surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🎁Bugun tug‘ilgan kun.

🔹Uzun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Abdushukurov Muzaffar Bo‘ronovich 1980-yil 27-iyulda Uzun tumanida tug‘ilgan.

☑️2005-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – Filolog.

🔸M.Abdushukurov mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Muzaffar Bo‘ronovich!

🎂Bugungi quvonchli kuningiz bilan Sizni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hamda boshqarma jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ishingizga hamisha muvaffaqiyat, omad yor bo'lsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Xalqaro_hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#No_comment

✅ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi jarayonlari.

Eslatib o’tamiz, ushbu bosqichda hududiy sinovlarda eng yaxshi natija qayd etgan 82 nafar ishtirokchilar kuch sinashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/uz/posts/noananaviy-va-ilgor_619601

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Jarqo‘rg‘onda yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi

▪️Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Qo‘shtepa" mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan 45-sonli, "Porloq yulduz" mahallasida esa 150 o‘rinli 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari yangidan bunyod etildi.

Zamonaviy tipda qurilib, jihozlangan mazkur bog‘chalar bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov, tuman hokimi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

☑️Tadbir davomida maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi va nuroniylar ertamiz egalariga ushbu tashkilotlar uzoq yillar samarali xizmat qilishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatmoqda.

Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaning kuni kecha Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani fikrimning yaqqol dalilidir.

Dunyoning 62 davlatidan kelgan 100 dan ortiq eng bilimdon yoshlar orasida peshqadam bo‘lish katta sharaf, albatta. Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onalarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik.

Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Bitta qiz bolani oʼqitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz”. Niyatimiz – Rayyona kabi iqtidorli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin.

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Jarqo‘rg‘onda yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi

▪️Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Qo‘shtepa" mahallasida 2 milliard 31 million 579 ming so‘m evaziga 90 o‘ringa mo‘ljallangan 45-sonli, "Porloq yulduz" mahallasida esa 4 milliard 327 million so‘m sarflanib, 150 o‘rinli 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari yangidan bunyod etildi.

Zamonaviy tipda qurilib, jihozlangan mazkur bog‘chalar bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov, tuman hokimi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

☑️Tadbir davomida maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi va nuroniylar ertamiz egalariga ushbu tashkilotlar uzoq yillar samarali xizmat qilishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Xalqaro_olimpiada

Xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Eslatib o'tamiz: terma jamoamiz aʼzolari 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA!

✅Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⚡️Bugun Surxondaryo viloyat Termiz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha bo’lib o’tdi:

➡️“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at);
➡️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
➡️“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
➡️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
➡️“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
➡️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
➡️“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

✨ Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi
.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA!

✅Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⚡️Bugun Surxondaryo viloyat Sariosiyo tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha bo’lib o’tdi:

🌀“Madaniyat va san’at”—yo‘nalishi ( Tasviriy san'at);
🌀“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”—yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
🌀“Jismoniy tarbiya va sport”—yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
🌀“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”—yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
🌀“Turizm va ekologiya”—yo‘nalishi (Karving);
🌀“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov”—yo‘nalishi (Mental arifmetika);
🌀“Xorijiy tillar”—yo‘nalishi (Ingliz tili);

✨Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi Xusniddin Mamadiyev maktablarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarining borish holatini oʻrganish maqsadida Shoʻrchi tumanida boʻldi. Ma’lumot oʻrnida aytish lozimki, hozirgi kunda Shoʻrchi tumanida 72 ta umumta’lim maktablari boʻlib, ularni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 960 million soʻm mablag’ yoʻnaltirildi.

X.Mamadiyev tumanning “Gʻarmaqoʻrgʻon” mahallasi hududida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida boʻlib, ta’lim muassasasida olib borilgan ta’mirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu maktab 1968-yilda qurilgan boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan. Ammo hozir maktab quvvati pasayib, oʻquvchilar soni ortgan. Shu tufayli maktabda yangi bino qurish va oʻquvchi oʻrinlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Hududlarda maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketti.

Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
Rahimov Daler Rahmonovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi;
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi;
Baxodirov Axror Mardonbekovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  11-sinf o'quvchisi;
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Toshkent shahar, Olmazor tumani,  ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi.

Eslatib o'tamiz o'tgan yili 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 🇺🇿o‘zbekistonlik o‘quvchilar  🥇2️⃣ ta oltin,   🥈1️⃣ta kumush, 🥉1️⃣ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI DENOV TUMANIDA.

🔈Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⚡️Surxondaryo viloyat Denov tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha bo’lib o’tdi:

✔️“Madaniyat va san’at”—yo‘nalishi (Tasviriy san'at);

✔️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”— yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik)

✔️“Jismoniy tarbiya va sport”—yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);

✔️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”yo‘nalishi (Yog'och o'ymakorligi)

✔️“Turizm va ekologiya”—yo‘nalishi (Karving)

✔️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov”—yo‘nalishi (Mental arifmetika)

✔️“Xorijiy tillar”—yo‘nalishi (Ingliz tili)

Festival gʻoliblari Denov tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi ma'muriyati tomonidan diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SURXONDARYODA!

🔈Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Bandixon tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha bo’lib o’tdi:

✔️“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at);

✔️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);

✔️“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);

✔️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);

✔️“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);

✔️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);

✔️“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryo 1 yilda 14-o'rindan 10-o'ringa ko'tarildi.

✅Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari bo'yicha o'rtacha ballari e’lon qilindi.

‼️Natijalarga ko'ra viloyatimiz o'rtacha 64,7 ball bilan 10-o'ringa ko'tarildi.⬆️ 2022-2023 o'quv yilida oliy ta’lim muassasalariga hududlar kesimida kirish imtihonlari natijalari bo'yicha Surxondaryo viloyati 14-o'rinni qayd etgan edi.

Mazkur natija uchun o'qituvchi-pedagoglarimizga minnatdorchilik bildiramiz! Hurmatli ustozlar qisqa muddatda bunday sezilarli natija sizlarning xizmatlaringiz samarasidir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Fotoreportaj

"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024" tanlovining Respublika bosqichi davom etmoqda. Bugun ishtirokchilar test sinovlari orqali o‘zaro kuch sinashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🟨🟨🟨🟨🟨

🥉 Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik qizlar Yevropadagi xalqaro IT olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

4 nafar qizdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tayotgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etishmoqda.

🦠 Olimpiadaning 2-kun yakunlariga ko‘ra, 57 davlatdan yig‘ilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchi orasida o‘quvchimiz Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺digitaluz">Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 digital_uz_">Threads

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etilmoqda.

Birinchi shart – loyiha taqdimotlarini baholash:

❗️Ishtirokchilar tomonidan maktabgacha taʼlim sifatini oshirishdagi mavjud muammolar yechimiga doir loyiha taqdimoti namoyish etiladi.

➖ Ikkinchi shart – mashgʻulot ishlanmasini tayyorlash:

❗️Tanlangan mavzu yuzasidan tayyorlangan mashgʻulot ishlanmasi ishtirokchi tomonidan atroflicha tushuntirib beriladi.

➖Uchinchi shart – test topshirigʻi:

❗️Ishtirokchilarga tanlov oʻtkaziladigan nominatsiya, metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollari beriladi. Har bir savol uchun 2 (ikki) daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Maʼlumot uchun: Tanlovning 1- va 2-shartlari bugun oʻtkazildi, 3-shart sinovlari esa ertaga boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.

Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.

Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Xorijiy_hamkorlik

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.

Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarining tarbiyalanuvchilar bilan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalana olish qobiliyatlari sinovdan oʻtkaziladi.

“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarning bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga ijodkorlik bilan yondashish, mavzuga mos ixtirolar yarata olish qobiliyatlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi ertaga — 25-iyul kuni boshlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi boʻyicha maktabgacha taʼlim sohasida 2 yillik ish stajiga ega boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan tarbiyachilari ishtirok etadi.

➖ “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida
ishtirokchilarning maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayonida bolalarni tabiatga boʻlgan muhabbatini shakllantirishga oid ishlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi ayni qizgʻin pallasiga yetdi.

Oʻz bilim va malakasi bilan tanlovning tuman (shahar) hamda hududiy bosqichlaridan oʻtib kelgan 82 nafar maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari Respublika bosqichi yoʻllanmalarini qoʻlga kiritishdi.

Albatta, tanlovning final jarayonlari ham qizg‘in oʻtishi shubhasiz. Eng muhimi, unda gʻolib boʻlgan metodist va tarbiyachilarning ish tajribasi mamlakatimiz boʻylab keng miqyosida ommalashtiriladi.

Tanlovning belgilangan 4 sharti boʻyicha sovrinli oʻrinlarni egallagan hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

TO‘GARAK A‘ZOLARIDAN NAVBATDAGI G‘ALABA

🇺🇿 Joriy yilning 18-21-iyul kunlari Andijon viloyatida Sportning "Usmanov Kombat sistems" turi bo‘yicha "Jahon chempionati" bo‘lib o‘tdi.

❇️Ushbu chemionatda Surxondaryo viloyat Angor tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Karate" to‘garagi a‘zolari ham munosib ishtirok etishib, 2 ta oltin medallarni qo‘lga kiritishib umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladilar.

Natijalarga ko'ra:

🥇-o‘rin Boytoshev Faxriyor 14-16 yoshli o'g'il bolalar o‘rtasida -50 kg vaznda jahon chempioni.
🥇-o‘rin Choriyeva Durdona 11-13 yoshli qiz bolalar o‘rtasida -45 kg vaznda jahon chempioni.

🎊G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak a'zolarimizni erishgan yutug'i va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pog'anaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 ERTAGA soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi jarayonlari, shartlari, baholash mezonlari, ishtirokchi va gʻoliblarga beriladigan imtiyozlar mavzusiga bagʻishlangan JONLI MULOQOT tashkil etiladi.

❕Unda vazirlikning Maktabgacha taʻlim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Lola Berdiyeva hamda mutaxassislar — Shahzoda Hamdamova, Zafar Ataboyevlar mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari yangi o'quv yiliga tayyorlanmoqda

Termiz shahri, Angor, Jarqo'rg'on va Muzrabot tumanlarida ayni yo'nalishda olib borilayotgan ishlar haqida mazkur ko'rsatuv davomida batafsil so'z yuritiladi.

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi Surxondaryo viloyati Sherobod tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida bo'lib o'tdi. Bunda 7 yo'nalish bo'yicha 250 dan ortiq to'garak a'zolari ishtirok etishdi.

Batafsil ushbu videolavhada tanishishingiz mumkin!

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 👍Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔈"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 8-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan tanlov jarayonlarida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 65 nafar metodist va tarbiyachilar ishtirok etishdi.

✔️G‘olib va sovrindorlar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan munosib taqdirlandi.