Alloh sizdan rozi bo'lsin...
Kulsam qo'shilib yonimda kulgan
Kulfatda boshimda soyadek turgan
G'animlar yo'lini yo'limdan burgan
Opa singlim jigarimsiz og'a-inlarim
Alloh sizdan rozi bo'lsin yaqinlarim
To'yimizda"hizmat bormi" deganlar
G'am kelganda qo'shilishib yeganlar
Sinovlar bu Allohdan ku deganlar
Amma,Xola,Amakiyu qondoshim
Alloh sizdan rozi bo'lsin qarindoshim
Aybimni yashirmay yuzimga aytgan
Kaltak yeb men bilan talpadan qaytgan
Yoshlikdan yashirmay sirini aytgan
Uzqolashib kettik bugun to'ralarim
Alloh sizdan rozi bo'lsin jo'ralarim
G'iybatim qilmasa ko'ngli to'lmaydi
Mo'minlar o'rtasida gina bo'lmaydi
Mehr bog'lanmasa shayton o'lmaydi
Men haqimda fikri yomon bo'lganlarim
Alloh sizdan rozi bo'lsin bilganlarim
Rizq topay deb chet ellarda yurganlar
Tunda uxlab erta sahar turganlar
Haloli deb haromdan yuz burganlar
Sabringizga lol qolganda Kofirlar
Alloh sizdan rozi bo'lsin Musofirlar
Men haqimda gumoni yaxshi bo'lgan
Niyyati sof samimiyatga to'lgan
Qalbidaki kibr o'chog'i so'lgan
Alloh uchun meni yaxshi ko'rganlarim
Alloh sizdan rozi bo'lsin Suyganlarim
Niqob birla avratlarin to'sganlar
Ilm olib iffat saqlab o'sganlar
Modagamas taqvo qilib to'sganlar
Hushbo'ylanib,eri uchun bo'yanganlar
Alloh sizdan rozi bo'lsin o'ranganlar
Men haqimda bilgan bilmagan
Sherlarimni ko'rgan ko'rmagan
O'zor berib qalbim tilmagan
Dunyodaki barcha mo'min qardoshlarim
Alloh sizdan rozi bo'lsin dindoshlarim
✍ILYOSBEK
Yaqinlarga yuborib qo'ying
Alloh sizdan rozi bo'lsin😊
@Sheriyat kanali
Yerning o'gay farzandidan… #Marsqizi
Men bir devonaman , olam notanish,
Varoqlar sehriga bo'ldim mahliyo,
Zabon anglashilmas , nigohlar yanglish,
O'zga sayyoradan keldimmikin yo ?
Ziyosi bo'g'zimga sanchadi nashtar,
Osmonlar boshimga qulagay go'yo,
Telba bo'layapman, ming xil so'roqlar,
Yoki meni boqib olganmi dunyo ?
Nimadir boshqacha , asliyatga yot,
Kitob yolg'onmidi, yo taqdir ro'yo
Javobsiz savollar bermaydi najot,
Rostdan ham dunyoga o'gaymanmi yo ?
© Saodat ✍🏼 14 .12.2023
@sheriyat
Aslon Asrorov:
Yiqitish osonmi oyoqqa turish.
Oyoqqa turganni yiqitishmi yo -
Tufonlaring borki... yiqilmay diyman
Bunchalar ustimdan kulasan dunyo.
Akbaraliyeva :
Yashayveramanu.. jonim olasan,
Ruxim tandan ketgandek go‘yo,
Suv sepib,qaytadan o‘tga solasan,
Bunchalar ustimdan kulasan dunyo.
Aslon Asrorov:
Ey hayot yiqilsang ko‘ksimga yiqil,
Yurak yutib ketsin bor kirlaringni.
Ming yil yashasamu ko‘z yosh qilsa dil -
Cho‘gi o‘charmikin makrlaringni...
Akbaraliyeva:
Shunchalar qast qilib nozik jonimga
Ey hayot tashlaysan o‘tli komingga
Tugamas ekanda bu g‘avg‘olaring
Ayt hayot to‘ymadingmi shuncha qonimga
Aslon Asrorov:
Chorak asrim, umrim ortda qolmoqda,
Ey HAYOT bo‘g‘zimdan oldi kamlaring.
Vijdonimizgacha yutib olmoqda
Yillar deb atalgan muttahamlaring.
Akbaraliyeva :
Yoshim ham o‘ttizni qoralab qoldi
Bir kaming mudom to‘lmaydi dunyo
Hatarlaring ko‘pdur,qilganing hiyla
Do‘st degani yo‘qdur,dushmani ro‘yo
Aslon Asrorov ✍
Akbaraliyeva ✍
@Sheriyat kanali uchun
#Izohsiz...
Atrofim zimziyo, ko'zlar namlangan,
Hissiyot dengizi mavjlanar betin.
Hamdard ham, ham dard ham o'zimman netay,
Qay vodiy kutyapti o'limdan keyin?
Ko'zlarim yumulgan, arosat, yo'l yo'q,
Tana va ruhiyat chiqargan urush.
Oyog'im bo'ysunmas, qo'lim bo'ysunmas,
Bilmayman manzilim bu qanday yurush?
Omon qo'yarmikan Munkar va nakir,
O'zimdan o'zgaga yo'qdir savolim.
Halicha anglanmas majbiryatim bor,
Mahshar savoliga yetmas savodim.
Aqlimga sig'magan, hechkim ko'rmagan,
Jismim omonatin topshirmog'im bor,
Ha o'sha bo'lguvchi hammaga tanish,
Ohirat o'ylarim hayolimga tor!
✍Yusuf Qalandar
✍Akbaraliyeva
@Sheriyat
#Izohsiz...
Odamlar o'zgardi, zamon o'zgardi,
Topgan gapimiz shu sabab ko'rsatmoq.
Asli zamon joyda bo'lgan azaldan,
O'zimiz bezovta o'zimiz tarqoq.
Onamizni qilib yo'lga parvona
Tunda ko'cha kezdik bir do'st topmadik
Holimizni ko'rib shayton hayron-a
Pul dardida yurib ishdan ortmadik
Mehrni chekkaga qo'yganmiz surub
Adolat istaymiz- yo'q o'zimizda.
Indamaymiz, jimmiz nochorni yulub
Qaqshatib ketsa ham eh, ko'zimizda!
Payg'ambarlar o'tdi, o'tdi asrlar,
Bugun holimizga shayton ham kular.
O'z nafsiga o'zi bo'lgan asirlar
Qo'rq qabringda ilon chayonlar kutar!
Yurubmiz gerdayib gunohlar kamdek,
Shu yolg'on dunyoga yolg'on aldanib.
Zinolar urf bo'lgan qizg'in zamonda
O'tin qalamoqda shayton shaylanib.
Yozmoqdan foyda yo'q amal bolmasa
Bas so'zimiz yo'q endi sizlarga.
O'tmishga ham oz-moz solaylik nazar
Payg'ambar (s. a. v) izdoshi kerak bizlarga!
✍Akbaraliyeva
✍Quvonchbek Umaraliyev
@Sheriyat
Chiroyli hayotda oila yashardi
Oz moz risqi ila qozon qaynardi
Topganiga shukr,Sabr qilardi
Gohi go'sh ,goh non chaynardi
Ota mehribon oilasin suyar
Qizlari o'zini malika tuyar
Ayoli oqila,ishlar sarishta
Eri erkalatib derdi Farishta
Bir kun Allohni sinovi keldi
Ota ahvolida yomonlik sezdi
Shifokor ko'rigi javobin bildi
Yashagan hayoti hayolda kezdi
Nima qilishini o'ylay boshladi
Oxiri Ayoliga gapni boshladi:
Alloh senga bir ne'mat bersa
Yana qaytib olsa achinasanmi?
Yo qush uchsayu qaytmasa uyga
Bolasin diydori mehriga to'ymay
Sen tarbiya qilib tushib ming kuyga
O'qitgin qo'lda quroning qo'ymay
Ayolni birdaniga rangi o'zgardi
Erini so'zidan sovuq ter bosti
Munchoq ko'zlaridan kelgan yoshini
Nozik qo'li bilan yashirib to'sti
Qizlarga bildirmagin sira dardimni
Ular hali yosh o'ynasin kulsin
Ular jannatlarga bitar shanimni
Mendan kegin mayli holimni bilsin.
Kunlar o'taverar toxtab turmaydi
Dard ham asta ko'zni yoshladi
Afsus eri endi yura olmaydi
Ajal yaqiniga kela boshladi.😞
Sezar ayol erini qoshida turib
Ichidan bir nido dodin solyapti
Har tong erkalagan,suygan yorini
Beshavqat taqdir tortib olyapti
Eriga ko'rsatmas lekin yoshini
Chekka uyda kirib ho'rsinib qaytar
Aytgisi keladi tik tutib boshini
Menham siz bilan Allohga qaytay😭
Qizlari keldi dadajonim deb
Silar yuzlarini jajji qo'llari
Ota g'amin yeydi ne bo'ladi deb
Men ketsam qizlarim umr yo'llari
Katta qizining habari bordir
Otasi holini bilib turardi
Hatto otam tuzalsinlar deb
Tahajjudda duolar qilib yurardi
Ota hotirjam bo'lsin ahlim deb
O'zini sog'lomga solib olardi
Yotgan joyida Qur'onni olib
Kim o'zar hatmga chorlab qolardi
Ayoliga qarab:Hotirjam bo'lgin
Ahir Allohnikimiz unga qaytamiz
Sen Qizlarga etiborli bo'l
Rizqimiz uzilmoqda endi qaytamiz
Ketsam ham qoladi senla hayolim
Robbimga omonat etib ketarman
Men sendan roziman jufti halolim
Rayyon jannatida seni kutarman.😞
✍ ILYOSBEK
Muallif huquqisiz olinmasin
@Sheriyat kanali uchun
Tuygʻular suhbati ❤️❤️🔥
Koʻnglim deydi bir yoʻqlab qoʻyib,
Sogʻligidan xabar olsangchi.
Aqlim deydi biroz jim turib,
Oʻz holiga qoʻya qolsangchi.
Yuragim der sogʻintirmagin
Yuragiga ozor yetmasin
Gʻururim der ortga qaytmagin
Aytar soʻzi botib ketmasin
Sabrim deydi xotirjam boʻlgin
Hali seni unutgani yoʻq
Hovuridan tushushin kutgin
Sendan ortiq suyuklisi yoʻq
Alamlarim aytar oshkora
Sogʻinganda yozardi bir soʻz
Haqiqat der quloq sol qara
Sogʻinib sen yozdingmi bir soʻz?
Rashkim deydi yozmoqda kimga
Kimga dardin oshkor qilmoqda
Vijdonim der yozmas hech kimga
Lek jimgina koʻz yosh toʻkmoqda
Gʻazabim der ketsa ketibdi
Menga kammi undan boshqasi
Iymonim der senda bormanmi
Seni sevar oʻsha bittasi
Ishonchim der sodiq boʻl doim
Bahonalar izlama bas qil
Qalbim deydi soʻzla muloyim
Behudaga qilmagin jahl
Ishqim aytar shubhalanmagin
Ishonchsizlik juda ham yomon
Muhabbatdan yuzing burmagin
Sen sevgingni asragin omon
✍ Zulayho Abdurasulova
@Sheriyat
Assalomu aleykum
Qishning ilk kuni muborak!
Keldi mana sovuq kun
Kunlar kalta kech uzun
Shuni aytaman bugun
Qish ham keldi muborak
Qalbingiz bo'lsin baxor
O'zi qo'llab bo'lsin yor
Yana aytaman takror
Qishhan keldi muborak
Yurakda bor bir tugun
Svet yonarmikin bugun
Sham bor g'amlar ne uchun
Qishham keldi muborak😊
Ko'ngil bo'lmasin xira
Ko'mir bor gazdan ko'ra
O'tin yonishi zo'r a ?
Qishham keldi muborak
Do'stim hammasi hazil
Qish yaxshiyu yomon til
Tez ehtiyoting qil
Qishham keldi muborak
Ilyosbek yozdi bilib
Kayfiyatin chog' qilib
Qor yog'sinda ishqilib
Qishham keldi muborak
✍ILYOSBEK
sana 01.12.23
Ulashing
@Sheriyat
Hech narsani oʻylamay qoʻydim
Intilaman ona siz tomon
Kuting qaytish fursatim yaqin
Qiziz sizni sogʻindi yomon
Bolam deng siz bolajonim deng
✍Abdujafar Omonov
🎙Sojida Mansurova
@sheriyat
𝐈𝐬𝐡𝐨𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐠𝐧𝐢𝐦𝐠𝐚 𝐨𝐥𝐢𝐛 𝐡𝐚𝐦 𝐤𝐨'𝐫𝐦𝐚𝐦...
𝐊𝐈𝐁𝐑 𝐝𝐞𝐲𝐚 𝐚𝐭𝐚𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐨'𝐬𝐡𝐚 𝐦𝐚𝐭𝐨𝐧𝐢...
✍𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝𝐣𝐨𝐧 𝐓𝐨'𝐱𝐭𝐚𝐛𝐨𝐲𝐞𝐯...
@Sheriyat
Sarhisob
O'tirib men o'yga cho'mdim
Nima qildim shuncha yashab
Tillo zar deb o'zni ko'mibman
Oxiratni ortimga tashlab
Kunlar o'taverar tilda zikrim yo'q
Hotirjamlik,hushu huzurim yo'q
Qo'rquvdaman axr uzrim yo'q
Ustim bashang qornim esa to'q
Birovgachi yaxshiliklar qilmadim
Katta so'zin qulog'imga ilmadim
Qalbim yoki muzladimi bilmadim
Havotirdan o'z dilimda chokib qoldim
Onamgachi eshik yopib ketganman
Yo ovozim borin tortiq etganman
O'lmay turib bugun aniq o'lganman
Vijdonimni hitobidan saboq oldim
Otam mendan rozimikin bilmadim?
Nasihatin qulog'imga ilmadim
Hizmatiga shay bo'lmadim qilmadim
Savollarim Javobidan qo'rqib qoldim
O'lchovlarim o'zgaribham ketibdi
Yoshim qarib o'ttizgaham yetibdi
Sarhisobim qilish vaqti kelibdi
Umrim otib ketganiga nazar soldim
Shu mahalda nafsim jilovimi tortdim
Sakinatni hushbo'y iforini totdim
Ibodatga vaqt topishga o'zdan ortdim
Saodatga yetmoq uchun o'zni otdim
Ellik,Oltmish nasib etsa yetmishga
Kelganimiz ilk qadamdir ketmishga
Bizham sekin aylanamiz o'tmishga
Dunyo asli uch kunligin bilib oldim
✍ILYOSBEK
@Sheriyat
Yaqinlarga ulashing
Yaratganning sinoviga shukur qilib
G‘iybat, fitna, gumonlardan ko‘p ozormiz
Barmoqlarda sonin sanab salovatni
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Ko‘z yostiqqa yosh to‘kadi kechalari
Yig‘lar xatto singan ko‘ngil parchalari
Ochiladi hali imkon darchalari
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Halovat yo‘q Ravza tavof bo‘lgungacha
Allohimdan tunlar so‘rab umidvormiz
Hech yo‘q tushda uchratay deb o‘zlarini
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Niyyat ulkan shafoatga loyiq bo‘lish
Muboraklik qo‘llaridan, bir suv ichish
Eng go‘zali jannatlarda qo‘shni bo‘lish
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Bu dunyoning roxatlari, roxat emas
Molu-dunyi sinov, magar raxmat emas
Vujudimiz qumsar bitta yurak emas
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Bu inomga loyiq bo‘lgan Saxobalar
Abubakir, Biloldayin afsonalar
Bizda bori sunnat amal ul-hadislar
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
Intilamiz ummatlarning Habibiga
Oshiqamiz qalblarimiz Tabibiga
O‘n sakkiz ming olamlarning Savariga
Rosulimni bir ko‘rishga intizormiz
𝑼𝒃𝒂𝒚𝒅𝒖𝒍𝒍𝒐𝒉_𝑴𝒂𝒎𝒊𝒓𝒐𝒗✍️
@Sheriyat
Quronni qalbiga joylasin har vaqt
Allohni eslasin har bir soniya
Robbimdan tilagim birgina faqat
Òģlim qori bòlsin,qizim qoriya♡
Ketkazmasin sira vaqtin bexuda
Taxajjud òqisin har kecha tunda
Orzuyim ròyobin hohlayman juda
Òģlim qori bòlsin,qizim qoriya♡
Dunyo tashvishlarin sira bilmasin
Nochor miskinlarni boshin silasin
Yaratgan duoyim qabul aylasin
Òģlim qori bòlsin, qizim qoriya♡
Bizni hursand qilsin quron yod olib
Buyuk sahobalar yòlidan borib
Maxsharda izlasin qòlga toj olib
Òģlim qori bòlsin, qizim qoriya♡
Loyiq ummat bòlsin Rasulullohga
Òģlim imom bòlsin Kabatullohga
Tilagim birgina Robbim Allohga
Òģlim qori bòlsin, qizim Qoriya♡
Oisha bintu
@Sheriyat
Alloh bizni kechirarmikan...
#premyera🌸
✍✍ Zaylobiddin Joʻrayev
🎙🎙<<Šojidâ>>
@Sheriyat
Soxtaginam bo‘ling omon....
Muhabbatni qidirdingiz o'zga guldan,
Yurmoqlikni tanladingiz egri yo'ldan,
Bir zamonlar ishonganim chin ko'ngildan,
Soxtaginam, bo'ling endi sog' va omon!!!
Aldov so‘zlar,yov qarashlar bo‘lmas darmon,
Yuragimni boy qildinggiz ,boydur armon
Yolg‘oningiz ko‘pu,lek qarg‘amam bir on
Soxtaginam bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Sizga ehson qildim, oling ,bor baxtimni,
Yulib olib yuragimdan kuch- shahdimni...
Ketayapman yig'ishtirib yuk-taxtimni
Soxtaginam , bo'ling endi sog' va omon!!!
Sizga ko‘ngil qo‘ygan o‘zim devonaman,
Endi esa shu ko‘nglimdan begonaman.
Aslin olsa bitta shamga parvonaman,
Soxtaginam ,bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Sevgimni ham ,ishqimni ham bilmadingiz,
Kettinggizu ,ammo takror kelmadingiz.
Dilginamni hiyonatla tig‘ladingiz,
Soxtaginam ,bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Berdim sizga orzularim ,go‘zal o‘yim
Endi kimga aytay so‘zlang ,ko‘ngil so‘zim
Raxmat ming bor ochib kettiz shu ko‘zlarim,
Soxtaginam,bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Boraqolin kutmoqdadur o‘zga go‘zal,
Unga ham bitting yolg‘on, yangi g‘azal.
Unutmangki qaytar dunyo,taqdir azal,
Soxtaginam ,bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Ko'zlarimga tor ko'rindi foniy dunyo,
Hayolotim rost emasmish, emish ro'yo.
Sevar...deya umid qildim sizni go'yo,
Soxtaginam bo'ling endi sog‘va omon!!!
Yodginangiz chiqarolmay hayollardan,
Hijron o'ti yondirganda malollardan,
Bugun sizga maktub bittim shamollardan,
Soxtaginam bo‘ling endi sog‘ va omon!!!
Ishqning ko‘zi asli ayting ko‘r ekanmi?!
Ishq bog‘ida terganlarim shul tikonmi?!
Endi bas qil! shuncha kuydim ayt yetarmi?!
Soxtaginam bo‘ling endi sog‘ va omon?!
Baxt deganim , baxtsizligim ekan asli,
Rost deganim armonlarim ekan asli,
Qo'lim yetmas osmonlarni ko'zlab misli,
Soxtaginam bo'ling endi sog‘ va omon!!!
So'zlaringiz zahri tiğlar jon-bağrimni
Tog'lar yig‘lar, tinglab mening dardimni
She'rlarim davoladi hasta qalbimni
Soxtaginam bo'ling endi sog‘ va omon!!!
✍Akbaraliyeva
✍Saodat
@Sheriyat
HALOVAT
Kònglingiz oģrisa cheksangiz ozor
Sinovlar siz tomon kelsa har yondan
Qalblarga taskin bòlmish QURON bor
Halovatni izlang dòstim QURONdan.
Bor toshu tarozu buzilmish bir kun
Har qandayin rishtalar uzilmish bir kun
Abadiy hamroxlik qilar siz uchun
Halovatni izlang dòstim QURONdan
Foydangiz tegmasa demaydi dòstim
Vafoni kutmang hech bir insondan
Haqiqatga tòla aytar haq sòzim
Halovatni izlang dòstim QURONdan
Mexr berganingiz kòzingiz òysa
Hasta yuragingiz dunyodan tòysa
Insonlarga bòlgan ishonch gar òlsa
Halovatni izlang dòstim QURONdan
Ishongan toģingiz qulaydi bir kun
Qurgan koshonangiz nuraydi bir kun
Taxorat olingda keling shu bugun
Halovatni izlang dòstim QURONdan
Oisha bintu
@Sheriyat
• АЙРИМ ХОНИМЛАРГА •
“Пост”ларни ўқийман бўлиб ҳайрона,
Жиддий мавзуларда кулиб, қотишар.
Остида ном қўйиб Умму Фалона,
Комментлар баҳона гаплар отишар!
Сочиблар пинҳона қалбий ҳисларни,
Диний сўзлар бордир баҳонасига
Эрига айтмаган илиқ сўзларни
Айтарлар номаҳрам парвонасига.
Кузги хазон каби сўлиб кетмишдир –
Не бўлди рижоллар ҳимматларига!
Ё Раббий, нималар бўлмоқда, ахир,
Сўнгги Пайғамбарнинг умматларига?!
Кўрсатиб ўзларин гўё “олимлар”,
Чиқолмай изғирлар васвас домидан.
Энг алам қилгани – жоҳил хонимлар
Сўз қотишар, ҳайҳот, диннинг номидан!
Не ажиб жасорат, нақадар эркин?!
Ёқангни ушлайсан кўриб саволни.
Айтинг-чи, нима деб тушуниш мумкин
Кўп хотинга тарғиб қилган аёлни?!
Ҳаёдан гапирса бўлурми ахир –
Тунда номаҳрамла бахслашган аёл?!
Эрини менсимас, нафсига асир,
Мен ҳақман, дегани хаёлдир, хаёл!
Тағин, оқлаб ушбу шаддодлигини,
Дейди: "Ҳақпарварман, холис, беғубор"
Смайлик йўллаган бедодлигини
Қош қоқиб қўйгандан нима фарқи бор!
Сиз кўп танилдингиз, тўғри, ҳозирда
Фитнали баҳсларга сиз доим тайёр!
Аммо шундай она борки, мозийда,
Ҳеч танилмасада Бухорийси бор!
Билмадим Цукерберг кашф қилган бу тўр -
Ишлайди қай мақсад, қай ният билан –
Аммо афсус айрим муслимани кўр
Гаплашиб ётибди етти ёт билан!
Тик қараш мушкулдир гапнинг ростига,
Ҳар замон тан олмас ботил ғурурлар,
Аёллар беркинсин парда ортига!
Бас, чиқсин саҳнага Амир Темурлар!
© Аброр Мухтор Алий
〰〰〰〰〰〰〰〰
Якинларга улашинг 🗣👇
@sheriyat
O'zgarib ketibdi ancha odamlar
#mushoiradan
Akbaraliyeva:
Ommaning oldida ko‘rsatib o‘zin
Mayli ne der edik bersin omadlar
Hammasi yaxshilikka bo‘lsinu lekin
O‘zgarib ketibdi ancha odamlar
Oisha Bintu:
Ishonching so'ngida dillaring vayron
Yovuzlik so'zlarki haqiqat hayron
Rostgo'ylik uyquda urf bo'ldi yolg'on
O'zgarib ketibdi ancha odamlar
ILYOSBEK:
G'iybatlar qilshib,maqtanib qo'yar
Kibr bo'yog'iga qalblarin bo'yar
Qachon yolg'onni oshidan to'yar
O'zgarib kettibdi ancha odamlar
Akbaraliyeva:
Qarasak qarsakni ayamay chaldi
Oyog‘ni toyishga ancha ildamlar
Shayton ham oldida uyalib qoldi
O‘zgarib ketibdi ancha odamlar
Oisha Bintu
Yuzida bo'yoqlar berkitar yuzni
Shaytonning ortidan bosib qadamlar
Ajratolmay qoldik soliha qizni
O'zgarib ketibdi ancha odamlar
ILYOSBEK:
Singlisi ko'chada yuradi arrang
Akasi gap bermas davrada qarang
Ko'ndigu bariga asablar tarrang
O'zgarib kettibdi ancha odamlar
Akbadaliyeva:
O‘stirib olgancha soch soqolini
Yashirib bosadi qing‘ir qadamlar
Tor shimda modaga o‘rab ro‘molini
O‘zgarib ketibdi ancha odamlar
Oisha Bintu:
Har soqol qo'yganlar rijollar emas
Har hijob kiygan ham soliha emas.
Bazilar harom va halolni bilmas
O'zgarib ketibdi ancha odamlar
ILYOSBEK:
Ha mayli ne derdik bariga ko'ndik
Tavbaga shoshiling,bo'ling odamlar
Raxmatidan bermasa,ayting ne bo'ldik
O'zgarib ketmaylik buncha odamlar
Zulayho:
𝑶'𝒛𝒃𝒆𝒌𝒎𝒊𝒛 𝒎𝒖𝒔𝒖𝒍𝒎𝒐𝒏 𝒅𝒊𝒏𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒃𝒖𝒚𝒖𝒌
𝑿𝒂𝒍𝒒𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒂𝒋𝒐𝒚𝒊𝒃 𝒎𝒆𝒉𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒔𝒖𝒚𝒖𝒌
𝑶𝒒𝒊𝒃𝒂𝒕 𝒔𝒂𝒅𝒐𝒒𝒂𝒕 𝒉𝒆𝒄𝒉 𝒃𝒐'𝒍𝒎𝒂𝒔𝒊𝒏 𝒚𝒖𝒌
𝑶'𝒛𝒈𝒂𝒓𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒕𝒎𝒂𝒚𝒍𝒊𝒌 𝒃𝒖𝒏𝒄𝒉𝒂 𝒐𝒅𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓
@Sheriyat kanali Ijodkorlaridan
Iltimos....
qoʻngʻiroq....
qilmagin....
MENGA....🥀
✍Muhammadjon Toʻxtaboyev...
@sheriyat
Egma meni beshafqat hayot
Sinovingga chorlama bot bot
Maqsadim bor eng oliy tilak
Otam rozi qilishim kerak!
Yoʻldan urma bemaʼni xayol
Beraverma imkonsiz savol
Boʻsh vaqtimni ketgizmay uvol
Onam rozi qilishim kerak !
Oʻzingga kel rostlan gʻururim
Ular mening baxtim sururim
Shunday oʻtib ketmasin umrim
Otam rozi qilishim kerak!
Oʻzdan ketma ey sen muhabbat
Yotga mehring sochmagin faqat
Yurak bagʻri boʻlmasinlar qat
Onam rozi qilishim kerak!
Nafsim seni jilovlay avval
Koʻrinmasin boyliklar afzal
Bu orzuyim azaldan-azal
Otam rozi qilishim kerak!
Bir sheʼr bitdim.Yaratgan egam
Kuch ber oʻzing turayin bardam
Ahdga sodiq boʻlayin men ham
Otam rozi qilishim kerak!
Onam rozi qilishim kerak !
✍ Zulayho Abdurasulova
@Sheriyat
𝐒𝐈𝐙𝐆𝐀....
𝐘𝐎𝐐𝐌𝐎𝐐𝐋𝐈𝐊𝐊𝐀...
𝐌𝐀𝐉𝐁𝐔𝐑...
𝐄𝐌𝐀𝐒𝐌𝐀𝐍...✋
✍𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝𝐣𝐨𝐧 𝐓𝐨'𝐱𝐭𝐚𝐛𝐨𝐲𝐞𝐯...
@Sheriyat
*БАЙРОҒИМ*
Озод ва обод эл, Мустақил диёр,
Жонажон ўзбегим, Ўзбекистоним.
Отамсан онамсан, дуоси мадор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Киндик қон тўкилган замин муқаддас,
Муқаддас тандиру ўчоғ, айвони,
Мадхинг охангига тушиб чамбарчас,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Неча минг жонлари фидолар сабаб,
Зехинли довюрак, донолар сабаб,
Хар назар солганда кўзларим порлаб,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Номинг улуғламоқ бизга ифтиҳор,
Поклик ва яшнаган азиз тупроғим.
Жисмимда жўш урган қон ила виқор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
Аллоҳнинг назари тушган бу юртга,
Тўрт фасли бор бўлган Жаннатмаконим.
Фахр этиб байроғим суртаман кўзга,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.
✍Абдумуталиб Эргашалиев
/channel/Abdumutalib_ijodi
@Sheriyat
#PRЕMЕRA...
Boshim uzra aylanadi butun dunyo, Ishonmadim rost-u yolg'on ro'yosiga. Fitna-fasod kibrlarga makon bo'lgan. Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍️Dunyo Husanova.
Bu dunyoga mehmon ekan odam nasli,
Kimda davlat, kimda savlat qolar asli,
Bir chaqadur topgan molu dunyo asli,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga
✍️Xolidaxon Xudoynazarova.
Hoy-yu havas qolib ketdi qayoqlarda,
Tentiraymiz bilmam qanday hayollarda.
Qiziq boʼlmay qolgan goʼyo roʼyolarda,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍️Surxon og'a.
Kundan kunga ortib borsa gunohkorlar. Qolmayabdi yuzimizda hayo, orlar. Bir-birini ko'zin o'yar do'st-u yorlar, Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍️Dunyo Husanova.
Ko'rdim qancha qancha nomardu mardin,
Turfa xil xayollar charh urar gardun,
Savolim javobsiz qolarmu har tun,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍️Xolidaxon Xudoynazarova.
Nomaxrami qizlarga gap otib tursa. Ayoli nafs uchun tana sotib tursa. Farzand onasiga do'qlar urib tursa, Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga
✍️Dunyo Husanova
Nafsim sabab ishoniblar ro'yosiga,
Cho'kayotgan chogim azob daryosiga,
Kutilmagan chog, ajalim yuqlaganda,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍Vohidjon Davo.
Ogʼiz toʼysa mudon yana koʼzi loʼqdur toʼymaydi,
Qadam bosar zino tomon oyoqlari tinmaydi.
Gunohlari toʼlib ketdi nega inson bilmaydi,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga odamlar
✍Surxon Og'a
Gunohlari bular ekan har odamda,
Yahshi amal qilolmaskan har qadamda,
So'ngi damba, ikki farishta elkamda,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍Vohidjon Davo
Tugab bitti bugun umrim sarhadi,
Sarhisob qilsam gar savobim yo'qdur,
Vada etish ham tilloyu zarlar,
Qiziqmadim bu dunyoning dunyosiga.
✍Xolidaxon Xudoynazarova.
@Sheriyat
СИЗ МЕНИ СЕВОЛМАЙСИЗ
Орзулари осмон қиз,
Бунча қайсар ўжарсиз.
Севги нима билмайсиз,
Сиз мени севолмайсиз.
Мен камбағол боламан,
Сизга хайрон қоламан.
Аниқ айта оламан,
Сиз мени севолмайсиз.
Қарайверманг мен томон,
Сизни кўнглингиз осмон.
Мен қаёғда сиз қаён,
Сиз мени севолмайсиз.
Отангиз кечаги бой,
Онангиз кўкдаги ой.
Беришмайди хойна-хой,
Сиз мени севолмайсиз.
Севги эмас ўйинчоқ,
Бошқа йўқми овунчоқ.
Ўйнаб юринг қўғирчоқ,
Сиз мени севолмайсиз.
Тақдир экан на чора,
Бўлиб қолманг оввора.
Узр мендан минг бора,
Сиз мени севолмайсиз.
ХУРСАНДБЕК ТОЖИХЎЖАЕВ✍️✍️
13.11.2023
@Sheriyat