𝐒𝐡𝐚𝐡𝐛𝐨𝐳 𝐅𝐚𝐲𝐳𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯 𝐢𝐣𝐨𝐝𝐢𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐤𝐮𝐳𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠 🎶 Murojat uchun: @OtaOnaduosi1 Kanal silkasi: https://t.me/joinchat/mTuqxEaMJp1mMmQy
Sotiladi demo
Murojat uchun @OtaOnaduosi1
Online bilet olish uchun QO’LLANMA
•Biletlarni: iTicket.uz sayti orqali xarid qilishingiz mumkin.Videoni to’liq ko’rib,o’rganib olishingiz mumkin😊
• 16-sentyabr kuni “Xalqlar Do’stligi” san’at saroyida ko’rishguncha!
• (95)1680880 | (93)5662211☎️
Sher Shahboz Fayzullayev
@shahbozfayzullayev
✅️MODARAM
So'z Shahboz Fayzullayev
@Shahbozfayzullayev
✅️PREMYERA
"OLE YO" 24 IYUN 19:00 DA
Hulkar Abdullayeva bilan birinchi xamkorligimiz omadli bo'lsin 🥰
@shahbozfayzullayev
Meni dunyo yomon ko'rsa mayli dedim
Meni odam yomon ko'rsa mayli dedim
Dunyolarga sig'madim hech sig'madima
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Ichim tirnab yuraman qosh qovog'iga
Bir yahshiman aylaman yomoniga
Aqlim hayron yuray qaysi tomoniga
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Bir kun meni yolg'izlik siylab qolar
Bir kun meni baht oni kuylab qolar
Bir kun menga muhabbat bo'ylab qolar
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Ketgim kelar uzoq uzoq uzoqlarga
Charchamadim tushaverib tuzoqlarga
Qaytgim kelmas ketsam qaytib buyoqlarga
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Xol so'rangchi xolim qoldimikan meni
Biror yaqin xabar oldimikan meni
Umr so'nggi yaqin qoldimikan meni
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Chirog'imni yoqib qo'yib ketayapman
Sizga o'zimni omonat etayapman
Sabr qiling azroilni kutayapaman
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Ortimdagi qolgan izlarim o'chmasin
Meni yodim yodingizda hech ko'chmasin
Sog'inchingiz ko'z yoshingiz bildirmasin
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
Men kimnidir sog'ingandek shoshyapmana
To'g'oni yorilgan suvdek toshyapmana
Dardlari ko'p xarorati oshyapmana
Yaqinlarim yomon ko'rsa mayli dedim
@shahbozfayzullayev
✅️soon...
@shahbozfayzullayev
@shirinzoitova
@nodir_zoitov
@bakaevmusic
@shahbozfayzullayev
Soon😎 tez kunlarda yangi Primyera kutib qolasizlar degan umitdaman 🎶🎸
@shahbozfayzullayev
Sendan habad kelguncha
Yurak qon yutar endi
Bu dard bu fig'on sitam
Ayt qachon bitar endi
Qutulmadim bu taqib
Bu isyon bu savdodan
Boshim qayga uray ayt
Qayga qochay g'avg'odan
Sen bo'lmading shu onlar yonimda
Yonimda bo'lmading shu ahvolimda
Alamlaring ozorlaring oqadi
Bilasangmi meni tomir qonimda
Kuysam batar bo'ladi
Yahshi bo'lmaydi endi
Ko'ngil yarim bo'lsa
Sira to'lmaydi endi
Avval kulgan bo'lsa ham
Avval sevgan bo'lsa ham
Avval urgan bo'lsa ham
Yurak urmaydi endi
@shahbozfayzullayev
Gohi uzoqlarni tolaman o'ylab
Nafs deydi to'yguncha to'yib ol o'yna
Meni tinchim buzmay deb o'zingni qiynab
Ona sensiz yahshashni o'rgatib qo'yma
Besh kunlik dunyo deb qutursa nafsim
Bo'g'zimga tiqililar so'nggi nafasim
Senga iltimosim senga bu arzim
Ona sensiz yahshashni o'rgatib qo'yma
Diling ranjitaman o'ylamay biroz
Senga qilgim kelar erkaligim ros
Xar kun hizmatingni qilsam ham men oz
Ona sensiz yahshashni o'rgatib qo'yma
Besh kunlik dunyo deb qutursa nafsim
Bo'g'zimga tiqililar so'nggi nafasim
Senga iltimosim senga bu arzim
Ona sensiz yahshashni o'rgatib qo'yma
@shahbozfayzullayev
Kechirgin biz nodon notavonlarni
Senga bo'lolmadik loyiq farzandlar
O'ylabmiz farzand do'st ham yoronlarni
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Bugun yonimizda bilinmayapti
Ertaga qilamiz ox voh alamlar
Na ximmat na xizmat qilinmayapti
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Tishi yo'q belida og'ir dard bilan
Asta bosib yurib turar qadamlar
Umr o'tqizyapmiz faqat gap bilan
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Yugurib hizmatin qilyapmiz kimni
Onadan qizg'onib etibor damlar
Parvosiga kelmas bugun hech kimni
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Sahovat qilamiz yod kimsalarga
O'chadi bir kuni yongan bu shamlar
O'ch bo'lib dunyoyu zeb ziynatlarga
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
To'kkan ko'z yoshimiz yolg'on chamasi
Nafs qilgan nayrang bu ig'vo vas vasi
Bir kuni kuladi hamma hammasi
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Tulkiday ayyorga ximmat qilamiz
Onaga qilganni minnat qilamiz
Bir kun aylanib ota ona bo'lamiz
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
Ona duo qilgin minib boray toy
Sayr etaylik dildan ketsin g'uborlar
Meni kutayapsan sen ham xoyna xoy
Onani qaritib qo'ydik odamlar
Otani qaritib qo'ydik odamlar
@shahbozfayzullayev
Tez kunda...
Umidaxonhojiyeva bilan birinchi hamkorligimiz
Nodir Zoitov
Bakayevmusic
@shahbozfayzullayev
Sher Shahboz Fayzullayev
@shahbozfayzullayev
TEMUR RAHMONOV
SHAHLOXONIM
SHAHBOZ FAYZULLAYEV
Yor-Yor soon...
@shahbozfayzullayev
Soon...
Idea & So'z @shahbozfayzullayev
Aranjirofka @bakayevmusic
@shahbozfayzullayev
✅️Bular boshlanishi xali uzoq davom etadi In Shaa Allah 🤲
@shahbozfayzullayev
✅️soon...
@malik_singer1
@shahbozfayzullayev
@ibrat_azamatov
@shahbozfayzullayev
Qalbimni sezmadingmi
Dardini aytsa ham ko'zim
Sevilmaganmi gunohkor
Sevganmi gunohkor o'zim
Xato qildimmi dil berib
Seni tanlab kelib kelib
Azobdan qutularmidim
Yuragimni otsam yulib
Kelma hayotimga qaytib yana
Kelma yolg'onlaring aytib yana
Kelma sevaman deb aldab meni
Kelma
Sen meni kuydirib yeding
Men uchun sen bitta eding
Dilimni azoblash uchun
Sen meni yo sevganmiding
Xato qildimmi dil berib
Seni tanlab kelib kelib
Azobdan qutularmidim
Yuragimni otsam yulib
@shahbozfayzullayev
Shikast yetdimi dilingga
Alas tushlar ko'ribsan
Meni sog'inib ketdingmi
Qarshimda turibsan
Kunlaring o'tmadimi
Tunlaring o'tmadimi
Mensizlik o'tmadimi
Qarshimda turibsan
Yo'llari xazondek
Yuragi vayrondek
Bo'lmagan osondek
Qarshimda turibsan
Iching tirnaldimi
Dil yaralandimi
Qalbing qiynaldimi
Qarshimda turibsan
Ko'zing yoshga to'lib
Majburdayin kulib
Qolgandeksan so'lib
Qarshimda turibsan
Shikast yetdimi dilingga
Alas tushlar ko'ribsan
Meni sog'inib ketdingmi
Qarshimda turibsan
@shahbozfayzullayev
Senga qarab ko'zlarimdan yoshlar tomayapti
Yuragimdan tomchi tomchi qonlar oqayapti
Men bu devona xolim senga yoqayapti
Nima qilib qo'yding meni sen
Alam bilan borib senga qalbim ochaymi yo
Sen yo'q joylarga boshim olib qochaymi yo
Bu kunimdan xavotirda yerdan ko'chaymi yo
Nima qilib qo'yding meni sen
Men yig'lab senchi kulib yuribsanda dardisarim
Ayyorgina yolg'onchisan sendan xatto yo'q habarim
Meni tushlarimga kirib xayolimga aylanganim
Nima qilib qo'yding meni sen
Kuzga yetib qishdan o'tib bahor kelar endi yana
Og'riq berib qo'ymasa hech yurak minggta bo'ldi pora
Laylisanu men o'sha bir majnun bo'lgan telba yana
Nima qilib qo'yding meni sen
Senga qarab ko'zlarimdan yoshlar tomayapti
Yuragimdan tomchi tomchi qonlar oqayapti
Men bu devona xolim senga yoqayapti
Nima qilib qo'yding meni sen
@shahbozfayzullayev
Men ishqa mast edim mast qildirdilar
Kuydirding kuygandim past qildirdilar
Ayriliq emasdi bu tush degandim
Yomonlar bu tushni rost qildirdilar
@shahbozfayzullayev
🥺💔
Shoir: Shahboz Fayzullayev
Compozitor:Mirjalol Nematov
@shahbozfayzullayev