surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryo viloyatida maktab oʼquvchilari oʼrtasida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichlari boʼlib oʼtdi

🔘Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali hamda tuman (shahar) hokimliklari hamkorligida viloyatdagi 955 ta umumtaʼlim maktablarining 9-,10- va 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichi oʼtkazildi.

▪️Tanlov yakunlari boʼyicha eng yaxshi insho mualliflari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar hamda tanlovning viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar.

☑️Tanlovning yakuniy viloyat bosqichi yaqin kunlarda oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

"Zamin education" loyihasi doirasida xalqaro ekspert tomonidan gibrid shaklda seminar o‘tkazildi. Unda zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor o‘quvchilarning bo‘lajak kasbini tanlashiga qaratildi. Seminar qatnashchilari gumanitar va tabiiy fanlar, kompyuter texnologiyalari, menejment kabi turli faoliyat turlari va professional kompetensiyalarni muhokama qildilar. Ekspert o‘quvchilarga ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini zamonaviy mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirgan holda ongli ravishda kasb tanlash to‘g‘risida so‘zlab berdi.

В рамках проекта Zamin education международный эксперт провёл семинар в гибридном формате, в котором приняли участие школьники старших классов специализированных школ-интернатов для детей с нарушением слуха и специализированной школы информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми.

Основной акцент был сделан на самоопределении учащихся при выборе будущей профессии. Участники семинара обсуждали различные виды деятельности и профессиональные компетенции, такие как гуманитарные и естественные науки, компьютерные технологии, менеджмент и другие. Эксперт рассказал учащимся, как сделать осознанный выбор, совместив их интересы и способности с современными требования рынка труда.

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🗣Hurmatli ota-onalar!

🔘Xabaringiz bor, 2022-2023-o'quv yili yakunlangandan so'ng viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta'mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan 11 mlrd 195 million so'm mablag' ajratildi va maktablar joriy ta'mirlandi.

➖2023-2024-o'quv yili yakunida ham maktablar ta'miri uchun viloyat hokimligi tomonidan mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan. Ayni kunlarda ta'mirga muhtoj maktablar va ta'lim muassasalariga zarur qurilish mahsulotlarini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

✔️Shunday ekan, hurmatli ota-onalardan maktab ma'muriyati tomonidan turli sabablar bilan pul yig'imlari amalga oshirilayotganligidan xabardor bo'lishsa, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishonch telefoni (
+99876-227-35-45) hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali boshqarma mas'ullariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilgi yoz mavsumi davomida vazirlik tizimidagi 32 ta, jumladan:

➖Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi — 3 ta;

➖Jizzax viloyatidagi — 1 ta;

➖Samarqand viloyatidagi — 2 ta;

➖Fargʻona viloyatidagi — 2 ta;

➖Toshkent viloyatidagi — 5 ta;

➖Xorazm viloyatidagi — 19 ta oromgohga umumiy hisobda 9 ming nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

👉 Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda respublika miqyosida 192 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi.

❗️ Shuningdek, oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun joylardagi taʼlim muassasalarida 1 105 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari (bepul) tashkil etiladi va ularga 174 297 nafar bola jalb etiladi. Bu maydonchalarda sport, sanʼat va IT yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda bolalarga moʻljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyishi tashkil etiladi.

✔️ Bolalar oʻrtasida kitobxonlikni keng joriy etish maqsadida oromgohlarga 110 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va “kitob.uz” platformasidan elektron va audio adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

👉 Yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida qisqa muddatli “Ijodkorlar oromgohi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🗣Brifing: joriy o‘quv yilida Surxondaryodagi 983 ta maktabni 81 ming 71 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari tamomlaydi

▪️2023-2024-o‘quv yilida viloyatdagi 983 ta maktab, jumladan, 961 ta umumta'lim maktabi, 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 4 ta nodavlat maktabni 47 ming 982 nafar 9-sinf, 33 ming 89 nafar 11-sinf o‘quvchilari yakunlaydi.

☑️11-sinf bitiruvchilarining 590 nafariga oltin, 129 nafariga kumush medallari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Спорт зали ёки ўйингоҳи бўлмаган мактаб ўқувчилари вилоятда энг зўр футболчилардан бири деб эьтироф этилмоқда.

Сариосиё туманидаги 80-сонли умумий ўрта таьлим мактабининг 8-11 - синф ўқувчилари вилоят миқёсида ўтказилган футбол мусобақасида туманлардан келган рақиблар билан муросасиз баҳс ўтказиб, фахрли 3-ўринни қўлга киритишди.

Ажабланарлиси, 80-мактабнинг куз - қиш мавсуми учун спорт зали ва ёзги футбол ўйингоҳи йўқ!

Сўз келганда айтиш лозимки, Сариосиёнинг энг маҳоратли футбол жамоаларини мағлуб этган ушбу жамоа барчага ўз устида ишлаш қандай бўлишини кўрсатиб қўйди.

Шу сабабли, "Менда спорт зал йўқ, менда стадион йўқ" деб додлайдиган айрим юртдошларимиз билишини хоҳлардик, мақсад имкониятга қараб белгиланмайди! Чўққини кўзласангиз, ҳеч бўлмаганда ярми сизники бўлади.

/channel/sariosiyo_yangiliklari1

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryoda bir maktabning 4 nafar o‘qituvchisi vazir jamg‘armasidan ustama oladi

🔘Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Sharofat Berdiyeva, oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Saidjon Jabborov, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi Davron Yusupov hamda oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Ahadbek Umirovlar 2023-2024-o’quv yilida “Vazir jamg’armasi” ustamasi sovrindori bo’lishdi.

🔹Ma'lumot uchun ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
5,5 baravari
miqdorida ustama to‘lanadi.


☑️Bilimli va mahoratli ushbu ustozlarimizga kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Fotoreportaj

⚡️Jarqo'rgon tumanidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Taʼlim muassasalari zamon talabiga mos boʻlishi kerak

🔘
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev va boshqa mas'ullar bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati, oʻquv binolari holati bilan yaqindan tanishdi.

▪️O'rganish jarayonida boshqarma boshlig'i tomonidan ta'lim muassasalarida ta'mirlash  jarayonlarini jadallashtirish, o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun yetarli sharoitlarni yaratish bo'yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Milliy_reyting

⚡️Joriy yilning 20-21-may kunlari respublikamizning barcha hududlarida tanlab olingan umumta’lim muassasalarida Milliy reyting baholash tizimi sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔘Xuddi shunday bugun viloyatimizning barcha hududlaridan tanlab olingan 93 ta maktab mazkur baholash reyting tizimi sinovlarida ishtirok etmoqda. Sinovlar matematika, fizika va ingliz tili fanlari doirasida o‘tkazilmoqda.

☑️Mazkur reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni barataraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Tabriklaymiz

🏆Denov tumanidagi 24-umumta'lim maktabi o‘quvchilaridan tarkib topgan "Janub qalqonlari" jamoasi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🎉Ushbu yutuq bilan maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqarma jamoasi nomidan tabriklaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️15-aprel-18-may holatiga ko‘ra, surxondaryolik 14 ming 115 nafar o‘qituvchi attestatsiyada qatnashdi

🔹Viloyat markazidagi 26-umumta'lim maktabida maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagoglari uchun attestatsiya jarayonlari davom etmoqda.

✔️Attestatsiyada ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo'lib, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Jarqo‘rg‘on tumanidagi 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr, bog‘cham" tadbiri o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️ Surxondaryolik bitiruvchi yoshlar diqqatiga

Siz aziz yoshlarimiz bilan uchrashish maqsadida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov vohamizga tashrif buyurmoqda.

Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini beradi.

📍 Manzil: Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosi.

📆 Boshlanish vaqti: 2024-yil 20-may kuni, soat 10:00.

❗️Eng yaxshilardan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Ta'lim tizimidagi islohotlar samarasi

🔹Boysun tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabi faoliyati.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryolik oʻquvchilar diqqatiga!!!

🏆 #Bugun 23-may payshanba kuni soat 15:00 dan boshlab “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan “Oʻquvchilar ligasi” musobaqasining bahorgi mavsum 8-tur oʻyini oʻtkaziladi.

Ligada viloyatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari hamda texnikum (kollej) jamoalari ishtirok etishlari mumkin.


🔔 Viloyatimizdagi oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oʻyinlar sinxron ravishda barcha tuman(shahar)larda boʻlib oʻtadi va quyidagi oʻzingizga yaqin hududdagi masʼul shaxslar bilan bogʻlanib turnirda ishtirok etishingiz mumkin:

📍Termiz shahri, Yoshlar markazi
📞Maʼsul: @Iskandar023

📍Angor tumani 1-maktab
📞Masʼul: Shohista Madiyeva

📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: @XudoyberdiyevUktam

📍Boysun tumani 13-maktab
📞Masʼul: @Safarov_Shuhrat

📍Boysun tumani 30-maktab
📞Masʼul: Poʻlat Eshqobilov

📍Boysun tumani 35-maktab
📞Masʼul: @Azamat_Murtazoyev

📍Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📞Masul: @Sher_Buronov

📍Denov tumani 27-maktab
📞Masul: @OybekUrunov1990

📍Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: @Nurqobil

📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: @Nuriddin_Abduraximov

📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: Dilmurod Xoʻjaqulov

📍Oltinsoy tumani 12-maktab
📞Masʼul: @AnvarMengnorov1965

📍Qumqoʻrgʻon tumani 82-maktab
📞Masʼul: Mehriddin Xudoyorov

📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: @Behruzbek_Usanov

📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📞Masʼul: @Abdulohzoda

📍Uzun tumani 12-maktab
📞Masʼul: @Muyassar_Suvonova

📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: @Rauf_Hamrayev

📍Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📞Masʼul: Akmal Nazirov

📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega


Uzun tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar.

👌@UzunYangiliklari

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️O'quvchilar ham bilim, ham kasb-hunar egasi bo‘lishmoqda

🔹Termiz shahridagi 7-umumta'lim maktabida o‘quvchilarni bolalikdan ma'lum kasbga yo‘naltirish, ularga hunar va til o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI
EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Fotoreportaj

⚡️Termiz shahridagi 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Эълон
#School_champions

📣 Umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyadagi Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish yetakchilarini (School Champions) saralash tanlovi e'lon qilinadi.

Agar Siz:

➖ umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berayotgan bo'lsangiz,
➖uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yangi modelini o’z maktabingizga tatbiq etmoqchi bo’lsangiz — unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Loyihada qatnashish istagida bo’lgan ingliz tili o'qituvchilari quyidagi havola orqali ariza to'ldirishlari mumkin.

❗️
Arizalar joriy yilning 20-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔔Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi

🔹Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔘Unda asosan, maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalarga asosan tashkil etish, turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

☑️Shuningdek, ijro intizomi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi va shu kabi yig‘ilish kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishli tartibda muhokama etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Termiz tumanidagi 14-umumta’lim maktabida "Gullar va qushlar" bayrami o‘tkazildi

🔹Unda o‘quvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar hamda turli ko‘rgazmalar namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Taniqli tadbirkor surxondaryolik maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi

🔘Termiz shahridagi yoshlar markazida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov ishtirokida vohamizdagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 Joriy yilning 21-22-may kunlari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi

✅ Avval xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan edi.

➖ Unga koʻra, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.

✔️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-22-may kunlari mazkur stajyor-oʻqituvchilar ishtirokida test sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

➖Ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

❗️ 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🚦"Yashil chiroq" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

🔰Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida "Yashil chiroq" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, belgilangan shartlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.

☑️Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇1-o‘rin - Sherobod tumani 67-maktab
🥈2-o‘rin - Denov tumani 15-maktab
🥉3-o‘rin - Angor tumani 14-maktab jamoalariga nasib etdi.


🏆Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

👩‍🏫Surxondaryo maktablaridagi 126 nafar o‘quvchi muddatidan avval talaba bo'ldi

🔘Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamkorligida umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida matematika, ingliz tili, rus tili, o'zbek tili, tarix, biologiya va kimyo, shuningdek, informatika fanlaridan o'tkazilgan fan olimpiadalarining g'oliblari aniqlandi.

☑️Natijalarga ko'ra, viloyat bosqichida 7 ta fandan 1-2-3-o'rinni qo'lga kiritgan 21 nafar o'quvchi muddatidan ilgari oliygohga grant asosida o'qishga qabul qilingan bo'lsa, shahar va tuman bosqichlarida 7 ta fandan 1-o'rinni qo'lga kiritgan jami 105 nafar o'quvchi universitetda yarim grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

📃Viloyat bosqichi natijalari👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️“Men davlat xizmatchisi bo‘laman” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi

🔘Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filialining qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men davlat xizmatchisi bo‘laman” mavzusidagi insholar tanlovining tuman, shahar bosqichlari o‘tkazildi.

Tanlovning maqsadi – yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi, qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish, ular qalbida yot g'oya ta'sirlariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishdan iborat.


📸Fotosuratlarda Angor, Denov tumanlari hamda Termiz shahridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

🔘Termiz iqtisodiyot va servis universitetida umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan fan olimpiadasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🔹Marosimda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

🔸Tadbir davomida dastlab, tuman bosqichi gʻoliblariga universitetda yarim grant asosida tahsil olish uchun sertifikatlar topshirildi.

☑️Viloyat bosqichida ishtirok etib, 1-,2-,3-oʻrinni egallagan oʻquvchilarga diplom hamda 10 million, 7 million, 5 million soʻmlik vaucherlar taqdim qilindi. Uchala oʻrin sohiblari ham universitetda 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilinadigan boʻldi.


▪️Shuningdek, gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning oʻqituvchilari hamda maktab direktorlari ham munosib taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryoda 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktabni aniqlang!

🗣Ovoz berish jarayonlari 24-may soat 23:59 gacha davom etadi.

🎖Natijalar 25-may kuni e'lon qilinadi.

🏆G‘olib maktabga viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining maxsus sovg‘asi topshiriladi.

❕Umumta'lim maktablari tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari tavsiyasiga asosan tanlab olindi.

Читать полностью…
Подписаться на канал