#Maʼrifat_maydoni 📚
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Maʼrifat maydoni" loyihasi doirasida "Oʼlmas Umarbekov — yangi davr ilhomchisi" nomli adabiy-ma'rifiy davra suhbati oʼtkazildi. Mazkur tadbirda iqtisodiyot fakulteti dekan o'rinbosari O.Sadikov hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalarga adibning ijodi va "Maʼrifat maydoni" loyihasining mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berildi. O'z navbatida talabalar ham adibning hayoti va ijodi haqida so'z yuritishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#o‘qishni_ko‘chirish
⚡️Bugun, 20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi
Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).
Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Bizni kuzating
#Qishki_ta’til
Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.
Bizni kuzating
#targʻibot #taʼlim #turizm
Lyuksemburgda “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Samarqand shahrida 2025-yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Lyuksemburg Buyuk Gersogligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Joriy yilning 16-dekabr kuni Lyuksemburgdagi Gersoginya Sharlotta xotira maydonida hamda Park Inn by Radisson mehmonxonasi konferens zalida delegatsiya tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda buyuk O'zbekiston, xususan Samarqandning ulkan turistik salohiyati, ajdodlarimizning bebaho merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Lyuksemburgning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus, keng jamoatchilik vakillari hamda O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi vakillari ishtirok etishdi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Sport
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda...
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Seminar
Ayni kunlarda Navoiy viloyatida tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zahirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur seminarlarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Y.Urunbaeva ishtirokchilar uchun ma'ruza darslari o'tmoqda.
Joriy yilning 18-20-noyabr kunlari Davlatimiz rahbarining yangi saylangan parlament palatalari majlislarida so‘zlagan nutqlarida mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bu esa boshqaruv kadrlari zimmasiga zamonaviy bilimlarni o‘rganib, ilg‘or tajribalar asosida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qilish mas’uliyatini yuklaydi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida boʻlib oʻtgan "Zamonaviy tilshunoslikni takomillashtirishda strategik yo'nalishlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya Samarqand MTRK nigohida
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#diqqat_tanlov
🟦🟦🟦
Turkiyaning “BALIKESIR” universitetiga yosh olimlar stajirovka uchun yuboriladi!
Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun maqdasli tanlov eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra 2025-yil davomida 30 kunlik muddatga stajirovka o‘tash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi.
Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2025-yilning 31-yanvar sanasiga qadar (edo.ijro.uz, info@ilmiy.uz yoki mininnovation@exat.uz elektron manzili orqali) Agentlikka taqdim etishlari mumkin.
🌐Batafsil
Bizni kuzating
#ogohlik
🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
➖ nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;
➖ isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;
➖ gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;
➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
➖ gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;
➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
➖ isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzularidagi turkum tadbirlar buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda institut masʼullari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib oʼtildi.
Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida nofilologik taʼlim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida intellektual salohiyat va ma’naviy saviyani yanada yuksaltirish maqsadida "Notiqlik mahorati" nomli Respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning "Eng zukko notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Nezametdinov Ruxshod - TATU Samarqand filiali;
🥈Kushmanbekova Shaxzoda - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥉Urinbayeva Gulsanam - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Tanlovning "Eng ta’sirchan nutq sohibi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Suvankulova Tumaris - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥈Sultonmuratov Davlatbek - TATU Urganch filiali;
🥉Abdukarimov Beknazar - Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti.
Tanlovning "Eng hozirjavob notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Xalimov Bahrom - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥈Akramova Fayoza - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥉Xabibov Zafarbek - TATU Samarqand filiali.
Tanlovning "Eng ijodkor notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Akaboyeva Sevara - TATU Samarqand filiali;
🥈Ubaydullayev Otabek - Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti;
🥉Galiyeva Diana - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Kechki taʼlim boʻlimida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_anjuman
Bugun, 16-dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan "Zamonaviy tilshunoslikni takomillashtirishda strategik yo'nalishlar" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi.
Mazkur anjumanda xorijiy hamda mahalliy oliy o'quv yurtlarining taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari o'z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman qiziqarli ma’ruzalar va savol-javoblarga boy bo'ldi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Iqtisodiyot fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Bank-moliya xizmatlari fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida boʻlib oʻtgan "Notiqlik mahorati" Respublika koʻrik-tanlovi Samarqand MTRK nigohida
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Real iqtisodiyot kafedrasida Yangi yil shukuhi! 🏡
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Assalomu alaykum!
Azizlarim, "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasidagi safarimizning ikkinchi kunida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo‘ldik. Tadbir juda qizg‘in o‘tdi. Hamrohlarimiz Axtamqul Karim va Nabi Jaloliddin she’rlaridan o‘qidi. Kamina hazrat Alisher Navoiyning mulkdor sifatida Vatan va millat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan beqiyos faoliyati haqida aniq misollar asosida ma’lumot berdim. Iqtisodchi professor-o‘qituvchilar va talabalar katta qiziqish bilan tingladilar. Qizg‘in savol-javoblar va fikr-almashuvlar tadbirga fayz bag‘ishladi.
Ishtixon tumanidagi 31-maktabda o‘tgan tadbir ham unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Maktab jamoasi kitoblarimning maketini tayyorlashibdi. Ilmiy faoliyatim haqida ma’ruza qilgan o‘quvchi singlimiz hayot yo‘lim va ijodiy yutuqlarimni o‘zimdan ham yaxshi bilar ekan. Bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishi bo‘yicha tumanda birinchi o‘rinda turuvchi bu maktabdan besh nafar ilmiy darajali olimlar yetishib chiqibdi. O‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar boshqa maktablarga o‘rnak bo‘larli ekanidan quvondik.
Nurboy Jabborov
#Yangi_yil 🎄
Marketing kafedrasida Yangi yil shukuhi! 🏡
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#milliy_kontent #yoshlar_ittifoqi
🗣Milliyligimiz – bebaho boyligimiz
⏺Azal-azaldan bizga meros bo‘lib kelayotgan milliy liboslarimiz, urf-odat, dasturlarimizni, tariximizni, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.
😀 Milliyligimiz, qadriyatlarimiz yashaydi
⚪️ Videoda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi faol aʼzosi Mamaraximova Nozima.
#Yangi_yil 🎄
Raqamli iqtisodiyot kafedrasida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Vatanparvarlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida boʻlib oʻtgan “Yangi O'zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik tadbiridan maxsus videorolik.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Vatanparvarlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti hamda Samarqand garnizonidagi harbiy qism hamkorligida “Yangi O'zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar xizmatini eʼtirof etib, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini taʼkidlab oʻtishdi.
Qizgʻin oʻtgan uchrashuvda talabalar Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar va oliy harbiy bilim yurtlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek harbiylar tomonidan qoʻl jangi chiqishi, qurollar va texnik asbob-uskunalar koʻrgazmasi namoyish etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Seminar
Navoiy viloyati shahar va tuman hokimlarining oʻrinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi mudiri S.Abduhamidov ma'ruza darslari o'tmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Oʻrganish
Yurtimizda havoning keskin sovib ketishi tufayli Samarqand iqtisodiyot va servis institutida masʼullar tomonidan energiya hamda issiqlik taʼminoti resurslarining, fakultet hamda boʻlimlardagi isitish tizimlarining holati oʻrganib chiqildi.
Shuningdek masʼullarga talabalar turar joyida issiqlik va elektr energiyasi uzluksizligini taʼminlashga koʻrsatma berildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida Yangi yil! 🌲
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#ilmiy_loyihalar_tanlovi
🟦🟦🟦
Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi
Tanlov 11 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (www.loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 15-fevralga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐Batafsil
Bizni kuzating
#Yangi_yil 🎄
Servis fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#targʻibot #taʼlim #turizm
Daniyada “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Daniya Qirolligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
Bizni kuzating