surxonvmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Xusniddin Mamadiyev: "Ta'lim korrupsiyadan xoli bo'lishi kerak"

Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda vohada mavjud 960 ta maktab direktorlari ishtirokida tizimda korrupsion holatlarning oldini olishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

📖Batafsil👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

"Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

Mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilayotgan bo'lib, unda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.

O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda. Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.

Fotosuratlarda Denov, Muzrabot tumanlari va Termiz shahridagi jarayonlar aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryolik 2 nafar o'qituvchi respublika kuchli o'nligi safida

Bugun poytaxtimizda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda surxondaryolik o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etishdi. Termiz shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o'qituvchisi Sadriddin Xolmatov hamda Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o'qituvchisi Davron Yusupovlarning bilim va malakalari yuqori baholanib, ular kimyo fani bo'yicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilarning respublika bo'yicha kuchli o'nligidan o'rin egallashdi. O'qituvchilarimizga Kimyo fani kengashi a'zoligiga qabul qilinganliklari bo'yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

Faol pedagogoglarimizni ushbu yutuq bilan qutlaymiz va kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔰Xabaringiz bor, taʼlim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha qishki taʼtil davrida oʻqituvchilar ishtirokida oʻquv seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

✅ Shu maqsadda joriy yilning 6-yanvar kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida “Ustuvor maqsad – sifatli ta’lim” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda barcha fan yoʻnalishlarida soha mutaxassislari, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hamda fan metodistlari tomonidan treninglar hamda ochiq muloqotlar olib borildi.

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube|Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Vazirlikdan_tuhfa

📣📣 Farzandingiz qishki ta'til kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun maxsus loyiha!

❗️Zamonamizning eng talabgir sohalaridan birini chuqurroq o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11 sinf o'quvchilari uchun 200 dan ortiq video-darslar yaratildi.

Bu darslar orqali o'quvchilarimiz ta'til kunlarida o'z bilimlarini mustaqil oshirishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyida tanishing:

1. Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
2. Matnda sichqon va klaviaturadan amallari
3. Matnni belgilash, tahrirlash va o‘chirish
4. Matnni ko‘chirish
5. Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
6. Save tugmasi va hujjatni qulay nom bilan saqlash
7. Matnni tekshirish
8. Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
9. Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish
10. Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
11. Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
12. Eraser uskunasi. Tasvirni saqlash
13. Diagrammalar bilan ishlashni boshlash. Axborotni tasniflash(guruhlash)
14. Axborotni qiymatini hisoblash. Piktogramma yaratish
15. Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
16. Diagramma va unga maʼlumotlar kiritish. Diagramma turini tanlash. Diagrammaga x-oʻqi, y-oʻqi hamda diagramma nomini joylash
17. Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
18. Dasturlashni boshlash. Robotni labirint boʻylab harakatlantirish
19. Blok-sxema yaratish. Burchaklar bilan ishlash
20. Spraytlarni oldinga va turli yoʻnalishlarga harakatlantirish
21. Debaglash (xatolar aniqlash) jarayoni
22. Qidiruv tizimlarida ishlashni boshlash
23. Veb-brauzerlar. Qidirish tizimlari
24. Elektron pochtada ishlash. Elektron pochta
25. Yangi elektron xat yozish. Amaliy mashgʻulot
26. Qabul qiluvchining manzilini kiritish. Xatni oʻqish va unga javob qaytarish
27. Elektron pochtada xabarlarni uzatish va formatlash

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Intizom - bu maqsadlar va ularga erishish o'rtasidagi ko'prik.

Jim Rohn

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Эслатма

🗓
5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун эртага – 6 январь (шанба) расмий иш куни ҳисобланади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryolik o‘quvchilar ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda

"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida, qolaversa qishki ta'tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun Angor tumanidagi maktab o‘quvchilari uchun viloyat markazidagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

https://uza.uz/oz/posts/qishki-tatil-mazmunli-otmoqda-video_554561

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda:

📱 Telegram: /channel/uzedu
📒Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
📺YouTube: http://bit.ly/2PYbkOx
📸 Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

Telegram
Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Yil sarhisobi: Bog'chalar sharoitlarini yaxshilash va qamrov darajasini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar

Surxondaryo viloyatida 2023-yil davomida ta’lim masalalariga alohida e’tibor berilib, jami 198 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, jumladan, 23 ta davlat, 7 ta DXSh, 168 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etildi va 15,2 mingdan ortiq qo‘shichma o‘rinlar yaratildi.

Maktabgacha ta’limga qamrov darajasi yil yil boshidagi 60,6 foizdan 65 foizga oshirildi.

Foto: Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan 180 o‘rinli bog'cha ochilishi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Kun_hikmati

Ko’zlaringiz yulduzlarda, oyoqlaringiz esa yerda bo’lsin.

Teador Ruzvelt

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Jarqoʻrgʻon_tumani
#Maʻnaviyat_sektori

Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyatidagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich "Ma'naviyat sektorlari" faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Jarqo'rg'on tumanidagi 66-umumta'lim maktabida ham "Ma'naviyat sektori" namunali tarzda tashkil etilgan.

Sektor mo'jazgina kutubxona, ma'naviyat burchagi va bohqalarni o'z ichiga olgan. Ayni kunlarda o'quvchi yoshlar hamda o'qituvchilar qishki ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida mazkur "Ma'naviyat sektori"da turli kitoblar mutolaa qilib o'z ma'naviyatlarini oshirish barobarida turli ma'naviy-ma'rifiy loyihalarda ham faol qatnashishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Tashpulatov hududlarda o'rganish ishlarini olib bormoqda. Xususan, Angor tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarda isitish tizimining holati ko'zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga zarur ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" faoliyati ham o'rganilib, qishki ta'til davomida o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bo'yicha maktablardagi mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

MAROQLI VA MAZMUNLI QISHKI TA'TIL

Qishki ta'til davomida o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida bugun Termiz shahri, Termiz, Angor va Sherobod tumanidagi maktablarning o'quvchilari uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o'g'il-qizlar Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo'lib, dastlab buyuk bobomiz qabrini ziyorat qilishdi.

Shundan so'ng majmua bilan yaqindan tanishib, tariximiz haqida zarur ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Qolaversa, Termiziylar tarixini o'zida mujassam etgan muzeyda ham bo'lib, yoshlar qadim moziyni gavdalantirgan qiziqarli eksponatlarni ko'zdan kechirishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Mamadiyev Xusniddin Norboyevich – Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1984-yilda Surxondaryo viloyati, Angor tumanida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

➖O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra kabinet mudiri;
➖Respublika yoshlar markazi direktori;
➖Olmazor tumani hokimining oʼrinbosari,
➖Olmazor tuman hokimining oʼrinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi;
➖Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori;
➖Prezident ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning juma kuni 9:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @svmmtb_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Tayinlov

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori А.Ubbiyevning tegishli buyrug‘i bilan Isaqova Elvina Dilaverovna Termiz shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori (v.v.b) lavozimiga tayinlandi.

▫️E.Isaqova 1986-yil Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

▫️Tayinlovga qadar Termiz shahridagi Prezident maktabida Maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

▫️Maktabimiz jamoasi E.Isaqovaning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⭕️⭕️⭕️

“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi!

📚 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:

1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;

2️⃣ Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;

3️⃣ Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi talab etiladi.

Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.

🏆G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

🧷 Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🥇1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥈2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

🥉3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.

🎁Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Yil sarhisobi: Maktablar sharoitlarini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar

Surxondaryo viloyatida 2023-yil 2 ta yangi maktab qurildi, 38 ta maktab rekonstruksiya qilindi va 62 ta maktab mukammal ta’mirlandi, 429 ta maktab joriy ta’mirlanib, 200 mingdan ortiq o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish sharoitlari yaratildi.

Viloyatdagi 948 ta maktab 5 mingdan oshiq kompyuter, 1 520 ta doska, 460 to‘plam o‘quv partasi hamda 7 turdagi musiqa asboblari hamda sport jihozlari bilan ta’minlandi. 150 ta maktab hojatxonasi zamonaviy talablar asosida ta’mirlandi va 124 ta maktab devor bilan o‘raldi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabuli kun”lari tashkil etilishi natijasida o‘quvchilarning sababsiz dars qoldirishi 12,5 foizga kamayib, o‘zlashtirish darajasi 30 foizga oshdi.

Foto: Termiz tumanida umumiy qiymati 15,6 mlrd so‘m bo‘lgan 528 o‘rinli maktabning foydalanishga topshirilishi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston_24_radiokanali

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev 2023-yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlik asosida o‘qituvchilarning malakasi oshirilmoqda

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun ayni kunlarda 4 kunlik o‘quv-amaliy seminarlar bo'lib o'tmoqda.

Bugun navbatdagi o‘quv jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, tizimda 2023-yil davomida olib borilgan ishlar va 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan so‘z yuritdi.

Ma'lumot uchun, seminar jarayonlarida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishmoqda. Bu oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni mustahkamlabgina qolmay, bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrab olish darajasini oshirishda ham xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Jasur Yo'ldoshev viloyatning Uzun tumanidagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rganish ishlarini olib bordi. Dastlab ta'lim muassasalaridagi obodonlashtirish ishlari, isitish tizimining holati ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, "Ma'naviyat sektori" faoliyatga alohida e'tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga zarur ko'rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

❇️❇️ QISHKI TA'TIL KITOB BILAN

✅✅ Viloyatdagi umumta'lim maktablarida qishki ta'til davrida kitobxonlar kutubxonadan unumli foydalanishmoqda.

📚📚 TO'RTINCHI TASHABBUS
📝"Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil  qilish maqsadida   maktab kutubxonalarida "Kitobsevarlar"  to'garak a'zolari ishtirokida turli xil tadbirlar bo'lib o'tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov tomonidan hududlarda o'rganish ishlari davom ettirilmoqda. Sho'rchi va Oltinsoy tumanlarida olib borilgan o'rganish jarayonlarida dastlab maktablarda qishki ta'tilni maroqli o'tkazish bo'yicha tashkil etilgan to'garaklar faoliyati o'rganildi. O'g'il-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tarzda o'tkazish yuzasidan to'garaklar bilan birga turli tadbir va loyihalar ham tashkil etish bo'yicha mas'ullarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maktablarda bosqichma-bosqich faoliyati yo'lga qo'yilayotgan "Ma'naviyat sektorlari" ham ko'zdan kechirildi. Ularni yanada boyitish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Surxondaryolik o‘quvchilar ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda

"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida, qolaversa qishki ta'tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun Angor tumanidagi maktab o‘quvchilari uchun viloyat markazidagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida o‘g‘il-qizlar yurtimiz tarixiga oid qadimiy eksponatlar bilan tanishib, zarur ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Siyosiy-ma'rifat soati

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.

Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://www.youtube.com/watch?v=mUb_rR0-nvk sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli oʼtsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Muzrabot_tumani
#Onlayn_olimpiada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan Onlayn fan olimpiadalarida ishtirok etish o'quvchilarga qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun ayni muddao bo'lmoqda.

Ayni kunlarda Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablarida ham onlayn olimpiadalar taqvimiga asosan o'quvchilar belgilangan fanlardan onlayn olimpiada jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

MAROQLI VA MAZMUNLI QISHKI TA'TIL

Qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida diqqatga sazovor manzillarga sayohatlar uyushtirilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📣 Aziz ota-onalar!

Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?

👉 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.

❗️Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!

🖥 Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari boshlandi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

🔴Ayni vaqtda ushbu bahslarga start berildi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

❗️Bugungi olimpiada musobaqalarida maktablarning 4-sinf o‘quvchilari o‘zlariga tegishli fanlar doirasida ishtirok etadi.

⚡️Onlayn olimpiadalar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Uning natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ishtirokchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал