#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
6-QISM
"Oʻgay ona" asari oilaviy munosabatlar, adolat va mehr-oqibat mavzularini yoritadi. Asarda o‘gay ona va o‘gay farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaning jamiyatdagi o‘rni hamda insoniy fazilatlar tasvirlanadi.
(Eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Omma oldidagi hayajonni qanday yengsa bo'ladi?
Siz ma'lum bir sahnaga, omma oldiga chiqqaningizda albatta oyog'ingizda titroq, qo'llaringizda terlash holati, badaningizda qizishish, ovozingizda qaltiroq va birozdan so'ng firklaringiz tarqoqligi yuzaga chiqadi. Buning nomini biz hayajon deb ataymiz.
"Men qanday qilib ravon, hayajonsiz gapirsam bo'ladi?" deydigan insonlar uchun tavsiyamiz shuki, birinchi o'rinda butun tanani bo'shashtirish kerak. Albatta bu narsani yozma maqola bilan tushuntirish juda ham mushkul, lekin masalaga nazariy jihatdan qaraydigan bo'lsak, miyangizdagi siqilishni yo'qotishingiz lozim.
Tasavvur qiling, siz biron-bir do'stingiz, yaqiningiz bilan suhbatlashyapsiz. Bunday paytda inson hayajonlanmaydi, chunki bu odatiy so'zlashuvlar sirasiga kiradi, ya'ni xayolda "Men biror joyga chiqib nutq so'zlamayapman, meni millionlab odamlar kuzatmayapti" degan tushuncha va xotirjamlik bo'ladi. Ana shu xotirjamlikni eslab qolib, sahnaga chiqqanda ham qo'llash kerak. O'tirgan minglab odamlarni oddiy qabul qilish lozim. "Men sahnaga chiqdim, meni endi kuzatishyapti, men endi nutq so'zlashim kerak" degan vahimani miyadan olib tashlang. Albatta bu bir so'z bilan aytganda bajarilib qolmaydi. Oylar, yillar davomida qayta-qayta ishlanadigan, mashqlar orqali to'g'irlanadigan, mashqlar orqali natijaga erishiladigan narsa.
Hayajonni yo'qotuvchi eng asosiy mashqlardan biri bu tanani bo'shashtirish. Tasavvur qiling uydasiz, karovatingiz bor. Ana shu karovatingizda osmonga qarab yotasiz va oyoq, qo'l, tana, ko'z, butun boshli tanani bo'sh qo'yasiz. Xuddiki, hushidan ketgan inson kabi. Ana shu bo'shashuvni tanangizda his qilib eslab qolasiz va qachondir sahnaga chiqayotganingizda o'sha mashqni biroz muddatga amalga oshirasiz. Qolgan mashqlar ustoz bilan amalga oshiriladi.
Ushbu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Miyadagi xayollar bilan o'zni qo'rqitmaslik, vahimani yo'qotish;
2. Mashq yordamida butun tanani bo'shashtirish;
3. Sahnaga, omma oldiga chiqishda tanani bo'shashtirish mashqini qisqa muddatga bajarib olish.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#aforizm
Boshing yerga qarab qolsa ham, g'ururingni yerga qaratib qo'yma!
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar
#jurnalistika rukni ostidagi maqolalarimiz soni 9 taga yetibdi. Bexabar qolganlar uchun ushbu maqolalarni bir joyda jamladik, sizlarga manfaatli bo'ladi, degan umiddamiz.
1. Jurnalistika sohasini onlayn o'rganaymi yoki oflayn?
2. Jurnalistika sohasida kimga shogird tushsam bo'ladi?
3. Jurnalistika sohasida ish topish qiyinmi?
4. Jurnalist bo'lish uchun til bilish talab etiladimi?
5. Davlat telekanallari yaxshimi yoki xususiy telekanallar?
6. Jurnalistga tashqi imidj qanchalik muhim?
7. Shevada gapirishni qanday bartaraf etsa bo'ladi?
8. Xotirani mustahkamlash usullari
9. Radioboshlovchi bo'laymi yoki teleboshlovchi?
10. ?
❓10-maqola qaysi mavzuda bo'lishini xohlaysiz? Izohlarda qoldiring.
Shuningdek, soha mutaxassisi bilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni ham taqdim etib boramiz:
• Jurnalistikada yetuk mutaxassis bo'lish uchun nimalarga e'tibor berish lozim?
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
#iqtibos
“Boshqaruvda ahamiyatli bo’lgan narsa qonun emas, balki rahbarlik fazilatlaridir.”
Vudro Vilson
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
3-QISM
"Oʻgay ona" asari oilaviy munosabatlar, adolat va mehr-oqibat mavzularini yoritadi. Asarda o‘gay ona va o‘gay farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaning jamiyatdagi o‘rni hamda insoniy fazilatlar tasvirlanadi.
(Eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Xotirani mustahkamlash usullari
Menga ijtimoiy tarmoqlar orqali "Xotiramni qanday yaxshilasam bo'ladi?" kabi savollar ko'p beriladi. Ammo bu uchun o'zimda aniq bir usul bo'lmagani sababli, kelayotgan savollarga javob berish maqsadida biroz izlanib ko'rdim.
Avvalo, insonlarda xotira bilan bog'liq qanday muammolar uchrashiga to'xtalib o'tsak. Eng ko'p duch kelinadigan holatlar:
• Biron bir narsani eslab qolish istagi bo'lsada, ularni yodda saqlab qola olmaslik;
• Doimiy unutib qo'yish;
• Katta hajmdagi ma'lumotlarni eslab qolish qobiliyatining yo'qolishi.
Ushbu holatlarga nima sabab bo'lishi mumkin?
1. Charchash;
2. Aqliy zo'riqish;
3. Uyqusizlik;
4. Stress va h.k.
Buning uchun tibbiy yoki tabiiy usullardan foydalanish zarur. Keling, siz bilan tabiiy usullar haqida suhbatlashaylik.
1. Qo'lingizga qiziqarli va murakkab elementlardan iborat rasm oling, unga diqqat bilan qarang va mavjud elementlarini eslab qoling. So'ng rasmni berkitib, esingizda qolgan barcha narsani yozing yoki aytib bering. Bu miyangizni ishlatishga majbur qiladi va xotira mustahkamlanishiga yordam beradi.
2. Sanash - eng samarali usullardan biri. Bunda albatta oddiy sanash emas, murakkab turlarga murojaat qilishingiz lozim. Misol uchun, 1 dan 20 gacha va 20 dan 1 gacha bo'lgan sonlarni parallel sanash. Ya'ni, 1, 20, 2, 19, 3, 18 va h.k. Sekin-sekin shu tarzda sonlar miqdorini oshirib boring.
3. Chapaqay insonlarning o'ng qo'lini, o'naqay insonlarning chap qo'llarini ko'proq ishlatishi. Bu mashq orqali miyaning ishlashi kuchayadi va xotirani mustahkamlaydi.
4. Sizga tanish bo'lgan jism yoki xonani qaramasdan ta'riflash. Unda bor yoki u yerda joylashgan narsalar, ranglar, turli xil qismlarni birma-bir sanab o'ting. Bu miyaning turli xil qismlarini ishlatishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, eng ko'p samara beruvchi usul xotirani kuchaytiruvchi tabiiy mahsulotlarni iste'mol qilish. Masalan, baliq, karam, yong'oq, olma sharbati, sarimsoq. Hamda yod, temir, vitamin C, rux, magniy, bor, B vitaminlari mavjud bo'lgan mahsulotlarni tanovul qilish lozim. Shuningdek, kuniga kamida 2 litr suv ichish, sutkasiga kamida 8 soat uxlash, toza havoda sayr qilish, zararli odatlardan voz kechish ahamiyatli.
Ushbu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Biron matn yoki ma'lumotni shunchaki shaklan yodlash emas, balki mazmunini tushunib olish lozimligi, shunda oson yodda qoladi.
2. Miyaga zo'riqish beradigan holatlardan yiroqlashish.
3. Maxsus mashqlarni tez-tez takrorlash, miyani faol ishlashga majbur qilish.
4. Xotira mustahkamligini oshiruvchi mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish.
5. Miyani vaqtida ishlatish, vaqtida dam oldirish.
6. Doimgidek, ko'proq kitob o'qish.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#iqtibos
"G'oliblar yutqazishdan qo'rqmaydilar, ular muvaffaqiyatsizlikdan o'rganadilar va yanada kuchliroq harakat qiladilar."
Vins Lombardi
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Jurnalistikada yetuk mutaxassis bo'lish uchun nimalarga e'tibor berish lozim?
1. Atrof-muhitga, jarayonlarga e'tiborlilik;
2. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy bilimlarning yuksak bo'lishi;
3. Ko'p kitob o'qish, kitobga mehr qo'yish;
4. Doimiy tarzda kuzatuvchanlik;
5. Savol berishdan tortinmaslik;
6. Tashqi imidj: ovoz, ko'rinishga alohida e'tibor berish;
7. Chet tillarini o'rganish;
8. Mahalliy OAV xodimlari bilan tajriba almashinish;
9. Xorijiy OAVni kuzatib, tajriba olish.
10. Va eng asosiysi, VIJDONni jurnalistikaning asosiga aylantirish.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#aforizm
Ishonchsiz yashayotgan inson, arava solingan eshakga o'xshaydi...
Sirojiddin O’sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
5-QISM
"Uchdan keyin kech" asari bolalar tarbiyasida erta ta'limning ahamiyati haqida keng qamrovli ma'lumotlar beradi va ota-onalarga foydali tavsiyalarni taklif etadi.
(Eshitish uchun 38 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#aforizm
“Ta’lim sizga eshikni ochib beradi, lekin kirish uchun o’zingiz harakat qilishingiz kerak.”
Konfutsiy
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
4-QISM
"Uchdan keyin kech" asari, bolalar tarbiyasida erta ta'limning ahamiyatini yoritib, ota-onalarga foydali tavsiyalar beradi.
(Eshitish uchun 80 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Davlat telekanallari yaxshimi yoki xususiy telekanallar?
Aslida, keng fikrlovchi, o'z bilimiga ishonadigan, g'oyalarini hayotda aks ettirishga kuchi yetadigan inson uchun davlat yoki xususiy telekanal o'rtasidagi tafovut ko'rinmaydi.
Ammo davlat telekanallarida ijodkor uchun ma'lum bir yashirin to'siqlar mavjud. Bir tarafdan, bu to'siqlar ijodkorni katta maydonda ma'lum me'yorda ushlab tursa, ikkinchi tomondan, g'oyalarini amaliyotda joriy qilishda biroz qo'rqitadi. Bu esa bora-bora g'oyasizlikka yetaklaydi. Ammo haddan tashqari erkinlik berib yuborilsa ijodkor nazoratdan chiqib ketishi ham mumkin.
Bugungi kunda har ikki tur telekanalda ham moddiy-texnik baza mustahkam. Lekin davlat telekanallarida mavjud texnikalarni, kamera, obyektiv, montaj kompyuterlari va boshqa qurilmalarni ishlatadigan, zamon bilan hamnafas bo'lgan ijodkorlarni uchratish qiyinroq. Xususiy telekanallar doimiy tarzda o'z xodimlarini xorijiy mamlakatlarga o'qishga yuboradi, ularning intilishlarini, xohishlarini qo'llab-quvvatlaydi. Davlat telekanallarida bu jarayon biroz sekinroq. Davlat telekanallari avval reja qiladi va shu reja asosida harakatlanadi. Xususiy telekanallar esa qisqa reja tuzib, qolgan rejalarni yo'l-yo'lakay bajarib ketishadi. Bu bir tarafdan yaxshi, sababi ko'p ijodiy savollar, ijodiy muammolar shu jarayonda ochiladi. Misol uchun, biz biron ko'rsatuv yoki ijodiy ish qilmoqchimiz, uning qanaqa tarzda bo'lishi, shakl-u shamoyili, mazmun-mohiyatini tasavvuran bilamiz, yozganmiz, chizganmiz, lekin asl jarayonda u o'zgacha tus olib, boshqacha yondashuvni talab qilib qolishi mumkin. Bu esa rejani o'sha jarayonda o'zgartirishga ham sababchi bo'ladi.
Yana bir ochiq fakt - davlat telekanallariga kirib, u yerda faoliyat olib borish biroz mushkulroq. Mavjud g'oya yoki amalga oshirmoqchi bo'lgan ko'rsatuvingizning konsepsiyasini ishlab chiqib, tegishli rahbariyatga taqdim etguningizga qadar bo'lgan jarayonlar qiyin kechadi. Ya'ni siz maxsus tekshiruvdan o'tishingiz kerak, undan so'ng ma'lum telekanal rahbariyatining, deylik, yordamchisi, telekanaldagi muharrir, bosh muharrir yohud shunga o'xshash yo'nalishdagi mas'ullarga uchrashasiz. Ular o'z fikrlari bilan yondashishadi, u yerda tasdiqlansa ma'lum rahbariyat oldiga kirasiz va hokazo, jarayon juda og'ir. Agarda siz unga erisha olsangiz albatta. Imkon berish nuqtai nazaridan, xususiy telekanalda bu jarayon biroz yengilroq. Deylik, g'oya bilan bordingiz, g'oyani ko'rishdi, uning realizatsiyasini yo'lga qo'yishingiz uchun sizga imkon berishadi. Siz sinov efir variantini tasvirga olasiz.
O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida "проходной" degan joy bor. U yerga kirish o'ta mushkul. Chunki bu tashkilot muhim ahamiyatga ega ma'lumotlar ba'zasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, qattiq rejimda faoliyat olib boradi.
Hozirgi kunda xususiy telekanallarning tomoshabinlari ko'p. Davlat telekanallari ko'rsatuvlarga yondashuv, efirga uzatish, aholining qiziqishlarini inobatga olish borasida biroz oqsayapti. Ayni damda reyting bo'yicha "Zo'r" telekanali 1-o'rinda, "Sevimli" telekanali 2-o'rinda, "Milliy" telekanali 3-o'rinda, "Mening yurtim" telekanali 4-o'rinda ketyapti, qolgan o'rinlarni esa davlat telekanallari egallayapti. Shuning o'zi ham savolga javob bo'lyapti. Eng yaxshi bahoni tomoshabin beradi, chunki telekanallar tomoshabinlar uchun ishlaydi, demakki, tomoshabinlar haq.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Ikkila telekanaldagi faoliyatning ham qanday bo'lishi ijodkorning o'ziga bog'liq;
2. Ijodkor har qanday holatda ham maydon, joy tanlamasdan, o'z ijodining realizatsiyasi uchun harakat qilishi lozim.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#yangilik
Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun 8,8 milliondan ortiq chipta sotildi, bu Fransiyadagi sport musobaqalari uchun rekord hisoblanadi.
Oldingi rekord 1996 yildagi Atlanta Olimpiadasiga tegishli bo‘lib, 8,3 million chipta sotilgan edi. Parij tarixda uchinchi marta yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#iqtibos
“Qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p narsani bilasiz. Qancha ko’p o’rgansangiz, shuncha ko’p joylarda bo’lasiz.”
Doktor Seuss
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
5-QISM
"Oʻgay ona" asari oilaviy munosabatlar, adolat va mehr-oqibat mavzularini yoritadi. Asarda o‘gay ona va o‘gay farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaning jamiyatdagi o‘rni hamda insoniy fazilatlar tasvirlanadi.
(Eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#yangilik
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi.
O‘zbekiston prezidenti joriy yil 7-8 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
4-QISM
"Oʻgay ona" asari oilaviy munosabatlar, adolat va mehr-oqibat mavzularini yoritadi. Asarda o‘gay ona va o‘gay farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaning jamiyatdagi o‘rni hamda insoniy fazilatlar tasvirlanadi.
(Eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Radioboshlovchi bo'laymi yoki teleboshlovchi?
Jurnalistikaga qiziqqan har qanday yosh borki, albatta, teleboshlovchi bo'lsammikin yoki radioboshlovchi degan savolga duch kelishi tayin.
Bunday holatda bizning tavsiyamiz, avvalambor, siz teleboshlovchilikdan oldin radioboshlovchilikning qozonida qaynashingiz kerak. Ya'ni, radio maktabida qaynashingiz, qovurilishingiz kerak. Chunki radio to'g'ridan-to'g'ri sizning yuzingizni omma e'tiboriga olib chiqmaydi, sizni dastlabki tajribaga, yutuqqa, ravon nutqqa yetaklab boradigan maskan. Undan tashqari, ovozingizni sozlash, fikrlash doirangizni kengaytirish va bir joyga jamlash, tasavvuringizdagi o'y-fikrlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish qobiliyatini o'stiradi. Shuning uchun, avvalambor, radioboshlovchi bo'lishni tavsiya qilgan bo'lar edim.
2, 3 yil radioboshlovchilikda faoliyat yuritib, undan keyin teleboshlovchilikka harakat qilsangiz maqsadga muvofiq. Bunda eng asosiysi, ravon nutqqa erishasiz, ovozlar sofligi ta'minlanadi va teleekran orqali chiqishga tayyorlanasiz, tashqi imidjga e'tibor qarata boshlaysiz, kamera qarshisida o'zingizni qanday tutish to'g'risida o'ylaysiz, moslashasiz va shu kabi qator jihatlarda tajribalarni olasiz. Ya'nikim, sizda ovoz bo'yicha muammo bo'lmaydi, chunki radioda shakllanib boradi.
Radio va televideniya ikkisini bir-biridan ayro tasavvur qilish mumkin emas, ular o'zaro chambarchas bog'liq. Yaxshi radioboshlovchi bo'lsangiz, yaxshi teleboshlovchi bo'lishingiz mumkin yohud aksincha.
Ushbu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Dastlab ishni radioboshlovchilik faoliyatidan boshlash;
2. Radio jurnalistlar uchun katta tajriba maktabi;
3. Radio va televideniyaning chambarchas bog'liq ekanligi;
4. Ham radioboshlovchilikni, ham teleboshlovchilikni uddalay oladigan jurnalist bo'lishga intilish.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, haqiqiy jurnalist uchun radioboshlovchi bo'lsammikin yoki teleboshlovchi degan fikrlardan yiroq bo'lgan yaxshiroq.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#aforizm
Umr - yaproqda ilinib turgan tomchiga o'xshaydi. Juda omonat...
Sirojiddin O’sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
2-QISM
"O'gay ona" mehribonlik, adolat va oilaviy rishtalar kabi mavzularga murojaat qiladi. Asarda insoniy qadriyatlar, oilaning jamiyatdagi vazifasi, o‘gay ona va uning o‘gay farzandi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida so‘z boradi.
(Eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Ahmad Lutfi Qozochi - “Oʻgay ona”
1-QISM
"Oʻgay ona" asari oilaviy munosabatlar, adolat va mehr-oqibat mavzularini yoritadi. Asarda o‘gay ona va o‘gay farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaning jamiyatdagi o‘rni hamda insoniy fazilatlar tasvirlanadi.
(Eshitish uchun 31 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Shevada gapirishni qanday bartaraf etsa bo'ladi?
Bu juda ko'p muhokama qilinadigan va ko'p beriladigan savollardan biri. Shu bois, mavzuga alohida to'xtalib o'tishni joiz bildik.
Har qanday joyda, har qanday sohada nafaqat jurnalistning, balki istalgan kishining to'g'ri talaffuzi, chiroyli nutqi hammaga tushunarli va ma'qul bo'ladi. Xo'sh, shevada gapirish qanday bartaraf etiladi?
1. Badiiy adabiyotlarni ko'p o'qish kerak. Bir kunda kamida 15-20 varoq. Shunda natijasi samarali bo'ladi.
2. Kitob o'qib, ongingizga joyladingiz, keyingi ish miyani nazorat qilishdan boshlanadi.
Ya'ni doimgi so'zlashuvda ishlatiladigan nutqingiz tempini pasaytira boshlaysiz. Har bir chiqayotgan so'z, gapni o'ylab, talaffuzlarini joyiga qo'yib, "Men har bir so'zni adabiy talaffuz qilishim kerak" degan buyruqni miyangizga berasiz. Miya uni tahlil qiladi, ishlaydi va tilingizga adabiy so'zlarni chiqarib beradi.
Sodda qilib aytganda, miyangizga buyruq bera olishingiz, boshqara olishingiz zarur. Undan keyin garchi atrofingizdagilarga kulgili bo'lsa ham adabiy gapirishni boshlashingiz kerak. Misol uchun, "Manga kitob kere" emas "Menga kitob kerak" tarzida adabiy so'zlardan foydalanish va shuni miyangizga singdirishingiz kerak bo'ladi. Bu jarayon sizda taxminan 1-2 oy davom etadi, tilingizga mos tushmaydi, miyangiz qabul qila olmaydi, lekin vaqt o'tishi bilan bu narsa o'z-o'zidan nutqingizga o'rnashib qolganligini bilmay qolasiz. Oddiy so'zlashuvda, darsda yohud biror joyda ma'ruza qilganingizda, tadbirlarda va boshqa vaziyatlarda ham adabiy gapirishga harakat qiling. Shundagina kutilgan natija bo'ladi. Bunda eng asosiy narsa o'zingizni shunga moslashtira olishingiz va nazorat qila olishingiz. Shunda siz uzog'i 5 yoki 6 oyda adabiy so'zlashuv uslubiga o'tasiz.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Har kuni 15-20 varoq kitob o'qish;
2. Miyani nazorat qilib, unga buyruq bera olish;
3. Adabiy tilda suhbatlashish go'zal nutq namunasi.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
Hurmatli Prezident!
Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin. Sizga mustahkam sog'lik, baxt-saodat, va oilaviy farovonlik tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan mashaqqatli va mas'uliyatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Sizning dono rahbarligingiz ostida mamlakatimiz yanada yuksalishiga ishonamiz.
Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Bundan avvalgi maqolamiz ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayni, xususiy hamda davlat telekanallari o'rtasidagi farqlar, ijobiy va salbiy tomonlari to'g'risidagi fikrlarimiz ikki telekanal ijodkorlarini ham shaxsiy munosabat bildirishga undadi. Siz yozayotgan fikrlarning ommaviy muhokamada bo'lishi, turfa fikrlar maydoni bo'lishi bu albatta yaxshi. Bugungi suhbatlashadigan navbatdagi mavzumiz esa jurnalistning tashqi imidji haqida.
Jurnalistga tashqi imidj qanchalik muhim?
Jurnalist — ommaviy axborot vositasi vakili, shu bois, u doimo omma oldida ko'rinish beradi. Xoh axborot, xoh ma'naviy-ma'rifiy, xoh insonlarga kayfiyat ulashadigan ko'ngilochar dasturlarni taqdim qilsin, har qanday holatda ham boshlovchi xalq oldiga chiqadi. O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan xususiy yoki davlat telekanallarining efir maydonida ko'rinish berar ekansiz, bir narsani yodingizda tutishingiz shart, ya'ni siz faqatgina O'zbekiston uchun emas, balki bizni kuzatayotgan dunyo tomoshabinlari uchun ham millat nomidan chiqyapsiz. Shunday ekan, avvalambor, O'zbekiston vakili, O'zbekiston jurnalisti, O'zbekiston fuqarosi bo'lib chiqayotganingizni unutmasligingiz shart. Chunki bu yerda millatning yuzi turibdi.
O'z nutqingizga qanchalik e'tibor qaratsangiz, tashqi imidjga ham shu qadar e'tibor qaratishingiz lozim. Ko'rinishdan tortib, kiyim-kechak, o'zini tutish, soch turmagi va qanday rangdagi kiyimlarni kiyishning ham ahamiyati bor. Ko'pchilik "Jurnalistning fikrlashi, ko'rsatuvning mazmun-mohiyati yaxshi bo'lsa yetarli" deb o'ylaydi. Bu to'g'ri, albatta har qanday ijod mahsulida g'oyaviy fikr birlamchi. Ammo mening shaxsiy fikrim, tashqi imidjni ham ayni birlamchi masala qatoriga kiritish darkor. Siz omma nomidan, xalq nomidan oynai jahonda biron bir ma'lumotni, xabarni taqdim etyapsizmi, albatta tashqi ko'rinishingizga alohida e'tibor qaratasiz. Busiz iloji yo'q.
Lekin ba'zida OAVni kuzatib, ayrim jurnalistlarning o'ziga e'tibor qilmaganliklariga guvoh bo'lamiz, bu albatta yaxshi emas. Biroq shundaylar ham borligi haqiqat. Bu yerda nafaqat jurmalistning, balki tomoshabinning ham hurmatini inobatga olish kerak. Xohlardimki, nafaqat jurnalist, balki, har qanday soha vakili ham tashqi imidjga alohida e'tibor qaratsa yomon bo'lmaydi. U inson bilan ko'rishganda, suhbatlashganda atrofdagilar iliq taassurotlar olishi lozim. Agarda diniy tomondan yondashadigan bo'lsak, albatta, musulmon kishining go'zal tarzda yurishi bu chiroyli holat. Ya'ni kiyimlarining toza, odob doirasida bo'lishi va shunga o'xshash holatlar. Shuningdek, tashqi imidjning alohida e'tibor qaratiladigan yana bir eng asosiy nuqtasi — ranglarni tanlashdagi ehtiyotkorlik. Ba'zi hollarda ranglarning nomuvofiqligiga guvoh bo'lamiz. Bu esa chetdan qaralgan ko'zga yoqimli tuyilmasligi mumkin. Shuning uchun imidjda tashqi faktorlarga ham ahamiyatli bo'lish lozim.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Tashqi imidjga alohida e'tibor qaratish kerakligi;
2. Ranglarni tanlashda agarda o'zining salohiyati yetmasa sohaning mutaxassislari bilan maslahatlashishi;
3. Qaysi ko'rsatuvda, qaysi yo'nalishda chiqishiga qarab tashqi imidjni shakllantirishi;
4. Nafaqat jurnalist, balki boshqa soha vakillari ham tashqi imidjiga alohida e'tibor qaratishi.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#aforizm
Tuhfa etilgan har bir kun - katta mo'jiza!
Sirojiddin O’sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
3-QISM
"Uchdan keyin kech" asari, bolalar tarbiyasida erta ta'limning muhimligini tushuntirib, ota-onalarga foydali ko'rsatmalar beradi.
(Eshitish uchun 51 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
"Ta'lim - dunyoni o'zgartirish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan eng kuchli quroldir."
Nelson Mandela
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube