,,Men muhabbatdan ketdi deb ayting"
Men muhabbatdan ketdi deb ayting
Izlarim qidirib yurmasin vafo
Ishqqa xasratimni to'kib charchadim
Yetarki,muhabbat qilmabdi jafo.
Meni oshiqlikdan ketdi ayting,
Shoyad ,ketmoqligim bo'lsin bir davo.
Qalbimda asragan tuyg'ularimning
Dimog'i berklib yetmadi havo .
Meni arosatdan ketdi deb ayting,
Yo'limni topolmay izladim xatto.
Adashib bosilgan bittta qadamning
Ortidan quvladi ming bir xil jazo.
Meni haqiqatdan ketdi ayting,
Ayting nigohini to'sdi deb riyo.
Laylining xoliga yig'lasin Majnun
Hech bitta orzusi bo'lmadi ro'yo.
Meni ko'ngildan ham ketdi deb aytding,
Alam bayram qilsin g'urur qasrida.
Garchi to'rt faslimda mezbon edi kuz,
Menku sevgan ishqning faslida.
Men muhabbatdan ketdi deb ayting...
✍ Munavvara_Dilroz ✍
@sheriyat
,, So'nggi so'z"
Ming xil nigohlardan izlaysan meni,
Qulog'ing ostidan ketmaydi so'zim.
Izimni topolmay qolasan hali,
Tushmaydi bir bora ko'zingga ko'zim.
Osmoning yig'laydi quyoshni kutib,
Yomg'irlar yuvolmas ozorlaringni,
Tunning quchog'ida iztirob yutib,
Berkitib yashaysan hijronlaringni.
Ayriliq kuyini chaladi xonang,
Iztirob yutadi olgan nafasing.
Qochib ketolmaysan xasta o'ylardan,
O'rtada muhabbat bo'lar qafasing.
Ikki o't ichida yonib yashaysan,
Endi kechmoqlikka kech bo'ldi bari.
Olib qololmading qalbingda xatto,
So'ngi sahifada ko'ngil daftari.
Umrning poyoni yetganga o'xshab,
Eng ulkan tog'lar ham qulashi mumkin.
Bir kun tuyg'ularim uvoli tutib,
Sendan xotiralar oladi o'chin.
Tashvish chekma sira, havotir olma
Yashashga undaydi hayot ham sensiz.
Faqat ko'p bahorlar o'tgandan keyin,
Yashaging kelmaydi dunyoda mensiz.
✍ Munavvara Dilroz ✍
@sheriyat
Doʻstim bir gap aytaman senga
Yaxshilar koʻp lek sen boʻlaksan
Kerak emas oʻzga doʻst menga
Faqat oʻzing menga keraksan.
Har sinovda yonimda boʻlib
Dalda boʻlib turganlaring bor
Quvonchimda chinakam kulib
Oʻzing boʻldin menga madadkor
Toʻgʻri bu hayotda yaxshilar koʻpdir
Hammadanda yaxshimsan mening
Sendayin doʻst dunyoda yoʻqdir
Ming bor shukr boringa sening.
Joning ga gar kirsa bir tikon
Bilgin ogʻrir mening xam jonim
Yoʻlamasin senga xech bir dard
Omon boʻlgin doim DUNYOYIM❤️
SENI YAXSHI KOʻRAMAN 💋
@sheriyat
###############
Yuragimni nimtalamang, yetar endi!
Sog‘inchimni ko‘z yosh bilan yuvib bo‘ldim...
Kimlar uchun men qandayman bilmadimu,
O‘zim uchun kimlar qanday, bilib bo‘ldim...
Akbaraliyeva.....
@sheriyat
*БАЙРОҒИМ*
Озод ва обод эл, Мустақил диёр,
Жонажон ўзбегим, Ўзбекистоним.
Отамсан онамсан, дуоси мадор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Киндик қон тўкилган замин муқаддас,
Муқаддас тандиру ўчоғ, айвони,
Мадхинг охангига тушиб чамбарчас,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Неча минг жонлари фидолар сабаб,
Зехинли довюрак, донолар сабаб,
Хар назар солганда кўзларим порлаб,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Номинг улуғламоқ бизга ифтиҳор,
Поклик ва яшнаган азиз тупроғим.
Жисмимда жўш урган қон ила виқор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Аллоҳнинг назари тушган бу юртга,
Тўрт фасли бор бўлган Жаннатмаконим.
Фахр этиб байроғим суртаман кўзга,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
18-Ноябр Ўзбекистон Республикаси Давлат Байроғи қабул қилинган кун!
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@sheriyat
𝙆𝙤'𝙥𝙡𝙖𝙧𝙙𝙖𝙣 𝙭𝙖𝙩𝙤𝙮𝙪 𝙖𝙮𝙗𝙞 𝙨𝙤́𝙧𝙖𝙡𝙨𝙖,
𝙉𝙚𝙩𝙖𝙮, 𝙙𝙚𝙧, 𝙦𝙞𝙨𝙢𝙖𝙩𝙞𝙢 𝙨𝙝𝙪𝙣𝙙𝙖𝙮 𝙮𝙖𝙧𝙖𝙡𝙨𝙖...
𝘽𝙖𝙝𝙤𝙣𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙞𝙘𝙝𝙧𝙖 𝙤́𝙮𝙡𝙖𝙗 𝙦𝙖𝙧𝙖𝙡𝙨𝙖,
"𝙏𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧𝙞 𝙖𝙯𝙖𝙡" 𝙚𝙣𝙜 𝙮𝙤𝙢𝙤𝙣 𝙗𝙖𝙝𝙤𝙣𝙖.
🎙𝕊𝕆𝕁𝕀𝔻𝔸 𝕄𝔸ℕ𝕊𝕌ℝ𝕆𝕍𝔸
✍𝕏𝔸𝕐ℝ𝕌𝕃𝕃𝔸 ℍ𝔸𝕄𝕀𝔻𝕆𝕍
@sheriyat
Shu paytgacha shu holimgacha
Dardlarimga qanday chidagan
Chidolmadim hatto bir kecha
Onam kasal boʻlmasin ekan
✍ Mumtozbegim
🎙 Sojida Mansurova
@Sheriyat
Assalom alekom xurmatli kanalimiz azolari bugun Kanalimiz adminkasi DUNYO XUSANOVA opamni tavallud topgan kunlari ekan. Opajon tabrikleman umriz uzoq Alloh bergan umrni oilayz davrasida sermazmun qilib otqazing ijod yulida muxlislarzni doim xursand qilib yuraverin bu yoshlani kopini koring ilohim butun jamoa nomidan tabriklayaman yana bir bir shukrona kun muborak opam🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🫶🫶🫶🫶🫶🫶🫶🫶🥂🥂🥂🥂🥂🥂🥂🥂🫤🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🤩🤩🤩🤩🤩🤩
Xurmat ila: Sojida Mansurova
@sheriyat
,,Azizim"
Sevdim oyog'ini ushlab ketdi baxt,
Quchog'ini ochib kutib oldi dard.
Men seni ko'zingni sevgandim faqat,
Sen qaysi ko'zlarni sevding azizim?
Tunning etagiga hasratib to'kib ,
Armonlar tubiga ketyabman cho'kib,
Qalbingdan muhabbat rishtasin so'kib,
Sen qaysi dillarni sevding azizim?
Nigohimni qadab qo'ygandim ahir,
Ayriliq azobi bo'larkan tahir,
Emasdingku sira bunday toshbag'r ,
Mehringni kimlarga berding azizim?
Quyoshin yo'qotib qo'ydi osmonim,
Yaxshiyding ,bir zumda bo'lding yomonim,
Qishdek qahratonga berkitib jonim,
Meni ne kuylarga solding azizim?
Ketsang ,hayotimga kirmagin edi,
Umidim eshigin ochmagin edi,
Sensizlik hayotim mazmunin yedi,
Mensiz ham shodmisan aytgin azizim?
✍ Munavvara Dilroz ✍
@sheriyat
«КУЗ ЁМҒИРИ»
Тун ярмидан ўтканда,
Уйқу қочар кўзимдан.
Ой булутга ботканда,
Ёмғир ёғади бирдан.
Нима бўлди, бу кеча?
Йиғлар осмон қизлари.
Кўзёш тўкмасин қанча,
Ювилмас ишқ излари.
Мунгли қўшиқ айткандек,
Шивирлайди томчилар.
Ерга эмас, водариғ,
Юрагимга томчилар.
Бахор ўтиб, ёз ўтиб,
Кузлар қолди хазонда.
Иккимизни бир кўрмай,
Ёғар ёмғир осмондан.
Бу булутлар қалбимиз,
Безаб гўзал ҳисларга.
Севги деган самони,
Танитганди бизларга.
О, кузда ғунча очган,
Атиргулсан боғимда.
Асрар эдим мен сени,
Юрагим ардоғида.
Синган дилимни беғам,
Синармикан ёмғирлар?
Агар, мен хам йиғласам...
Тинармикан ёмғирлар?
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@sheriyat
Hazrati Usmon ibn Affon raziallohu anhu
Sizdan uzrlarni soraymiz bugun
Tugab borayotgan hayolar uchun
Bu maqom bir sizla bo'lgandi butun
Ummati eng hayolisi bõldingiz Usmon.
Bashariyat ko'rmadi bundayin maqom
Payg'ambarni ikki qizi etildi in'om,
Bu qanday sharaf qandayin ikrom
Ikki Nur sohibi bo'ldingiz Usmon
Ehsonni mahfiy va oshkora qilib ,
Rasululloh so'zini qonundek bilib,
Har Juma bittadan qul ozod qilib,
Jannat maqomini oldingiz Usmon.
Qur'onni kitobga keltirgan ham siz,
Qo'shinni jihozga to'ldirgan ham siz,
Nafsingiz batamom o'ldirgan ham siz,
Sobirlar imomi bo'ldingiz Usmon.
Lut A.Sdan so'ng topib siz jur'at
Ruxsat berilganda,keldi deb fursat
Oilangiz olibon qildingiz hijrat,
Molu jonni Haq uchun atagan Usmon
Bizni qalblarimiz bo'lib qoldi tosh
Shariatdan gapirilsa egilmaydi bosh
Siz Qabr eslatilsa tókardingiz yosh
Oxiratdan qo'rqib yig'lagan Usmon
Finta eshiklari ochilgan onda
Qilichlar qinidan yechilgan onda
Munofiqlar yuzlari ochilgan onda
Fitnalarga bardosh berdingiz Usmon
Hatto jon berar chog' topibsiz imkon
Boshda tig' tursayu qo'lizda Qur'on
Bu qayday ihlos a qandayin iymon
Musxabi qon bilan bezalgan Usmon
Har gal eshitganda siz haqingizda
Shodlanib gohida zavqqa to'laman
Insha Allah nasib qilsa agar
Jannatda siz bilan suhbat quraman.
✍ILYOSBEK
Muallif huquqi bilan ulashing
@Sheriyat
Boshdan boshlaymiz...
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Tanishamiz yana qaytadan.
Yana birga qadam tashlaymiz,
Bu safar MEN tashlab ketaman!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Soxta hislar etamiz izhor.
Bu gal qoʻllarimiz tutmaymiz,
SEN qoʻl choʻzsang tutmayman zinxor!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Singan bardosh endi seniki.
Azob chekish SENING navbating!
Hiyonatning gali meniki.
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
"Sogʻindim" deb yozar qalaming.
Ismim aytib jilmayganingda,
Yanogʻingni yoqar alaming.
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Yoʻq boʻlaman hafta-haftalab.
MEN yoninga kelmayman hech ham,
Chaqirsangda million martalab!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
Koʻz yumasan nuqsonlarimga.
"Sevaman" deb aytmayman sira,
Zor boʻlasan yolgʻonlarimga!
Kel, barini boshdan boshlaymiz,
"Ketdim" deysan yana qaytasan.
Tinmay meni soʻragan oʻsha
Yuraginga la'nat aytasan!
✏ShohRux Anhu
@sheriyat
#премьера
Мен ошиққан Дунё шумиди, она,
Шумиди ёруғ деб ном олган макон.
Кўрдимку, одамлар зулмлар аро,
Зулматлар ичида сақлаяпди жон.
Мен ошиққан дунё шуми, онажон,
Чиркин ҳавосидан бўғзим куйяпди.
Бир юзда иккита афти борлари,
Менинг нафасимни тўсиб қўйяпди.
Бориб йўқламайди жигарни жигар,
Қўли қуруқларга узатмаслар қўл.
Шумиди одамлар қиёмат қадар,
Бир-бирин қулатиб кетаётган йўл.
Шумиди, онажон, Дунёси шуми,
Келганлар кетарин қўйган унутиб.
Хақнинг хузурига борса бўларми,
Шайтоннинг қўлини, йўлини тутиб.
Одамни қиришга ошиқса одам,
Оч қолган кимсани кўрмайди тўқлар.
Фақат ваъз ўқиса қиларкан алам,
Орият ҳақида номуси йўқлар.
Мен ошиққан дунё шуми, онажон,
Айтмаган эдингми оқу-қорасин.
Ким пулга чўмилиб юради ҳандон,
Ким ичга ютади мудом ноласин.
Мен ошиққан дунё шумиди она...
Малика Тавфиқ
@sheriyat
#премьера
Сенсизликка яраяпман мен,
Менсизликда сен соғу-омон.
Бормоқ учун изламадим йўл,
Келмоқ учун топмадинг имкон.
Сенсизликда ҳаётми ҳаёт,
Бунча қаттиқ бўлмаса бу жон.
Айрилиқда тириксан наҳот,
Соғинчларда тирикман ҳамон.
Сенсизликда келдими баҳор,
Уялмасдан, бўлмай хижолат.
Жим ёғдими қишларимда қор,
Ўша қорнинг оқлиги тухмат.
Кунларинг кун, тунларинг тунми,
Сенда йўқми соғинч деган ёв.
Менинг борда ўша душманим,
Жуда золим, жуда беаёв.
Шу ҳам яшаш, шу ҳам умрми,
Кутишларнинг сўнги бўлмаса.
Қандай хижрон, қандай фироқ бу,
Эзиб-эзиб кўнгли тўлмаса.
Сабр учун дунёга келиб,
Чидашларга яралдикми биз.
Сиғмадими оламларига,
Миттигина мухаббатимиз...
Малика Тавфиқ
@sheriyat
*АРМОН*
Минг орзулар қилиб, ҳаёллар суриб,
Суратигга кунда юз бор термулиб,
Девона этгандинг бир бора кулиб,
Билмадим, пешонам шунча шўрмикан?
Қўлларинг тутмадим, тақдир шумикан?
Осмонда ойларни кўзламагандим,
Мен сенга ҳеч ёлғон сўзламагандим,
Армон бўласан деб ўйламагандим,
Ишқнинг боғларида йўлларим тикан,
Бахт мендан атайин юз бурдимикан?
Кўнглим ёришмайди ёқса ҳам чироқ,
Сен мендан йироқсан, мен сендан йироқ,
Фироғинг саволи, аламли сўроқ,
Жилвангдан кўзларим қамашдимикан?
Ё мен севиб қолиб адашдиммикан?
Шодликлар айтади менга нари бор,
Сен ортга қарама бахтинг сари бор,
Эй, аччиқ қисматга битилмаган ёр,
Фақат, сени юрак унутармикан?
Ўзингдан ўзгага кўникармикан?
Эй, аччиқ қисматга битилмаган ёр...
Қўшиқ учун муаллиф розилигини олинг!
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@sheriyat
Duoyingiz sabab olgʻa bosay qadamlar
Har sinovda yonimda boʻldingiz dalda
Toʻgʻri dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Lek siz xammadanda yaxshimsiz Dada
Baxtga toʻldirdingiz xar oʻtgan onim
Qarzim uzolmayman bersamda jonim
Dunyoda yagonam ishongan togʻim
Siz meni borimsiz jonimsiz dadam
Bizlarni deb ne ne kundan oʻtdingiz
Sezdirmay barini ichga yutdingiz
Xech bir insondan kam qilmadingiz
Siz meni dunyoda borimsiz dada
Hech kimning otasiga xavas qilmadim
Biron bir kamchilik siz da koʻrmadim
Balki sizga munosib farzand boʻlmadim
Lek siz xammadanda yaxshimsiz dada
SIZ MENI BORIMSIZ JONIMSIZ DADA❤️
✍Oisha bintu
@sheriyat
Qalbimda gullagan tilagim xardam
Bir kun quvonch ila yetarmikinman
Labbaykani aytib bosgancha qadam
Baytulloh sen tomon ketarmikinman
Dunyo tashvishlari tugamaydi xech
Orzular qoʻlidan tutarmikinman
Umrim tugamasdan boʻlmasidan kech
Baytulloh sen tomon ketarmikinman
Gunoxlar qilganman bilib bilmasdan
Tashvishlar umrimni ado qilmasdan
Robbim omonatin qaytib olmasdan
Baytulloh men seni koʻrarmikinman
Hayollarim ketgan manzilimsan sen
Hamon yoʻllaringa yetolmadim men
Lek robbim rahmati dunyolardan keng
Baytulloh men seni koʻrarmikinman.
Erta kech Allohdan soʻrab duo da
Shu kunni intizor boʻlib kutyabman
Baxtlilardan baxtliroq boʻlib dunyoda
Onam bilan birga haj ga ketaman
InshaAlloh bir kun senga yetaman🕋🤲
✍Oisha Bintu
@sheriyat
Doʻstlarim hayotimdan ketdi birma bir
Yuragim dod solib faryod qilyabdi
Bunchalar beshavqat bolmasa taqdir
Ketma ket ayamay sinov beryabdi
Izladim tunu kun oʻzimdan xato
Balki soddaligim katta aybimdir
Jonday suyganlarim dedi alvido
Soʻngida aldangan meni qalbimdir
Doʻstim deb ishonib sirim berganim
Jim ketdi dunyoga sirimni sotib
Xatto jonimdanda ortiq suyganim
Tark etdi qadrimni bir chetga otib
Mayli hayotimdan ketganlar ketsin
Endi yakuniga qoʻymayman vergul
Robbimga topshirdim kifoya qilsin
Ketganlar hayotimdan chiqdilar butkul
Qalbim eshigini yopdim shu bugun
Endi ishonmayman xech bir sarobga
Barcha xislarimga qoʻydimda yakun
Qalbimni topshirdim faqat Allohga
Bandasi ishonch ni oqlolmas ekan
Alloh deb yashang doʻstlar hamisha
Aslida bu dunyo ekanda bir kam
Endi inson zotiga ishonmas OISHA
✍ Oisha bintu
@sheriyat
* * *
Сизнинг кўчаларга ёғмадими қор,
Қадримдек қадамда янчилмадими?
Сиз деб бир бечора чекканда озор,
Сизга зирапча ҳам санчилмадими?
Қиш қахр қўшиғин куйлаган тунда,
Томга сумбулалар илинмадими?
Сиз деб минг бўлакка бўлинганимда,
Сизга бир озгина билинмадими?
Бугун кўз ёшингиз сабабкори ким?
Ўша мендан афзал кўринган қизми?
Соғиниб,еттига букилса қаддим,
Айтинг,ҳечам мени соғинмайсизми?
Гурзилар урилиб,ортга қайтган чоғ,
Чақиндек чор тараф сачрамайсизми?
Сиз сабаб қуриса яшнаган бир боғ,
Худонинг қахрига учрамайсизми?
Ёки сизнинг юрта ёғмайдими қор,
Кўллар музламасми мисоли кўзгу?
Нега сиз томонда абадий баҳор,
Биз битта осмоннинг остидамизку.
Ана юзингизни силар муздек қўл,
Мен чора ахтариб толдим ўлгани.
Фақат оппоқ қорли из тушмаган йўл,
Сизга армон бўлиб қолса бўлгани!
Малика Тавфиқ
@sheriyat
* * *
Умрбод дегандинг,
Умрбод бирга,
Демакки умримиз тугаб бўлдими,
Жуссалар тирикку, ҳаёллар тирик,
Севгимиз ўлдими, кўнгил ўлдими?
Умрбод дегандинг,
Абадул абад,
Кетмас баҳоримсан,боримсан дердинг.
Айтгинчи, ёмғирдан сўнги камалак,
Қизғалдоқ баргидек омонатмидинг.
Гулханга айландинг, аммо зум ўтмай,
Ёниб бўлган шамга ўхшадинг, қолдинг.
Ишқим оловини беписанд билган,
Қанотлари куйган капалакмидинг.
Умрбод дегандинг,
Умрдек қисқа,
Иқрору, изхорлар ҳушимни олди.
Олов йўқ, сен йўқсан, ҳатто кул ҳам йўқ,
Куйган жароҳатлар чандиғи қолди.
Малика Тавфиқ
@sheriyat
Ey notavon,ey shayton
Mayli men bo'lay yomon
Yonimga kelsang agar
Bismillah deyman tomom
Chiroyli qilib menga
Ko'rsatma gunohlarni
Lanat bo'lsin senga deb
Yumaman guvohlarni
Jaxlim chiqib turgamda
Olovga cho'p qadama
Urib ,so'k gapir deyib
Haqsan deya atama
Qildirib gunoh ishni
Deysan albat yutaman
Ya rob kechirgin deya
Men mag'firat kutaman
Sherik bo'lmoq istaysan
Ham osh-u ovqatimga
Tezroq ye deb qistaysan
Chidolmay toqatimga
Ikki begona yolg'iz
Qolsa agar panada
Sherik bo'lish istaysan
Ishlaring besh yanada
Namozdan boshlansa so'z
Chidolmay Istmang oshar
Hali yoshsan o'ynab,kul
Deya yolg'onlaring toshar
Chiroylidir har so'zing
Tilingdan zahar tomar
Eslataymi ey layn
Bobom Hazrati Umar
Osiy bo'lmay men Yakkaga
Iymonimda qotaman
Nasib qilsa men Makkada
Senga toshlar otaman
✍ILYOSBEK
Muallifi bilan ulashing
Bizning kanal @Sheriyat
Bu dunyoning insonlari juda yomon
Amali kam jasadida yurar ğozdek
Sarvar Mirzo siyoh tokma kongillarga
Ular gaping koʻtarmaydi oq qogʻozdek
🎙Sojida Mansurova
✍Sarvar Mirzo
@Sheriyat
#tanlovga
✨ ... 💓... 🌺... 🍃...
,,Boshdan boshlaymiz...ʼʼ
🪶ShohRux Anhu
🎤Sojida
Sherga_Fon🎧
𝙎𝙝𝙪 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙜𝙖 𝙠𝙞𝙧𝙞𝙗 𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖𝙜𝙖 𝙡𝙞𝙠𝙚 reaksiyalar 𝙗𝙤𝙨𝙞𝙗 𝙮𝙪𝙗𝙤𝙧𝙞𝙯𝙡𝙖𝙧 𝙞𝙡𝙩𝙞𝙢𝙤𝙨 17 𝙞𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙤𝙠𝙘𝙝𝙞𝙢𝙖𝙣 😊
Sheriyat kanalidan padejka kutb qolaman 🤗
@sheriyat
Qaygʻular koʻksimga tigʻ sanchgan mahal
Jaxldan oʻzimni tutmasam agar
Soʻzsiz bir nuqtaga tikilsam agar
Oʻzinga kel demang...
"OʻZIMGA KEL" deng....❤️
@Sheriyat
𝙉𝙪𝙧𝙨𝙞𝙯 𝙗𝙪 𝙦𝙤𝙧𝙤𝙣𝙜'𝙪 𝙩𝙪𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙤́𝙩𝙖𝙙𝙞,
𝘽𝙞𝙡𝙖𝙢𝙖𝙣 𝙨𝙖𝙗𝙧𝙞𝙣𝙜𝙞𝙯 𝙗𝙪𝙣𝙜𝙖 𝙮𝙚𝙩𝙖𝙙𝙞
𝙄𝙨𝙝𝙤𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙨𝙞 𝙮𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞 𝙗𝙤𝙡𝙖𝙙𝙞
𝙁𝙖𝙦𝙖𝙩 𝙨𝙞𝙯 𝙮𝙞𝙜'𝙡𝙖𝙢𝙖𝙣𝙜 𝙮𝙞𝙜𝙡𝙖𝙢𝙖𝙣𝙜 𝙊𝙣𝙖😔
🎙𝘚𝘰𝘫𝘪𝘥𝘢 𝘔𝘢𝘯𝘴𝘶𝘳𝘰𝘷𝘢
11.10.2024
@sheriyat
𝙔𝙖𝙨𝙝𝙖𝙢𝙖𝙨𝙖𝙣𝙜 𝙑𝙖𝙨𝙡𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙠𝙪𝙩𝙞𝙗
𝙈𝙚𝙣𝙜𝙖 𝙖𝙩𝙖𝙗 𝙖𝙨𝙝𝙤𝙧𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙩𝙞𝙗
𝙊̃𝙡𝙨𝙖𝙢 𝙧𝙤𝙨𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙡𝙖𝙭𝙯𝙖 𝙤́𝙩𝙞𝙗
𝙊́𝙡𝙤𝙡𝙢𝙖𝙨𝙖𝙣𝙜 𝙠𝙚𝙩𝙜𝙖𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙦𝙪𝙡.
✍𝙼𝚊𝚕𝚒𝚔𝚊 𝚃𝚊𝚟𝚏𝚒𝚚
🎙𝚂𝚘𝚓𝚒𝚍𝚊 𝙼𝚊𝚗𝚜𝚞𝚛𝚘𝚟𝚊
@sheriyat