Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
⚡️ 2024-2025-ўқув йили учун абитуриентларни рўйхатга олиш бошланди
✅ 2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш учун абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди.
📱 Абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш my.uzbmb.uz сайтининг “Олий ва профессионал таълим муассасаларига қабул” бўлими орқали амалга оширилмоқда.
📆 Рўйхатга олиш 2024 йил 5 июндан 25 июнга қадар (шу куни ҳам) амалга оширилади.
📹 Юқоридаги видеоқўлланма орқали рўйхатдан ўтиш бўйича тўлиқ маълумотга эга бўлиш мумкин.
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
Журналистика соҳасига қизиқасизми?
“Ишонч” телерадиокомпанияси томонидан ўтказилаётган кастинг бу орзуингизнинг амалга ошиши учун ажойиб имконият!
Кастинг 16 ёшдан 28 ёшгача бўлган йигит-қизлар ўртасида шу йилнинг 8 июнь куни соат 09:00да Термиз шаҳридаги Ёшлар маркази биносида ўтказилади.
Кастингда ғолиб бўлганлар “Ишонч” телерадиокомпаниясида 3 ой мобайнида назарий ва амалий билимларни олади. Иқтидори билан ўзини кўрсата олган йигит-қизлар иккинчи ойдан телевидениенинг турли лойиҳаларида иштирок этиш имкониятига эга бўлади.
Мурожаат учун телефонлар:
☎️ +998997177198
☎️ +998762237018
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
#Abu_Ali_ibn_Sino
#Xalqaro_olimpiada
✅ Joriy yilning 9-14-iyun kunlari yurtimizda ilk bora Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.
📍 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Buxoro shahrida tashkil etiladigan ushbu olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.
❗️ Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritadi.
👉 Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar baholab boradi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Turon
#No_comment
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari Buxoroda tantanali kutib olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Barkamol va sog'lom avlod tarbiyasi
#3june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
“Онажоним, бирга ўйнаймизми?”
Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Шаҳноза Мирзиёева “Ота-оналар ва болалар ўртасидаги муносабатлар” мавзусидаги ижтимоий ролик ташаббуси билан чиқди.
Видеоролик яна бир бор катталарнинг эътиборини чексиз севги, тушуниш, манфаатларни ҳурмат қилиш ва болаларга ғамхўрлик кўрсатиш зарурлигига қаратади.
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
🏆Viloyat hokimi kubogi egalari taqdirlandi
⚡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Bugun Termiz shahrida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirladi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🏆Viloyat hokimi kubogi egalari taqdirlandi
⚡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Bugun Termiz shahrida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirladi.
Natijalar quyidagicha:
➖Mini futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin - Qumqo‘rg‘on tuman 42-maktab
🥈2-o‘rin - Boysun tuman 30-maktab
🥉3-o‘rin - Termiz shahar 7-maktab
➖Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin - Sherobod tuman 27-maktab
🥈2-o‘rin - Qumqo‘rg‘on tuman 24-maktab
🥉3-o‘rin - Termiz tuman 36-maktab jamoalariga nasib etdi.
⚡️Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari
🔘Termiz shahridagi 22-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
➖Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan qutladi hamda o‘g‘il-qizlarga bayram sovg‘alarini topshirdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar ishtirokida turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Эълон
📣 Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.
Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.
❕Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:
➖ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
➖ chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
➖ rus tili o‘qituvchisi;
➖ davlat tili o‘qituvchilari;
➖ filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
➖tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.
✅Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖diplom nusxasi;
➖pasport nusxasi;
➖maktabdan yo‘llanma hamda bog’lanish uchun ishlab turgan telefon raqami (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlamayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).
Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin: bshakhnoz99@gmail.com
➖ Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.
Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.
Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
📞 Bog'lanish uchun:
🔗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)
🔗 O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Aziz bolajonlar!
Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch, osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.
Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Qadrli bolajonlar, Sizga barkamol inson bo‘lib yetishib, baxtli va farovon kelajak barpo etishingizda tilakdoshman.
Bayram muborak bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlar!
#turon_maktab_teatri
#biz_tayyormiz
⚡️Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-umumta'lim maktabining "Jadidlar" jamoasi "Turon" maktab teatri tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishga tayyor!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Xayr, bog'cha - salom, maktab
🔹Bugun Sariosiyo tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr, bog'cha - salom, maktab" tadbiri o'tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqish yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi.
🔘Bir so'z bilan aytganda, tadbir davomida bolajonlarning bog'chada olgan bilimlari yaqqol namoyon bo'ldi.
☑️Ma'lumot uchun, mazkur bog'cha 180 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bugungi kunda manzilda 4 ta guruhda 120 nafar o'g'il-qizlar ta'lim-tarbiya olmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
https://uza.uz/uz/posts/bolazhonlar-tasviriy-sanat-va-shaxmat-boyicha-bahslashdi_603279
Читать полностью…🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda matematika fanidan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету математика.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/gK1fUYd0U24?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda O‘zbekiston tarixi fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 9 классов по предмету История Узбекистана.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/0KNwdRkHLUI?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Turon
🔴 Ayni damda Buxoro shahrida “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Bugun tanlov jarayonlari avvalida jamoalar ketma-ketligi qur’a tashlash yo’li bilan aniqlandi.
Shundan so’ng, o’quvchilar “Mening maktabim” sharti asosida o’zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasini sahnada jonlantirib berishdi.
Kunning ikkinchi qismida esa “Madaniyat va san’at bilimdoni” savol-javob shartida ishtirokchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishadi.
Tanlovda el ardog’idagi aktyorlar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishmoqda.
➖ Ta’kidlash joiz, bu yil ilk bor o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatr tanlovi Respublika bo‘ylab jami 101 384 nafar o‘quvchini qamrab oldi.
Tadbir barcha hududlarda 3 bosqichda, uchta shart asosida tashkil etildi.
Hududiy bosqichda eng yaxshi natija qayd etgan jami 14 ta jamoa ayni damda Respublika bosqichida kuch sinashishmoqda.
Ushbu bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar xorijga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
❗️G’oliblar ertaga 3-shart yakuniga ko’ra aniqlanadi. Taqdirlash marosimi tarixiy Poyi kalon ansamblida o’tkaziladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarning joylashuv manzillari hududlar kesimida tayyorlandi.
📍Mazkur lokatsiyalar orqali hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashingiz mumkin.
🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⛳️Surxondaryodagi 130 ta maktabda yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
⛹Yozgi ta'til davomida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida umumta'lim maktablarida sog‘lomlashtirish maydonchalari o‘z faoliyatini boshladi.
🏊♂Jami 130 ta maktabda tashkil etilgan ushbu yozgi oromgohlarga jami 12 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
♟Mazkur kunduzgi oromgohlarda bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oromgohlar faoliyati 3-iyundan 13-iyunga qadar davom etadi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Эълон
#Turon_teatri
📣 "Turon" maktab teatri tanlovining qizg'in pallasi tobora yaqinlashmoqda!
Tanlovning Respublika bosqichi 3–6-iyun kunlari Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi!
Unda hududlardan saralangan 14 ta jamoa g'oliblik uchun kuch sinashishadi.
➖ Ushbu bosqichda 1-o'rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
📍 Tanlovning taqdirlash marosimi tarixiy Poyi Kalon ansamblida bo’lib o’tadi.
_________
TEATR - TARBIYA MASKANIDIR!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Surxondaryo_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
✅ Ota-onalar uchun yanada qulaylik!
🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.
❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.
Maktab lokatsiyalari:
📍Termiz shahridagi Prezident maktabi
📍37.4034252,67.2226553,9z/data=!4m5!4m4!1m1!4e2!1m0!3e0">Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍37.501707,67.421364,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d37.501707!4d67.421364?entry=ttu">Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
🔹Shifoxonadagi bolalarga bayram kayfiyati ulashildi
⚡️1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev boshchiligida O'zbekiston bolalar tashkiloti tizimidagi sardorlar bilan birgalikda Termiz shahridagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi o‘g‘il-qizlar holidan xabar olindi.
▪️Tibbiyot markazida davolanayotgan kichkintoylarga bayram sovg‘alari bilan birgalikda yaxshi kayfiyat ulashildi.
🥳Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
https://uza.uz/uz/posts/termizda-bolalar-folklori-tanlovi-goliblari-aniqlandi_603966
Читать полностью…🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda Tanlov fanlari (Davlat va huquq asoslari, Fizika, Geografiya, Kimyo)dan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету по выбору (основы государства и права, физика, география, химия).
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/GYuUnN1t_CY?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!
Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…
Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.
Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.
Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.
Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
▪️Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlar bilan uchrashdi. O‘g‘il-qizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, ularga sovg‘alar ulashdi.
✔️Shuningdek, uchrashuv davomida bolajonlar ijrosida raqslar namoyish etildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.
❗️Bunda Davlat tili (O‘zbek tili) fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______
В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.
❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 9 классов по предмету государственный язык (узбекский язык).
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/F7uuTERDk6c?feature=share
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Surxondaryodagi 2 ta maktab 11-sinf bitiruvchilarining barchasi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
Joriy o‘quv yilida Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 41 nafar, Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 16 nafar 11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda. Ushbu maktablarning barcha bitiruvchilari muddatidan oldin xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilarining 7 nafari ham muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Ular orasida Kanadaning Vest, Italiyaning Siena, AQSHning Kent State University, Kanadaning International Business University kabi xorijiy oliygohlar hamda Vestministr universitetining Toshkent filiali kabi nufuzli universitetlar ham bor.
Bundan tashqari, Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchilarining 18 nafari ham muddatidan oldin "Tashkent International University" oliygohi talabasi bo'lishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ
✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi.
Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.
❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab taqdirlandi
🔘Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab deb topilgan edi.
☑️Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev mazkur maktab direktori va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashib, maktab jamoasi uchun diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘asini topshirdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt