surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Tashrif
#Oltinsoy

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, manzildagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔘Xususan, hududdagi 21-sonli hamda 42-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonlari, maktabning obodligi, "Ma'naviyat sektori" faoliyati ko‘zdan kechirildi. Boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar bilan suhbatlashib, yoshlarning kelgusidagi qiziqishlari, bugungi ta'lim jarayonlari borasida fikr almashdi.

🔹Shuningdek, ta'lim muassasasida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini belgilangan tartib asosida o‘tkazish, bitiruvchilarni kasb-hunarga keng jalb qilish borasida mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

☑️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Oltinsoy tumanida jami 71 ta maktab faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🤽‍♂️Sog‘lom millat - sog‘lom kelajak

🏓Kuni kecha umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari o‘rtasida voleybol, stol tennisi hamda gandbol sport turlari bo‘yicha "Yoshlik sport jamoalari" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🤾‍♂️Ushbu musobaqalarni tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, ularda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.

🎖Qizg‘in kechgan musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Фотокўргазма очилишидан олдинги ўйлар

Таниқли фоторассом ўзи ўқиган мактабда кўргазма ташкил этмоқда

Таниқли фоторассом Алимурод Мамадаминов Сурхондарё вилояти Жарқўрғон туманидаги 32-мактабда мустақиллигимизнинг 33 йиллигига бағишлаб, “Қонимдасан, спорт” номли шахсий фотокўргазмасини ўтказишга пухта ҳозирлик кўрмоқда.

Батафсил: https://uza.uz/posts/599312

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Fotoreportaj

🔘Viloyatimizdagi umumta'lim maktablarida "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️⚡️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni Termiz shahridagi Prezident maktabi bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etamiz.

Ochiq eshiklar kunida siz:
Maktab hayoti;
➖ Dars jarayonlari;
➖ Loyihalar taqdimoti;
➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 18
-may
⏰ 10:00 dan 16:00 gacha
Manzil:
Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy
🏢
Mo'ljal: Termiz arxeologiya muzeyi ro'parasi

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun
:
Telegram bot
Ro‘yxatdan o‘tish: 17-may, 22:00 gacha

4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni maktabimizda kutib qolamiz!


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

➖Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sho‘rchi tumanida bo‘lib, ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, tumandagi 43-umumta'lim maktabida yaratilgan sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonlari, obodonlashtirish ishlari, "Ma'naviyat sektori" faoliyati o‘rganildi. Boshqarma boshlig‘i tanaffus davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kalajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi.

🔘Shuningdek, tumanning "Kushon" mahallasi hududida joylashgan 35-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham ko‘zdan kechirildi. 2025-yilgi investitsiya dasturiga mazkur bog‘chani ta'mirlash taklifi kiritildi.

☑️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Sho‘rchi tumanida 78 ta maktab, 49 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Diqqat
#Tarqating

❗️❗️❗️ MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI

❇️
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

📣 Eslatib o'tamiz: Ta’lim muassasalarida sinf xonalarini ta’mirlash (remont), turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq va bayramlar) uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!

❗️Agarda Siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ☎️ Ishonch telefoni — 76-227-35-45 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

👉Viloyatimiz tumanlaridagi ta'lim-tarbiya tizimiga mas'ullarning ☎️ telefon raqamlari:

▪️Termiz shahar MMTB —99-504-05-01
▪️Angor tuman MMTB —
94-460-79-51
▪️Boysun tuman MMTB —
90-746-08-76
▪️Bandixon tuman MMTB —
90-746-60-50
▪️Denov tuman MMTB —
94-204-03-04
▪️Jarqo'rg'on tuman MMTB —
97-450-00-84
▪️Muzrabot tuman MMTB —
99-124-13-53
▪️Oltinsoy tuman MMTB —
99-425-75-75
▪️Sariosiyo tuman MMTB —
99-217-99-89
▪️Uzun tuman MMTB —
97-352-32-42
▪️Termiz tuman MMTB —
97-807-00-87
▪️Sherobod tuman MMTB —
91-589-44-00
▪️ Sho'rchi tuman MMTB —
91-909-90-60
▪️Qiziriq tuman MMTB —
90-355-54-34
▪️Qumqo'rg'on tuman MMTB —
91-588-62-05

❗️Murojaatingiz haftaning dushanba — juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚡️Sizning murojaatingiz boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Якшанба — оила куни

Инсондаги муқаддас хислатлар - ватанпарварлик, юксак маънавият, халқпарварлик оилада шаклланишни бошлайди. 

Ҳурматли давлат фуқаролик хизматчилари! Ҳафтанинг ҳар якшанба кунини оилангиз даврасида ўтказинг!

Театрлар, китоб дўконлари, сайлгоҳлар, истироҳат боғларига боринг. Ота-онангизни зиёрат қилиб, яқинларингиз, фарзандларингиз билан дилдан суҳбатлашинг.

Оиласи бағрида яхши дам олган, хотиржам бўлган, шахсий юмушларини жой-жойига қўйган давлат хизматчиси ҳар куни куч-ғайрат, креатив ғоялар билан фаолиятга киришади.

Унутманг, мустаҳкамлиги ва оила бағридаги ҳордиқ - самарали фаолиятингиз, маънан соғлом ёш авлод вояга етиши кафолати.

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Oltinsoy tumanida bo‘lib, ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔘Xususan, tumandagi 5-30-sonli umumta'lim maktablari hamda 13-AFCHO‘M faoliyati bilan tanishildi. B.Tashpulatov tanaffus davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi.

☑️Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev bugun Denov tumanida bo‘lib, 82-umumta'lim maktabida o‘tkazilayotgan "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan suhbatda bo‘lib, seminar yuzasidan fikr almashildi.

☑️Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tumanning "Buyuk kelajak" mahallasi hududida joylashgan 44-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Qumqoʻrgʻon_tumani
#Seminar_trening

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Qumqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari Bekzod Tashpulatov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.

Ushbu seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad pedagoglarning bilim-ko‘nikmalarini oshirib borish natijasida ta'lim-tarbiya jarayonlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo‘lganda fursat topilmaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔹Pedagog kadrlarga malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda

📃Vazirlar Mahmasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 692-sonli qaroriga asosan:

➖malaka toifasini olish boʼyicha sinovlar ikki bosqichda oʼtkaziladi, dastlab talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʼyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda pedagogik mahorati baholanadi.

🔸Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan ta'lim muassasalarining direktor va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan onlayn vebinarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalari berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi S.Xamrayev tomonidan yuqoridagi qaror va uning mazmun-mohiyati borasida batafsil ma'lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Mansab bilan balandmas odam,
Mansab odam bilan muhtaram.


              A.Jomiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryolik 68 nafar pedagog vazir jamg'armasidan ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ldi

🔘Vazir jamg‘armasidan har oylik ustamaga nomzod bo‘lgan 242 nafar surxondaryolik pedagoglarning 68 nafari belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, vazir jamg'armasidan ustama
olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

☑️Endilikda ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.

🏞Fotosuratdagi ustozlarimiz vazir jamg'armasidan ustama olish uchun o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, viloyatda eng yuqori 97,5 ballni qo‘lga kiritishgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔹“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

▪️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda bugun oliygohda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, universitet rahbariyati va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

🔘Yarmarkada universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining
3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi.


☑️Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar bilan korxona, tashkilotlar vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlashga xizmat qildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

✅ Bugun Samarqand viloyati, “Sazagan” poligonida “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida qator mutasaddi xodimlar, jamoatchilik tashkiloti vakillari, faxriy keksalar ishtirok etishdi.

Soʻngra musobaqaning asosiy shartlariga koʻra jamoalar “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, “Turnikka tortilish” va “Mohir mergan” shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

Ushbu musobaqada vazir kubogi uchun “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolaridan tuzilgan 14 ta jamoa kuch sinashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Videobayonot

❗️Ta'lim muassasalarida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan pul mablag‘larini yig‘ish qat'iyan taqiqlanadi.

✅Agarda Siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishonch telefoni (+99876-227-35-45 )ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🔘"Kichik ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam" dasturi doirasida Yaponiya hukumatining grant yordamini olgan maktabgacha ta'lim muassasalariga uskunalarni taqdim qilish hamda ushbu muassasalar faoliyatini monitoring qilish maqsadida bugun Surxondaryo viloyatiga Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari
Tae Sato hamda Nargiza Abdulazizovalar tashrif buyurishdi.

🔹Tashrif avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev mehmonlar bilan uchrashdi. O‘zaro suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihaning afzalliklari, kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

☑️Bugun kun davomida Yaponiya elchixonasi vakillari loyiha amalga oshirilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishishi va boshqa qator tadbirlarda ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Ustoz_va_shogird

📍Ustoz va shogird: Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Barcha muhandislik yo'nalishi talabalariga grant ajratiladi

✅ Barchamizga ma'lumki, hozirda davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik ta'lim yo'nalishlariga juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev huzurida o'tkazilgan taqdimotda mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj borligi aytildi.

⚡️ Shu maqsadda keyingi o'quv yilidan Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi ta'lim dasturlarida tahsil oluvchi talabalarning barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

💥 Bundan tashqari talabalar bir yillik 50%, 70% va 100% lik grant asosida ham tahsil olishlari mumkin.

👉 O'qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

💫 Kvota doirasida joylar soni chegaralangan. Hoziroq o'qishga ariza topshiring va o'z grant joyingizni band qiling.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Qabul2024 #admission2024 #grant

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📢 Diqqat e’lon: Tanlovda ishtirok etib, mahallangizda sport maydonchasi qurilishi tashabbusini yutib oling!

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.

❗️Ovozlar joriy yil 10-may tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilish boshlangan.

Siz ham o‘z mahallangizni tanlang va quyidagi havola orqali ovoz berib, mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi qurilishi tashabbbusini yutib oling!

https://tashabbus.sport.uz/vote

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Seminar-trening: umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar

☑️Bugun ayni mavzudagi seminar-treninglar butun viloyatni qamrab oldi. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Termiz shahri va barcha tumanlarda matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida seminar-treninglar o‘tkazildi.

🔘Qizg‘in, kreativ usullarda olib borilgan trening jarayonlarida malakali pedagoglar tomonidan ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashildi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularga ijobiy yechim izlandi.

Ushbu seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad pedagoglarning bilim-ko‘nikmalarini oshirib borish natijasida ta'lim-tarbiya jarayonlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim yo‘nalishi;
- Imkon yo‘nalishi;
- Madaniyat va san’at yo‘nalishi;
- Ekologiya yo‘nalishi;
- Media yo‘nalishi;
- Sport yo‘nalishi;
- Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi;
- IT yo‘nalishi.


📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov bugun Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, 2-umumta'lim maktabida o‘tkazilayotgan "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan suhbatda bo‘lib, seminar yuzasidan fikr almashildi.

☑️Shuningdek, maktabdagi "Ma'naviyat sektori", o‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish xonalari faoliyati bilan tanishildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Sariosiyo_tumani
#Seminar

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Sariosiyo tumanidagi 3- va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🇺🇿Xalq va armiya - bir tan-u bir jon

👮🏻‍♂️Vatan himoyasi - har bir er yigit uchun oliy burch. Ana shu burchni sidqidildan ado etayotgan Vatanimizning mard va jasur himoyachilari bayramini biz har yili ko‘tarinku ruhda nishonlaymiz. Sana munosabati bilan bu yil ham hududlarda, xususan, ta'lim muassasalarida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

📸Fotosuratlarda viloyat bolalar kutubxonasi, Denov tumanidagi
81-umumta'lim maktabi
hamda Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ishtirokidagi tadbir jarayonlari aks etgan.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Siyosiy-ma'rifat soati

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.

Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://youtu.be/VmT9t3uOYbI?si=CtNX8S2lJ14KkWM5 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli oʼtsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔹Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar davom etmoqda

🧑‍✈️Vatan himoyachilari kuni arafasida viloyatimizdagi ta'lim muassasalarida sana munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularda asosan Ona Vatanimiz madh etilib, yurt posbonlari e'zozlanmoqda.

📷Fotosuratlarda Angor tumanidagi 5-umumta'lim maktabi, Termiz shahar 3-son hamda Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktablari, Termiz shahridagi 14-16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tadbir jarayonlari aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал