#Maʼrifat_ulashib
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga taniqli ijodkorlar Nurboy Jabborov, Nabi Jaloliddin, Axtamquli Karimovlar tashrif buyuradi.
Tashrif davomida mehmonlar hamda talabalar ishtirokida davra suhbatlari, ochiq darslar, turli qiziqarli hamda intellektual tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Barchani mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov #QVZ
😁 "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanloviga start beriladi
😞 Joriy yilning 9-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta majlislar zalida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tadi.
🙋 Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga yoki yoshlar ittifoqi koordinatorlariga murojaat etishlari mumkin.
🎁 G'oliblar institut ma'muriyati tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan tiqdirlanadi. Shuningdek o'z iqtidorini namoyish etgan ishtirokchilar institut QVZ jamoasi a'zosiga aylanadi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#zakovat
Bank-moliya xizmatlari fakultetida "Zakovat" intellektual ligasi oʻyinlarining 2-turi boʻlib oʻtdi. Qiziqarli savollarga boy oʻtgan bahslarda fakultet talabalari oʻzaro kuch sinashishdi. Yakunda gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Korrupsiya — millat taraqqiyotining kushandasidir. Unga birgalikda qarshi kurashamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Dayjest
📌 "SamISI | LIVE" telegram kanalida e'lon qilingan oktabr oyidagi tadbirlar dayjesti (1-qism):
📌 "Qalqon" jamoatchilik guruhi faol tarzda o'z vazifalarini bajarib kelmoqda;
📌 Iqtisodiyot fakulteti talabalari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga va tarixiy obidalarga ekskursiya qilishdi;
📌 Servis fakulteti hamda o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida insholar tanlovini o'tkazildi;
📌 Talabalar turar joyida shaxmat musobaqasi tashkil etildi;
📌 Servis fakulteti talabalari Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyida;
📌 Iqtisodiyot fakulteti talabalari Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyida;
📌 Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi tyutori Sh.Bozorova talabalar turar joyida ertalabki badantarbiya mashqlarini o'tkazdi;
📌 Bank-moliya xizmatlari fakultetida talaba-qizlar forumi bo'lib o'tdi;
📌 Talabalar turar joyida bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tomonidan "Men — jadidlar avlodi!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi;
📌 Bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori M.Nasriddinova Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil qildi;
📌 Talabalar turar joyida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi;
📌 Bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari viloyat axborot-kutubxona markazida;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi;
📌 Ikkinchi va kechki ta’lim bo‘limi talabalari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Kitobxon talaba" loyihasi yo'lga qo'yildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bizning_faxrimiz
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabasi Abdullayev Parviz Husan o'g'li Andijon viloyatida o'tkazilgan sportning muaytay turi bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston ochiq chempionatining 91+ vazn toifasida faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Talabamizni mazkur yutuq bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
⌨️ Fast typing – kompyuterda tez va ravon yozish musobaqasi!
Zamon talabiga aylanib ulgurgan kompyuter savodxonligi bugun har bir faoliyat uchun juda muhimdir.
🔥 Agar siz yuqori kompyuter savodxonligiga ega boʻlsangiz, tabriklamaymiz. Fast typing musobaqasida ishtirok etib, sovgʻalar yutib olishingiz mumkin!
✅ Shart oddiy: berilgan matnni tez va xatolarsiz yozish!
📅 Tanlov ikki toifada 2-noyabr kuni, soat 11:00 da boʻlib oʻtadi!
Ishtirok etish uchun @sies_admin telegram manzili orqali roʻyxatdan oʻting.
@samisi_yoshlar
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi tyutori Qodirov Rafael Nurmahmadovich tavallud ayyomi!
Hurmatli Rafael Nurmahmadovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Xalqaro_anjuman
Bugun, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Turizm sohasini rivojlantirishda innovatsion jarayonlardan samarali foydalanish imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi.
Mazkur anjuman Prezidentimizning “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ–135-son qarorining ijrosi boʼyicha ishlab chiqilgan yoʼl xaritasining 77-bandiga muvofiq o'tkazildi.
Аnjuman doirasida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha muhokamalar bo'lib o'tdi:
turizm sohasini rivojlantirishda innovatsion jarayonlardan samarali foydalanishning nazariy-metodologik masalalari;
raqamli iqtisodiyot sharoitida xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish tendentsiyalari va istiqbollari;
uchinchi renessansni shakllantirishda turizmning rivojlanishi: muammolar va yechimlar;
raqamli hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanishda iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari;
Navoiy viloyatida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish tendensiyalari.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Kitobxonlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Kitobxon talaba" loyihasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, talabalar ushbu loyiha doirasida o'zbek va jahon adabiyoti bilan tanishishmoqda.
Shuningdek loyiha davomida shahrimizdagi kutubxonalarga ekskursiyalar tashkil etilib, sahna ko'rinishlari, she'riy chiqishlar namoyish etilmoqda.
Loyihaning navbatdagi sonida fakultet talabalari tomonidan Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari sahnalashtirildi. Shuningdek Abdulla Oripov hamda Fyodor Dostoyevskiylarning asarlari yuzasidan fikr almashildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Qayur tolib hikmatlarin tutsa aziz,
Qayga borsa boshi aziz, soʻzi laziz.
Yaxshi soʻzni fahm aylamas har betamiz
Ul sababdan dono izlab yurdim mano.
©Ahmad Yassaviy
🎬 "Meros" filmidan parcha
Ahmad Yassaviy bobomiz va oʻzbek-qozoq xalqlarimiz qardoshligi haqida film.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
#Maʼrifat_ulashib
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi
Joriy yilning 26-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga taniqli ijodkorlar Nurboy Jabborov, Nabi Jaloliddin, Axtamquli Karimovlar tashrif buyuradi.
Tashrif davomida mehmonlar hamda talabalar ishtirokida davra suhbatlari, ochiq darslar, turli qiziqarli hamda intellektual tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Barchani mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#yoshlar_ittifoqi #milliy_kontent
🗣Viloyatimizga tashrif buyurgan turistlar koʻxna shaharda qolishga qarshi yoki qarshi emasligi haqida qiziqib koʻrdik.
⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan videolavha orqali savolimizga javob olamiz.
✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Bizni kuzating:
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo'lib o'tgan “Turizm sohasini rivojlantirishda innovatsion jarayonlardan samarali foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "Diyor yangiliklari" dasturida
Manba: Samarqand MTRK
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Norboyeva Dilafruz Jumaqulovnaning tavallud ayyomi!
Hurmatli Dilafruz Jumaqulovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Korrupsiya — millat taraqqiyotining kushandasidir. Unga birgalikda qarshi kurashamiz!
@SamTvr
#Dayjest
📌 "SamISI | LIVE" telegram kanalida e'lon qilingan oktabr oyidagi tadbirlar dayjesti (2-qism):
📌 "Go'ri Amir" MFY yoshlari Samarqand iqtisodiyot va servis institutida;
📌 Kechki ta'lim bo‘limi talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi;
📌 Iqtisodiyot fakulteti tyutori A.Shermatov o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurdi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti xodimlari tomonidan shaxmat musobaqasi tashkil etildi;
📌 Iqtisodiyot fakultetida "Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi;
📌 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevichga Samarqand shahar hokimining tashakkuri bildirildi;
📌 Servis fakulteti talabalari oʻlkashunoslik muzeyida;
📌 Talabalar turar joyida iqtisodiyot fakulteti tyutori S.Temirova tomonidan "Milliy filmlar kechasi" tadbiri tashkil etildi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida birinchi bosqich talabalari ishtirokida futbol musobaqalari tashkil etildi;
📌 O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi T.Chernova tomonidan institut talabalari uchun "Rust tili va adabiyoti" to'garagi tashkil etildi;
📌 Iqtisodiyot fakulteti tyutori G.Xamidova o'ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" shiori ostida davra suhbati o'tkazdi;
📌 Kechki ta'lim bo'limi talabalari o'rtasida “Hokim kubogi” musobaqasining saralash bahslari bo'lib o'tdi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Talabalar kino kuni" doirasida "Avloniy" kinofilmi namoyish etildi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi;
📌 Servis fakulteti tashabbusi bilan talabalar turar joyida “Kino vaqti” loyihasi tashkil etildi;
📌 Iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi dotsent v.b. I.Berdikulova va real iqtisodiyot kafedrasi assistenti Sh.Mirzayevalar talabalar bilan birgalikda “Afrosiyob Jeans” MCHJ qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi;
📌 Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti xodimlari va talabalari Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurishdi;
📌 “Talabalar ligasi” doirasida iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida sportning voleybol hamda stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalari bo'lib o'tdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Ogohlik
❓IS GAZI haqida etarlicha ma’lumotga egasizmi?
❔IS GAZI nima, u qanday va qayerlarda paydo bo‘ladi?
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Maʼrifat_ulashib
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda ARM xodimlari tomonidan talabalarga Ajiniyoz Qo’siboy o’g’lining hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek talabalar tomonidan adib ijod namunalari yodga olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Yoshi bir joyga borib qolgan odamni yolgʻon gapirishi musulmonchilikka toʻgʻri keladimi?!
🎬 "Haqiqiy erkaklar ovi" filmidan parcha
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori Yunusov Xurshid Azamatovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Xurshid Azamatovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Tanlov
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining servis, iqtisodiyot hamda buxgalteriya hisobi va menejment fakultetlarida “Kitob – mening do'stim” respublika ko'rik-tanlovining fakultet bosqichi bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz!
Tanlovning institut bosqichi 30-oktabr kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bilib_qoʻygan_yaxshi
⚡️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining "100 savolga 100 javob" loyihasi (3-son)
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Professor_minbari
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Mirzayev Qulmamat Janzakovichning "Fan, ta'lim va ishlab chiqarish uyg'unligi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtiradi" nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasida e'lon qilindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Infografika
❓Is gazining ko‘p uchraydigan manbalari qaysi? Is gazidan zaharlanish qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?
👥 Hurmatli fuqarolar! Qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishda ogoh boʻling. Gaz va koʻmir yoqilgʻisini ishlatganda, dudboʻronlar sozligiga, xonalarni shamollatishga, zarur ehtiyot choralarini koʻrishga eʼtibor bering!
📎 O‘zingiz va oila aʼzolaringizni is gazi xavfidan himoya qiling. Aziz joningizni, oilangiz, farzandlaringiz hayotini xatarga qo‘ymang.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#talabaga_yengillik
⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
#Bizning_faxrimiz
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti BI-323 talabasi O'rinboyev Izzotulla sportning akrobatik gimnastika turi bo'yicha "Asian stars" xalqaro musobaqasida faxrli 1-o'rinni egalladi.
Talabamizni mazkur yutuq bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Kitobxonlik
A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida o'tkazilgan "Mutolaa" loyihasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">