🔊Bizni kanalda eng ajoyiblari! #Profil_uchun_foto #Statuslar #Mp3lar #Sherlar Reklama berish uchun @Alhamdulillah_bahtliman ga yozila! Kanal ochilgan sana : 20.02.2018
***
Ulgurmasam holingiz sõrab.
Kõnglingizni mehrga õrab.
Kutib turmay yõlimga qarab.
Borolmasam siz yõqlab turing.
Yõqolmasdan bizda oqibat.
Soğinchlarni qilmayin qavat.
Eng bõlmasa yozib turib hat.
Borolmasam siz yõqlab turing.
Unutilib qolmasdan mehr.
Ekilmasdan õrniga qahr.
Yaqinlarmiz jigarday ahir.
Borolmasam siz yõqlab turing.
Yumushlarim olganda qavrab.
Soğinchlardan tursan kun sanab.
Imkon bõlsa holimiz sõrab.
Borolmasam siz yõqlab turing.
Bu dunyoda hamma ğanimat.
Hech kimsaga qilmagan shavqat.
Uzulmasin oramiz faqat.
Borolmasam siz yõqlab turing.
@Sevgi_sherlarim ❤️
Senga hoʻp bogʻlanib qolmaslik uchun,
Oʻzimni azobga qoʻymaslik uchun.
Koʻzlarim termulib kutmaslik uchun,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak
Dilngga bermay deb sira ozorlar,
Ochilmay soʻlmasin dedim gulzorlar.
Boʻlib qolma deya mendan bezorlar,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak.
Sen bilan shu oʻtgan ozgina muddat,
Xotirada mangu qoladi albatt.
Qargʻamasin deya bizni muhabbat,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak.
Ranjimagin ,menga oson tutmagin,
Ichingdan kuyinib gʻamlar yutmagin.
Bir kun qaytar deya aslo kutmagin,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak.
Aytgan har bir soʻzing qolar yodimda,
Yoʻq emasan borsan koʻzu oldimda .
Kechir seni juda qiynar boʻldimda,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak.
Ketishim ikkimizga boʻlsada jabr,
Unitmayman seni ishon baribir.
Boshqa kurishmaka qilibla sabr,
Ketgum yoʻq...ammo ketishim kerak
@Sevgi_sherlarim ❤️
- Hayotdagi eng goʻzal narsalardan biri, hech bir izohsiz seni tushunadigan insonni topishidir.
@Sevgi_sherlarim ❤️
Kimda shunaqa boʻlgan...
@Sevgi_sherlarim ❤️
NEGA SENI SEVDIM MEN?
Ketdingku yuzing burib,
Yagonamsan devdim men.
Qancha goʻzallar turib,
Nega seni sevdim men?
Taqdir ekan gʻaroyib,
Past-palandin koʻrdim men.
Bir onda boʻlding gʻoyib,
Nega seni sevdim men?
Boylikka oʻch ekansan,
Buni kechroq bildim men.
Gul emassan, tikansan,
Nega seni sevdim men?
Seni sevgan oʻshal qalb,
Yuragimni yuldim men.
Koʻnglimga orttirib dard,
Nega seni sevdim men?
Menga oshiq koʻp edi,
Bugun tavba qildim men.
Ozorlaring toʻp edi,
Nega seni sevdim men?
Ishqni olgan malolim,
Oʻzni yomon koʻrdim men.
Aqlimda bir savolim:
Nega seni sevdim men?
Qara hol-ahvolimli,
Oʻzni nochor qildim men.
Yuragi yoʻq zolimni,
Nega seni sevdim men?
Majburliging savobing,
Bahonalar oldim men.
Bormi aytgin javobing?
Nega seni sevdim men?
Soʻz desa yuzim burib,
Senga quloq ildim men.
Vafoli yorlar turib,
Nega seni sevdim men?
@Sevgi_sherlarim ❤️
KECHIROLMADIM😢
Qalbim yaralarini oʻchirolmadim,
Harakat koʻp qildim, lek kechirolmadim,
Urindim hoʻp, intildim, eplolmadim,
Kechir sen, kechir-u men kechirolmadim.
Men behuda berilgan zarbadan bezdim,
Bilmaysanda qiynaldim qaytlarni kezdim,
Qadrimni hoʻp toʻkibman buni kech sezdim,
Kechir sen, kechir-u men kechirolmadim.
Insof bersin-da senga, toʻxtatsang boʻldi,
Hech narsa kerakmas, bil, koʻnglim bu oʻldi,
Zardoblar ichirding, hoʻp nafratga toʻldi,
Kechir sen, kechir-u men kechirolmadim
Muhabbat bogʻlarida ichibman sharob,
Taqdir sinayverib koʻp, boʻldi-ku qassob,
Endi ham kechirish yoʻq, shunisi hisob,
Kechir sen, kechir-u men kechirolmadim.
@Sevgi_sherlarim ❤️