#ogohlik
🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
➖ nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;
➖ isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;
➖ gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;
➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
➖ gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;
➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
➖ isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzularidagi turkum tadbirlar buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda institut masʼullari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib oʼtildi.
Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida nofilologik taʼlim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida intellektual salohiyat va ma’naviy saviyani yanada yuksaltirish maqsadida "Notiqlik mahorati" nomli Respublika koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning "Eng zukko notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Nezametdinov Ruxshod - TATU Samarqand filiali;
🥈Kushmanbekova Shaxzoda - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥉Urinbayeva Gulsanam - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Tanlovning "Eng ta’sirchan nutq sohibi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Suvankulova Tumaris - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥈Sultonmuratov Davlatbek - TATU Urganch filiali;
🥉Abdukarimov Beknazar - Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti.
Tanlovning "Eng hozirjavob notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Xalimov Bahrom - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥈Akramova Fayoza - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🥉Xabibov Zafarbek - TATU Samarqand filiali.
Tanlovning "Eng ijodkor notiq talabasi" nominatsiyasi bo‘yicha:
🥇Akaboyeva Sevara - TATU Samarqand filiali;
🥈Ubaydullayev Otabek - Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti;
🥉Galiyeva Diana - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Kechki taʼlim boʻlimida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_anjuman
Bugun, 16-dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan "Zamonaviy tilshunoslikni takomillashtirishda strategik yo'nalishlar" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi.
Mazkur anjumanda xorijiy hamda mahalliy oliy o'quv yurtlarining taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari o'z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman qiziqarli ma’ruzalar va savol-javoblarga boy bo'ldi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Iqtisodiyot fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Bank-moliya xizmatlari fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Odob-axloq qoidalariga rioya qilish - barchamizning burchimiz", "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz", "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzularidagi turkum tadbirlar bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda rektor maslahatchisi, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i hamda profilaktika inspektori tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Iqtisodiyot fakultetida Yangi yil shukuhi! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi ayni paytda Daniya Qirolligida boʻlib turibdi.
Mazkur tashrif doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Orxus shahri hokimligi va Daniyadagi "Oʻzbek tashabbuslari uyushmasi" vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xizmat safarilari tashkil etish, Daniya Qirolligining yetakchi nashrlarida "Oʻzbekistonning bebaho merosi" targʻibot tadbiridan olingan taassurotlar, qolaversa, yurtimizning turistik hamda madaniy manzillari haqida keng yoritib borishga kelishib olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Богатое культурное наследие Узбекистана представлено в Дании
Подробнее
Telegram на English | O'zbek | Facebook | Twitter | YouTube
#targʻibot #taʼlim #turizm
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Daniya Qirolligida targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Mazkur tadbirlarda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, milliy taomlar, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
Telegram |Facebook |Instagram |
— Yangi yil nima bilan qiziqroq?
— Albatta, SamISI bilan!
🪟 Oliy taʼlim dargohi jamiyatning muhim bo‘g‘inlaridan biri.
🎄 Unda ijtimoiy faollik va quvnoq ichki muhit bo‘lishi talabalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
👋 Zotan, har bir harakatimiz institutimiz oilasi — ustozlarimiz va talabalarimiz uchun!
🤭 Keling, gapimizning isboti o‘laroq bayramga Servis fakulteti qanday ko‘tarinki ruhiyatda tayyorgarlik koʻrayotganiga o‘zingiz guvohi bo‘laqoling.
⭐️ Unutilmas lahzalarga boy bo'ladigan ushbu jarayonimizga barcha talabalarni chorlab qolamiz.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
🌐Telegram🌐Instagram
#Yangi_yil 🎄
Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti bayramona koʻrinishga keltirilmoqda ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bilib_qoʻygan_yaxshi
⚡️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining "100 savolga 100 javob" loyihasi (7-son)
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Seminar
Navoiy viloyati shahar va tuman hokimlarining oʻrinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi mudiri S.Abduhamidov ma'ruza darslari o'tmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Oʻrganish
Yurtimizda havoning keskin sovib ketishi tufayli Samarqand iqtisodiyot va servis institutida masʼullar tomonidan energiya hamda issiqlik taʼminoti resurslarining, fakultet hamda boʻlimlardagi isitish tizimlarining holati oʻrganib chiqildi.
Shuningdek masʼullarga talabalar turar joyida issiqlik va elektr energiyasi uzluksizligini taʼminlashga koʻrsatma berildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida Yangi yil! 🌲
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#ilmiy_loyihalar_tanlovi
🟦🟦🟦
Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi
Tanlov 11 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (www.loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 15-fevralga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐Batafsil
Bizni kuzating
#Yangi_yil 🎄
Servis fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yangi_yil 🎄
Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida Yangi yil! ❄️
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#targʻibot #taʼlim #turizm
Daniyada “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Daniya Qirolligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
Bizni kuzating
#Seminar
Bugun Navoiy viloyati tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminarlari boshlandi.
Mazkur seminarlarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi katta o'qituvchisi A.To'rayev ishtirokchilar uchun ma'ruza darslari o'tmoqda.
Joriy yilning 18-20-noyabr kunlari Davlatimiz rahbarining yangi saylangan parlament palatalari majlislarida so‘zlagan nutqlarida mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bu esa boshqaruv kadrlari zimmasiga zamonaviy bilimlarni o‘rganib, ilg‘or tajribalar asosida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qilish mas’uliyatini yuklaydi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Daniya Qirolligida targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Kecha Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan "Oʻzbekistonning bebaho merosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
✅@Zarnews_uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida eʼlon qilingan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi yangi mavsumiga start berildi.
☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar 12 nafargacha tarkibda shakllantiriladi.
✔️Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Bizni kuzating:
#targʻibot #taʼlim #turizm
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Daniya Qirolligida targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Mazkur tadbirlarda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, milliy taomlar, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
@SamTVR
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda Marketing kafedrasi professori Musaeva Shoira Azimovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Shoira Azimovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Seminar
Ayni kunlarda Buxoro viloyatida shahar va tuman hokimlarining oʻrinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun oʻquv-amaliy seminari oʻtkazilmoqda.
Mazkur seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Y.Urunbaeva ishtirokchilar uchun ma'ruza darslari o'tmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#targʻibot #taʼlim #turizm
SamISI delegatsiyasi Daniyada "Oʻzbekistonning bebaho merosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazmoqda
2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi delegatsiya Daniya Qirolligida targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan "Oʻzbekistonning bebaho merosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#islohotlar_samarasi #medialoyiha
Matonat
✨Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.
Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.
🎬 Batafsil
Bizni kuzating