#jurnalistika
Jurnalist bo'lish uchun til bilish talab etiladimi?
O'zbekiston Respublikasida davlat tili o'zbek tili va bizda mavjud telekanallarning asosiy faoliyati ham o'zbek tilida.
Shu nuqtai nazardan, jurnalistikada til bilish talab etiladimi deyilgan savolga yo'q deb javob beramiz. Ammo qo'shimcha til bilish o'zingizga foyda. To'g'ri, ishga kirishingizda qaysi tillarni bilishingiz haqida ma'lumot so'raladi, lekin bu talab etiladi degan gap emas.
Qancha ko'p til bilsangiz, xorijiy adabiyotlarni shuncha erkin va muammosiz o'qiy olasiz, ma'lumotlarni topish, tahlil qilishda ham boshqalarga nisbatan ilg'or bo'lasiz. Shunday manbalar borki, ularning o'zbek tilidagi tarjimasi yo'q. Boshqa tillarda esa bunday manbalar minglab topilishi mumkin. Qaysidir ma'noda, qo'shimcha til bilishingiz sizni aynan kerakli bilim yoki ma'lumotning bulog'iga yetaklab boradi. Qisqa qilib aytganda, jurnalist uchun manbalar va manbalardagi ma'lumotlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Ma'lumotlar bazangiz qanchalik keng va aniq bo'lsa, demak siz kuchli mutaxassissiz.
Hozir axborot urushi davri. Axborot kimda bo'lsa, yutuq shunda. Shuning uchun jurnalist sifatida sizdan eng kerakli va hech kimda yo'q ma'lumotlarga birinchi bo'lib ega chiqish talab etiladi. Buni esa ma'lum bir auditoriyaga ega bo'lgan jahon va mahalliy xabarlarni o'qish, kuzatib borish bilan ta'minlash mumkin.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Til bilish qo'shimcha imtiyoz ekanligi;
2. Ma'lumotlarni saralash va o'rganish insonga yetuklik berishi;
3. Axborot maydonida birinchilardan bo'lish;
4. Qo'shimcha til o'rganishga harakat qilish.
Rivojlanishni va boshqalardan oldinda bo'lishni istasangiz hamma talabni o'zingiz o'zingizga qo'ying.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#iqtibos
"Siyosatda do'stlar yo'q, faqat manfaatlar bor."
Genri Alfred Kissinjer
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
1-QISM
"Uchdan keyin kech" asari, bolalar tarbiyasida erta ta'limning muhimligini ta'kidlab, ota-onalarga qimmatli maslahatlar beradi.
(Eshitish uchun 45 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Jurnalistika sohasida kimga shogird tushsam bo'ladi?
Har bir sohada bo'lgani kabi, jurnalistikada ham ma'lum bir ustozga shogird tushish o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki haqiqiy mutaxassis bo'lish va yuqori natijalarga erishish uchun ustoz ko'rish zarur.
Keling, endi kimga shogird tushish masalasiga to'xtalib o'taylik. Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan ko'zga ko'ringan, bilim darajasi yuqori bo'lgan jurnalistlar bor. Misol uchun, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo'jayev, katta ustoz Ahmadjon Meliboyev, Karim Bahriyev, Muhabbat Xamroyeva, Dilbar Aralova. Bu insonlarni jurnalistikada nazariy bilimlarni puxta bera oladigan yetuk mutaxassislar deb ishonch bilan aytish mumkin. Agarda siz jurnalistikadan tashqari diktorlik yo'nalishiga qiziqsangiz, demak, sermahsul faoliyat olib borayotgan diktorlarimiz Najot Nur, Jamshid Umurzoqov, Ilhom Abdurahimovlarni hech ikkilanishlarsiz tavsiya qilishimiz mumkin. Lekin boshlovchi bo'lmoqchi bo'lsangiz, OAVda kecha-yu kunduz tinimsiz faoliyat olib borayotgan ko'plab boshlovchilarimiz bor, ularni ham bemalol tavsiya qilish mumkin. Muhimi har qanday holatda ham ustozga shogird tushish vazifa qilib qo'yiladi.
Ammo masalaning yana bir tomoni bor, aksariyat savollar shu borada. Xo'sh, viloyatda yashovchi yoshlarchi, ular qanday yo'l tutadi?
Deylik, siz viloyatda istiqomat qilasiz, bunday holatda, aynan poytaxtda faoliyat olib borayotgan emas, yashayotgan viloyatingizdagi ko'zga ko'ringan jurnalistlardan tahsil olishingiz maqsadga muvofiq. Dastlab topasiz, shogird tushasiz va undan keyin sizda shaxsiy baza shakllanadi. Shaxsiy baza shakllangach, siz to'g'ridan-to'g'ri undan yuqori cho'qqilarga o'tishingiz, ya'ni poytaxtda faoliyat olib borayotgan ustoz jurnalistlarga shogird tushishingiz mumkin bo'ladi. Bu yerda ahamiyatli jihati shundaki, qaysiki ustozning oldiga borishingizdan qat'iy nazar sizdan shaxsiy fidoiylik, mehnatkashlik va shiddatkorlik talab qilinadi. Siz shu orqali o'zingizning sohaga bo'lgan qiziqishingizni yanada oshirasiz, o'zingiz xohlagan natijalarga erishishingiz uchun poydevor yaratayotgan bo'lasiz. Shu nuqtai nazardan aytishimiz lozimki, hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan, biz ko'rgan va ko'rmagan ustoz jurnalistlarimizning oldilariga borish va kerakli bilimlarni olish kerak.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Ustoz tanlashda ehtiyotkor bo'lish, ya'ni har qanday insonga shogird tushmaslik;
2. Mavjud, yashab turgan joyingizda yetarlicha faoliyat olib borgan mutaxassisni izlab topish va unga shogird tushish;
3. Undan so'ng markazda, ya'ni poytaxtda faoliyat olib borayotgan markaziy telekanallar jurnalistlarini izlab topish va ularga shogird tushish;
4. Undan keyin talab qilinadigan narsa - xorij tajribasini o'rganish. Ya'ni to'g'ridan-to'g'ri, onlayn tarzda yoki imkoniyatingiz mavjud bo'lsa xorij telekanallariga tashrif buyurib, u yerdagi ko'zga ko'ringan jurnalistlardan bilim olish. Misol uchun, "Россия 24" telekanali, "Россия 1" telekanali, qolaversa, "BBC News", "Al Jazeera" va shu kabi ko'plab xorijiy telekanallarda faoliyat olib borayotgan jurnalistlardan tahsil olishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, "Eng yaxshi ustoz" bu - o'zingiz. O'z ustingizda tinmay ishlashingiz bu o'zingizning o'zingizga qilayotgan ustozligingiz hisoblanadi. Va bu eng katta samara beradi.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#iqtibos
"Adolat har bir ishning boshidir va har bir davlatning asosi adolatdir."
Bu iqtibos Amir Temurning boshqaruv falsafasining muhim jihatini aks ettiradi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi bo'lgan Temur, adolatni davlat boshqaruvida markaziy o'ringa qo'ydi. Uning fikriga ko'ra, adolat har qanday ishning, jumladan, davlat boshqaruvining ham asosidir.
Adolatning ahamiyati:
Adolat Temurning nazarida davlatning asosiy poydevori hisoblangan. Adolatli boshqaruv har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilishda va ularning farovonligini ta'minlashda katta rol o'ynagan.
Adolat orqali ijtimoiy tartib va barqarorlik saqlanib qolgan. Bu esa davlatning uzoq muddatli barqarorligiga xizmat qilgan.
Davlat boshqaruvi:
Temur davlat boshqaruvini adolat tamoyillari asosida olib borishga katta e'tibor qaratgan. Uning qo'shinida va davlat tizimida adolatli munosabatlar ustun bo'lgan.
Davlat boshqaruvida adolatning saqlanishi davlat xizmatchilarining sadoqatini oshirgan va xalqning davlatga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga yordam bergan.
Amir Temurning adolat tamoyili asosida qurilgan boshqaruv tizimi uning davlatini kuchli va barqaror qilgan. Bu tamoyil bugungi kunda ham davlat boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Temur tuzuklari" asaridan
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Azizlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali takror-takror yo'llanuvchi ayrim savollarga #jurnalistika rukni ostida qo'ldan kelgancha oydinlik kiritib ketishni joiz bildik.
JURNALISTIKA SOHASINI ONLAYN O'RGANAYMI YOKI OFLAYN?
Ma'lumki, nazariyasiz amaliyot, amaliyotsiz nazariya natijasi 0 ga teng. Ya'ni har qanday soha bo'lmasin, ushbu ikki jihat birlashmas ekan, siz o'zingiz va atrofingizga kerakli natijani ko'rsata olmaysiz. Jumladan, jurnalistikada ham.
Jurnalistika - bu nazariya va amaliyot muvofiqlashuvi. Shunday ekan, asl muammo jurnalistikani onlayn yoki oflayn o'qishda emas, balki unga qanchalik jiddiy yondashishda. To'g'ri, onlayn ta'lim hayotimizning deyarli bir bo'lagiga aylanib ulgurdi va uning o'ziga yarasha qulaylik taraflari ham bisyor. Misol uchun, masofa va vaqt tanlamasligi, ortiqcha sarf-xarajatlarning tejalishi va shu kabi holatlar.
Biroq, onlayn rejimda o'qish doimo amaliyotni ta'minlay olmaydi. Ayniqsa, jurnalistika kabi asosan amaliyotni talab qiluvchi sohalarda.
Onlayn ta'limda nutq ustida ishlash, topshiriqlarni olish mumkin, lekin uni ma'lum bir biriktirilgan ustoz bilan jarayon ustida ko'rishning ahamiyati yuqori. Ustoz o'quvchining har bir harfini, har bir harakatini, har bir yozayotgan maqolasidan tortib, xabarigacha nazoratdan o'tkazib turishi kerak.
Shu nuqtai nazardan aytishimiz mumkinki, jurnalistika sohasini onlayndan ko'ra, oflayn tarzda ustoz bilan o'rgangan afzalroq va samaraliroq. Bevosita ustoz nazorati ostida bilimlar to'g'ri o'zlashtiriladi.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
@protokoluz
OZODBEK NAZARBEKOV: Bu ishlarni ortida kim turganini bilaman. Lekin... | PROTOKOL 3-son
https://youtu.be/iQ50j_HHJrE?si=IYinRRVf5KLfwj3K
8-may kuni Toshkent shahrida Mass-media fondi tashabbusi bilan nodavlat telekanallar jurnalistlari uchun besh kunlik trening boshlandi. Trening Fransiya Media akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursidan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy televizion kontent sifatini oshirish, ilg‘or jurnalistik tajribalar bilan tanishish hamda O‘zbekiston va Fransiya media hamjamiyatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.
@sirojiddinusarov
@sirojiddinusarov
MUSOFIRNING ALAMI
https://youtu.be/RARpGIb7KtQ?si=-nj1DvQsrLMDp7zk
25-oktyabr kuni taniqli suxandon va jurnalist Sirojiddin Oʻsarov bilan TTYSIning faollar zalida ijodiy-badiiy mahorat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda uchrashuv mehmoni talabalarga kiyinish madaniyati, sahna odobi va hayajonni yengish, ovozni toʻgʻri qoʻyish, oʻzida eʼtiborchanlikni kuchaytirish kabi har bir mutaxassis uchun muhim boʻlgan jihatlarga alohida toʻxtalib, ular xususida amaliy trening oʻtdi.
Tadbir soʻngida institut maʼmuriyati tomonidan Sirojiddin Oʻsarov boʻlib oʻtgan mahorat uchrashuvidagi koʻrsatgan beminnat hamkorligi va tashrifi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Uchrashuvning har bir ishtirokchisida esa iliq taassurotlar va xotiralar qolib, kelgusida mehmon bilan hamkorlikni davom ettirish kelishib olindi.
@sirojiddinusarov
Ижтимоий тармоқлар орқали Zo'r TV телеканали мухбири ва тасвирчисига нисбатан хизмат фаолияти вақтида ҳақоратли сўзлар билан тасвирга олиш ишларига тўсқинлик қилган ва куч ишлатган видеолавҳа кенг муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Биламизки, бундай ҳолатлар қонунчиликда таъқиқланган. Жумладан, “Журналистлик фаолиятини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонуннинг 5-моддасига мувофиқ, журналист ўз касбига доир фаолиятни амалга ошириш чоғида, журналист текшируви ўтказиш, мансабдор шахс қабулида бўлиш, маълумотларни белгиланган тартибда ёзиб олиш, шу жумладан, зарур техника воситаларидан фойдаланган ҳолда ёзиб олиш ҳуқуқига эга эканлиги қатъий белгилаб қўйилган.
Ўйлаймизки, Ички ишлар вазирлиги ҳамда Бош прокуратура ҳолат назоратига бефарқ бўлмайди.
@sirojiddinusarov
Узоқ нуқталарга термулган мўйсафиднинг сўзлари сизни ҳам эътиборсиз қолдирмайди. Тингланг, яқинларингизга ҳам улашинг.
@sirojiddinusarov
Сирли муаллифдан🤫
O‘TKIR NIGOHLARINGIZ…
<< Suvday oqib o‘tayotgan yillar ham, shafqatsiz vaqt ham Sizni o‘zgartirolmaydi...
Chunki, Siz xotiramda o‘sha, men uchratgan, men bilgan qiyofangizda gavdalanasiz.
O‘sha o‘tkir, lekin mehr bilan boqadigan nigohlaringiz, o‘sha menga yoqadigan samimiy chehrangiz, hammasi o‘sha… Ha, o‘sha..! >>
Нима дейишга ҳам ҳайронман. Ёқимли, аммо жуда ҳайрон қоларли. Биз учун (номларини ошкор қилишни хоҳламаган қиз) видео тайёрлатиб, чиройли мактуб йўллабдилар. Катта раҳмат!
#sirojiddinusarov_official #zortv
@sirojiddinusarov
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
2-QISM
"Uchdan keyin kech" asari, bolalar tarbiyasida erta ta'limning ahamiyatini ochib berib, ota-onalarga foydali maslahatlar beradi.
(Eshitish uchun 27 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#jurnalistika
Jurnalistika sohasida ish topish qiyinmi?
Har qanday tahsil olayotgan, o'z ustida ishlayotgan, oliygohlarda ta'lim olayotgan o'quvchilarning istagi jamiyatda o'z o'rnini topish. Shaxs sifatida o'zini shakllantirish, qolaversa, jamiyat manfaati uchun xizmat qila oladigan kadr bo'lib yetishishga harakat qiladi. Ikkinchi tomondan o'zining moddiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham inson yaxshi o'qiydi, yaxshi ishga joylashgisi keladi.
Turli sohalar bor. Shunday sohalar borki, uyingizda o'tirasiz, uyingizdan chiqmaysiz, lekin yetarlicha moddiyat bilan ta'minlanasiz. Ammo shunday sohalar borki, uyingizda o'tirishga vaqtingiz bo'lmaydi. Biz bu misolni nega keltirdik, jurnalistika sohasi bu ikkila tamoyilni ham birlashtiradi. Ya'ni uyingizda o'tirib ham jurnalistika bilan shug'ullanib, yetarlicha moddiyatingizni to'g'irlab olishingiz mumkin yoki teskarisi. Ish topish osonmi yoki qiyinmi degan savolga javob esa ham oson, ham qiyin.
O'z ustida ishlamagan, o'ziga ishonmagan mutaxassisning ish topishi o'ta mushkul. Ammo yetarlicha bilimlari bor, o'ziga ishongan, eng muhimi kasbiga bo'lgan muhabbati bor shaxslarning jamiyatda ish topishi va uning ortidan o'z o'rnini topishi bu juda oson. Tasavvur qiling, siz yaxshi mutaxassissiz, ovoz ustida juda chiroyli ishlagansiz, nutqingiz go'zal, nazariy bilimlaringiz o'tkir, kamera qarshisida o'zingizni qanday tutishni bilasiz, xorij, mahalliy va davriy nashrlarni, OAVni doimiy tarzda kuzatasiz, doimiy faolsiz, ya'ni sodda qilib aytganda "yoniq" insonsiz. Qanday qilib sizni jurnalistikada faoliyat olib boradigan biror tashkilot ishga jalb qilmasligi mumkin?! Albatta jalb qiladi.
Boshqa sohalardagi kabi jurnalistika sohasiga ham o'ziga ishongan, shiddatli, bir vaqtning o'zida o'ta kreativ fikrlaydigan, tahlil qila oladigan mutaxassis albatta kerak va u jamiyatda juda tez ishini va o'rnini topa oladi. Ko'pchilikda shunday tushuncha borki, jurnalistika bu faqatgina teleekran orqali chiqib boshlovchilik qilish, yo'q unday emas. Jurnalistikaning turli yo'nalishlari bor, internet jurnalistikasi, matbuot, televideniya, radio bor. Jurnalistikaning mavjud barcha sohalarida faoliyat olib borish imkoniyatiga egasiz.
Agarda ovozingiz, ko'rinishingiz tele va radiolarga mos kelmasa siz bemalol matbuotda faoliyat olib borishingiz mumkin, bunda ham unutmang, qalamingiz o'tkir bo'lsagina. Yohud sizning ovozingiz go'zal, chiroyli insonsiz, ya'ni kamera sizni "yaxshi ko'radi", bunday insonlar yozuvi haminqadar bo'lganligi bilan teleekran orqali chiqishida o'zini namoyon qilishi mumkin. Shunday ekan, jurnalistikada ishga kirish oson yoki qiyin deb aytish nazarimizda noto'g'ri.
Kimgaki qiyin ko'rinsa qiyin, kimgaki oson ko'rinsa oson. Bilimlimisiz — oson, bilimsiz, harakat qilmaydiganmisiz demak qiyin va ishga ham kira olmaysiz. Jamiyatga qoni qaynagan, intiluvchan, yangiliklarga o'ch, yangi g'oyalar qila oladigan, yangicha fikrlay oladigan kadrlar kerak. Agar siz mana shu sanab o'tilgan jihatlar haqida bosh qotirmas ekansiz, shu qobiliyatlarni o'zingizda shakllantirishga harakat qilmas ekansiz, demak siz qiynalasiz. Shuning uchun aytamizki, harakat qiling, o'qing va albatta natijasini ko'ring.
Bu maqoladan olinadigan foydalar:
1. Jurnalistika sohasida ishga kirish osonmi, qiyinmi degan o'rinsiz savollardan voz kechish;
2. Sohaga aloqador bo'lgan bilimlarning yetuk mutaxassisiga aylanish;
3. Bir ishni qilayotganda bo'larmikan, bo'lmasmikan degan mavhum niyatlardan, xavotirdan qochib, shu ish yaxshi bo'ladi xudo xohlasa deb astoydil mehnat qilish;
4. Sohaga aloqador bo'lgan bilimlarni o'rganish;
5. O'zingizdagi sohaga aloqador bo'lgan qobiliyatning qaysi jihatini ko'ra olishingizni aniqlashtirish, ya'ni matbuot yo'nalishimi, tele va radio yo'nalishimi yoki internet nashrlariga harakat qilishmi, shuni aniqlab olish.
O'zingizdagi salohiyat va qobiliyatga qarab aniq maqsad qo'ying, so'ng shu maqsad sari ishonch bilan harakatlaning, shundagina harakatlar kutilgan natijani beradi.
Sirojiddin O'sarov
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#yangilik
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#audiokitob
Masaru Ibuka - "Uchdan keyin kech"
KIRISH
"Uchdan keyin kech" asari bolalar tarbiyasida erta ta'limning muhimligini ta'kidlaydigan va ota-onalarga muhim tavsiyalar beradigan asar hisoblanadi.
(Eshitish uchun 5 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
#yangilik
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʼladi.
Telegram l Instagram l Facebook l sirojiddinusarov.b">YouTube
Oʼsarov Sirojiddin Baxriddinovich — Madaniyat vaziri matbuot kotibi
🔹 Oʼsarov Sirojiddin Baxriddinovich 1993-yilning, 15-aprelida Samarqand viloyati, Urgut tumanida tavallud topgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy.
🔹 2017-yilda Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Talabalik yillarida universitet qoshida “Shams” nomli teatr-studiyasiga asos solgan va jurnalistika fakultetida talabalar uchun “Media-markaz” tashkil etgan.
🔹 Dastlab, Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʼzbekiston” radiokanali ijtimoiy-siyosiy eshittirishlarida, so’ngra “Mahalla”, “Toshkent”, “Yoshlar” teleradiokanallarining ijtimoiy-siyosiy ko’rsatuvlarida muharrir va boshlovchi sifatida faoliyat yuritgan.
🔹 2019-yildan hozirgi vaqtga qadar “ZO‘R TV” telekanalining “Bu kun”, “Jinoyat izi”, “O’zimizda” nomli ijtimoiy-siyosiy ko’rsatuvlarida boshlovchi va loyiha rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
🔹 Faoliyati davomida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning farmon, qaror va farmoyishlari, ularning mazmun-mohiyati, qolaversa, joylarda olib borilayotgan islohotlar jarayonini keng yoritishda oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda.
🔹 Shuningdek, Sirojiddin O’sarov o’z faoliyati davomida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti aks etgan “Islomga bagʼishlangan umr” hujjatli filmini suratga olgan.
🔹 Bundan tashqari, Respublikamizda milliy kontentlar sonini va koʼlamini oshirish maqsadida internet tarmogʼida “Protokol” loyihasini yoʼlga qoʼydi. Loyiha orqali nufuzli va chuqur tarjimayi holiga ega boʼlgan, turli sohalarda faoliyat yuritib, mahalliy va xalqaro darajada tan olingan muvaffaqiyatli shaxslarning turmush tarzini yoritib kelmoqda.
🔹 Sirojiddin O’sarov o’zbek tilini rivojlantirish, mamlakat aholisi orasida o’zbek tilida sof va ravon nutq so’zlash hamda teleradioboshlovchilik va jurnalistika sohasiga qiziqqan yoshlar uchun o’z maktabiga asos soldi. Shu kunga qadar ushbu maktab 300 dan ortiq iste’dodlarni kashf etdi va etib kelmoqda.
🔹 Sirojiddin O’sarov O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining matbuot kotibi — vazirning axborot siyosati masalalari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
@sirojiddinusarov
"Protokol" oldinga yurishda davom etadi!
Loyihamizning navbatdagi mehmoni O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, Tojikiston Respublikasi xalq hofizi, madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich.
Suhbat tez kunlarda e'tiboringizga havola etiladi.
@protokoluz
@sirojiddinusarov
ALLOHIM, BIR ISHQ BER!
https://youtu.be/AhjbAjYjmkE?si=FrAwd0OeaRmdknlx
Қалбига олисларда қолган юртнинг ҳасрати, кўнглига оила соғинчини жойлаб, елкага турмуш машаққатларини ортган мусофир юртдошларимизга бағишланади!
Шеърни камина Сирожиддин Ўсаров ўқиди.
❗️Ушбу шеър интернет саҳифасидан олинди. Муаллифини топа олмадим.
@sirojiddinusarov
Яхшиларнинг яхши ишлари ҳақида ҳар қанча гапирсак ва ёзсак арзийди.
Устозим Нажот Нур билан яна бир йирик лойиҳа устида ишладик.
#sirojiddinusarov_official #notiqlik #najotnur
@sirojiddinusarov