sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

Dil so'zim

Gohi bilib,gohi bilmasdan,
Ona, sizni ranjitganim bor.
So'zingizni ikki qilganman,
Men deb qo'ngan sochingizga qor.

Bolaligim olgan yoshingiz,
Beboshligim sizni qaritgan.
G'amlarimni olib boshimdan,
Kulguingiz qalbim yoritgan.

Mehringizdan ulg'ayganman shod,
Olam olam quvonchga to'lib.
Lek ko'nglingiz ololmadim hech,
Bir suyukli farzandek bo'lib.

Yoshman deya o'ynadim,kuldim,
Hayotimga berib qo'yib zeb.
Oyoq tirab oldim ne yoqsa,
Mana shuni olib bering deb.

Endi esa ulg'ayganda yosh,
Ortamayabman o'zimdan o'zim,
Zora sizni xushnud aylasa,
Yuragimdam chiqqan dil so'zim:

Ona sizni yaxshi ko'raman,
Boringizga deyman ming shukr.
Sizni menga mehribon qilgan,
Allohimga ming bor tashakkur.


✍ Munavvara Dilroz ✍

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

❤️❤️ONAJON❤️❤️


Bergan mexringizning payoni yòqdir,
Kam qilmadingiz bizni hech qachon.
Kòp bora yiĝlatdi sizni bu taqdir,
Endi òzingiz uchun yashang onajon.

Yemay yedirdingiz bolam to'ysin deb,
Kiymay kiydirdingiz xursand bòlsin deb.
Yashadingiz doim bizni kulsin deb,
Endi òzingiz uchun yashang onajon.

Soatlab kuttingiz yòlimiz poylab,
Yashadingiz doim bizlarni òylab.
Biz esa unutdik haftalab oylab,
Endi òzingiz uchun yashang onajon.

Qarang sochlaringiz oqargan biroz,
Yuzingizga ajinlar bòlibdi pardoz.
Mexribonim,farishtam sizdan iltimos,
Endi òzingiz uchun yashang onajon.

Shirin joningizga ozor yetmasin,
Tashvishimiz sizni xasta etmasin.
Bizni deb umringiz òtib ketmasin,
Endi òzingiz uchun yashang onajon.



Oisha bintu

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Kechdingizku yuragimni etib vayron
Nishon bòldim yolĝoningiz òqchasiga
Boshlamasin yòllaringiz bizning tomon
Qaytmagayman kònglingizning kòchasiga

Mayli bòlsin barcha baxtlar sizning tomon
Izxoringiz tortiq qiling nechasiga
Eslamangda!bizlarni xech bòling omon
Qaytmagayman kònglingizning kòchasiga

Qalbimizda qoldirdingiz òchmas doĝlar
Òynadingiz xiyonatning kuychasiga
Òtsahamki necha necha oylar yillar
Qaytmagayman kònglingizning kòchasiga

Sòngi sòzim baxtli bòling bòling omon
Yolĝoningiz sòzlang endi òzgasiga
Boshlamaydi yòllarim xech sizning tomon
Qaytmagayman kònglingizning kòchasiga


✍🏻Asmo

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЧАВАНДОЗ ҚИЗ

Поёни йўқ қир адирларда,
Елдек чопар гўзал таманноз.
Учқур тулпор бирам ярашган,
Чавандоз қиз мохир чавандоз.

Қамчилайди чопгани сари,
Хеч қўймади тулпор холига.
Чавандоз қиз сариқ сочлари,
Ўхшар эди отнинг ёлига.

Шаддотлиги тутар оламни,
Нигоҳлари лол қилар бизни.
Кишна тулпор сени қийнаган,
Кечириб қўй чавандоз қизни.

Ич ичимдан ачиндим бироз,
Рахмим келар унинг отига.
Улоқ чопиш эркакларга хос,
Ким қўйипти аёл зотига.

Э-х чавандоз қайсар хурлиқо,
Елдек учар гўзал таманноз.
Отга рахми келмас мутлоқо,
Чавандоз қиз мохир чавандоз.

Хурсандбек Тожихўжаев📝📝
20.04.2024

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Bo'lmish kunlar sultoni
Raxmatga boy xar oni
Ko'proq qilin duo ni
Bugun JUMA ayyomi😊

Robbim kutib turadi
Ne so'rasak beradi
Xaftada bir keladi
Bu kun Juma ayyomi😊

Surai KAXF o'qib qo'ying
Ko'p yaxshilik qilib qo'yin
Alloh suygan banda bo'ling
Bugun juma ayyomi😊

Odam ato yaralgan kun
Mayin ifor taralgan kun
Mo'min uchun bayram bugun
Bugun JUMA ayyomi 😊

Tavba qiling bugun ko'proq
Shayton bolsin bizdan yiroq
Barcha kunlardan ulug'roq
Bugun JUMA ayyomi😊

Shifo bersin bemorlarga
Insof bersin yomonlarga
Yetmagan ko'p bu kunlarga
Bugun JUMA ayyomi.

ALLOHUMMA SOLLI ALA
SAYYIDINA MUHAMMAD☺️
Tilingizda yangrasin
Xar on ushbu salovat

Bugun so'rang ijobatdir
InshaAllah xar ne tilak
Bo'lmish kunlar sultoni
JUMA AYYOM MUBORAK🌹



✍ OISHA BINTU

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Qay tomonga qarab ketyapsan zamon
Yóllaring adashdi chin yoki yolg"on
Quyosh ósha ósha oy ham joyida
Balki, Sen adashding va yoki inson.


✍Munavvara Dilroz

🎙Sojida Mansurova

11.04.2024

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

«РАМАЗОН ХАЙИТИ МУБОРАК»

Гунохлардан покланиб бир ой,
Сабр ила Рýза тутганлар,
Виждони бут иймонлари бой,
Яратганнинг йўлин тутганлар.

Хамрох бýлсин сизга яхшилик,
Хамрох бýлсин яхши амаллар,
Бу дунёда кýпайсин сиздек,
Ҳудо деган яхши одамлар.

Бахт, омад сизга доим ёр бýлсин,
Аллох умрингизни зиёда килсин.
Муборак кунларда келган бу айём,
Ийд Рамзон Хайити! Муборак бýлсин!

✍Абдумуталиб Эргашалиев

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Qalbim ogʻrigʻi...😔🥀💔

Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Кетяпсанми Рамазон? 😢

Муҳаммаджон қори

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Bilasanmi kimsan men uchun
Tinib qolgan oddiy botqoqsan
Sen qoʻrqitib sevdirolmagan
Nomi ulugʻ asli qorqoqsan.

Bilasanmi kimsan men uchun..


✍Malak Siymo

🎙Sojida Mansurova


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

*АПРЕЛГА ОШИҚМАН*

Заминни уйғотар қўнғироқ,
Яшилга бурканиб боғ-у, роғ.
Кўзларни қувончга тўлдириб,
Баҳорни келтирар Март, бироқ,
Апрелга ошиқман мен кўпроқ!

Ўзгача, ёқимли ҳавоси,
Тинмайди қушларнинг навоси,
Жилоси бошқача, жилоси,
Қуёши порлаган таъфтлироқ,
Апрелга ошиқман мен кўпроқ.

Сайрга чорлайди ёмғирлар,
Дийдорга ошиқиб кўнгиллар,
Алвон сеп ёйганда кенг қирлар,
Бағрин қон айлаган қизғалдоқ,
Апрелга ошиқман мен кўпроқ.

Рўёбга айланган саробим,
Ишқ фасли келтирган шаробим,
Жавобсиз қолган эй саволим,
Айт ўзинг қай бири яхшироқ?
Апрелга ошиқман мен кўпроқ.

Севаман, сарғайган кузларни,
Ой тўлин термулган ёзларни,
Шеър қилиб соғинчли сўзларни,
Бир финжон қаҳва-ю, қиш гувох,
Апрелга ошиқман мен кўпроқ.

Меҳрда тенгсизим, ягонам,
Эркалаб силаган пешонам,
Туғилган ғамхўрим, жон Онам,
Пойлари жаннатдан яхшироқ,
Апрелга ошиқман мен кўпроқ.

Яшайман, юзимда кулгичим,
Руҳимда жисмимдан кўп кучим,
Сиз учун, сиз эса мен учун,
Яшаймиз хар кундан бахтлироқ,
Апрелга ошиқмиз биз кўпроқ.

Баҳорни келтирар Март, бироқ...

✍Абдумуталиб Эргашалиев

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Bir dunyo hayol et - vafodan yiroq
Umringni berganing - DÓSTlar vafosiz
Bir dunyo hayol et,sevgidan yiroq
Joningni berganing jonlar - vafosiz

🎙Sojida Mansurova

Muallifga rahmat✍

27.12.2022


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yoshlik qaytmas ekan onajon...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Inson

Boqdim shahar ko'chalariga,
Bosilibdi og'ir qadamlar.
Yuzi kulgan sirli tuyg'udan,
Ko'payibdi sohta odamlar.

Kimdir tanish,kimdir notanish,
Yana kimdir yaqin begona.
Shunchalar ham ko'payganmi ish?
Hamma o'zi bilan ovvora.

Soni ortib ketgan bozorlar,
Narhlashibdi mehrni qimmat.
Ho'p qalashib ketibdi ozor,
Berishibdi yaxshilab ziynat.

Kibrdan bo'y cho'zgan daraxtlar,
Qo'ndirmaydi shoxlariga qush
Kim ne g'amda ,parvoyi palak
Kerak emas ortiqcha tashvish.

Osmon rangi o'zgargandayin,
Tabiat ham qilmoqda isyon.
Barcha ayb zamonda emas ,
Sen qandayin o'zgarding inson?

Tomirdagi oqayotgan qon,
Yuragingga bordimi qarshi.
Gunohlaring chegarasi yo'q,
Titrayabdi dunyoning arshi.

Munavvara Dilroz

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Meni chorlashini bilmabman samo
Ruhim uchdi endi yo'qdir muammo
Sizlarga fursat bordir u ammo
Men ertaga tavba qilmoqchi edim

Hayolim tilloyu zarlarda qoldi
Hushimni nomahram ayollar oldi
Qo'rqib ketayapman mendan ne qoldi
Men ertaga tavba qilmoqchi edim

Kezib yurdim bir qancha shaxar
Uyg'onmabman tong erta sahar
Imkonim qo'limdan olingan mahal
Men ertaga tavba qilmoqci edim

Kibr matosiga o'zimni o'rab
Bormabman bir bora uzrim so'rab
Panohim o'zingsan kechirgin yo rab
Men ertga tavba qilmoqchi edim

Qisqa yo'lda qildim sayohat
Go'zal ko'rinardi hayotim g'oyat
Endi yod olmoqchi bo'lgandim oyat
Men ertaga tavba qilmoqchi edim

✍ILYOSBEK

Muallif huquqi bilan olinsin

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Audioshèr

Yo Rab...
✍Ilyosbek
🎙Nilufar Halimova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЭРКАЛАБ КЕТТИ ҚИЗЛАР
(Хамма қизларга тегишлимас)

Эрта тонгда турмасдан
Сув сепиб супурмасдан.
Оғир мехнат қилмасдан
Эркалаб кетти қизлар.

Иш буюрса эплимас
Яхши гапга тенглимас.
Узун кўйлак енглимас.
Эркалаб кетти қизлар.

Бошда рўмол турмайди
Сочин майда ўрмайди.
Қуръон очиб кўрмайди
Эркалаб кетти қизлар.

Суйганни бағрин тилиб,
Куйганга кулиб-кулиб.
Чет элга тақлид қилиб,
Эркалаб кетти қизлар.

Дунёда бир хушчирой,
Ўзин тутар кўкда ой.
Кўчада хам эркатой,
Эркалаб кетти қизлар.

Ёшми катта демайди,
Салом-алик билмайди.
Ўзлигин хис қилмайди,
Эркалаб кетти қизлар.

Телефон қайдан келган,
Интернет бошин еган.
Айнитди сериаль деган,
Эркалаб кетти қизлар.

Лабдан кетмас бўёғи,
Чоплар кўз,қош-қовоғи.
Кўкдан тушмас оёғи,
Эркалаб кетти қизлар.

Қачон ақли кираркин,
Қачон тилни тияркин.
Ким хам келин қиларкин,
Эркалаб кетти қизлар.

Онада йўқ халоват,
Эгди ота қад-қомат.
Хали келмай қиёмат.
Эркалаб кетти қизлар.

Фариштадек ой жамол,
Берманг ортиқча савол.
Гапим келмасин малол,
Эркалаб кетти қизлар.

Хурсандбек Тожихўжаев📝📝
25.04.2024

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

АЙРИЛИҚ АЗОБИ

Борган сари қадамлар оғир,
Базўр қарши борар кўнглимга.
Дард кўтариб елкам ҳам яғир,
Ажин тушди хаста дилимга.

Булут турар нақд пешонамда,
Шовуллатиб қуяди ёшим.
Нур ёришмас бу кошонамда,
Захлаб борар метин бардошим.

Кўксим куйиб кетди қорайиб,
Соғинч мени қучади маҳкам.
Сўнгги йўл ҳам борар торайиб,
Ортга қайтмас азоб муттаҳам.

Қаддим тутсам, чўкади руҳим,
Овутмоққа на сўз, на фурсат...
Ясамадир барча шукуҳим,
Мени тақиб этмоқда узлат.

Тирмашаман ҳаёт тоғига,
Товонимга ботар тиконлар.
Қайтмоқ истаб ёшлик чоғига
Боқсам йўқдир зарра имконлар.

Қўлим толди кўкка осилиб,
Узилмади ердан оёғим.
Ҳовурим ҳам қолди босилиб,
Сўлиб қолди гулгун яноғим.

Улғайибман ёки кексайдим,
Қўлга олдим араз, гинамни.
Хотимамга кўчат эксайдим,
Суяб турса бир кун танамни.

Чўкиб қолди мағрур жуссам ҳам,
Ишонганим отам кетган чоғ.
Дардга яна қўшилар ҳиссам,
Ўз-ўзимга қазияпман чоҳ.

Биттагина айрилиққами?
Дегувчилар топилар гоҳи.
Йиғламайман сизга ёққани,
Ўзимгадир бўлса, гуноҳи.

✍ Қирғизова Маъсуда

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Soʻz demadim...🤫🥺🥀

🎙Dunyo Xusanova...

✍Sobitjon Eshtemirov...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

DUNYONING ISHLARI...

Abrorxon & Dunyo

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Kuzatish
Gunohlar chizilgan marjondek qator,
Har qadam ostida bitta xiyonat.
Odamlar ichida yo'qolib qoldi,
Uzoq uzoqlarga ketdi diyonat.

Aka ukasini tanimay qoldi,
Ko'zlarini boylab dunyo boyligi.
Qayerga qarasang cho'ntak gapirgan,
Muhimmas insonning xotamtoyligi.

Birov ko'rsin deya qillinar ehson,
Savob joy ahtarib yuribdi sarson.
Boylar boylarini qilganda mehmon.
Kambag'al o'tirar tishlab qattiq non.

Qay tomonga qarab ketyabsan zamon,
Yo'llaring adashdi chin yoki yolg'on.
Quyosh o'sha o'sha ,oy ham joyida ,
Balki,sen adashding va yoki inson.

✍Munavvara_Dilroz✍

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Fatvolar taqvoga o'xshatildilar
Ikki xil yo'l berib yumshatildilar
Ramazon ketmoqda yig'lang doslarim
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Endi ko'ngil qilar neni hohlasin
Taqvoda turiboq o'zin oqlasin
Yig'lab so'rang endi Alloh saqlasin
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Qalblarga tashlaydi fitnali savol
Solmoq istab turar iymonga zavol
Hayol bo'lib kelar gohida ayol
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Ne derdik shaytonga qabrlar bo'lsin
Zulmiga yarasha jabrlar bo'lsin
Yana o'n bir oyga sabrlar bo'lsin
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Alvido yuragimga futuhotin yo'ldirgan oy
Alvido miskinlarni yuzlarini kuldirgan oy
Senla nafsni jilovidan tutdiktunlar bedor bolib
Senga yetgaymizmi saflarimiz tolib to'lib

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

✍ 𝐒𝐚𝐫𝐯𝐢𝐧𝐨𝐳...

𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨 & 𝐀𝐛𝐫𝐨𝐫𝐱𝐨𝐧....🥰

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Ming Oydan afzaldir Laylatul Qadr

Yilda bir bor topish niyyatim
Ramazonim kechasi shudir
Allohimdan Savob umidim
Ming oydan Afzaldir Laylatul Qard

Izlab ro'za oyi toq kunlaridan
Robbimiz sinadi qilsin deb sabr
Foydada qolaylik har sonyasidan
Ming oydan Afzaldir Laylatul Qadr

Umrim qancha Allohga ayon
O'z jonimga o'zim qilmasman Jabr
83 yildan afzaldir seni topgan-on
Sen Ramazon tuhfasi Laylatul Qadr

Turing Do'stim qolmang savobsiz
O'zi saqalsinda qilmasin qaxr
Yana kormoqlikka ojizmiz shaksiz
Ming oydan Afzaldir Laylatul Qadr

✍ILYOSBEK

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Nafsim bilan kurashishni boshladim
G'ururniham ko'zlarini yoshladim
Ertamas shu bugundan boshladim
Yomon kunlar sahifasin o'chiring
Yaqinlarim Alloh uchun kechiring

Gohi bilmay bo'lib qoldim o'z bilan
Zimdan qarab ozor berdim ko'z bilan
Qalbingizni o'yib qo'ydim so'z bilan
Ginalarni boshqa joyga ko'chiring
Hatolarni Alloh uchun kechiring

Xira qalbim oq durlarga ôrayin
Jannatlarda bir saflarda kôrayin
Erinmasadan takror takror sôrayin
Shaytonlarni dilingizdan qochiring
Birodarim  Alloh uchun kechiring

Ramazonda qolmasin hech bir tugun
Hech bo'lmasa aytib qoying ko'ngil uchun
Unitaylik u so'zlarni keling shu bugun
Minnatdorlik zeblarini sochiring
Birodarlar Alloh uchun kechiring

Inson umri ellik oltmish yetmishda
Yaxshiliklar istar keyin ketmishda
Yomon so'zla eslamangiz o'tmishda
Mayli so'ray kechirimlar kechiring
Birodarlar Alloh uchun kechiring

Nohaq edi deb sira o'ylamayman
Shayton kuyu naylariga o'ynamayman
Yomon so'zini endi sira so'ylamayman
Qo'lni bering ginalarni o'chiraylik
Ramazonda bir birimiz kechiraylik

✍ILYOSBEK

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

«АЗИЗ СИНИФДОШЛАРИМ»

Эслаб ёшлик чоғларим,
Кўздан оқар ёшларим.
Омонмисиз? Бормисиз?
Азиз синифдошларим!

Кўз олдимда кўзингиз,
Қулоғимда сўзингиз.
Кўргим келар ўзингиз,
Азиз синифдошларим!

Шўхлигимиз бир осмон,
Ўйнар эдик шодумон.
Эсингиздами хамон?
Азиз синфдошларим!

Салом синфдош қизлар!
Хусни ой гўзал юзлар!
Хали хам ўша сизлар!
Азиз синифдошларим!

Хар кун йўлингиз кутиб,
Сочларингиздан тортиб.
Юрардим гаплар отиб,
Азиз синифдошларим!

Кўнгли қучоғидан кенг,
Бири ёқа бири енг.
Яқинимсиз мени энг,
Азиз синифдошларим!

Ғаниматмиз ўйлайлик,
Бир-биримиз юқлайлик.
Оқибатли бўлайлик!
Азиз синифдошларим!

Жонимдек жондошларим,
Яқиним сирдошларим,
Борингизга минг шукур,
Азиз синфдошларим.

🎙Shuhrat Daryo
✍Абдумуталиб Эргашалиев

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

,,Shunchaki yashama"

Shunchaki yashama,hayotga kelib,
Umr daftaringni savobga to'ldir.
Imkoning bo'lmasa hech bo'lmaganda,
Bir g'amgin kimasani yurakdan kuldir.

Shunchaki otmasin,tonglaring unsiz
Quyoshing zikrdan charaqlab ketsin.
Nolima hayotning past ,balandiga,
Amaling shukrdan jannatga eltsin.

Shunchaki yashama,yuraksiz,hissiz,
Muhabbat bog'iga gullaringni ek.
Sevgin-u,sevilgin umr yo'lingga
Barcha quvonchlar- u ,shodliklarni tik.


Munavvara Dilroz

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Rasulim kelmasimdan ketib qolgasiz


Dunyo sinovlida, siyladi sizni,
Alloh elchi etib sayladi sizni.
Ko'rmoq oxiratda qoldimi sizni,
Kelmasimdan... Ketib qolgansiz😢

Qidiraman bosgan izlaringzni,
Mushki ambar hidlaringzni,
Qoldirib e voh sunnatingizni,
Kelmasimdan... Ketib qolgansiz😔

Jonim fido yo Rasululloh
Umrim fido yo Rasululloh
Shafoat qilaman deb Insha Allah
Kelmasimdan... ketib qolgansiz😞

Tushda ko'rmoq istab tunimda,
Siymongizni kelmas uyqumda.
G'azotlarda qiynalib onda,
Kelmasimdan...Ketib qolgansiz😢

Abu Bakr hitobi meni uyg'otti,
Bilol Azon aytolmay o'zni yo'qotti,
Umarni tizzasi yer tuproq botti,
Kelmasimdan... ketib qolgansiz😢

Kecaqalar qoim kunduz soimsiz,
Olamga nur sochgan oyimisiz.
So'nggi so'zi ummatim degan oliysiz,
Rasulim kelmasimdan ketib qolgansiz😞

Sizga bordir uzrim mani,
Ozdir qilgan amalim mani,
Quchsamu jonimni topshirsam qani...
Kelmasimdan ketib qolgansiz😞

Sallollohu alayhi vasallam

✍ ILYOSBEK

Muallif va Ijrochi:

ILYOSBEK

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

РАМАЗОННИ БОЙ БЕРМАЙЛИК РАМАЗОННИ…

Биродарим, шукроналар айтинг бугун,
Дуолар-ла ўтказайлик отган тонгни.
Гуноҳларни мағфиратлар этмоқ учун,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Фаришталар ҳамроҳ бўлсин изингизга,
Парвардигор нурин сочсин дилингизга,
Иймон тиланг ҳам ўғилга, қизингизга,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Гоҳо билмай гуноҳ қилдик ожиз банда,
Туғилгандай покланмоқлик, жисм танда,
Улуғ ойнинг фазилатин ҳар қадамда,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Таровиҳлар ўқилгайдир нурли ойда,
Қуръон тиловати зиёдадир нурли ойда.
У дунё - чун қиёматда берар фойда,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Занжирларга банди бўлгай лаъин шайтон,
Охиратни обод қилмоқ, бизда имкон,
Огоҳликка чорладим-да, эй мусулмон,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Рўза тутинг,
Тангрим берсин сабрингизни,
Малоиклар кўкка элтсин қадрингизни,
Артсинлар юракдаги дардингизни,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Биродарим, шукроналар айтинг бугун,
Лаббайка, деб қарши олинг Ҳақ азонни.
Яратганнинг жаннатига етмоқ учун,
Рамазонни бой бермайлик, рамазонни.

Рамазонни бой бермайлик, рамазонни...

© Абдувоҳид Сувонов

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Mol-dunyolar bogʻlab koʻzimni
Qizgʻanibman shirin soʻzimni
Endi esa ayblab oʻzimni
Meni bunga koʻrmagin ravo
Onam koʻzin yoshlatma, dunyo

Meni uyga kelarmikin deb
Xushboʻy gullar berarmikin deb
Xizmatimda turarmikin deb
Kutib-kutib boʻldi-ku ado
Onam koʻzin yoshlatma, dunyo

Pullar berib mehrim bermabman
Koʻngling nima xohlar demabman
Bir dardlashib holing soʻrmabman
Onamni zor qaqshatma dunyo
Onam koʻzin yoshlatma, dunyo

Boʻldi yetar shuncha koʻz yoshlar
Qiynogʻingdan qoʻrqar bardoshlar
Zor yigʻlaydi mendek beboshlar
Meni xoʻrla, mayli qil gado
Onam koʻzin yoshlatma, dunyo

Muallif: Joʻlliboyev Ruslan.
10.03.24.

@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал