⚡️1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi
🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.
Yuqorida onlayn hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma bilan tanishishiningiz mumkin.☝️
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Яшнобод туманида ёшларни қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ишлардан лавҳа
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | user-vs9yb6uq6e">YouTube | Facebook
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Ҳукумат қарори (263-сон, 26.06.2023 й.) билан Педагог ходимлар учун йиллик узайтирилган меҳнат таътили давомийлиги меъёрлари тасдиқланди.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
⚡️Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar toʻlanadi. Bunda:
bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi.
Ushbu maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish muddatlari haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qabul_2023
Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2023-2024 o‘quv yili uchun:
🔹5-sinfga ANIQ FANLAR yo‘nalishiga
2 ta sinf (48 ta o'quvchi)
🔸ANIQ FANLAR yo‘nalishiga hozirda mavjud sinflardagi bo'sh o'rinlarga 8-sinfga (5 ta o‘quvchi), 9-sinfga (6 ta), 10-sinfga (6 ta) qo'shimcha qabul qilinadi
Qabul jarayoni 10-iyundan 30-iyungacha davom etadi
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza.piima.uz sayti orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Kirish imtihoni quyidagi fanlardan Qarshi shahrida test sinovi shaklida oʻtkaziladi:
5-sinf "Aniq fanlar" yoʻnalishida:
—matematika (mantiqiy fikrlash)
—ingliz tili
8-, 9-, 10-sinf "Aniq fanlar" yoʻnalishida:
—matematika
—fizika
—ingliz tili
Tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7sinfdan qabul qilinadi(1ta sinf, 24ta o‘quvchi qabul qilinadi)
Shoshiling! Qabul tugashiga atiga 9kun qoldi....
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:
Telefon: +998993836997
Telegram: @faridamaratovna
📲Bizni kuzatib boring
Dehqonobod tuman IM
⚡️ЭРТАГА КАТТА ОНЛАЙН ТЕСТ
БАРЧА ҚАТНАШИШИ ШАРТ!
🏆ЮТУҚ: 1.000.000 сўм!
📆 Эртага, 18 июнь куни Oliygoh.uz ва Инновацион ва ижтимоий-иқтисодиёт университети ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 49-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.
📆 Тест вақти: 18 июнь (19:00)
💳 Иштирок этиш нархи: БЕПУЛ
👉 Рўйхатдан ўтиш шарт!
Кириш имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ оригинал тестлар сиз учун!
Йўналиш танланг ва рўйхатдан ўтинг!
👉Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Инглиз тили + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉 Кимё + Биология
👉 Математика + Инглиз тили
👉 Математика + Она тили
👉 Математика + Физика
👉 Она тили + Инглиз тили
👉 Она тили + Математика
👉 Она тили + Тарих
👉 Тарих + География
👉 Тарих + Инглиз тили
👉 Тарих + Она тили
👉 Биология + Она тили
👉 Биология + Кимё
👉 Кимё + Математика
👉 География + Математика
👉 БОШҚА ЙЎАЛИШНИ ТАНЛАШ
❗️Инновацион ва ижтимоий-иқтисодиёт университетига 8 та йўналишда ҳужжат қабул қилинади. Университет талабаларни ишга жойлашиши бўйича нуфузли ташкилотлар билан ҳамкорликка эга.
👨🏻💻 Тестга рўйхатдан ўтиш:
👉 Рўйхатдан ўтиш
👉 Рўйхатдан ўтиш
🔖 Тест якунида сертификат берилади!
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota
👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi
◼️ 9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.
Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.
🗓 Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.
❗️Internet yetib bormagan olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim tashkilotlariga shahodatnomalar elektron platformadan yuklab olinib, chop etilgan holda taqdim etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️БАРЧА АБИТУРИЕНТ ВА МАКТАБ БИТИРУВЧИЛАРИ ДИҚҚАТИГА!
ЕРТАГА КАТТА ОНЛАЙН ТЕСТ
🏆ЮТУҚ: 1.000.000 сўм!
📆Эртага, 11 июнь куни Олийгоҳ.уз ва Ренессанс Таълим Университети ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 47-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.
Кириш имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ оригинал тестлар сиз учун!
📆Тест вақти: 11 июнь (19:00)
💳Иштирок этиш нархи: БЕПУЛ
👉Рўйхатдан ўтиш шарт!
Йўналиш танланг ва рўйхатдан ўтинг!
👉Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Кимё + Биология
👉Математика + Физика
👉 Тарих + Она тили
👉География + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉Она тили + Инглиз тили
👉 Биология + Она тили ва адабиёти
👉БОШҚА ЙЎАЛИШНИ ТАНЛАШ
Маълумот учун, Ренессанс Таълим Университети - Халқаро даражадаги 31 та таълим йўналиш бўйича бакалавр таълим дастурларида талабаларга ХАЛҚАРО стандартларда таълим олишни таклиф қилади.
👨🏻💻 Тестга рўйхатдан ўтиш:
👉 Рўйхатдан ўтиш
👉 Рўйхатдан ўтиш
#e’lon
#abituriyent2023
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yoshlar” telekanali hamkorlikda “Abituriyent-2023” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda.
Ushbu loyihaga asosan “Yoshlar” telekanalida har payshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha “Abituriyent-2023” ko‘rsatuvi efirga uzatiladi. Unda vazirlik va uning huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili qabuli bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalari yo‘llagan savollarga batafsil javoblar berib boriladi.
“Abituriyent-2023” ko‘rsatuvining ilk soni bugun soat 15:00da efirga uzatiladi. Qabulga doir savollarni Telegramdagi @abituriyent2023bot orqali yuborishingiz mumkin.
Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari
◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.
📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.
🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Биласизми
🔰Қонунчиликка кўра, мактаб битирувчиларининг шаҳодатномасидаги 11 йиллик таълимнинг сўнгги 6 йиллик баҳолари ОТМга киришдаги балга қўшилади. Баҳолар электрон платформалар орқали ҳисобланади ва ДТМнинг “ABITUR” дастурига юборилади.
🔢 Баҳоларнинг ўртача кўрсатгичи 6-11-синфлардаги ёки 6-9-синфлар ва 1-2-босқичлардаги йиллик баҳоларнинг умумий йиғиндисини ўқитилган фанларга бўлиш орқали чиқарилади.
🔘 Максимал балл 100 фоиз деб олинади ва баллар баҳо тизимига қуйидагича ўтказилади:
▫️86–100 % учун – 5 баҳо;
▫️71–85 % – 4 баҳо;
▫️56–70 % – 3 баҳо;
▫️56 % гача – 2 баҳо.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
SAVOL: Bu yil qabul qachondan boshlanadi?
✅ JAVOB: Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.
Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan
Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан экстремизм ва терроризм ғоялари билан йўғрилган деб топилган Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, тарқатиш ва намойиш этиш тақиқланган материаллар рўйхати (2023 йил 17 май ҳолатига кўра)
@dinqumita
Magistratura uchun qaysi sertifikatlardan foydalanish mumkin?
◼️Ma’lumki, davlat OTMlarining magistraturasiga hujjat topshirish uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Bunda filologiya yo‘nalishlari uchun kamida C1, qolgan barcha boshqa yo‘nalishlar uchun B2 sertifikati bilan hujjat topshirish mumkin.
Bu yilgi qabul uchun 25 ta turdagi sertifikat tasdiqlangan. Ulardan biri bo‘lsa, talabgor magistraturaga o‘qishga kirish imkoni yuqori bo‘ladi.
Sababi talabgorlardan alohida imtihon olinmaydi. Chet tili sertifikati darajasi va bakalavr diplomining o‘rtacha balliga qarab ketma-ketlikda abituriyentlar qabul qilinadi. Bu degani sertifikat darajangiz qancha yuqori bo‘lsa, imkoniyatingiz ham shuncha yuqoriroq bo‘ladi deganidir.
Eslatma: magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qabul_2023
✅ 2023-2024-o'quv yili uchun Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o‘quvchilar qabuli davom etmoqda
➖ aniq fanlar yo'nalishiga 5-sinfga (4-sinfni tugatganlar)
➖ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-sinfga (6-sinfni bitirganlar)
➖ Shuningdek, ANIQ FANLAR yo‘nalishiga hozirda mavjud sinflardagi bo'sh o'rinlarga 8-sinfga (5 ta o‘quvchi), 9-sinfga (6 ta) 10-sinfga (6 ta) qo'shimcha qabul qilinadi
📅 Qabul 30-iyunda yakunlanadi
☎️ Qo'shimcha ma'lumot va hujjat topshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha bog‘lanish uchun
Telefon: +998993836997
Telegram: @faridamaratovna
⏰ Murojaat vaqti: 8:00 dan 17:00 gacha
📲 Bizni kuzatib boring
Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota
👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi.
✅ Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:
🔹bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
🔹magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.
🗓 Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qabul2023
#videoqo‘llanma
📹 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatiladi
Prezidenting 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-sonli qarori bilan maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi shtatlari tugatiladi.
📄 "Quyidagilar:
➖ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish uyida xizmat koʻrsatuvchi barcha ijtimoiy xodimlari;
➖ davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi Ijodiy-madaniy muassasalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilib, 2 528 shtat birligi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 2 896 ta shtat birligi Agentlik tizimiga oʻtkaziladi."
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Прeзидeнт мактаблари 2023-2024-ўқув йили учун қабул эълон қилади
Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Президент мактабларига 2023/2024-ўқув йили учун ҳужжатлар қабули 10 июндан – 30 июнга қадар ОНЛАЙН шаклда ariza.piima.uz сайти орқали амалга оширилади.
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Доналаб сигарет сотиш мумкин эмас
“Алкоголь ва тамаки маҳсулотларининг тарқатилишини ҳамда истеъмол қилинишини чеклаш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–844-сон, 24.05.2023 й.) Президент томонидан имзоланди
🔢 Қонун билан алкоголь ва тамаки маҳсулотларини ишлаб чиқариш, сотиш билан боғлиқ муносабатлар, шунингдек, соҳага масъул органларнинг ваколатлари белгиланди.
🚫 Қонунга кўра, алкоголь ва тамаки маҳсулотларини қуйидаги ҳолатларда реализация қилиш (сотиш, сотиб олиш ва ҳ.к.) тақиқланади:
🔸21 ёшга тўлмаган шахсларга ва улар томонидан;
🔸сотувчининг бевосита иштирокисиз, ўзига ўзи хизмат кўрсатиш токчаларидан, электрон тижорат шаклида;
🔸сайёр савдо қилиш йўли билан, кўчмас савдо объектларидан ташқарида, дорихоналарда;
🔸болаларга мўлжалланган товарлар сотиладиган хоналарда;
🔸болалар ўйинчоқларига, конфетларга ёки болалар учун мўлжалланган бошқа товарларга ўхшатиб ишланган бўлса;
🔸соғлиқни сақлаш, таълим, маданият, спорт иншоотлари, санаторий ҳамда тиббий-ижтимоий муассасалар ҳудудларида;
🔸таълим, спорт ва диний ташкилотлардан 100 метрдан кам масофада жойлашган савдо объектларида;
🔸яроқлилик муддати ўтганда, маҳсулот сифатини тасдиқловчи тегишли ҳужжатларсиз;
🔸доналаб ёки очилган (яхлитлиги бузилган), истеъмол ўровида (қутисида) сигареталар ва қиздириладиган тамаки маҳсулотига нисбатан.
📌 Алкоголь маҳсулотларини иш жойларида, кўчаларда, стадионларда, хиёбонларда, боғларда, барча турдаги жамоат транспортида ва бошқа жамоат жойларида истеъмол қилиш тақиқланади.
☑️ Чилим чекиш учун махсус ажратилган жойлар фақат чилим бериш бўйича хизматлар кўрсатиладиган, вентиляция тизимлари билан жиҳозланган алоҳида ажратилган бинолар, иншоотлар ва объектларда ташкил этилиши мумкин.
❕Алкоголь маҳсулотларининг истеъмол идишида ёрлиқ асосий юзасининг камида қирқ фоизини эгаллайдиган матнли ёзув ва (ёки) расм тарзидаги тиббий огоҳлантириш бўлиши керак.
Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан 3 ой ўтгач кучга киради.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
⚡️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi
❗️2023-yil 1-maydan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;
❗️2024 yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;
❗️2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali