sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

Sevib turib baxt tiladik😊

Sevgan yorin yuragida saqlaganlar,
Begonaga toshbagʻir, dilsiz boʻlamiz.
Oʻzgalarga tinmay, behad maqtaganlar,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Ketganiga sabab , bunday - unday deya,
Yolgʻonlarning koʻchasida tiz boʻlamiz.
Devonadek oʻzi qalbini oʻzi yeya,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Toʻkayotgan munchoq-munchoq yoshlarini,
Alam bilan birga qolgan qiz boʻlamiz.
Majburlikdan chimirib koʻz -qoshlarini,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Endi bizni unut deya majnuntolga,
Olovlikdan oʻzgargan bir muz boʻlamiz.
Dil soʻzlarin yozib bergan dastroʻmolga,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz.

Eslatma deb oʻtinamiz koʻchalarga,
Bevafo yor yuragida iz boʻlamiz.
Koʻz tushganda oʻrtanamiz yoʻlchalarga,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Sevgan yordan ajramoqlik dardin tuyib,
Armon boʻlgan muhabbatin qoʻmsab, kuyib,
Yoqmaysan deb aldab, lekin qalban suyib,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Ruxshona Ziyo ✍️

🌸🌸@Sheriyat🪐💫

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Madinaga ketamiz bir kun...
🎤 Tillobek

✍ ILYOSBEK

@Sheriyat

Ulashing

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Assalomu aleykum kanalimiz a'zolari
Yaqin Do'stim umra ziyoratida turib
sherlarimizni o'qib bizni kanaldaki barcha kuzatuvchilar,ijodkorlar haqqiga duo qildilar Do'stimizdan Alloh rozi bolsin.
Barchamizni shunaqa Ulug' joylarga Ota onamiz Ahillarimiz bilan borishni nasib aylasin.

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ЙИҒЛАТИНГ

Бугун бу қалбимни соғинч дастида
Муҳаббат арқони ила боғлатинг.
Устун йиғлагандек Расул қастида
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Саодат асрининг боғлари аро
Сайр ҳам қалбимга бўлмаса даво,
Майли не десангиз, айтингиз аммо
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Ул зотни мадҳ этинг, биз қулоқ осдик
Лайли севгисида ёнган бир Қайсдек,
Кўрмоқ орзусида ўтган Увайсдек
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Умар қатиъятда ўрнакдир ҳар дам,
Расул вафотида кўзларида нам
Ул зотдек ёш тўкмоқ истайман мен ҳам
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Расулим ҳақида Ҳассон сўйласин
Умму Уморалар кураш айласин,
Ҳақиқий муҳаббат дарди қийнасин
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг

Имом Ҳусайнни юрибман излаб, 
Суйганим бўйларин ул зотдан истаб,
Саҳоба икромлар ҳақида сўзлаб
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг! 

Ногоҳ жонлар қолмас бу ожиз танда,
Ул зотни тошбўрон қилишган онда,
Аддосдек бир шингил узум йўқ менда
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Битта қон кўйлаги қолгандир бори
Айтинг қандай экан Юсуфнинг ҳоли?
Унга интиқ бўлган Яъқуб мисоли-
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

Ансорлар ул зотдан бошқасин демас,
Расулин сирини айтмайди Анас,
Қалбларни банд қилган ёр ишқи эмас,
Ҳабибим ишқида гирён йиғлатинг!

©

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

​​​​ДЎСТГА ЗОР ҚИЛМА!

Кимдир оч, кимдир тўқ яшаб юрибди,
Насиб этган ошин ошаб юрибди.
Ё, Раб кўнглим хозир бўшаб турибди,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Дўсти бор одамни синдирмас қайғу,
Дўсти йўқ одамга, шарбат хам оғу.
Дўсти бор инсонга даркормас кўзгу,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Бу содда юракка умидлар экиб,
Маъюс кўзларимдан ёшларим тўкиб.
Ёлвориб сўрайман Сендан тиз чўкиб,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Бир кун суянч бўлсин, тўй ва байрамда.
Бир кун юпанч бўлсин, ғам ва мотамда.
Ёруғ тилак тилай ёруғ оламда,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Тушунсин отамдек, суйсин онамдек,
Бўлсин ё инимдек ёҳуд  оғамдек.
Яхши ният қилдим, яхши одамдек,
Бандангни ёвга хор,  дўстга зор қилма.

Содиқ дўст учратмоқ, осонмас тайин,
Денгиз тубидан дур излагандайин
Садоқатли улфат топмоқлик қийин,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Дўзах жохилгадир, жаннат оқилга,
Сузган одам борки чиқур сохилга,
То кузатилгунча сўнгги манзилга,
Бандангни ёвга хор, дўстга зор қилма.

Абураҳмон Мешаян

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Derlar Ona o'lsa sinadi bu qalb
Siniq qalbim ila yuribman Ona
Ro'molingiz hidi qilar meni jalb
Iforiga to'yolmay yuribman Ona

Hamma bordi hayitlik olib
Hursand qildi sovg'alar ila
Men o'tirdim bir chetda qolib
Ichimdan o'tganim bir õzim bila

Namozdan chiqibon tushdida ko'zim
ONAMGA deb yozib olingan bir gul
Ko'rdimu yoshlarga to'ldida ko'zim
Sizga deb olmabman birdona atirgul

Kulaman dardimni yashirib ortda
Olovman isimam men yona yona
Chetdan qaraganda yorug'ligi rost
Nurlidir lekin bo'm bo'shdir xona

Bozorlarda chiqdi yangi qulpnaylar
Olib borib ko'nglingizni hushlolmadim
Ex onajon bilinyapti endi qadr
Qo'lingizni o'pib mahkam ushlolmadim

Yoshligimda aytardingiz uyga kirgin
Ko'chalarda daydimagin yaxshi yurgin
Koyib turib aytardingiz shoshmay turgin
Men uydaman,shoshganim yoq siz yoq Ona

Ko'rib qolib internetda havas qilaman
Ona sizga haj umraga bilet oldim
Yo to'ylarda gul berganda qalb tilaman
Ex deymanu ko'zlarimni yumib oldim

Yo'qlamayham qoydingizku tushlarimda
Yo eslamay qo'ydimmikin ba'zan sizni
Har bir nafas,qadam yozu qishlarimda
Qalb tubimda yashagaysiz albat bizni

Esladimda bir misrani yozib tunda
Sizga yozsam satrlarim to'xtamaydi
Tilovatlar qilib yuray mayli kunda
Hech bir ayol siz onamga o'xshamaydi

✍Muallif onasi haqqiga duo qiling bas

Ulashing
@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

.
          Endi Yaxshimisiz...

Ishqni ko'mib dilginamning mozoriga
Sevgisini sotib soxta bozoriga
Yondiribla, kuydiribla ozoriga
Mendan Kechgan Gulim, Endi Yaxshimisiz

Ko'z yoshlari yomg'ir bo'lgan samolarga
Jonginasi yongan ,sitam, jafolarga
Ermak bo'lgan, to'rt kunlik bevafolarga
Mendan Kechgan Gulim, Endi Yaxshimisiz

Tunda oylar guvoh, mening dardlarimga
Ikki qaro ko'ziz qilgan ahdlarimga
Javob bermay kecha yozgan xatlarimga
Mendan Kechgan Gulim, Endi Yaxshimisiz

Derazaga tikib ko'zu qoshingizni
Urib, yorib, xarsanglarga boshingizni
Tiyaolmay to'kibsiz-a yoshingizni
Mendan Kechgan Gulim, Endi Yaxshimisiz

Onanggizmi, otanggizmi qarshi chiqqan
O'zinggizku, baxtingizni go'rga tiqqan
Bugun Ismim qo'yib, bolachasin tuqqan
Mendan Kechgan Gulim, Endi Yaxshimisiz

#Boburbek_Temirov
20.04..23

Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

"Шашт"

©Хайрулла Ҳамидов

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Tabriklarim sizga dindoshim
Ruhimiz yetsa to Rayyongacha
Oʻzingizni asrang dildoshim
Ramazondan Ramazongacha


🎙Sojida Mansurova

✍Marvarid

Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin aziz dindoshim 🎉

@Sheriyat

20.04.2023

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙓𝙖𝙮𝙞𝙩𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙪𝙗𝙤𝙧𝙖𝙠 𝙈𝙐𝙎𝙊𝙁𝙄𝙍𝙇𝘼𝙍𝙄𝙈...😊

✍𝙆𝙖𝙢𝙧𝙤𝙣𝙗𝙚𝙠 𝙄𝙨𝙢𝙤𝙞𝙡𝙤𝙫...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

📿📿📿📿📿📿📿📿📿📿📿

RAMAZONGACHA....

Yuragimiz to'ldida birdan,
Muborak oy... bu so'nggi kecha.
Kuzatamiz ko'zda yosh bilan,
Ramazondan Ramazongacha...

Mehmon bo'ldi o'ttiz kungina,
Ro'zasizlar o'tdilar qancha.
Dillariga solmasin gina,
Ramazondan Ramazongacha.

Shayton yo'ldan urolmay halak,
Ro'zadorga savoblar necha.
Hisobida adashar falak,
Ramazondan Ramazongacha.

Joynamozlar to'shaldi kun-tun,
Xatmi Qur'on goh azonchaga.
Hayot shunday o'tsaydi butun,
Ramazondan Ramazongacha.

Sahar turib Alloh farzi-chun,
Nafsimizni tiydik shomgacha.
Yana shunday bo'lmaydi nechun?
Ramazondan Ramazongacha.

Gunoh, Yolg'on, tuhmatdan kechib,
Shafoatga ergashdi barcha.
Yursak Zam-Zam suvidan ichib,
Ramazondan Ramazongacha.

Kechirmoq va uzr so'ramoq,
Qalblar uchun bo'ldi debocha.
Shunday qutlug' badal to'lamoq
Ramazondan Ramazongacha.

Bedorlikda mag'firat tilab,
Tonglar otdi bir Qadr kecha.
Shayton qoldi tilini tishlab,
Ramazondan Ramazongacha.

Bir oygina Ro'zamiz sabab,
Yaratganning maqtovigacha.
Farishtalar poyandoz yasab,
Ramazondan Ramazongacha.

Qilgandirmiz anchayin gunoh,
Jahannamning olovigacha.
Shu olovdan asragin Alloh,
Ramazondan Ramazongacha.

Tabriklarim sizga dindoshim,
Ruhimiz yetsa to Rayyongacha.
O'zingizni asrang dildoshim,
Ramazondan Ramazongacha...

#Marvarid

01.05.22      04:10

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Кетяпсанми Рамазон? 😢

Муҳаммаджон қори

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Mushoiralarimizdan.

Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

ILYOSBEK:
Kulaman dunyoni ishlari qiziq ,
Sevganing ketadi bowqaga tegib.
Siringni sotadi to‘rt qadam o'tib,
Besh kunlik dunyoda, foniy dunyoda...

Саодат Адхамджанова:
Yolg'on egallasa haqiqat o'rnin,
Qadri bo‘lmay qolsa insonning ko'nglin,
Musibat qoplasa sof dillar yo'lin,
Besh kunlik dunyoda, foniy dunyoda...

Akbaraliyeva:
O‘taverar vaqt ham to‘xtamas karvon,
Bo‘lavermas ekan hardam yo‘l ravon,
Bajarish mushkuldur,aytishchi oson,
Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

ILYOSBEK:
Do‘stlarim  ko‘pdir dedik kerilib,
Ishondik borimiz Jigarlarim deb,
Ishimiz tushganda Eshiglari berk ,
Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

Саодат Адхамджанова:
Tuttik qo'llariga ishonchimizni,
Ko'p ko'rdi zarracha quvonchimizni,
Sindirdilar suyangan tayanchimizni,
Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

Akbaraliyeva:
Ishonch va mexrni tekinga berib,
Hammani do‘stim deb ishonib yurib,
Endi yuribmiz qalbimiz bo‘lagin terib
Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

Саодат Адхамджанова:
O'zlariga  tilab olib kulfat - qayg'uni
Sottilar oqibat degan tuyg'uni,
Unutib qoydilar boqiy uyquni
Besh kunlik dunyoda foniy dunyoda

ILYOSBEK:
Pul topay deb mudom charchab tolamiz,
Hech kimsadan kam bo‘lmasin deb bolamiz.
Bu Soxta dunyo uchun  buncha  yonamiz ,
Besh kunlik dunyoda, foniy dunyoda...

Akbaraliyeva
Ahiri dunyo ham tugaydi bir kun,
O‘zingni yig‘ishtir sen shuning uchun,
Hammasin javobi bo‘lar qiyomati kun
Besh kunlik dunyoda,foniy dunyoda...

✍Akbaraliyeva
✍Ilyosbek
✍Saodat


siz izlagan kanal!!!
16.10.2021


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Bir kuni mendan arazlab qolib
Kirib chekka uyga ko'zyoshla borib
Ajab bo'sin degandek mardlikka olib
Qur'on o'qiganing tinglab tursam bas

Mayli qolib ketsaham ishlar
Baxor qilib dildaki qishlar
Shayton sanchib tursaki nishlar
Qur'on o'qiganing tinglab tursam bas

Roziman mayliga och qolsamham
Madorim qolmay,horib tolsamham
Qornimga tosh bog'lab olsamham
Qur'on o'qiganing tinglab tursam bas

Mayin yomg'ir yog'ib turgan payt
Eshitdimu yozgim keldi senga bayt
Bu qiroat narxi bormi qani ayt ?
Qur'on oqiganing tinglab tursam bas

Dunyoni bu ishlaridan ezilganda
G'amlik hissi yuzlarimdan sezilganda
Tuyg'ularim qalbda sekin kezilganda
Qur'on o'qiganing tinglab tursam bas

Quyosh yuzin ufq ko'rmagan payt
Oyham to'lib goh to'lmagan payt
Kayfiyatim sal bo'lmagan payt
Qur'on o'qiganing tinglab tursam bas

#premyera
✍ILYOSBEK

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

💥Бугун Ўзбекистон халқ шоири Мухаммад Юсуф туғилган куни!

Мухаммад Юсуф 1954 йил 26-Апрел Андижон вилояти Мархамат туманидаги Қовунчи қишлоғида туғилган.

Халқнинг қалбидан чуқур жой олган Мухаммад Юсуф ҳаёти ва ижоди ҳақида кўп гапириш, ёзиш мумкин. Мухаммад Юсуф 2001 йил 29-июлъ куни 47 ёшида вафот этди. Шоир ёзган шеърлар эса юракларимизда яшайверади.

👉 @Sheriyat !

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

СОХТАЛАРДАН ТЎЙДИМ ОНА

Сиз айтгандек ҳаммага дил қўйдим она,
Ёмон ишни яхшиликка йўйдим она.
Азобларим тўлиб кетди юрагимга,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Кўп кечирдим бой берди ҳар имконини,
Карвонсарой қилиб кўнглим маконини.
Жилмайишиб санчишади тиконини,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Фойдам учун олқишлашиб алқашади,
Фойдам тегмай қолса ўрним алмашади.
Кўзларимга қараб туриб алдашади,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Севганим вос кечмоқликда бироз шошди,
Яқинларим сирим сотиб ҳаддан ошди.
Ахир сабрим косаси ҳам тўлиб тошди,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Қаддимизни баланд тутсак шумлик бўлди,
Ҳурмат қилсак тилларида ,,қулликʼʼ бўлди.
Керагида оқибат ҳам пуллик экан,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Ёнгинамда мақтаб пойим яладилар,
Йўқлигимда ғийбат қилиб таладилар.
Ўлмай туриб қабримга тош қаладилар,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

Керак бўлса Одилбек кўп суюлади,
Иши тушса дўст қовоғи уюлади.
Фақат сизда ниқоб йўқдек туюлади,
Сохталардан бугун жуда тўйдим она.

✍ Одилбек Қодиров


❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | @Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙎𝙊'𝙉𝙂𝙄 𝘽𝙊𝙍...🥀

✍𝙎𝙖𝙧𝙫𝙞𝙣𝙤𝙯...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Shu paytgacha shu holimgacha
Dardlarimga qanday chidagan
Chidolmadim hatto bir kecha
Onam kasal boʻlmasin ekan



✍ Mumtozbegim

🎙 Sojida Mansurova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat
/channel/sheriyat/9706

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#premyera

SEN MENGA ALLOHDAN BIR
HADIYASAN

Bir kuni keladi shunday bir inson,
Ushlab qololmaysan bir soniya ham.
Ko'zlarimga qarab deydiki, ishon,
"Sen menga Allohdan bir hadiyasan !"

Yer-u samolarga ishonmas meni,
Sen bundan azobda yonib kuyasan.
Mehr-u muhabbati eslatmas seni,
O'shanda qalbingda og'riq tuyasan.

Jarohatim uni sira cho'chitmas,
Dardimga darmonim bo'lar, ko'rasan.
Mehrga o'raydi mendan hech ketmas,
Borini beradi Agar so'rasam.

Bir kuni keladi shunday bir inson,
Meni uzoqlarga olib ketadi.
Yashirib qo'yadi hattoki shu on,
Izlab topolmayin umring o'tadi.

Qo'limdan tutadi mehr-la mahkam
Sen esa men uchun unut bo'lasan.
Yana takror aytar "-Munisam, erkam,
Sen menga Allohdan bir hadiyasan!!! "

Men esa Allohdan so'rab baxtimni,
Kutaman unga deb vafo, ahdimni !!


#Marvarid

08.08.21
03:14





𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

BAXT NIMA ?

Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni
Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo‘llaridan tutib ro‘yoni
Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!

Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!

Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog‘ing bilan
Shu bir qultum suvni yutganing!

Hamma yerda Baxtlaring sochiq
Baxorlardan go‘zallik yiqqan,
Baxt emasmi? Ko‘zlaring ochiq?
Osmonga boq, ko‘kka oy chiqqan!

Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki Baxt - yelib tolmoqlik
Hammaga ham nasib etmaydi
Tongda turib nafas Olmoqlik!!!

©Erkin Vohidov

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Рамазон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Қалбимизга шодлик, кўзимизга нур, дастурхонларга барака, оиламизга тинчлик неъматларини олиб келувчи Рамазон ҳайити хайрларга васила бўлсин!

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Fatvolar taqvoga o'xshatildilar
Ikki xil yo'l berib yumshatildilar
Ramazon ketmoqda yig'lang doslarim
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Endi ko'ngil qilar neni hohlasin
Taqvoda turiboq o'zin oqlasin
Yig'lab so'rang endi Alloh saqlasin
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Qalblarga tashlaydi fitnali savol
Solmoq istab turar iymonga zavol
Hayol bo'lib kelar gohida ayol
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Ne derdik shaytonga qabrlar bo'lsin
Zulmiga yarasha jabrlar bo'lsin
Yana o'n bir oyga sabrlar bo'lsin
Shaytonlar zanjirdan bo'shatildilar

Alvido yuragimga futuhotin yo'ldirgan oy
Alvido miskinlarni yuzlarini kuldirgan oy
Senla nafsni jilovidan tutdiktunlar bedor bolib
Senga yetgaymizmi saflarimiz tolib to'lib

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Nafslarning isyonin tuzatgan oyim,
Olamni rahmatdan bezatgan oyim.
Seni kuzatmoqlik naqadar ogʻir,
Rasululloh ﷺ yigʻlab kuzatgan oyim.

Kelishing bayramdir, ketishing hijron.
Gunohga kafforot, ey qalbga darmon.
Senga yetarmanmi yana bilmadim,
Oylarning sultoni xayr - Ramazon
...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙏𝙖𝙫𝙛𝙞𝙦...

🎙𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Bir_bayot...

Hislarimga buyruqlarim o‘tmay qoldi,
Vijdonim ham chirangancha ohir toldi.
Ishqim aqlim hokimyatin qo‘lga oldi,
Ishqning quli bo‘lgan telba oshiq bo‘ldim!

So‘lib qolgan gul bersa ham mehrim berib,
Bittta bo‘sa og‘ushida qorday erib,
Yurdim yolg‘on yorim uchun ko‘krak kerib,
Yolg‘onlarga ko‘ngan rostgo‘y oshiq bo‘ldim!

Hayolimdan hechne o‘tmay qoldi bugun,
Yuragimga og‘riqlar ham qildi hujum.
Tillarim ham mum yutganday turadi jim,
Hiyonatdan yaralangan oshiq bo‘ldim!

Bo‘ldim ruhi tashlab ketgan vujuddayin,
Sevgim kuchli edi huddi Uhhuddayin,
Boqing,holim-yonib o‘chgan gugurdayin
Otashlikdan kulga o‘tgan oshiq bo‘ldim!

Akbaraliyeva 24.11.2021 06:43

@sheryat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yana yurak dardi ,yana ishq dardi
Yoddan chiqmas hotiralar ezaverarkan
Qanchalar mehringni bersang kimsalar
Mensimay qaddingni egaverarkan

Azoblar to‘xtamas ishq dunyosida...

🎙Khamdamov
✍️Akbaraliyeva

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sizni sog‘inyapman

Sizni sog‘inyapman, aldaganim yo‘q,
O‘sha vujudimda uchayotgan qush.
Unsiz ko‘zlarimda yonayotgan cho‘q,
Mayus nigohlarim turibdi xomush.

Sizni sog‘inyapman, olovdek yonib,
Yonib ketmoqdadir hattoki, jonim.
Devona bo‘lyapman o‘zimdan tonib,
Quvonchsiz, shodliksiz, go‘yo har onim.

Sizni sog‘inyapman, osmonlar qadar,
Bitta yulduz bo‘lib qolsangiz mayli.
Bu ishqning gadosi bo‘ldi darbadar,
Yuragim taftini olsangiz mayli.

Sizni sog‘inyapman, bitta qush bo‘lib,
Bahorni sog‘ingan qaldirg‘och kabi.
Yashardim, ko‘klamda jilvaga to‘lib,
Boychechakka to‘lsa anhorning labi.

Sizni sog‘inyapman, bo‘ling sog‘-omon,
Sog‘inchlar qalbimda mavjlansa mudom.
Sizga yetmoqligim bo‘lardi oson,
Umrim davoniga kelmasidan shom.

Sizni sog‘inyapman...
Aldaganim yo'q....

✍Muallifini kimligini bilolmadim

@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал