school_direktor | Неотсортированное

Telegram-канал school_direktor - Maktab direktorlari

2295

Bog'lanish va kanalda e'lon berish uchun: @Maktab_rahbari Kanalga ulanish uchun: @school_direktor

Подписаться на канал

Maktab direktorlari

https://kun.uz/85232213

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli xati bilan yuborilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirini tantanali qismini oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariy.

Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Nodavlat oliygohdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi

Prezident qarori (15.06.2022, 279-son)ga ko‘ra talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

🖊 Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

🗓 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

💵O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📢 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

⚡️ 2022-2023-oʻquv yili Maktablar reytingi

Joriy yilning 10-20-may kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida 9-sinf oʻquvchilari orasida Ona tili va adabiyot, matematika hamda kimyo fanlaridan nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://kun.uz/26701158

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://kun.uz/56079331

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Maktab direktorlari

⚡️ Akademik litseylarga hujjat topshirish 1-iyundan 30-iyungacha davom etadi – Qaror loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan Nizomga ko‘ra:

▶️ Akademik litseylarga abituriyentlarni о‘qishga qabul qilish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

▶️ Abituriyent о‘zi tо‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30-iyundan sо‘ng о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (о‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) о‘tkaziladi;

imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;

dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan о‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;

abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda tо‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

⚡️Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬 “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda
”, – deyiladi bayonotda.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Ҳар нарсанинг ўз номи ва вазифаси бўлади

• Изоҳли луғат ўз номи билан изоҳли луғат, яъни сўзларнинг изоҳини, маъносини беради.
• Google-таржимон — таржима учун мўлжалланган хизмат.
• Google — интернетдаги мавжуд мақола ва матнлардан натижалар чиқариб берувчи қидирув тизими.

Агар буларнинг барчаси сўзлар имлосини ҳам белгилаб берадиган бўлса, имло луғати нима учун чиқарилган?

Тишингиз оғриганда айни тиш шифокорига мурожаат қиласизми ёки исталган шифокор тишни даволаб кетаверадими?

@xatoliklar

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://youtube.com/shorts/V4H9y4z1NII?feature=share

Читать полностью…

Maktab direktorlari

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Мактаб ва олий таълим муассасаларида футбол бўйича янги мусобақалар ўтказилди

"Оммавий ва профессионал футболни ҳар томонлама ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент қарори қабул қилинди.

🔰Қарор билан футболни янада оммалаштириш ва ривожлантиришнинг қўшимча йўналишлари белгиланди.

▶️ Қарорга кўра, ҳар йили қуйидагилар ўтказилади:

▫️март-июнь ойларида маҳалла ёшлари ҳамда қизлари ўртасида “Оммавий футбол” дастури доирасида футбол фестиваллари;

▫️10 декабрь
– Бутунжаҳон футбол куни муносабати билан аҳоли ўртасида оммавий “флешмоб” тадбирлари;

▫️сентябрь-май
ойларида умумий ўрта таълим мактабларида “Мактабларда футбол” дастури доирасида футбол мусобақалари, маҳорат сабоқлари ва фестиваллари;

▫️сентябрь-май ойларида ОТМда “Талабалар лигаси” дастури доирасида 3 босқичли республика футбол мусобақалари.

✅ Шунингдек, Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги тизимидаги футбол маҳорат мактаблари Ўзбекистон футбол ассоциацияси тасарруфига ўтказилиб, футбол академиялари сифатида қайта ташкил этилади.

📌 Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида футбол мактаблари ташкил қилинади.

🗓 2023 йил 1 июлдан:

🔸нодавлат футбол муассасалари учун Ўзбекистон футбол ассоциацияси аъзоси бўлиши талаби ўрнатилади;

🔸Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан нодавлат футбол муассасаларининг рейтинги юритилади.

🏢 Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида юридик шахс мақомига эга бўлмаган Ўзбекистон футболини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ташкил этилади.

🗒 2023/2024 ўқув йилигача халқаро тажриба асосида Ўзбекистонда футболчиларни тайёрлаш модели ишлаб чиқилади.

Каналга уланиш:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

2023-2024-oʻquv yillarda 9-11-sinf o'quvchilarini davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi.

Namunaviy nazorat materiallarini quyida yuklab olishingiz mumkin:

📘 9 - sinf Kimyo
📘 9 - sinf Biologiya
📘 9 - sinf Fizika
📘 9 - sinf Geografiya
📘 9 - sinf Informatika
📘 9 - sinf Matematika
📘 9 - sinf Tarix
📘 9 - sinf Jismoniy tarbiya
📘 9 - sinf Ona tili va adabiyot
📘 9 - sinf O'zbek tili (rus va qardosh)
📘 9 - sinf Ingliz tili
📘 9 - sinf Nemis tili
📘 9 - sinf Rus tili (milliy)
📘 9 - sinf Fransuz tili
______

📘 11 - sinf Kimyo
📘 11 - sinf Biologiya
📘 11 - sinf Fizika
📘
11 - sinf Geografiya
📘
11 - sinf Informatika
📘 11 - sinf Matematika
📘
11 - sinf Jahon tarixi
📘
11 - sinf O'zbekiston tarixi
📘
11 - sinf Ona tili va adabiyot
📘 11 - sinf O'zbek tili (rus va qardosh)
📘 11 - sinf Ingliz tili
📘 11 - sinf Nemis tili
📘 11 - sinf Fransuz tili
______

📘 Maxsus ta'lim yo'nalishida namunaviy nazorat materiallari
📘 Qoraqalpoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Qirg'iz tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Qozoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Tojik tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Turkman tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Rus tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

☝️Меҳнат шартномасини тарафлар келишувига кўра бекор қилиш ҳақидаги ҳужжатлардан намуналар.

Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексининг 157-моддасида меҳнат шартномасини ўзаро келишув асосида бекор қилиш тартиби белгиланган (амалдаги МК 97-модда 1-банд ўрнига).

Демак, асосий қоидалар:

1.
Номуайян муддатли меҳнат шартномаси ҳам, муддатли меҳнат шартномаси ҳам исталган вақтда тарафларнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин.

2. Меҳнат шартномаси мазкур асос бўйича бекор қилинадиган сана ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишув билан белгиланади.

3. Меҳнат шартномасини тарафлар келишувига кўра бекор қилиш алоҳида қўшимча келишув билан ёзма шаклда расмийлаштирилади.

4. Ушбу келишувда меҳнат шартномаси бекор қилинадиган сана, қўшимча келишув тузилган сана ва тарафларнинг реквизитлари кўрсатилиши шарт.

Юқоридаги ворд файлида иккита ҳужжатдан: буйруқдан ва келишувдан намуна берилмоқда.

Эслатма, янги МК келаётган 30 апрель кунидан кучга киради.

👉@yuristkadr

Читать полностью…

Maktab direktorlari

7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling!

📘 9 - sinf Kimyo
📘 9 - sinf Biologiya
📘 9 - sinf Fizika
📘 9 - sinf Geografiya
📘 9 - sinf Informatika
📘 9 - sinf Matematika
📘 9 - sinf Tarix
📘 9 - sinf Jismoniy tarbiya
📘 9 - sinf Ona tili va adabiyot
📘 9 - sinf Ingliz tili
📘 9 - sinf Nemis tili
📘 9 - sinf Rus tili (milliy)
📘 9 - sinf Rus tili (rus va qardosh)
______

📘 11 - sinf Kimyo
📘 11 - sinf Biologiya
📘 11 - sinf Fizika
📘
11 - sinf Geografiya
📘
11 - sinf Informatika
📘
11 - sinf Matematika
📘
11 - sinf Jahon tarixi
📘
11 - sinf O'zbekiston tarixi
📘
11 - sinf Ona tili va adabiyot
📘
11 - sinf Ingliz tili
📘
11 - sinf Nemis tili
📘
11 - sinf O'zbek tili (rus va qardosh)
______

📘 Maxsus ta'lim yo'nalishida namunaviy nazorat materiallari
📘 Qoraqalpoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘Qirg'iz tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Qozoq tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Tojik tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Turkman tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari
📘 Rus tilida barcha fanlardan namunaviy nazorat materiallari

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Maktab direktorlari

❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

❗️2022/2023 oʻquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024-yillar uchun ham amal qiladi.

👉 Кириллда ўқиш

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

⚡️"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.

Sizdan ushbu tadbirni mazkur tavsiya asosida tashkil etishingizni va tadbir davomida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;

tadbirni tartibli oʻtkazish va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;

tadbirni mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻymaslik;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratish.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirini tantanali qismini oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariy

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 8-aprel kuni boshlanib, 5-mayga qadar davom etgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (13-15-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarda qatnashadigan maktablar roʻyxati

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://kun.uz/50233282

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://kun.uz/47014103

Читать полностью…

Maktab direktorlari

#Биласизми

🔰Қонунчиликка кўра, мактаб битирувчиларининг шаҳодатномасидаги 11 йиллик таълимнинг сўнгги 6 йиллик баҳолари ОТМга киришдаги балга қўшилади. Баҳолар электрон платформалар орқали ҳисобланади ва ДТМнинг “ABITUR” дастурига юборилади.

🔢 Баҳоларнинг ўртача кўрсатгичи 6-11-синфлардаги ёки 6-9-синфлар ва 1-2-босқичлардаги йиллик баҳоларнинг умумий йиғиндисини ўқитилган фанларга бўлиш орқали чиқарилади.

📌 Максимал балл 100 фоиз деб олинади ва баллар баҳо тизимига қуйидагича ўтказилади:

➖86–100 % учун – 5 баҳо;
➖71–85 % – 4 баҳо;
➖56–70 % – 3 баҳо;
➖56 % гача – 2 баҳо.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

✅ Joriy yilning 15-aprelidan 2023 yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri bo‘lgan mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi.

💻 Hujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

👉 Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

☝️Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

#qonunchilik

⚡️ Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi

Kuni kecha Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim Qonun imzolandi.

▶️ Qonunga ko‘ra, jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: 👇

👉 Jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek, jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan

128-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish – sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan,

129-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Ro‘yxatdan chiqarilgan chet tili sertifikatlari vazirning yangi buyrug‘i qabul qilingunga qadar olingan bo‘lsa, inobatga olinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻiga qadar olingan, 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan, amal qilish muddati tugamagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan quyidagi sertifikatlar magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxatidan chiqarilgan edi:

➡️ turk tilini bilish boʻyicha TÖMER

➡️ italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL)

➡️ Cambridge Assessment English Linguaskill

Ushbu sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarilguniga qadar (2023-yil 23-martgacha) olganlar amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, 2023/2024-oʻquv yili qabulida magistraturaga hujjat topshirishlari mumkin.

👉
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun chet tilini bilish sertifikatlarining yangilangan roʻyxati

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi.

Kanalga ulanish:👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 15-apreligacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Maktab direktorlari

TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari e’lon qilindi.

Ushbu topshiriqlar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

Quyida TIMSS test topshiriqlari namunalarini yuklab olishingiz mumkin:

👉
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oylarida mamlakatimizdagi 166 ta maktab TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

❗️ Ota-onalar diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

📚 Endilikda ota-onalar yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan farzandlarini Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda o'tkazish bo'yicha ariza berishlari mumkin.

☎️ Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yo'riqnoma orqali yoki +99871 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Maktab direktorlari

Ўзбекистон мактабларида испан тилини ўқитиш бўйича дастурлар жорий қилинади | Qalampir.uz
https://qalampir.uz/news/uzbekiston-maktablarida-ispan-tilini-uk-itish-buyicha-dasturlar-zhoriy-k-ilinadi-80135

Читать полностью…

Maktab direktorlari

https://kun.uz/07009689

Читать полностью…
Подписаться на канал