi 2 ta maktabda 11-sinf bitiruvchilarining barchasi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
🔘Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabini joriy o‘quv yilida
41 nafar, Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 16 nafar
11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda. Quvonarlisi, ushbu bitiruvchilarning barchasi muddatidan oldin xorijiy hamda nodavlat oliygohlarning talabasi bo‘lishdi.
☑️Erishilgan ushbu quvonchli natija bilan o‘quvchilar va ularning ustozlari, shuningdek, maktablar jamoasini qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
“Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul davom etmoqda
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?
🔹Ta'lim dasturlari dunyo reytingida 30-o‘rinda turuvchi Myunxen texnika universiteti tomonidan Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan;
🔹50%, 70% yoki 100% grant asosida tahsil olish;
🔹Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoyning yuqori reytingda turuvchi oliygohlarida ish tajribasiga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan to‘liq ingliz tilidagi sifatli ta'lim;
🔹 xorijiy va yurtimizdagi nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
🔹rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish;
🔹eng bilimli va saralangan yoshlar qatorida bo‘lish.
👉 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2024
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Эълон
📣 Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.
Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.
❕Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:
➖ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
➖ chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
➖ rus tili o‘qituvchisi;
➖ davlat tili o‘qituvchilari;
➖ filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
➖tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.
✅Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ ariza;
➖diplom nusxasi;
➖ maktabdan yo‘llanma (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).
Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin: bshakhnoz99@gmail.com
➖ Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.
Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.
Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
📞 Bog'lanish uchun:
🔗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)
🔗 O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️“BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovining g‘oliblari aniqlandi
🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA o‘tkazilgan “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
☑️G‘olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi vakillari tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🔹Folklor san'ati bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Surxondaryo viloyati jamoasi "Surxon raqslarining mohir ijrochisi" nomenatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live
⚡️Surxondaryoda "Bolalar folklori" respublika tanlovi davom etmoqda
🔘Ayni damda Termiz shahridagi 26-maktabda tanlov jarayonlari davom etmoqda.
☑️Jamoalarning etnografik folklor yo‘nalishdagi ashula va raqslari yig‘ilganlarni xushnud etmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live
Surxondaryoda “BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi boshlandi
🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi Termiz shahridagi 26-maktabda o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a'zolari tomonidan:
➖etnografik folklor yo‘nalishidagi ashula va raqslar,
➖maqom va baxshichilik,
➖xalq laparlari ijro etiladi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🗣Surxondaryolik maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi pedagoglar uchun ajoyib yangilik!
📌Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda "Surxon sanoat" qurilish kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
1️⃣Endilikda siz Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumanidagi Movaro uylaridan xarid qilsangiz, sizga 30 million so'm subsidiya ajratiladi.
2️⃣Shunda ham boshlang'ich to'lovingizga pulingiz yetmayapdimi? Unda sizga 40 million so'mgacha 1 yilga foizsiz qarz kelishilgan holda beriladi.
3️⃣Bu hali hammasi emas, uyning kredit foiz to'lovlari uchun sizga yana 30 million so'm taqdim etiladi.
4️⃣Movaro mebellaridan xarid qilsangiz, 50% lik chegirma ham mavjud.
5️⃣Qolaversa, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi Movaro uylarini boshlang‘ich to‘lovlarsiz xarid qilishingiz mumkin.
📌Pedagoglarga mazkur imtiyoz viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyasiga asosan beriladi.
☎️Batafsil ma'lumot uchun: +998 91 906 31 01
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#tanlov
#Surxondaryo_direktorlar_kengashi
Surxondaryo viloyatidagi vakant direktorlik lavozimlariga talabgorlar uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi.