sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

/channel/Sheriyat_ahli?videochat=dbee7cbe3a9b18d68a

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙔𝙤𝙣𝙞𝙢𝙙𝙖 𝙮𝙤'𝙜'𝙞𝙣𝙜𝙖 𝙠𝙤'𝙣𝙖𝙧𝙢𝙖𝙣, 𝙖𝙢𝙢𝙤,
𝙔𝙤𝙙𝙞𝙣𝙜𝙙𝙖 𝙮𝙤'𝙦𝙡𝙞𝙜𝙞𝙢 𝙦𝙤'𝙮𝙖𝙧 𝙤'𝙡𝙙𝙞𝙧𝙞𝙗...

✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙏𝙖𝙫𝙛𝙞𝙦...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝐁𝐞𝐤𝐚𝐭𝐦𝐚𝐧𝐦𝐢 𝐦𝐞𝐧 𝐨𝐧𝐚?

🎙𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨 𝐗𝐮𝐬𝐚𝐧𝐨𝐯𝐚...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙃𝙤𝙯𝙞𝙧 𝙢𝙚𝙣𝙜𝙖 𝙙𝙚𝙢𝙖𝙣𝙜 𝙗𝙞𝙧𝙤𝙣 𝙨𝙤'𝙯...✋😓

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Хозирча мен камбағол одам

Ўтар куним ўзига шукур
Ранжийверма эй юраккинам.
Бойлигим сен тинмай урип тур.
Хозирча мен камбағол одам.

Майли дунё кулмасин менга.
Дунё ғамга бойдир шундоғам.
Орзуларга етгунга қадар
Хозирча мен камбағол одам.

Назарим тўқ,шикоятим йўқ
Иймоним бут кўнгил хотиржам.
Нокасларни нафси тўйгунча
Хозирча мен камбағол одам.

Майли бўлсин қудуғим қуруқ
Майли бироз ариғим қуруқ.
Майли бойдир қарирдош уруғ
Хозирча мен камбағол одам.

Кеча бирга ўйнаган дўстим
Чопар эдик қадамма қадам.
Мен хам сиздек бой бўлгунимча
Хозирча мен камбағол одам.

Зарларига учган кўзмунчоқ.
Заргар илиб кетган жанонам.
Майли яшанг мендан бахтлироқ
Хозирча мен камбағол одам.

Камбағоллик менга меросдир.
Бой бўлмаган Пайғамбарим хам.
Ибодатим қабул бўлгунча.
Хозирча мен камбағол одам.

Келди-кетди тўхтамас броқ
Мендайлари келар камдан-кам.
Қўллаб қўяр бир куни Аллоҳ
Хозирча мен камбмғол одам.

Хурсандбек Тожихўжаев✍️✍️
            06.04.2023

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Azon aytilsa shoshilmay qo'ydik,
Yolg'onni gapirib hazilga yo'ydik,
Qilarimiz qilib yeb,ichib, to'ydik,
Shayton ne buyursa bajarib qo'ydik.

To'ylarimiz to'ldi may sharoblarga,
O'zi insof bersin biz haroblarga.
Chin yo'lni alishdik biz saroblarga,
Ya rob zulm qilma biz haroblarga...

Ko'paydi g'ururi qolmagan erkak,
Yelkalar uchirib,hiringlar qarang.
Hazrati Umarlar bo'ldimi ertak
Kuzatib turibmiz asablar tarang.

Gohida tomirda qaynaydi qonim,
Ko'chada gunohni o'chog'i yonar,
Qizlar nomahramga deyapti "jonim",
Akasi jim turib singlidan tonar.

Boylar Imorati cho'zildi qarang
Qo'shnisi tomini yopolmay halak
Yaqini qizini uzatsa arrang
Bu 4 kunlab osh berishin qarang

Hijob taqsa maktabda bo'lmas,
Kalta kiysa ko'ngli shod to'lar.
Tekshiruv qilmasa ko'nglisi to'lmas,
Soqol qo'ysak agar jinoyat bo'lar.

Mayli,mayliga deb umr o'tmoqda
Gunohni ko'raverib o'rgandi ko'zlar
Ertaga bizni axir, qabr kutmoqda...
Qachon tillarimiz zikrdan so'zlar

So'zimni oxirlab do'stim aytaman
Iymonim naqsh urar dilimda
Haq gapni gapiray jon sovuguncha
Shaxodatim chiqsin oxir tilimdan


ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin

@Sheriyat kanali

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Pok qalbimda qoldirdi doģlar
Qalbi majruh,tanasi soģlar

✍ Akbaraliyeva

@Sheriyat kanali uchun maxsus

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙔𝙊𝘿𝙄𝙉𝙂𝘿𝘼𝙈𝙄 𝙊'𝙎𝙃𝘼 𝙊𝙌𝙎𝙃𝙊𝙈...😊

✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙏𝙖𝙫𝙛𝙞𝙦...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝑶'𝒛𝒊 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒂𝒒𝒂𝒎𝒂𝒏...
__𝑩𝒐𝒓𝒊𝒎 𝒔𝒉𝒖 𝒎𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈...😜

✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙏𝙖𝙫𝙛𝙞𝙦...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Hayotim o'xshaydi go'yoki tushga
Qalbimdan o'tkanin Allohim bilar
Sabablar bisyordir sizdan ketishga
Ko'nglimdan qolyabsiz ko'nglimdagilar

Tugab bitdi ohir mendagi sabr
Bergan ozoringiz qalbimni tilar
Bo'ldi yuragimga qilmayman jabr
Ko'nglimdan qolyabsiz ko'nglimdagilar

Soxta nigoxingiz soxta mehringiz
Soxta daqiqalar soxtadir yillar
So'nib borayabdi ulkan qadringiz
Ko'nglimdan qolyabsiz ko'nglimdagilar

Anglab yetdim bugun kimligingizni
Shu bugun so'ngi bor ko'zlarim yig'lar
Bugun yo'qotdingiz OISHANGIZNI
Ko'nglimdan qolyabsiz ko'nglimdagilar

Oisha bintu

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝘽𝙚𝙢𝙤𝙧𝙡𝙞𝙠 𝙝𝙖𝙢 𝙮𝙤𝙦𝙖𝙧 𝙮𝙤𝙣𝙞𝙢𝙙𝙖 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙖𝙣𝙜...😔😔

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Birovni aldaysiz baxtiyorman deb
Chekka chekkalarda yigʻlayotganlar
Odamlar oldida shodon qah urib
Rostdan baxtlimisiz kulayotganlar

🎙Sojida Mansurova

✍Davronbek

20.02.2023

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Bolalikdan oilada bosh bôlganlar bor

Kimdan sorasangiz tayyor javobi
Bolalikka qaytgim keladi.!
Ba'zilardan so'rang qochadi tobi
Ular bolaligin o'zi biladi.

Bolalikda bo'lib kelib oilada bosh
Yaqinlarga ko'rsatmagan kôzdagi yosh
"Olib bering" deya jimirmagan qosh
Bolalikdan oilada bosh bôlganlar bor

Kaltaklanib maktabdan qaytavergan
Or qilmasdan mashina yuvib artavergan
Arzin yolg'iz Allohimga aytavergan
Bolalikdan Oilada bosh bôlganlar bor

Do'stlarini veligi bor pul ziyoda
U ketadi toshni tepib g'irt piyoda
Maqsadimga yetishaman der dunyoda
Bolalikdan oilada bosh bõlganlar bor

Ulg'ayganda ko'payadi o'y hayoli
Volidasi duo qilar nur ziyoli
Pulni topib uyni qursam der hayoli
Bolalikdan oilada bosh bôlganlar bor

Singil uzat, moshina ol, uyni qur
Sevganiga aytolmaydi kutib tur
Bir gap bo'lar deya aytib qani tur
Bolalikdan oilada bosh bôlganlar bor

Ishdan qaytib darvozada bir oz turib
Tin oladi g'amlarini chetga surib
O'ylay o'ylar kirar uyga sekin yurib
Bolalikdan oilada bosh bôlganlar bor

Hayot sinovlarida yorilgan boshi
Xôrlikdan chiqmaydi ko'zdaki yoshi
G'ururi osmon,metin sabru bardoshi
Bolaligidan oilada bosh bõlganlar bor

✍ILYOSBEK

Muallif huquqi bilan ulashing

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Жамики рўзадор ака-укаларим номидан:
Азиз ва Мунис,Камтарин ва Хокисор Ўзбегим Аёлларига!!!

Kobiljon Isakov:
Дунёнинг хаёю-шарми сизники!
Ширинлик ва ҳамда гарми сизники!
Ўзбегим аёли,унутманг асло:
Тутган рўзамизнинг ярми сизники!

Зўр-базўр турамиз саҳарга аранг,
Тайёр овқатга ҳам қиламиз таранг,
Уйғотасиз,ялиниб...бизларни,қаранг:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

Кундузи тенгма-тенг тўкасиз терлар,
Сизсиз қуриб битар экин-у,ерлар,
Билдим,жонингизни недан қирқ дерлар:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

Биз тутган рўзани сиз ҳам тутяпсиз,
Газ йўқ-ўчоғингиз...тутун ютяпсиз,
Ҳамон келажакдан-умид...кутяпсиз:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

Қўлингиз косов-у,сочлар-супурги,
Эгнизда-кўйлаклар...бир йил бурунги,
Сизга бас,овсинлар жонли гурунги:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

Аслида Аллоҳнинг раҳмати-Сизсиз!
Бирингиз-қайнона,келинсиз-қизсиз!
Билмадим аҳвол не бўларди,Сизсиз:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

Бу ҳақда ёзгандим...яна қайтаман,
Ташаккур айтайин қайта-қайта Ман,
Кимгадир ёқмаса...баланд айтаман:
Тутган рўзамизнинг ярми-сизники!

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Mehring bilan hayotman ❤️

Oʻn sakkiz ming olam, biz oddiy banda,
Buyurding, ibodat ,imon bor tanda,
Besh mahal namozing qilmayin kanda,
Mehring bilan doim hayotman Robbim!

Har kuning oʻzgacha, oʻzga toʻrt fasl,
Neʼmatlaring moʻl- koʻl, shaffofdir asl,
Tarifingni kuylab boʻlmas batafsil,
Mehring bilan har dam hayotman Vatan!

Togʻdan baland kelar gʻurur hamda or,
Dunyoda koʻrmadim bundayin viqor,
Sendek tabarruk zot tugʻilmas takror,
Sirli mehring bilan hayotman Ota!

Tugʻildim. Ilk bor seni koʻzlarim koʻrdi,
Quyoshdek qaynoq tafting, qalbimni koʻmdi,
Borliging oʻzi baxt. Duo qil , boʻldi!
Nurli mehring bilan hayotman Ona!

Ruxshona Ziyo ✍️. 09.04.2023.

🌸🌸🌸🌸@Sheriyat🪐💫

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

​​​СИЗНИ СОҒИНДИМ

Сиз севасиз бутун умматни,
Хуш кўрмайсиз ҳеч бир миннатни,
Сизда кўрдим буюк ҳимматни,
Расулуллоҳ сизни соғиндим.

Кўрмаганман суръатингизни,
Яхши билмам сийратингизни,
Лек, биламан, журъатингизни
Ҳабибуллоҳ сизни соғиндим.

Маҳшаргоҳда ҳаммамиз қоим,
Билмам мани қайдадир жойим?
Дийдор насиб этсин, Худойим!
Набийуллоҳ сизни соғиндим.

Сизга содиқ уммат бўлайин,
Иймон бирла бирга ўлайин.
Тушларимда сизни кўрайин,
Ҳалилуллоҳ сизни соғиндим.

Фақат сизни севаман, фақат
Қалбимда бор сизга муҳаббат.
Насиб этсин улуғ шафоат,
Каримуллоҳ сизни соғиндим.

Маъюс ҳолда сизни ўйлайман,
Саловатлар айтиб, куйлайман.
Фақат сизга, сизга бўйлайман,
Саййидуллоҳ сизни соғиндим.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Яқинларга ҳам улашинг!
Каналга уланиш 👇

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

AMIR TEMUR HAQIDA (Amir Temur 1336-yilda 9-aprelda tavallut topgan. Tugʻilgan kuni bugun bobomizni).

Bir ming uch yuz o'ttiz oltinchi yilda,
Xo‘ja Ilg‘or qadim Keshga qaragay.
Shu sana tug‘ildi ushbu maskanda,
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay.

Onasi Takina xonim edilar,
Ul haqda tarixdan maʼlumotlar kam.
Otasi Tarag‘ay, amirdir beklar
Va Barlos urug‘in oqsoqoli ham.

Temurning yoshligi Keshda o‘tadi.
Ilm o‘rganadi yetti yoshidan.
Ovchilik, harbiylik, ot ham minadi.
Oldinlab ketadi har tengdoshidan.

Jiddiy, og‘ir bosiq, idrok fikrli.
Samimiyni bilar bir nigohida.
Shu sabab sodiq va qalbi haqiqiy,
Do‘st yig‘a olardi o‘z atrofida.

Bolalikdan do‘stlar birga yig‘ilib,
O‘qigan va harbiy mashq qilishgan.
Ulg‘ayguncha gurux gurux bo‘lishib,
So‘ng bo‘linma bo‘lib shakillanishgan.

Temur janglar qilgan xizmat boshida,
Dong‘i Qashqadaryo aro taralgan.
Shijoatli fikri dovrug‘ boshida,
Amirlar nazarin unga qaratgan.

O‘n to‘rtinchi asr o‘rtalarida,
Temurda boshlanar janglar qilmoqlik.
Maqsadi qon to‘kmoq emas aslida,
Movaraunnahirni birlashtirmoqlik.

Maydonda ko‘p turdi har neni bildi,
Yaxshi kim, yomon kim ko‘rdi barini.
Jabrlandi ko‘plan jarohat bo‘ldi,
Vatanga bag‘ishlab o‘tdi umrini.

Kengash qildi. Tutdi barcha imkondan,
Ittifoq imkonsiz. So‘ng qilich soldi.
Movaraunnahir degan makondan,
Yov bo‘lmish mog‘ulni chiqara oldi.

Qonida oqadi iymon va g‘urur,
Vatan xalq u uchun nomus oridir.
Bayazidni yengan bu buyuk Temur,
Buyuk Yevropaning haloskoridir!

Yetti qi‘ta aro nomi barida,
Tinchlikning qudratin adolat bildi.
O‘n to‘rtinchi asir shu yer sharida,
Samarqandni dunyo gavxari qildi.

Obodlik, ilm, fan, sanat va ijod,
Hukumron yerida yashnadi gullab.
Zolimga shox bo‘ldi, g‘aribga najot.
Temir nomi qoldi asrlab yillab.

Islomni, iymonni jonga teng bilib,
Asllikka tortdi asl dunyoni.
Oltimish to‘qqiz yil maydonda turib,
Bo‘ldi O‘zbek xalqin asl o‘g‘loni.

Qudratli bir davlat qurdi saltanat,
Buyuk Turkistonga solgandir asos.
Ul zotdan o‘rnakdir bizlarga hayot,
Temur Tuzuklari nasihat... meros...

O‘zbek o‘g‘loning nomi barxayot,
Jon olar bo‘lsa ham o‘lim girdobi.
Ismi aytilganda qilinadi yod,
Buyuk sarkarda va davlat arbobi.

Temur qoni oqar tomirda jo‘shib,
O‘zbekman deyolgan har o‘g‘il qizda.
Turar yurt shaniga g‘ururin qo‘shib,
Amir Temur degan sharaf bor bizda.

Asosi tarixdir asli bu yurtning,
Bu yurtning erkini olmoqlik bekor.
Sababi bu xalqning, O‘zbekistonning,
Milyon milyon Amir Temurlari bor!!!

O‘zbek sultonining nomi barxayot!

✍Odilbek Qodirov

@SHERIYAT

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙐𝙭𝙡𝙖𝙗 𝙦𝙤𝙡𝙨𝙖𝙢 𝙪𝙮𝙜'𝙤𝙩𝙢𝙖𝙣𝙜 𝙊𝙉𝘼...😔🥀

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

🌸 РАСУЛУЛЛОҲГА 🌸

Ҳувиллар кун сайин харобот дунё,
Беором руҳимга изладим паноҳ.
Ичиккан кўнглимни ёритмас зиё,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Демайман боламни ёки онамни,
Менга кўнгил қўйган бирор одамни.
Сизга алишмайман бутун оламни,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Тун узун, тўкилар кўзимдан дурлар,
Юлдузлар- самога сочилган ҳурлар.
Кечирсин бошқалар, беҳад узурлар,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Бормикин соғинчнинг бирор давоси,
Шунча интиқликнинг васлу сафоси.
Сиздан сўнг беқадр бўлган дунёси,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Атрофим одамлар дўст, ёрим юзлаб,
Таскин тополмадим ҳеч кимдан излаб.
Кимнинг пойларига бош қўяй бўзлаб,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Жон садқа сиз босган тупроқ гардида,
Аҳволим номоён юзим зардида.
Мен тирик ўлганман хижрон дардида,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Сизга амаллари ё қилар иши,
Қолганми бирорта ўхшашроқ киши?
Менга бир чақалик дунё ташвиши,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Нураб бораяпман, тўкилар тоқат,
Ажалга сабаб йўқ қилмоққа шафқат.
Етти миллиард  одам ичидан фақат,
Соғинган инсоним Сиз, Расулуллоҳ!

Кечирсин бошқалар, беҳад узурлар,

Muallifga raxmat

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Men UMR ni ko'rmay qolibman
Yonginamdan o'tib ketibdi...😔😔

🎙Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

* * *

Ўзи шунақаман,
Борим шу менинг,
Севсам, айтиб қўяй, ёмон севаман.
Гоҳо муз тоғларда қолдириб якка,
Гоҳида нақд чўққа кўмиб қўяман!

Ўзи шунақаман,
Оламан ҳам тан,
Бир оз эгилсангиз, мен чўкаман тиз!
Агар кибр юртин қилсангиз ватан,
Бошимдан пастроқда турар Ой, юлдуз!

Борим шуда менинг,
Парвардигорим,
Шундай яратишни қилган иҳтиёр!
Гоҳо қовоғимдан ёғилса қорим,
Гоҳо дудоғимда гуллайди Баҳор!

Энди мазур тутинг, узр минг бора,
Малолми бир шоир  тирик юргани.
Балки яна бир бор туғилсам, зора
Сизнинг даврингизда даврон сургани!

Айтиб қўяй сизга, илинг қулоққа,
Яхши сўз бўлсангиз бошга қўяман.
Қўйсам, жуда қаттиқ қўйиб фироққа,
Севсам, билиб қўйинг, ёмон севаман!

Малика Тавфиқ


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Sen_uchunda...

Menga habar yozma biror marta ham!
Ko‘rsam keladida javobin yozgim.
Qo'ng'iroqlar qilma endi umuman!
Eshitsam keladi go‘shakni olgim.

Eslama birbora, bo‘lma umidvor,
Bilsam kelaverar yoningga qaytgim.
Yana sevar edim dema shivirlab
Kelib qolar ahir mening ham aytgim.

Sog‘inma  hech qachon ,sog‘inma endi!
Meni ham qiynaydi o‘rtab sog‘inchim.
Yashirib sevaman deb ham o‘ylama
Unda men ham sevib yashaymanda jim!

Yig‘lama ko'zlaring to‘kmasin yoshlar,
Ahir keladida men ham yig‘lagim.
Bilmayman qandayin his tuyg‘u ekan
Ichimda qaltirog‘u,yal- yal ko‘ylagim!

Biroq unutmagin, unutma hech ham
Meni qalb tubingga ko‘mib asragin!
Unutmayman qasdan shunda seni ham
Men ham qalb uyimda kelar asragim!

🥺🥺🥺🥺🥺🥺🥺

GULYUZ

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙆𝙤'𝙣𝙜𝙡𝙞𝙢𝙙𝙖𝙣 𝙦𝙤𝙡𝙮𝙖𝙗𝙨𝙞𝙯 ...

____𝙆𝙤'𝙣𝙜𝙡𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞𝙡𝙖𝙧✋😢

✍𝙊𝙞𝙨𝙝𝙖 𝘽𝙞𝙣𝙩𝙪...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

𝑻𝒂𝒍𝒂𝒃 𝒗𝒂 𝒊𝒔𝒕𝒂𝒌𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒃𝒊𝒏𝒐𝒂𝒏 𝒊𝒋𝒓𝒐 𝒆𝒕𝒊𝒍𝒅𝒊.😊

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

​​​​СУМАЙЯ РОЗИЯЛЛОҲУ АНҲО

Кўздан уйқум қочиб қоқ ярим тунда,
Саодат асрига элтади хаёл.
Кўз олдимга келар дафъатан бунда,
Икки туя аро боғланган аёл!

Бир туяга эди шўрлик аёлнинг,
Бир оёғи бирла бир қўли боғлиқ.
Бошқа бир туяга иккинчи қўли-
Оёғи боғлиқдир... оғриқ нечоғлиқ...

Туялар хайдалди бир бирдан узоқ,
Оёқ-қўллар э вох мажбур керилди.
Сўнгра вақтинчалик тўхтади қийноқ,
Аёлга шу қадар азоб берилди.

Абу Жаҳл топиб бу ҳолдан хузур,
Аёлнинг қошида жилмаярди шод.
Оғриқлар дастидан бўлсада мағрур,
Сумайя чидолмай кўтарди фарёд.

Туялар жойига қайтарилдилар,
Аёлнинг бўшашди оёғи, қўли.
Сўзлашга киришди Абу Жаҳлнинг,
Ўзиданда жирканч кирланган тили:

Афсус у забондан сочилмади бол:
-Хўш қалай Сумайя қилдингми мазза?
Азоб уқубатинг тугайди дарҳол,
Муҳаммадни инкор қилганинг лаҳза!

-Ўлсам хам мен уни қилмайман инкор!
Шу бўлди Сумайя айлаган жавоб.
Абу Жаҳл қилгач ишора бир бор,
Туякашлар яна бердилар азоб...

Ёрдам беролмади на эри Ёсир,
Ёвдан қутқармади на ўғли Аммор.
Бу вақтда улар хам ғам чекиб ахир,
Сумайя ёнида чекарди озор.

Азоб чекар эди бутун оила,
Дашт ичра, дашт номи аталар Рамда.
Бир кун қалбларида чексиз дард ила,
Ёнларидан ўтди Расулим ғамда.

-Сабр қилинглар, эй Ёсир оиласи!
-Сабр қилинглар, эй Ёсир оиласи!
Дедилар: Сизларга мукофот жаннат,
-Сабр қилинглар, эй Ёсир оиласи!

Шу он қум устида судралаётган,
Сумайянинг ёри Ёсир чекиб ох-
Деди: Замон доим зўравонники-
Бўлаверадими ё Расулуллоҳ?

Бу савол жавобсиз қолдирилди лек,
Аллоҳга ёлбориб аста ушбу дам.
-Ёсир оиласидан раҳматинг дариғ-
Тутма Аллоҳ, деди Расули Акрам.

Ёсир оиласининг энг сўнгги куни...
Тўрт жон қийналарди жуда хам ёмон.
Оғир хатто қилмоқ тасаввур буни,
Кетарди дод фарёд саси хар томон.

Ўғиллар Аммор ва Абдуллоҳ, хамда-
Эри Ёсир шерик дард борасида.
Боғланиб Сумайя қолганди ғамда,
Иккита туянинг нақд орасида.

Шароб тўла коса бўшатгач Амр,
Деди: сен бу динга қўйдинг муҳаббат.
Чунки ошиқ қилган Сумайя ахир,
Сени дин келтирган ўшал Муҳаммад!

Сумайя нетарди ожиза эди,
Қони аввалгидек гупуролмасди.
Фақатгина: Олчоқ, уятсиз! деди,
Унинг юзларига тупуролмасди!

Абу Жаҳл бирдан бўлиб дарғазаб,
Қўлдаги косасин отганча ерга.
Хизматкорларига айтди атайлаб:
Туяларни саванг ботганча терга!

Туялар шундайин саваландики,
Улар жонхолатда югурган маҳал.
Сумайянинг тани бўлинди икки,
Унга жаннат эди жуда хам маҳтал...

Шунда хам тинчимай ит Абу Жаҳл,
Энг маҳрам жойига санчиди найза.
Жон берди лек бўлди жаннатга доҳил,
Гўё еру осмон тутдилар аза.

Сумайядан кейин маҳрами Ёсир,
Хақнинг рахматига аста қовушди.
Шаҳидлик шаробин ичганча охир,
Иссиқ қони оқиб охир совушди.

Бизчи нима қилдик динимиз учун,
Гарчи ҳеч ким йўқдир савалагани.
Қўрқиб зиндон ёки сургундан нечун,
Умр тикдик жонни авайлагани?

Ожиз уммат бўлиб қолганимиздан,
Кофирга мўминнинг қони халолдир.
Илм олмоқликдан толганмиздан,
Нусратга эришмоқ амримаҳолдир.

Эркакларда йўқдир номус, хамият,
Оқсоч бўл деб қилар аёлни даъват.
Бўлдик тарозуси бузуқ жамият,
Биз хотин зотини хўрладик фақат.

Биз хотин зотига қўшиқ дедирдик,
Уялмай хорижга юбордик сўнгра.
Аёлга хаттоки нажас едирдик,
Сўнг дедик: Иста ўл, хохласанг хўнгра.

Биз Ёсир бўлолсак хотинлар албат,
Сумайя бўлишга шайланажакдир.
Абу Лаҳаб бўлсак улар хам фақат,
Умму Жамилларга айланажакдир.

Келинг, айламайлик аёлни тахқир,
Айтиб ғарбликларнинг фахш латифасин.
Эркак эмас аёл безаган ахир,
Шаҳидлик дафтарин илк саҳифасин!

02:54-13.10.2020
Абдураҳмон Мешаян

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sal rangim oqarsa so'raysan holim,
Erkalab  aytasan hayotim borim.
Senga bir sirimni ochaymi yorim,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Aytganim muhayyo qilasan zumda,
Parvona bo'lasan hoh yarim tunda.
Atay ham bemorman, har ikki kunda,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Baxtlarga to'ldirding har bir kunimni,
Muhabbat bobida ahdliman bilsang.
Jannatda ham tutsang o'zing qo'limni,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Bazida ko'nglingni qilaman yarim,
Seni yaxshi ko'raman Alloh berganim.
Sen bo'lsang yonimda qolmaydi kamim,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Yuzu ko'zlaringda xavotir kezar,
Bilaman qalbingni nimalar ezar.
Balki ko'ngling sezmas yo balki sezar,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Yonimdan ketmaysan bir qadam nari,
Dorilar tutasan tabib singari.
Sevgingni kuchini ko'rganim sari,
Bemorlik ham yoqar yonimda bo'lsang.

Yelib yugurasan Ko'nglimni olib,
Umidsiz qalbimga umidlar solib.
Men bilan bo'lganda ishlaring qolib,
Bemorlik  ham yoqar yonimda bo'lsang.

Tanamdan jonimni olsa ham xudo,
Roziman shu on ham yonimda tursang.
Axir qalbimiz bir bo'lmaymiz judo
O'lim ham yoqadi yonimda bo'lsang.

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sen_uchunda...

Bizni unutdingizmi?!
Sizdan yòqdur bir darak.
Hatto hayolingizga
Keltirmasangiz kerak.

Yòqlamoqchi bòlibsiz
,,Shpyònlarim" hòp sergak!
Qachon kelarkan deya
Intiqar bizning yurak.

Buni  qarang odamlar
Bu kishimlar oshiqmush!
Bizga oshiq aslida
Zaynablarga mashuqmush!

Ne zamon bòldi yana,
Kumushlarga kun yòqmi?!
,,Otash"in òylamagan
Biron yoruģ tun yòqmi?!

Kòramizda kòrgulik
Peshonada borini.
Ishqin yozdi mard bòlib,
Bir oshiq qiz zorini.

Sizdan kutar javob xat
Keladimu maktublar?!
Zamon zaylini qarang
She'r yozishar mahbublar!

Akbaraliyeva

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Birovni aldaysiz baxtiyorman deb,
Chekka-chekkalarda yig'layotganlar.
Odamlar oldida shodon qah urib,
Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar?!

Tunlari yig'larsiz yostiqni mushtlab,
Ezilib yotasiz, o'tmishni eslab,
Qanday yurasiz-eey doim dil xushlab,
Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar?!

Ko'zingizda yosh-u, mag'rur turasiz,
Qalbingiz dard to'la lek dardkash bo'lasiz,
Matonatni ayting qaydan olasiz,
Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar?!

Sizni ko'rgan odam baxtsiz demaydi,
Ba'zan shodlikda ham kulgu kelmaydi,
Sizda bo'lsa qayg'u, yuzda tabassum...
Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar?!

Qalbingiz yig'laydi, yuzingiz kular,
Labingiz ko'ngilchun, tabassum qilar,
Holingizni yolg'iz Allohim bilar,
Rostdan baxtli bo'ling, kulayotganlar!

Davronbek

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

🌙Аллоҳни фарзини адо этаман деб ширин уйқусидан кечиб сахарлик қилиш учун уйғонганларни Аллоҳ Жаннати ила мукофотласин, АМИН🤲🤲🤲

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Салом апрель

Салом ёлғончи


Салом апрель, салом ёлғончи,
Ҳазилларинг дилни боғловчи,
Навбат кутиб келдингми охир,
Кўнгилларга шўхлик тиловчи.

Баҳорнинг энг қувноқ қизисан,
Қуёшидан куйган юзисан.
Очилмаган кўнгил қолдирмай,
Кўзга кулгу тутган ўзисан.

Тилаб яхши кайфиятларни,
Тонгдан гўзал офиятларни.
Унутамиз бугун сен ила,
Дилда қолган ҳасиятларни.

Салом апрель, салом ёлғончи,
Хазилингга урай минг қамчи😁

Шалола Жалолова✍️01.04 2023.


@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал