soliqnews | Неотсортированное

Telegram-канал soliqnews - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

95523

soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Подписаться на канал

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#fakt

Farmatsevtika bozori: ish o‘rinlari, import va mahalliy dori vositalari ko‘rsatkichlari hamda tahlillar

Mamlakatimizda farmatsevtika bozori hajmi 2 mlrd dollarga yetgan. Biroq bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi fizik hajmda 40-45% bo‘lsada, pul qiymatida 20%dan oshmaydi.

2024-yilda aholi tomonidan dori vositalariga 19,7 trln so‘mdan ortiq, shundan 15,7 trln so‘mdan ko‘prog‘i import va qariyb 4 trln so‘mi mahalliy dorilarga sarflangan.

Soha korxonalari soni 12 mingtani tashkil qilib, 139 ming nafar ishchi ishlaydi.

2024-yilda:

6,5 trln so‘m (5,2 trln so‘m) ish haqi fondi yoki 24% o‘sgan;

3 840 ta (31%) korxona 1-2 nafar xodim ko‘rsatgan, (2023-yil 33%);

391 ta (3,2%) korxona eng kam meʼyordan kam ish haqi hisoblagan (7%);

88 trln so‘mlik (69,2 trln so‘m) tovar aylanmasi amalga oshirilgan (28%);

3,9 trln so‘m (2,4 trl so‘m) soliqlar to‘lanib, tovar aylanmaga nisbatan soliq yuki 4%;

947,3 mlrd so‘m (35,7 mlrd so‘m) soliq qarzi mavjud.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#xarid_qilish_dalolatnomasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qiluvchi eksportyor korxonalar dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirishlari mumkin

👉 PF-22-son, 14.02.2025-yil.

Jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida xarid qilgan korxonalar uchun soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida dalolatnomalarni elektron rasmiylashtiradi:

"Elektron hujjat almashish" bo‘limida ➖ “Yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomalari” xizmatini tanlab, “Eksportchi” belgisini bosing.

Mazkur xizmat Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ham mavjud.
______________
#акт_закупки

Экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме

👉№УП-22 от 14.02.2025 г.

Оформление в электронной форме приходных документов предприятиями, закупающими у физлиц сельскохоз продукцию в целях экспорта, осуществляется через кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz:

– в разделе "Электронный документооборот" ➖ выберите "Акты о приобретении сельскохозяйственной продукции юридическими лицами" и при формировании акта закупки нажмите на кнопку "Экспортер".

Данная услуга также активна в раздел Soliq biznes мобильного приложения Soliq.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень видов деятельности для самозанятых лиц с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-50-son, 19.03.2015-y.

Unga ko‘ra:

🔹2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.

🔹2025-yil 1-iyuldan:

▫️2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
▫️tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
▫️2028-yil 1-yanvarga qadar kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

🔹2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:

▫️oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
▫️budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
▫️ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.

🔹2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartiriladi;
Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YTT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.

🔹fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqariladi hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash imkoniyati yo‘qligi haqida xabar tarqatilmoqda. Ushbu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Soliq mobil ilovasi odatdagi tartibda ishlab turibdi va jismoniy shaxslar yer va mulk soliqlarini ilovadan to‘lashlari mumkin.
👉Videoqo‘llanma

"Soliqlarni to‘lash" bo‘limida "Joriy" va "Yillik" summalarni to‘lashingiz mumkin yoki "Qisman" tugmasi orqali istalgan summani kiritgan holda soliqlarni to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mahallabay #etirof

Soliq inspektorlari “Mahalla Iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohotlar doirasida, mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib, mahalla tizimi xodimlarining mehnatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur sana munosabati bilan, respublikamiz mahallalarida fidokorona mehnat qilib yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida mahallalarni obod qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratish yo‘nalishidagi xizmatlari uchun, bir qator fidoyi xodimlar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xususan mahalla yettiligi tarkibidagi quyidagi soliq inspektorlarining mehnatlari munosib e'tirof etildi:

Jizzax viloyati Abdujalol Alimardonov;
Namangan viloyati Adhamjon Abdullayev, Ilhomjon Kamoldinov;
Buxoro viloyati Rajab Sharipov, Obidjon Rahmonov;
Toshkent viloyati Axmedova Marhabo, Mo'minov Rafiq;
Samarqand viloyati San’at Narziqulov;
Andijon viloyati Faxriddin Xolmatov, Husniddin Sulaymonov;
Xorazm viloyati Alisher Ramanov, Mammadjon Salayev;
Navoiy viloyati Baxshullo Xamroyev;
Sirdaryo viloyati Dilmurod Shokirov;
Surxondaryo viloyati Xatamov Sarvar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davron Berdimuratov, Maxamatdin O‘marov.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ushbu berilgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan holda, bu nafaqat sharaf, balki yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydigan katta ishonch belgisi ekanligini ta’kidlashdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuk tashish hujjatlaridagi yangiliklar: qo‘shimcha va afzalliklar

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarini tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
👉 VMQ-168, 18.03.2025-y.

Unga ko‘ra:

Tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va tovar-transport yuk xati (TTYX) birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

❗️Bu tadbirkorlarning ish hajmi va vaqtini kamaytirib, mablag‘larini tejaydi.

Quyidagi holatlarda EHF bilan ETTYX birlashtirilib rasmiylashtirilmaydi:

🔹yuklar transport vositasidan foydalanmagan holda (qo‘lda yoki maxsus qurilmalar yordamida) tashilganda;

🔹tovarlarni realizatsiya qilish va yuklab jo‘natish bir vaqtda amalga oshirilmaganda.

Aytish kerakki, TTYXni elektron shaklda rasmiylashtirish talabi yuridik shaxslar, YTT va aylanmasi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuningdek, qaror bilan:

hujjatdagi xatoliklarni mustaqil ravishda tuzatish maqsadida “Tuzatuvchi ETTYX”ni rasmiylashtirish tartibi;

yuklar jismoniy shaxslarga yetkazib berilganda va tovar xususiyatiga ega bo‘lmagan yuklar tashilganda “Bir tomonlama ETTYXni rasmiylashtirish" tartibi;

yuklarni bir nechta transport almashinuvi hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashilganda ETTYXni rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#eʼlon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Elektron soliq xizmatlari va “Soliq” mobil ilovasi odatdagi tartibda ishlamoqda.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Электронные налоговые услуги и мобильное приложение Soliq продолжают работу в штатном режиме.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Soliq qo‘mitasi 2025-yilning 21-, 22- va 23-mart dam olish kunlari katta hajmli ma’lumotlar bazasini yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari haqida doimiy ma'lum qilib borgan edi. Bu davrda soliq organlarining ayrim axborot tizimlari va elektron xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:
▫️soliq hisobotlarini yuborish;
▫️soliqlarni to‘lash;
▫️soliq to‘lovchi va soliq solish obyektlarini hisobga olish va hisobdan chiqarish;
▫️notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha ma’lumot qabul qilish;
▫️soliq imtiyozlari;
▫️elektron murojaatlar;
▫️ERI;
▫️keshbek va boshqa elektron xizmatlar;
▫️EHF, TTYuX, ijara va boshqa turdagi shartnomalarni rasmiylashtirish.

Shuningdek, Soliq mobil ilovasi faoliyatida ham vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

🧾Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida onlayn-NKT xarid cheklari uzluksiz shakllantiriladi.

Xarid cheklarini migratsiya jarayonlari tugagandan so‘ng skanerlash mumkin bo‘ladi, elektron cheklar bo‘yicha keshbek ham avtomatik tarzda aks ettiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, keshbek olish uchun xarid cheklari 10 kun muddatda Soliq mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики
❗️

Налоговый комитет неоднократно объявлял о том, что в выходные дни 21, 22 и 23 марта 2025 года будет осуществляться миграция большой базы данных на новые серверы. В этот период работа некоторых информационных систем и электронных сервисов налоговых органов будет временно ограничена.

В частности, возможны перебои в следующих сервисах:
▫️отправка налоговой отчетности;
▫️уплата налогов;
▫️регистрация и снятие с учета налогоплательщиков и объектов налогообложения;
▫️прием данных нотариальными органами о гражданском состоянии;
▫️налоговые льготы;
▫️электронные обращения;
▫️ЭЦП;
▫️кешбэк и другие электронные услуги;
▫️оформление ЭСФ, ТТН, договоров аренды и других видов документов.

Также возможны временные перебои в работе мобильного приложения Soliq.

🧾В точках торговли, общественного питания и оказания услуг чеки онлайн-ККТ будут формироваться в штатном режиме.

Отсканировать чеки можно будет по окончании процесса миграции, кешбэк по электронным чекам также отразится автоматически.

❗️Напоминаем, что зарегистрировать чек в мобильном приложении Soliq для получения кешбэка можно в течение 10 дней с даты его выдачи.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#seminar_trening

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish: kadrlar salohiyati va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangicha yondashuv

Soliq qoʻmitasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda kadrlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish, vakant lavozimlar oʻrnini ochiq tanlov asosida toʻldirish, xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash boʻyicha KPI indikatorlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berildi.

Maqsadli kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun xodimlarning kelgusida soliq sohasi boʻyicha dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga trening yakunida davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzularida fikr-mulohazalar almashilib, so‘rovnomalar ham o‘tkazildi. Qatnashchilar guruhlarga bo‘linib, berilgan maʼlumotlar yuzasidan tushunchalarini mustahkamladi.

Ishtirokchilarga hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 20-mart

2023-yil uchun:

 
- nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yil uchun taqdim etishning oxirgi kuni;
(Soliq kodeksining 209-moddasi 3-qismi);
 
fevral oyi uchun:
 
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-2-qismlari);
 
- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
 
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-4-qismlari);
 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
  
I chorak uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);
 
- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
 
- soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Yangi tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qo‘llab-quvvatlash juda muhimligi ta’kidlandi.

"Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi. Ya’ni, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sug‘urtalangan” bo‘ladi",

- dedi Prezident.

Hozirda barcha toifadagi tadbirkorlarga faoliyatini tugatish uchun bir xil talab belgilangan. Ya’ni, kattami-kichikmi, barchasi moliyaviy auditdan o‘tishga majbur. Oqibatda, ixtiyoriy tugatishga ariza bergan minglab kichik korxonalar qachon tekshiruvchi kelib, auditdan o‘tkazishini kutib turibdi.

Shu bois bu jarayon ham soddalashishi e’lon qilindi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshmagan, soliqdan qarzi bo‘lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmaydi.

2028-yil 1-yanvarga qadar QQS va foyda solig‘i stavkasi oshirilmasligi belgilab qo‘yilgan.

"Endilikda kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e’lon qilinadi.

Fermerlar uchun ham muhim yangilik – soliqdan qarzini vaqtida to‘lay olmagani uchun shu paytgacha yig‘ilib qolgan 1 trillion so‘mlik penyani undirishdan voz kechiladi",

- dedi Prezident.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi.

“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli bo‘ladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.

Dekabr oyidagi “ochiq muloqot”da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.

Bugun kichik va o‘rta biznesda tez o‘sayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni ham “chempion”ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur”,

- dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

TEMU marketpleysi O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Biroq, o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi.
———-
Маркетплейс TEMU зарегистрирован в Узбекистане в качестве налогоплательщика.

Однако остаются вопросы, которые обсуждаются с маркетплейсом в отношении предыдущих периодов. В настоящее время ведутся переговоры.

По завершении процесса будет объявлено окончательное заключение по его деятельности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#brifing

AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Unda 2025-yil uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari, to‘lash tartibi va muddatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

📱Brifingni to‘liq ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#uchrashuv

Ayni vaqtda farmatsevtika korxonalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Кudbiyev, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilіllo Turaxo‘jayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Nodir Musamuxamedov va Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Qayd etilganidek, ularning yechimi soha rivoji, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilash, iste’molchilarni sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
_____
#встреча

В эти минуты проходит открытый диалог с фармацевтическими компаниями. В нем принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей Халилилло Турахужаев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, заместитель председателя Государственного Таможенного комитета Нодир Мусамухамедов и члены Общественного совета при Президенте.

На встрече обсуждаются актуальные вопросы, с которыми сталкиваются предприниматели фармацевтической отрасли. Как отмечалось, их решение имеет большое значение для развития сферы, улучшения взаимодействия с государственными органами и обеспечения потребителей качественными и доступными медикаментами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yo'nalishlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень направлений ремесленнической деятельности с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#новое_в_законодательстве

Меры по повышению роли малого и среднего бизнеса в экономике

Президент Узбекистана подписал Указ "О мерах по повышению роли малого и среднего бизнеса в экономике".
👉№УП-50 от 19.03.2015 г.

Согласно документу:

🔹С 1 мая 2025 года субъектам предпринимательства, расширившим свою деятельность до категории среднего или крупного бизнеса, в течение 1 года возмещение (возврат) суммы НДС будет осуществляться в ускоренном порядке в срок 7 дней.
Сейчас такой порядок распространяется на крупных налогоплательщиков, экспортеров и субъектов предпринимательства с рейтингом "ААА".

🔹С 1 июля 2025 года:
▫️по 1 января 2028 года объявляется мораторий на принятие нормативно-правовых актов (НПА), предусматривающих возложение новых обязанностей на субъекты малого и среднего бизнеса;
▫️к НПА, предусматривающим установление новых или усиление действующих инструментов регулирования для субъектов предпринимательства, дата вступления в силу указанных норм определяется - 1 января или 1 июля;
▫️по 1 января 2028 года субъекты малого предпринимательства, впервые совершившие административное правонарушение в сфере торговли и предпринимательства в течение первого года своей деятельности, освобождаются от административной ответственности.

🔹С 1 сентября 2025 года при добровольной ликвидации субъектов малого и среднего бизнеса, соответствующих одновременно следующим критериям, налоговая проверка не проводится:
▫️совокупный доход которых, полученный от реализации товаров (услуг) за последние 3 года, не превысил 10 млрд сумов;
▫️не имеющих задолженности перед бюджетом и кредиторами и регулярно представляющих налоговую отчетность;
▫️риск совершения правонарушения которых, в электронной системе "Риск-анализ" классифицируется как "низкий".

🔹С 1 января 2026 года сокращается перечень видов деятельности (работ, услуг), которыми могут заниматься самозанятые лица - 106 видов деятельности сокращается до 72, а также сокращается перечень направлений национальной ремесленнической деятельности (с 43 видов деятельности до 32) и утверждаются критерии, предъявляемые к членам Ассоциации "Хунарманд".

🔹Суммы пени, начисленные до вступления в силу данного Указа по налоговой задолженности фермерских хозяйств, будут списаны, судебные дела и дела по исполнительному производству в части взыскания данных пени будут прекращены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#fakt

Bugun, 25-mart kuni soat 00:00 dan 16:45 gacha, Soliq mobil ilovasi orqali 2 293 nafar jismoniy shaxslar 1,4 mlrd so‘mga yaqin mol-mulk va yer solig‘ini to‘ladi.
__________
#факт

Сегодня, 25 марта c 00:00 часов по 16:45 часов, через мобильное приложение Soliq 2 293 физических лица уплатили около 1,4 млрд сумов налогов на имущество и землю.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_qarzi

Qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgardi: soliq qarzi uchun penya hisoblanishi ham

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (14%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 500 ming soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮500 000 x (14%/300) = 233,33

Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 233,33 soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va ularga nisbatan soliq organlari tomonidan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

📌Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalashtirish stavkasi joriy yilning 24-mart kunidan amalga tatbiq etildi.
__________
#налоговая_задолженность

Ставка рефинансирования изменилась: начисление пени за неуплаченные налоги тоже

Если налогоплательщик нарушает установленный налоговым законодательством срок уплаты налогов, то за каждый день просрочки начисляется пеня в процентах от суммы неуплаченного налога.

Процентная ставка пени равна 1/300 действующей в это время ставки рефинансирования (14%) Центрального банка.
👉ст.110 НК

Например, за 500 тысяч сумов налоговой задолженности сумма пени рассчитывается следующим образом:
🧮500 000 x (14%/300) = 233,33

В день начисляются пени в размере 233,33 сумов за каждый день просрочки погашения этой налоговой задолженности.

❗️Начисленные пени также считаются налоговой задолженностью и в их отношении налоговыми органами применяются меры принудительного взыскания.

📌 Напоминаем, ставка рефинансирования введена с 24 марта этого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#deklaratsiya

1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2024-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
🔸moddiy naf tarzidagi;
🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
🔸soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

💻2024-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.

📲Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini
Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
📌Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172

_____________________
#декларация

1 апреля – последний день представления декларации о доходах

📝 Налогоплательщики представляют декларацию о совокупном годовом доходе по доходам, указанным в ст.393 Налогового кодекса, не позднее 1 апреля и уплачивают начисленную сумму налога не позднее 1 июня.

В соответствии с этим, резиденты Узбекистана в этот срок должны подать декларацию о совокупном доходе, по следующим доходам, полученным в 2024 году:

🔸доходы от продажи нежилых помещений и жилых помещений, находившихся в собственности менее 36 календарных месяцев, также доходы, полученные в порядке наследования от лиц, не являющихся близкими родственниками, доходы в виде дивидендов и процентов;
🔸
доходы, полученные в виде авторского вознаграждения за создание и использование произведений науки, литературы и искусства;
🔸доходы в виде материальной выгоды;
🔸доходы, полученные от источников за пределами Республики Узбекистан;
🔸доходы, полученные от источников, не являющихся налоговыми агентами
, а также другие доходы, с которых налог не удержан налоговым агентом.

Иностранные физические лица, являющиеся резидентами Республики Узбекистан, также должны подать декларацию о доходах не позднее 1 апреля.

💻Декларация о доходах, полученных в 2024 году, направляется через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz.

📲Произвести платежи по налогу на доходы, начисленному на основании декларации можно через мобильное приложение
Soliq или другие платежные системы.
📌Код платежа по налогу на доходы на основании декларации – 172


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 24-mart

mart oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 марта 2025 года последний день

за март:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#Navroz_muborak

Hurmatli yurtdoshlar,
Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Tabiat uyg‘onib, yangi hayot boshlanadigan ushbu fayzli ayyom xalqimiz uchun tinchlik, mehr-oqibat va farovonlik ramzi bo‘lib kelgan. Navro‘z nafaqat bahorning kirib kelishi, balki yangilanish, birdamlik va ezgulik ayyomi hamdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda shaffof va adolatli soliq tizimini shakllantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va xalq farovonligini oshirish yo‘lida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Barcha yurtdoshlarimizning ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda shunday farahbaxsh kunlar davom etaversin. Bu kunlar, qalblarda cheksiz g'urur va faxr uyg‘otib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar olib kelsin!

Bahor ayyomi, sharqona Yangi yil – Navro‘z bayrami yana bir bor muborak boʻlsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tilayman!!!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#tashqi_savdo

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnoma

2023-yil uchun
chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsi boʻlgan Oʻzbekiston soliq rezidenti soliq organlariga ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomani taqdim etishning oxirgi kuni2025-yil 20-mart.
👉 Soliq kodeksi 209-modda

Soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi:
▫️chet el kompaniyasidagi ulushi 25 % dan ortiqni tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar;
▫️chet el kompaniyasidagi ulushi 10%dan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar. Bunda bir necha Oʻzbekiston soliq rezidentlarining chet et kompaniyasidagi jami ulushi 50 %dan ortiq boʻlishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 40-modda

📱 YouTube orqali ko‘rish
________
#внешная_торговля

Уведомление о контролируемых иностранных компаниях

20 марта 2025 года - последний день представления в налоговые органы уведомления о контролируемых иностранных компаниях, контролирующим лицом которых является налоговый резидент Республики Узбекистан, за 2023 год.
👉ст.209 НК

В целях налогообложения контролирующими лицами иностранной компании признаются:
▫️юридическое или физическое лицо, признаваемое налоговым резидентом РУз, доля участия которого в иностранной компании составляет более 25 %;
▫️юридическое или физическое лицо, доля участия которого в этой компании составляет более 10 %, если доля участия всех лиц, признаваемых налоговыми резидентами РУз, в этой компании составляет более 50 %.
👉ст.40 НК

📱Смотреть в YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 марта 2025 года - последний день

за 2023 год:

 
- представления уведомления о контролируемых иностранных компаниях за год, следующий за налоговым периодом, в котором доля прибыли контролируемой иностранной компании подлежит учету у контролирующего лица
(ч.3 ст.209 Налогового кодекса);
  
за февраль:
 
- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);
  
- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в феврале были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);
 
- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);
 
- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 статьи 454 Налогового кодекса);
 
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);
  
за I квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);
 
- уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юридических лиц плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);
 
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Давлатимиз раҳбари кичик ва ўрта бизнес вакиллари билан мулоқот қилди, уларнинг фикр ва таклифларини тинглаб, мутасаддиларга тегишли топшириқлар берди.

Янги Ўзбекистоннинг бизнес салоҳиятини оширишда биз сизларга ишонамиз.

Бир нарсадан кўнгилларинг тўқ бўлсин: Президент доимо сизларга энг яқин кўмакчи, таянч ва суянч бўлади. Сизлар янгилик қилишдан чарчаманглар, мен қўллаб-қувватлашдан чарчамайман.

Шу мақсадда бугун муҳокама қилинган, сизларнинг ҳамма таклиф ва ташаббусларингиз ўрин олган фармонни имзолайман. Ушбу фармоннинг барча енгилликлари бугундан қўшимча ҳужжатларни кутмасдан тўғридан-тўғри амалиётга киритилади
”,
- деди Президент учрашув якунида.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#bilasizmi

Tadbirkorlik subyektlarining toifalari

🔹Kichik tadbirkorlik subyektlari -
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha;
▫️kichik korxonalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha.

🔹O‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha;

🔹Yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq.

👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil
__________
#знаете_ли_вы

Категории субъектов предпринимательства

🔹Субъекты малого предпринимательства -
▫️индивидуальные предприниматели;
▫️микрофирмы — с совокупным доходом до 1 млрд сумов;
▫️малые предприятия — с совокупным доходом от 1 млрд сумов до 10 млрд сумов.

🔹Субъекты среднего предпринимательства — с совокупным доходом от 10 млрд сумов до 100 млрд сумов;

🔹Субъекты крупного предпринимательства — с совокупным доходом от 100 млрд сумов и более.

👉№ УП-21 от 10.02.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_hisoboti

20-mart – quyidagi hisobotlarni topshirishning oxirgi kuni:

✔️ QQS;
✔️ Xizmatlar importi bo‘yicha QQS;
✔️ Norezidentlarning daromadlaridan foyda solig‘i;
✔️ To'lov manbaida dividendlar va foizlardan olinadigan foyda solig‘i;
✔️ Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

❗️Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etganlik uchun barqarorlik reytingiga 10 ball beriladi.
__________
#налоговая_отчетность

20 марта - последний день представления отчетности:

✔️по НДС;
✔️по НДС при импорте услуг;
✔️по налогу на прибыль с доходов нерезидентов;
✔️по налогу на прибыль с дивидендов и процентов;
✔️по налогу за пользование недрами.

❗️За своевременное представление налоговой отчетности присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq qo‘mitasi:TEMU marketpleysi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
———————-
Налоговый комитет: Маркетплейс TEMU зарегистрирован в качестве юридического лица – резидента Республики Узбекистан

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mobil_ilova

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar diqqatiga!

1-martdan
belgilangan tajriba hududlaridagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtiruvchilar yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borishlari mumkin.

Bu jarayon qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilarining mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim tajribasi sifatida amalga oshirilmoqda.
👉 PF-18-son, 03.02.2025-yil

Yuridik shaxslar "E-auksion" savdolari orqali ijaraga olingan yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, to‘lov hujjatlariga asosan realizatsiya qilingan mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarini Soliq mobil ilovasi orqali kiritib borish imkoniyati yaratildi:

– Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ➖“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi” xizmati orqali “Rejalashtirish” yoki “Sotish” xizmatlari tanlanadi.

“Rejalashtirish” xizmatida:
– yer uchastkasi joylashgan viloyat va tuman (shahar) nomi avtomat shakllanadi;
– sana, yer uchastkasida ekiladigan mahsulot turi, navi, maydoni va hosil mavsumi to‘ldirib "Savatga" qo’shilib saqlash tugmasi bosiladi.

“Sotish” xizmatida - qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot to‘ldiriladi. Bunda, realizatsiya qilingan mahsulotning o‘lchov birligi, miqdori va narxi to‘ldirilib saqlash tugmasi bosiladi.

📌Barcha ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimlariga kelib tushadi va Soliq mobil ilovasida saqlanib turadi.
____________
#мобильное_приложение

Вниманию производителей сельскохозяйственной продукции

С 1 марта производители сельскохозяйственной продукции
могут формировать электронные сведения о видах, сортах и объемах ежегодно выращиваемых и реализуемых сельскохозяйственных культурах на земельных участках экспериментальных районов.

Данный процесс осуществляется в порядке эксперимента новой системы выделения земельных участков сельскохозяйственного назначения, основанной на самостоятельности арендаторов и выращивании культур с высокой добавленной стоимостью.
👉 УП№18 от 03.02.2025г.

Внесение электронной информации о видах, сортах, объемах сельхозкультур, ежегодно выращиваемых на земельных участка, приобретенных юридическими лицами в аренду через "E-auksion", а также их дальнейшей реализации, осуществляется в мобильном приложении Soliq.

В разделе Soliq biznes выберите услугу "Реализация сельскохозяйственной продукции" и используйте пункты "Планирование" или "Продажа".

В пункте "Планирование" заполняются данные о запланированных к выращиванию сельхозкультурах:
- при этом область и район (город), на которых расположен земельный участок, отображаются автоматически;
- дата, виды и сорт выращиваемого продукта, площадь засеиваемого участка, а также сезон урожая следует выбрать из выпадающего списка и сохранить в "Корзину".

В разделе "Продажа" вносится информация о реализации выращенной сельхозпродукции, с указанием количества, объема и цены.

📌Все сведения автоматически формируются в информационных системах Налогового комитета и сохраняются в приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…
Подписаться на канал