sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

Sal rangim oqarsa soʻraysan holim...

Erkalab aytasan, HAYOTIM, BORIM

Senga bir sirimni ochaymi yorim

Bemorlik ham yoqar...

Yonimda...

Boʻlsang ...❤️

🎙Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yurakda umidi aslo so'lmasin.
Onam deb ko'zlari yoshga to'lmasin.
Ollohim qo'llagin bandalaringni.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Ko'ziga dunyolar tor bo'lib ketar.
Gadoy-u g'aribdan hor bo'lib ketar.
Davosiz dard bo'lsa chorasiz netar.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Saharda quyoshsiz tongi otarkan.
G'amlarni quchgancha kuni botarkan.
Ollohga yolvorib tuni o'tarkan.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Ko'zidan aylanib ketmas ekan nam.
Yarimta ko'ngliga sig'maydi qil ham.
Shifo berolmasa qilarkan alam.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Nochor bechoramiz qarshingda biz jim
Ojizmiz sen kabi bo'lolmas hech kim.
Yaratgan sendan bir yolg'iz o'tinchim.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Yayrasin farzandlar baxtini ko'rib.
Yonida yursa bas duolar qilib.
Makkaga borsinlar hojilar bo'lib.
Hech kimning onasi hasta bo'lmasin.

Muallif: Komila Qiz.✍

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Men óshaman g'ururi
Hali ham yo'qolmagan
Baxtli ayol darsidan
A'loga ótolmagan....

Men óshaman, ha ósha...


✍Akbaraliyeva

🎙Sojida Mansurova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

,,Kelmaysanmi"

Bilmaysan ichimda qulagan tog'lar,
Suvsirab hazonga aylangan bog'lar,
Ayriliq kuyini chalyabdi zog'lar,
Shunda ham sog'inib kelmaysanmi yor?

Xatolar adashgan gunohni quchib,
Orzular yettinchi osmonda uchib,
Qolyabman bazida o'zimdan cho'chib,
Shunda ham sog'inib kelmaysanmi yor?

Surating qarshimda turadi kulib,
So'zlaring qalbimni olyabdi o'yib,
Ketsam gar baridan shunchalar to'yib ,
Yonimga bir bora kelmaysanmi yor?

Kechalar  dardimni ichimga yutib,
Kun kirsa baxtiyor odamdek kulib,
Sening kelishingni telbacha  kutib,
Yursam ham bir bora kelmaysanmi yor?

Qo'l tegsa kuydirar sog'inchning tafti,
Bunchalar chalkashdir diydorning kafti,
Mayli yuragimga qo'yib bir shartni,
Sog'indim desam ham kelmaysanmi yor?


✍ Munavvara_Dilroz ✍

Siz izlagan manzil

🍂 @sheriyat 🍂

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Farz qilingan besh vaqt ibodat qani
Avvalo Allohga itoat qani
Egam kechirgaydir garchi bandani
Deding duoyim mól.ijobat qani
Didim gunohing mól xijolat qani

Mualliflar....

✍Farida Órinova

🎙Ziyodа

✍ Malika Mardon

🎙Sojida Mansurova

#arxiv

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Ketayapman

Yomĝir yoĝar tomchi-tomchilab,
Armonlarim yiģladi unsiz.
Kutib òttim, bir umr sizni
Endi yashang, siz ham mensiz.

Ketayapaman, oyoqsiz otda,
Qaytmas olis manzillar tomon.
Mayin yoĝgan yomĝir ostida,
Uhlayapman òsha men yomon..

Soğinmang mayli, eslamang ham,
Bòlmasin kòzlaringiz nam
Faqat Qur'on òqiganiizda,
Jannat tilang menga ham.

Yiģlamadim, yiğlamayman men,
Qotib qolgan jolalarim
Yuzimda nim tabassum ila,
Òzimla ketar sòzsiz she'rlarim
......
اِقرَ Bintu Anvar

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#premyera

Musofirning qismatiga qilmang havas,
Koʻz yosh tomgan shoʻr oshini tatib koʻrmay.
Oʻzga yurtning yerdek taqir toʻshagiyu,
Toshdek qattiq bolishida yotib koʻrmay!

Muhokama qilmang uni behijolat,
Ich-ichidan ne dardi bor bilar oʻzi.
Uyingizdan ketib koʻrib bir kun faqat,
Keyin oʻsha musofirga tilang toʻzim!

Oʻzingizni bir borgina  “QOʻMSASH” degan,
Dunyoda eng baland dorga osib koʻring.
Bolangizni sogʻinganda oʻzinimas,
Suratini bagʻringizga bosib koʻring!

Oson bilmang...
Boshingizga tushmasin hech,
Koʻz yoshlarin yigʻsa daryo boʻlarmidi.
Miltiq tirab tursangiz ham unga qolsa,
Unga qolsa shu qismatga koʻnarmidi!

Boshga tushmay bir nimalar demoq oson,
Oʻzi bilar har kim oʻzdan oʻtganini.
Bilmaysizku nima sabab yutgancha jon,
Uzoqlarga boshin olib ketganini!

Musofirning qismatiga qilmang havas,
Koʻz yosh tomgan shoʻr oshini tatib koʻrmay...

Malika Tavfiq


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

**

Tikonlar ustida yuribman,
Tovonim qonadi hasratdan.
Kechalar uhlolmay qo'rqyabman ,
Tushimga kiryotgan daxshatdan.

Gunohlar  mevalar tuggan - u ,
Savoblar turibdi suvsirab.
O'zimni ko'ryabman uzoqdan,
Yuribman qaydadir dovdirab.

Yo'qotib qo'yibman yo'limni,
Nur izlab yuribman qoyada.
O'zini ayblab yotibdi,
Vijdonim uyalib soyada.

Sozlashga yetmaydi madorim
Chiqmaydi og'zimdan bir hitob
Yonimga keladi bitta nur ,
Tutqazar qo’limga bir kitob.

Yozilmish har bitta amalim ,
Kimlarni qalbini o’yibman .
Kibrga o’rabman ozimni,
Farzimni hazilga yo’yibman.

Ajabo , hayratdan yoqamni
Ushlayman bir g'alat hayajon
Bosadi butun bir tanamni
O'zimni sezyabman chalajon.

Nahotki,men bo'lsam barchasi
Ko'zimdan chiqyabdi  o't chaqnab.
,,Bilsayding avvaldan qilmasding "
- Deb turar shayton ham bir "maqtab"

Yoshimni tutolmay yig'ladim ,
Jazolar ko'ksmni yondirdi.
Qilingan gunohlar barchasi,
Tanamda izini qoldirdi.

Seskanib uyg'ondim to'satdan,
Barchasi daxshatli tush edi.
Bir kecha ,bir oqshom o'zida
Jahannam o'ziga tush dedi.

Allohim,  yo'limni yoritgin
Iymonim qilib qo'y mustahkam.
Yo'limdan ozdirmay tursinlar,
Savobim shundog' ham juda kam.

Tush bo'lsin,hush bo'lsin barchasi,
Barchasi hayrga yor bo'lsin.
Allohim rahm qil bizlarga
Jannatda joyimiz bor bolsin.

Yurayin gul terib gulzorda
Umrimni chamani chog’ bolsin
Iymonim naqsh ursin dilimda,
Qalbimni bo’stoni bog’ bolsin.

She'r muallifi:
✍ Munavvara_Dilroz ✍


🍂 Siz izlagan manzil 🍂

👇👇👇👇👇👇

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙆𝙀𝘾𝙃𝙄𝙆𝙆𝘼𝙉 𝙎𝙀𝙑𝙂𝙄𝙈...❤️

𝘽𝙞𝙡𝙖𝙢𝙖𝙣 𝙮𝙤𝙣𝙞𝙯𝙙𝙖 𝙤'𝙯 𝙮𝙤𝙧𝙞𝙣𝙜𝙞𝙯 𝙗𝙤𝙧,
𝙔𝙤𝙙𝙞𝙣𝙜𝙞𝙯 𝙮𝙤𝙙𝙞𝙢𝙙𝙖𝙣 𝙝𝙖𝙢𝙤𝙣 𝙠𝙚𝙩𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞.
𝙔𝙤𝙧𝙢𝙖𝙨, 𝙗𝙤'𝙡𝙙𝙞𝙢 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙗𝙖𝙡𝙠𝙞 𝙙𝙞𝙡𝙤𝙯𝙤𝙧
𝙐𝙯𝙖𝙩𝙨𝙖𝙢 𝙦𝙤'𝙡𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙮𝙚𝙩𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞.

𝘽𝙖𝙝𝙤𝙧𝙙𝙚𝙠 𝙤𝙘𝙝𝙞𝙡𝙙𝙞 𝙦𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖 𝙡𝙤𝙡𝙖,
𝙄𝙨𝙝𝙦𝙞𝙣𝙜𝙞𝙯 𝙩𝙖𝙛𝙩𝙞𝙮-𝙪, 𝙝𝙖𝙧𝙤𝙧𝙖𝙩𝙞𝙙𝙖𝙣.
𝙇𝙚𝙠 𝙣𝙖𝙨𝙞𝙗 𝙚𝙩𝙢𝙖𝙙𝙞 𝙫𝙞𝙨𝙤𝙡 𝙗𝙞𝙧 𝙗𝙤𝙧𝙖,
𝙆𝙤'𝙧𝙨𝙖𝙩𝙜𝙖𝙣 𝙨𝙚𝙫𝙜𝙞𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙟𝙖𝙨𝙤𝙧𝙖𝙩𝙞𝙙𝙖𝙣.

𝙏𝙪𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙩𝙤 𝙩𝙤𝙣𝙜𝙖𝙘𝙝𝙖 𝙨𝙖𝙫𝙤𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙨𝙮𝙤𝙧.
𝙊𝙨𝙝𝙞𝙦𝙡𝙖𝙧 𝙨𝙚𝙫𝙖𝙙𝙞 𝙖𝙮𝙩𝙞𝙣𝙜𝙡𝙖𝙧 𝙣𝙚𝙘𝙝𝙪𝙣?
𝙉𝙖𝙢 𝙮𝙤𝙨𝙩𝙞𝙦𝙦𝙖 𝙗𝙤𝙨𝙝𝙞𝙢 𝙦𝙤'𝙮𝙖𝙢𝙖𝙣 𝙖𝙨𝙩𝙖,
𝙏𝙪𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙙𝙖 𝙨𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙠𝙤'𝙧𝙢𝙤𝙦𝙡𝙞𝙠 𝙪𝙘𝙝𝙪𝙣.

𝙏𝙪𝙣𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙮𝙖𝙠𝙪𝙣𝙞𝙙𝙖𝙣 𝙨𝙚𝙠𝙞𝙣 𝙮𝙤𝙧𝙞𝙨𝙝𝙞𝙗
𝙏𝙤𝙣𝙜𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙤𝙩𝙞𝙨𝙝𝙞𝙣𝙞 𝙞𝙨𝙩𝙖𝙢𝙖𝙨 𝙮𝙪𝙧𝙖𝙠.
𝙊𝙡𝙖𝙧 𝙣𝙖𝙛𝙖𝙨𝙞𝙢𝙜𝙖 𝙠𝙚𝙩𝙙𝙞𝙯 𝙦𝙤𝙧𝙞𝙨𝙝𝙞𝙗,
𝙎𝙞𝙯𝙙𝙖𝙣 𝙤'𝙯𝙜𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞 𝙨𝙚𝙫𝙢𝙖𝙨𝙖𝙢 𝙠𝙚𝙧𝙖𝙠

𝘾𝙝𝙤𝙧𝙖𝙨𝙞𝙯 𝙗𝙪 𝙙𝙞𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙘𝙝𝙤𝙧𝙖 𝙞𝙯𝙡𝙖𝙮𝙙𝙞,
𝘽𝙞𝙧 𝙨𝙤'𝙯 𝙙𝙚𝙢𝙤𝙦𝙡𝙞𝙠𝙠𝙖 𝙤𝙟𝙞𝙯𝙙𝙞𝙧 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙢.
𝙓𝙖𝙨𝙩𝙖 𝙗𝙪 𝙮𝙪𝙧𝙖𝙜𝙞𝙢 𝙨𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙦𝙪𝙢𝙨𝙖𝙮𝙙𝙞,
𝙀𝙮 𝙢𝙚𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙠𝙚𝙘𝙝𝙞𝙠𝙠𝙖𝙣
𝙆𝙚𝙘𝙝𝙞𝙠𝙠𝙖𝙣...
𝙎𝙀𝙑𝙂𝙄𝙈...❤️

✍𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Solihani qidiryapsz
Taqvoni siz qilavermasdan
Siz Alidek boʻlib oling (R.A)
Fotomani qidiravermasdan..


#premyera


✍✍Ilyosbek

🎙🎙Sojida Mansurova


@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

*
Тўрт деворга ўхшаб қолар файзсизгина,
Фаришталар ташлаб кетгач хонангизни.
Давлат экан, савлат экан ота-она,
Бағрингизга босиб қолинг онангизни!
Дуоларин олиб қолинг отангизни!

Ҳолин сўранг онаси юқ инсонларни,
Қалдирғочлар четлаб ўтган айвонларни,
Имконлари қўлдан кетмай имконларни,
Бағрингизга босиб қолинг онангизни!
Дуоларин олиб қолинг отангизни!

Сўнг сезмайсиз қаймоқнинг ҳам қаймоқлигин,
Сўнг сезмайсиз пар болишнинг юмшоқлигин,
Соғинасиз йўлингизга муштоқлигин,
Бағрингизга босиб қолинг онангизни!
Дуоларин олиб қолинг отангизни!

Эй онаси ҳаёт юрган бахтиёрлар,
Худойимнинг раҳматидан умидворлар,
Тўйиб қолинг ғанимат-ку бу дийдорлар,
Бағрингизга босиб қолинг онангизни!
Дуоларин олиб қолинг отангизни!
Озода Жўраева

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

🎙Farkhodova Dilnoza
✍Yasemin

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

,,Sevdim"

Bilsayding ,sevmadim shunchaki  seni
Yurakni ozorga ko'ndirib sevdim.
Ismingni takrorlab kechalar pinhon,
Hamamdan yashirib, telbacha sevdim .

Bilsayding, sevmadim shunchaki seni,
To'siqlar ustidan hakalab sevdim.
Barcha haqiqatni ko'zini boylab,
Shirin yolg'onlarningni ichida sevdim.

Bilsayding, sevmadim shunchaki seni.
Yuzing oftobida kuygunncha sevdim .
Qalbimni hijronni qo'liga tutib,
Orzular ro'yosi kelguncha sevdim.

Bilsayding ,shunchaki sevmadim seni,
Kechalar ko'nglimni qiymalab sevdim.
Kunduzning ko'ziga yoshib yashirib ,
Dardlarim ustidan kulgancha sevdim.

Bilsayding, shunchaki sevmadim seni
Hoy-u xavaslardan yuz burib sevdim.
Umrimni boricha olar nafasim,
Sening shodlingga jo qilib sevdim.


✍ Munavvara_Dilroz ✍


@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yo Rab meni kechir tavbalar qildim...



✍✍Malika Tavfiq

🎙🎙Sojida Mansurova


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

ТАКЛИФ

Юрагимга тошди ҳар хил яралар,
Бунга ҳар тарафдан турлик қаралар.
Ўтмишнинг қаъридан садо таралар:
“Келинг энди, дўстим, виждонлашайлик!”

Бугун ҳайрон ишонч, ҳайрон ақида,
Молу давлат порлар дил пештоқида.
Етарли гаплашдик дунё ҳақида,
Келинг энди, дўстим, осмонлашайлик!

Ёлғонни тўхтатиб, бир ростини ҳам,
Сўйласак на ҳузур дил дўстини ҳам?!
Озгина ўйласак ер остини ҳам,
Келинг энди, дўстим, ризвонлашайлик!

Кечиб бир зумгина савдойи нафдан,
Қўрқмасак бўлмайди илоҳий хавфдан.
Гаплашайлик, келинг, Асҳоби Каҳфдан,
Келинг энди, дўстим, достонлашайлик!

Дунёнинг ишлари бир гап бўлади,
У ҳақдаги гаплар кир гап бўлади.
Боқий ҳақда кечса, зўр гап бўлади,
Келинг энди, дўстим, паймонлашайлик!

Хайрулло айтади етти букилиб:
“Девонахонага ҳамма йиғилиб,
Еттинчи асрга бир сафар қилиб,
Келинг энди, дўстим, иймонлашайлик!!!”

Xayrulla Hamidov
@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙔𝙖𝙮𝙧𝙖𝙨𝙞𝙣 𝙛𝙖𝙧𝙯𝙖𝙣𝙙𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙖𝙭𝙩𝙞𝙣𝙞 𝙠𝙤𝙧𝙞𝙗.
𝙔𝙤𝙣𝙞𝙙𝙖 𝙮𝙪𝙧𝙨𝙖 𝙗𝙖𝙨 𝙙𝙪𝙤𝙡𝙖𝙧 𝙦𝙞𝙡𝙞𝙗.
𝙈𝙖𝙠𝙠𝙖𝙜𝙖 𝙗𝙤𝙧𝙨𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙓𝙤𝙟𝙞𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙤'𝙡𝙞𝙗
𝙃𝙚𝙘𝙝 𝙠𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙊𝙣𝙖𝙨𝙞 𝙝𝙖𝙨𝙩𝙖 𝙗𝙤𝙡𝙢𝙖𝙨𝙞𝙣.

✍𝙆𝙤𝙢𝙞𝙡𝙖 𝙌𝙞𝙯

🎙𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖

21.09.2024

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙔𝙪𝙧𝙖𝙮𝙞𝙣 𝙂𝙪𝙡 𝙩𝙚𝙧𝙞𝙗 𝙜𝙪𝙡𝙯𝙤𝙧𝙙𝙖
𝙐𝙢𝙧𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙘𝙝𝙖𝙢𝙖𝙣𝙞 𝙘𝙝𝙤𝙜' 𝙗𝙤𝙡𝙨𝙞𝙣
𝙄𝙮𝙢𝙤𝙣𝙞𝙢 𝙣𝙖𝙦𝙨𝙝 𝙪𝙧𝙨𝙞𝙣 𝙙𝙞𝙡𝙞𝙢𝙙𝙖
𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙣𝙞 𝙗𝙤𝙨𝙩𝙤𝙣𝙞 𝙗𝙤𝙜' 𝙗𝙤𝙡𝙨𝙞𝙣.


✍𝙈𝙪𝙣𝙖𝙫𝙫𝙖𝙧𝙖 𝘿𝙞𝙡𝙧𝙤𝙯

🎙𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Men o‘shaman.

Men o‘shaman ko‘nglini,
Armonlarga uchurgan.
Men o‘shaman baxtini,
Baxtsizlikka ko‘chirgan.

Men o‘shaman bir olov,
Yonib yonib kul bo‘lgan.
Malikaman men deya,
Umrin sotib qul bo‘lgan.

Men o‘shaman dardisar,
Dardibedavo bo‘lgan.
Men o‘shaman umri ko‘p,
Lekin har safar o‘lgan.

Men o‘shaman ko‘zyoshim,
Yomg‘irlarning homiysi.
Ha o‘shaman yuragim
Qayg‘ularning jome'si.

Ha o‘shaman hayoti,
Tuproqlarga qorishgan.
Gap so‘z bilan basma bas,
Kecha kunduz olishgan...

Men o‘shaman kimgadur,
Yaxshi yo yomon bo‘lgan.
Rostgo‘y bo‘laman deya,
Tuhmatga nishon bo‘lgan.

Men o‘shaman kelida,
Bardoshlari ezilgan.
Yashirsa ham dardini,
She'rlarida sezilgan.

Men o‘shaman g‘ururi,
Haliham yo‘qolmagan.
Baxtli ayol darsidan,
A'loga o‘tolmagan...

Men o‘shaman, ha o‘sha...

Akbaraliyeva

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Ona!
Meni oʻgʻil qilib tugʻsang boʻlarkan.

✍Malika Tavfiq

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

OSON TUTMANG
(O'qituvchilarga yuborib qo'yamiz)

Tunlar bedor izlar nur ziyo,
Igna bilan choh qazib, go‘yo,
O‘ttiz bola, o‘ttiz hil dunyo,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Taraqqiyot yo‘lida ma’mnun,
El, yurt uchun ishlar tunu kun,
Ma’sul ular kelajak uchun
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Maktab ulug‘ -qo‘rg‘onim desa,
Ilmim yuksak -parvozim desa
Quvnang bola ustozim desa,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

O‘qib, o‘rgan deydi u takror,
Mehri daryo, qalbi ulug‘vor,
G‘iybat qilmang ortidan bekor,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Olyaptiku oyligin deya,
Ko‘z ostidan qaramang qiya,
Shovqinlarda shovullar miya,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

"Bizlar uchun tarbiya -hayot,
Yo halokat yoki bir najot,,
Avloniydan qolgan bu bayot,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

O‘tar dunyo, o‘tadi umr,
Topsin ahir halovat huzur,
Aytdim qo‘ydim ming bora uzr,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

✍️ Xurshid Karim

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Musofirning qismatiga qilmang havas
Koʻz yosh tomgan shoʻr oshini tatib koʻrmay
Oʻzga yurtning yerdek taqir tóshagiyu
Toshtek qattiq bolishida yotib koʻrmay .


Musofirda yurgan barcha yaqinlarimizni Allohim oʻz panohida asrab yursin ilohim🤲

✍Malika Tavfiq

🎙Sojida Mansurova.

6.05.2023


@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Ishqiy qissalarning barchasi ro'yo,
Menimcha sevgi deb hech kim o'lmagan
Lekin yaralgandan beri bu dunyo
Seni sog'inishdek azob bolmagan

Soxta maddohlikning bari behuda
Hamma ham g'amginlikni ko'rmaydi baham
Qoshingni chimirib qaraganingda
Yoqimli manglaying chiziqlari ham

Qancha qadirdon bu yangi nigoh
Ko'rdimmi - ko'ksimda mehr to'ladi
Ismingni xotiradan chiqarish gunoh
Hatto suratingni sevsa bo'ladi..

Muallifga rahmat

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

06.09.2024

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙆𝙀𝘾𝙃𝙄𝙆𝙆𝘼𝙉 𝙎𝙀𝙑𝙂𝙄𝙈...❤️


𝘾𝙝𝙤𝙧𝙖𝙨𝙞𝙯 𝙗𝙪 𝙙𝙞𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙘𝙝𝙤𝙧𝙖 𝙞𝙯𝙡𝙖𝙮𝙙𝙞,
𝘽𝙞𝙧 𝙨𝙤'𝙯 𝙙𝙚𝙢𝙤𝙦𝙡𝙞𝙠𝙠𝙖 𝙤𝙟𝙞𝙯𝙙𝙞𝙧 𝙩𝙞𝙡𝙞𝙢.
𝙓𝙖𝙨𝙩𝙖 𝙗𝙪 𝙮𝙪𝙧𝙖𝙜𝙞𝙢 𝙨𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙦𝙪𝙢𝙨𝙖𝙮𝙙𝙞,
𝙀𝙮 𝙢𝙚𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙠𝙚𝙘𝙝𝙞𝙠𝙠𝙖𝙣
𝙆𝙚𝙘𝙝𝙞𝙠𝙠𝙖𝙣...
𝙎𝙀𝙑𝙂𝙄𝙈...❤️

✍𝘿𝙪𝙣𝙮𝙤 𝙓𝙪𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙖...

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Óchib ketsang edi mutloq yodimdan
Bir kecha tong qadar ogʻir uxlasam
Olgin evaziga jonimni olu.
Meni tinch qoʻyishga ichsang bas qasam


🎙 Sojida Mansurova

✍Malika Tavfiq

1.06.2023

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sen qismatga ishonasanmi?
Koʻrganmisan meni qaydadir?
Bilsang buni mujiza emas
Taqdir derlar Azizim taqdir.


✍Malika Tavfiq

🎙
Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Koʻngil yomgʻir deydi, kongil sev deydi ....

✍✍Zoxir Olimov
🎤🎤Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Hijron.


🖤Bugun eshik qoqib keldi fasli kuz,
Jimgina nigohing tinib qolgandir?
Oh sevib ostida turarding qara,
Sening ham hovlingda yomgʻir yogʻgandir?

🤍Qurshab oldi meni turli hayollar,
Balki Robbim qalbga ishqni solgandir?
Meni qiynar shu on turli savollar,
Balki, koʻnglingizda yomgʻir yogʻgandir?

🖤Hayolingda nelar hayotingda ne,
Mazmunsiz yuraging boʻm-boʻsh qolgandir?
Qoʻngʻiroq qil onda menga ham qiziq,
Sening ham hovlingda yomgʻir yogʻgandir?

🤍Dardlarim kuz kabi hokisor bugun,
Qalbim tilib koʻnglingiz mayli toʻlgandir?
Qancha inson ahir sizga zor bugun,
Balki, koʻnglingizda yomgʻir yogʻgandir?

🖤Dardinga jonimni qurbon etaymi?
Koʻnglinga dunyolar sigʼmay turgandir?
Tomchiga aylanib senga yetaymi?
Sening ham hovlingda yomgʻir yogʻgandir

🤍Keling, yoʻlingizni kutyapman mushtoq,
Sabringiz kosasi toʻlib boʻlgandir?
Koʻnginlingiz misoli nurlardek oppoq,
Balki, koʻnglingizda yomgʻir yogʻgandir?

🖤Mushtoq koʻzlaringni koʻzimga qadab,
Sabrim bor sogʻinchim bois tongandir.
Soyabon ostida etarmiz diydor,
Sening ham hovlingda yomgʻir yogʻgandir.

🤍Soyabon kerakmas, aslida bizga,
Nima- ki, boʻlsa ham yaxshi boʻlgandir?
Aytar soʻzlarim koʻp ishoning sizga,
Balki,koʻnglingizda yomgʻir yogʻgandir?

🖤Sening sochlaringa tomganda mayin,
Yuzingdan yoshingla sekin tomgandir?
Seni umrim bino sogʻinib oʻtdim,
Qara...
Hovlingda ham yomgʻir yogʻgandir

🤍Mehringiz oldida qilayin tazim,
Balki koʻzlaringiz maftun qilgandir?
Oldimda boʻlsangiz har onim bazim,
Balki koʻnglingizda yomgʻir yogʻgandir?

🖤Mehrim oz sen bergan onlar oldida,
Qara yoʻlaklarga balki tingandir.
Men chiqdim koʻrgani oz qoldi diydor,
Bu yomgʻir biz uchun sabab boʻlgandir.

Saidxon_Ansarov ✍🖤
RuxshonaNurmamatova_N1✍🤍

|| rasmiy kanal @Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yaratgandek seva olmas yaratilgan

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Ijrochi - Fi Qalbiy Shoir - Usmon Hakim Dunyo…
Kel ey do‘st – kechib o‘t esgan saboni,
O‘tkinchi xayollar, yolg‘on dunyoni,
So‘ng angla oxirat oxir zamonni,
Qo‘lida may tutgan mayxo‘rmi dunyo.
Ajali payt kutgan qonxo‘rmi dunyo.

Kel ey do‘st – aysh-ishrat, o‘tkinchi yallo,
Ko‘z ochib ko‘rganing vaqtincha ro‘yo,
Topganing bir qabr kafandir illo,
U dunyo, bu dunyo sobitmi dunyo,
Qabringga kuzatar tobutmi dunyo,

Kel ey do‘st – nomai amali rahmon,
Bo‘lmagin hirsga qul shaytoniy inson,
Qalbingni maxf etsin islom-u qur’on,
Sen kelib men ketar kun ekan dunyo,
Yo’qlikga ko‘milgan tun ekan dunyo
Usmon Hakim.
@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Mendan qutulmoqchi boʻlsangiz agar ...

Yoki men oʻlaman✊...

Yo oʻlasiz SIZ🫵....

✍Malika Tavfiq...

Ana sheʼrimni oʻrtasiga pauza tushib qolibdi...🤦‍♀😂😂

@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал