sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

Muallif: Ruxshona Nurmamatova

Ijroda: Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

СИНФДОШЛАР СИЗНИ СОҒИНДИМ

Денгиз эдим томчидек тиндим,
Соғинчнинг зўр тулпорин миндим,
Қадрингиз кўп билинди бугун,
Қадрдонлар сизни соғиндим.

Соғинчларга лим тўлган юрак,
Дийдорингиз соғинар, ҳалак,
Нима яхши дийдордан бўлак,
Қадрдолар сизни соғиндим.

Сиздан битта қўнғироқ кутиб,
Суҳбатингиз ҳумори тутиб,
Ўтирибман телефон тутиб,
Қадрдонлар сизни соғиндим.

Сизга ҳамма ҳаёлларим жалб,
Соғинч туйиб ўртанади қалб,
Расмингизга термулиб қараб,
Қадрдонлар сизни соғиндим.

Қалбим ҳомуш,кўнглим ҳунларда,
Тушларимга киринг тунларда,
Кўришайлик яқин кунларда,
Қадрдонлар сизни соғиндим.

Хуршид Карим

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

✍Oisha Bintu

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

21.05.2023

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Hayot ..

Sinovlar sochimning tolasidan koʻp
Baxtga men loyiq boʻlmasman nahot
ChARCHADIM bariga deyaverib hop
Sen meni bunchalar qiynama Hayot ..


#premyera🔥

✍Oisha Bintu

🎙Sojida Mansurova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Dunyo yuragimga o'rnashib olsa
Allohdan har onda so'ray hidoyat
Bevafo dunyodan yuragim tonsa.
Taskin berar menga birgina oyat

Nimamga kerilay gunohkor jonman
Bir kuni o'limning tamin totguvchi
Ertani bilmayman lek bugun borman
Men Allohnikiman, unga qaytguvchi

Yuribman fitnadan panox bergin deb
Men ojiz bandaman tavba qilguvchi
Yig'layman ohirat uchun g'amin yeb
Men Allohnikiman unga qaytguvchi,

Nimamga kerilay tuproqdan aslim
Alloh izn bersa to'zib ketguvchi
Kimlar uchun qiziq nasabim naslim
Men Allohnikiman unga qaytguvchi

Ketyabman qabrdir so'ngi manzilim
Gunohkor bandaman avf tilaguvchi
Olib ketarim birgina savob va ilm
Men Allohnikiman unga qaytguvchi

Mehr bermang menga meyordan ortiq
Ko'nglim ocholmayman Robbim bilguvchi
Ishqimni bandasiga etolmam tortiq
Men Allohnikiman unga qaytguvchi

Ojiz deb ozorlar bermangiz menga
Dinim bor suyansam meni tutguvchi
Barchasiga guvoh Robbim Alloh bor
Men Allohnikiman unga qaytguvchi.


Oisha bintu

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

O'zing birla olib ketsang bo'lmasmidi?

O'zga yigit ko'zlarimga boqmasidan,
Va ishq o'ti yuragini yoqmasidan,
Sovchilari eshigimni qoqmasidan,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Sof sevgingga yuragimni ishontirib,
Baxt qasrida ko‘zlarimni quvontirib,
O'zga inson qo‘lllariga topshirmayin,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

"Kechir" - deya yigit boshing egmay turib,
Ikkimizdan taqdir yuzin burmay turib,
Zor ko‘nglimiz ayriliqni sezmay turib,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Qiz bolaga bu so'zlarni aytish gunoh,
Hatto yigit ko‘zlariga boqish gunoh,
Kechir, mendek gunohkoring ey bor olloh,
O'zing birla olib ketsang bo'lmasmidi?

Necha yillik pok sevgimiz, ishqning xaqi,
Bizlar qilgan orzularning ramzi, xaqi,
Va bizlarni, uchrashtirgan hudo xaqi,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Otang seni uzoqlarga bermas deding,
Onajoning so‘zlarimga ko‘nmas deding,
Mendan gina qilma, so'zda turmas deya,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Yolvoraman... - Unut meni, so'nggi so‘zim,
Nigohingga qarolmayin yig'lar ko‘zim,
Senda ayro, qalbim vayron qoldim o'zim,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Qiz bolaga tana toshin otmoq nechun?
Hofiz kabi to'yda qo'shiq aytmoq nechun?
To'y bazmidan dili vayron qaytmoq nechun?
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Unutsangda, su'ratlarim yodga solsa,
Ko‘ngling meni deya asta, o'yga tolsa,
Sirdoshing ham yolg'iz qalam bo‘lib qolsa,
O'zing birla olib ketsang bo'lmasmidi?

Aytardingku: " Barchasini kulib yeng deb,
Tashlagin sen hammasini, taqdirga deb",
Afsus, bardosh yetmayapti kurashishga,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Salom deya -  armon meni qarshi oldi,
Muhabbatim bir umrga armon bo‘ldi,
Yurakdagi sevgim mangu hazon bo‘ldi,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

Ko'zlarimga munchoq yoshlar to'lmasmidi,
Qalbimdagi sevgi guli so'lmasmidi,
Senga bo‘lgan muhabbatim  "o'lmas" edi,
O'zing birla olib ketsang bo‘lmasmidi?

O'zga yigit ko'zlarimga boqmasidan...

🍃🍃🌹🌹🌹🍃🍃

✍ Bonu  
Buyurtma uchun yozildi.
30. 11. 2016.

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

✍Mufassalbegim...

🎙Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

To’g’ri sharq ayoli aytmas sevgisin
Bir umr sir tutar yostiqdoshidan
Qattiq rashk qilganin bilaolmaysiz
Sezib qolmasangiz ko’zdayoshidan…

Xayrulla Hamidov

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sizda ham sogʻinchdan xotira bormi...🥀
     ▷◉─────────0:00
      😍   ⏪       ⏸        ⏩    😍


 
🎙Dunyo Xusanova ...

Soʻraganlar uchun...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Узоқ бир нуқтага термулганча жим
Мўйсафид ногаҳон кўзларин ёшлар…
“Замон ўзгардими, одамлар… балким…
Не учун бебошроқ ҳозирги ёшлар?

Билмайди, оддий бир “салом” сўзини,
Қўллари кўксининг висолига зор.
Уялиш тарк этган чақноқ кўзини,
Маънисиз сериаллар айлаяпти хор.

Китоб дунёсидан йироқдир улар,
Навоийдан битта сатр билмайди…
Қизиқиб асарлар ўқишмас тунлар,
Насиҳатга асло қулоқ илмайди…

Вақт бекор ўтгандан ачинмайди ҳеч,
Аниқ мақсадидан йўқдир нишона…
Тушунар эканми бўлганини кеч,
Деворга урилган чоғда пешона?...

Узоқ бир нуқтага термулганча жим,
Мўйсафид кўзлари тўлади ёшга
Чин дилдан истайди, имконин топиб,
Айлашни насиҳат ҳар битта ёшга:

“Ёшсан…
Қувватинг бор…
Шижоат бисёр…
Билим ол!
Илм ўрган!
Аллоҳни тани!
Қалбингни пок айла, бўлмасин ғубор,
Эгам ҳам, ҳақ йўлда қўллар бандани…

Жигарим!
Авлодим!
Эртам, индиним!
Имонни бут айла,
Эътиқодни дўст!
Миллатнинг шаънини бошингга қўйиб,
Шу Юртга муносиб фарзанд бўлиб ўс!”

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Zaminni titratib qoydingmi Xudo 😔
Oʻzingni eslatib qoydingmi Xudo 😔

🎙Sojida Mansurova

✍Malika Tavfiq

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yashamoqchiman.

Aso kabi g‘amga suyandim,
Bo‘ldi endi tashlamoqchiman.
Hech narsani o‘ylamay, netmay,
Men shunchaki yashamoqchiman!

Bo‘ldi endi quvmayman dardni,
Baxt qo‘lidan ushlamoqchiman
Hech kimsaga bog‘lanmay, sevmay,
Men shunchaki yashamoqchiman!

Kim yur desa ketavermasdan,
O‘z yo‘limni boshlamoqchiman.
Kechib qo‘ydim dunyolaridan,
Men shunchaki yashamoqchiman!

Qiziq emas birovlar fikri
O‘z ko‘nglimni hushlamoqchiman
Bir bor kelar bu hayotimda
Men shunchaki yashamoqchiman!

G‘iybatimni qilmanglar yana,
Ko‘rib qo‘ying! borim shu mana!
Bu dunyoga kelmayman yana,
Men shunchaki yashamoqchiman!

O‘tmishimni otib o‘tmishga,
Mag‘rur qadam tashlamoqchiman.
Bilmadim siz qanday yashaysiz
Men shunchaki yashamoqchiman!

Akbaraliyeva

@Sheriyat kanali uchun maxsus

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yaratgandek seva olmas yaratilgan

🎤Sojida Mansurova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЧОРА

Ғурурланма ожиз банда,
Ўлмасликка чора борми,
Куз ҳазон қилган гул каби,
Сўлмасликка чора борми?!

Ҳаёт давру даврон ўтар,
Ҳар кимсани ҳисоб кутар,
Ёғи битган чироқ тутар,
Сўнмасликка чора борми?!

Шошиб кирма эгри йўлга,
Жон фидо қил тўғри йўлга,
Ширин жонинг Азроилга,
Бермасликка чора борми?!

Дўст кўринган ҳамма дўстмас,
Ибодат қил, умр кутмас,
Ётиб кўр гўрда ҳам бир пас,
Ётмасликка чора борми?!

Ўйламай қўйдинг ўлишни,
Тарк қилмадинг ҳеч  кулишни,
Эслатай: кафан кийишни,
Киймасликка чора борми?!

Ботил билан камолотга,
Етмай қолурсан уятга,
Тобут деган ёғоч отга,
Минмасликка чора борми?!

Туриб мазлум томониди,
Савоб ишла замонида,
Содиқ дўстлар армонида,
Кетмасликка чора борми?!

Кўтарилар кўздан парда,
Кўражаксан ким қаерда,
Уй қазилмиш қаро ерда,
Кирмасликка чора борми?!

Мункар Накир келар албат,
Роббинг ким, деб сўрар албат,
Мўъмин жавоб берар албат,
Бермасликка чора борми?!

✍🏻Abror Muxtor Ali

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Кеча туш кўрибман, ишонсанг агар,
Менга термулганча суратим чиздинг.
Мен эса бир зум хам кўзларим узмай,
Сенга термулганим пинхона, сездинг.

Бахтнинг қўлларида яралади бахт,
Юзига ранг теккан беғубор қизнинг.
Қоғозга чизганинг оддий бир сурат,
Асл суратингни қалбимга чиздинг...

✍Абдумуталиб Эргашалиев

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

🎙 Mustafo

✍ILYOSBEK She'ri

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yillar o'tib keldi bu kun
Shamoldayin yeldi bu kun
Aytish mushkul lekin bugun
Xayr endi sinfdosh qiz

Ahil bo'ldik sizlar bilan
Sirdosh bo'ldik sizlar bilan
Mana so'nggi izlar bilan
Xayr endi sinfdosh qiz

Soching tortib qocholmayman
Daftaringni ocholmaymam
Suvlar sepib qocholmayman
Xayr endi sinfdish qiz

Sirim hechham sotmagansiz
Ustozlarlarga sotmagansiz
Ustumdanham qotmagamsiz
Xayr endi sinfdosh qiz

Singlim deymi yoki opam
Yo uzoq yillik hamxonam
Ko'zlaring hech bo'lmasin nam
Xayr endi sinfdosh qiz

Yaxshi yomon kunlar bo'ldi
Kimdan kimni ko'ngli so'ldi
Xayrlashuv vaqti bo'ldi
Xayr endi sinfdosh qiz

Har biringiz baxtli bo'ling
Oila qurib axtli bo'ling
Chiroyli bir taxtli bo'ling
Xayr endi sinfdosh qiz

✍ILYOSBEK

@Sheriyat kanali uchun

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Meni yig'lamaydi deya sizga kim aytti?
Tilkalangan tunlar bolsin guvohim
Hammani yasashga loy qorigan payti
Bardoshdan yasagan meni Allohim.

Meni yiglamaydi deya sizga kim aytti?


🎙Sojida Mansurova

✍Malika Salimova

19.05.2024

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat kanali ijodkorlaridan yangi

🔥𝑃𝑅𝐸𝑀𝑌𝐸𝑅𝐴

𝑺𝑰𝒁𝑵𝑰 𝑺𝑶𝑮'𝑰𝑵𝑫𝑰𝑲-𝑲𝑼 𝒀𝑶 𝑹𝑨𝑺𝑼𝑳𝑶𝑳𝑳𝑶𝑯

✍🏼Sayyid Axmad Maxmud

🎙𝐷𝑢𝑛𝑦𝑜 𝑋𝑢𝑠𝑎𝑛𝑜𝑣𝑎
🎙𝐼𝑙𝑦𝑜𝑠𝑏𝑒𝑘
🎙🌌𝑀𝑖𝑠𝑠 𝐺𝑎𝑙𝑎𝑘𝑡𝑖𝑘𝑎🌌
🎙𝐷𝑜𝑠𝑡𝑜𝑛𝑏𝑒𝑘 𝐴𝑙𝑖𝑚𝑜𝑣
🎙𝑆𝑜𝑗𝑖𝑑𝑎

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sog'indim men...
siz sog'inmadizmi..?

✍Sobitjon Eshtemirov...

🎙Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЯХШИМИСИЗ...

Меҳр дилга ҳаловатми,
Эй юраги нақши одам!?
Тан-жонингиз саломатми,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Аҳволимни сўрабсизми,
Қалбим нурга ўрабсизми,
Ўзингизчи, юрибсизми,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Ҳар кўнгилда ҳидоят бор,
Ҳар дилда бир ҳикоят бор,
Соғликда не шикоят бор,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Ёнингизда турай дейман,
Иқболингиз кўрай дейман,
Ҳолингизни сўрай дейман,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Бухоро ё Кешданмисиз,
Фарғона ё Шошданмисиз,
Қошғарданми,  Ўшданмисиз,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Қуруқ сўздан нима навфлар,
Тил ёлғончи, алдар лаблар,
Кўнглингизда нима гаплар,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Дардларимни ёрайми ё,
Дилга умид солайми ё,
Келасизми, борайми ё,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Келинг, дийдор тўлсин сиздан,
Дил ёруғлик кўрсин сиздан,
Аллоҳ рози бўлсин сиздан,
Яхшимисиз, яхши одам!?

Muallif noma'lum

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Tun, juda ajoyib.
Eng bahtli kunlarimizni ham,
Eng bahtsiz kunlarimizni ham,
Eng shirin kunlarni ham,
Eslashni hohlamagan kunlarni ham, shu Tun bizga yaqinlashtiradi🫠

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЧАРОС

Эй чарос қиз лаблари гилос,
Чарос исминг кўзларинга мос.
Туну кундуз порлаган ўша,
Кўйлакларинг қоматинга хос.

Эй чарос қиз қилма менга ноз,
Орзуларим армонга отма,
Сени севган битта мен холос,
Мухаббатим арзонга сотма.

Эй чарос қиз сочлари сумбул,
Тополмайсан мендан бойини.
Тўйдан кегин бориб истанбул,
Ўтказамиз асал ойини.

Эй чарос қиз ортинга қайтгин,
Агар кетсанг мехрим қолмайди,
Рози бўлсин онанга айтгин,
Мендек куёв топа олмайди.
* * * * * * * *
Эй чарос қиз кўзлари чарос,
Сўзларимга қулоқ сол бир-оз.
Бирга бахтли бўламиз ишон,
Сени севган ёлғиз мен холос.

Хурсандбек Тожихўжаев📝📝
06.05.2024

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Assalomu Alaykum kanalimiz va guruhimiz a'zolari bugun 7 may kanal ochilganiga va 1 chi post qo'yilganiga 7 yil bo'ldi. Shu munosabat bilan kech soat 20:00 da kanalda she'riy oqshom uyushturamiz va hammangizni taklif etib qolamiz
@Sheriyat kanali adminlari siz uchun xizmatda...

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Men yaxshiman! So‘raganlarga,
So‘ramagan olsin havotir.
Kulib turib holing so‘rasa,
Kulub javob berishing og‘ir!

Men yaxshiman so‘raganlarga,
So‘ramagan o‘zidan ko‘rsin.
So‘ramasdan qoldirib ketgan
Chandiqlari og‘ritar bilsin!

Men yaxshiman so‘raganlarga,
Ha, o‘zi ham yaxshi ekanmi?!
Bir so‘rangchi, qalbimga ekkan,
Sevgimikan yoki tikonmi?!

Men yaxshiman so‘raganlarga
Nafratimni yashirib ko‘mdim.
Zimdan so‘rab surushtirasiz,
Sizsizlikka jimgina ko‘ndim.

Men yaxshiman so‘raganlarga,
Yolg‘izlikda o‘lib qolmadim.
Alloh doim yonimda bo‘ldi,
Biror marta yolg‘iz qolmadim!

Men yaxshiman so‘raganlarga...
So‘ramagan o‘zi biladi!
Endi menga sira farqi yo‘q,
Qayerda, kim, nima qiladi!

Men yaxshiman so‘raganlarga...

Akbaraliyeva

@Sheriyat uchun maxsus

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ONAJON, SOG'INDIM...
Duet#

Onajon sog‘indim, mehringizni men,
Issiq bag'ringizni, nurli ko'zingiz.
Endi his qilyapman, sehringizni men,
,,Bolam o'zing asra,"- degan so'zingiz.
✍ Murodulla

Rasmingizga boqib, ko'zlarim giryon,
Sizni izlayapti, o'ychan bu nigoh.
Iforin taratib, g'unchalar har yon,
Nechun yo'qsiz endi yonimda ey voh?
✍Bonu

,,Bolam och qolmagin, issiq kiyingin -
Mehrli so'zingiz quloqlarimda.
Degan shu so'zingiz, - baxtingni tuygin"-
Bugun aks etadi, nigohlarimda.
✍Murodulla

Sog'indim onajon izlaringizni,
Qaylardan izlayin endi izingiz?
Mehr to'la shirin so'zlaringizni,
Siz yo'q, dunyolarda yolg'iz qizingiz.
✍Bonu

Onajon, endi kim boshim silaydi?
Dougo'yim mening, mehri ummonim.
Hayot yo'limda kim oq yo'l tilaydi?
O'zingiz edingiz, mening posbonim.
✍ Murodulla

Qabringiz boshida, sarsonman yig'lab,
Su'ratingiz boqar, bunchalar mahzun?
Tushlarimga kiring, bir - bor erkalab,
Siz yo'q, bedor tunlar bunchalar uzun?
✍ Bonu


Onam! - Farzandlarim ko'zida ko'rdim,
Kulib turgan o'shal nurli yuzingiz.
Hayotsiz, men uchun, mardona turdim,
Bosib borayapman bosgan izingiz.
✍ Murodulla


Qizingiz bahtiyor, hayotdan shodon,
Baxtliman, taqdirdan roziman butkul.
Ishonchingiz oqlay, har nafas, har on,
Men o'sha qizingiz, chehrasi gulgun...
✍Bonu
2. 05. 2024.

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Мен қишлоқи оддий боламан

Кексаларни сўзин кесмадим,
Бўлар бўмас эҳсон кутмадим.
Кимларнидир (қўлин) ўпмадим,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Хар сулувни оҳу демадим,
Тун қўйнини ёғду билмадим.
Шахарларни орзу қилмадим,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Сиздан кўра олифта ўртоқ,
Кўнглим очиқ дилим соддароқ.
Хавас қилса қилгудай бироқ,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Хаётим бой саргузаштларга,
Ўрганганман дала-даштларга.
Парвойим йўқ паривашларга,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Ерданми ё ойданмисизлар?
Таби нозик эркатойсизлар.
Менга кулманг шахарлик қизлар,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Манзилимни айтсамда сизга,
Эрмак қилиб солмангиз юзга,
Олисдаги қадрдон сизга,
Мен қишлоқи оддий боламан.

Хурсандбек Тожихўжаев📝📝
05.03.2024

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

O‘lsam nima bo‘larkin....

🎤 Baxtning Sevari

✏️ Akbaraliyeva

@Sheriyat kanali uchun maxsus

❤️‍🩹❤️‍🩹❤️‍🩹❤️‍🩹❤️‍🩹❤️‍🩹❤️‍🩹

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

МЕН СИЗНИ СЕВМАЙМАН ЭНДИ
(талабларга биноъан)

Мехрим эшиклари ёпилди қаттиқ,
Ўзимдан ўзгага очмайман энди.
Боринг,кетаверинг,йўлингиз очиқ,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Қошлари камону,кўзлари хумор,
Эркалаб ой-чехрам демайман энди.
Сизданда муҳимроқ инсонларим бор,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Хаётим қўлида, қилса гар паноҳ,
На стам,на жабр,билмайман энди.
Менинг мухаббатим яратган Аллоҳ,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Орзулари осмонмиш,ошиқлар назли,
Улардек орзулар қилмайман энди.
Қолмади юракда садоқат асли,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Йиғламанг туну-кун сира фойда йўқ.
Туш кўринг тушизга кирмайман энди.
Бир умр биргамиз,деган жойим йўқ.
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Дилимнинг дилдори,дил торим чертманг,
Ҳангомалар айтманг кулмайман энди.
Не бўлар ҳоли деб мендан ғам еманг,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Мен сизни унутдим кўнглимдаги ёр,
Сизни деб қалбимни тилмайман энди.
Умидвор бўлмасин қўйнимдаги ёр,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.

Хурсандбек Тожихўжаев📝📝
28.04.2024

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Эсингизгами 90-йиллар, кўчаларни оқ рўмолли, қўлларида қуръонли малаклар кезар эди

Ўтиб туринг кўчамдан гоҳ-гоҳ,
Кўнгил яйрар кўрганим сари.
Эй гулбадан, эй кийикнигоҳ,
Ўзбекойим набиралари —
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар!..

Ерданми ё кўкдан сўрайми,
Пойингизда жоним берайми?
Сизни шундай кўриб қувончдан
Ёрилмаган юрак — юракми?..
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.

Қонимда-ку абад-азалсиз,
Аммо ёддан чиққан ғазал —сиз.
Дарёларнинг ортида қолган
Афсонавий Тожимаҳалсиз.
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.

Юрса йўлга ёғдулар изи,
Париларга орзулар изи.
Сиз — онамнинг ёришган юзи,
Сиз — отамнинг йўқотган қизи...
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.

Ўсма ўпган қошми бу зулук,
Бунча поксиз, бунчалар суюк?
Сиз борсизки, муҳаббат ҳам бор,
Сиз борсизки, Муҳаммад буюк.
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.

Муҳаммад Юсуф

@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал