👨👩👧👦 Farzandingizni navbat kutmasdan bog‘chaga bermoqchimisiz?
👭Unda @mta_rasmiy_bot havolasi orqali bolani yoshiga doir bo‘sh o‘rinlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Seminar_trening
Avval xabar berganimizdek, Surxondaryoda "Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi treninglar davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#OAV_biz_haqimizda
#Sevimli_zamon
🌈Surxondaryoda oilaviy bog‘chalar soni yana bittaga ko'paydi.
✨Mustaqillik tantanalari arafasida Termiz shahar Namuna mahallasida 40 o'ringa mo'ljallangan yangi oilaviy bog‘cha o'z faoliyatini boshladi.
✅Ma'lumot uchun: Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2 489 tani tashkil etib, shundan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 450 tani, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 158 tani, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni esa 1 871 tani tashkil etadi.
Viloyatdagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 156 198 nafari yoki 61,1 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi ta’minlangan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📚Yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yili boshlandi
✨Bugun Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bogʻcha” tadbirlarida Maktabgacha ta’lim agentligi rahbarlari bilan bir qatorda xodimlar ham ishtirok etdi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2632
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇺🇿Ta’lim maskanlarida mustaqillik saboqlari o‘tkazildi
🔹Mamlakatimizdagi barcha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgani kabi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yozgi sog‘lomlashtirish davri o‘z nihoyasiga yetib, yangi o‘quv yili boshlandi.
🔹Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bog‘cha” tadbirlari tashkil etildi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2631
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️Xalqaro hamkorlik doirasida tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda
✨O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2630
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗣Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qoyildi
⏺ Ma'lumki, Termiz shahrida jami 37 ta MFY mavjud bo‘lib, maktabgacha taʼlim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar 15731 nafarni tashkil etadi. 2023 yil 1-yarim yillik holati bo‘yicha shahardagi 147 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘yicha jami 32 ta Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 7715 nafar; 5 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 332 nafar; 20 ta Davlat xususiy sheriklikdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2071 nafar; 88 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2378 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.
⏺ Quvonarlisi, qamrov yanada kengaydi. "Chegara" mahallasining Bo‘ston ko‘chasida Davlat xususiy sheriklik shaklidagi 40 o‘ringa ega "Super kids" nomli 101-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining nuroniylar, mahalla faollari ishtirokida ochilishi bolajonlar quvonchiga yanada quvonch bag‘ishladi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.
Kanalga ulanish: /channel/termizshh
✈️ Telegram |📹 YouTube |✅ Facebook| 🌐Web-site
#Denov_tumani
Denov tumanidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining birida "Rassom bolajon" nomli tadbir tashkil etildi.
Bolajonlar ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyat bilan qanchalik erta shug‘ullansa, shunchalik tez zaruriy bilim va tajribaga ega bo‘ladilar, dunyoqarashlari kengayadi, tasavvur ufqlarida qanot qoqa boshlashadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga o‘yin tarzida ta’lim berish jarayonida noan’anaviy usulda rasm chizish o‘rgatilib, zarur malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🏁Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
✨Bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining respublika bosqichi o ‘tkazildi.
✨Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi.
✨Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 🥇🥈🥉- oʻrin gʻoliblari aniqlanib, agentlikning diplomi hamda faxriy yorliqlari, qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2583
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ахборот 24 | Мактабгача таълим агентлигида ЮНЕСКО билан учрашув
#18july #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
https://youtu.be/5VOBQuJW3QQ
Maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlar borasida Yoshlar press klubida agentlik mutasaddilari ishtirokida ko‘rsatuvni tomosha qiling.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🤝Xalqaro hamkorlik ikki millat do'stligini yanada mustahkamlamoqda
UNICEF xalqaro tashkilotining ko’magi bilan Surxondaryo viloyatidagi qator maktabgacha ta’lim tashkilotlarida afg’on oilalari farzandlari uchun maxsus guruhlar tashkil etilmoqda.
Kuni-kecha Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lgan xalqaro tashkilot vakillari bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Dastlab tarbiyalanuvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
Shundan so’ng maxsus guruhlar uchun manzilda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan samimiy suhbat qurildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🤝YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim hamda Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim, Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📌 Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2556
_______________________
🤝Встреча с Главой представительства ЮНЕСКО в Узбекистане с г-ой Сарой Ношади, а также миссией ЮНЕСКО, прибывшей из Парижа в г. Ташкент с деловым визитом
Состоялась встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования - Директора Агентства дошкольного образования А.В. Шин с Главой представительства ЮНЕСКО в Узбекистане с г-ой Сарой Ношади, а также ознакомительной миссией ЮНЕСКО, прибывшей из Парижа.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2556
Telegram | Facebook | Instagram
⚡️Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi
✨O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
📌 Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2553
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📊INFOGRAFIKA
✅Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 2017 yilga nisbatan (27,7 %) 2,5 barobarga ya’ni 71,8 foizga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tadan 29 420 taga yetkazildi.
✅Ma’lumot uchun: 6 598 ta davlat (shundan, 49 ta idoralarga qarashli), 833 ta xususiy, 1 313 ta DXSH asosidagi nodavlat va 20 676 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
✅2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishga doir qator vazifalar belgilandi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.
Mazkur farmonga asosan:
➖Bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish;
➖Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish;
➖100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash;
➖ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga asosan:
➖davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yish amalga oshiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Surxondaryoda "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-treningga start berildi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2641
Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar👉 bu yerda
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📚“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
✨Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
✨Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida taqdirlanadi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2636
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📚Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Salom bog‘cha” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
✨Bugun, 4-sentabr kuni yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Salom bog‘cha” tadbirlari bo‘lib o‘tib, yangi 2023-2024-o'quv yili boshlandi.
✨Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq olib boriladi.
✨Ma'lumot uchun: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'quv yili sentabr - may oylarini o'z ichiga oladi.
Iyun-avgust oylari davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lomlashtirish davri hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.
Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Hududldrdan_xabarlar
#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston_24_radiokanali
📊Surxondaryoda maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📚Ta’limning ilk bo‘g‘ini - maktabgacha ta’lim
✨Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi.
✨Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.
✨Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgani quvonarli holdir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Махсус репортаж | Мактабгача таълим тизимидаги ислоҳотлар самараси
#27july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🇰🇷🇺🇿Koreya tajribasini maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🤝Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin va Koreya elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi direktori janob Pen Ju Man oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2578
____________________________
🇰🇷🇺🇿Состоялась встреча взаимного сотрудничества по внедрению корейского опыта в систему дошкольного образования
🤝Сегодня состоялась рабочая встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования - Директора агентства дошкольного образования Республики Узбекистан А.В.Шин с Директором центра образования при Посольстве Кореи г-ном Пен Джу Ман.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2578
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yoz mavsumida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tadbirlardan biridan lavha.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
☝️SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI?
KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?
👉Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado
__________________________
☝️НАРУШЕНЫ ЛИ ВАШИ ЗАКОННЫЕ ПРАВА?
ПОДВЕРГЛИСЬ ЛИ ВЫ ФАКТАМ КОРРУПЦИИ?
👉Для обращений: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️YUNESKO missiyasining yig'ilishi: “Yo'l xaritasi”ni imzolanishi
14 - iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Parijdan kelgan YUNESKO missiyasi o'rtasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali Mintaqaviy markazni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun yakuniy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2559
____________________________
⚡️Встреча миссии ЮНЕСКО: подписание «Дорожной карты»
14 июля состоялась заключительная встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования - директора Агентства дошкольного образования А.В. Шин с миссией ЮНЕСКО, прибывшей из Парижа для обсуждения вопросов по организации Регионального центра второй категории под эгидой ЮНЕСКО в городе Ташкенте.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2559
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.V.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, shuningdek, YUNISEF va YUNESKOning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari bilan uchrashdi.
📌 Batafsil:https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2555
___________________________
#Международное_сотрудничество
⚡️Сегодня состоялась встреча первого заместителя министра дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан - директора Агентства дошкольного образования А.В.Шин с миссией Исламского банка развития, а также представителями ЮНИСЕФ и ЮНЕСКО в Республике Узбекистан.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2555
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#ovoz_bering
O’zbekiston kelajagiga befarq bo’lmang!
Bolalarimiz kelajagiga zaminni birga yaratamiz.
✍️Saylovda ishtirok eting va o’z nomzodingizga ovoz bering.
#hamkorlik_uchrashuvi
⚡️Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari A. Risboyeva bilan uchrashdi.
📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2519
_______________________________
#Встреча_сотрудничества
⚡️Сегодня состоялась встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования - Директора Агентства дошкольного образования А. Шин с Заместителем министра образования и науки Киргизской Республики А. Рысбаевой в рамках 7-го собрания министров образования стран-членов Организации тюркских государств, проходящего в г. Самарканде.
📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2519
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube