soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Soliq tizimida shaffoflik va raqamlashtirish
Prezidentimiz rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni oʻtkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan” yigʻilishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan davlat idoralari va tashkilotlarida oʻrganishlar olib borilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi aʼzolari Soliq qoʻmitasiga tashrif byurib, soliq xizmati organlarida korrupsiyaviy omillarning oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda sohani raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlar dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprelda qabul qilingan PF-71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shundan soʻng, Qoʻmita aʼzolari Soliq qoʻmitasi Markaziy apparati tuzilma rahbarlari bilan uchrashib, Farmonda soliq organlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish jarayonida uchrayotgan byurokratik toʻsiqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar bildirildi.
Tashrif davomida deputatlarga soliq tizimida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, jumladan, soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va elektron servislar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bu kabi texnologik yechimlar soliq majburiyatlarini bajarishda soddalik va shaffoflikni taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#faсtbook
💼 FAСTBOOK: Soliq organlarining I yarim yillikdagi faoliyati natijalari
✅ Unda soliq sohasidagi muhim raqamlar, faktlar hamda natijalar jamlangan.
Xususan, soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olishdan tortib, majburiyatini bajarishgacha boʻlgan bosqichlar, soliq tushumlari dinamikasi, bir soʻz bilan aytganda deyarli barcha yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar haqidagi tahliliy maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.
↗️ Soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20 % oʻsdi. 1 ta xodimga toʻgʻri kelgan tushumlar oʻtgan yilning 6 oyligida 9,3 mlrd soʻm boʻlgan boʻlsa, bu yili 11,2 mlrd soʻmni tashkil etib, 1,8 mlrd soʻmga (20%) oʻsdi.
_______
#factbook
💼 FACTBOOK: Итоги деятельности налоговых органов за I полугодие
✅ В нем собраны важные цифры, факты и результаты в сфере налогообложения.
В частности, представлена аналитическая информация по всем направлениям налоговой сферы – от регистрации налогоплательщиков до поэтапного исполнения ими своих обязательств, данные о динамике налоговых поступлений, одним словом, об итогах проделанной работы.
↗️ Налоговые поступления по сравнению с аналогичным периодом прошлого года выросли на 20%. Если за 6 месяцев прошлого года поступления на одного инспектора составили – 9,3 млрд сумов, то в этом году – 11,2 млрд сумов, что на 1,8 млрд сумов больше (рост 20%).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Mayda shoxli mollarni import qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha soliq yengilliklari beriladi
“Mo‘g‘ilistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉PQ-225-son, 17.07.2025-yil.
Qarorga muvofiq:
2025-yil 1-avgustdan 2027-yil 31-dekabrga qadar Mo‘g‘ilistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov taʼminotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.
❗️Eslatma: Import qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i budjetga to‘langanda, tadbirkorlik subyektida ushbu soliqni hisobga olish huquqi yuzaga keladi.
👉Soliq kodeksi 266-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#mahallabay
Mahallada har bir tadbirkorning oʻz soliqchi-koʻmakchisi bor
Ayni paytda respublikamizdagi mavjud 9453 ta mahallada 4324 nafar soliq organi xodimi faoliyat yuritmoqda.
📊Mahallalardagi har bir soliq toʻlovchiga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bogʻliq 20 dan ortiq yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etish ularning asosiy vazifalari etib belgilangan. Xususan:
✅ mahalliy budjetlar daromadini oshirish;
✅ aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish;
✅ tadbirkorlik subyektlari muammolarini oʻrganib, yechimini topishda koʻmaklashish;
✅ xufiyona iqtisodiyotning oldini olish;
✅ yangi ish oʻrinlarini tashkil etish;
✅ noqonuniy faoliyatni legallashtirish;
✅ yangi soliq bazasi yaratilishida ishtirok etish.
Soliq toʻlovchilar «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq biznes» xizmati orqali oʻziga biriktirilgan soliq inspektori haqidagi barcha maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_hisoboti
Har doim yordamingizda – hisobotlar va muddatlar haqida vaqtida ma’lumot!
Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarni qo‘llab‑quvvatlash maqsadida soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmalarni muntazam taqdim etib, ularni topshirish uchun belgilangan muddatlar haqida doimiy eslatmalar berib boradi.
21-iyul – quyidagi hisobotlarni topshirishning oxirgi kuni:
✔️ QQS;
✔️ Xizmatlar importi bo‘yicha QQS;
✔️ Norezidentlarning daromadlaridan foyda solig‘i;
✔️ To'lov manbaida dividendlar va foizlardan olinadigan foyda solig‘i;
✔️ Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
✔️ Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig'i;
✔️ Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS;
❗️Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etganlik uchun barqarorlik reytingiga 10 ball beriladi.
__________
#налоговая_отчетность
Своевременная информация о сроках сдачи и заполнении отчётности – всегда под рукой!
В целях поддержки налогоплательщиков Налоговый комитет регулярно предоставляет практические инструкции по заполнению налоговой отчётности и систематически напоминает о сроках её представления в налоговые органы.
21 июля - последний день представления отчетности:
✔️по НДС;
✔️по НДС при импорте услуг;
✔️по налогу на прибыль с доходов нерезидентов;
✔️по налогу на прибыль с дивидендов и процентов;
✔️по налогу за пользование недрами;
✔️по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых;
✔️по НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме.
❗️За своевременное представление налоговой отчетности присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#dayjest
⏳ SOLIQ VAQTI
👉Subsidiya asosida ipoteka krediti olgan fuqarolar uchun soliq imtiyozlari mavjud
👉So‘rovnoma: Soliq ilovasidagi qaysi xizmatlar eng ommabop, jamoatchilik bu haqda qanday fikrda?
👉Prezident qarori: Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi
👉 Markirovkalangan mahsulotni quyib sotish (rozliv) uchun jazo choralar qo‘llanilmaydi
👉Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin
👉 Soliq qoʻmitasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy xizmat koʻrsatish markazi ishga tushirildi
👉Soliq to‘lovchilar bilan qayta aloqa tizimlari
👉Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
👉8,3 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#uchrashuv
Toʻqimachilik sanoati vakillari bilan ochiq muloqot
⁉️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan muammolar oʻrganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi hamda biznesga qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha takliflar tinglandi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Thread
#uchrashuv
Toʻqimachilik sanoati vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda
Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Maqsad — toʻqimachilik sohasida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilish, faoliyatga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan.
Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda — kuzatib boring va faol ishtirok eting!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#markirovka
✅ Sigaralarni donalab sotganlik uchun jazo choralari qo‘llanilmaydi
2021-yil 1-yanvardan boshlab tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovka qilish joriy etilgan. Soliq kodeksining 227¹-moddasiga ko‘ra, markirovka qilinmagan tamaki mahsulotini sotish huquqbuzarlik hisoblanadi.
Hozirgi paytda sigaralarni donalab sotishda to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan texnik yechim va reglament mavjud emasligi tufayli tadbirkorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Bu avvalo, mahsulot xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchi qadoqini ochib, sigaralarni donalab chakana sotuvga chiqaradigan litsenziyaga ega savdo nuqtalariga taalluqli.
Faqatgina markirovka qilinmagan qadoqdan donalab sotish holatlari raqamli markirovka qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Soliq qo‘mitasi tomonidan markirovka qilingan mahsulotlarni quyib hamda donalab sotish bo‘yicha to‘g‘ri va biznes uchun qulay texnik yechim ishlab chiqilmoqda. Yaqin vaqtlarda biznes vakillari bilan kelishilgan reglament amaliyotga joriy etiladi.
__________
#маркировка
✅ За продажу сигар поштучно меры наказания не применяются
Обязательная маркировка табачных изделий внедрена с 1 января 2021 года. Согласно статье 227¹ Налогового кодекса реализация немаркированной табачной продукции считается нарушением.
В настоящее время, ввиду отсутствия утвержденного технического решения и регламента по корректному учету сигар при поштучной продаже, к предпринимателям меры наказания не применяются.
Это касается, в первую очередь, торговых точек с лицензией, которые по специфике товара открывают заводскую упаковку сигар для последующей розничной реализации поштучно.
Нарушением правил обязательной цифровой маркировки будет признаваться исключительно поштучная реализация сигар из немаркированной упаковки.
Налоговым комитетом разрабатывается техническое решение корректной и удобной для бизнеса реализации маркированной продукции в розлив и поштучно. В ближайшее время согласованный с бизнес-сообществом регламент будет введен в практику.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#uchrashuv
8,3 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay muhit yaratish, ularning muammolarini bevosita eshitish maqsadida, Soliq organlari tomonidan respublika hududlarida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Ushbu uchrashuvlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq organlari rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlarning dolzarb masalalarini o‘rganish, ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati
Joriy yilning aprelidan boshlab respublika bo‘ylab o‘tkazilgan 180 dan ortiq uchrashuvlarda 8300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#mobil_ilova
☀️Tashqarida jazirama issiq! Quyoshda navbat kutib vaqtingizni yo'qotmang😓
✅Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to‘lang!
Agar siz o‘z mulkingiz uchun to‘lamoqchi bo‘lsangiz:
✅Face ID-dan o‘ting;
💳soliqlarni toʻliq yoki qisman toʻlang.
Agar ota-onangiz uchun to‘lamoqchi bo‘lsangiz:
🏠soliq turini tanlang;
💳ko‘rsatilgan summani to‘liq to‘lashingiz mumkin.
🙂Soliq ilovasida – hech qanday navbat yo‘q, hech qanday issiq yo‘q!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qayta_aloqa
Soliq qo‘mitasida yangicha xizmat madaniyati
✅ Soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida mijozga yoʻnaltirilgan yondashuvni izchillik bilan davom ettirmoqda.
Xususan, Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yangi xizmat koʻrsatish markazi ishga tushirildi.
🏢Murojaatchilarga vaqt tejash va navbat kutishdagi noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida elektron navbat tizimi joriy etildi. Xona barcha zaruriy jihozlar bilan ta'minlangan.
🖥Tashrif buyuruvchilarning muammosi yozib olinishi bilanoq, u bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar shu yerning oʻzida, bevosita Soliq organlarining ichki maʼlumotlar bazasi orqali tekshiriladi. Bu esa murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini tezlashtirib, ortiqcha qogʻozbozlikning oldini olish, masalani tezkor, aniq va toʻgʻri hal etish imkonini beradi.
Zarur hollarda, keyingi harakatlar bo‘yicha professional maslahatlar ham taqdim etiladi.
💬Murojaatchilarga koʻrsatilayotgan barcha xizmatlar – qabuldan to maslahatgacha – soliq organlarining maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
💳Ushbu ishlar, avvalo, Soliq qoʻmitasining mijozga yoʻnaltirilgan, servis xizmat koʻrsatuvchi tashkilot sifatidagi nufuzini oshirish, soliq toʻlovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni taʼminlashga xizmat qiladi.
_______
#обратная_связь
Новая культура обслуживания в Налоговом комитете
✅ Налоговый комитет последовательно внедряет клиентоориентированный подход.
В частности, для граждан и представителей бизнеса, посещающих Налоговый комитет, открыт новый центр обслуживания, соответствующий современным стандартам.
🏢 В целях экономии времени посетителей и минимизации неудобств, связанных с ожиданием, внедрена электронная очередь. Помещение комфортно оснащено всем необходимым.
🖥 Как только проблема посетителя фиксируется в системе, вся необходимая информация мгновенно проверяется по внутренней информационной базе налоговых органов. Это ускоряет процесс рассмотрения обращений, исключает лишнюю бумажную волокиту и обеспечивает оперативное, точное и эффективное решение вопросов.
При необходимости также оказываются профессиональные консультации для дальнейших действий.
💬Все услуги – от приема до консультации – предоставляются сотрудниками налоговых органов, прошедшими специальную подготовку.
💳 Эти меры, в первую очередь, направлены на укрепление репутации Налогового комитета как клиентоориентированного ведомства, и способствуют обеспечению прозрачного и эффективного взаимодействия с налогоплательщиками.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_imtiyozlari
Subsidiya asosida ipoteka krediti olgan fuqarolar uchun soliq imtiyozlari mavjud
Davlat byudjetidan ajratilgan subsidiya asosida ipoteka kreditlari olgan fuqarolar:
➡️ Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan (JSHODS) ozod qilinadi.
Soliq to‘lovchining ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari quyidagi hollarda JSHODSdan ozod qilinadi:
✔️ Davlat byudjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yo‘naltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha bo‘lgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;
✔️ Yosh oilaga ajratilgan ipoteka krediti va ularga hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltirilgan soliq solinadigan daromadlari er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga (30 yosh) to‘lguniga qadar.
👉 Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandi
__________
#налоговые_льготы
Для граждан, получивших ипотечный кредит на основе субсидии, имеются налоговые льготы
Граждане, получившие государственную субсидию на ипотечный кредит:
➡️ освобождены от налога на доходы физических лиц (НДФЛ).
От НДФЛ освобождаются суммы заработной платы и другие доходы налогоплательщика, направляемые на погашение ипотечных кредитов и начисленных на них процентов в следующих случаях:
✔️они получены с учетом выделенной субсидии из бюджета, при этом от налога освобождаются доходы в размере до 80 МРОТ* в год;
✔️они получены супругами, являющимися молодыми семьями, до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).
👉п.16 ст.378 НК
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#AOS
Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 30 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 40 mln soʻm.
Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda
Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота
Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?
Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 30 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 40 млн сумов.
Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.
👉ст.470 прим.1 НК
Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-iyul
iyun oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);
- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).
III chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️15 июля 2025 года - последний день
за июнь:
- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);
- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).
за III квартал:
- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#kun_raqami
🗓 Bugun, 24-iyul kuni 35 710-oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tdi.
Mazkur korxona Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida “to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish” yo‘nalishida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to‘laydi?
👉Batafsil
_________
#цифра_дня
🗓 Сегодня, 24 июля, зарегистрировано 35 710-е по счету семейное предприятие.
Государственная регистрация осуществлена в Джаркурганском районе Сурхандарьинской области по направлению "производство текстильной продукции".
Какие налоги платят семейные предприниматели?
👉 Подробнее
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#imtiyoz
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati sohasidagi imtiyozlar avtomatik tarzda qoʻllaniladi
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida javob bergan taqdirda, foyda soligʻini 2% stavkada, ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlaydi:
✅ Xodimlar umumiy sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi yoxud mazkur reyestrlarga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qo‘llanishi 6 oy davomida amal qiladi;
✅ Har bir xodimga har oyda belgilangan ish haqi miqdori Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 2 baravari (2 310 000 so‘m) bo‘lishi;
✅ soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan tushumi jami tovar (xizmat)lar realizatsiyadan olingan daromadning kamida 90 %ini tashkil etishi;
👉PF-229 27.12.2024-yil.
✅ tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda shartnomaga muvofiq daval xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi.
👉 PF-67 18.04.2025-yil.
✍️ Imtiyozdan foydalanish uchun hisobot choragidan keyingi oyning my3.soliq.uz shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi lozim.
📊 Agar yuqoridagi shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozlari ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
📎 Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari MXIKlar ro’yxati biriktirilgan faylda.
__________
#льгота
Льготы в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности применяются автоматически
Производители в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности уплачивают налог на прибыль по ставке 2% и социальный налог по ставке 1% при одновременном соблюдении следующих условий:
✅ не менее 15% от общего количества работников - члены семей из Единого реестра социальной защиты или Реестра бедных семей либо лица с инвалидностью I и II группы, не включенные в данные реестры. При этом после исключения в установленном порядке работника из соответствующего реестра льгота применяется в течение 6 месяцев;
✅ежемесячная зарплата каждого работника - не менее 2 МРОТ (2 310 000 сумов);
✅в налоговый период общая выручка от реализации швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной продукции - не менее 90% совокупного дохода, полученного от реализации товаров (услуг);
👉 УП-229 от 27.12.2024 г.
✅ при определении общей выручки от реализации швейно-трикотажных, обувных или кожгалантерейных изделий в отчетном периоде учитывается также доход, полученный в соответствии с договором за оказанные услуги по переработке давальческого сырья.
👉 УП-67 от 18.04.2025 г.
✍️Чтобы применить льготу необходимо подать обращение через персональный кабинет налогоплательщика my3.soliq.uz в срок до 25-го числа месяца, следующего за отчетным кварталом.
📊При выполнении указанных условий в каждом месяце соответствующего квартала налоговые льготы применяются на данный квартал.
📎Перечень ИКПУ швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной продукции в закрепленном файле.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 23-iyul
iyul oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
Soliq kodeksi 340-modda 2-qism.
_____________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️23 июля 2025 года - последний день
за июль:
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
ч.2 ст.340 Налогового кодекса.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#konstitutsiyaviy_burch
Soliqlarni toʻlamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Граждане обязаны платить установленные законом налоги и сборы.
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 21-iyul
iyun oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);
- agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
II chorak uchun:
- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454⁷-modda 2–3-qismlar);
- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism, 340-modda 1-qism);
- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 281-modda 3–4-qismlar).
___________
#календарь_налогоплательщика
🗓 21 июля 2025 года последний день
за июнь:
- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);
- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июне были начислены дивиденды и проценты (ч.5 ст.345 Налогового кодекса);
- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);
- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст. 454 Налогового кодекса);
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);
за II квартал:
- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2-3 ст.454⁷ Налогового кодекса);
- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);
- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#turizm
Soliq tizimida ichki turizm: xodimlar va ularning oilalari uchun unutilmas sayohatlar tashkil etildi
Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yilning iyun–iyul oylarida 430 nafar soliq xodimlari va ularning yaqinlari uchun turli viloyatlarga sayohatlar uyushtirildi.
Xususan, Buxoro viloyati soliq xizmati xodimlari va ularning oilalaridan 50 nafari uchun Samarqand shahriga tarixiy sayohat,
Xorazm viloyati soliq idoralarining 50 nafar xodim va ularning oila a’zolari uchun Buxoro shahriga madaniy-tarixiy sayohat,
“Soliq-servis” DUKning 50 nafar xodimi va ularning oilasi uchun “Zomin” tog‘ dam olish maskaniga sayohat,
Yangi ilmiy texnologiyalar markazining 50 nafar xodim va ularning oilasi uchun Samarqandga sayohat uyushtirildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahri, Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi soliq idoralarida faoliyat yuritayotgan, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan xodimlarning takliflariga asosan ularning 60 nafar ota-onalari va farzandlari uchun “G‘azalkent” dam olish maskanida 5 kunlik tog‘ turizmi tashkil qilindi.
Dam olish tadbirlari iyulda ham davom etdi
Iyul oyida esa:
Navoiy viloyati soliq xizmati idoralarining 50 nafar xodimi uchun “Zomin” dam olish maskaniga sayohat,
Soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining 50 nafar xotin-qizlari uchun Bo‘stonliq tumanidagi “Ugam Michels” tog‘ dam olish uyiga ikki kunlik sayohat,
Markaziy apparatning 32 nafar hamda hududiy soliq idoralarining 38 nafar xodimi va ularning oilalari uchun “Xumson” sanatoriyasida dam olish tashkil etildi.
Raqamlar ortida insoniy qadriyatlar bor. Ushbu tashabbuslar nafaqat xodimlarning ish samaradorligini oshirish, balki ularning ijtimoiy kayfiyatini mustahkamlash, oila a’zolari bilan maroqli vaqt o‘tkazish imkonini yaratishga xizmat qildi.
📸 Sayohatlar jarayonidan yorqin lahzalar bilan tanishing
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Thread
#uchrashuv
Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev:
Klasterlarning fermerlar oldida ancha qarzi toʻplanib qolgan. Uning oqibatida fermer soliq toʻlolmayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti.
#uchrashuv
⭕️ Ayni damda Toshkent shahrida moliya-iqtisodiy sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar – auditorlar, buxgalterlar va soliq maslahatchilari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichi boʻlib, uning maqsadi – sohadagi tizimli muammolarni muhokama qilish, amaliyotda yuzaga kelayotgan toʻsiqlar va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish boʻyicha samarali takliflar ishlab chiqishdir.
Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.
📱 Muloqotni toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda tomosha qiling.
_________
#встреча
⭕️Проходит очередной открытый диалог с участием специалистов сферы финансов и экономики – аудиторами, бухгалтерами и налоговыми консультантами.
Встреча является важным продолжением подготовки к Открытому диалогу Президента с предпринимателями. Цель – обсудить системные проблемы, выявить недостатки, возникающие в практике специалистов, а также выработать эффективные предложения по их устранению.
В мероприятии принимают участие руководство Налогового комитета, Торгово-промышленной палаты, Бизнес-омбудсман, а также других профильных министерств и ведомств.
📱 Смотрите диалог в прямом эфире.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#uchrashuv
⭕️Ayni damda Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, qadoqlovchi va eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilmoqda.
Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Bojxona qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Biznes-ombudsman, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
📱 Muloqot toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali jamoatchilikka uzatilmoqda.
____________
#встреча
⭕️ В рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями проходит встреча с предпринимателями, занимающимися выращиванием, переработкой, упаковкой и экспортом плодоовощной продукции.
Во встрече принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, представители Государственного таможенного комитета, Министерства сельского хозяйства, Бизнес-омбудсмана, Агентства по карантину и защите растений, а также других профильных министерств и ведомств.
📱 Онлайн-трансляция для широкой общественности.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#uchrashuv
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda: navbat qurilish sohasi vakillariga
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.
⭕️Ayni damda Toshkent shahrida qurilish sohasi vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Biznes ombudsman rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Maqsad – sohada mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish.
📱 Muloqotni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda tomosha qilishingiz mumkin.
________
#встреча
Открытые диалоги с предпринимателями продолжаются: следующие в очереди представители сферы строительства
Встречи, организуемые в рамках подготовки к предстоящему открытому диалогу Президента с предпринимателями, продолжаются.
⭕️Прямо сейчас в Ташкенте проходит очередной открытый диалог с участием представителей сферы строительства.
Во встрече принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, специалисты Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Бизнес-омбудсман, члены Общественного совета при Президенте по поддержке предпринимательства и представители других ответственных ведомств.
Цель – открыто обсудить существующие в сфере проблемы, выработать практические предложения по их решению, а также сформировать эффективную платформу для диалога между государством и бизнесом.
📱 Следите за трансляцией в прямом эфире
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qayta_aloqa
✅ Soliq toʻlovchilarning murojaatlari – raqamli formatda
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining soliq sohasiga oid savol va takliflarini qabul qilish, soliq organlari bilan sifatli qayta aloqani ta'minlash tizimlari 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda:
📞 Call-markaz 1198;
✅ Davr-ON sun'iy intellekt asosidagi virtual yordamchi;
💻 Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti;
📲 "Soliq organlari bilan qayta aloqa" xizmati;
✍️ Elektron murojaat;
✉️ Elektron pochta: org@soliq.uz;
📱 Ishonch telefoni +99871 244 98 98;
📱 Hududiy soliq boshqarmalarining ishonch telefonlari.
Har bir murojaatga alohida e'tibor qaratilib, ijrosi qat'iy nazoratga olinadi.
_____________
#обратная_связь
✅ Обращения налогоплательщиков – в цифровом формате
Системы эффективной обратной связи с налоговыми органами, прием и рассмотрение обращений и предложений от граждан и представителей бизнеса по налоговым вопросам работают в режиме 24/7:
📞 Call-центр 1198;
✅ Davr-ON виртуальный помощник на основе искусственного интеллекта;
💻 my3.soliq.uz - кабинет налогоплательщика;
📲Услуга "Обратная связь с налоговыми органами"
✍️ Электронное обращение;
✉️ Электронная почта org@soliq.uz;
📱Телефон доверия +99871 244 98 98;
📱Телефоны доверия региональных налоговых управлений.
Каждое обращение в индивидуальном порядке находится на особом контроле.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
“Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-223-son, 11.07.2025-yil.
Soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtiriladi, bunga sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
Soliq toʻlovchilarning soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
Zafar Hoshimov,
Savdo va Servis Assotsiatsiyasi raisi:
Soliq organlarida joriy etilgan innovatsion raqamli yechimlar va ilovalar jamiyat, aholi va, shu jumladan, tadbirkorlar hayotini ancha oson qilib kelmoqda, qoʻmita muntazam keng omma bilan boʻlishayotgan statistik, iqtisodiy va fiskal maʼlumotlari biz, tadbirkorlarga, nafaqat, biznes va iqtisodiyotning hozirgi axvoli, balki istiqbolli mulohaza qilish va trendlarni aniqlashda muhim ishchi qurolga aylanib ulgurgan va bu borada biz, tadbirkorlar uchun oʻta foydali hizmat qilayapti.
#soliq_hisobotlari #AOS
15-iyul – AOS hisobotini taqdim etish va to'lashning oxirgi kuni
▫️2025-yil iyun oyi uchun – paket kodi 10104_35
📱 Videoqo‘llanma
Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi.
Chakana savdo sohasidagi tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq.
Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
📉yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
📈yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori - yiliga 40 mln so‘m.
Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar АОS soliq va dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha hisobotlarni topshirmaydilar.
______
#налоговая_отчетность #налог_с_оборота
15 июля - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота
▫️за июнь 2025 года - код пакета 10104_35
📱 Видеоинструкция
Основная налоговая ставка сохранилась в размере 4%, а для электронной торговли стала 3%.
В сфере розничной торговли налоговые ставки зависят от места осуществления деятельности.
Налогоплательщики вправе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме:
📉с совокупным доходом не более 500 млн сумов - 30 млн сумов в год;
📈с совокупным доходом свыше 500 млн сумов - 40 млн сумов в год.
Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме не сдают отчетность по НСО и по доходам в виде дивидендов.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#sorovnoma
📲Soliq mobil ilovasi bu — 11 mlndan ortiq doimiy foydalanuvchilar tanlovi
Ilovadagi qaysi xizmatlar eng ommabop, jamoatchilik bu haqda qanday fikrda❓
👉Ilovani faqat rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store
__________
#опрос
📲Мобильное приложение Soliq – выбор более чем 11 миллионов постоянных пользователей
Какие услуги в приложении наиболее популярны и как отзывается о них общественность ❓
👉 Скачивайте приложение только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads