Hazrati Usmon ibn Affon raziallohu anhu
Sizdan uzrlarni soraymiz bugun
Tugab borayotgan hayolar uchun
Bu maqom bir sizla bo'lgandi butun
Ummati eng hayolisi bõldingiz Usmon.
Bashariyat ko'rmadi bundayin maqom
Payg'ambarni ikki qizi etildi in'om,
Bu qanday sharaf qandayin ikrom
Ikki Nur sohibi bo'ldingiz Usmon
Ehsonni mahfiy va oshkora qilib ,
Rasululloh so'zini qonundek bilib,
Har Juma bittadan qul ozod qilib,
Jannat maqomini oldingiz Usmon.
Qur'onni kitobga keltirgan ham siz,
Qo'shinni jihozga to'ldirgan ham siz,
Nafsingiz batamom o'ldirgan ham siz,
Sobirlar imomi bo'ldingiz Usmon.
Lut A.Sdan so'ng topib siz jur'at
Ruxsat berilganda,keldi deb fursat
Oilangiz olibon qildingiz hijrat,
Molu jonni Haq uchun atagan Usmon
Bizni qalblarimiz bo'lib qoldi tosh
Shariatdan gapirilsa egilmaydi bosh
Siz Qabr eslatilsa tókardingiz yosh
Oxiratdan qo'rqib yig'lagan Usmon
Finta eshiklari ochilgan onda
Qilichlar qinidan yechilgan onda
Munofiqlar yuzlari ochilgan onda
Fitnalarga bardosh berdingiz Usmon
Hatto jon berar chog' topibsiz imkon
Boshda tig' tursayu qo'lizda Qur'on
Bu qayday ihlos a qandayin iymon
Musxabi qon bilan bezalgan Usmon
Har gal eshitganda siz haqingizda
Shodlanib gohida zavqqa to'laman
Insha Allah nasib qilsa agar
Jannatda siz bilan suhbat quraman.
✍ILYOSBEK
Muallif huquqi bilan ulashing
@Sheriyat
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan🥺
Boshim og'ridi deb aytmay turibsiz
Sezaman barini qarayman zimdan
Bildirmay bizlarga horib yuribsiz
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Kurdim kuchsiz hamir qorganingizni
Bilmayman zominga borganingizni
Ko'rmadim dardim deb yorganingizni
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Hayotning sinovdek nag'malari bor
Sizga bir gap bulsa dunyo menga tor
Farzandman har kuni so'rashim darkor
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Chumolidek ishlab olmaysiza dam
Yoshlikda keltirdim ko'plab tashvish g'am
Yashirmang iltimos nima bo'lsa ham
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Ilinsam bir nima deysiz o'zing ol
Sizniki sherlarim so'zimdagi bol
Mayli milyon marta so'ray hol ahvol
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Singlim yoningizdan jilmayaptimi
O'y hayol bag'ringiz tilmayaptimi
Issiq yomon tasir qilmayaptimi
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Sog' yuring tobingiz qochib qolmasin
Alloh boshimizga sinov solmasin
Oyog'im yo'qlashdan hech ham tolmasin
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Bo'ynimga olaman hamma jazoni
Ostida ustida yer u fazoni
Aldamang maylimi Sarvar Mirzoni
Ona sog'ligingiz yaxshimi chindan
Muallif✍Sarvar Mirzo
24.07.2022 07:27
❌Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
@Sheriyat
Bahorimni oʻgʻirlama qor...
Nobud qilding gul kurtagini,
Yetar endi oʻzga yerga bor,
Tugat endi qish ertagini,
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Sezilmaydi oftobning tabi,
Fasllardan meni arzim bor.
Muhabbatim olganing kabi,
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Bekinvolib bulut ortida,
Qoʻyosh nurin sochmasa bekor,
Qaldirgʻochim kelgan vaqtida,
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Qish boshida yogʻmadim deysan,
Qarz emassan aytaman takror,
Boychechakka tashvishsan, oʻysan.
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Erimaydi muzlagan yurak,
Nega buncha kechikdi bahor.
Xasta qalbni qiynab ne kerak,
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Mayli yogʻsin bahor yomgʻiri,
Oshiqlarga bermasin ozor.
Qasding olib mendan oxiri,
Bahorimni oʻgʻirlading qor.
Bezor qilding qolmadi toqat,
Toʻxta endi oʻz faslingga bor.
Kurtak ochsin dilda muhabbat,
Bahorimni oʻgʻirlama qor.
Sovuq kundan boʻlaylik holos,
Yashnab tursin bahorda gulzor.
Faqat sendan bitta iltimos,
Bahorimni oʻgʻirlama qor.
📝Islombek Murodillayev
@Sheriyat
✍ShahrizodaSharofiddinova
🎙ShahnozaJalilova
Yo inson o'zgardi, yoki zamona...
@Sheriyat
Ушалмаган "МЕҲМОНДОРЧИЛИК"
Хаёл бирла ичса рўзадор зот сув,
Рўзаси бузилмас. Не даркор қўрқув?
Аллоҳ меҳмон қилган бўларкан уни
Ёш тўкмоқ керакмас беҳуда дув-дув.
Билмайгина энди ичмоқчийдим сув,
Қўшилмоқчи бўлиб меҳмон элинга.
Рўзадорсиз дея эслатиб бир қув,
Меҳмондорчиликнинг тепди белига. )
@Sheriyat
ҚАНИЙДИ
Айбим кўп ўзимга ёқмаган,
Аммо бир орзу бор жон танда.
Қанийди Қуръонни ёдлаган
Бир банда бўлсайдим, бир банда!
Эй Тангрим! Юрак бер, бир юрак
Шайтоннинг макрига учмай мен.
Эътиқодни бутлашим керак,
Жаҳаннам қаърига тушмай мен!
Гирдоб аро хас каби ночор.
Ўчиб кетмай беному-нишон.
Нур бергин, бўлайин яловдор,
Бўлайин ҳақиқий мусулмон!
Зеро, лаънатланган Ер аро,
Одамзотга қисмат яшамоқ.
Яратганни унутмоқ – жазо,
Бахтдир - жонни нисор айламоқ!
Ажал не, тақдир не билмасман.
Ҳеч нега етмайди ақлим ҳам.
Қуръон - сен ақлим бўл, йўл оч сен
Қуръон - сен қалбим бўл, бер ёрдам!
Орзудир бу айтган гапларим,
Чиқдим истак чегарасидан.
Зероки, Навоий ҳамдардим
Ва Бухорий неварасиман!
Жаҳолатда ётган оламга,
Раҳмат нурин сочгайдир – Қуръон!
Разолатга ботган одамга –
Саодатни очгайдир – Қуръон!
Бу сўзимдан юз бурманг эй, зот!
Дилни покланг, шак гумонлардан.
Ҳеч ёмонлик кўрмайсиз, хайҳот
Сиз ҳақиқий мусулмонлардан.
Эй, рус, япон, испан, инглизлар!
Яратгандан ёғилиб инъом,
Шояд битса пешонангизга,
Аҳли ислом деган улуғ ном!
Яралганмиз одам Отадан,
Ота – бир, она – бир, Худо – бир!
Битта Ер, бир – осмон, бир – Ватан
Инсон деган қисмат – биттадир!
Ҳар миллат безар бу оламни.
Барча элни ҳурмат қиламан.
Аммо мен мусулмон одамни
Ҳақиқий инсон деб биламан.
Катта кетмоқ рости гап нечун,
Керолмайман ўзим ҳам кўкрак.
Чин мусулмон бўлмоғим учун,
Қуръонни ёд олмоғим керак.
Ҳар бандага ўзинг қил карам,
Меҳринг билан сийлагин доим.
Ҳимматингни аяма ҳар дам,
Орзуимга етқаз Худойим!
Айбим кўп, ўзимга ёқмаган
Аммо бир истак бор жон танда.
Қанийди Қуръонни ёдлаган
Бир банда бўлсайдим, бир банда!
@Sheriyat
🌙 РАМАЗОН ОЙИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!
Бу табрикни барча мўмин мусулмон дўстларингизга юборинг!
Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий
@Sheriyat
НЕ ФОЙДА
Кундуз ётдинг,кун қадри ўлди.
Уйқу келмай ўтқаздинг тунни.
Ойни қадри юлдуздек сўнди.
Бош кўтарган кундан не фойда.
Тонгда чиқдинг остона хадлаб.
Нийятинг зўр,қадаминг бузуқ.
Ошиб ўтдинг қанча довондан.
Манзили йўқ йўлдан не фойда.
Отанг ўтди, кетидан онанг.
Йўқлолмадинг тириклик чоғи.
Ўтгандан сўнг қабрин бошига.
Гулчамбару тошдан не фойда.
Бе хисобдир қилган эхсонинг.
Номинг улуғ дунёга машхур.
Бир етимни илмасанг назар.
Сўйган мингта қўйинг не фойда.
Болам дейсан киймай кийдириб.
Ўзинг кекса, хамон ўша тўн.
Бир майизни илинолмаган.
Бе тарбия фарзанд не фойда.
Бир қарашда ақлингни олган.
Жонинга жон бўлмагай асло.
Ўз ёрингни қадрин билмасанг.
Ўзга ёрдан сенга не фойда.
Оқибатни етти ётдан кут.
Хафа бўлма узоқ қондошдан.
Йилда бир бор хол сўролмаган.
Атрофдаги қўшни не фойда.
Омад келса мавқейинг улуғ.
Давраларни энг тўри сенсан.
Гар қоқилсанг ғаминг емаган.
Душманга дўст,дўстдан не фойда.
Хушламайди кўнгил нохақни.
Хақ гапириб қадринг бўлмаган.
Сизга гапим ёлғон туйилса.
Рост гапимдан кимга не фойда.
10.03.2024
ХУРСАНДБЕК ТОЖИХЎЖАЕВ✍✍✍
@Sheriyat
8-Mart xalqaro Xotin qizlar bayrami bilan barcha ayollarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Hurmat bilan 21-DMTT Xusanova...
@Sheriyat
Izladim
Ajib bir bozorga kirib qolibman,
Manzara yoqimsiz bekor kiribman.
Izlagan narsamni esdan chiqardim,
Savdosi boshqacha ko'rib yig'ladim.
Mehr oqibatni narxi osmonda,
Uni ham topmadim yo'qmish hech kimda.
Vijdonni so'radim narxi bir chaqa,
Deydilar kerak-ku oz- moz choy chaqa.
Insofni umuman topib bo'lmadi,
Ba'zilar xattoki uni bilmadi.
Sochilib yotibdi har xil kitoblar,
Yonida yana ko'p bir xil niqoblar.
Qiziqib so'radim... Bu qanday kitob?!,
Yonida turgan bu kimlarga niqob?!.
Aytdilar... ey sayyoh sen ko'zingni och,
Bu yurtdan tezroq ket, vaqt bor tezroq qoch.
Kitoblar... bilsang bu "yolg'on" kitobi,
Yoningda shu yurtning "do'stlik" niqobi.
Sal nari yuruvdim "nomus" bozori,
Ayol ham, erkak ham uning xaridori.
Sotuvlarda turibdi turli "o'yinchoq",
Kelinchak kiyimli har xil qo'g'irchoq.
Deydilar narxlasang arzon beramiz,
Xohlasang yangisin olib kelamiz.
Oyog'im ostida o'zgacha tuproq,
Nima ekan deb o'yladim ko'proq.
Deydilar sen bilgan qadr bo'ladi,
Shu "qadr" ustidan xamma yuradi.
Xarob bir ko'rimsiz tilamchilar ko'p,
Nomlar ajoyib aytdilar yurak.
Turarlar bechoralar pana-panada,
So'rashib har kimdan mehr sadaqa.
Dod dedim bu yurtning bozori qursin,
Kitobi, niqobi barchasi qo'ysin.
Oqibat, mehr har odamda bo'sin,
Yuraklar yerda emas, o'rnida Tursin.
Unutib qo'ymaylik biz insof so'zin,
Umringiz bo'lsin iloxo uzundan-uzun.
Aytganim ichida bordir xaqiqat,
Bu she'rni o'qigan va eshitgan
Sizlarga rahmat!!!
@sheriyat
МУСУЛМОНГА ЎХШАМАЙ ҚОЛДИК!
Лаа Илаха Иллаллох айтиб,
Мўмин деган бир унвон олдик.
Аммо яна гунохга қайтиб,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Май тўлдириб хум ва кўзамиз,
Ичдик шароб, тотдик бўзамиз.
Қилмай тоат, тутмай рўзамиз,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Қизига шим танлаюр ота,
Доооод виждонин иблисга сота.
Гунох деган ботқоққа бота,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Тупурди қалб булоғмизга,
Бомдод чоғи гар ухлаб қолдик.
Шайтон "суйиб" қулоғимизга,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Ўз кўксимни тиғлаб айтяпман,
Дилга малҳам излаб айтяпман.
Кулиб эмас йиғлаб айтяпман,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Бизларда йўқ хаё ва ибо,
Хар томонда фахш, кибр, рибо.
Г'ам қасрига қилиб мархабо,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Энди эса юрибмиз додлаб,
Фарзандимиз иблисни шодлаб-
Қуръон эмас, рок юрса ёдлаб,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Талоқ деган сўзга чўкдик тиз,
Ёр туғса гар ўғил эмас қиз.
Бошқаларни билмадиму биз,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Қилган минглаб гуноҳимиздан,
Пушаймонга ўхшамай қолдик.
Хаё қилмай Аллоҳимиздан,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
К,уръон ётур жавонда бекор,
Жойнамозни сандиққа солдик.
Кечир бизни ё Парвардигор,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Юрак қолди иймондан бўшаб,
Юравердик кибримиз тўшаб.
Ажнабийга шу қадар ўхшаб,
Мусулмонга ўхшамай қолдик.
Muallif nomalum
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
@Sheriyat
Namozni boshlash kerak
Kun ortidan oy o'tyapti
Oqib qancha soy o'tyapti
Yoshham o'ttizga yetyapti
Namozni boshlash kerak
Ko'p ko'chalarda yurdik
Kech uxladik,kech turdik
Naxot haqdan yuz burdik
Namozni boshlash kerak
Rizq ortidan chopyapmiz
Pul deb jonni qopyapmiz
Bilmam nima topyapmiz
Namozni boshlash kerak
Behuda gapni sotdik
O'zni gunohga otdik
Uyalmadik biz qotdik
Namozni boshlash kerak
Tillar g'iybatga to'ldi
Shayton aytgani bo'ldi
Yuzda nurimiz o'ldi
Namozni boshlash kerak
Hayotdan hozir rozimiz
Huddi yo'qdek tarozimiz
O'qilmasdan namozimiz
Namozni boshlash kerak
G'animatdir har onimiz
Qabrdir asl joyimiz
Azroil olmay jonimiz
Namozni boshlash kerak
✍ILYOSBEK
Muallif huquqisiz olinmasin
@Sheriyat
Iltijo
Shamol shivirlaydi qo'rquvda barglar
Mehribom daraxtdan uzilmay deya
Oqar suv to'xtasa baliq pitirlar
Suv tugab tuproqqa sizilmay deya
Shamol to'xtasa ham barglar uzular
Baliqlar o'ladi suv ko'p to'lsa ham
Odamzod qandayin o'lmayman deydi
Har kuni mingtalab o'lim bo'lsa ham
Kunlarim gunohda o'tmoqda tez tez
Tavbani namozni bilaman deya
Shayton vasvasasi kelar kuchliroq
Yoshim ulug'lasa qilaman deya
Aldanib aldanib o'tmoqda umr
Bilaman noshukur bandaman qanday
Allohim o'zi menga hidoyat bersin
Bermasa munofiqdek o'taman shunday
O'limning achchig'i bo'g'zimga kelsa
O'shanda xolim ne bo'ladi qandoq
Yuvib kafanlashar jon jigarlarim
Ustimdan shap shaplab tushganda tuproq
Kiraman juda tor qorong'u uyga
Qurt qumursa yeydi go'shli tanamni
Qiynalib tavbalar qilsam dod voylab
Qabr siqar, juda kech bo'lar alamli
Yotaman lahatda otashga botib
Nahyi munkar kelar boshim uzra voh
Savollar so'raydi bilmayman desam
Azoblar do'zoxning darchasidan goh
Qiynaydi tor qabr otashga to'lib
Gunohu yomonlik qo'shilar kelib
Bur kunga qaytsam deb dunyo ichiga
Bir oz to'xtamasdim sajdalar qilib
Uyqum yo'q qo'rqaman ertangi kunga
Shundayin azobga qolmayin deya
Tavbalar qilaman qilgan gunohga
O'zing ibodatdan qoymagin deya
Qalbimni, nafsimni toatga burib
Jismimni baquvvat qilgin amalda
Allohim gunohkor banda qilmagin
Qoldirma gunohlar ichra qamalda
Senga zikr aytib tinmasin tilim
Zikrlar tildanmas qalbimdan chiqsin
Allohim aytgan o'sha jannat bog'idan
Bir darcha iforlar qabrimdan chiqsin
O'tay bu dunyodan darvesh misoli
Sening toatingga telbaday bo'lay
Allohim suyukli bandangdan qilgin
Rasulullohimni tushimda ko'ray
Qabrda ochilsin jannatdan darcha
Yaxshilik namozlar bo'lsin hamrohim
Nahyi munkar kelsa savob javobga
Tilimni ochib qoy qodir Allohim
Siylai raxmda maxkamroq turay
Barcha yaqinlarim jannatga kirsin
Allohim qodir qil so'ngi nafasda
Tilimdan "La Ilaha ilalloh" chiqsin
Isombek
@Sheriyat
Baxtimizga charchamang ota...!
Bizlarni deb charchading ota,
Qoʻying endi ketmoningizni,
Necha yilki bir xil kiyimda,
Yeching eski choponingizni.
Yetar endi charchading ota,
Hayot zarbi bagʻring tildi-ku.
Sen qoʻlidan yetaklab yurgan,
Bebosh oʻgʻling katta boʻldi-ku,
Bizlarni deb charchading ota,
Kunlar keldi siz bedor kutgan.
Farzandim deb tinim bilmading,
Bizlar boʻldik sizni qaritgan.
Bizlarni deb charchading ota,
Sheʼrlarimni sizga bitayin,
Sochingizga oqlar tushirgan.
Tashvishlarga bagʻrim tutayin.
Bizlarni deb charchading ota.
Qaytaraman qanday qarzimni ,
Baxtimizga yuz yoshga kirgin,
Eshitgandir Alloh arzimni.
Bizlarni deb charchading ota,
Endi yashang oʻzingiz uchun.
Men - MEN boʻldim duoyingizda,
Aytgan har bir soʻzingiz uchun.
Bizlarni deb charchading ota,
Yaxshi oʻgʻil boʻlolmayapman.
Qishlogʻimdan kelib Toshkentga,
Yoningizda yurolmayapman.
Bizlarni deb charchading ota,
Hol soʻrasam yaxshiman deysiz,
Oʻgʻlingizdan qoʻngʻiroq kutib,
Kunlaringiz oʻtmaydi oʻysiz.
Bizlarni deb charchading ota,
Bundan ortiq mardlik boʻlmaydi.
Oʻgʻil boʻlib Hajga bir bora.
Obormasam koʻnglim toʻlmaydi.
Bizlarni deb charchading ota,
Gʻam koʻrmasin endi dilingiz.
Keng dunyoga baralla aytay,
Yaxshi koʻrar sizni oʻgʻlingiz.
Baxtimizga charchamang ota.
📝Islombek Murodillayev
@Sheriyat
Сиз AКAМни танимайсиз-да!
Ўрнак учун енг яхши мисол,
Сўзлари рост, топгани ҳалол 😇
Бу дунёда акаси бор укалар енг бахтлидир, акаси бор укалар енг кучлидир!💪
@Sheriyat
#ибрат
Сўзим тегишли бул дам,
Қишлоғу шаҳарликка.
Уйқуга бериб барҳам,
Туринглар саҳарликка!
Шайтонни куюнтириб,
Оловдан кийинтириб,
Аллоҳни суюнтириб,
Туринглар саҳарликка!
Субҳ дилни сато қилур,
Тангрим ризқ ато қилур.
Турмаган хато қилур,
Туринглар саҳарликка!
Турсак, гуноҳлар азон -
Тўкилар мисли хазон.
Бу ой - моҳи Рамазон,
Туринглар саҳарликка!
Файзиёб субҳи содиқ,
Олмагай биздан солиқ.
Бизни халқ қилган Холиқ,
Туринглар саҳарликка!
Бизга омонат бу жон,
Уни айлайлик омон.
"Аллоҳу акбар", дебон,
Туринглар саҳарликка!
Ғафлат - дўзахий ўчоқ,
Ёхуд шайтоний қучоқ.
Иблисга санчиб пичоқ,
Туринглар саҳарликка!
Кимки, ғафлатдан нари,
Бўлмас каму кўстлари.
Эй, Ботирнинг дўстлари,
Туринглар саҳарликка!
©️ Ботиржон Эргашев
@Sheriyat
#ибрат
Қоронғу жойдаман.... На нур, на чироқ.
Йўқ бирор сухбатдош, дўст ёки ўртоқ.
Лек бирдан хамма ёқ ёришар, эй вох!
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Ўзимга қарайман олиб бир оз тин.
Эгнимда оқ, енгсиз, ёқасиз кийим.
Сўроқ фариштаси тинглаб турар жим.
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Оғир тупроқлар ҳам парга бўлар тенг.
Амал дафтаримни ўнгдан бергин денг.
Тор манзил маконим бўлиб кетар кенг.
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Савол жавоблардан ўтиб тез, осон.
Гунохларим бир-бир кечирилган он.
Йўл оламан тўғри жаннатга томон.
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Кавсар сувларидан бахраманд бўлай.
Хуру-ғилмонларнинг сафида турай.
Бошимга нурдан бир ажиб тож кияй.
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Бунда керак эмас шон шухрат, эъзоз...
Керак эмас таом, зеб-зийнат, пардоз.
Етти осмон узра этаман парвоз.
Фарзандим мен учун Қуръон ўқиса.
Шерзод Яханов
@Sheriyat
*РЎЗА ТУТАЙЛИК ЭНДИ*
Замин уйғониб аста,
Баҳор нафаси елди.
Баҳорданда гўзалроқ,
Дўстим, Рамазон келди!
Рўза тутайлик энди.
Занжирбанд бўлди шайтон,
Уйғонсин қалбда иймон,
Ғафлатга бермай имкон,
Покланиш вақти келди,
Рўза тутайлик энди.
Ёш, қари, камбағал, бой,
Жойнамоздан олиб жой,
Аллоҳ учун шу бир ой,
Ибодат вақти келди!
Рўза тутайлик энди.
Тутиб нафснинг жиловин,
Енгиб сабр синовин,
Зам-замдек бўлинг доим,
Мақсад, Жаннатдир энди!
Рўза тутайлик энди.
Рўза тутсин кўзингиз,
Оёғингиз, қўлингиз,
Тилингиз ҳам, дилингиз,
Тавбада бўлсин энди!
Рўза тутайлик энди.
Келинг, бирга сиз билан,
Рўза тутайлик энди...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
Keling do‘stim,ro‘za tutamiz!
✍Xavasxon
✍Ilyosbek
✍Samoyiddin Muhammad
🎙🌌Miss Galaktika🌌
@Sheriyat
Шундай мақом берибди Аллоҳ,
Не дилларга севги солибсиз.
Бу дунёдан, эй Росулуллоҳ (с.а.в.)
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Ерни нурга тЎлдирибсиз-у,
Душманларни ўлдирибсиз-у,
Суннатларни қолдирибсиз-у,
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Башоратлар бўлмоқда зоҳир,
Кундан кунга дунё ҳам тахир,
Сизни кўргим келяпти ахир,
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Энди шайтон юрар увиллаб,
Дил фитнадан турар шувиллаб,
Сизсиз дунё қолмиш ҳувиллаб,
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Иймон бутун, юрагим ярим,
Учай десам йўқ қанотларим.
Етмоқдами саловотларим?
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Дил дардини қояозга тўкдим,
Яратганга саждалар этдим.
Сизни қаттиқ соғиниб кетдим,
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
Қанча кун бор менинг жонимда,
Тавба этгум ҳар бир онимда.
«Кутгум» дея «кавсар ёнида»
Келмасимдан кетиб қолибсиз.
@Sheriyat
*ҚОЛИНГ МЕН БИЛАН*
Сиз дунёда борим борлиғим,
Мен сиз билан бахтлиман бирам.
Ҳаётимга нур каби кириб,
Қолинг дейман фақат мен билан.
Ой десам, сиз ойларнинг ойи,
Юзим ювсин сочингиз сойи,
Эй қалбимни сохибжамоли,
Қолинг дейман фақат мен билан.
Энг телбакор ошиқман ўзим,
Ҳатто Мажнун босолмас изим,
Ўзга ёрга ожиз бу кўзим
Қолинг дейман фақат мен билан.
Ўғирлаган ақл-у, хушимни,
Сабаби сиз кўнгил ишимни,
Ўнг келтириб кўрган тушимни,
Қолинг дейман фақат мен билан.
Фарқимиз кўп тўғри, сиз билан,
Лек, кўзингиз кулса мен билан,
Десалар ҳам тенг, тенги билан,
Қолинг дейман фақат мен билан.
Паст-у, баланд аслида ҳаёт,
Келинг, бирга бўлиб қўш-қанот,
Қўлларимдан тутиб умрбод,
Қолинг дейман фақат мен билан.
Just stay with me...
✍Абдумуталиб Ергашалиев
@Sheriyat
УВОЛ
Хўп ажойиб замон келди,
Нон устида кесаклар.
Кесакларга ҳурмат тегди,
Нонни каслар эрмаклар...
Тўра зоти борки қайда,
Ёнбошида мирзоси.
Шўрлик тун-кун йўрғалайди,
Ризқи унинг – имлоси.
Кўча кезса, мисоли шер,
Мирзо – ўнта блогер.
Билмаганлар “блогер”, дер,
Билган дейди: “Балогир!”
Нобоп бир сўз айтса йўқсил,
Ўн беш кунга қамалар.
Қамақ кўрганлар астойдил
Катта мансаб чамалар.
“Қоғоз” десанг, “доллар” дерлар,
“Қалам” десанг, “чўп – таёқ”.
“Таёқ!” десанг, чопиб келар,
Таёқ тутган қисталоқ.
Ер сотган эл бўлмайди, дер
Эди бир вақт кексалар.
Бугун, сотиб тўймаймиз дер,
Ер сотётган тўнкалар.
Нақд етмиш йил қувган эдик
Пешқадамлик ортидан.
Қаранг, ўзи чиқиб келди,
Оёғимиз остидан.
Тошкент – тош кент бўлди чиндан,
Қатағонда – дарахтлар.
Дунёдаги энг пешқадам
Ҳавоси ифлос шаҳар!
Дарахтларга арра тортган,
Ҳамон арра тортмоқда.
Онаизор Ўзбекистон
Инграб наъра тортмоқда!
Раҳбар қарзлар олиб келар
Милярд-милярд хориждан.
Галстукли қароқчилар
Умидвор шу қарздан.
Мода деса, томдан ташлар
Модапараст модалар.
Ҳар кун янги мода бошлар,
Тўдапараст тўдалар.
Камбағалу ғариб, етим
Ўлкамизда бир талай.
Хорижларда қоракўзим
Мардикор ёки малай.
Ўрусядан дард орттириб,
Ақча топиб келяпмиз.
Шу пулларни арабларга
Ташлаб, чопиб келяпмиз.
Ҳали Ватан яғир кўксин
Захга бериб ётибди.
Ҳали не-не қишлоқ ўксиб,
Нажот кутиб ётибди.
Ҳали қанча мактаб қўйни
Ташна таъмир, зиёга.
Нега ўзбек бермай қўйди
Даҳоларни дунёга?..
Биз уволдан қўрқмай қўйдик,
Қўрқмай қўйдик исрофдан.
Қўрқмай қўйдик эътиқоддан,
Қўрқмай қўйдик Китобдан!
Порахўрлар қонунбузар,
Қози – қўрқмас қасамдан.
Ҳуқуқпосбон қизни бузар,
Қўрқмас – Ҳолиқ Ҳакамдан.
Китобларда мудраб ётган
Сўз увол, сўзлар увол!
Минбарлардан учаётган
Сўз увол, сўзлар увол!
Мактабларда мудраётган
Кўз увол, кўзлар увол!
Масжидларда титраётган
Тиз увол, тизлар увол!
Тилим десанг, тишин қайрар,
Тили ёт бегоналар.
Тилимизни тинмай чайнар,
Дили ёт бегоналар.
Назаримда аҳиллик йўқ,
Якдиллик йўқ негадир.
Дарахтимиз шохин ҳар суқ
Ўзи томон эгадир.
Ўзбегойим яна даҳо
Туғсин десак, дўстларим,
Юракларга айлайлик жо,
Даҳоларнинг сўзларин!
Носиржон ТОШМАТОВ
Каналга обуна бўлинг
@Sheriyat
Nega suyolmading hech meni dunyo
Tamanno tuldirding minnatlaringni
Menda biron qasding bolganmidi yo
Nega suyolmading hech meni dunyo
✍Malika Tavfiq
🎙<<Šojidâ>>Mansurova
12.11.2022
@Sheriyat
Sizni panohida asrasin egam
Mudom yorug' qilsin yuzlaringizni
Siz mening eng aziz kishimsiz Onam
Kozimga surtaman izlaringizni
🎤Sojida Mansurova
@sheriyat
Омон МАТЖОН
ТУРҒУНЛИК ЙИЛЛАРИ
«Нега мен?!» достонидан парча (1990)
Дунёга синчиклаб тикилган кўзлар
Мушкул бир ҳолатни пайқашга тушди.
Қай томонга боқманг, бари — йўлсизлар,
Толелар айқашу уйқашга тушди.
Етмиш йил эл яшаб қуръон, тавротсиз,
Эрлар ночор қолди, аёл авратсиз,
Замон дурадгори, асбоб-яроқсиз,
Илма-тешик томни ямашга тушди.
Қор қора ёғмоқда, ёмғир заъфарон,
Дарёлар ўрнида оқмоқда армон,
Ҳар подшо ўзича чиқариб фармон,
Қолганлар бир-бирин булғашга тушди.
Ёқиб бўлакелдик газни, кўмирни,
Зимистон айлаймиз тез она-ерни,
Кўк ютар бундайин улкан қабрни,
Одамнинг сояси қуёшга тушди.
Ҳар ерда ҳоким ҳақ, арбоблар ғолиб,
Қонун шуларники, шуларда қолип,
Энг катта айбдор бир ёқда қолиб,
Жазони бошқалар ўташга тушди.
На майхона қолди юртда, на меҳроб,
На муқаддас қаср, на азиз китоб,
Не-не олтин бошлар кўролмай офтоб,
Надомат тунида мудрашга тушди.
Ҳайронман сен ўзбек деган миллатга,
Ерингни тўлдирдинг мараз, иллатга,
Не жавоб айларсан бундай кулфатга,
Қара, пойдеворинг нурашга тушди?
Қани элни яктан этган донолар,
Қани уй файзини тутган момолар,
Қани «Бирлаш! Тиклан!» деган нидолар,
Ғафлат оғусими ё ошга тушди?!
На шомда ишинг бор, на тонгда ёдинг,
Ароқ, уйқу бўпти бор эътиқодинг,
Жаҳон саҳнасидан ўчмоқда отинг,
Номингдан бошқалар сўзлашга тушди.
Кўкда йўқ Улуғбек очган юлдузлар,
Кўҳна Урганчингни емоқда тузлар.
Ер ости ганжларинг бегона кўзлар
Излаб, ковлаб, ташиб, гизлашга тушди.
Нечун қоралайсан сен ўз ўтмишинг,
Амир ҳам ўз кишинг, ҳон ҳам ўз кишинг,
Кўрарманми сенинг униб-ўсишинг,
Нечун парвоналар оташга тушди?
Бойқаронг қотилмиш, Темуринг хунхўр,
Мангубердинг зобит, хор, манглайи шўр,
Не хароб миллатсан, борми бирон зўр,
Устунлар тикланмай қулашга тушди?!
Жаннат Ўзбекистон, жаннатинг қани,
Шунча меҳнат қилдинг, меҳнатинг қани,
Сиғинган, суянган давлатинг қани,
Ҳар дайди ит сени талашга тушди?
Ҳеч ким ўз молига қўёлмас баҳр,
Бору йўғимизни билмайди дунё,
Ҳеч кимдан сўрамай-нетмай не юҳо
Бу юртдан қурбонлик ямлашга тушди.
Ўзинг бўлсанг эдинг ўзингга қози,
Ҳар оғир-энгилга бўлардик рози,
Етти ётлар қўйиб носоз тарози,
Оқу қорангни каж ўлчашга тушди.
Билганинг-кўрганинг пахта бўлибдир,
Ақлинг, тафаккуринг ахта бўлибдир,
Юз сариқ, жигаринг сўхта бўлибдир,
Наслинг шажараси бутрашга тушди.
Ўзин, элин, тилин нақд сотган ким у,
Бир танда уч сотқин яшагани шу,
Буни шараф билиб нечалар ёҳу,
Даврондан мукофот тилашга тушди.
Давр деворида Қодирий қони,
Шимолга қулади жануб Чўлпони,
Заҳр ичди биллур жом тутган Усмонинг,
Қонли базм соқийни сўрашга тушди.
Хўш, бугун-чи, йўқми ҳеч пок тийнат
Ўн жойга хатланар сал фаол инсон,
Ким у, ҳар сўқмоққа қўйиб юз қопқон,
Ҳар йўлни ким обдон боғлашга тушди?!
Киммиш! Ўзимизнинг булар палидлар,
Булар ўзимизнинг абдуллатифлар,
Юлдузлар таъмидан бебаҳра итлар
Ойни ялоқ билиб увлашга тушди.
Ким эмиш! Барин гоҳ сотган ўзингсан,
Бир-бирингни ғажиб ётган ўзингсан,
Ким бош тикласа тош отган ўзингсан,
Ахир, ўз бошинг ҳам шу тошга тушди.
Келди Маҳтумқули айтган бир замон,
Унутди «Яхшилик» сўзини ёмон,
Обрў талашмоқда қурт билан илон,
Филлар пашша билан савашга тушди.
Илм, бу аслида тангрининг нури,
Ҳаммага тенг аён эмасдир сири,
Кўпни олим этиб қамчининг зўри,
Шогирд устоз билан курашга тушди.
Кимнинг эри қаттол, кимнинг аёли,
Шундан бир-бирида эмас хаёли.
Ром этиб ўткинчи тулпорнинг ёли,
Кўпларнинг кўзлари ўйнашга тушди.
Азиз нимамиз бор аёлдан бошқа,
Куйиб бўлсалар-да ишда, қуёшда,
Нечун кирмакдалар яна оташга,
Қандай шармандалик бу бошга тушди?!
Тортилиш кучидан собитдир олам,
Қуёш теграсида сайёралар жам,
Аслида меҳрдан яралган одам
Бурч юкидан бўйин товлашга тушди.
Инсон бир туғилар, қайта туғилмас,
Азал бунёдкори қайта уринмас,
Асли рост нарсалар қайта қурилмас,
Ахир, сув бошқаю ўт бошқа тушди.
Не кўрдинг Сталин бўлганда «отанг»,
Не берди довдирбой, парфеъл Никитанг,
Гўё Брежнев ҳам сенинг ўз хатонг,
Тирноғингни кимлар ковлашга тушди?!
Руснинг уйига ҳам кирди дарз, алкаш,
Шунданми режалар, йўллар гоҳ чалкаш,
Шунданми ўз жойин ташлаб беоташ,
Қайда иссиқ кўрса тарқашга тушди...
Давоми бор
⭕️ Каналга обуна бўлинг
@Sheriyat