San’at, adabiyot, she’r va she’riyat, adabiy tanqid, adabiy jarayon hamda kitoblar haqida gaplashamiz! https://taplink.cc/donobekchan https://t.me/joinchat/UMKfsGCSJDfcvKNn
Atrofingizdagi odamlarga ehtiyotkorlik bilan muomala qiling. Hay va Qayyum sifatli Alloh siniq ruh va dardli yurakka yaqindir. Yodingizda boʻlsin, agarda yordam bera olmasangiz, ozor ham yetkazmang. Muomala munosabatidagi umumiy qoida shudir. Ammo koʻplar bunga bee’tiborlar va boshqalarga qilayotgan muomalari haqida oʻylab koʻrmaydilar.
Unutmang, Alloh mazlumlar va faqirlarga yaqindir.
©️ Mufti MENK
Dono Bekchanova tarjimasi
t.me/SozKimyosi
«Bir ilgari koʻrgan fil’m yodimga tushadi. Fil’m supermarketda muzlatgichlar qatoridan boshlanadi.
Ayol yogurt idishlari terib qoʻyilgan peshtaxta oldida turadi. Ancha vaqtgacha u qimir etmaydi, kamera ham jilmaydi, keyin u kichkina qadamlar bilan u yoqdan bu yoqqa yura boshlaydi, keyin muzlatgichga yaqinlashib, oʻrikli yogurtni oladi, keyin uni qaytib joyiga qoʻyib, vanilinlisini oladi. Keyin uni ham qaytib qoʻyadi.
Navbatdagi sahnada u televizor qarshisida oʻtiradi. Unda otilayotgan vulqon va bombalar ostida halok boʻlayotgan odamlar koʻrsatiladi.
Ayol oshxona stolida oʻtiribdi, uni orqa tomonidan tasvirga olishgan. Uning gazeta varaqlayotgani eshitiladi. Kamera ayolga, aniqrogʻi, uning yelkasiga, yelkasi osha gazetaga yaqin keladi. Unda vayronaga aylantirilgan shaharni koʻrish mumkin. Ayol sariyogʻ surilgan nondan tishlaydi, uning koʻz oʻngida esa yer kuyib kulga aylanadi. Shu payt ochiq turgan oshxona derazasidan chittak uchib kiradi. Ayol nonini qoʻyib, qushni haydab chiqarishga tutinadi. Natijada qushni oʻldirib qoʻyadi. Kamera oshxonani koʻrsatadi, oshxona oʻrtasida turgan stol, uning ustida ochiq turgan gazeta, gazeta ustida oʻlib yotgan qushni yaqinlashtiradi.
Keyin kamera deraza tomonga sirgʻalib, oynadan chiqadi. Tashqarida koʻchada gʻildirakli jomadonini ortidan sudrab ketayotgan ayol koʻrinadi.
Hech qanday chittakni oʻldirmagan boʻlsam-da, men ham oʻz uyimni tark etdim. Men bagʻrida yashayotgan begʻamlik haqiqat ekaniga shubham bor. Qalbim halovatsizlikni qoʻmsaydi, balki, chinakamlik, haqiqatni sogʻingandir. Nima muhim, nima muhim emasligini anglab yetgim keldi. Menda ham birgina hikoyaning emas, balki koʻplab hikoyalarning boʻlagi boʻlish istagi tugʻildi.
Fil’mdagi ayol, balki, Himolay yoki Karpat togʻlari tomonga, balki, Madeyra yoki biror-bir boshqa orolga ketgandir.
Men fabrikani tanladim...»
Jianna MOLINARI
«Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin»
t.me/SozKimyosi
Yangi kitoblardan iqtiboslar yomg’iriga start berildi. 😉
Читать полностью…Men ayolman - mening yaralishimda katta hikmat yashirin! Fitratim moʻjizalarga toʻla. Bu hayotda oʻz rolim va oʻz aytar soʻzim bor!
Men ayolman - demak qirolichaman. Yer yuzidagi barcha podshohlarning seviklisi...
Men ayolman - demak men gulman! Muhabbatla parvarishlansa goʻzallik taratuvchi, qahr va gʻazab kelsa sahrodagi yovvoyi yantoq tusiga kirguvchi!
Men ayolman - ozodlik va erkni sevguchi!
Men ayolman - bandasiga qullikdan ancha baland, erk uchun erklar tug’ib berguvchi!
Men ayolman - muhabbatman, mehrman, kuchman, matonatman, sabrman, olovman, dunyo ham, borlik ham, yo’qlik ham menman!
Men ayolman - demak tiriklikman! Tiriklikning davomchisiman!
Men ayolman - ojizaman, ba’zan yig’loqi, ba’zan siniq, ba’zan mahzun, ba’zan besabr...
Men ayolman - hayot kurash boʻlsa, shu karashlar ichida kuchli suyanchiq istovchi!
Men ayolman - zaifaman!
Men ayolman - taqdirman!
Men ayolaman - palahmon toshiman, bogʻga tushsam gullab shirin mevalar berguvchi, sahroga tushsam suvsab, qaqshab soʻlib bitguvchi!
Men ayolman - ehtiroslar va nafslar uchun emas, goʻzal ishq dostoni uchun yaratilgan!
Men ayolman - yonimda kuchli boʻlishga majburlaydigan emas, ojizaligimcha qolishimga yordamchi inson istaydigan!
Men ayolman - qaynonaga qiz, yoriga yor boʻlishni orzulaydigan, nomahramlarga begonaligimcha qoladigan...
Men ayolman - oʻz soʻziga, fikriga, qarorlariga ega boʻlishni istaydigan chin INSONMAN!
Men ayolman va men ODAMman. Oʻz taqdirimni oʻzim hal qilish huquqiga ega Robbimning omonatiman.
Men ayolman - sabrim, mehrim, bari hislarim omonatdor Robbimning qullari uchundir!
Men ayolman - dilimda Alloh, qoʻlimda toj! Boshimga kiydirishsa qirolichaman, qoʻlimdan olishsa ...
MEN AYOLMAN...
Barcha oʻzbek ayollari tilidan -
©️ Dono Bekchanova
t.me/SozKimyosi
Qisqametrajli mul’tfil’m - «Chiroq»
Muhabbatning kuchi haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi mul’tfil’mlardan biri. 🥀💡
****
Короткометражный мультфильм - «Свет»
Сила любви. Лучший мультфильм о любви со смыслом. 💜
t.me/SozKimyosi
Sen meni toparsan o‘zni yo'qotsang,
Ishq bu – jar,
Ishq – o‘jar,
Osmonga yo'ldir.
Qulasang, eng chuqur yaramga botsang,
Qulasang, meni-da o‘zimga keltir!
Shahriyor SHAVKAT
****
Сен мени топарсан ўзни йўқотсанг,
Ишқ бу – жар,
Ишқ – ўжар,
Осмонга йўлдир.
Қуласанг, энг чуқур ярамга ботсанг,
Қуласанг, мени-да ўзимга келтир!
Шаҳриёр ШАВКАТ
t.me/SozKimyosi
Yana bitta «kasal» qilgan qoʻshiq.
Mehmet ERDEMning «Kadinim»ini oʻrnini egallayapti.
Barış DİRİ «DERİNDEN» ❤️
@SozKimyosi
Loyiq SHERALI
KO‘NGLIM DUO ISTAR…
Mening qari onam, qayerlardasan?..
Kulfatlar domidan tolib ketdim men.
Biror tadbir o‘ylab topmasang bo‘lmas,
Taqdir girdobida qolib ketdim men.
Boshim qo‘llaringni sog‘indi juda,
Sog‘indim dardingga jo‘r ohlaringni.
Bukun g‘amdan zada bo‘lgan yuragim
Tusayotir issiq nigohlaringni.
Ko‘nglim duo istar, parrandalarning
Bir juft qanotiday qo‘lingni yozib,
Xudoni falakdan yerga chorlarding,
Gʻamgin pichirlarding qiblaga boqib.
Meni olislarga kuzatgan chog‘da,
Nogoh yoshga to‘lib ketardi ko‘zing.
Ketganimdan keyin, ortimdan yig‘lab
Suyanib qolarding o‘zingga o‘zing.
Nimasini aytay?
Mendan yaxshiroq
Bilasan qismatboz dunyo holini.
Yaxshiroq anglaysan sen mendan ko‘ra,
Tiriklik tongini, hayot shomini.
Bu dunyoda bitta-bittalab yig‘dim
Ilm va hikmatning urvoqlarini.
Biroq, senday yaxshi o‘rganolmadim
Bu yeru osmonning jumboqlarini.
Bilaman, yuz yoshga kirib o‘lsam ham,
Hanuz yo'rgakdagi go‘dak ekanman.
Bilaman, sening pok sutingdan keyin,
Yegan bo‘lsam, faqat, afsus yeganman…
t.me/SozKimyosi
Inson uchun biror yaqinining g‘alati munosabatidan ham og‘irroq holat bo‘lmasa kyerak.
Yaqini bilan ko‘rishgisi, har xil mavzularda suhbat qurgisi keladi.
Yaqini esa unga nisbatan yoki boshqa bir yaqiniga nisbatan noto‘g‘ri, o‘zidan itaruvchi muomala-munosabat ko‘rsatadi.
Albatta, silai-rahm tushunchasi bor odam bu holda ham o‘zini tutadi. Biroq, yaqiniga nimalarnidir tushuntira olmay ichdan eziladi. Vaziyatni o‘nglay olmay siqiladi. Holatga yechim topa olmay kuyunadi. Dardini aytguvchi bir darddosh qidirib eziladi...
Kunlar, oylar, yillar, munosabatlar... ... hammasi bir xilda davom etaveradi, etaveradi...
Masala o‘sha-o‘sha, eski, ezgin, og‘ir, mujmal, mavhum...
Har qancha mehr, har qancha muhabbat suvlari oqizilmasin, tagi teshik bunday munosabat mehrsiz bir g‘arib holda turavyeradi, turavyeradi...
Inson esa chora qidirib halak... Goh unday, goh bunday xayollar, harakatlar qilib, bir nuqta atrofida chorasizgina aylanavyeradi...
****
Инсон учун бирор яқинининг ғалати муносабатидан ҳам оғирроқ ҳолат бўлмаса керак.
Яқини билан кўришгиси, ҳар хил мавзуларда суҳбат қургиси келади.
Яқини эса унга нисбатан ёки бошқа бир яқинига нисбатан нотўғри, ўзидан итарувчи муомала-муносабат кўрсатади.
Албатта, силаи раҳм тушунчаси бор одам бу ҳолда ҳам ўзини тутади. Бироқ, яқинига нималарнидир тушунтира олмай ичдан эзилади. Вазиятни ўнглай олмай сиқилади. Ҳолатга ечим топа олмай куюнади. Дардини айтгувчи бир дарддош қидириб эзилади...
Кунлар, ойлар, йиллар, муносабатлар... ... ҳаммаси бир хилда давом этаверади, этаверади...
Масала ўша-ўша, эски, эзгин, оғир, мужмал, мавҳум...
Ҳар қанча меҳр, ҳар қанча муҳаббат сувлари оқизилмасин, таги тешик бундай муносабат меҳрсиз бир ғариб ҳолда тураверади, тураверади...
Инсон эса чора қидириб ҳалак... Гоҳ ундай, гоҳ бундай хаёллар, ҳаракатлар қилиб, бир нуқта атрофида чорасизгина айланаверади...
©️ Гавҳар Умарова
@SozKimyosi
Qaygʻu - ichimizdagi qoʻrquvlar hosilasidir.
****
Қайғу - ичимиздаги қўрқувлар ҳосиласидир.
@SozKimyosi
Usmon QOʻCHQOR
Ishq — junun, so‘ngandan keyin anglangan,
Na iloj, ishq – Hakdan tortiq deganlar.
Avjlanar suv sepgan sayin alanga,
Qattiqroq kuyadi qattiq sevganlar.
Qanday savdolarga belandi boshim,
Oh, qachon bu yurak toshga aylanar.
Ichimdan bir isyon keladi toshib,
Bu isyon ko‘zimda yoshga aylanar.
Oshiqning ahvoli fe’lidan ayon,
Ko‘rganlar achinib ketadi nari.
Bu sho‘rlik qavmga ming yildan buyon
Yolg‘on bir tasalli: «O‘tadi bari…»
Ohimdan muhit bir siltanadi-da,
Tog‘dan pastga qaqshab quyilar toshlar.
Ishqning bu zulmkor saltanatida
Yolg‘on rostga o‘xshab tuyila boshlar…
t.me/SozKimyosi
Oʻzbek adabiyotida nazm doimo kuchli boʻlgan! Hozir ham unda ijod qiladigan yoshlar ijodi baland! Faqat she’riyatga iste’dodi, badiiy mahorati yetmaganlar (hammasi emas albatta) adashib nasrni loyqalab yuribdi. Ammo vaqt hammasini joyiga qoʻyadi, har doimgidek!
@SozKimyosi
Oʻzidan essechi, prozachi yasab olib, kanalida boʻyi bilan boʻylay olmaydiganlarni gʻiybat qilib oʻtiradigan, yozganida na gʻoya, na badiiy yetuklik bor bittasidan Chopra Sohibni yozganlari badiiy va oʻlsa oʻligi ortiqdir.
Adabiy did oʻlganmi deyman, yoʻqsa sariq chaqaga arzimaydigan simfoniya-pimfoniyalar oʻqilarmidi?!
Badiiy asar degani quruq, oʻlik publisistikadan farq qilishi kerak! Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinsa (aslida arzimaydi) sharmandasi chiqadigan yozgʻitlar asar emas, adabiyotga aloqador emasda endi! Bu deyman badiiy ifodani ... tiqvorib huzur qilyapsizlarmi?
Qayerdan shuncha kibr bu yozgʻuvchi, ejodkorlarda?! Ikkita oshnang, 3-4 xotin-qiz maqtadi degani “zoʻrsan” degani emasda! Ha, endi bilamiz, oʻsha chet el nashrlari deyilgani sariq matbuot, bizdagi “Darakchi”dek ham emas!
Bunday qattiq tanqid qilmasdim, aslida bunisi tanqiddan tuban edi! Shunda ham aytib qoʻyay dedim!
Sal didlaringizni oʻstiringlar qizlarjonlar, adabiyot shaydolari! Unaqa emasda endi! 😌
@SozKimyosi
Doʻstlar, xabaringiz boʻlsa Oʻrta taʼlim uchun yangi oʻquv dasturlari muhokamaga qoʻyilgan!
Dasturlarning ayrimlari bilan tanishib chiqdim, soha mutaxassislari bilan fikr almashdik. Hammaning fikri bir xil: “oʻquv dasturida yangiliklar yoʻq, mukammal emas, metodik jihatdan zaif va mujmal...”
Sizlarni shu masalada eʼtiborli boʻlishga, dasturlar bilan imkon qadar tanishib, fikr bildirib, muhokama qilishga, orangizda jurnalistlar boʻlsa soha mutaxassislari, oʻqituvchilar bilan suhbatlashishga chaqiraman!
Sustkashlik, beeʼtiborlik farzandlarimizning yana 5-10 balki 10-15 yilini behuda yoʻqotishiga sabab boʻladi.
Kelajak avlod taqdirini hal qiladigan masalalarga jiddiy qaraylik!
Shu maʼnoda, darslik yozishni bepul qilish, oʻquv dasturi boʻyicha ishlaydigan ishchi guruhni koʻngillilardan tuzish kerakligini talab qilib chiqishimiz shart!
Ana oʻshanda 10-15 yillardan buyon oʻrnini bermay kelayotganlar (negaligini hamma biladi, ammo aytmaydi) biroz orqa oldiga qarar va dastur tuzishga, darslik yaratishga #VAQTI yetmasligi sababidan chekinar!!!
Hozirda taqdim qilingani “eski hammom, eski toz”. Ishchi guruhidan tortib, dasturgacha shunday!
Ishchi guruh oʻzgartirilmas ekan, yangilik boʻlmaydi! Hech narsa oʻzgarmaydi!
Siyqasi chiqib, chirib ketgan dastur! Maktab ostonasiga yaqin yoʻlamaydiganlar bosh!
Ish qilgan boʻlib, isloh qilgan boʻlib koʻrinishlariga aldanmaylik! Chindan islohga muhtoj taʼlim!
Bugun “menga nima” deb tursak, katta olimlarga qarshi gapirmay deb mum tishlasak, ertangi avlodni savodsiz deya tanqid qilishga haqqimiz boʻlmaydi. Unutmaylik, bugungi tiktoker avlod kelajagiga qaygʻurmadik, oʻquv dasturlarni yillarki kimlargadir ishonib topshirdik, ana oʻshalar bugun yana dastur yaratdilar!
Avvalgi ishlagan dasturlari shaftoli bilan olma bermadi, bunisi ham bermaydi!
#Maksimal_repost
#Imkon_qadar_ulashing!
t.me/SozKimyosi
Shunday paytlar boʻladiki, Qodir Alloh siz davom ettirishingiz kerak boʻlgan yoʻl aniq boʻlgunicha sizni vaqtincha ushlab turadi. U biz koʻra olmaydigan narsalarni koʻra oladi! Shunday ekan, hayotingizda nimadir kechikayotgan boʻlsa ham minnatdor boʻling. Uni la'natlamang. Vaqt Egasi sizning sayohatingizni davom ettirish uchun qachon sizga yaxshiroq boʻlishini biladi!
Sizning hayotingiz va hozir qayerda ekanligingiz tasodifiy emas. Har bir qadam olamlarning Parvardigori tomonidan puxta rejalashtirilgan. Siz shu yerda boʻlishingiz kerak. U sizning sayohatingizning shu bosqichida shu yerda boʻlishingizni xohlaydi. Har bir daqiqadan dars oling. Ular sizning eng buyuk ne'matlaringizdir!
©️Mufti MENK
Nilufar Oripova tarjimasi
t.me/SozKimyosi
Men toʻrtburchak ichida yashashga oʻrganib qoldim. Kimdir dunyo toʻrtburchak deydigan boʻlsa, bunga bajonidil ishongan boʻlar edim.
Ammo dunyo dunyo boʻlib qolishiga, mening toʻrtburchagim faqat meniki ekanligiga koʻproq ishonaman.
JIANNA MOLINARI
«Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin»
t.me/SozKimyosi
Jianna Molinarining “Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin” asari haqidagi fikrlarni oʻqigach, kitobni o’qish ishtiyoqi yoqdi. Bir yarim-ikki kun (kitobga erishgunimcha) aql-u-xayolim kitobda bo’ldi.
Oldim, o’qidim! Bir nafasda o’qidim. Endi vaqtni to’xtatib turishim kerak. Hazm qilishim kerak. Quyilib kelayotgan fikrlarni tartiblashim kerak. Mutolaa zavqini yashab olishim kerak...
So’ngi paytlarda jahon adabiyotidan tarjima qilingan har qanday asarni tarjimoniga qarab o’qiyapman. Gulnoz Nabiyeva meni ikkinchi marta hayratda qoldirdi.
Tavsiya qilaman! Zavqlaning!
t.me/SozKimyosi
Yangi dunyolar, yangi taassurotlar - @Akademnashr nashriyoting eng sara kitoblari bilan...
@SozKimyosi
Дунёни ким бошқаряпти?!
Трамп, Ци Сзин Пин ва Путин дунёни ким бошқараётгани ҳақида баҳслашиб қолишибди. Ким бошқаряпти — AҚШми, Хитойми ё Россия? Келиша олмай, охири Ҳиндистон бош вазири Нарендра Модидан сўрашга қарор қилишибди.
Моди ўйланиб туриб, кейин: «Мана, ўзинглар кўриб, хулоса қилинглар», - деб рўйхат берибди:
1. #Google бош директори — ҳинд (Сундар Пичаи);
2. #Microsoft бош директори — ҳинд (Сатя Наделла);
3. #Citigroup бош директори ҳинд (Викрам Шанкар Пандит) эди;
4. #SoftBank Гроуп директори — ҳинд (Ражив Мисра);
5. #Adobe бош директори — ҳинд (Шантану Нараян);
6. #NetApp бош директори — ҳинд (Жорж Куриан);
7. #PepsiCo бош директори ҳинд (Индра Нуйи) эди;
8. #Nokia бош директори — ҳинд (Ражив Сури);
9. #Mastercard бош директори — ҳинд (Aжайпал Сингҳ Банга);
10. #DBS бош директори — ҳинд (Пийиш Гупта);
11. #Cognizant бош директори ҳинд (Франсиско ДЪСоуза, ундан аввалгиси Лакшми Нараян) эди;
12. #Novartis бош директори — ҳинд (Васант Нарасимҳан);
13. #Conduent бош директори ҳинд (Локеш Прасад) эди;
14. #Diageo бош директори — ҳинд (Иван Менезес);
15. #Harman бош директори ҳинд эди (Динеш Паливал);
16. #Micron бош директори — ҳинд (Санжай Меҳротра);
17. #PaloAltoNetworks бош директори — ҳинд (Никеш Aрора);
18. #ReckittBenckiser бош директори — ҳинд (Лакшман Нарасимҳан);
19. #IBM бош директори ҳам келиб чиқиши бўйича ҳинд (Aрвинд Кришна);
20. Британия молия вазири (ғазначилик канцлери) — ҳинд (Риши Сунак);
21. Британия ички ишлар вазири — ҳинд (Прити Пател).
Хўш, дунёни ким бошқаряпти, деб ўйлайсиз?
Дарвоқе, Ҳиндистон ҳукумати бир неча ой илгари Тик Токни мангуга блоклади. Унутманг, юксалиш ва ривожланиш Тик Токда эмас. Китобда, билим олишда, илм ўрганишда. Ривожланинг, ўз устингизда ишланг, олға боринг! Бизнинг фарзандлар ҳам дунёни бошқарсин!
©️ Карим Баҳриев
@SozKimyosi
Derinden
Kuşlar içimden, düşümden uçmuş
Yani derinden, derinden
Dostlar kafamdan, yaşamdan kaçmış
Yani derinden, derinden
Aşklar, savaşlar şiirden çıkmış
Yani derinden, derinden
Putlar, ikonlar evimde belirmiş
Yani derinden, derinden
Gidişler, köpüşler sokakta yaşarmış
Yani derinden, derinden
Kadınlar, çocuklar hayattan göçermiş
Yani derinden, derinden
Adamlar, babamlar ölürmüş derinde
Yani derinden, derinden
İnsan özünden düşermiş bazen
Yani derinden, derinden
Küçük bir çocukken içim çok sıcaktı
Yani derinden, derinden
Allah yukarıda ve toprak sıcaktı
Yani derinden, derinden
Dünya dönerdi ya, ben de dönerdim
Yani derinden, derinden
Annem gülerdi ya, ben de gülerdim
Yani derinden, derinden
Bugünlerde ruhumda korkunç bir ur var
Derinlerde sinmiş semirmiş bi' sansar
Sönmüş, tükenmiş ve bitmişti sancak
Yani derinden, derinden
Yüzümde şuursuz geceyi utandır
Ruhum, cevap ver karanlıkta saldır
Manyak bir asi gibi sapla mızrak
Yani derinden, derinden
t.me/SozKimyosi
Muhabbat qalb holatini oʻzgartiradi. Qalb holati hayotimizni...
Har bir qalbga mehr-muhabbat kirib borsin! Sevib, sevilib yashang... ❤️
@SozKimyosi
— Doʻzaxda oʻlov yoʻq.
— Buni bilaman.
— Qayerdan bilasan?
— Men u yerda boʻlganman. Chekmoqchi boʻlib olov soʻraganimda berishmagan. “Doʻzaxga har kim ichidagi oʻz olovi bilan kiradi”, deyishgandi.
Simon de Bovuar
****
— Дўзахда ўлов йўқ.
— Буни биламан.
— Қаердан биласан?
— Мeн у ерда бўлганман. Чeкмоқчи бўлиб олов сўраганимда бeришмаган. «Дўзахга ҳар ким ичидаги ўз олови билан киради», дeйишганди.
Симон дe Бовуар
@SozKimyosi
ВАЪДА БЕР, СЕВГИЛИМ
Севгилим, кун келиб она бўласан,
шунда фарзанд кўргин, кўзи тўла чўғ,
ўтда ёнмайдиган, сувда чўкмайдиган,
хўрлаб бўлмайдиган болаларни туғ.
Йўқчилик қамчисин тотмасин асло
уларнинг баҳайбат, кенг елкалари.
Худди ўзларидай фарзанд улашсин
жуфтлари – суюкли маликалари.
Суягин хўрламас султонларни туғ,
ҳар бири шу юртнинг бўлсин эгаси,
токи зурёдларинг бўйни сунмасин,
ваъда бер, ваъда бер, жоним, менга сен.
👉 @xurshidabdurashid
Marhamat (rahmdillik) ma’sum boʻlganligi uchun hamma qalbga ham mehmon boʻla olmaydi.
Rumiy
~~~~
Марҳамат (раҳмдиллик) маъсум бўлганлиги учун ҳамма қалбга ҳам меҳмон бўла олмайди.
Румий
@SozKimyosi
Munisa Boymatovadan goʻzal ijro! 🤍
t.me/SozKimyosi
Vasilya Aripova ijodidan.
Koʻzlaringiz goʻzallik koʻrsin!
@SozKimysi
Yaqinda bu chala homila tashlaydigan ayrim ejodkorlarga atab «Koʻnglum ozadur» degan roman yozvormasam boʻlgani!
@SozKimyosi da kutingiz!
Jorj Oruell nohaq edi. Katta Og‘a sizni kuzatmaydi. Katta Og‘a qo‘shiq aytib, raqsga tushadi. Sehrli shlyapasidan momiq quyonlarni chiqaradi. Har safar siz uyquga ketmaguncha, Katta Og‘a eʼtiboringizni chalg‘itib, sizni o‘ynatishda davom etadi. U sizning o‘ylab, tahlil qilishingizga vaqt qoldirmaslik uchun qo‘lidan kelganini qiladi. U sizni band qilish uchun har ishga qodir. U sizning tasavvuringiz so‘nishi va yakson bo‘lishi uchun hamma narsaga tayyor. Tasavvur mutlaq qurib bitguniga qadar. Go‘yoki ko‘richak singari, hech kimga nafi tegmaydigan qo‘shimcha bir qismga aylanguniga qadar. Katta Og‘a sizni jiddiy ishlarga chalg‘imasligingizni qattiq nazorat qiladi.
©️ Charlz Maykl Palanik
©️ Yorkinoy Khakimova tarjimasi (tarjimon sahifasidan olindi)
****
Жорж Оруэлл ноҳақ эди. Катта Оға сизни кузатмайди. Катта Оға қўшиқ айтиб, рақсга тушади. Сеҳрли шляпасидан момиқ қуёнларни чиқаради. Ҳар сафар сиз уйқуга кетмагунча, Катта Оға эътиборингизни чалғитиб, сизни ўйнатишда давом этади. У сизнинг ўйлаб, таҳлил қилишингизга вақт қолдирмаслик учун қўлидан келганини қилади. У сизни банд қилиш учун ҳар ишга қодир. У сизнинг тасаввурингиз сўниши ва яксон бўлиши учун ҳамма нарсага тайёр. Тасаввур мутлақ қуриб битгунига қадар. Гўёки кўричак сингари, ҳеч кимга нафи тегмайдиган қўшимча бир қисмга айлангунига қадар. Катта Оға сизни жиддий ишларга чалғимаслигингизни қаттиқ назорат қилади.
©️ Чарльз Майкл Паланик
©️ Yorkinoy Khakimova таржимаси (таржимон саҳифасидан олинди)
t.me/SozKimyosi
- Bayramlar tugaydi.
- Moʻjizalar hammi?
- Faqat moʻjizalar qoladi.
t.me/SozKimyosi