Ona yo'lingizga
tuproq bo'laman........🥀😔
So'zim yo'q boshingiz aynitmaydigan
Ayting yoningizda ko'proq bo'laman.
Yursangiz ustingiz changitmaydigan
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Balki peshonamga qo'ygandir yozib
Bo'ynimga ilaman qo'yaman osib
Bemalol tortinmay o'tasiz bosib
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Dushmanlar chog' qazib yo'lda yotmasin
Pishirgan oshimni dushman totmasin
Tosh yo'lda kovushiz sira botmasin
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
So'rang yoʻq demasdan beraman borim
Urishmang iltimos shu bitta zorim
Befoyda ish qilmay tegardi korim
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Dildagi muruvvat tilda ko'chmasdi
Baxt qushi o'zga yer bag'rin quchmasdi
Boshqarib turardim g'ubor uchmasdi
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Aqlim qaroridan bo'lmadim keksa
Hosilin oladi kim nima eksa
Jannat oyog'ingiz har kuni tegsa
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Boshingizga shoyi ro'moldan o'ray
Jilmayib kulishingiz yana bir ko'ray
Xudodan astoydil o'tinib so'ray
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Rizosiz hech kimman yuzni bursangiz
Aqlim kirarmidi? yomon ursangiz
Yer kurra zaminda yuz yil yursangiz
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Qayerga bormayin qo'yasiz qadam
Bosiqlik izingiz o'pardim hardam
Loy balchiq tubidan yaralgan odam
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Allohim beradi hamma jazoni
Yomonni qo'rquvi titroq bo'laman.
Qarorin tasdiqlang Sarvar Mirzoni
Ona yo'lingizga tuproq bo'laman.
Muallif✍Sarvar Mirzo
05.08.2022. 02:05
@Sheriyat
*ҚАДРИГА ЕТИНГ*
Жисмингизга дард келмаганда,
Тўрт мужжа соғ бўлиб юрганда,
Юрак хадик тортмай урганда,
Соғлигингиз қадрига етинг.
Ота она бебахо неъмат,
Хизматида бўлинг беминнат,
Дуоларин олинг, ғанимат,
Бойлигингиз қадрига етинг.
Нолиманг бу дунё камига,
Ким хавасда сизда борига,
Шукур қилинг, оила корига,
Борлигингиз қадрига етинг.
Номахрамни олманг ҳаёлга,
Гунох қилиб қолманг уволга,
Садоқатли жуфти халолга,
Ёрлигингиз қадрига етинг.
Манглайида порлаган қуёш,
Ғурури тоғ, алпларга издош,
Сажда учун эгилган бу бош,
Орлигингиз қадрига етинг.
Юрибсизми, соғ-у саломат?
Тинч хотиржам, дилда халоват,
Шу эмасми, энг катта омад?
Соғлигингиз қадрига етинг.
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
Bir umr yashadik siz-la baxtiyor
Siz bilan tõrt faslim bõlardi bahor
Faqat bittagina bitta arzim bor
Ozgina avvalroq ketdingiz mendan
Men sizdan avvalroq ketmoqchi edim
Sizni jannatlarda kutmoqchi edim
Bugun poyingizga gullar keltirdim
Ozgina avvalroq ketdingiz mendan
Taqdirda umrimiz shunday bitilgan
Alloh balki juda kõrgisi kelgan
Islomim, õg'lonim degisi kelgan
Ozgina avvalroq ketdingiz mendan
Har kun duoyimda borsiz, har doim
Jannatdan joy bersin Tangrim, Xudoyim
Bugun poyingizga keldim muloyim
Ozgina avvalroq ketdingiz mendan
Onaxonimiz Tatyana Karimovaning rasmidan ilhomlanib 🤲😊
Ruhingiz shod bõlsin aziz "Yurtboshim"
✍ Zulayho Abdurasulova
@Sheriyat
3 таси бирда байрам муборак.
- Мустақиллик куни;
- Жума айёми;
- Кузнинг илк куни.
Кузнинг биринчи куни ва илк жума айёми ҳамда юртимиз Мустақиллигининг 32 йиллиги муборак бўлсин!
@sheriyat
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlarim. Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman. Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Tinchligimizga ko'z tegmasin. Vatanimiz ravnaqi yo'lida kechayu kunduz tinimsiz mehnat qilayotgan barcha o'zbek xalqimga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Yurtboshimizning boshlari omon bo'lsin. Go'zal va obod yurtimizda hamisha tinchlik hukmronlik qilsin. Shunday jannatmakon tinch-osuda yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
Shu asnoda yana bir narsani eslatib o'tib ketishni joiz deb bildim. Bizning mana shunday go'zal va farofon hayotda tinch-osuda musafo osmon osida yashab turishimizga sababchi bo'lgan inson, sobiq muhtarama birinchi Prezidentimiz ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV ning xotiralariga bag'shlab bir duo qilib qo'yishingizni chin qalbimdn istagan bo'lardim. O'zbek xalqining jonkuyar sobiq otamizing joylari JANNATdan bo'lsin, oxiratlari obod bo'lsin. Ruxlari shod bo'lib bizni qo'llab-quvvatlab bizga madadkor bo'lsin. Hamisha qabri nurlarga to'lsin. 🤲
YANA BIR BOR BARCHANGIZGA MUSTAQILLIGIMIZNING 32 YILLIK BAYRAMI MUBORAK BO'LSIN AZIZ YURTDOSHLAR...🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Sizlarga cheksiz hurmat va ehtirom ila DUNYO XUSANOVA...😊
@sheriyat
Meni chorlashini bilmabman samo
Ruhim uchdi endi yo'qdir muammo
Sizlarga fursat bordir u ammo
Men ertaga tavba qilmoqchi edim
Hayolim tilloyu zarlarda qoldi
Hushimni nomahram ayollar oldi
Qo'rqib ketayapman mendan ne qoldi
Men ertaga tavba qilmoqchi edim
Kezib yurdim bir qancha shaxar
Uyg'onmabman tong erta sahar
Imkonim qo'limdan olingan mahal
Men ertaga tavba qilmoqci edim
Kibr matosiga o'zimni o'rab
Bormabman bir bora uzrim so'rab
Panohim o'zingsan kechirgin yo rab
Men ertga tavba qilmoqchi edim
Qisqa yo'lda qildim sayohat
Go'zal ko'rinardi hayotim g'oyat
Endi yod olmoqchi bo'lgandim oyat
Men ertaga tavba qilmoqchi edim
✍ILYOSBEK
Muallif huquqi bilan olinsin
@Sheriyat
O'zgaribsan deysiz, yo'q men o'shaman !
Faqat endi yig'lamay qo'ydim,
To'lib qoldi dardim daftari,
Lek o'zgaga so'zlamay qo'ydim.
O'zgaribsan deysiz, yo'q men o'shaman !
O'sha o'sha nigoh, o'sha kulgular,
Boqing endi biroz mayusroq,
Qalbdan surgun boldi go'zal tuyg'ular.
O'zgaribsan deysiz, yo'q meni o'shaman !
Kulib turibmanku jismimda, biroq
Yonishdan charchadim, holsizman oz moz
Qulagan qalbimda azobli titroq
O'zgaribsan deysiz, yo'q men o'shaman !
Ozga uchun ortiq yashamay qo'ydim,
Yaqinlarimni deb tinmay o'zimni
Tiriklikcha qurbon qilishdan tóydim
O'zgaribsan deysiz,yo'q men o'shaman !
Biroq endi sal boshqacharoq,
Mendan kechib ketgan kimsalar,
Unutuldi kozlardan mutloq.
O'zgaribsan deysiz, yo'q men o'shaman !
Yurak ado boldi , ko'ngil bezabon,
Biroq jismim o'sha o'shadir
Qarang yuzim kulyapti hamon...
O'zgaribsan deysiz, yo'q men oshaman !
Ketayapman asta mangulik tomon ,
Qidirib qolarsiz ortimdan hali,
Men esa yashayman sizlarsiz oson.
Lek ketarman ortimga boqmay
Birga olib ketgum dard- armonni ham
Qadrim bilinadi alamli nolon
Intizor kutasiz men yomonni ham !
O'zgaribsan deysiz ha men u emas,
Boshqa odam boldim, boshqa bir inson,
siz kabı kimsalar ortiq kerakmas,
Endi baxtli boling,boling sog' omon...🖖🥀
©Saodat
@Sheriyat
"𝐓𝐚𝐬𝐡𝐚𝐤𝐤𝐮𝐫 𝐀𝐙𝐈𝐙𝐈𝐌....
𝐇𝐀𝐌𝐌𝐀𝐒𝐈 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍"...😊
𝐒𝐡𝐮𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐝𝐞𝐲𝐢𝐬𝐡𝐝𝐚𝐧.𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚 𝐜𝐡𝐨𝐫𝐚𝐦𝐢𝐳.𝐛𝐨𝐫𝐦𝐢𝐤𝐢𝐧...😔
@Sheriyat
*ЎЗИМ БИЛАМАН*
Сен кетсанг хувиллаб қолади қалбим,
Армоним қучганча кулиб тураман,
Хеч кимга сотмайман қўрқма бу дардим,
Сени севганимни ўзим биламан.
Ойга термулганда юзингни кўриб,
Туннинг сиёхида кўзингни кўриб,
Лоақал тушимда ўзингни кўриб,
Соғинчнинг таъфтини ўзим биламан.
Гулларга термулсам лабинг ранги бор,
Димоғимда хануз сендаги ифор,
Ишқинда маст бўлдим илк ва сўнгги бор,
Ёниб куйганимни ўзим биламан.
Гўзал бир охангдек овозинг янграб,
Руҳим ўз жуфтини топганда англаб,
Кетсанг ҳам ўзга бир қисматни танлаб,
Сенсиз қолганимни ўзим биламан.
Ҳаёт зарбасидан юрагим синиб,
Бегоналар бўлсак, юзма-юз келиб,
Ёдинг менга ширин хотира бўлиб,
Яшаб юрганимни ўзим биламан.
Синовли дунёнинг синовлари кўп,
Ҳақдан келганига розиман минг ҳўп,
Мен учун ҳам яша, бахтли бўлгин хўп!
Ўзимдан ўтканин ўзим биламан...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Abdumutalib_ijodi
@Sheriyat
Bu dunyoning insonlari juda yomon
Amali kam jasadida yurar ğozdek
Sarvar Mirzo siyoh tokma kongillarga
Ular gaping koʻtarmaydi oq qogʻozdek
🎙Sojida Mansurova
✍Sarvar Mirzo
Aniq eslolmayman...
Qilding qoʻngʻiroq...
Yoki men terdimmi...
Raqamlaringni...🥀
@Sheriyat
«ДАДАМ МЕНИ ДУОЛАР ҚИЛСА»
Мендан зўри бўлмас дунёда,
Елкамда гар қўллари турса.
Бахтдан бахтим бўлар зиёда,
Дадам мени дуолар қилса.
Қиблагохим, пушти панохим,
Энг ишончли дўстим, хамрохим,
Йиқилсам гар сезилмас охим,
Дадам мени дуолар қилса.
Йўлларимни тўсса хам ғовлар,
Кўзим қоплаб олса алдовлар,
Чўчитмайди мени синовлар,
Дадам мени дуолар қилса.
Тоғни урсам қиламан талқон,
Кўкрагимдан паст бўлар осмон,
Менга мадад, мен учун қалқон,
Дадам мени дуолар қилса.
Шудир бахтим, шудир омадим,
Шудир хузур, шу халоватим,
Хар ишимда бор барокатим,
Дадам мени дуолар қилса.
Сиз ва онам, битмас бойлигим,
Ҳажга олиб борайин ўзим,
Шукур дейман ёруғдир юзим,
Дадам мени дуолар қилса.
🎙Shuhrat Daryo
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
📹Sherali Jo'rayev buyuk san'atkor!
Falsafiy ajoyib she'r... →
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
O'zbekiston xalq hofizi Sherali Jo'raev vafot etdi
O'zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo'raev, 4 sentyabr kuni 76 yoshida vafot etdi.
@Sheriyat
Келиш бор эканки, кетиш муқаррар,
Ҳижрон муҳаббатнинг яқиииин ошнаси.
Фақат чидамайман сизнинг рақамни,
"Жоним" деб сақласа мендан бошқаси.
✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙎𝙖𝙡𝙞𝙢𝙤𝙫𝙖...
🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...
@sheriyat
«ЎЗБЕКИСТОНИМ»
Хушбўй ифор сочар чаман, гулзоринг,
Мадхингни куйлагай жилға, анхоринг,
Кўзларим қувнатар мовий осмонинг,
Таърифинг айтмоққа ожиз забоним,
Тангрим назар қилган Ўзбекистоним!
Тўрт фаслинг бахорми, серқуёш ўлкам?
Шаффоф хаволаринг тўлдирар ўпкам,
Сийратинг ўктамдир, савлатинг кўркам,
Табиат сийлаган жаннатмаконим,
Тангрим назар қилган Ўзбекистоним!
Бешигим тебратган Онамсан ўзинг,
Бошимда парвона Отамсан ўзинг,
Бунчалар сахийсан, хотамсан ўзинг,
Равнақинг йўлида берайин борим,
Тангрим назар қилган Ўзбекистоним!
Буюк аждодлардан меросимдирсан,
Кўнглим ардоғида эъзозимдирсан,
Юксакка чорлаган парвозимдирсан,
Довруғи бу олам аро достоним,
Тангрим назар қилган Ўзбекистоним!
Мехмондўст эл борми, асли бу элдек?
Сўзга нўноқроғи шеър ёзар мендек,
Ўзига бек асли, азалдан ўзбек,
Миллатим ғурурим, миллатим шоним,
Тангрим назар қилган Ўзбекистоним!
✍Абдумуталиб Эргашалиев
/channel/Abdumutalib_ijodi
@Sheriyat
*СИЗ ҚИРҒОҚ МЕН СИЗГА ТАЛПИНГАН ДАРЁ*
Руҳимни эзади чалкаш хаёллар,
Сукунат қоплаган бир эски уйман.
Жисмим лол! Руҳ тутиб турар саволлар,
Мен балки жисмсиз янграган куйман.
Борлиқда бўй чўзган, поёнсиз бўшлиқ,
Манзилим тополмай дайдиб юраман.
Оқ қоғоз бағрини қон қилган шўрлик,
Исмингизни ёзган қалам бўламан.
Булутман, қуёшнинг юзин беркитган,
Бир яхши, ёмонман фаслга доир,
Гоҳ шамол, гоҳи қор, гоҳи сиз кутган,
Юзингиз сийпалар ёмғирман, ёмғир.
Қуёшнинг аксида турар камалак,
Кўз илғаб, илғамас, кўринган рангман.
Сасидан тўкилиб кетгудек юрак,
Ишқ бўйи маст қилиб қўйган оҳангман.
Дунёсиз, мен бунда ўзга дунёман,
Кафтингиз ичида туғилган дуо.
Ошиқман, мен фақат сизга шайдоман,
Сиз қирғоқ, мен сизга талпинган дарё...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
/channel/Abdumutalib_ijodi
@Sheriyat
Bolam.
#Premyera.
Kun kelib to'shakka mixlanib qolsam,
Dardimga darmonni havodan olsam,
Gohida hassaga suyanib qolsam,
Holimdan sen xabar olib tur bolam,
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Qo‘limga qaltirab olsam choyimni,
Joyimga qiynalib solsam joyimni,
Borib ko‘rib kelay deya oyimni,
Holimdan sen xabar olib tur bolam,
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Qorongu xonada yig‘lasam o‘zim,
Gohida chiqmasa jarangdor so‘zim,
Xiralashib qolsa bu qaro ko‘zim,
Holimdan sen xabar olib tur bolam.
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Uyda onam meni kutmoqda deya,
Umri ham asta o‘tmoqda deya,
Meni deb alamlar yutmoqda deya,
Holimdan sen xabar olib tur bolam,
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Ko‘rmoqni istayman ba‘zi ba‘zida,
Mehringni qumsayman ba‘zi ba‘zida,
Ona keldim deya ba‘zi ba‘zida,
Holimdan sen xabar olib tur bolam,
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Bir so‘zim yurakka armon bo‘lmasin,
Begona dardimga darmon bo‘lmasin,
Umidlar ming pora bo‘lib o‘lmasin,
Holimdan sen xabar olib tur bolam.
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Kel desam yo‘q dema iltimos sendan,
Yoki bezormisan aytgin sen mendan,
Kimdan umid qilay aytgin eh kimdan,
Holimdan sen xabar olib tur bolam.
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
Uyda onam meni kutmoqda deya,
Umri ham asta o‘tmoqda deya,
Meni deb alamlar yutmoqda deya,
Holimdan sen xabar olib tur bolam,
Yonimga ba‘zida kelib tur bolam.
@Sheriyat
Yozildi.23.08.2023
Muallif.Rasulov Joʻrabek.
O‘QISHGA KIRDIM
(talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan barcha baxtlilarni tabriklayman)
Yaltiradi peshona,
Baxtdan boshim mastona,
Quvonchim cheksiz bugun,
O‘qishga kirdim ona.
Umidim shoda, shoda,
Bergandim sizga vada,
Bajardim bugun uni,
O‘qishga kirdim dada.
Osmon bo‘ldi yer ko‘nglim,
Dilda quvonchim lim, lim,
Allohimga ming shukur,
O‘qishga kirdim singlim.
Boshim silar hush sabo,
Qutlang meni ey momo,
Suyunchini tayyorlang,
O‘qishga kirdim bobo.
Yangiligim zo‘r uka,
Ushlab qolasan yoqa,
Orzularim ushaldi,
O‘qishga kirdim aka.
Dunyo munavvar,safo,
Yurakda mehr-u,vafo,
Tabriklang ukangizni,
O‘qishga kirdim opa.
Hursandman dust-u,og‘a,
Jonim sizga sadog‘a,
Shodliklarim bir olam,
O‘qishga kirdim tog‘a.
Nazarin soldi Egam,
Dildan ketdi g‘am,alam,
Baxtiyorman onajon,
Talaba bo‘ldim men ham.
🖋Xurshid Karim
@sheriyat
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒙𝒖𝒓𝒔𝒂𝒏𝒅𝒎𝒂𝒏
(𝒚𝒐𝒙𝒖𝒅 𝒂𝒌𝒂𝒔𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒔𝒉𝒐𝒅𝒍𝒊𝒈𝒊)
𝑩𝒖 𝒚𝒊𝒍 𝒖𝒎𝒊𝒅 𝒒𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎
𝑴𝒆𝒏 𝒉𝒂𝒎 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒌𝒖𝒕𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎
𝑹𝒐𝒔𝒕𝒊 𝒅𝒖𝒐 𝒒𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊😇
𝑼𝒚𝒅𝒂 𝒃𝒂𝒚𝒓𝒂𝒎 𝒃𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒏𝒅𝒊
𝑶𝒏𝒂𝒎 𝒌𝒐'𝒛𝒊 𝒚𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒏𝒅𝒊
𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒅𝒂𝒏 𝒔𝒐'𝒓𝒂𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑿𝒖𝒓𝒔𝒂𝒏𝒅𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎 𝒄𝒉𝒆𝒌𝒔𝒊𝒛
𝑯𝒂𝒓𝒂𝒌𝒂𝒕 𝒌𝒆𝒕𝒎𝒂𝒔 𝒃𝒆𝒋𝒊𝒛
𝑼𝒛𝒐𝒒𝒅𝒂𝒎𝒂𝒏𝒅𝒂 𝒆𝒔𝒔𝒊𝒛
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝒀𝒖𝒛𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒚𝒐𝒓𝒖𝒈' 𝒃𝒐𝒍𝒅𝒊
𝑴𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒔𝒉𝒐𝒅 𝒃𝒐'𝒍𝒅𝒊
𝑭𝒂𝒙𝒓𝒊𝒎 𝒃𝒊𝒓 𝒐𝒔𝒎𝒐𝒏 𝒃𝒐'𝒍𝒅𝒊
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑲𝒐'𝒛 𝒕𝒆𝒈𝒎𝒂𝒔𝒊𝒏 𝒊𝒍𝒐𝒉𝒊𝒎
𝑴𝒂𝒅𝒂𝒕 𝒃𝒆𝒓𝒈𝒊𝒏 𝒂𝒍𝒍𝒐𝒉𝒊𝒎
𝑶𝒎𝒐𝒏 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏 𝒉𝒂𝒓 𝒅𝒐𝒊𝒎
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑲𝒖𝒕𝒎𝒐𝒒𝒅𝒂𝒅𝒖𝒓 𝒐𝒍𝒊𝒚𝒈𝒐𝒉
𝑬𝒏𝒅𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒚𝒊𝒏 𝒐𝒈𝒐𝒉
𝑴𝒊𝒏𝒈 𝒔𝒉𝒖𝒌𝒖𝒓 𝑺𝒖𝒃𝒉𝒂𝒏𝒂𝒍𝒍𝒐𝒉
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑯𝒆𝒄𝒉 𝒔𝒊𝒓𝒂 𝒕𝒂𝒔𝒉𝒗𝒊𝒔𝒉 𝒄𝒉𝒆𝒌𝒎𝒂
𝑳𝒆𝒌𝒊𝒏 𝒐'𝒛𝒊𝒏𝒈𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒆𝒕𝒎𝒂
𝑨𝒌𝒂𝒏𝒈 𝒃𝒐𝒓 𝒒𝒂𝒅𝒅𝒊𝒏𝒈 𝒆𝒈𝒎𝒂
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑩𝒊𝒓𝒐𝒛 𝒂𝒚𝒕𝒂𝒚 𝒏𝒂𝒔𝒊𝒉𝒂𝒕
𝑺𝒂𝒎𝒊𝒎𝒊𝒚 𝒃𝒐'𝒍𝒈𝒊𝒏 𝒇𝒂𝒒𝒂𝒕
𝑫𝒐𝒊𝒎 𝒚𝒐𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏 𝒐𝒎𝒂𝒅
𝑺𝒊𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒐'𝒒𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒅𝒊
𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒚𝒎𝒊𝒛 𝒕𝒂𝒍𝒂𝒃𝒂𝒍𝒊𝒌 𝒎𝒖𝒃𝒐𝒓𝒂𝒌 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒌𝒖𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒃𝒂𝒓𝒅𝒂𝒗𝒐𝒎 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏 🥳🥳🥳
✍𝒁𝒖𝒍𝒂𝒚𝒉𝒐 𝑨𝒃𝒅𝒖𝒓𝒂𝒔𝒖𝒍𝒐𝒗𝒂
15 08 2022 22:56
@Sheriyat
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон😔
🔥🔥🔥ПРЕМЕРА
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Ўзин ўйлаб, ўзга кўнглин билмайдилар.
Нега бунча душмандекми бир-бирига,
Шафоат ҳам, мурувват ҳам қилмайдилар?
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Қобиғига беркинишган икки юзли.
Ҳар қаёқда фойдасига иш кўрувчи,
Кўзга қараб алдайдиган ширин сўзли.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон
Бор меҳрини бир чеккага олиб қўйган.
Тўйиб-тўйиб ҳаммасидан безган каби
Оқибатни телефонга солиб қўйган.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Пулни дея эҳ нималар қилишмади.
Ака-ука қирқ пичоқдек мол талашиб
Кўз куюги шармандани билишмади.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Ўзин англаб келмаганлар ҳушларига.
Ҳатто шайтон лол қолади айримларнинг
Нафсига қул бўлиб қилган ишларига.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон
Бандалигин унутади қўйиб берса.
Ачинарли қиёматдан хабармасми
Хуш келмайди Аллоҳга ҳам қолаверса.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Амали кам, жасадида юрар ғоздек.
Сарвар Мирзо сиёҳ тўкма кўнгилларга,
Улар гапинг кўтармайди оқ қоғоздек...
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Муаллиф✍Сарвар Мирзо
@sheriyat
So'raganlar uchun...
БУНИ ЙИҒЛАМАСДАН ЎҚИЙ ОЛМАЙМАН...
Она!
Мени ўғил қилиб туғсанг бўларкан,
Уй томин бошқатдан ёпиб берардим.
Ишлаб, давлат топиб, ҳеч ким киймаган,
Асл матолардан топиб берадим.
Қиз бола бировнинг ҳасми...
Палаҳмон,
Узоқ-узоқларга отилиб кетдим.
Ваъда этилгани ўша бир ҳирмон,
Сариқ чақаларга сотилиб кетдим.
Қара, қолиб кетди қарзлар узилмай,
Сен йўқ остонани ялаб - юлқадим.
Сени соғинсам ҳам қучиб суёлмай,
Кимни "онажон" деб тинмай алқадим.
Она!
Мени ўғил қилиб туғсанг бўларкан,
Умрим ўтмасмиди етти букилиб.
Менга деб бармоғинг тешилиб тиккан,
Ёстуқ жилдларига кетдим тўкилиб.
Қизинг қисматидан куйиб кетмасдинг,
Эзилиб кетмасдинг мендан минг чандон.
Етмишга букилиб кетмасди қаддинг,
Негаям қиз қилиб туғдинг онажон!
Кечир, кечиролсанг, мендан рози бўл,
Сўлитган мен бўлдим гулдек юзингни!
Оҳ, Она, шундаям дуо қиласан,
Фақат қизларини ўйлар қизингни...
✍-Малика Тавфиқ
@Sheriyat
Hazrati Usmon ibn Affon raziallohu anhu
Sizdan uzrlarni soraymiz bugun
Tugab borayotgan hayolar uchun
Bu maqom bir sizla bo'lgandi butun
Ummati eng hayolisi bõldingiz Usmon.
Bashariyat ko'rmadi bundayin maqom
Payg'ambarni ikki qizi etildi in'om,
Bu qanday sharaf qandayin ikrom
Ikki Nur sohibi bo'ldingiz Usmon
Ehsonni mahfiy va oshkora qilib ,
Rasululloh so'zini qonundek bilib,
Har Juma bittadan qul ozod qilib,
Jannat maqomini oldingiz Usmon.
Qur'onni kitobga keltirgan ham siz,
Qo'shinni jihozga to'ldirgan ham siz,
Nafsingiz batamom o'ldirgan ham siz,
Sobirlar imomi bo'ldingiz Usmon.
Lut A.Sdan so'ng topib siz jur'at
Ruxsat berilganda,keldi deb fursat
Oilangiz olibon qildingiz hijrat,
Molu jonni Haq uchun atagan Usmon
Bizni qalblarimiz bo'lib qoldi tosh
Shariatdan gapirilsa egilmaydi bosh
Siz Qabr eslatilsa tókardingiz yosh
Oxiratdan qo'rqib yig'lagan Usmon
Finta eshiklari ochilgan onda
Qilichlar qinidan yechilgan onda
Munofiqlar yuzlari ochilgan onda
Fitnalarga bardosh berdingiz Usmon
Hatto jon berar chog' topibsiz imkon
Boshda tig' tursayu qo'lizda Qur'on
Bu qayday ihlos a qandayin iymon
Musxabi qon bilan bezalgan Usmon
Har gal eshitganda siz haqingizda
Shodlanib gohida zavqqa to'laman
Insha Allah nasib qilsa agar
Jannatda siz bilan suhbat quraman.
✍ILYOSBEK
Muallif huquqi bilan ulashing
@Sheriyat
*ВОДИЙ ГАВХАРИ*
Бошида исломнинг хурлик чамбари,
Бирлашиб бир ерда дўстларнинг бари, Ўзига ишонч-у, шижоат билан,
Эзгулик таратар Водий гавхари.
Бир ёнда гул шахри гўзал Наманган!
Бир ёнда барқ урар сўлим Андижон!
Фарғонам бу водий юраги чунон,
Эзгулик таратар водий гавхари.
Тонглари ўзгача файз билан отиб,
Қушларнинг сайраши дилни яйратиб,
Кўнгилларда қувонч завқни уйғотиб,
Эзгулик таратар Водий гавхари.
Минг шукур осуда тинч бу диёрим,
Ёзи бор, кузи бор, қиши, бахори,
Мехмондўст, мехнаткаш эл юртни кори,
Эзгулик таратар Водий гавхари.
Хар яхши ниятнинг муроди бўлиб,
Умид, орзуларнинг қаъноти бўлиб,
Эзгулик элчиси, баёти бўлиб,
Яхшилик улашар Водий гавхари.
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat