soliqnews | Неотсортированное

Telegram-канал soliqnews - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

95523

soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Подписаться на канал

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#льготы

Льготы за возобновляемые источники энергии (ВИЭ)

Юридические лица:

👉
применяют ставку налога на прибыль 0% по прибыли от реализации электрической энергии в общую сеть с использованием установок ВИЭ общей мощностью до 100 кВт;
👉освобождаются на установленный срок от налога на имущество и земельного налога.

Физические лица:

👉вправе уменьшить сумму налога на имущество (на сумму не более 2 БРВ);
👉вправе уменьшить сумму земельного налога (на сумму не более 1 БРВ);
👉могут получить субсидию по программе "Солнечный дом".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Chek bermaganlik uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
2024-yilda chek bermaslik yuzasidan 90,2 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.
__________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

❗️
Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

🧾 Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

🚫Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.
В 2024 году поступило более 90,2 тысяч жалоб на невыдачу чека.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#keshbek

Dekabrda yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

✔️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

📲 Soliq mobil ilovasining barcha funksiyalaridan to'liq foydalanish uchun ilovani yangilang va shaxsingizni Face ID orqali tasdiqlang.
___________
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в декабре, подтверждены

Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

✔️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

📲Пользуйтесь всеми функциями мобильного приложения Soliq полноценно: обновите приложение и подтвердите свою личность путем Face ID авторизации.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat soliq xizmati belgisi bilan reklamalar tarqalmoqda, bunda foydalanuvchilarga to‘langan soliq va jarimalarning 80 foizini "Soliq ilovasi" orqali qaytarish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Soliq qo‘mitasi bu feyk maʼlumotligi haqida rasmiy xabar beradi.

Xarid uchun keshbek, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot, soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish va boshqa soliq xizmatlari Soliq mobil ilovasi orqali Face IDdan o'tib amalga oshiriladi. Ilovani faqat quyidagi platformalardan yuklab olish va yangilab borish mumkin:
📱 Play Market
📱 App Store

Fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lish va firibgarlarga aldanib qolmasliklari uchun ogohlikka chaqiramiz❗️
__________
#официальная_информация

В социальных сетях распространяются рекламные сообщения с упоминанием государственной налоговой службы, где пользователям обещают возврат 80% от сумм уплаченных налогов и штрафов через приложение Soliq.

Налоговый комитет официально сообщает, что это фейковая информация.

Кешбэк за покупки, получение вознаграждения за сообщения о налоговых правонарушениях, возврат переплат по налогам и другие налоговые услуги доступны через мобильное приложение Soliq путем прохождения Face ID. Скачать его можно только на следующих платформах:
📱 Play Market
📱 App Store

Призываем граждан быть бдительными и не поддаваться на уловки злоумышленников❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#дайджест

SOLIQ VAQTI

👉Предприниматели в районах 5 категории уплачивают половину от начисленной суммы по налогам на имущество и землю

👉При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет оформляться и товарно-транспортная накладная

👉Кому предоставлено право применять ставку соцналога 1%?

👉Налоговые льготы для производителей в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности

👉Баллы в рейтинге устойчивости за трудоустройство социально уязвимых граждан

👉За каждый день просрочки уплаты налогов начисляются пени

👉Запланирована миграция данных: примите меры заранее!

👉Налоговые органы против коррупции

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#tabrik

Hurmatli bojxona xizmati organlari xodimlari!


Sizlarni "26 yanvar — bojxona xizmati organlari xodimlari kuni" bilan samimiy qutlaymiz!

Bugungi kunda sizning fidoyi mehnatingiz mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlashda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning jamoamiz doimo siz bilan hamkorlikda ishlashni davom ettiradi va umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda muvaffaqiyatlarga erishamiz.

Aziz bojxonachilar, Siz va oilangizga sog‘lik, baxt, tinchlik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib otmoqda.

Unda quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi ta'kidlandi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massividagi uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#foyda_soligi #onlayn_seminar

Foyda solig‘i stavkasi 15%.
👉Yana qanday soliq stavkalari mavjud?

Kichik korxonalar va o'rta tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ining pasaytirilgan stavkasini (7,5%) qo'llashlari mumkin:

Kim2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar.
MuddatSoliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri (1 yil) mobaynida.
Sharti❓Pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.

Kim❓2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar.
Muddat❓Joriy soliq davri (1 yil) va keyingi soliq davri mobaynida.
Sharti❓Pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.

👉Soliq kodeksi 337-modda

📱Onlayn seminarni toʻliq ko'rish
__________
#налог_на_прибыль #онлайн_семинар

Ставка налога на прибыль составляет 15%.
👉Какие еще есть ставки налога?

Малые предприятия и субъекты среднего предпринимательства могут применять сниженную ставку налога на прибыль (7,5%):

КтоПлательщики налога с оборота, впервые перешедшие на уплату налога на прибыль после 1 сентября 2022 года.
Срок❓В течение 1 налогового периода (года), следующего за годом, в котором налогоплательщик перешел на уплату налога.
Условие❓В налоговом периоде, в котором применяется пониженная налоговая ставка, совокупный доход налогоплательщика не должен превышать 10 млрд сумов.

КтоНалогоплательщики, у которых после 1 сентября 2022 года совокупный доход в течение текущего налогового периода впервые превысил 10 млрд сумов.
Срок❓В течение текущего налогового периода (года) и последующего налогового периода.
Условие❓В налоговых периодах, в которых применяется пониженная налоговая ставка, совокупный доход налогоплательщика не должен превышать 100 млрд сумов.

👉ст.337 НК

📱Смотреть онлайн-семинар полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 23-yanvar

yanvar oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 января 2025 года - последний день

за январь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Ushbu imtiyozga o'zgartirishlar kiritildi.
👉PF-6-son 16.01.2025-y

Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoatidagi ishlab chiqaruvchilar belgilangan shartlarga bir vaqtning o'zida javob berganda foyda solig'i stavkasi 2% hamda ijtimoiy soliq stavkasi 1% qo'llaniladi.
__________
В данную льготы внесены изменения.
👉№УП-6 от 16.01.2025 г.

Производители в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности уплачивают налог на прибыль по ставке 2% и социальный налог по ставке 1% при одновременном соблюдении нескольких условий.

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq stavkasi 1%:

🔹2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
❗️Shart - mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmasligi kerak (1 732 500 so'm).

🔹2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (30 yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi:

🔹2030-yil 1-yanvargacha chet el o'qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari.

👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #социальный_налог

Ставка социального налога 1%:

🔹С 1 января 2025 года по 1 января 2028 года для предпринимателей, принявших на работу малоимущих членов семьи.
❗️Условие - ежемесячная зарплата не менее 1,5 МРОТ (1 732 500 сумов).

🔹С 1 сентября 2024 года по 1 сентября 2027 года для предпринимателей, принявших на работу учеников школ, колледжей и техникумов (не старше 30 лет) для профессионального обучения.

Освобождаются от уплаты соцналога:

🔹до 1 января 2030 года предприниматели, принявшие на работу иностранных преподавателей и специалистов.

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#rasmiy_axborot

Bugun, 20-yanvar – soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha hisobot va suv solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni.

Hisobot va ma'lumotnoma viloyatlar, shuningdek, tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan soliq stavkalarining aniq miqdori tasdiqlangan hududlarda avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Agar bugun kun oxiriga qadar soliq stavkalari tasdiqlanmagan hududlarda yer solig‘i hisoboti va suv solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma shakllanmagan bo‘lsa, soliq stavkalari tasdiqlangunga qadar soliq to‘lovchilarga nisbatan chora ko‘rilmasligi haqida maʼlum qilamiz.
___________
#официальная_информация

Сегодня, 20 января - последний день представления налогоплательщиками отчетности по земельному налогу по землям несельскохозяйственного назначения и справки о сумме налога за пользование водными ресурсами для исчисления авансовых плажетей.

Отчетность и справка формируются автоматически в регионах, в которых Кенгашами народных депутатов областей, а также районов и городов утверждены налоговые ставки.

Сообщаем о том, что если до конца сегодняшнего дня в регионах с неутвержденными ставками отчетность по земельному налогу и справка о сумме налога за пользование водными ресурсами не будут сформированы, в отношении налогоплательщиков не будут применяться меры ответственности до утверждения налоговых ставок.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#налог_за_пользование_водными_ресурсами

20 января -
последний день представления справки о сумме налога за пользование водными ресурсами за текущий год для исчисления размера авансовых платежей

👉Ставки налога за пользование водными ресурсами на 2025 год
👉Сведения о соотношении объемов воды из поверхностных и подземных источников на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlayn_seminar
#yer_soligi #mulk_soligi

2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifa tumanlardagi roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 50%i miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. Oldin hisoblangan soliq summasining 1%ini to‘lagan.

❗️Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

👉PF-287-son 30.12.2022 y.

Imtiyozdan foydalanish uchun my3.soliq.uz saytida interaktiv xizmati orqali ariza topshirishingiz kerak.
👉 Ariza yuborish bo'yicha qo‘llanma

📱Onlayn seminarni toʻliq ko'rish
__________
#онлайн_семинар
#земельный_налог #налог_на_имущество

C 1 января 2025 года по 1 января 2026 года предприниматели, зарегистрированные и осуществляющие деятельность в районах 5-й категории уплачивают налоги на имущество и землю по ставке в размере 50% суммы, начисленной по этим налогам. Ранее уплачивали 1% от суммы начисленных налогов.

❗️За исключением крупных налогоплательщиков, постоянных учреждений, бюджетных организаций и государственных предприятий, а также юрлиц, в уставном фонде (капитале) которых государственная доля составляет 50% и более.

👉№ УП-287 от 30.12.2022 г.

Чтобы воспользоваться льготой, нужно подать обращение через интерактивную услугу на my3.soliq.uz.
👉 Инструкция, как подать обращение

📱Смотреть онлайн-семинар полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) uchun imtiyozlar

Yuridik shaxslar:

👉
Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad uchun foyda solig‘i 0% stavkada qo'llaniladi.
👉Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan belgilangan muddatga ozod qilinadi.

Jismoniy shaxslar:

👉Mol-mulk solig‘i summasi kamaytiriladi (2 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉Yer soligʻi summasi kamaytiriladi (1 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉"Quyoshli xonadon" dasturi bo‘yicha subsidiya oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#keshbek

Bir oyda qancha keshbekni olish mumkin

Xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatilgan.
👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

❗️Unga ko‘ra iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (22 500 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (225 000 so‘m) olishi mumkin.
____________
#кешбэк

Какую сумму кешбэка можно получить в месяц

Установлен предельный размер суммы покупок в месяц (60 БРВ) при получении кешбэка в размере 1%.
👉 №ПП-13 от 10.01.2024

❗️Таким образом, в месяц, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (22 500 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (225 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuqori texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari

“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-20-son 22.01.2025-yil

Hujjatga muvofiq, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e'tiboran 3 yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:

✔️yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlari qismida foyda solig'inining 0% stavkasini qo‘llash;

✔️yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlari egallagan yer uchastkalari bo'yicha yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻidan ozod etish.

📃Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlar roʻyxati Qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2-moddasi va 75-moddasi
__________
#новое_в_законодательстве

Налоговые льготы в поддержку высоких технологий

Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах по поднятию на новый этап развития электротехнической промышленности".
👉№ПП-20 от 22.01.2025 г.

Согласно документу, предприятиям электротехнической промышленности, внедрившим высокотехнологичное производство, с даты приемки высокотехнологичного производственного объекта в эксплуатацию сроком на 3 года предоставляются следующие налоговые льготы:

✔️ставка налога на прибыль 0% в части доходов, получаемых от производства продукции на основе высоких технологий;

✔️освобождение от налога на имущество юрлиц по земельным участкам, занятым высокотехнологичными производственными объектами.

📃Перечень продукции, основанной на производстве высоких технологий в электротехнической промышленности, указан в Приложении №5 Постановления.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21,22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.

Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.
____________
#объявление

Внимание Запланирована миграция данных: примите меры заранее

Налоговый комитет сообщает, что поэтапная работа по миграции большой базы данных на новые серверы продолжится и в 2025 году.

Для удобства налогоплательщиков процессы миграции будут осуществляться в рамках официально объявленных праздничных дней – первый этап запланирован на 21, 22 и 23 марта.

О временном ограничении работы электронных сервисов будет объявлено дополнительно.

Данные меры составляют прочную основу для внедрения новейших инновационных сервисов, а также дальнейшей оптимизации передовых методов автоматизированного анализа при сборе и обработке больших объемов данных, обеспечения безопасности качественной и бесперебойной работы информационных систем и электронных налоговых услуг.

В связи с этим просим налогоплательщиков заранее предпринять все необходимые меры.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#dayjest

SOLIQ VAQTI

👉5-toifa tumanlardagi yuridik shaxslar yer va mol-mulk solig‘ini qanday tartibda to‘laydi?

👉Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga TTY ham rasmiylashtiriladi

👉
Tadbirkorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilsa ijtimoiy soliqni 1% stavkada to‘laydi

👉Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoatidagi ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari

👉Tadbirkorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga olsa barqarorlik reytingida ball beriladi

👉O‘quvchilarni ishga qabul qilgan tadbirkorlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi

👉Diqqat! Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

👉Soliq organlari korrupsiyaga qarshi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_siyosati_2025

2025-yilda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar

👉QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

👉Aksiz solig'i stavkalari
👉Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar
👉Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i
👉Yuridik shaxslar yer solig‘i
👉Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i
👉Jismoniy shaxslar yer soligʻi
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
👉Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha
👉Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar
👉Ijara to'lovining minimal stavkalari
👉Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
👉Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini 2 barobar kamaytirish
__________
#налоговая_политика_2025

Изменения в налоговом законодательстве в 2025 году

👉НДС
👉Акцизный налог
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество юрлиц
👉Земельный налог с юрлиц
👉Налог на имущество физлиц
👉Земельный налог с физлиц
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и соцналог для индивидуальных предпринимателей
👉Минимальные ставки арендной платы
👉Ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров
👉Стимулы для общепита: возврат НДС и вдвое сниженный налог на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_qarzi

Qayta moliyalash stavkasi o'zgarishsiz qoldi, shuningdek, to'lanmagan soliqlar uchun penya ham


Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 500 ming soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 225 soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va ularga nisbatan soliq organlari tomonidan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
__________
#налоговая_задолженность

Ставка рефинансирования без изменений, пени за неуплаченные налоги тоже

Если налогоплательщик нарушает установленный налоговым законодательством срок уплаты налогов, то за каждый день просрочки начисляется пеня в процентах от суммы неуплаченного налога.

Процентная ставка пени равна 1/300 действующей в это время ставки рефинансирования (13,5%) Центрального банка.
👉ст.110 НК

Например, за 500 тысяч сумов налоговой задолженности сумма пени рассчитывается следующим образом:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

В день начисляются пени в размере 225 сумов за каждый день просрочки погашения этой налоговой задолженности.

❗️Начисленные пени также считаются налоговой задолженностью и в их отношении налоговыми органами применяются меры принудительного взыскания.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#bilasizmi

Tadbirkorlik subyektlarining toifalari

🔹Kichik tadbirkorlik subyektlari -
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha;
▫️kichik korxonalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha.

🔹O‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha;

🔹Yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq.

👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil
__________
#знаете_ли_вы

Категории субъектов предпринимательства

🔹Субъекты малого предпринимательства -
▫️индивидуальные предприниматели;
▫️микрофирмы — с совокупным доходом до 1 млрд сумов;
▫️малые предприятия — с совокупным доходом от 1 млрд сумов до 10 млрд сумов.

🔹Субъекты среднего предпринимательства — с совокупным доходом от 10 млрд сумов до 100 млрд сумов;

🔹Субъекты крупного предпринимательства — с совокупным доходом от 100 млрд сумов и более.

👉№ УП-21 от 10.02.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#korrupsiya

Soliq tizimi: Korrupsiyaga qarshi qat'iy choralar

Jamiyatimiz rivojlanishi hamda har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari daxlsizligini ta'minlashda korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga qarshi ayovsiz kurash olib borish lozim. Bu esa har birimizda mas'uliyat va daxldorlik tuyg'usi ikki karra ko'proq bo'lishi lozimligini anglatadi.

Soliq tizimi korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatdadir.

Ayni maqsadga qaratilgan targ'ibot tadbirlari joriy yil boshidan barcha hududlarda keng qamrovda o'tkazilmoqda. Tadbirlar davomida soliq to'lovchilar, tadbirkorlarga qolaversa, xodimlar uchun alohida eslatmalar tarqatilib tushuntirishlar olib borilmoqda.

Respublika bo‘ylab hududiy soliq organlarida ayni mavzudagi uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahri
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Eslatib o‘tamiz, soliq xizmati organlaridagi korrupsiya holatlari haqida 👉 aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlagani uchun barqarorlik reytingida ball
beriladi

Agar ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslar jami xodimlar ulushida:
10-20% bo‘lsa – 5 ball;
20% dan ortiq bo‘lsa 10 ball beriladi.

Bunga:
▪️Ijtimoiy himoya yagona reyestri;
▪️"Temir daftar";
▪️"Ayollar daftari";
▪️"Yoshlar daftari";
▪️Nogironligi bo‘lgan shaxslar kiradi.

Tadbirkorlar oyiga har bir xodimiga 1 MHTEKMdan ortiq (1 155 000 so'm) maosh to'lashlari kerak.

❗️Bugungi kunga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga olgani uchun 58 458 ta tadbirkorlarga rag‘batlantiruvchi ball berilgan.


Tadbirkorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini quyidagi havola orqali ariza yuborib, ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoatidagi ishlab chiqaruvchilar Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag'al oilalar reyestridagi fuqarolarni ish bilan ta'minlaganda foyda solig'i hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini 1% stavkada to'laydi.
__________
#рейтинг_устойчивости

За трудоустройство социально уязвимых граждан предпринимателям присваиваются баллы в рейтинге устойчивости

Если доля таких сотрудников от общего числа составляет:
10-20% - 5 баллов;
более 20% - 10 баллов.

Сюда относятся лица, включенные в:
▪️Единый реестр социальной защиты;
▪️"Железную тетрадь";
▪️"Женскую тетрадь";
▪️"Молодежную тетрадь";
▪️а также лица с инвалидностью.

Предпринимателю нужно начислять каждому сотруднику зарплату в размере более 1 МРОТ (1 155 000 сумов) в месяц.

❗️На сегодняшний день поощрительные баллы за трудоустройство социально уязвимых граждан получили 58 458 предпринимателей.


Чтобы просмотреть список социально уязвимых граждан, предприниматель может отправить заявление в Национальное агентство социальной защиты по ссылке.

Также производители в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности, которые трудоустроили граждан из Единого реестра социальной защиты или Реестра бедных семей, уплачивают налог на прибыль и НДФЛ по ставке 1%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#ЭСФ #НДС

Электронные счета-фактуры необходимо заполнять своевременно

ЭСФ выставляется на календарную дату отгрузки (передачи) товаров или оказания услуг.
👉ПКМ №489 от 14.08.2020

ЭСФ предоставляется один раз на последнее число календарного месяца по общему объему поставленных в течение этого месяца товаров (оказанных услуг) при реализации:

⚡️электрической и (или) ☀️ тепловой энергии;
💦воды;
🔥газа;
🏠коммунальных услуг;
📞услуг связи;
🚉железнодорожных перевозок;
🚗транспортно-экспедиторских услуг;
🏗реализации услуг по транспортировке грузов по системе трубопроводов;
✔️в других случаях реализации товаров (услуг) на постоянной (непрерывной) основе.

🗓При этом счет-фактура выписывается последней датой месяца реализации товаров (услуг) и предоставляется до 10-го числа месяца, следующего за месяцем реализации.

📈 Если меняется стоимость реализованного товара...

Согласно законодательству, при изменении стоимости или количества реализуемого товара выставляется дополнительный или исправленный ЭСФ.

Вместе с тем в случае изменения суммы налога, исчисленной в ранее представленной налоговой отчетности, в нее нужно внести необходимые исправления и представить уточненную отчетность.

При проведении анализа имеющейся информации выявлены случаи неначисления налога в результате непредставления некоторыми налогоплательщиками перерасчета по дополнительным или исправленным ЭСФ.

❗️Налогоплательщикам рекомендуется правильно вести налоговую отчетность согласно требованиям законодательства. Напоминаем, что в противном случае в соответствии с нормативными документами применяются меры ответственности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi


"Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini izchil qo‘llashni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-7-son 17.01.2025-y

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHFni rasmiylashtirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini (TTY) rasmiylashtirish ham talab etiladi. Bunda:

📑ushbu mahsulot turlarining ro‘yxati Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi (tovarlar va xizmatlar) kodlari asosida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;

❗️2025-yil 1-apreldan keyin omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralarning EHF va TTY rasmiylashtirilmagan qoldiqlari soliq organlari tomonidan hisobga olinmaydi (inventarizatsiyadan o‘tkazilmaydi) va soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) sifatida baholanadi.

Tadbirkorlik subyektlari ushbu muddatda paxta xomashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha mavjud tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha ma’lumotlarni soliq organlari ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlashlari shart.

Soliq qo‘mitasiga ikki oy ichida tadbirkorlik subyektlariga o‘z hisobotlari asosida qolgan tovarlarning turi va miqdorini ko‘rsatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish vazifasi topshirildi.

🗒 Ma’lumot uchun: 2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan esa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.
_________
#новое_в_законодательстве

При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет также оформляться товарно-транспортная накладная

Принят Указ Президента "О мерах по последовательному продолжению применения рыночных механизмов при выращивании и реализации хлопка-сырца".
👉№УП-7 от 17.01.2025 г.

Согласно документы с 1 апреля 2025 года при оформлении ЭСФ по хлопку-сырцу и всем видам изготавливаемой из него продукции требуется также одновременное оформление товарно-транспортной накладной (ТТН). При этом:

📑перечень видов данной продукции утверждается Налоговым комитетом по кодам Единого электронного Национального каталога продукции (товаров и услуг);

❗️после 1 апреля 2025 года остатки хранящихся на складах товарно-материальных запасов, на которые не оформлены ЭСФ и ТТН, не подсчитываются (не проходят инвентаризацию) налоговыми органами и в целях налогообложения признаются отсутствующими на складе налогоплательщика и оценивается как сокрытие (занижение) налоговой базы.

🖥В этот срок субъекты предпринимательства должны обеспечить включение в базу данных налоговых органов всех сведений об имеющихся товарно-материальных запасах по хлопку-сырцу и переработанной из него продукции.

Налоговому комитету поручено в двухмесячный срок запустить программное обеспечение, предоставляющее субъектам предпринимательства возможность показывать виды и объемы товаров, которые находятся в остатке на основании их отчетов.

К сведению. С 1 апреля 2024 года для крупных налогоплательщиков, с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21,22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.
Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.
____________
#объявление

Внимание Запланирована миграция данных: примите меры заранее

Налоговый комитет сообщает, что поэтапная работа по миграции большой базы данных на новые серверы продолжится и в 2025 году.

Для удобства налогоплательщиков процессы миграции будут осуществляться в рамках официально объявленных праздничных дней – первый этап запланирован на 21, 22 и 23 марта.
О временном ограничении работы электронных сервисов будет объявлено дополнительно.

Данные меры составляют прочную основу для внедрения новейших инновационных сервисов, а также дальнейшей оптимизации передовых методов автоматизированного анализа при сборе и обработке больших объемов данных, обеспечения безопасности качественной и бесперебойной работы информационных систем и электронных налоговых услуг.

В связи с этим просим налогоплательщиков заранее предпринять все необходимые меры.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

20-yanvar — joriy yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish ma’lumotnomasi taqdim etishning oxirgi kuni.

👉 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
👉 2025-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 января 2025 года - последний день

за декабрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в декабре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

за IV квартал 2024 года:

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса);

за 2024 год:

- представления юридическими лицами — нерезидентами Республики Узбекистан, осуществляющими деятельность в РУз через постоянные учреждения, налоговой отчетности в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления по налогу за пользование водными ресурсами
(ч.3 ст.447 Налогового кодекса);

за январь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере
1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за 2025 год:

- представления справки о сумме налога за текущий налоговый период для исчисления размера авансовых платежей по налогу на имущество
(ч.5 ст.417 Налогового кодекса);

- представления отчетности по земельному налогу в налоговый орган по месту нахождения земельного участка по землям несельскохозяйственного назначения, исчисленного по состоянию на 1 января
(ч.1 ст.431 Налогового кодекса);

- представления справки об имеющихся у юридического лица земельных участках, не являющихся объектом налогообложения, по форме, утвержденной Налоговым комитетом Республики Узбекистан, в налоговые органы по месту нахождения этих объектов
(ч.5 ст.431 Налогового кодекса);

- представления в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления справки о сумме налога за пользование водными ресурсами за текущий налоговый период, рассчитанной исходя из предполагаемой налоговой базы (объема использования воды) и установленных налоговых ставок, для исчисления размера авансовых платежей
(ч.2 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…
Подписаться на канал