#Jajjimuslmon
(bolalar uchun kichik barnoma yakuni)
Amri ma'ruf
Amri ma'ruf beshinchi,
Udir inson sevinchi.
"Amr" demak buyurmak,
"'Ma'ruf" yaxshilik demak.
Yaxshilikka buyurmoq
Amri ma'rufdir, o‘rtoq!
Neni qil desa Alloh,
U yaxshilik, bo‘l ogoh!
Nahyi munkar
Nahyi munkar oltinchi,
Munkar – shayton quvonchi.
"Nahiy" demak qaytaruv,
"Munkar" – yomon ish deyuv.
Yomonlikdan qaytarmoq
Nahyi munkardir, o‘rtoq!
Neni qilma der Alloh,
U yomonlik, bo‘l ogoh!
Tavallo
Yettinchisi – tavallo,
U do‘st tutmoq, ey dono!
Alloh uchun do‘st tutmoq,
Alloh do‘stin do‘st bilmoq.
Kimki Allohni sevar,
Alloh suyganni suyar.
Tabarro
Sakkizinchi – tabarro,
Do‘st tutmaslik mutlaqo.
Kimki Allohga dushman,
Uni dushman bil bezan.
Kim Allohga do‘stdir, bas,
Dushmanini do‘st tutmas.
Xotima
Bular Islom negizi,
Vojibdir har sakkizi.
Barchasin tutgan inson,
Beshak komil musulmon.
Kim bularda tugalmas,
Komil musulmon emas.
Islom – yaxshilik dini,
Go‘zal ezgulik dini.Husaynxon Yahyo Abdulmajid
1435. Zulhijja 26/20.10.2014
@Sheriyat
#Jajjimuslmon
(bolalar uchun kichik barnoma 2)
Alloh taolo
Alloh bordir va birdir,
Ishonmagan kofirdir.
U yaratgan odamni,
Katta-kichik olamni.
Bizni yo‘qdan bor qilmish,
Ko‘plab ne'matlar bermish.
U Rahimdir ham Rahmon,
Bizni sevar mehribon.
U yaratmish neki bor,
Bizga qilmish xizmatkor.
Biz bandamiz U Zotga,
Shunga keldik hayotga.
Kimki bunga ishonmas,
U hech yaxshi insonmas!
Qur'oni Karim
Qur'on – Allohning so‘zi,
Qalbimiz rizq-u ro‘zi.
Bizga hayot dasturi,
Allohning so‘nmas nuri.
Uni o‘qib, tinglarmiz,
Sevib amal qilarmiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Alloh elchisi Ahmad,
Ya'ni Hazrat Muhammad.
Bizga payg‘ambardir u,
Mehribon rahbardir u.
Sunnati qonun bizga,
Ibratdir o‘g‘il-qizga.
Bizlar uning ummati,
Orzumiz shafoati.
Jannat va do‘zax
Bu dunyo o‘tkinchidir,
Odamning yupanchidir.
O‘limdan so‘ng hayot bor,
Unda do‘zax, jannat bor.
Do‘zax juda yomon joy,
Kirganning holiga voy!
U dahshatli bir olov,
Yonar tinmayin lov-lov.
Jannat bir ulkan bog‘dir,
Kirganning vaqti chog‘dir.
Undadir barcha ne'mat,
Abadiy baxt-saodat.
Unga kirgan baxtiyor,
Undan qolgan bo‘lgay xor!
Men INSONman
Men insonman, odamman,
Odam avlodidanman.
Inson bo‘lib yashayman,
Yaxshi ishdan tinmayman.
Maqsadim – jannat topmoq,
Robbim Allohni ko‘rmoq.
Men sodiq musulmonman,
Chun hazrati insonman.
05.11.2013/01.01.1435. Toshkent.
Davomi bor…
@Sheriyat
#Jajjimusulmon
(bolalar uchun kichik barnoma 1)
Men kimman?
Mening Robbim Allohdir,
Bunga qalbim guvohdir.
Payg‘ambarim Muhammad
Ummatiman toabad.
Kitobimdir Qur'onim,
Unga fidodir jonim!
"Kimsan?" desangiz qay on,
Aytaman: "Men musulmon!"
Din
Bilsang, din, ey musulmon,
Iymon, islom va ehson.
Iymon
Iymon rukni oltidir,
Aytay sizga birma-bir:
Avval keltirmoq iymon
Haq Allohga begumon.
So‘ngra malaklariga,
Keyin kitoblariga.
So‘ngra iymon keltirmoq
Rasullarga, ey o‘rtoq!
Oxiratga ishonch ham,
Ishonch dilga quvonch ham.
Qadar yaxshi-yomoni,
Allohdan bilmoq oni.
Islom
Islom rukni nechtadir ?
Sizga aytsam, beshtadir:
Iymon-u, namoz, zakot,
Ro‘za va haj, tutgin yod.
Ehson
“Ehson ne?" deb so‘rsalar,
Aytay, sinab ko‘rsalar:
Allohga toat qilmoq,
Ko‘rib turgandek har choq.
Ko‘rmas esang sen Uni,
U ko‘rib turgay seni.
Davomi bor...
Husaynxon Yahyo Abdulmajid✍
05.11.2013/01.01.1435. Toshkent.
@Sheriyat
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Judaham ko'p, atrofimizda.
Ikki yuzlamachi tanishlar.
Bor bo'lsak jim, yo'qligimizda.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Omad kelsa ko'nglimiz olib.
Poyimizga payondoz solib.
Gar qoqilsak yo'qolib qolib.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Davring kelsa kelarlar uchib.
Do'stim deya olarlar quchib.
Sal adashsang tillari qichib.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Soxtaligi yuzidan ayon.
Alang jalang ko'zidan ayon.
Yolg'onlari so'zidan ayon.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Yonginamda yetti bukulib.
Ortimda choh qazarlar kulib.
Gunohlarim ketsin to'kilib.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
O'xshamagan g'iybatlari ko'p.
To'qma ertak tuxmatlari ko'p.
Bir chekkada to'planib to'p to'p.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
Mayli insof tilay o'zimga.
Xafa bo'lmang sira so'zimga.
Oyoq qo'yib ikki yuzimga.
Gap chaynaydi xotin-chalishlar.
✍🏻Solijonoff_sardorr
@Sheriyat
БОЙГА ТЕГДИ ДЕГАНЛАР!
Кўпаймоқда кун сайин,
Тақдирдан панд еганлар.
Суйган қизим, суйкалиб,
Бойга тегди деганлар.
Не қилсин бечора қиз,
Алвидо деб турсангиз.
Айб кимда, ё бойдами?
Сиз лаллайиб юрсангиз.
Аслида қиз дегани,
Отага тик боқмайди.
Синдирса ота сўзин,
Худога ҳуш ёқмайди.
Сиз айтган бойваччалар,
Улар ҳам ризқин терган.
Пули бор бойларга ҳам,
Омадни Худо берган.
Эр йигитга ҳаётда,
Уч бор омад келади.
Эскилардан қолган гап,
Буни билган билади.
Ақл билан иш тутсангиз,
Пулни, пулга урасиз.
Темир тулпорлар миниб,
Баланд уйлар қурасиз.
Бош эгишар ўшанда,
Осмондаги ойлар ҳам.
Бой бўлиб туғулмаган,
Онасидан бойлар ҳам.
Мағлубият майдони,
Кўнгли торга кенг бўлар.
Харакатсиз натижа,
Асли нольга тенг бўлар.
Бир шоқолдан фарқи йўқ,
Ёли бўлмаса шерни.
Қизлар нима қилади?
Чўнтаги қуруқ эрни.
Аввал харакат қилмай,
Кейин нолиб юрасиз.
Бор айбни қизга юклаб,
Бевафо деб куласиз.
Сизга алам қилдими?
Мой устида пичоғи.
Бир гулга макон бўлса,
Бойваччанинг қучоғи.
Кўпаймоқда кун сайин,
Сиз каби панд еганлар.
Суйган қизим, суйкалиб,
Бойга тегди деганлар.
📙-Камронбек Исмоилов. 2024.10.08.
@Sheriyat
,,So'ramagin"
Ko'nglingda ishq bildirmayin yurasan jim,
Savollaring javob so'rab buzar tinchim.
Sahroda gul o'sganini ko'rganmiding?
Seni sevib qolishimni so'ramagin.
Qor yog'ganin ko'rganmisan saratonda?
Jazzirama bo'lganmidi qahratonda?
Yashay mayli bir umrlik armonlarda
Seni sevib qolishimni so'ramagin.
Qizil qorlar yog'gandayin bo'lar sevsam,
Qorani oq ,oqni esa qora desam.
Ikkizmizga jabr bo'lar agar bilsang,
Seni sevib qolishimni so'ramagin.
Bilsang seni eng ayanchli tushingdaman,
Qalbimga ne bo'lganini tushunmayman,
Sen hop desang barchasini to'g'irlmayman
Seni sevib qolishimni so'ramagin.
Ko'nglim mening qanoti yo'q qushga o'xshar,
Ucholmaydi makonini but butkul tashlab,
Bilsang ohri qolarman men ko'zim yoshlab,
Seni sevib qolishimni so'ramagin.
✍ Munavvara_Dilroz ✍
@Sheriyat
,, Sevib bo'lmaydi"
Yurakning so'ziga kirmagin ko'ngil ,
Begona yurakda gullar unmaydi.
Aldamchi bahorga aldanib qolma,
Bog'i bor gullarni sevib bo'lmaydi.
Quyoshdek boqsa ham charaqlab kulib,
Nuri isitmaydi , ko'ngling to'lmaydi.
Baxtiyor qilmog'i mumkin - u lekin,
Quyoshsifatlarni sevib bo'lmaydi.
Holingni so'raydi kecha - yu kunduz,
Kamalak rangini kiyib porlaydi.
Bir dilga bir ko'ngil asli yetar -u,
Yetti yuzlilarni sevib bo'lmaydi.
Bulutdek opppoqdir orzulari ham ,
Yoningda sayroqi qushdek sayraydi.
Yomg'irga konmaydi ,qorga ko'nmaydi,
Faslsiz oylarni sevib bo'lmaydi.
Sen ko'ngil gapiga kirib qo'ymagin,
Gohida ishqni ham shayton avraydi.
Vafoning yukini bir chetga surib ,
Yori bor yorlarni sevib bo'lmaydi.
She'r muallifi :
✍Axiy ijodidan ✍
Muallif huquqisiz olinmasin
@Sheriyat
#Izohsiz
O‘lim! Ovozingni eshitayabman,
Qaltirab ketmoqda butun vujudim.
Elas elas kelar qiyqiriqlaring,
Yo ingradi o‘tgan behuda umrim.
Jim, ana, siz ham eshitdingizmi?!
Bu o‘sha baqirgan, gunoh ovozi.
Qulog‘im berkiting, yordamlashinglar,
O‘limimga qanday bo‘lyapman rozi...
Ahir men hali ham ulgurmaganman,
Eslolmam bironta savob qilganim.
O‘ttiz yillik umrim bo‘libdi uvol,
Faqat o‘yin-kulgu ekan bilganim.
Ana kelayapti qaranglar ana,
Qandaydur sharpalar ko‘rinar ko‘zga.
Qanday edi, nima deyishim kerak,
Til yaramayapti kalima so‘zga...
Bu qanday ko‘rgulik, nimasi bo‘ldi.
Nahotki, ko‘r bo‘lgan shu ochiq ko‘zim?!
Shundayin qiyinmi birgina jonni,
Ming bitta qiynoqqa solsa bu O‘LIM...
Akbaraliyeva
@Sheriyat
Ketaman...
Jim issiz ketaman sevgim unutib,
Nahot ayrilmoqlik bitdi taqdirga.
Men bilan sira ham kelishmadi baxt,
Balkim hayotimda omad yòqdirda?!
Ortimga qayrilmay ketaman uzoq,
Sevgisiz yashayman bundan buyoģi...
Tuzoq qòyaversin menga yolģizlik,
Chòchita olmaydi endi qiynoģi.
Jim issiz ketaman bariga kònib,
Òchiraman yoddan barcha hotiram.
Eslata olmaydi kuzning bargi-yu,
Ohista yoģyotgan minglab yomģir ham.
Sezmoqdaman oson bòlmaydi sira,
Kònaman, shunchaga chidadim ahir.
Bir vaqti mehringga tashna yuragim
Muzdek qotib qoldi,bòldi toshbaģir.
Ha! Rostdan ketaman qayrilmay ortga,
Qol deb tutmoqlikka uzatilmas qòl.
Umidvor bòlmayman hatto zarracha
Zulmatda tursa ham qarshimdagi yòl!
Yòqolib ketaman shunday!
Ha shunday!!!
Bòlar tunlar endi òzga sirdoshing.
Meni eslatadi lekin bilib qòy
Kòzingdan tòkilgan shòr qatra yoshing!
(Pok qalbimda qoldirdi doģlar,
Qalbi majruh tanasi soģlar...)
Akbaraliyeva @Sheriyat
Siz kimsasiz deya pisand qilmaganlarga ham aytar soʻzingiz boʻladi men yolgʻiz emasman Alloh men bn deya baralla ayta olasiz
Bu dunyo oʻtkinchiligini hayotda chekgan dardlar un Robbimning huzurida mukofotlanishini oʻylaysiz ......
🍃Manalog
✍Oydina Obidova so'zi
🎙<<Šojidâ>>Mansurova
12.11.2022
@sheriyat
Ikkimiz...
Ikkimizni tanimaydi balki ,bahor
Tuyg'ulari muhabbatdan gullamaydi.
Ko'rishganda faqatgina yomg'ir yog'ib,
Yuzimizga hasratlari dumalaydi.
Ikkimizni kuz taniydi rangimizdek,
Hazonrezgi yaproqlarga to'lib ketgan.
Hijron tanir,armon tanir bir nafasda
Qor tagida orzulari erib ketgan.
Ko'nglimizga boshin qo'yib yotadi qish,
Sovuq urgan boychechakdek titrab turar.
Quyosh nuri tushmaydi hech ko'ksizmizga,
Shu sababmi izhorlar ham muzlab ketgan.
Yoz taftida kuygan qancha ko'ngillarning
Bahorlarga aytolmagan sirlari bor.
Sen va mening o'rtamizda Tangri bilgan ,
Qalbimizning yuvilmagan kirlari bor.
Ming urinma endi quyosh chiqmas kulib,
Yo'limizga bahor gullar to'shamaydi.
Sen begona ,men begona ,ikki dunyo
Dillarimiz sevishganga o'xshamaydi.
✍ Munavvara_Dilroz ✍
@Sheriyat
АЁН
Ўйлаб топмаганман бахт деган сўзни,
Демак, бахтсизлик ҳам менга оидмас.
Топиб бўлармиди босилган изни,
Кетган кетиб бўлди, қайтмаса қайтмас.
Мен туғилган пайтда бор эди орзу,
Армон ҳам тирикди анчадан буён.
Эски насиҳатни йиғиштир, дўстим,
Умр ўтиб бўлди, қолгани аён.
Толе ҳам тушмаган онам маҳрига,
У зотан бир шўрлик касга зормиди?
Ер чорлаб турганда қаро бағрига
Осмонга cапчишга бало бормиди?
Дунёни икки деб ёзмишлар тугал,
Недан бу борада энди хархаша –
Бириси фоний, лек жилваси гўзал,
Бири боқий, қайсар шунга яраша.
Бари шодликларга вақт бордир ҳали,
Бир куни раҳматлар чексиз ёғилар.
Ҳозир кетдик дилга малҳам қўйгали,
Кетдик, кутиб қолди бизни қайғулар!
Xayrulla Hamidov
@Sheriyat
Ular borsin aylanib bog'ga
Qo'l ushlashib chiqishsin tog'ga
Men seni tashlamay chog'ga
Madinaga ketamiz bir kun😊
Buncha araz zardalar qilma
Bu so'zimni hazilga ilma
Zarlar debon qalbingni tilma
Madinaga ketamiz bir kun😊
Solishtirma meni ularga
Amali yoq,ko'zni yularga
Ko'rsataman hali bularga
Madinaga ketamiz bir kun😊
Aylantiring,zerikdim deysan kunda
Sabr qilib kutib o'tir meni uyda
Oy korinmas kechalari yarim tunda
Madinaga ketamiz bir kun😊
Qalbdaki muzlarmiz erib
Kibr tolasini dildan terib
Rasulullohga salom berib
Madinaga kiramiz bir kun😊
Dajjol hatto kirolmagan
Yomonliklar qilolmagan
Bir qadamham yurolmagan
Madinaga ketamiz bir kun😊
Dilga olam quvonchni solib
Hohlagancha u yerda qolib
In sha Allah farzandlar olib
Madinaga ketamiz bir kun😊
✍ILYOSBEK
Muallif huquqisiz olinmasin
@Sheriyat
@Sheriyat kanali uchun
Muallifga alohida raxmat
Ijodlariga omad
✍Akbaraliyeva
🎤🎬Maftuna Fayzullayeva
Tonglari yorishgan qiroat bilan,
Quyoshi porlagan salovat bilan,
Barini unutib halovat bilan,
Robbim ,Madinaga borgim kelyabdi.
Ko'ngilda iymonning sustlashgani rost,
Gunohlar birma - bir chiqarar ovoz,
Barcha barchasidan bo'lib bir xalos,
Robbim, Madinaga borgim kelyabdi.
Qo'limga Qur'onu Karimni olib,
Dilimga ilimning nurini sochib,
Kabada qo'limni duoga ochib,
Robbim, Madinaga borgim kelyabdi.
Ol qulim, desanggu borardim chopib ,
Barcha yomonliklar eshigin yopib,
Haq yo'lda hidoyat yo'lini topib ,
Robbim, Madinaga borgim kelyabdi.
Masijd - u Haramda qilib ko'p zikr,
Qalbimda qoldirmay zarracha kibr,
Yetkazgan kuningga aytib ming shukr,
Robbim, Madinaga borgim kelyabdi.
Qalbimga solganing asli bir hikmat,
Bu ne muhabbatdir ,bu ne muruvvat?
Chekka burchagida topsam ham hilvat,
Robbim, Madinaga borgim kelyabdi.
✍ Munavvara Dilroz ✍
@Sheriyat
Aytar edi Onam menga yoshligimda
Shu so’zlarim unutmagin jonim bolam
Yolg’on so’zin olib tashla lug’atingdan
Boshing uzra qilich serkab tursalarham
Avvalambor sotqin fellar ila yurma
Ular bilan o’tirmagin yotma turma
Seni sotgan do’stingniham sota ko’rma
Peshonangga miltiq tirab so’rsalarham
Xaqiqatni izla bolam toliqmayin
Do’st tanlashda xushyor bolib hovliqmayin
Desang badfel kimsalarga yo’liqmayin
Mardlarni quv sendan yuzin bursalarham
Xayrullo Hamidov
@Sheriyat
Yo'lga chiqsam nurli makonni yod etib,
Hasta dilni bir nafasda shod etib,
Yo Xodo deb belni mahkam bog'ladim,
Iymonu insof bila bayon etib
Qay tarfdin izlayib endi sani
Dashtu sahro kezaman faryod etib
Yo ilohiy qayda olam sarvari,
Etgali chiqdim manzilin obod etib
Sarvari olamni ko'rgaymanmikin,
Bir nafas yonida bo'lgaymanmikin,
Assalomu alaykum ya Rosulolloh
Deb aytmogim bormikin bir dod etib,
Necha yilki ishqida bechora dil
Bormu bu diydorina bir chora dil
Yohulab kezsam biyobonlar aro
So'z demay kimlar bilan ovvora dil
Kunu tun salovot aytay xaqqiga
Ketmasin Shayton yo'lim barbod etib
Ey Mutallib Paygambrimga ayt sano
Zora kirsa tushlaringa shod etib
Mutallib
@Sheriyat
Kemaman manzilsiz ishq ummonida,
Umid uchqunlari men uchun yelkan.
Yòlimni tòsishib gohi-gohida,
Gumonlar qalbimga sanchadi tikan.
Olislab ketaman qayģu-xasratdan,
Yuziga oyoģim bosib òtaman.
Meni vahimaga slogan daxshatdan ,
Baxtni qalqon qilib kulib ketaman.
Daryoman ,irmoqlar qalbimga tutash,
Tomchilar kòksida ash'orlarim bor.
Tòfonga aylanib ketgan tuyģular,
Javobsiz ishq uchun hozirlashar dor.
Dengizdek mavjlangim kelar gohida,
Baliqqa aylanib suzgim keladi,
Chiqvolib daraxtning baland shoxiga,
Oyga she'rlarimni aytgim keladi.
Tunning yelkasiga boshimni qòyib,
Yulduzlar raqsini mushtoq kutaman,
Yetti qaroqchining izidan quvib,
Xatto, bulutlarning tinchin buzaman.
Tonggi shabnam kabi ishq yaproģiga,
Vafo bòlib mayin sochilsam deyman.
Xiyonat, aldovni dòst bilgan dilga,
To tirik ekanman ,,maqtov" òqiyman.
Kònglim muhabbatga shunday oshufta,
Ishqni bilganlarga jonim beraman.
Muhabbatga bir kun qòysalar nuqta,
Men ishqni bir umr kuylab yuraman.
14.05.2020.
✍ Munavvara Dilroz ✍
@Sheriyat
Yodingdami suhbatlarimiz
Koʻzlaringa termulardim jim
Soʻzlaringni, ovozlaringni,
Bóylaringni maftuni edim
Yodingdami yelib oshiqib
Keling desam qushdek ucharding
Salom bersam salomim olib
Song dunyoni mahkam qucharding
Yodingdami ósha sirli tun ,
Yulduzlarning shivir -shiviri
Seni bir bor koʻrmoqlik uchun
Tunlardaman ming yildan beri.
Oychi?.
Esla,
Yodingdami Oy,
Toʻlin boʻlib bizga boqardi
Qóling quchib,koʻzlarim yumsam
Senga juda juda yoqardi
Kechagina tuygʻulardan lol
Sarhush edik ,telba devona
Hammasidan kechdik bemalol ,
Begonamiz endi ..
BEGONA!
Yodingdami suhbatlarimiz,
Sen soʻzlarning, tinglar edim Jim
🎙Sojida Mansurova
✍Malika Tavfiq
@sheriyat
Тонгдаги ёқимли ҳавомисан айт?
Ё ишқдан таралган навомисан айт?
Уйғотиб юбординг руҳимни қара,
Ҳаста бу дилимга давомисан айт?
Ой нури таралган юзларинг севдим,
Охулар хавасманд кўзларинг севдим,
Куй каби таралар овозинг майин,
Исмимни чақирган сўзларинг севдим...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
*ДЕНГИЗГА КЕТАЙЛИК ДЕНГИЗГА*
Боғланиб ногоҳон дил дилга,
Ишқ кириб келганда кўнгилга,
Сен ва мен, иккимиз кел бирга,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Гул бўлсин ўнгимиз, сўлимиз,
Бир-бирин тутканда қўлимиз,
Ахдлашиб, сирлашар еримиз,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Унутиб дунёнинг камларин,
Бир четга сурайлик ғамларин,
Бой бермай ёшликнинг дамларин,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Кўнглингдек оқ қорли тоғгамас,
Изингга интиккан боғгамас,
Тўлқинлар бағрида ҳамнафас,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Меҳрингни кафтида сув ичдим,
Сен борим, умидим, севинчим,
Мен билан бирга бўл, ўтинчим,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Ўзгача денгизнинг ҳавоси,
Мавж уриб таралар садоси,
Эй дардим, ҳам унинг давоси,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Кўраман бахтимни кўзингда,
Кулгичим бахш этсам юзингга,
Соҳилда шеър битай ўзингга,
Денгизга кетайлик, денгизга.
Сен ва мен, иккимиз кел бирга...
Қўшиқ қилмоқчи бўлганлар муаллиф билан боғланинг🙏
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
*КЎРГАНИМДА ДИЛДОРАНИ*
Оширарми нозларини,
Яшириб дил сўзларини,
Олиб қочар кўзларини,
Кўрганимда Дилдорани.
Билолмайман ўнгми тушим?
Бу севгига тушиб ишим,
Еғолмайман ақлу-хушим,
Кўрганимда Дилдорани.
Қолмайман ҳеч изларидан,
Эритай қалб музларидан,
Кўз узолмам кўзларидан,
Кўрганимда Дилдорани.
Ой юзида кулгучи бор,
Ошиқлари йўлида зор,
Унга шайдо бўлдим илк бор,
Кўрганимда Дилдорани.
Гуллар бўйи жанонадан,
Айлади маст девонаман,
Кетгим келмас Фарғонадан,
Кўрганимда Дилдорани.
Қўшиқ учун...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
Hayot!
Bitilmish taqdirim azaldan,
To‘plashga urundim savobni,
Kimlardur so‘raydi Hayot ne?
Robbimdan kutyapman javobni!
Qo‘rqaman men hayotdan rosti,
Taqdirimdan noliyman ozroq.
Hayot o‘zi oliftarog‘u,
Qiynoqlari undan tannozroq...
Taskin berib o‘zimga o‘zim,
Ko‘z yosh bilan dalda beraman.
Hatolarni qilib ortidan,
Qaytarmayman va'da beraman...
Bilasizmi nega bunchalar,
Qo‘rqitadi meni bu Hayot.
Berkitgandek onamni mendan,
Tuproq tortib oldi ertaroq...
Shundan beri o‘ynaganim yo‘q,
Chopsam oyoq og‘rib ketadi.
Bilamanki g‘irrom o‘ynaydi,
Har galgidek g‘olib keladi...
Hayot tahir ta'mi qalampir,
Chaynatadi menga achchig‘in.
Noliganim bilib qolmasin,
Yana jaxli chiqmasin tag‘in.
Shunday qilib yashab yurubman
Onam qabrin qilib tavobin.
Vaqti kelsa olarman qasdim,
Tangrim berar Hayot javobin...
Akbaraliyeva
@Sheriyat
ОНА
Йўлга чиққан бўлсанг орзулар томон,
Толе ҳузурига талпинган бўлсанг,
Онадан бошлангай бари бегумон,
Онадан ҳеч бири аввалмас, билсанг!
Шу бир сўз юракка илоҳий малҳам,
Атрофи самовий мушк-ла ўралган:
Ҳаттоки ярқироқ «бахт» деган сўз ҳам
«Она» деган сўздан кейин яралган.
Шу қадар қутлуғ бир таъриф ўсганки,
Бари Ҳавводан сўнг бошланган бўлса
Ва Одам бобомиз келган масканки,
Волида пойига тўшалган бўлса,
Мен нетдим бошқа бир улуғвор сўзни,
Зотан шу калим-ла Дилни йўқлайман.
Онамга қаратиб нам тўла кўзни,
Жимгина йиғлайман, бахтли йиғлайман!
Xayrulla Hamidov
@Sheriyat