ЖУРНАЛИСТ СИРОЖИДДИН ЎСАРОВ МИЛЛИЙ ТЕРМА ЖАМОАНИ ЖАҲОН ЧЕМПИОНАТИГА ОЛИБ ЧИҚМОҚЧИ!
Ўсаров футбол мураббийи Миржалол Қосимов билан нималар ҳақида гаплашди? Энди футбол ўзгарадими?
Нима деб ўйлайсиз бу қандай лойиҳа?
@sirojiddinusarov
“Эрталабдан салом” дастури ижодкорларига катта раҳмат. Таклифдан бошим кўкка етди.
@muzaffarbekmirzabekov томонларидан берилган кутилмаган вазифа эса ҳайрон қолдирди. Лекин ҳаракат қилдик…
#sirojiddinusarov_official #sirojiddinusarov #sirojiddinusarovlife #sirojiddinusarovzortv
@sirojiddinusarov
КОРЕЯДА ИШ БИЛАН ТАЪМИНЛАНГАНЛАР СОНИ 2500 НАФАРГА ЕТДИ
Журналист Сирожиддин Ўсаров
@sirojiddinusarov
Корея Республикасидан Зўр тв телеканалининг “БУ КУН” информацион дастури учун махсус репортаж
Журналист Сирожиддин Ўсаров
@sirojiddinusarov
🇰🇷🇰🇷🇰🇷
Корея Республикасининг Сеул шаҳридамиз.
Ёмғирли Гангнам кўчалари.
02.08.2022
#sirojiddinusarov_official #sirojiddinusarov #sirojiddinusarovlife #sirojiddinusarovzortv #korea #southkorea
@sirojiddinusarov
Шеър ўқиётганингизда оҳангдорликка берилманг. Шунчаки гапиринг. ЮРАКДАН ЧИҚСИН, юракка боради.
#sirojiddinusarov #sirojiddinusarov_official #sirojiddinusarovlife #sirojiddinusarovzortv #sirojiddinusarovofficial
@sirojiddinusarov
#tungi_iqror
Haqiqat yo'lida mudom sodiq bo'l,
O'zga maqtagandan o'z hukming a'lo.
Ko'ngil mahzanini asray bilsang pok,
Jahondan poklarcha ketgaysan, illo.
©️ Richard Frensis Byorton
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#22_ishtirokchi
Tilning kuchi
Maktabni bitirishga yaqin qolganida yaqinlarim va do'stlarim kaminaga o'zlarining tavsiya va maslahatlarini berishgan. Esimda, ularning aksariyati ingliz tili fani o'qituvchisi bo'lishimni tavsiya qilishgandi. Sababi, chet tilining "qudrati" zo'r: oyligi yaxshi, hamma yerda ish topish mumkin. Til o‘rganib diplomsiz ham qandini urayotganlar haqida eshitib ikkilangan paytim ham bo‘ldi. Lekin matbuotga qiziqishim ustunlik qildi. Maslahatgo‘ylarimni xafa qilib jurnalistika fakultetiga topshirdim. Shunda ham ingliz tilidan qutulganim yo‘q. Asosiy fanlar ichida u ham bor edi. Alloh nasib etib o'qishga kirdim. Keyinchalik ham ingliz tilini bilganlarga yaxshi imkoniyatlar borligining ko‘p guvohi bo‘ldim. Farzandi ingliz tili fakultetiga o'qishga kirgan ota-onalar mahallada duv-duv gap bo‘lar edi. Avvallari yuridika va matematika fakultetlariga o'qishga kirganlar qanday e'zoz topgan bo‘lsa, chet tili yo'nalishida o'qiyotganlar ham shunday hurmat qilinadigan bo‘ldi. Sovchilar ingliz tilida o'qiydigan qizning daragini eshitsa uning eshigini haftalab "supurgani" haqida ham eshitib turamiz. Wikipedia ochiq internet ensiklopediyasiga maqolalarning 63 foizi ingliz tilida kiritilar ekan. Xalqaro konferensiyalar, turli grantlar uchun ham ingliz tili talab qilinadi."Har tilni biluv endi bani odama jondur, Til vositai robitayi olamiyondur" deganida shoir Avaz O'tar buyuk haqiqatni qalamga olgan ekan. Ingliz tili dunyo bo'ylab tarqalib bormoqda. Hindiston va boshqa ko'plab davlatlar aholisi allaqachon bu tilni ikkinchi ona tili sifatida qabul qilib bo‘lgan. Hatto o‘z tillarini bilmasalar ham ingliz tilini ona tilidek yaxshi biladilar. Bu holat Markaziy Osiyo davlatlariga ham tanish. Faqat biz tomonlarda hozircha rus tili peshqadamlikni qo'ldan bermay kelmoqda. Sobiq Ittifoq amaldorlari rus tilidagi maktab-internatlarini nega tashkil qilgan? Xalqimiz til bilib dunyo kezsin deyishganmi? Albatta, yo‘q. Ular bizni ruslashtirish, tilimizdan, milliyligimizdan ayirishni niyat qilgan. Chunki ma‘rifatparvar Ismoil G‘aspirali aytib ketganidek, " Millatning ikki ustuni bordir. Bu uning tili va dinidur. Agar millat hayotidan bu ikkisidan biri sug'urib olinsa, millat tanazzulga yuz tutar."
Bugun tilning kuchi uning keng yoyilgani, undan foydalanuvchilar soni kabi ko'rsatkichlar bilan o‘lchanmoqda. Ko‘chalarimizdagi rus va ingliz tillaridagi afisha, reklamalar,e'lonlar, turli do'kon va kafelarning "jimjimador", aksariyat yurtdoshlarimiz tushunmaydigan nomlarini ko'rish odatiy hol bo‘lib qoldi. So'zlashuv uslubimiz ham rus va ingliz tilidagi so‘zlar bilan to‘lib-toshgan. "Okay" deymiz, xo‘p demaymiz. "Ladno" deymiz, mayli demaymiz. Ayrim til bilgichlar ona tilimiz qolib shu ikki tilning birida rosa "sayraydi". Shu ahvolda davom etsak, ona tilimizni kuchli tilga aylantirish orzusini oldimizdagi qirq-ellik yil uchun asrab qo'ysak ham bo‘ladi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e'lon qilingan "Wiki-stipendiya" bu orzuga qo'yilgan ilk qadamlar deyishimiz mumkin. Ammo bu bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Ona tilimizni targ'ib qilish, uni yoyish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilishimiz kerak. Tilimizning umri xalqimizning umrini belgilab berar ekan. Demak, biz bu masalaga yanada jiddiy yondashmog'imiz zarur. Nafaqat jurnalistlar, barcha soha vakillari ona tilimizni keng yoyishi, farzandlarimizga ona tilimizning qadrini anglatishimiz lozim. Shundagina ona tilimiz ham "kuchli" tillar qatoriga kiradi va xalqimiz bilan birga dunyo turguncha yashaydi.
Ametova Gulnur
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#20_ishtirokchi
Tilning kuchi
Bilasizmi, dunyoda tillar juda ko'p ekan. Aniq ma'lumot bilan gapiradigan bo'lsak, 7000 dan ziyod. Balki bundan ham ko'pdir. Biz bilmagan, hatto olimlar ham kashf qilmagan yana minglab tillar bor dunyoda. Qanday, qaysi til bo'lmasin barchasi tirik jonzod uchun xizmat qiladi. Mana shu butun olam uchun xizmat qiladigan til dunyoni zabt etishga qodir.
Til shunday narsaga qodirki, birgina so'zi bilan shohni gadoga, gadoni esa shohga aylantira oladi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, til dilning kalitidir. Tilning kuchi ko'p narsaga qodir. Birgina o'ylamay aytilgan so'z opa-singilni, aka-ukani, tog'a-jiyanni bir-biridan ayira oladi. Shuningdek, bugungi kunda ajralib ketayotgan oilalar ham tilidan chiqqan birgina so'z sabab farzandlarini yetim qilishmoqda. Har bir narsadan oqilona foydalana olish zarur. Xususan tildan ham.
Bugungi kunda zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda tilga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Buning isboti tariqasida so'z erkinligi, ommaviy axborot texnologiyalarining rivoj topayotganini misol qilib aytish mumkin. Bularning barchasi til va uning erkinligi uchun xizmat qiladi.
Sayfiyeva Shahrizoda
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#18_ishtirokchi
Tilning kuchi
Dunyo qurollaridan kuchli narsani sozlarni to'g'ri foydalanmasak kimnidir pichoqsiz so'yishimiz, yo bo'lmasa boshimizdan mosvo bo'lish ehtimoli bor.
Rahmatli, xalq ardog'idagi xonanda Muhriddin Xoliqovdan so'rashgan ekan:
- Sanatkorni qanday o'ldirsa boladi?
- Konsertiga borib, kuylayotgan payti turib chiqib keting shuning o'zi yetadi, deganlar.
Shunday ekan har bir so'z ham, xatti-harakat ham insonning ko'ngil atalmish qasrini buzib tashlashi mumkin.
Yoshlar ba'zi do'stlarini so'kinib gapirsalarda yaxshi do'st deya ataydi. U yaxshi do'st bo'lishi mumkin, ammo siz uni bu yomon so'zlarni aytishdan qaytarmas ekansiz siz yaxshi do'st emassiz.
O'zimiz yaqin atrofimizdagilar qanday gapirishiga e'tibor bermasak, ularga qayta-qayta uqtirmasak, chetdan hech kimsa bizga yordam bermaydi.
Bugundan tilga e'tiborni boshlashingizni tavsiya qilman.
Bu mazvuga yana qaytaveramiz siz qachonki tilni kuchini anglaganizda biroz to'xtaydi.
Zafarbek Erkaboyev
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#16_ishtirokchi
Tilning kuchi
Avvalombor assalomu alaykum azizlar.
Tilning kuchini biz ikki xil tarzda anglashimiz mumkin ekan. Birinchisi tilning kuchi, ya’ni qudrati, til juda ham katta qudratga egadir, u qudrat shundan iboratki birgina til orqali dunyoni ostin-ustun qilish, hamda ko‘p narsalarni tupdan o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari xush ovoz xonandalar birgina qo‘shiq bilan ham millionlab yuraklarni zabt eta olishi mumkin. Bu tilning kuch-qudratining birinchi tushunchasi.
Ikkinchisi til shunday narsaki, u abadiy meros bo‘lib qolishi ham mumkin ekan, birgina misol qilib aytadigan bo‘lsak o‘zbek xalqi rus tilidagi iboralarni ko‘p ishlatadi boshqa xalqlar ham, lekin hech kim sof ona tilida gaplashishga harakat ham qilmaydi, ona tilida u so‘zni aytib bo‘lmaydigandek go‘yo.
Men ko‘pchilik kitoblarni o‘qiganimda hayron qolyapman kitoblarda ,,Конкрет‘‘ so‘zini ko‘p marotaba uchratdim eng ajablanarlisi Adabiyot kitobida, adabiyot kitobida shunday bo‘lgandan so‘ng kelajak avlod o‘z tilini qanday sevib e’zozlaydi? Kundalik turmushimizda ajralmas bo‘lib ketgan iboralarni biz ishlatmasligimzni iloji ham yo‘qdek. Masalan: ,, Проста‘‘ , ,,Қарочи‘‘, ,,Почти‘‘ va shu kabi so‘zlar bu so‘zlarni esa ishlatmaslikka kuchimiz yetmayaptimi demak til bu tomonlama ham kuchli bo‘lishi mumkin ekan. Shunday ekan aziz do‘stlarim, birodarlarim vatanparvarlik ruhi ila yashab o‘z ona tilimizni qadrlab, e’zozlaylik.
Zero til insonga yaratuvchimiz bo‘lmish Alloh taolo tomonidan berilibdimi? Biz uni eng shirin so‘zlarda, eng go‘zal amallarda ishlatishligimiz joizdir.
(ushbu maqola uchun sizlardan uzr so‘rayman, bu mening ilk maqolam bo‘ladi Xudo hoxlasa)
Hosilbek Iskandarov
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#14_ishtirokchi
Tilning kuchi
Til shirinligi- ko'ngilga yoqimlidir,
Muloyimligi esa - foydali, chuchuk til.
Achchiqqa aylansa, koʻpchilikka zarari tegadi. Qanddan may tayyorlansa harom boʻladi. Shirin soʻz sof koʻngillar uchun asal kabi totlidir. Bolalar uchun muloyim tabiatli odam - holvapurush kabi sevimlidir.
Alisher Navoiy
Darhaqiqat, buyuk bobomizning ushbu so'zlari har birimizni go'zal xulqqa go'zal odobga chorlaydi. Inson dunyoga kelibdiki, ona allasini oʻz ona tilida tinglaydi, voyaga yetadi, oʻzi yashab turgan jonli hayotning asl mohiyatini anglab yeta boshlaydi. Yashab turgan tashqi dunyosidan, yaqinlaridan soʻzlashish madaniyatini, odobini oʻrganadi. Til uning xulq-atvorini koʻz-koʻz qiladigan, qilich tig'idan keskir, ilon zaxridan oʻtkir, binobarin, undan toʻgʻri foydalanilsa, qanddek totli ekanligini tushunib boradi. Zero; "Tilga e'tibor - elga e'tibor",-deya bejiz aytilmagan. Kishi dilini ogʻriyadigan, koʻnglini qoldiradigan, izzat-nafsga tegadigan, or-nomusi, sha'nini oyoq osti qiladigan ham - til. Tildan yetgan ozor nayza ozoridan-da ogʻriqli.
Oʻzbek xalq ertaklarida Jodugar kampirning: " Gar saloming boʻlmaganda ikki yamlab bir yutardim",- degan soʻzlarini barchamiz bilamiz. Yurt pahlavoni dahshatli devni yengish uchun yoʻlga otlanadi va jodugar kampirga yoʻliqadi. Pahlavon:" Assalomu alaykum",- deb dadil, kamtarona salom beradi. Jodugar: " Gar salomini boʻlmaganda ikki yamlab bir yutardim",- deydi. Bundan koʻrinib turibdiki, chin dildan berilgan salom, chiroyli muomala madaniyati pahlavonni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan falokatdan asradi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdugʻanievich Karimovning oʻzining "Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" asarida oʻzbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishiga gʻoyat ulkan ta'sir koʻrsatgan ulugʻ zot Alisher Navoiy bobomiz ekanligi e'tirof etilgan.
Navoiy bobomiz yashab ijod qilgan davrdagi muomala, madaniyatli soʻzlashish odobi faqat tarixiy dramalarda, tarixiy kinolarda qolib ketmasligi kerak. Axir bu bizning milliy qadriyatimiz, gʻurur-iftixorimizdir. Buyuk zotlarning ma'naviy merosiga suyanib tarbiya berish hozirgi zamonamiz pedagoglarining asosiy vazifasidir.
Koʻcha- koʻyda, jamoat transoportlarida, odamlar gavjum joylarda, qarshingizda ketayotgan yoʻlovchi bilan albatta salomlashib oʻtasiz. Assalomu alaykum soʻzi--- sizga salomatlik, sogʻlik va tinchlik-omonlik boʻlsin, ma'nosini anglatadi. Ikki soʻzdan iborat boʻlgan ushbu jumla zamirida qancha ma'no bor. Bugungi kunda ayrim yoshlarning "someykum" degan soʻzlari beixtiyor qulogʻimizga chalinadi. Agar bu toifadagi yoshlar "Som" arabcha-- " Oʻlim", "Ey"-- chaqiriq, "kum"-- senga degan ma'noni anglatishini bilsalar, balki bu tarzda salomlashishga chek qoʻyishardi.
Koʻngil mahzanining qulfi-- til va ul mahzanning kalitin-- soʻz bil. Xulosa qilib aytganda tilning kuchi har narsaga qodir, shu sababli donolar aytadi:" Odamni bor qiladigan ham- til, yo'q qiladigan ham-til. Til borki- bol keltirar, til borki- balo.
Malohat Mamasodiqova
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#12_ishtirokchi
Tilning kuchi
Til siz uchun qanchalik ahamiyatga ega? Jamiyatda tilning o'rni qanchalar kuchli? Savollarga birgalikda javob izlaymiz.
Bolaligimizdan to shu kungacha bobo-buvilarimizdan til haqida bir qancha maqollar va hikmatlar eshitib kelganmiz. ''Tilingni avayla omondir boshing, So'zingni avayla uzayar yoshing'', ''Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til'', ''Tilga ixtiyorsiz, Elga e'tiborsiz'' va yana shunga o'xshagan ko'plab hikmatlarni misol keltirish mumkin. Ammo faqatgina buni eshitish emas, unga amal qilish ham kerak. Insonning husni – tili. So'zimiz qanchalik chiroyli bo'lsa, husnimizni ham shunchalik bezab turadi.
Jamiyatda inson o'z o'rnini topishida ham tilning ahamiyati katta. Ishga kirishda, do'stlar orttirishda, kishilar bilan suhbatda bo'lishda, umuman hamma-hammasida yaxshi xulq va albatta yaxshi so'z muhim ahamiyat kasb etadi. Biror joyga, aytaylik o'zingiz anchadan beri orzulab yurgan joyingizga ishga kirayotganingizda ham sizning yaxshi so'zlashuvingiz suhbatdan yaxshi o'tishingizda yordam beradi. Yoki jamiyatda. Odamlar bilan muloqotda bo'lganda qo'pol qilib aytganda so'zingizda zahar bo'lsa, u odamlar sizdan uzoqlashishi, ko'ngli qolishi turgan gap. O'ylab ko'ring, o'zingizga achchiq so'zlagan odam yoqadimi? Tabiiyki yo'q. Ammo yaxshi so'zingiz sizning har qanday kamchiligingizni yopib ketishi ham mumkin. Ayniqsa bu oilada juda katta ahamiyatga ega.
Hozirda yosh oilalarning janjal va ajrimiga nima sabab? Aynan mana shu so'zamollikni bilmaslik ham bir sabab bo'lib qolmayapdimikin? Ayrim yosh kelinlarimiz qanona-qaynota, qaynisingillar, turmush o'rtog'i va holangki barcha oila a'zolarini tilini topa olmaydi. Bitta qo'pol so'ziga ikkita achchiq so'z bilan javob qaytaradi. Koshki shu bilan murosaga kelib qolishsa. Aksincha, insonning tili yonib turgan olovga moy sepadi. Har qanday ko'ngilsiz voqeada yaxshi xulq, yaxshi so'z bilan vaziyatni yumshatish, shirinsuhanlik qilib ko'ngilni olish mumkin. Gap qaytarib, tilidan zahri tomishi esa vaziyatni yanada og'irlashtirib qo'yyapdi. Nima uchun ajrashyapsiz degan savolga esa qaynonam yomon, u undoq, bu bundoq deyishadi. Lekin shunday odamlar bilan ham murosaga kelib yashab kelayotganlar bor. Shunchaki ularning tili shirin. Qaysi so'zni qay o'rinda qo'llash kerakligini biladi. Tilning ehtiyotsizligi sabab mana shunday janjallar soni ko'payib boraveradi. Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar deganlaridek tilimizni chiroyli so'zlar bilan boyitishimiz har qachon foyda beradi. O'ylamasdan aytayotgan birgina yomon so'z bir soniya ichida insonning dilini bir umrga dog'lab qo'yadi. O'zimizga bu sezilmas. Lekin qachonki biz ham shunday dilni qoralovchi so'zni o'zimizga nisbatan eshitganimizda qanchalik noto'g'ri ish qilganimizni tushunib yetamiz. Til zahri shunchalik kuchliki, uning og'rig'ini hech qanday dori-darmon bilan davolash mumkin emas. Ana shunaqa o'ylamay aytilgan so'zdan ranjib qolgan kishimiz bizni chin dildan kechirmagunga qadar oxiratda bizga jannat eshiklari ham ochilmaydi. Yomon til yo jonga urar, yo imonga. Uning kuchi muhim ahamiyatga ega. Har bir so'zimizda ehtiyotkor bo'lmas ekanmiz bu hayotda qoqilishlarimiz soni ortib boraveradi. Zero, til – dil darjimoni.
Mohidil Yuldasheva
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#10_ishtirokchi
Tilning kuchi
Shovqinli dunyoda dilimiz orqali tilimizga, bu orqali esa atrofga tarqaluvchi fikrlarimiz va ta’savvurlarimizga diqqatli bo’lishga muxtoj bo’lib boryapmiz. Tilning vazifalaridan biri bo’lmish – yetkazish boshqa aldamchi yolg’onlar bilan qorishib ketdi. Ma’lumotlar shu qadar ko’pligi va sun’iylikka gavjunligi sababli ularni ajratish uchun vaqtimiz va e’tiborimiz sarf bo’lishga majbur bo’lmoqda. Eshitilishni istab qanchadan qancha behuda so’zlar atrofimizni havo bilan bitm tuzib, o'rab olayotgandek go’yo. Undan qutilish uchun sokin aql va ichki tinchlikka muxtoj bo’lib boryapmiz.
- Jarohatlovchi qurolingizni o‘zingiz bilan olvoldingizmi?
- Ha, albatta. Mana, tilim joyida turibdi.
©️Mubashshir Ahmad
Yer quyosh atrofida aylanarkan, tilning dilsizligi qanchadan qancha pushaymonlarga sabab bo’lmoqda. Undan bizga berilgan barcha ne’matlar kabi pok foydalanmog’likka extiyojimiz kuchli. Mazmunning go’zal ifodasi orqali ko’ngillarni shod eta oladigan so’zlarimiz talaygina-ku. Ulardan oqilona foydalanish orqali ne’mat shukrini bir qismini ado qilish imkoniyatidek buyuk imkoniyatga ega ekanligimiz qanday yaxshi-a?
Biz nafaqat gapirgan gapimizga, balki gapirishimiz kerak bo’lgan o’rinda va shaklda gapirmaganimiz uchun ham javob beramiz, buni chuqur va teran o'ylashimiz lozim.
Behuda so’zlar so’zlanishi oqibatida sukutning xaridorlari kamayib, narxi tobora oshib bormoqda. Kishi o’zini behuda so’zlardan tiyarkan, undan uzoq yurarkan, sukutidan so’zi manfaatli ekanini bilgandagina so’zlarkan, ana shu najot yo’li nazarimda.
Islomov Burxonjon
@sirojiddinusarov
Ватанимиз мустақиллигининг 31 йиллиги барчамизга муборак бўлсин! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
@sirojiddinusarov
Корея Республикаси ҳақида фикрларим жуда ҳам илиқ. Маданият, инфратузилма, одамлар характери ҳамма-ҳаммаси менда ўзгача таасурот қолдира олди. Насиб этса яна ушбу юртга келаман. Фақат бемалолроқ бўлиб…
#sirojiddinusarov_official #sirojiddinusarov #sirojiddinusarovlife
@sirojiddinusarov
Корейс таомларини татиб кўрдик. Мазали, ўзига хос, ўхшови йўқ…
#sirojiddinusarov_official #sirojiddinusarov #sirojiddinusarovlife #sirojiddinusarovzortv #sirojiddinusarovofficial
@sirojiddinusarov
🇰🇷🇺🇿Ayni damda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishchi guruhi Janubiy Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olish uchun ushbu davlatda bo‘lib turishibdi. Ishchi guruh Koreyaning aholisi eng zich joylashgan Kyongido viloyati Namyangju hududidagi Xe Kvang ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning ish sharoitlari bilan tanishishmoqda.
Kanalga ulanish ⬇️
/channel/mehnatvazirligi
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Токи ўзингиз амал қилмас экансиз, сўзингиз ўзгага таьсир этмас..!
@sirojiddinusarov
Tanlov natijalari
🔹 Bizga kelib tushgan bir qator ijodiy ishlar ichidan ushbu maqolalar saralab olinib, g'oliblikka loyiq ko'rildi:
5-ishtirokchi — Abdulaziz Shuhrat o'g'li
10-ishtirokchi — Islomov Burxonjon
12-ishtirokchi — Mohidil Yuldasheva
19-ishtirokchi — Sardor Yalgashov
22-ishtirokchi — Ametova Gulnur
Guvohi bo'lganimizdek, aksar ishtirokchilar hali yosh bo'lishiga qaramay, garchi sodda bo'lsa ham o'z imkoniyatlari doirasida yozma fikrlarini taqdim etdilar. Ishonchimiz komil, kelajakda ulardan bundanda kuchliroq va o'qigan insonning qalbini "teshib" kira oladigan ishlar chiqadi. Buning uchun barcha ijodkorlarga minnatdorchilik bildiramiz!
P.s: Ushbu tanlovda ishlar noprofessional tarzda, bir-biriga nisbatan baholandi. Imlo xatolari bo'lishiga qaramay qabul qilindi. Kelasi tanlovlarda yanada jiddiyroq kirishsangiz biz bundanda mamnun bo'lamiz, barchaga tashakkur! 😊
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#21_ishtirokchi
Tilning kuchi
"Til-millatning koʻzgusi" deydilar. Bu koʻzguni gard-gʻuborlardan, chang-toʻzonlardan soniya sayin tozalay borish har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Til oʻzagimizning, oʻzligimizning, oʻziga bekligimizning bosh belgisidir. "Til - millatnning ruhi" deydilar. Til yoʻqolsa, Millat ham tamom boʻladi. Til yashasa millat ham yashaydi.
Til kishilar oʻrtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga koʻra u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga fikrimizni uzatamiz.Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi.
Maʼlumki, oʻzlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu - millatning ruhidir.
Biz yana til haqida gapirar ekanmiz, oʻzbeklarimiz shiorida boʻlgan bir nechta maqollarni ham yodga olsak zarar boʻlmaydi. Misol uchun "Tilingda boʻlsa boling, kulib turar iqboling". Bu maqolda shuni taʼriflayabdiki, agar tilingda boʼlsa boling har bir soʻzingda ezgulikka yetaklaydigan bir-biridan goʻzal, hurmat talab soʻzlarni qanchalik gapirsak, xuddi "Nima eksang shuni oʻrasan" deganlaridek oliy bir-biridan goʻzal soʻzlar ila javob olasiz va oʻzbek tilimizning yanada goʻzal rivojlanganiga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
Yakubova Shabbona
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#19_ishtirokchi
Tilning kuchi
Birinchisi ikkinchisidan ustunligini kuchi yuqoriligidan bilib olamiz, odatda. Favqulodda olam aro eng kuchlisi, deb tilni aytsam qarshiman, deydiganlar u qadar ko'p topilmasa kerak. Shunchaki, o'yga toluvchilar ko'p bo'lishi mumkin. Tarixdan misol yetarli. Birgina, Gitlerni eslang tildan qanaqa darajada foydalana olgan edi.
Yo'q tarixmas oddiyroq bo'lsin, hozirgi zamonga qarang. Sizda kuch yo'q, shijoat kam. Nima qilyapsiz? Internetga kirasiz, motivatsiya izlaysiz. Ana kimningdir tilidan chiqayotgan so'z tanangizni kamida bir kunlik energiya bilan to'ldiradi. Bu ham tilning kuchi, aslida. Bemorga davo, sog'lomga dard beradigan ham til ekanligi haqida eslatmasam-da hammangiz shu mazmundagi nimadirlarnidir o'qiganingiz bor gap. Unga ta'rif kam, balki yo'qdir ham. Koinot aro tenggini topish ham mushkul ish. O'ylab qarasak, til bilan go'yoki, butun borliq barhayotdek. Usiz tasavvur qilib ko'ringchi. Tasavvur doirangiz qiynalib qolmasa agar.
Sardor Yalgashov
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#17_ishtirokchi
Tilning kuchi
Ota-bobolarimiz ming-million yillar mobaynida til haqida uning kuchi haqida ibratli hikoyatlar, maqollar, matallar aytib kelishadi. Xo'sh, tilining kuchi nimada? Nima uchun insonga til ato etilgan? Til bo'lmaganda nima bo'lar edi? Bugungi kunda asrlar osha kelayotgan qadriyatimiz bo'lmish tilga e'tibor qay holatda?
Keling, bu savollarga javob izlab ko'ramiz. Har qanday til bu o'sha millatning ko'zgusidir. Unga qarab u millatning qanchalik qudratli ekanligini kórishimiz mumkin. Nega? Chunki, tilda so'z degan oliy tilsim bor. Biz gohida bilib-bilmay, oddiy aytadigan sózimiz taqdirimizni belgilashiga ishonasizmi?! Ha, ishoning! Biz tillarimiz orqali qanday sózlarda niyat qilsak, ularning ro'yobini, albatta, kóramiz. Shuning uchun ota-bobolarimiz "Yaxshi niyat- yarim davlat"-deyishmagan. Qarang-a, bu narsalar bir-biriga qanday bog'liq?! Bularning hammasi tilimizga, tilimizning kuchiga bog'liq! Tilning qudrati haqida bir ajoyib xulosa! Tilimiz hayotimizni-taqdirimizni yaratar ekan! Til nima uchun ato etilgan deb o'ylaysiz?! Menimcha, til inson o'zining orzu-armonlari, o'y-fikrlari, qayg'u-hasratlarini ifodalash uchun, bir-biriga hamdard, hammaslak bo'lishi uchun berilgan! "Tilga e'tibor-elga e'tibor" degan naqlni eshitgan bólsangiz kerag-a? Demak, tilga bo'lgan hurmatsizlik butun bir millatga, elga bo'lgan hurmatsizlikdir. Bugungi kunda tilimizga qanchalik e'tibor qaratyapmiz? Javobimiz anchayin achinarli, ming afsuski, shunday. Ko'chalardagi e'lonlarda, oddiy so'zlashuvlarda, hatto tele-ekranlarda ham tilga loqaydlikni ko'rib xafa bo'lsan kishi. Xo'sh, bularni nega aytyapman? Avloniy bobomizing "Adabiyot yashasa, millat yashaydi"-degan gapi bor. Adabiyot- bu so'z, so'z- bu til. O'z-o'zidan ma'lumki, tilimiz yashasa millatimiz ravnaq topaveradi. Ko'ryapsizmi, tilning kuchini?! Millat bilan, uning ertangi hayoti bilan bog'liq ekan! Shuning uchun unga e'tibor bilan qarashimiz, avaylab-asrashimiz, ertangi kunga qudratli tiliimizni yanada go'zalroq qilib qoldirishimiz, ya'niki, go'zal millatni qoldirishimiz kerak!
Ro'ziyeva Gulnoza
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#15_ishtirokchi
Tilning kuchi
Til zabonsiz insonga bo‘y sunuvchi va har qanday xayolimizga kelgan jumlalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri atrofdagilarga yetkazib beruvchi mo‘jizaviy tana a'zomiz hisoblanadi. Tilning eng qudratli tomoni shuki, birgina ibora bilan insonni yuksaltira oladi, birgina jumla bilan esa aksincha ma'lum bir cho‘qqilardan tushirib ham qo‘yishi mumkin. Umuman olganda til insonlar uchun juda katta qurol hisoblanadi, agarda u boy bo‘lsa. Til qanday qilib boy bo‘lishi mumkin? Qachonki bizda ma‘naviy dunyoga bo‘lgan qiziqish ya‘ni kitoblarga bo‘lgan hurmati yuqori bo‘lsa til haqiqiy qurol hisoblanadi. Agarda siz chet tilini o‘rganib boshqa bir davlatga borganingizda huddi o‘sha joyda oldindan yashab o‘rgangandek insonlarni yaxshi tushuna olsangiz o‘shanda tilning kuchini ich ichingizdan his eta olasiz. Aksincha sayohatga borib u joyning tilini bilmasangiz unday holatda ham ichingizdan nimalar o‘tganini o‘zingizdan boshqa hech kim anglay olmaydi. Har doim o‘zimizda bor narsalardan unumli foydalana bilish ham bir mahoratdir😊
Nigora Ko‘chmurodova
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#13_ishtirokchi
Tilning kuchi
Tabiatda eng ongli mavjudot inson boʻlsa til uni hayvonlardan ajratib turadigan va oʻz fikrini bayon etishda kerak boʻlgan eng zarur vositadir. Insonlar bir-birlariga oʻz oʻy kechinmalarini, muhabbatlarini qolaversa gʻazablarini ham ifoda etishda tildan foydalanadi. Dunyo boʻyicha bir necha tillar mavjud boʻlib, ular ichida eng jozibalisi turkiy tillar turkumiga kiruvchi oʻzbek tilim hisoblanadi. Chunki she'riyat mulkining sultoni, turkiy tillar asoschisi, buyuk shoir va mutafakkir olim Alisher Navoiy gʻazal, doston hamda ruboiylarni oʻzbek tilida juda chiroyli tasvirlagan. Men Alisher Navoiy avlodi ekanligimdan gʻururlanaman.
Til insonni judo etdi hayvondin ,deb juda chiroyli tasvirlaganlar. Eng yaxshi asarlar muallifi boʻlib, shulardan biri buyuk shoir va zamondoshimiz Abdulla Oripov til haqida shunday degan:
Ona tilim sen borsan shaksiz,
Bulbul tilin kuyga solaman
Sen yoʻqolgan kunda shubhasiz,
Men ham toʻti boʻlib qolaman.
Soʻz orqali qancha oʻksik qalblarga malham boʻlish yoki ularni ranjitish mumkin. Soʻz orqali kimlargadir hayotbaxsh etishi mumkin. Kezi kelganda insonlarni bir-biri bilan yarashtirish yoki ular oʻrtasida ezgulik urugʻini sochish maqsadida, kezi kelganda yolgʻon soʻz aytish ham savobdir. Demak tildagi soʻzlar bilan savob ishlarni amalga oshirish ham mumkin ekan. Davlat rahbarimizning chet el minbarida turib nutq soʻzlashi bu tilimizga boʻlgan hurmat va ehtiromning bir belgisidir. Shunday ekan , men nima uchun oʻzbek tilim hamda ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan, buyuk asarlarga nechun hurmat bilan qaramay.
Xalq va millat yashar ekan til oʻlmaydi. Hamda avlodlar ularni oʻz holicha asraydi. Millat yashar ekan til abadiy barhayotdir .
Hilola Ruxiddinova
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#11_ishtirokchi
Tilning kuchi
"...Sızlar (har qanday
yomonlikni) eng go'zal
so'zlar bilan daf qiling.
(Shunda) banogoh siz
bilan o'rtalaringizda a-
dovat bo'lgan kimsa
qaynoq-sodiq do'st
kabi bo'lib qolur".
(Fussilat surasi 34- oyat)
Bismillahir rohmanir rohiym.
Til-to'g'ri foydalanilsa, shirinsuxanlik ila ıshlatilsa -- saodat.
Til- o'ylamasdan qo'llanilsa, qo'pollik ila boshqarilsa- ofat.
U bizga Alloh bergan -yuksak inoyat.
U fikrimizni aniq, mukammal bayon etishimiz uchun,bir-birimiz bilan bemalol muloqot qilshimiz uchun- cheksiz imkoniyat.
Robbimiz bandalari orasida shirinso'z, xushmuomala bo'lguvchilarni suyadi.
Dilga ozor berguvchi so'z qalbni parchalaydi. Zero: " Tildan chiqayotgan har bir so'zning manzili- Ko'ngil". Keraksiz paytda aytilgan so'z esa insonning qadr- qimmatini tushiradi. Rahmatli buvam (joylari jannatda bolsin) ko'o'p aytguvchi edilar: "Bolam, kam gapir, shirin so'zla, so'zlaganda ham kerakli so'zni,kerakli paytda vijdoning bilan rost so'zlagin. Shunda insonlar orasida qadring ham, hurmating ham bo'ladi".Kerak paytda so'zlang, ammo, har bir so'zingiz qalbingizdan chiqsin, shundagina o'zgalar qalbiga yetib boradi. Shayx Oiz Al-Qarniy: "Men ko'p shoirlarning devonlarini o'qidim, ammo ularda na bir hayot, na bir ruhni ko'rdim, chunki ular o'z so'zlarini til uchida aytdilar, so'zlarni qiynalmay tartibga soldilar va bu so'zlar xuddi qor parchasi, tuproq uyumiga o'xshab qoldi"- deydi.
Ko'p Voizlar eshituvchining bir tukini ham titrata olmasligini, qalbini larzaga keltirolmasligini ko'rdim, bunga sabab ular o'z so'zlarini shiddat, iztirob,qiyinchiliksiz aytganliklaridir: "...Ular og'izlarida, ko'ngillarida bo'lmagan narsani gapirmoqdalar..."(Oli Imron surasi, 167- oyat). Agar til qudratini bilmoqchi bo'lsangiz avval, dilingiz bilan tilingizni ittifoqdosh do'st qiling, shunda dilingiz aytayotgani tilingizda namoyon bo'ladi. Shundan so'ng milionlab qalblarning seviklisiga aylanasiz. Ko'ngildan til orqali ifoda etilgan shirin so'z eng bag'ritosh insonning ham qalbida "MEHR"nomli nihol o'stira oladi...
Ajdodlardan, zamonlardan
o'tguchi,
Nursiz qalbda, nur undirar
Til Kuchi.
(Feruza Azimova ✍)
Feruza Azimova
@sirojiddinusarov
#tanlov_uchun
#9_ishtirokchi
Tilning kuchi
Ona qornida to'qqiz oy ko'tarib yurib, bir parcha go'sht bo'lib dunyo etagida yotganingda "kel" deya kim? Qaysi tilda chorladi? Eslay olasanmi? Albatta buni unutish mumkin emas, bu sening ona tiling! Qip-qizil go'shtligingdayoq seni shu til bilan papalab, inson qiyofasiga keltirishgan. Esla, bolaligingda, endi gavdangni tutishni o'rganayotganingda, muvozanatni ushlolmay qolganingda "ehtiyot bo'l" deb qaysi tilda aytishgan? Yohud choynakka yaqinlashganingda qaysi tilda "kuyib qolasan" deya seni avaylashgan? Qara sening bu dunyodagi hayoting boshlanishi bilanaq til ham o'z vazifasini o'tashga kirishadi. Qabristonga borganmisan? Hattoki vafotingdan keyin ham, falonchining o'g'li yoki falonchining qizi deb, sening ona tilingda yozib qo'yadilar! Sen hozir nega shularni o'ylamayapsan? Ikkita ruscha so'z, uchta inglizcha so'z qo'shib gapirganing bilan, qabrtoshingga o'zbekcha so'zlar bitiladiku, onang sho'rlik, u ruscha, inglizcha so'z qo'shib gapirardi, deb o'shanday qilib nola qilmaydiku, sening ona tilingda dod-faryod qiladiku! Bunchalar noinsofsan! Nega o'z tiling turib, o'zga tillarga osilasan? Bu vaziyat nimaga o'xshaydi bilasanmi? Uyda ayoli bo'la turib, ko'chadagi nomahramlarga qaraganday! O'zining tilini durust bilmay turib, gapiga ikki chet so'zini qo'shib gapirganni yana qanday baholash mumkin? O'sha tillarda gapirmoqchimisan, o'qi, o'rgan, mukammal bil, ammo kezi kelganda, o'zining davrasida gapir, itning yoniga tovuq kelib qag'alagani bilan hech narsa o'zgarmaydi, buni o'zing ham bilasanku! Til bu qadriyat, til bu tarix, til bu madaniyat negizidir. Qay millatning tili vayron qilinsa, uni qulatishga hojat qolmaydi, shundoq ham qulab bo'lgan bo'ladi. Bugun biz ham til haqida uchar gaplar gapiramizu, aslida, bolamizning tili chiqar-chiqmas rus tiliga yuguramiz, ingliz tiliga chopamiz. Axir nega ona tilini o'rgatishga bunchalik jon kuydirmaymiz? Bu nimadan darak bilasizmi? Bu tilimizning naqadar darajasi pastligidan dalolat emasmi? Yoki yana uchar gaplar bilan o'z ko'zimizni o'zimiz bog'lab qo'yamizmi?
Biz qishloqda, jaydari hayotda yashaymizda, bitta voqea esimga tishib qoldi, esimni taniganimdan beri bitta mushugim bo'lardi, momiqqina, harkuni yuvib tarab, erkalatardim... nima bo'ldiyu, eahigimiz tagiga yana bir mushuk bola kelib qoldi, uning quloqlari dikkaygan, ko'zlari moviy, biram yoqimtoy. Har kunim endi yangi mushuk bilan o'ta boshladi, mehmonga kelganlarga ham shu mushukni ko'rsatdim, sutni ham shu mushukka berdim. Vaqtlar o'tgach o'z mushugim e'tiborsizligim uchun o'lib qoldi... u uchun g'am anduxga berilib, atigi ikki kun yangi mushukka sut bermaganim uchun, uyni tark etdi. Yangi mushukni papalayman deb, o'z mushugimdan ham umrbod ayrildim...
Bu voqea kimgadir tanish tuyular, kimdir esa o'zi uchun xulosa ham qilib bo'ldi chog'i. Tilning bor kuch qudratini bilish istasang o'zing o'rgan, bolangga o'rgat, ana o'shanda tilning tarovatini his etasan. Navoiyning zamonida Binoiylar bo'lganidek, bugun ham tilimizni taraqa-turuqdan farqi yo'q deguvchilar topiladi, ana shularga qarshi turib berolsang, ona tilingda yangragan duolarga ko'milasan! Umri azizim, o'z tilingni o'zing asra, toki umringdan bir barg uzilsa, farzandlar ota deb yig'lasin, aslo "папа" yoxud "father" deb emas! Millat uchun, ertangi kun uchun o'z bolangga, ona tilingni o'rgat!
Shamuratova Sveta
@sirojiddinusarov