soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
#hamkorlik #stol_tennisi
Sport – do‘stlik va hamkorlik ko‘prigi
🏓 2025-yil 26-iyundan 2-iyulgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha XXIX Osiyo yoshlar chempionati doirasida sport sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Raisi – Stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev Qozog‘iston Stol tennisi federatsiyasi prezidenti Daniyar Abulgazin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmonlar chempionatning yuqori saviyada tashkil etilganini yuksak baholadi va musobaqa Markaziy Osiyoda yoshlar o‘rtasida stol tennisi rivoji uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona musobaqalarni muntazam tashkil etish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish hamda stol tennisini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Sport insonlarni birlashtiradi. O‘zbekistonda o‘tayotgan XXIX Osiyo chempionati va 2027-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan stol tennisi bo‘yicha Jahon chempionati kabi yirik tadbirlar mintaqa davlatlari o‘rtasida tajriba almashuvi va do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
______________
#сотрудничество #настольный_теннис
Спорт – мост дружбы и сотрудничества
🏓 В рамках XXIX Азиатского молодежного чемпионата по настольному теннису, который проходит в Ташкенте с 26 июня по 2 июля 2025 года, укрепляется международное сотрудничество в сфере спорта.
🇺🇿🇰🇿 Председатель Налогового комитета Узбекистана – Председатель Федерации настольного тенниса Шерзод Кудбиев провел встречу с Президентом Федерации настольного тенниса Казахстана Данияром Абулгазиным.
Гости высоко оценили организацию чемпионата и отметили его важность для развития юношеского настольного тенниса в Центральной Азии.
В ходе встречи обсуждены перспективы дальнейшего сотрудничества – проведение регулярных дружеских турниров между городами двух стран, организация совместных тренировочных сборов, популяризация настольного тенниса среди молодежи.
Спорт объединяет, а такие знаковые мероприятия, как XXIX Азиатский чемпионат в Узбекистане и запланированный на 2027 год Чемпионат мира по настольному теннису в Казахстане, становятся площадкой для обмена опытом и укрепления дружбы между странами региона.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qayta_aloqa #ERI
❓Soliq mobil ilovasida elektron kalit uchun to‘lov qildim, lekin ERI berishmadi?
❗️ Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limida to‘lov amalga oshirsa bo‘ladi.
ERI kalitni:
✔️ e-imzo.soliq.uz sayti orqali onlayn olish mumkin.
Ariza topshirishda saytdagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.
✔️ Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilib.
_________
#обратная_связь #ЭЦП
❓ Оплатил в мобильном приложении Soliq за электронный ключ, но ЭЦП не дали?
❗️В разделе "Электронная цифровая подпись" мобильного приложения Soliq осуществляется оплата за электронную цифровую подпись.
Получить сам ключ ЭЦП можно:
✔️ дистанционно через e-imzo.soliq.uz,
при подаче заявки QR-код на сайте нужно отсканировать в разделе "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID;
✔️ в явочном порядке в Центрах государственных услуг.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#aksiz_soligi
Tamaki mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz solig'i stavkalari
2025-yil 1-iyuldan boshlab ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun aksiz solig‘i stavkasi 1000 dona mahsulotga 340 000 so‘m miqdorida belgilandi.
👉Soliq kodeksi 289¹-modda
____________
#акцизный_налог
Ставки акцизного налога на табачную продукцию
С 1 июля 2025 года для импортеров и производителей некоторых видов табачной продукции установлены ставки акцизного налога в размере 340 000 сумов за 1000 штук.
👉ст. 289¹ НК
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#mobil_ilova
✅ Soliq ilovasi yangilandi
📲 Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.16 versiyasiga yangi xizmatlar va bir qator qulayliklar qo‘shildi:
🎤 «Konsert-tomosha faoliyati» - ushbu xizmat orqali xonanda va ijrochilar uchun yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati yaratildi;
⬇️ «Soliq imtiyozlarini qaytarish» - ushbu xizmat takomillashtirildi va bir nechta imtiyoz turi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirish imkonini beradi;
🪙 «Keshbek» - bu bo‘limda endilikda har bir ro‘yxatdan o‘tgan chek tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha taqsimlanadi.
______________
#мобильное_приложение
✅ Мобильное приложение Soliq обновлено
📲В обновленной версии мобильного приложения Soliq 2.0.16 добавлены новые услуги и ряд улучшений:
🎤 «Концертно-зрелищная деятельность» - услуга позволяет певцам и исполнителям заполнять декларацию о годовом доходе.
⬇️ «Возврат налоговых льгот» - услуга усовершенствована и позволяет заполнять декларацию по нескольким видам льгот.
🪙 «Кешбэк» - в данном разделе каждый зарегистрированный чек теперь распределяется в разрезе субъектов предпринимательства.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#EHF #QQS
Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart
EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020
Quyidagilar realizatsiya qilinganda EHF kalendar oyining oxirgi kuni bilan bir marta rasmiylashtiriladi va shu oy davomida yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ning umumiy hajmi uchun keyingi oyning 10-kuniga qadar taqdim etiladi:
⚡️elektr energiyasi, shuningdek, ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha elektr energiya xarajatlarini qoplab berish;
☀️issiqlik energiyasi, jumladan, isitish xizmatlari hamda isitishga bog‘liq xarajatlarni qoplab berish;
💦suv, shu bilan birga sovuq va issiq suv, ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha suv ta’minoti xarajatlarini qoplab berish;
🔥gaz, jumladan, tabiiy gaz, gaz ta’minoti xizmatlari, shuningdek ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha ushbu xizmatlar uchun xarajatlarni qoplab berish;
🏠kommunal, xususan, chiqindilarni tashish, kanalizatsiya, ko‘p kvartirali turar va noturar obyektlarni saqlash xizmatlari hamda ular bo’yicha qilingan xarajatlarni qoplab berish;
📞 aloqa xizmatlari, jumladan, simli va simsiz telekommunikatsiya sohasidagi operatorlar xizmatlari, internet tarmog'idagi simli va simsiz telekommunikatsiya xizmatlari, shahar telefon aloqa xizmatlari, kabel orqali iste'molchilar orasida dasturlarni tarqatish, mobil aloqa va shu kabi boshqa xizmatlar;
🚉temir yoʻlda tashish - temir yo'lda yo'lovchi va yuklarni tashish;
🚚transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar.
👉Bunda qaysi MXIKlardan foydalaniladi?
📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...
Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.
Shu bilan birga, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi shart.
❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.
💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati kengaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-97, 23.06.2025-yil
Farmonga asosan:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksida belgilangan soliq imtiyozlari Toshkent viloyatining 4-5-toifasidagi tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladigan bo‘ldi.
Amalda, mazkur imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar uchun tatbiq etilmas edi.
👉PF-3594, 11.04.2005-yil
Ma’lumot uchun, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari berilgan.
👉Soliq kodeksi 471-moddasi
Shuningdek, Farmon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlar ro‘yxati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan kengaytirildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil
11-apreldagi "To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-3594-son Farmoniga asosan faqat 22 ta faoliyat turlari uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish iqtisodiy tarmoqlar ro‘yxatiga kiritilmagan edi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#konstitutsiyaviy_burch
✅Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#imtiyoz
📝Nashriyot va matbaa korxonalari uchun soliq imtiyozlari
📆2029-yil 1-yanvarga qadar:
“Nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
❗️Eslatma, bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno
👉Soliq kodeksi 483-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#stol_tennisi
Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida XXIX Osiyo chempionati boshlandi
Toshkent shahridagi “Humo Arena” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi XXIX Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori Odil Abdurahmonov, Soliq qo'mitasi va O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi Raisi Sherzod Kudbiyev, Sport vaziri Adxam Ikramov, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov va Osiyo stol tennisi ittifoqi Prezidenti Xalil Al-Mohannadi ishtirok etdi.
2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari o‘tkazildigan mazkur musobaqa Osiyo stol tennisi uyushmasi (ATTU) hamda Jahon stol tennisi Federatsiyasi (ITTF) taqvimidan o‘rin olgan bo‘lib, ushbu nufuzli xalqaro tadbirga O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.
Musobaqa yakkalik, jamoaviy, juftlik hamda aralash juftlik yo‘nalishida o‘tkaziladi. Har bir bellashuv – katta sportga olib boruvchi yo‘ldagi muhim qadam. Chempionatda Osiyoning 21 mamlakatidagi 400 nafardan ortiq yosh sportchi (15 yoshdan 19 yoshgacha) g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida dunyo reytingidagi yetakchi o‘yinchilar ham bor.
Musobaqaga 36 nafar xalqaro toifali hakam jalb qilingan bo‘lib, bellashuvlarning xolis va yuqori saviyada o‘tishi ta’minlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan 24 nafar stol tennischi (12 nafar o‘g‘il va 12 nafar qiz) mamlakat sharafini himoya qilmoqda.
Chempionat davomida nafaqat sport, balki do‘stlik va madaniy almashinuv ham yuksak qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu musobaqa O‘zbekistonda sport sohasini rivojlantirish, yosh avlodni xalqaro miqyosda sinab ko‘rish va respublika sportchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. XXIX Osiyo chempionati orqali Toshkent yana bir bor Osiyo sport xaritasida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#keshbek
May oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi
✅ Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan o'zingizga tegishli bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin.
✔️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (22 500 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (225 000 so‘m) olishi mumkin.
❗️В месяц за покупки на сумму не более 60 БРВ (22 500 000 сумов) потребители могут получить кешбэк в размере 1% (225 000 сумов).
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi #quyosh_panellari
❓Uyimizga 10 kVtli quyosh paneli oʻrnatganmiz. Bizga soliqdan imtiyozlar bormi
✔️ Ha, quyidagi soliq imtiyozlari qo‘llaniladi:
- har yili hisoblangan yer soligʻi summasi 1 BHM (375 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi, bunda imtiyoz yer uchastkasiga egalik huquqi mavjud va ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlardagina beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda
- har yili hisoblangan mol-mulk solig‘i summasi 2 BHM (750 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda
✏️ Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun soliq idoralariga asoslantiruvchi hujjat – ko‘chmas mulk joylashgan joy bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan QTEMdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.
📌Ma’lumotnomada:
- ko‘chmas mulk manzili (kadastr raqami);
- QTEM o‘rnatilgan sana;
- elektr energiyasini to‘plash tizimiga ega bo‘lganda elektr energiyasini to‘plash (akkumulyator) foizi (25%dan kam bo‘lmagan) haqida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Soliq imtiyozlari umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM o‘rnatilganda har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.
Soliq imtiyozlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🗓 umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanilganida – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;
🗓 quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega QTEMni o'rnatilganida – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil davomida.
______________
#вопрос_ответ #налог_на_имущество #земельный_налог #солнечные_панели
❓Мы установили солнечную панель мощностью 10 кВт на собственный дом с участком. Имеются ли для нас налоговые льготы?
✔️ Да, вы можете воспользоваться следующими налоговыми льготами:
- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму земельного налога на сумму, не превышающую 1 БРВ (375 000 сумов), при этом льгота предоставляется при наличии и регистрации прав на земельный участок.
👉ст.436 НК
- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму налога на имущество на сумму, не превышающую 2 БРВ (750 000 сумов).
👉 ст.421 НК
✏️Чтобы применить льготу следует самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения установки возобновляемых источников энергии (ВИЭ) подтверждающий документ – справку, выданную энергоснабжающей организацией.
📌 В справке должны быть указаны:
- адрес недвижимого имущества (кадастровый номер);
- дата установки ВИЭ;
- мощность в процентах аккумулятора – системы накопления электрической энергии (не менее 25%).
Льготы применяются один раз по каждому объекту с установленной ВИЭ общей мощностью более 1кВт.
Налоговые льготы применяются:
🗓 при использовании ВИЭ общей мощностью не менее 1 кВт до 100 кВт - в течение 3 лет с месяца установки;
🗓 при установке ВИЭ с системой накопления мощностью не менее 25% от мощности солнечных панелей – в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#НДС #кешбэк
Животноводческие и птицеводческие хозяйства могут вернуть 50% уплаченного в бюджет НДС
🗓с 1 апреля 2025 года до 1 января 2028 года животноводческим и птицеводческим хозяйствам будет возвращаться 50% уплаченного в бюджет НДС до 25-го числа каждого месяца.
Для возврата НДС нужно подать заявление через персональный кабинет на my3.soliq.uz:
Услуги 🔜 Возврат юридическим лицам суммы НДС, подлежащей возмещению
Требования:
✔️ общая выручка от реализации произведенных мяса, молока, мяса птицы и яиц (по данным ИКПУ) должна составлять не менее 90% от общего товарооборота;
✔️ наличие земельных участков, используемых на правах собственности или аренды;
✔️ в соответствии с налоговой отчетностью по НДС за отчётный период, начисленный налог должен быть полностью уплачен в бюджет.
Заявка формируется и рассматривается через автоматизированную программу.
🗓Подать заявку на возврат части уплаченного НДС можно не позднее 3-х месяцев после сдачи налоговой отчетности.
👉ПКМ №745 от 07.11.2024 г.
Для справки, по состоянию на 23 июня (с 16 июня текущего года) от 21 животноводческого и птицеводческого хозяйства поступили заявки на возврат уплаченного НДС на сумму 338,9 млн сумов. Из них 325,4 млн сумов уже возвращены, а 13,5 млн сумов были зачтены в счёт других налоговых задолженностей.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 23-iyun
iyun oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri
uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda oʻn
milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_______
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем❗️23 июня 2025 года
последний день
за июнь:
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млдр сумов.
(ч.2 ст. 340 Налогового кодекса).
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#dayjest
⏳ SOLIQ VAQTI
👉Hisobot topshirish muddatini birinchi marta buzdingizmi? Jarimani oldini olish imkoniyatingiz mavjud!
👉Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?
👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish oson va bepul
👉6 mingga yaqin kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
👉Soliq kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
👉Kameral soliq tekshiruvi talabnomasiga javob bermaslik bank hisobvaraqlarining vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘lishi mumkin
👉Soliq qo‘mitasi Raisi Yevropa Soliq administratsiyalari tashkiloti (IOTA) Bosh assambleyasining 29-yig'ilishida ishtirok etdi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#elon #stol_tennis
Stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati
🇺🇿O‘zbekiston sport tarixidagi navbatdagi yirik musobaqa!
📌Manzil: Humo Arena, Toshkent
Osiyo yosh stol tennischilari yurtimizda to‘planmoqda — bu musobaqani o‘tkazib yubormang!
#ozini_ozi_band_qilish #taksi
O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
Bugungi kunda respublikamizda 776,7 mingta o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs 🚕 yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni tashish hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning 1-iyul holatiga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 208 ta yuridik shaxslar – onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiyalashgan. Ular orqali 430 mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Ushbu agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.
2025-yilning 2-iyulidan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadlari 100 mln so‘mdan oshganda, ular to‘lashi lozim bo‘lgan soliqlar soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
👉 VMQ-200, 02.04.2025-yil
Ma’lumot uchun: joriy yil davomida 189 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.
Mazkur tartib sohada band bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovvoragarchiliklardan xalos etadi.
Yandex Uzbekistan platformalaridagi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar va kuryerlar uchun soliqni to‘lash jarayonini avtomatlashtirgan birinchi kompaniya bo‘ldi.
___________
#самозанятость #такси
Налоги за самозанятых таксистов будут уплачивать агрегаторы
На сегодняшний день в Узбекистане зарегистрировано 776,7 тыс. самозанятых физических лиц, оказывающих 🚕 перевозки пассажиров легковыми автотранспортными средствами и доставку товаров на основе заказа.
По состоянию на 1 июля текущего года 208 юридических лиц – онлайн-такси агрегаторов, предоставляющих интерактивные услуги по поиску клиентов, полностью интегрированы с информационными системами налоговых органов. Более 430 тысяч самозанятых водителей через агрегаторы предоставляют населению услуги линейного такси. В совокупности этими агрегаторами в бюджет уплачено 89,6 млрд сумов налогов.
Начиная со 2 июля 2025 года, если доход самозанятого лица превысит 100 млн сумов, то налоги, подлежащие уплате, будут удерживаться у источника выплаты юридическими лицами (налоговыми агентами), – то есть агрегаторами, на основании уведомления налоговых органов.
👉 ПКМ №200 от 02.04.2025 года
Для справки: с начала 2025 года у 189 самозанятых лиц совокупный годовой доход превысил 100 млн сумов.
Данный порядок избавит физических лиц, занятых в данной сфере, от лишних хлопот, связанных с начислением, уплатой налогов и представлением отчетности.
Yandex Uzbekistan стала первой компанией, которая автоматизировала процесс уплаты налогов для работающих на ее платформах самозанятых водителей и курьеров.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#ERI
Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?
✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish
ERI qanday olinadi?
e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.
Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.
ERI qancha turadi?
▫️Yuridik shaxslar uchun - BHMning* 10%i (37 500 so'm),
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i (26 250 so'm).
*1 BHM = 375 000 so'm
__________
#ЭЦП
Почему удобно использовать электронную цифровую подпись?
✔️ высокая степень защиты
✔️ экономия времени и ресурсов
✔️ дистанционное получение налоговых и других государственных услуг
Как получить ЭЦП?
Получить ЭЦП можно онлайн через сайт e-imzo.soliq.uz.
При подаче заявки QR-код на экране нужно отсканировать через раздел "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID.
Сколько стоит ЭЦП?
Для юрлиц - 10% БРВ* (37 500 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (26 250 сумов).
*1 БРВ = 375 000 сумов
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#soliq_taqvimi
🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2025 года
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#ЭСФ #НДС
Электронные счета-фактуры необходимо заполнять своевременно
ЭСФ выставляется на календарную дату отгрузки (передачи) товаров или оказания услуг.
👉ПКМ №489 от 14.08.2020
ЭСФ предоставляется один раз на последнее число календарного месяца по общему объему поставленных в течение этого месяца товаров (оказанных услуг) и предоставляется до 10-го числа следующего месяца при реализации:
⚡️электрической энергии, в том числе возмещение расходов на электроэнергию по объектам, переданным в аренду (пользование);
☀️тепловой энергии, а также возмещение расходов на отопительные услуги и связанных с отоплением затрат;
💦воды, включая возмещение расходов на холодное и горячее водоснабжение, а также затрат на водообеспечение по объектам, переданным в аренду (пользование);
🔥газа, в том числе возмещение расходов на природный газ, услуги газоснабжения, а также затрат на эти услуги по объектам, переданным в аренду (пользование);
🏠коммунальных услуг, а также возмещение расходов на вывоз отходов, канализацию, услуги по содержанию многоквартирных жилых и нежилых объектов, а также затрат, связанных с этими услугами;
📞услуг связи, в том числе услуг операторов проводной и беспроводной телекоммуникационной связи, услуг проводного и беспроводного интернета, услуг городской телефонной связи, распространение программ среди потребителей по кабельным сетям, мобильная связь и аналогичные услуги;
🚉железнодорожных перевозок - перевозка пассажиров и грузов по железной дороге;
🚗транспортно-экспедиторских услуг;
🏗реализации услуг по транспортировке грузов по системе трубопроводов.
👉Какие ИКПУ для этого используются?
📈 Если меняется стоимость реализованного товара...
Согласно законодательству, при изменении стоимости или количества реализуемого товара выставляется дополнительный или исправленный ЭСФ.
Вместе с тем в случае изменения суммы налога, исчисленной в ранее представленной налоговой отчетности, в нее нужно внести необходимые исправления и представить уточненную отчетность.
❗️Налогоплательщикам рекомендуется правильно вести налоговую отчетность согласно требованиям законодательства. Напоминаем, что в противном случае в соответствии с нормативными документами применяются меры ответственности.
💯 За оформление ЭСФ в установленные сроки субъектам предпринимательства присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#yoshlar_kuni
Yoshlar uchun imtiyozlar
- 2028-yil 1-yanvarga qadar magistral yoʻllar boʻyida koʻchma savdoni tashkil qilgan yoshlar (30 yoshgacha) faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida olgan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
- kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (30 yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
- maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
(2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar)
👉Soliq kodeksi 483-moddasi
_______________
#день_молодежи
Льготы для молодежи
- молодые люди (в возрасте до 30 лет), организовавшие выездную торговлю вдоль автомагистралей, освобождаются от уплаты налогов с доходов, полученных в течение первых 6 месяцев своей деятельности.
(до 1 января 2028г.)
- ученики школ, колледжей и техникумов в процессе профобучения по доходам, полученным от субъектов предпринимательства в виде оплаты труда, уплачивают налог на доходы физлиц по ставке в размере 1 %;
- субъекты предпринимательства, принявшие на работу учеников школ, колледжей и техникумов (не старше 30 лет) для профобучения, по доходам, выплачиваемым им в виде оплаты труда, уплачивают социальный налог по ставке в размере 1 %,
(с 1.09.2024 –1.09.2027г.).
👉 Налоговый кодекс, статья 483
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#dayjest
⏳ SOLIQ VAQTI
👉 Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklariga QQSning 50%i qaytariladi
👉Soliqlarni to'lash - bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!
👉Quyoshdan energiya oling, soliqdan imtiyoz!
👉Soliq mobil ilovasi orqali soliqlarni tez, oson va ishonchli tarzda to'lang!
👉Toshkentda o'smirlar o'rtasida stol tennisi bo'yicha XXIX Osiyo chempionati bo’lib o’tmoqda
👉Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Osiyo stol tennisi ittifoqi Prezidenti bilan uchrashdi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#hamkorlik
Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Osiyo stol tennisi ittifoqi Prezidenti bilan uchrashdi
Soliq qo‘mitasida qo‘mita raisi – O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev hamda Osiyo stol tennisi ittifoqi Prezidenti Xalil Al-Mohannadi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Sherzod Kudbiyev Xalil Al-Mohannadi janoblariga poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasida Stol tennisi bo‘yicha 29-Osiyo chempionatiga tashrifi hamda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘rsatgan amaliy yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Muzokaralarda mamlakatimizda stol tennisini aholi orasida yanada ommalashtirish, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida hakamlar va murabbiylar salohiyatini oshirish, ularni xalqaro darajada sertifikatlash, metodik bazani qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Sherzod Kudbiyev mamlakatimizda xalqaro turnirlarni o‘tkazishning sportchilar uchun qimmatli tajriba to‘plashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, ushbu masalalarda Osiyo stol tennisi ittifoqi tomonidan amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatilishidan minnatdor bo‘lishini bildirdi.
Shuningdek, milliy terma jamoamizga xalqaro chempionatlarga sportchilarni tayyorlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan xorijlik murabbiy juda zarur ekanligi ta’kidlandi.
Ushbu masalada Qatardagi Aspire Academy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Osiyo stol tennisi akademiyasida yurtimiz mutaxassislarini o‘qitish masalasi muhokama qilindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#tabrik
Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari – jamiyatning koʻzgusi, davlatimizda ochiqlik, shaffoflik taʼminlash, xolis va ishonchli axborot tarqatishda alohida oʻringa ega.
Soliq xizmati organlari bilan faol hamkorlik hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.
Ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, tuganmas baxt tilayman!
Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#mobil_ilova
✅Soliqlar — bu murakkab arifmetika emas.
⚡️Endilikda soliq toʻlash – bu oddiy, qulay va tez amalga oshadigan jarayon!
📱Soliq ilovasini yuklab oling
✔️Face ID orqali avtorizatsiyadan oʻting
Ilova orqali
👤Oddiy fuqaro yoki 💼tadbirkor
🌍Oʻzbekistonda yoki dunyoning istalgan joyida turib
🏪24/7 rejimida 37 turdagi xizmatdan foydalanish mumkin!
Soliq mobil ilovasi bu —
✔️Play Market va App Storeda “Moliya” kategoriyasida yetakchilik
✔️3 yil ketma-ket “Yil brendi” mukofoti sohibi
✔️har kuni 3,5-4 mln marta foydalanish
✔️11 mlndan ortiq doimiy foydalanuvchi tanlovi.
Soliq mobil ilovasi — Siz bilan har qadamda, har soatda, har kuni.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#konstitutsiyaviy_burch
🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!
✅Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
#konstitutsiyaviy_burch
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
#QQS #keshbek
Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklariga QQSning 50%i qaytariladi
🗓2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.
QQSni qaytarish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi kerak.
Xizmatlar 🔜 Yuridik shaxslarga o‘rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish
Talablar:
✔️ soliq davrida (oylik) o‘zida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar go‘shti, suti hamda parranda go‘shti va tuxumini realizatsiya qilishdan olingan umumiy tushumi (MXIK bo‘yicha) jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmasligi;
✔️ mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega ekanligi;
✔️ hisobot davrida QQS bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanligi.
Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali shakllanadi va ko‘rib chiqiladi.
🗓 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin uch oydan kechiktirmasdan to‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
👉VMQ-745 son 07.11.2024-yil
Ma'lumot uchun, joriy yilning 23-iyun holatiga (16-iyunidan boshlab) 21 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklaridan 338,9 mln so‘mlik to‘langan QQSni qaytarish bo‘yicha arizalar kelib tushgan. Shundan, 325,4 mln so‘m QQS qaytarilgan, 13,5 mln so‘mi esa boshqa soliq qarzdorligiga hisoblangan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#konstitutsiyaviy_burch
✅ Soliqlar – yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi!
▶️ Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda soliq xizmati organlariga aniq vazifalar belgilandi.
Shu asosda, soliq organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam berib, faoliyatini kengaytirish orqali soliq bazasini oshirish bo'yicha tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.
🇺🇿 Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni to‘lash nafaqat majburiyat, balki har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, hamda soliqlar mamlakat taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirilmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| soliqpressa">Threads
#elon
❗️Hurmatli OAV vakillari va blogerlar
🏓 O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi Sizni 2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionatiga taklif etadi.
Ushbu musobaqada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 400 nafardan ziyod yosh stol tennisi ustalari ishtirok etadi.
Sizni ushbu sport bayramining jonli ishtirokchisi bo‘lishga chorlaymiz!
📍Manzil: "Humo Arena", Toshkent shahri
📩 Akkreditatsiya uchun mazkur havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
___
#объявление
❗️Уважаемые представители СМИ и блогеры!
🏓 Федерация настольного тенниса Узбекистана имеет честь пригласить Вас на международный турнир 29-й Азиатский чемпионат по настольному теннису среди молодежи, который впервые пройдёт в Ташкенте с 26 июня по 2 июля 2025 года.
Ожидается участие более 400 юных теннисистов из более чем 20 стран мира. Турнир является знаковым событием для развития юношеского настольного тенниса в Центральной Азии.
Будем рады видеть вас среди гостей турнира!
📍 Место проведения: "Humo Arena", г. Ташкент
📩 Для аккредитации просим пройти регистрацию по ссылке.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads
#konstitutsiyaviy_burch
Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!