surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔹Musiqa fani o‘qituvchilari milliy musiqa cholg‘u asboblaridan kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lishi kerak

📋O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan, taʼlim muassasalarida musiqa fani oʼqituvchilari 7 turdagi (dutor, doʼmbira, doira, tanbur, rubob, gʼijjak va nay) milliy musiqa cholgʼu asboblaridan kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lishi belgilangan.

🪕Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan viloyatning Sherobod tumanida musiqa fani o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda boshqarma mas'ullari bu yo‘nalishda batafsil ma'lumot berishdi. Seminar davomida musiqa fani o‘qituvchilarining mahorati sinovdan o‘tkazildi.

⚠️Ma'lumot uchun, 2023-yilda viloyatda mavjud 960 ta maktabning barchasi to'liq 7 turdagi milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta'minlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#attestatsiya
#malaka_toifasi

➖2024-yildan amaliyotga joriy etilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?

➖Malaka toifalarini berishning asosiy 3 ta yo‘nalishlari qaysilar?

➖Kimlar imtiyozli tarzda malaka toifasi seritifikatlarini olishlari mumkin?


👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev “Mening yurtim” telekanali muxbirining shu kabi savollariga batafsil javob berib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Boylikdan kerilmoq - aqldan nari,
Chunki u o‘tkinchi bulut singari.

A.Jomiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/uz/posts/talimda-korrupciyaga-yol-yoq_556078

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

SURXONDARYO TA'LIMIDAGI 2023-YILNING ENG YAXSHI RAHBARINI ANIQLANG.

🗣 Ovoz berish jarayonlari 20-yanvar soat 23:59 gacha davom etadi.

🥇Natijalar 21-yanvar kuni e'lon qilinadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Shoʻrchi_tumani

Kitob bilan do'stlashamiz

Sho‘rchi tumanidagi 47-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qisqa guruh bolajonlari ishtirokida "Kitob bilan do‘stlashamiz" shiori ostida loyiha tashkil etildi.

Mehribonlik korpusi xalqaro tashkiloti tomonidan bog'chada tashkil etilgan kutubxonada bolajonlar turli qiziqarli kitoblar mutolaa qilib, olgan taassurotlarini bir-birlariga so'zlab berishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Эртадан мактабларда дарс бошланади

Мактаб ўқувчилари учун 2023-2024 ўқув йилининг III чорак дарслари эртага, 11 январдан бошланади. Бу ҳақда Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги матбуот хизмати хабар берди.

Билдирилишича, 2023 йилнинг 28 декабридан  бошланган қишки таътил 14 календарь кунидан сўнг, бугун, 10 январда ўз ниҳоясига етади. Шу муносабат билан мактаб ўқувчиларининг III чорак дарслари 2024 йилнинг 11 январь (пайшанба) кунидан бошланади.

🌐 /channel/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi bo'lur?

A.Jomiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryolik o'quvchilar ta'tilni maroqli o'tkazishmoqda

Fotosuratlarda Sherobod, Muzrabot va Uzun tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Vazirlikdan_tuhfa

📣 Axborot texnologiyalari sohasida bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Bugun loyiha doirasida 7-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish
2. Wrap text sozlamalaridan foydalanish. Tasvirni qirqish va o‘lchamini o‘zgartirish
3. Jadval oʻrnatish
4. Belgili ro‘yxat yaratish
5. Hujjatga Header va Footer maydonlarini qo‘shish
6. Matnni ustunlarga bo‘lish
7. Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish. Print preview buyrug‘idan foydalanish
8. Word dasturida qo‘shimcha sozlamalar
9. Loyiha xususiyatini ishlab chiqish
10. Slaydga o‘tish effektlarini qo‘shish. Slaydlarga vaqt va audio qo‘shish
11. Animatsiya effektini qo‘shish. Animatsiya va vaqtni moslash
12. Auditoriya va maqsadni bilish.
13. Elektron jadvalni loyihalash. Maket tuzish
14. Formulani kiritish
15. Elektron jadvalni sinovdan o‘tkazish
16. Modellashtirish
17. Ma’lumotlarni to'plash shaklini tuzish
18. Elektron jadvalni formatlash. Elektron jadvalni baholash
19. Elektron jadval natijalarini diagramma sifatida taqdim etish
20. Shartli formatlash va maqsadni qidirish
21. Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash. Ma’lumotlar bazasi uchun maydon tanlash
22. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar bazasi jadvalini yaratish
23. Ochiladigan ro‘yxatni yaratish
24. Maʼlumot kiritish formasini yaratish (Form)
25. Ma’lumotlar bazasini sinovdan o‘tkazish. Ma’lumotlar xavfsizligi.
26. Maʼlumotlarni matn bilan ishlash dasturiga yuborish. Maʼlumotlarni jadval bilan ishlash dasturiga yuborish
27. Validatsiya qoidalari. Forma dizaynini yaratish. So‘rov yaratish. Hisobot yaratish

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Boysun_tumani

Qishki ta'til davomida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida bugun viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Boysun tumanidagi Madaniyat markazida "Xazina" nomli teatr tomoshasi namoyish etildi.

Unda umumta'lim maktablarining yuzlab o‘quvchilari qatnashib, spektaklni tomosha qilishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Sherobod_tumani
#Maʻnaviyat_sektori

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish shoʼbasi mas'ullari tomonidan Sherobod tumanidagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Maʼnaviyat sektorlari” faoliyati, xonalarning jihozlanishi va meʼyoriy hujjatlarning yuritilish holati oʼrganildi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatildi va mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar o'z nihoyasiga yetdi. Darslar jarayonida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishdi.

Batafsil videoda👆

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!

Instagram l Telegram l Website l termiz_isu">You Tube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari tomonidan hududlarda o'rganish ishlari davom ettirilmoqda. Bugun boshqarma boshlig'i o'rinbosari Muhriddin Normurodov viloyatning Denov tumanida bo'lib, ta'lim muassasalarida "Surxondaryo tajribasi" sifatida yo'lga qo'yilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni turli yot g'oyalardan asrash maqsadida tashkil etilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" asosan xalqimizning milliy an'analari, ma'naviy-ma'rifiy durdonalarni o'zida mujassam etgan. O'rganish davomida sektorni yanada boyitib borish bo'yicha mas'ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#diqqat
#befarq_boʻlmang

‼️Agarda telegramda oʻzingizni tanishlaringizdan ham shunday xabar va fayl kelsa ochmang.

Bunday fayllar virus xabar boʻlib akkauntingizni buzib kirishgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirishlari mumkin.

"exe" nomli fayllar oʻrnatiluvchi fayl boʻlib, uni ochsangiz moslamangizga oʻrnashib olib, sizning oʻrningizga barcha amalni bajarishi mumkin. Pul yechish, akkauntni buzib kirish va hk.

Ehtiyot boʻling va barcha tanishlaringizni ogohlantiring!!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://youtu.be/cW32Oicr1yc

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔹Surxondaryoda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etilmoqda

👨‍✈️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida viloyatimiz umumta'lim maktablarida qator vatanparvarlik ruhidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🏞Fotosuratlarda Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari va Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bolajonlari ishtirokidagi tadbir jarayonlari aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Brifing

📖Qishki ta’tilni maroqli o‘tkazish va o‘quvchilarni maktab ta’limidan tashqari to‘garaklarga qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

🎙Muhriddin Normurodov - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://youtu.be/1IzYCwutQY4

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Bandixon_tumani

Hudud ozodaligi uchun har birimiz mas’ulmiz

Atrof-muhit tozaligini ta'minlash maqsadida, qolaversa "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Bandixon tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan tumanning "Navbahor" mahallasida texnik xodimlar tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ta'lim muassasalari hududiga turli mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Sarhisob - 2023:
O'tgan yil davomida Surxondaryo ta'limida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

MA'NAVIYAT MILLAT KO'ZGUSIDIR

Termiz shahridagi 12-umumta'lim maktabida Prezidentimizning tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan "Ma'naviyat sektori" doirasida "Ma'naviyat millat ko'zgusidir" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda maktab o'qituvchilari shoiralar Nodirabegim, Uvaysiy, Saroymulkxonim, Zulfiyaxonim timsollarini yaratishdi. Ularning sheʼrlari, g'azallari yod olindi. Hayoti va ijodi guruhlar tomonidan keng yoritib berildi. Tadbir davomida o'qituvchilar "Ma'naviyat" tushunchasiga keng baho berib, aynan avlodlarimiz meroslari kelajagimiz uchun ko'zgu bo'lishini tushuntirib berishdi.

Tadbirda Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, mahalla, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, shahardagi maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etishdi. Tadbir so'ngida jamoalar Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

“Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar faoliyati samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

Tajribali fan metodistlari va umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan tajribali (lider) o‘qituvchilar tomonidan “Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar faoliyati samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida bugun Termiz tumanidagi
8-umumta'lim maktabida viloyat seminar-treningi o'tkazildi.

Unda Termiz tumanidagi ko'rsatkichi past maktablarning o'qituvchilari ishtirok etishdi. Tajribali pedagoglar tomonidan seminarlar davomida tizimdgi ilg'or o'zgarishlar, zamonaviy metodlar borasida yig'ilganlarga zarur ma'lumotlar berildi.

Qizg'in va bahs-munozaralarga boy tarzda o'tgan seminarda o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, qolaversa hamkasblari bilan o'zaro tajriba almashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Хитой мактабларида дарс жараёнида болаларга “Телефонга боғланиб қолишнинг оқибати” ҳақида жуда ибратли ролик қўйиб берилаётган экан.

📲 Биз ҳам фарзандларимизга бу видеони кўрсатсак бўларкан.

🌐 /channel/AOKA_Surxondaryo

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

❇️❇️ QISHKI TA'TIL KITOB BILAN

✅✅ Surxondaryo Viloyat bolalar kutubxonasida

📚📚 TO'RTINCHI TASHABBUS
📝"Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil  qilish maqsadida o'quvchilar "Kitob bilan bir kun" nomli tadbir bo'lib o'tdi. O'quvchilar kitob haqida  she'rlar va hikmatli so'zlar sahna ko'rinishlari namoyish etishdi.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra:

➖ 2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;

➖davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

2016-yil 19-dekabrdagi OʼRQ–414-son Qonunga asosan 8 yanvar – Oʼzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

Eslatib oʼtamiz, Bosh prokuror va unga boʼysunuvchi prokurorlar Oʼzbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan qizgʼin tabriklab, xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni boʼlib, xalq manfaati yoʼlida ogʼishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Xato qilmaydigan inson bo'lishga urinmang, balki xatosidan dars oladigan inson bo'ling!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Ekskursiya

Joriy yilning 6-yanvar kuni Surxondaryo Viloyat bolalar kutubxonasiga Termiz shahridagi 24-MTT bolajonlari tashrif buyurishdi.Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish xodimlari bilan birgalikda turli xil rangli qog'ozlardan rasmli kitoblar yasashdi hamda O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Ona tilim" nomli yod olgan  she'rlaridan parchalar aytishdi.

Jarayondan lavhalar.


Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site

Читать полностью…
Подписаться на канал