sheriyat | Неотсортированное

Telegram-канал sheriyat - Ajoyib she'rlar

4697

Sheriyat olamiga xush kelibsiz. O'zbekistonda eng faol she'rlar kanali. Bizda hech qanday reklamalarsiz Sher va takliflaringiz bo'lsa admin @ILYOSBEK77 va @Isombek ga murojat qilishingiz mumkin. Dóstlaringizni ham taklif qiling @Sheriyat

Подписаться на канал

Ajoyib she'rlar

,,Sevgi bor "

Demakki, ishq bo'lmagan deysiz
Yozilgan she'r ,dostonlar yolg'on.
Chin sevgini qushdek uchurib
Kulin ko'kka sovurgan inson.

Muhabbatni yolg'on deysizmi
Navoiyning tinchini buzib.
Gar sevmasa Farhod Shirinni
Tog' - u toshni o'tmasdi kechib.

Otabek va Kumush ko'ngliga
O't qalamang sevgi yo'q deya,
Gar bo'lmasa muhabbat sevgi
Zaynab bilib sevmas edimi?

Kapalakni ortidan quvib
Ishq neligin bilmagan Anvar
Ra'noga duch kelib sevganda,
Ishq muhabbat sochgan edi zar.

Kechiradi deysizda sevgan
Otelloni yuziga mushtlab
Xiyonatni kechirmas ahir
Chin yurakdan ,ko'ngildan sevgan.

Chin sevgini topish dargumon
To'g'ri bizning ajib zamonda
Bu degani yo'q deganimas,
Sevganlar bor qolib armonda.

Muhabbat bor,sevgi bor ,ishq bor
Demang bo'ldi ko'zlaringni yum.
Sevilgansiz balki,ehtimol,
Sevmay turib chiqarmang hukm.


✍ Munavvara_Dilroz

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

MEN XUDO EMASMAN...

Men Xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog‘ing javob.
O‘zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do‘zaxda chekyapman azob.

Balki ko‘p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o‘zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men Xudo emasman,
Menga baribir.

✍ Anvar Obidjon

🎤GULYUZ & KONSTA

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Assalomu alaykum hurmatli AJOYIB SHERLAR kanalining aziz obunachilari. Barchangizni bugungi "1-oktabr Ustozlar va murabbiylari kuni bilan tabriklaymiz."

Bugun ushbu bayram munosabati bilan Oʻzbekiston vaqti bilan soat 21:00 da "USTOZLARGA MING TAʼZIM" nomli ijodiy kechamizga barchangizni taklif etib qolamiz.

Bugungi ijodiy kechamizga albatta sanʼatsevar muhlislarimiz uchun oʻzlarini sehrli va shirali ovozlari bilan barchani yuraklaridan chuqur joy olib kelayotgan sanʼatkor qoʻshiqchi honandalarimiz ham tashʼrif buyuradilar. Oqshomingizni biz bilan maroqli oʻtkazasiz degan umiddamiz.

Sizlarga cheksiz hurmat va ehtirom ila kanal admin (ka) lari...☺️

Bizning manzil:  👇👇

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Dunyo imoratlari ichida eng ulugi maktab bo’lsa,
kasblarning ichida eng sharaflisi o
qituvchilik va murabbiylikdir.
Karimov I.

Assalomu Alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari
Bugun 1-Oktyabr uztoz va mirabbiylar kuni munosabati bilan barcha uztoz va murabbiylarni Sheriyat kanali adminlari nomidan muborakbot etamiz va kelgusi ishlarida bundan ham katta omad, martaba va zafarlar tilab qolamiz

Barchasi uchun raxmat uztozlar

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝑼𝒔𝒕𝒐𝒛

𝑸𝒂𝒚 𝒔𝒐'𝒛𝒏𝒊 𝒕𝒐𝒑𝒂𝒚𝒊𝒏 𝒒𝒂𝒚 𝒔𝒐'𝒛 𝒄𝒉𝒊𝒓𝒐𝒚𝒍𝒊
𝑸𝒂𝒚𝒔𝒊 𝒕𝒂'𝒓𝒊𝒇𝒊𝒎𝒈𝒂 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒍𝒊𝒎 𝒕𝒐'𝒍𝒂𝒓𝒌𝒊𝒏
𝒀𝒐 𝒌𝒖𝒚 𝒃𝒐𝒓𝒎𝒊𝒌𝒂𝒏-𝒂 𝒐𝒉𝒂𝒏𝒈𝒓𝒂𝒃𝒐𝒍𝒊
𝑼𝒔𝒕𝒐𝒛𝒊𝒎 𝒔𝒉𝒂'𝒏𝒊𝒈𝒂 𝒎𝒐𝒔 𝒕𝒖𝒔𝒉𝒂𝒓𝒎𝒊𝒌𝒊𝒏

𝒀𝒐 𝒔𝒐'𝒛𝒏𝒊 𝒐𝒍𝒕𝒊𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒚𝒂𝒔𝒂𝒔𝒉 𝒌𝒆𝒓𝒂𝒌𝒎𝒊
𝑺𝒐'𝒓𝒂𝒔𝒉 𝒌𝒆𝒓𝒂𝒌𝒎𝒊 𝒚𝒐 𝒃𝒊𝒓𝒐𝒏 𝒛𝒂𝒓𝒈𝒂𝒓𝒅𝒂𝒏
𝑨𝒚𝒕𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒎𝒖𝒎𝒌𝒊𝒏 𝒔𝒉𝒂𝒓𝒕𝒎𝒊 𝒌𝒆𝒓𝒂𝒌𝒎𝒊
𝑺𝒉𝒆'𝒓 𝒚𝒐𝒛𝒂𝒚 𝒅𝒆𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊𝒎 𝒎𝒆𝒏 𝒉𝒂𝒎 𝒃𝒊𝒓 𝒛𝒂𝒓𝒅𝒂𝒏

𝒀𝒐 𝒅𝒆𝒏𝒈𝒊𝒛 𝒃𝒐'𝒚𝒊𝒈𝒂 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒃 𝒕𝒐𝒏𝒈 𝒔𝒂𝒉𝒂𝒓
𝑻𝒊𝒍𝒍𝒂 𝒃𝒂𝒍𝒊𝒒 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒃 𝒌𝒆𝒍𝒔𝒂𝒎𝒎𝒊 𝒚𝒐𝒌𝒊
𝑻𝒂'𝒓𝒊𝒇𝒊𝒈𝒂 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒃 𝒌𝒆𝒛𝒔𝒂𝒎𝒎𝒊 𝒔𝒉𝒂𝒉𝒂𝒓
𝒀𝒐 𝑴𝒂𝒓𝒔𝒈𝒂 𝒃𝒐𝒓𝒔𝒂𝒎𝒎𝒊 𝒖𝒄𝒉𝒔𝒂𝒎𝒎𝒊 𝒚𝒐𝒌𝒊

𝑻𝒊𝒓𝒊𝒌 𝒃𝒐'𝒍𝒈𝒂𝒏𝒊𝒅𝒂 𝑵𝒂𝒗𝒐𝒊𝒚 𝒃𝒐𝒃𝒐𝒎
𝑶'𝒓𝒈𝒂𝒏𝒊𝒃 𝒐𝒍𝒂𝒓𝒅𝒊𝒎 𝒏𝒊𝒎𝒂 𝒚𝒐𝒛𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊
𝑩𝒂𝒍𝒌𝒊 𝒚𝒐𝒍𝒗𝒐𝒓𝒂𝒓𝒅𝒊𝒎 𝒂𝒚𝒕𝒎𝒂𝒔𝒂 𝒃𝒐𝒃𝒐𝒎
𝑼𝒔𝒕𝒐𝒛𝒊𝒎 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒅𝒂 𝒏𝒊𝒎𝒂 𝒅𝒆𝒚𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊

𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒊𝒎 𝒃𝒐𝒓 𝒎𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒂𝒓𝒛𝒊𝒎 𝒆𝒔𝒉𝒊𝒕𝒂𝒓
𝑵𝒆𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒔𝒐'𝒛 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 𝒚𝒆𝒓𝒅𝒂𝒏 𝒔𝒂𝒎𝒐𝒅𝒂𝒏
𝑺𝒐'𝒓𝒂𝒔𝒂𝒎 𝒆𝒏𝒈 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒚𝒐'𝒍𝒊𝒏 𝒌𝒐'𝒓𝒔𝒂𝒕𝒂𝒓
𝑶𝒍𝒕𝒊𝒏 𝒔𝒐'𝒛 𝒃𝒐'𝒍𝒖𝒓𝒎𝒖 𝒂𝒙𝒊𝒓 𝒅𝒖𝒐𝒅𝒂𝒏

𝑯𝒂𝒎𝒊𝒔𝒉𝒂 𝒚𝒖𝒛𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒚𝒐𝒓𝒖𝒈' 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏 𝒅𝒆𝒃
𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒅𝒂𝒏 𝒔𝒐'𝒓𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 𝒅𝒐𝒊𝒎𝒐 𝒉𝒂𝒓 𝒐𝒏
𝑼𝒛𝒐𝒒 𝒖𝒎𝒓 𝒌𝒐'𝒓𝒔𝒊𝒏 𝒐𝒎𝒐𝒏 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏 𝒅𝒆𝒃
𝒁𝒖𝒍𝒂𝒚𝒉𝒐 𝒕𝒊𝒍𝒂𝒚𝒅𝒊 𝒉𝒂𝒎𝒊𝒔𝒉𝒂 𝒔𝒉𝒐𝒅𝒐𝒏
 

✍𝒁𝒖𝒍𝒂𝒚𝒉𝒐 𝑨𝒃𝒅𝒖𝒓𝒂𝒔𝒖𝒍𝒐𝒗𝒂
Huquq himoya ostida
29 08 2022 18:22

🎙𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖

𝗨𝘀𝘁𝗼𝘇𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺𝗶𝘇 𝗼𝗺𝗼𝗻 𝗯𝗼'𝗹𝘀𝗶𝗻𝗹𝗮𝗿
2022

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙆𝙚𝙩𝙩 𝙙𝙚𝙙𝙞𝙣𝙜𝙢𝙞,
𝘿𝙚𝙢𝙖𝙠𝙠𝙞 𝙩𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧
𝙑𝙞𝙙𝙤𝙧𝙖𝙣𝙜𝙢𝙖𝙣 𝙪𝙢𝙧 𝙘𝙝𝙤𝙜'𝙞𝙣𝙜𝙖.
𝘽𝙞𝙧 𝙣𝙞𝙜𝙤𝙝𝙞𝙢, 𝙗𝙞𝙧 𝙨𝙤́𝙯𝙞𝙢 𝙗𝙖𝙨𝙙𝙞𝙧.
𝘽𝙪𝙩𝙪𝙣 𝙪𝙢𝙧 𝙎𝙊𝙂'𝙄𝙉𝙈𝙊𝙂'𝙄𝙉𝙂𝘼!


✍ᴍᴀʟɪᴋᴀ ᴛᴀᴠғɪǫ

🎙sᴏᴊɪᴅᴀ ᴍᴀɴsᴜʀᴏᴠᴀ

@sheriyat

̶M̶u̶s̶i̶q̶a̶s̶i ̶̶sh̶u̶n̶c̶h̶a̶k̶i ̶i̶j̶r̶o̶c̶h̶i̶g̶a ̶̶̶y̶̶̶o̶̶̶q̶̶d̶̶i ̶̶q̶̶a̶̶n̶̶d̶̶a̶̶y̶̶d̶̶i̶r ̶x̶o̶t̶̶ir̶a̶l̶a̶r̶n̶i ̶e̶s̶l̶a̶t̶a̶d̶i🙂‍↕️🎼🎻

30.09.2024

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Zaminni titratib qoydingmi Xudo 😔
Oʻzingni eslatib qoydingmi Xudo 😔

🎙Sojida Mansurova

✍Malika Tavfiq

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sen kimga zorsanu...
Senga zor kimlar!🥺

Kimgadir dardlaring toʻkking kelarkan,
Kimdandir berkidking kelarkan sirlar.
Kimnidir yuraging yaxshi koʻrarkan,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar!

Birovlar husnigga boʻlib mahliyo,
Bebaho qadringga achinmas birlar.
Yoqtirgan odaming oʻtar beparvo,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar!

Gohida pul tutar keltirib gʻashing,
Bilmaydi-da : zarga uchmaydi hurlar.
Notoʻgʻri tushunar bitta qarashing,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar!

Qanoting qayrilsa, "suyanguvchim" deb,
Yerdagi odamni ataysan "pirlar".
Afsus! Ular qingʻir oʻylaydi ha deb,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar!

Mehrga muhtojing bosmaydi qadam,
Unga atab hatto bitasan she'rlar.
Odam bilan biling, tirik-ku odam,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar!

✍ Azalbegim

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

,,Seni odam qildim,deydi odamlar"

Boshingda aylansa omadning qushi,
O'ngidan kelganda oruzlar tushi,
O'zini unutib ,yo'qotib hushin,
Seni odam qildim ,deydi odamlar.

Ko'ksingga hanjarni urganlar o'sha,
Yiqilsang ustingdan kulganlar o'sha,
Barcha yolg'onlarga yolg'onni qo'shib,
Seni odam qildim,deydi odamlar.

Qilgan qilmishlarin o'chirib tezda,
Qorni ham topishib kelishar yozda.
Endi davring kelib yashnagan kezda,
Seni odam qildim ,deydi odamlar.

Asli haqiqatga o'xshaydi bari,
Ahir dumaloqdir dunyoning shari.
Sen baxt - u omadga yarashgan sari ,
Seni odam qildim, deydi odamlar.


✍ Munavvara Dilroz ✍

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

JONLI EFERIMIZNI TARTIBLI OLIB BORAYLIK XURMATLI KANALIMIZ AZOLARI IJRO BOLAYOTGAN PAYT MIKRAFONNI YOPIB TURIZLAR. 👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Charaqlagan kulgularda hech Kim sezmas gardlarim bor.
Óz qasdidan qaytolmagan meni qiynar "mardlarim" bor.
Havotrda bir joningiz bólak bólak bolmasin deb.
Ona ,sizga aytolmagan daryo daryo dardlarim bor😔


✍Malika Tavfiq

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

* * *


Онангга айтмаган дардларингда савоб бор...

Чарақлаган кулгуларда, ҳеч ким сезмас гардларим бор,
Ўз қасдидан қайтолмаган, мени қийнар "мардларим" бор.
Ҳавотирда бир жонингиз бўлак- бўлак бўлмасин деб,
Она, сизга айтолмаган дарё-дарё дардларим бор.

Томирларда лов-лов оқиб,
Қонни ичиб, тўқ дунё бу!
Кўнгл нишон, михда илиқ,
Саноғи йўқ ўқ дунё бу,
Ҳар кишига меҳр қўйдим, ва минг карра аминманки,
Мен деб яшаб, мен деб ўлар,
Бошқа фидо йўқ дунё бу.

Бор ҳасратим ичга ютдим,
Қаршингизга бордим кулиб,
Сиз ҳотиржам юринг дея,
Энг баҳтиёр инсон бўлиб,
Алам ўтса жон-жонимдан,
Узун тунлар эшитманг деб,
Юзим босиб ёстиғимга,
Йиғлар эдим тўлиб-тўлиб.

Она, сизни асраш учун,
Чандиқларга тортдим ниқоб,
Булут босган ҳаётимда чарақладим мисли офтоб!
Қанча синов ўзимга бер,
Қабул қилгум шукронада,
Лек онамни қийнама деб,
Яратганга қилдим хитоб!

Чарақлаган кулгуларда, ҳеч ким сезмас гардларим бор,
Она, сизга айтолмаган дарё-дарё дардларим бор...

Малика Тавфиқ

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Қаердасан...

Учрамадинг, учрашмадик ҳеч,
Кесишмади йўллар ногоҳон.
Топилсайдинг ҳечдан кўра кеч,
Сени интиқ кутаман ҳамон!

Эҳ-ҳеее, қанча одамни кўрдим,
Такрорламас бирини-бири.
Узоқлашиб борасан гўё,
Мен тобора соғинган сари.

Қаерликсан, исминг ким сенинг,
Қай дарёдан ичаяпсан сув,
Тўқнашмайин қолсакчи деган,
Юрагимни босади қўрқув!

Узоқлардан турасан кулиб,
Қўлим етмас осмонга ўхшаб.
Қаердадир борлигинг билиб,
Бу дунёда юрибман яшаб!

Келгандирмиз бир-биримизсиз,
Қирқ, элликка, юзга киргани.
Яшасанг ҳам қайдадир менсиз,
Фақат омон бўлсанг бўлгани!

Малика Тавфиқ

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Qoʻlingiz tomiri bórtibdi biroz
Ajinlar qoplabdi yuzingiz mana ..
Oʻzingizni asrang endi iltimos
Sizga havotirim ortmoqda Ona 😔

✍Zoxid Ziyo

🎙Sojida Mansurova

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Yoqtirish sevgiyu, qalbda qolmoq
muxabbat,
Har kòngilga ajib ishq nasib deydilar.
Ozorlardan yurak yonaru toabat,
Hislarimni bir-bir tovachada tuydular.


Shamoldek òtar kunlar, bizdan
sòramay izn,
Soniyalar hisobin daryo mavjiga bittim.
-"Vaqt dardga davo" degan sexrli sòzin,
Aytib òzimga
Eskirmasin deb ishqimni kaftimda tuttim.


Bulutlar qavatida yashirin xatlarim bor,
Xatto quyoshu oydan yozdm berkitib.
Yomĝirlar kuyga solib aytganda takror,
Gulbarglarda satrlar turar tizilib.


Shimol va janub, sharq bilan ĝarbdek teskari,
Hech qachon kesishmas taqdir yòlimiz.
Notòĝri manzilni tanlagan singari,
Suvsiz saxroda ochilgan bizning gulimiz...


اِقرَ Bintu Anvar

Mualliflik huquqisiz olinmasin❌

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

#Sevgi_yo‘q!!!

Bu dunyoda sevgi bo‘lmagan
Agar bo‘lsa ko‘rsating qani
Hayotta yo‘q hammasi ertak
Yozuvchilar aldar hammani

Ishonmayman sevgi yo‘q rosdan
Uydurma gap isbotmi?! Hozir!
Agar sevgi bo‘lganda bormi
Shu hayotda bo‘lardi Tohir

Majnun faqat Alisher o‘yi
Qani menga ko‘rsating Laylin
Zamonamdan topib bo‘lmaydi
Farhod mavjud o‘ylar tufayli

To‘g‘ri mehr bo‘lishi mumkun,
Adashtirmang ishq sevgi o‘lgan
Qani o‘sha Otabek, Kumush,
O‘tgan kunlar o‘tmishda bo‘lgan

Tirik bo‘lsa so‘ranglar qani
Javob bersin bizlarga Lutfiy
Ana so‘rang ishonmasangiz
Mashrabmasmi ishqi ilohiy?!

Ehhe qani bizlarda Ra'no,
Qani bizga Anvar sevgisi?!
Ular ishqin chaqib o‘ldirgan
Mehrobdagi chayonmasmidi?!

Yana bormi kimlari qoldi
Romeo yo Julettamidi
Ishq vaslidan o‘limni ustun
Ko‘rishganlar shularmasmidi?!

Tortishmanglar sevgi yo‘q tamom
Yana davom etishim mumkun
Qanday qilib sevgan ayolin
Atellodek bo‘g‘ishi mumkun?!

Tahrirlanmagan?! O‘qilsinu Tegilmasin! Davomi ham bor...


Muallif: Akbaraliyeva

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

💥Бугун, 2 ➖Октябр дунёдаги энг самимий ва меҳрибон ОТАЛАР куни нишонланмоқда!!!

Давлатимиз бўлган ОТАЖОНЛАРИМИЗ доимо соғ➖омон бўлишсин!!!.

«ДАДАМ МЕНИ ДУОЛАР ҚИЛСА»

Мендан зўри бўлмас дунёда,
Елкамда гар қўллари турса.
Бахтдан бахтим бўлар зиёда,
Дадам мени дуолар қилса.

Қиблагохим, пушти панохим,
Энг ишончли дўстим, хамрохим,
Йиқилсам гар сезилмас охим,
Дадам мени дуолар қилса.

Йўлларимни тўсса хам ғовлар,
Кўзим қоплаб олса алдовлар,
Чўчитмайди мени синовлар,
Дадам мени дуолар қилса.

Тоғни урсам қиламан талқон,
Кўкрагимдан паст бўлар осмон,
Менга мадад, мен учун қалқон,
Дадам мени дуолар қилса.

Шудир бахтим, шудир омадим,
Шудир хузур, шу халоватим,
Хар ишимда бор барокатим,
Дадам мени дуолар қилса.

Сиз ва онам, битмас бойлигим,
Ҳажга олиб борайин ўзим,
Шукур дейман ёруғдир юзим,
Дадам мени дуолар қилса.

🎙Shuhrat Daryo
✍Абдумуталиб Эргашалиев

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

«УСТОЗИМ»

Олиб қалам-қоғозни,
Ўргатиб билим сўзни,
Дунёни танитдингиз,
Мехрибоним, устозим.

Қайдан бўлардим шоир,
Илмим бир сизга доир,
Тўғри базида койиб,
Турардингиз устозим.

Кўнгли дарё, бир олам,
Онам каби парвонам,
Болам, дердингиз, болам,
Онажоним, устозим.

Жавоб сизсиз, савол мен,
Боғбонимсиз, нихол мен,
Сиз-ла топдим камол мен,
Жонажоним, устозим.

Бугун қўлимда созим,
Янграр жўшқин овозим,
Равнақим сиз туфайли,
Шараф-шоним устозим!

1-Октябр Устоз ва Мураббийлар куни!
Байрам муборак бўлсин азиз устозлар!

✍Абдумуталиб Эргашалиев

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

sɪᴢɢᴀᴅɪʀ ʏᴜʀᴀᴋᴅᴀ ᴀsʀᴀɢᴀɴ sᴏ́ᴢɪᴍ,
ᴛᴏ ᴍᴀɴɢᴜ ᴛᴀᴢɪᴍᴅᴀ ᴛᴜʀᴀᴍᴀɴ ᴏ́ᴢɪᴍ,
ᴅɪʟɪᴍɴɪɴɢ ᴛᴜʙɪᴅᴀ ʏᴀɴɢʀᴀɢᴀɴ sᴏ́ᴢɪᴍ.
ᴇᴢɢᴜʟɪᴋ ʏᴏ́ʟɪᴅᴀ ᴛᴏʟᴍᴀɴɢ ᴜsᴛᴏᴢɪᴍ.

ɢ'ᴀᴍ ᴋᴏ́ʀᴍᴀʏ ʙᴜ ᴅᴜɴʏᴏ ᴛᴜʀɢᴜɴᴄʜᴀ ᴛᴜʀɪɴɢ
ᴍɪɴɢ ʏɪʟʟɪᴋ xɪᴢᴍᴀᴛʟᴀʀ xᴜᴢᴜʀɪɴ ᴋᴏʀɪɴɢ
sʜᴏɢʀᴅʟᴀʀ ʙᴀxᴛɪᴅᴀɴ sʜᴏᴅ, ᴍᴀsʀᴜʀ ʏᴜʀɪɴɢ
ᴇᴢɢᴜʟɪᴋ ʏᴏ́ʟɪᴅᴀ ᴛᴏʟᴍᴀɴɢ, ᴜsᴛᴏᴢɪᴍ

ʜᴀʏᴏᴛ ʏᴏ́ʟʟᴀʀɪᴍᴅᴀ ᴅɪʟᴅᴏsʜ ᴅᴇʙ ʙɪʟᴅɪᴍ,
ʏᴏ́ʟɪᴍɴɪ ʏᴏʀɪᴛɢᴀɴ ǫᴜʏᴏsʜ ᴅᴇʙ ʙɪʟᴅɪᴍ
ᴛᴏʟᴇ ʏᴏ́ʟʟᴀʀɪᴅᴀ ʏᴏ́ʟᴅᴏsʜ ᴅᴇʙ ʙɪʟᴅɪᴍ.
ᴇᴢɢᴜʟɪʟ ʏᴏ́ʟɪᴅᴀ ᴛᴏʟᴍᴀɴɢ, ᴜsᴛᴏᴢɪᴍ.


𝘽𝙖𝙮𝙧𝙖𝙢𝙞𝙣𝙜𝙞𝙯 𝙈𝙪𝙗𝙖𝙧𝙖𝙠 𝙗𝙤́𝙡𝙨𝙞𝙣 𝘼𝙯𝙞𝙯 𝙐𝙎𝙏𝙊𝙕𝙅𝙊𝙉𝙇𝘼𝙍🌺🌺🫶

🎙.•♫•♬•𝘚𝘰𝘫𝘪𝘥𝘢 𝘔𝘢𝘯𝘴𝘶𝘳𝘰𝘷𝘢 •♬•♫

⓪①.①⓪.②⓪②④

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

УСТОЗ

Тарбиямиз, ҳам ақлимиз соз,
Ҳаётимиз қилдингиз пардоз,
Қанча тазим қилсам шунча оз.
Бахтимизга соғ бўлинг устоз.

Отам каби бўлиб қалқоним,
Онамдайин бир меҳрибоним.
Ҳурматдасиз азиз инсоним,
Бахтимизга соғ бўлинг устоз.

Яхши атаб ёмонимни ҳам,
Халқ ичида қилдингиз одам.
Узoқ яшанг соғ омон бардам,
Бахтимизга соғ бўлинг устоз.

Қилмадингиз меҳнатни миннат,
Гоҳ кўрсатиб бизларга ҳиммат.
Айтинг энди бизга не ҳизмат,
Бахтимизга соғ бўлинг устоз.

Кўнглингизни ғайғуси ўлсин,
Доим бахту қувончга тўлсин.
Байрамингиз муборак бўлсин,
Бахтимизга соғ бўлинг устоз.



✍Odilbek Qodirov

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

* * *


"Кет!", дейсану, ушбу сўзингдан,
Қиймаланиб кетади тилинг!
Юрагингни олади аср,
Қўзғолонга бош бўлган дилинг!

"Кетгин!", дейсан...
Ўз овозингдан,
Ўз вужудинг келар ларзага!
Муросага келмайсан нечун,
Менсиз ўтар бирон лаҳзага!

"Кет!"
"Кетақол!"
"Етар!"
"Севмайман!"
Бу сўзлар ўқ, нишони ўзинг!
Терс оқувчи АЙРИЛИҚ деган,
Дарёсига ўзанми кўзинг!

Кет демоқдан нечун йўқ бир наф,
Изларимга илинар жонинг.
Ортмоқлайсан минг азоб билан,
Менсиз қулаб тушган  осмонинг.

Кет дедингми,
Демакки тақдир,
Видорангман умр чоғинга.
Бир нигоҳим, бир сўзим басдир,
Бутун умр соғинмоғинга!


Малика Тавфиқ

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝕊𝕖𝕟 𝕜𝕚𝕞𝕘𝕒 𝕫𝕠𝕣𝕤𝕒𝕟-𝕦....😔

𝕤𝕖𝕟𝕘𝕒 𝕫𝕠𝕣 𝕜𝕚𝕞𝕝𝕒𝕣...!!!


✍𝘈𝘻𝘢𝘭𝘣𝘦𝘨𝘪𝘮

🎙𝘚𝘰𝘫𝘪𝘥𝘢 𝘔𝘢𝘯𝘴𝘶𝘳𝘰𝘷𝘢

̶̶M̶̶u̶̶s̶̶i̶̶q̶a ̶m̶o̶s ̶̶t̶̶u̶̶s̶̶h̶̶m̶̶a̶̶s̶a̶d̶a ̶̶i̶̶j̶̶r̶̶o̶̶c̶̶h̶̶i̶g̶a ̶y̶o̶q̶a̶d̶i🎼🎻😁👍

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Hech narsani oʻylamay qoʻydim
Intilaman ona siz tomon
Kuting qaytish fursatim yaqin
Qiziz sizni sogʻindi yomon

Bolam deng siz bolajonim deng


✍Abdujafar Omonov

🎙Sojida Mansurova

@Sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

@Sheriyat kanalida 26.09.2024 kuni oʻtkazilgan "IJODIY KECHASI" DAN audio lavhalar.

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

*СЕНГА ШУНДАЙ ОШИҚ БЎЛГАНМАН*

Илк бор сени учратганимда,
Ўзимни йўқотиб бўлганман.
Жиз этиб бир нима танимда,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

Кўзингдан узолмай кўзимни,
Тил ожиз, айтолмай сўзимни,
Ўзингда топиб мен ўзимни,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

Юрак дер, бир лахза тин олмай,
Ўзингдан ўзгани тан олмай,
Севаман! Бошқани деёлмай,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

Гул тўла чаманзор, сен эмас,
Атрирлар, ифоринг тенггимас,
Сенсиз, менга етмай қолади нафас,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

Жисмиму руҳимнинг кераги сенсан,
Қалбимнинг ягона малаги сенсан,
Энг гўзал дуолар безаги сенсан,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

Минг ўлиб, минг тирилса жоним,
Танлар эдим мен сени доим,
Кулиб турган эй мехрибоним,
Сенга шундай ошиқ бўлганман.

✍Абдумуталиб Эргашалиев

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝘾𝙝𝙖𝙧𝙖𝙦𝙡𝙖𝙜𝙖𝙣 𝙠𝙪𝙡𝙜𝙪𝙡𝙖𝙧𝙙𝙖, 𝙭𝙚𝙘𝙝 𝙆𝙞𝙢 𝙨𝙚𝙯𝙢𝙖𝙨 𝙜𝙖𝙧𝙙𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢 𝙗𝙤𝙧,
𝙊𝙣𝙖, 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙖𝙮𝙩𝙤𝙡𝙢𝙖𝙜𝙖𝙣 𝙙𝙖𝙧𝙮𝙤-𝙙𝙖𝙧𝙮𝙤 𝙙𝙖𝙧𝙙𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢 𝙗𝙤𝙧...

𝕆𝕟𝕒𝕘𝕒 𝕒𝕪𝕥𝕥𝕚𝕝𝕞𝕒𝕘𝕒𝕟 𝕕𝕒𝕣𝕕𝕝𝕒𝕣𝕚𝕟𝕘𝕕𝕒 𝕤𝕒𝕧𝕠𝕓 𝕓𝕠𝕣... 😔


✍ᴍᴀʟɪᴋᴀ ᴛᴀᴠғɪǫ

🎙sᴏᴊɪᴅᴀ ᴍᴀɴsᴜʀᴏᴠᴀ

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

𝙆𝙚𝙡𝙜𝙖𝙣𝙙𝙞𝙧𝙢𝙞𝙯 𝙗𝙞𝙧 𝙗𝙞𝙧𝙞𝙢𝙞𝙯𝙨𝙞𝙯
𝙌𝙞𝙧𝙦, 𝙚𝙡𝙞𝙠𝙠𝙖 ,𝙮𝙪𝙯𝙜𝙖𝙣𝙞 𝙠𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙞
𝙔𝙖𝙨𝙝𝙖𝙨𝙖𝙣𝙜 𝙝𝙖𝙢 𝙦𝙖𝙮𝙙𝙖𝙙𝙞𝙧 𝙢𝙚𝙣𝙨𝙞𝙯
𝙁𝙖𝙦𝙖𝙩 𝙤𝙢𝙤𝙣 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙖𝙣𝙜 𝙗𝙤'𝙡𝙜𝙖𝙣𝙞

✍𝙈𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙏𝙖𝙫𝙛𝙞𝙦

🎙𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖

24.09.2024

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

🔥Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Қўлингиз томири бўртибди бироз,
Ажинлар қоплабди юзингиз мана...
Ўзингизни асранг энди илтимос,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Пастлаб бораяпти сўзлар жаранги,
Сочингизда оқлар янгидан-янги,
Кўнглимда виждон ва ҳаётнинг жанги,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Улғайдимми ёки ҳамон боламан,
Йиллар залворидан ўйга толаман,
Беринг дардингизни ўзим оламан,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Давлат топиларкан қўлимдан кетса,
Омадлар келар вақт-соати етса,
Чидолмам сизни ғам мағлублар этса,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Айтинг сочларингиз қораси қайда,
Оҳ бу андуҳларнинг чораси қайда,
Даволай дилингиз яраси қайда,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Қачон бағрингизни гулга ўрадим,
Тилиниб кетади ўйдан юрагим,
Эҳ бу дунёсида ёлғиз керагим,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Сизнимас бойликни ҳаёл сурибман,
Бугун аламларда ёниб юрибман,
Буюринг хизматга тайёр турибман,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

Қўлингиз томири бўртибди бироз,
Ажинлар қоплабди юзингиз мана...
Ўзингизни асранг энди илтимос,
Сизга ҳавотирим ортмоқда Она...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Shimol va janub, Sharq va g'arbdek teskari.
Hech qachon kesishmas taqdir yolimiz
Notog'ri manzilni tanlagan singari.
Suvsiz sahroda ochilgan bizning gulimiz. 🥀🥀

✍𝙄𝙦𝙧𝙤 𝙗𝙞𝙣𝙩𝙪 𝘼𝙣𝙫𝙖𝙧

🎙𝙎𝙤𝙟𝙞𝙙𝙖 𝙈𝙖𝙣𝙨𝙪𝙧𝙤𝙫𝙖

𝟚𝟙. 𝟘𝟡. 𝟚𝟘𝟚𝟜

@sheriyat

Читать полностью…

Ajoyib she'rlar

Sal rangim oqarsa soʻraysan holim...

Erkalab aytasan, HAYOTIM, BORIM

Senga bir sirimni ochaymi yorim

Bemorlik ham yoqar...

Yonimda...

Boʻlsang ...❤️

🎙Dunyo Xusanova...

@Sheriyat

Читать полностью…
Подписаться на канал