Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
▪️Maktablarda mahalla "yettiligi" bilan keng hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda
➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida Sherobod tumanidagi 38-sonli umumta'lim maktabida yig'ilish o'tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, mahalla vakillari, maktab jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
➖Yig'ilishda o'qituvchilar bilan muloqot qilinib, ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, maktab-mahalla-oila hamkorligini keng yo'lga qo'yish, o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi amaliy ishlar yuzasidan so'z yuritildi va bu bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
➖Shuningdek, maktabda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
➖Yig'ilish davomida Qarshiyev O'ktam Payg'amovich Sherobod tumanidagi 38-maktab direktori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O'ktam Qarshiyev Sherobod tumanidagi 6-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan maktab-internati direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
#Sherobod #38maktab
#manaviymarifiyishlar #tayinlov
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Uzun tumaniga tashrif buyurdi.
➖Tashrif davomida dastlab tumandagi 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladigan
6-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishildi.
➖Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori ijrosi boʻyicha Respublika byudjeti hisobidan kompyuter toʻplamlari berilgan 5-9-12-sonli umumta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.
➖O'rganish davomida mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.
#Uzun #yangioquvyili
#yangibaholash #kompyuter
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
➖Tashrif davomida dastlab maktabning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyundagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.
➖Qolaversa, Muhriddin Normurodov manzilda maktab formasi boʼyicha tashkil etilgan koʼrgazma-yarmarkalarda ham qatnashib, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.
#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🏅Muzaffarbek To‘raboyev Olimpiya o‘yinlari sovrindori
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo'yicha -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvili ustidan g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Muzaffarbek Parij Olimpiyadasida mamlakatimiz hisobiga ikkinchi medalni yozib qo‘ydi.
Sportchimiz erishgan natija bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
▪️Apparat yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
➖Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishida qator masalalar ko‘rib chiqildi.
➖Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, ta'lim-tarbiya sifatini hamda pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
➖Qolaversa, ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilish, berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.
➖Kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishli tartibda muhoma qilinib, mas'ullarga qator vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
#apparatyigilishi #muhokama #topshiriqlar
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Angor tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
➖Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumaniga tashrifi davomida bugun umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.
➖Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-mart kuni viloyatimizga tashrifida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Angor tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabiga 280 oʼrinli, 44-sonli umumtaʼlim maktabiga esa 180 oʼrinli oʼquv binosi qurib berilmoqda.
➖Boshqarma boshlig‘i ushbu maktablarda bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan, mas'ullarga sifatga alohida e'tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
➖Ma'lumot uchun, bugungi kunda Angor tumanida jami 47 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, 385 million so‘m mablag‘ evaziga ushbu maktablarning barchasi joriy ta'mirdan chiqarildi.
#Angor #yangioquvyili #tayyorgarlik
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Surxondaryodagi ta'lim tashkilotlari yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
▪️Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun haftalik ish rejasiga muvofiq yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.
➖Tashrif davomida Qumqo‘rg‘on tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.
☑️Viloyat rahbari maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi bilan suhbatlashib, tarbiyalanuvchilarga turli sovg‘alar topshirdi.
#hududlargatashrif #oilaviybogcha
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Surxondaryo maktablariga yangi o‘quv yilida 63 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi
➖Shu kunlarda mamlakatimizda 2024-2025-oʼquv yili uchun umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda.
➖Viloyatimizda ham yangi oʼquv yilida 1-sinfga jami 63 945 nafar oʼquvchilar qabul qilinishi rejalashtirilgan boʼlib, shu kungacha 53 600 nafar oʼgʼil-qizlar maktablarga qabul qilindi.
#OAVdabizhaqimizda
#qabul #1sinf #yangioquvyili
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Hududlarga tashrif: Qumqo‘rg‘ondagi ta'lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
➖Tashrif davomida hududdagi 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 19-umumta'lim maktabi, shuningdek, qator davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishildi.
☑️O‘rganish davomida asosan, ta'lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi va mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab direktori dastidan mehnat ta'tilida ham tinchlik yo'q" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Mazkur xabar yuzasidan manzilda ishchi guruh tomonidan o'rganish olib borilganda, sinfxonalar homiylik asosida taʼmirlangani, maktabning kuzatuv kameralari nazorat qilinganida esa o'qituvchilar taʼtil davrida maktabga chaqirilmaganligi ma'lum bo'ldi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda maktab to'liq yangi o'quv yiliga tayyor.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️"Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog'liq masalalar ijrosini o'rganish maqsadida Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida yig'ilish o'tkazildi.
▪️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi G'.Sodiqov, boshqarma xodimlari va ZOOM platformasi orqali tuman, shahar MMTB vakillari, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, maktablarning kadrlar bo'yicha menejerlari ishtirok etishdi.
☑️Yig'ilish davomida "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonun mazmun-mohiyati, qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori 3-band, "b" kichik bandida belgilangan vazifalar yuzasidan so'z yuritildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Maroqli yozgi ta'til: o‘quvchilar mini futbol musobaqasida qatnashdi
▪️Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan tumandagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining 1-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yoz - o‘tmoqda soz" shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.
➖Hududdagi 11-umumta'lim maktabi sport maydonida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in kechdi.
☑️Natijalar quyidagicha:
🥇1-o‘rin - 15-maktab jamoasi;
🥈2-o‘rin - 20-IDUM jamoasi;
🥉3-o‘rin - 11-maktab jamoasiga nasib etdi.
Kuni kecha “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida qatnashdim.
Ishtirokchilarning yuz-koʻzidagi ishonch, oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatini koʻrib, rosti mening ham quvonchim ortdi.
Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachi 6 ta nominatsiya doirasida bellashdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Barcha gʻolib tarbiyachi ustozlarimizni samimiy tabriklab qolaman.
#Õzbekiston_tarixi
#21_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda o‘rta asrlarda Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
▪️Hududlarda maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi
➖Bugun viloyatimizning barcha hududlarida maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi.
➖Unda maktab o'quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqamasi, hududiy bo'limlar hamda maktablar ma'muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi.
➖Ota-onalar bilan bo'lgan muloqot davomida o'quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha so'z yuritildi.
➖Ma'lumot uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʼz ichki Nizomlari qabul qilingan. Unga ko'ra:
Oʼgʼil bolalar uchun:
-toʼq rangli shim, och rangdagi koʼylak, toʼq rangdagi kostyum, galstuk;
-kiyimlar toza va dazmollangan boʼlishi kerak.
Qiz bolalar uchun:
-tizzadan yuqori boʼlmagan toʼq rangdagi yubka va och rangdagi kofta, toʼq rangdagi kostyum;
-kiyimlar bejirim, oʼta tor yoki keng boʼlmagan, ortiqcha bezaklardan holi va rang-barang boʼlmagan, toza hamda dazmollangan boʼlishi lozim.
Sochlar ikki yoki bitta qilib turmaklangan, pardoz-andozlardan holi va taqinchoqlar me'yoridan oshmasligi kerak (faqat ixcham zirakka ruxsat etiladi). Kiyimlar chang-gʼuborni oʼziga tortmaydigan va tabiiy matodan tikilgan boʼlishi lozim.
➖Jarqo'rgon tumaniga tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov 15-36-65-umumta'lim maktablari hamda 20-IDUMda ham o'rganish ishlarini olib borildi.
➖Ushbu ta'lim muassasalarida asosan, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi. Joriy ta'mirlash yakuni, sinfxonalarning holati, maktabda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.
➖Shuningdek, maktab hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarining namunaviy talablar asosida bezatilganligi ham o'rganilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabda odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Termiz shahridagi maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati o'rganildi
➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi umumta'lim maktablarida yangi o'quv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
➖Jumladan, shahardagi 22-23-sonli maktablardagi o'rganish ishlari davomida maktabning obodligi, sinfxonalar, moddiy-texnika bazasining holati, joriy ta'mirlash ishlari yakuni bilan tanishildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
➖Ma'lumot uchun Termiz shahrida bugungi kunda 26 ta umumta'lim maktablari mavjud bo'lib, yangi o'quv yili oldidan ushbu maktablarning 25 tasida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.
#yangioquvyili #tayyorgarlik
#Termizshahri
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevning bir kunlik ish faoliyati
➖Boshqarma boshlig‘i o‘zi ta'lim olgan maktab pedagoglari bilan uchrashdi.
➖Angor tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.
➖Apparat yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Rasmiy bayonot: xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi muddati uzaytirildi
➖Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan 2025-2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda.
➖Mazkur holatni inobatga olib, 2024-2025-o‘quv yili oldidan В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan, maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.
➖Tegishli darajaga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilaridan belgilangan sertifikatlar 2024-2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi so‘raladi.
#Rasmiybayonot
#xalqarosertifikat #B2
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Boshqarma boshlig‘i o‘zi ta'lim olgan maktab pedagoglari bilan uchrashdi
➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumanidagi o‘zi tahsil olgan 13-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi. Manzilda maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
➖Unda ta'lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash maqsadida pedagoglarning taklif va tashabbuslariga quloq tutildi.
➖Boshqarma boshlig‘i o‘qituvchilardan kelib tushgan har bir taklifni qo‘llab-quvvatladi. Yangi o‘quv yiliga qadar maktab uchun autsorsing usulida oshxona qurilishi, elektron doskalar yetkazib berilishi ko‘zda tutildi.
➖Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 13-maktabning "Xamkon" mahallasidagi filiali uchun qad rostlayotgan 96 o‘rinli o‘quv binosining qurilish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishdi.
#Angor #13maktab #uchrashuv
#moddiytexnikbaza
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⭕️⭕️⭕️❗️
📣 Hurmatli ota-onalar!
✅ Ushbu videoyo'riqnomada mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.
❗️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining 1-sinf bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari joylardan bolalar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.
☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⭕️⭕️⭕️❗️
📣Hurmatli ota-onalar!
1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1-avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi
✅ Avval xabar berilganidek, my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun bo’sh o’rinlar bo’yicha ariza topshirishingiz mumkin.
➖Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
👉 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
——-
Уважаемые родители!
Прием заявок в 1-ый классы школ, расположенных вне микроучастка начинается завтра — 1 августа с 11:00.
Как мы сообщали ранее, через платформу my.maktab.uz вы можете подать заявку в школы со свободными местами, расположенные за пределами микроучастка.
☝️После принятия заявлений в порядке их подачи и в соответствии с установленным графиком приема, процесс приема будет автоматически приостановлен.
После того, как ребенок зачисляется в школу за пределами микроучастка, его ранее поданное заявление в школу в районе микроучастка автоматически передается в основную школу.
Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону ☎️71 203-07-04.
▪️"Milliy qadriyatlar" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
➖Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida "Hunarmandchilik va qo‘l mehnati" yo‘nalishi bo‘yicha "Milliy qadriyatlar" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➖Unda hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Yog'och o'ymakorligi" va "Kulolchilik" to‘garagi a‘zolari ishtirok etishdi.
☑️Yakuniy natijalarga ko'ra:
"Yog'och o'ymakorligi" yo'nalishida:
🥇1-o'rin - Muzrabot tumani vakili Adham Vohidov
🥈2-o'rin - Jarqo'rg'on tumani vakili Asomiddin Ro'ziyev
🥉3-o'rin - Oltinsoy tumani vakili Og‘abek Xolmurodov
"Kulolchilik" yo'nalishida:
🥇1-o'rin - Qiziriq tumani vakili Xurshida Boboyeva
🥈2-o'rin - Sho'rchi tumani vakili Akbar Sattorov
🥉3-o'rin - Muzrabot tumani vakili Farrux Bakirovlarga nasib etdi.
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
📣 Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan JONLI MULOQOT boshlandi.
❕Unda vazirlik boshqarma boshligʻi Sardor Rahimboyev hamda masʼul xodimi Hasan Ubaydullayev mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
Axborot 24 | Jarqo‘rg‘on tumanida ikkita bog‘cha foydalanishga topshirildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari
🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Ijod_natija_2024_bot
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_da_biz_haqimizda
📰"Bolalar sporti" gazetasining navbatdagi sonida Termiz shahridagi 14-sonli hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga doir maqolalar chop etildi.
⚡️Ilk marta surxondaryolik tarbiyachi Respublika tanlovi g'olibi bo'ldi
▪️"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2024" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida Sherobod tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Rayhon Pardayeva munosib ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi ijodkor ixtirochi tarbiyachisi” nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni egalladi.
➖Ushbu tanlov tashkil etilganidan buyon ilk bora Surxondaryo viloyati vakilasi g'oliblikni qo'lga kiritganligi bilan mazkur yutuq viloyat ta'limi uchun ahamiyatli bo'ldi.